OʻTKIR HOSHIMOV ASARLARIDA MILLIY RUH TASVIRI

Abstract

Maqolada XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti nasrining yirik vakillaridan biri boʻlgan  O`tkir Hoshimovning  asarlari talqinga tortilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Oʻzbeklar” hikoyasi tanlangan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
25-27
34

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Orazbaeva , A. . (2025). OʻTKIR HOSHIMOV ASARLARIDA MILLIY RUH TASVIRI. Solution of Social Problems in Management and Economy, 4(2), 25–27. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/66397
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti nasrining yirik vakillaridan biri boʻlgan  O`tkir Hoshimovning  asarlari talqinga tortilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Oʻzbeklar” hikoyasi tanlangan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

25

OʻTKIR HOSHIMOV ASARLARIDA MILLIY RUH TASVIRI

Orazbaeva Asal

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14844291

Annotatsiya

Maqolada XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti nasrining yirik

vakillaridan biri boʻlgan O`tkir Hoshimovning asarlari talqinga tortilgan.
Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Oʻzbeklar” hikoyasi tanlangan.

Kalit soʻzlar:

jonli obraz, realistik tasvir, syujet, hikoya, mafkura XX asr

ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti, aniqrog`i nasri rivojida O`tkir Hoshimovning
munosib o`rni bor. Mustabid tuzum sharoitida u o`zining haq so`zi bilan el
orasida e’tibor qozondi.Yozuvchi o`z asarlarida hamisha haq gapni aytishga
intildi. Ehtimol, uning hikoya, pyesa, hikoyalarida yuzaki o`rinlar bordir, ammo
adib hech qachon yolg`on gap aytmagan, mustabid, mafkura, siyosat ishlariga
aralashib vijdonini sotmagan, murosasozlik yo`liga kirmagan. U o`tkinchi
mayllarga berilmay, so`z san’atining azaliy muammosi – shaxs jumbog`i, ijtimoiy
adolat tuyg`usi ifodasi bilan qiziqdi. Muallif qo`lidagi qalam go`yoki yozmaydi,
balkim qalami uchidan so`zlar musiqa singari quyilib keladi uning hikoyalari
she’rdek, dostondek o`qiladi, ular yakka so`zda chalingan dilrabo kuydek
yangraydi, hikoyalari ko`p ovozli simfoniyani eslatadi, hatto uning badiiyalari,
publisistik maqolalarini o`qiganda inson ko`ngil xazinasining, tuyg`ularining
xilma-xil jilolari mujassam, oddiy maishiy kechinmalardan tortib ulkan ijtimoiy
mushohadalar, keskin ruhiy dramalar, fojiyalar, qabohatlar haqida qalam
tebratganda ham ajib samimiyat, hazin va nurli bir kuy aks-sado berib turadi.
O`tkir Hoshimov nasrini kitobxonga manzur qilgan joziba sirlaridan biri shunda.
Adabiyotshunos Abdug`afir Rasulov o`zining ardoqli adib asarida “O`tkir
Hoshimov inson, iste’dodli yozuvchi, lavozimdagi rasmiy shaxs. Aqlli, dono
inson… U – ko`p betakror adabiy qahramonlar yaratgan taniqli
yozuvchidir”(Rasulov A. 2001: 76). -deydi.

Biz adibning “O`zbeklar”hikoyalar to`plamidagi “O`zbeklar” hikoyasidagi

olg`a surilgan g`oyalar haqida to`xtalmoqchimiz. “O`zbeklar” hikoyasi shunday
boshlanadi.“Otinoyining

hovlisi

past

ko`chaning

etagida.Uyi

ham

boshqalarnikidan ajralib turadi.Ikkita derazali pastak uy. Boshqalarning
derazasi oldida gilos bo`lsa, Otinoyinikida ikki tup tut bor. Boshqalarning tomi
tunuka bo`lsa, Otinoyining tomi shifer. Hammaning tomida televizor antennasi
bor. Otinoyinikida yo`q.Ammo uning uyi hamisha hammanikidan gavjum
bo`ladi”(Hoshimov O`. 2006: 33).

Adib bu yerda kambag`al bir oilani tasvirlagandek seziladi, aslidachi fan


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

26

kandidati, trest boshqaruvchisi Iskandar Vahobovichning onasining uyi, har

bir xalq yoki millatning o`z urf-odatlari, an’analari bor bunday urf-odatlarni
Otinoyi va qo`shni kelin o`rtasidagi munosabatlarda ochib berganday
nazarimizda.

Shuningdek Otinoyi obrazida o`zbek ayolining o`z umir yo`ldoshiga, oilaga,
farzandiga bo`lgan kuchli mehri va sadoqati tasvirlanadi, bundan tashqari

urushga ketgan umir yo`ldoshining qaytib kelmaganida, oddiy bir o`zbek oilasiga

yetkazgan sitamlarini u haqda ko`p to`xtalmagan holatda kitobxonlar

ongiga yetkazib berganini ko`rishimiz mumkin. Kelinoyi obrazi orqali adib butun
o`zbek kelinlariga xos fazilatlarni namoyon etgandek, yani qo`shni kelin
bo`lishiga qaramay Otinoyi unga o`z kelinidek muomala qilishida o`zbek
xalqining bir-biriga mehrini ko`ramiz.Xalqimizda bir ibora bor “Yaxshisini
oshirib yomonini yashiradi’’ bu ibora Otinoyi uchun aytilgan, balki butun o`zbek
onalari uchun aytilgan desak, aslo adashmagan bo`lamiz. Otinoyining yolg`iz
o`g`li Iskandarni katta qilib oliy o`quv yurtida o`qitishi buning evaziga yolg`iz
o`g`il Iskandarning uylangandan keyin xotini Gulandomning onasi nomiga
aytilgan yomon so`zlariga ham munosib javob qaytara olmaydi.

Hikoyaning eng kuliminatsion nuqtasi shundaki “Otinoyi sandiqdan birma
bir o`limliklarini olib “ko`z-ko`z” qilyapdi.- Mana bu –kafanlik,-deydi u

bejirim o`ralgan dokani ko`rsatib. Muattar xola dokaning bir uchini chimchilab
ko`radi.

–Yaxshi misqoli doka ekan. Iskandarim ataylab Moskovdan obkelgan. –

Otinoyi kerilib qaddini rostlaydi.”

”(Hoshimov O`. 2006: 33). Bir boqishda oddiy bir voqeaday tuyuladi. Adib

bu bilan nima demoqchi chuqurroq tahlil qilsak, o`zbek xalqi qadriyatlaridan
kelib chiqsak qaysi farzand o`z onasiga kafanlik olib keladi.Kafanlik
deganimizning

o`zida insonning beixtiyor etlari jimirlab ketadi. Otinoyi bironta yangi

ko`ylagi bilan maqtana olmaydi faqatgina 3 yil oldin o`g`li olib bergan kovushi
va 3 oy oldin 8-martga olib kelgan 4 quti choyni har mehmonlar kelganda
qo`shni kelinga Iskandarim olib kelgan dutor chalib turgan choydan damlang
deya olardi xolos. Hikoyaning eng kuliminatsion nuqtasi Baxri xola va
qo`shnilariga o`limliklarini ko`rsatib o`tirgan holda vofot etishida. Adib bu yerda
o`zbek xalqidagi dafn marosimlariga bo`lgan munosabatlarni ham
tasvirlaganday ya’ni Otinoyining tobutini katta ko`chaga olib chiqqanda
ko`chadagi o`tkinchi odamlarning kim bu kishi deganlarida Otinoyim bo`ladi
deyishganda savobi tegsin deyishgancha tobutni ko`tarishga shoshishardi


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

27

ko`cha to`la boshi ko`rinmas darajada odam to`planganligida ham o`zbek
xalqiga xos urf-odat an’analarni ko`rishimiz mumkin.Adib deyarli barcha
o`rinlarda xulosani kitobxonning o`ziga qoldiradi. Adib bu hikoyada Iskandar
obrazi orqali hozirgi kun adabiy muhiti doirasida kitobxonlar ongiga qanchalar
dolzarb masalani ko`targanini ko`rishimiz mumkin. Hayotda aytilganidek bir
yaxshining bir yomoni bor degan gap bekorga aytilmagan bu hikoyada Kelinoyi
obrazida qancha yaxshi fazilatlarni tasvirlagan bo`lsa Gulandom obrazi orqali
buning aksini ko`rishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Oʻtkir Hoshimovning “Oʻzbeklar” hikoyasi oʻzbek

xalqining eng goʻzal fazilatlarini aks ettirgan asarlaridan biridir. Hikoyada milliy
qadriyatlar realistik tarzda tasvirlangan boʻlib, unda insoniy munosabatlarning
ahamiyati yorqin aks ettirilgan. Syujet oddiy boʻlsa-da, uning ta’sir kuchi juda
yuqori. Asarning badiiy uslubi, jonli obrazlari va realistik tasvirlari uni milliy
adabiyotimiz durdonalaridan biriga aylantirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Hoshimov O`. O`zbeklar.-T: O`qituvchi. 2006 yil

2.

Rasulov A. Ardoqli adib.O`tkir Hoshimov hayoti vа ijodiga chizgilar. – Т.,

“Sharq”, 2001
3.

Jo`rayev. Sh Oʻtkir Hoshimov ijodining oʻziga xos qiralari № 1 (2020):

Journal of Horizons of philologiy

References

Hoshimov O`. O`zbeklar.-T: O`qituvchi. 2006 yil

Rasulov A. Ardoqli adib.O`tkir Hoshimov hayoti vа ijodiga chizgilar. – Т.,

“Sharq”, 2001

Jo`rayev. Sh Oʻtkir Hoshimov ijodining oʻziga xos qiralari № 1 (2020): Journal of Horizons of philologiy