TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA XALQ DOSTONLARINING AHAMIYATI

Annotasiya

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ma’naviy yuksaltirish, axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularga ajdodlardan meros bo‘lib qolgan insoniy fazilatlarni uqtirish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini barcha jabhalardagi o‘rni va ularni ijro eta olish masalasi pedagogik muammo sifatida ko‘rsatib berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
63-65
169

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xudayberganova , D. . (2024). TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA XALQ DOSTONLARINING AHAMIYATI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(9), 63–65. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53343
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ma’naviy yuksaltirish, axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularga ajdodlardan meros bo‘lib qolgan insoniy fazilatlarni uqtirish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini barcha jabhalardagi o‘rni va ularni ijro eta olish masalasi pedagogik muammo sifatida ko‘rsatib berilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

63

TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA XALQ

DOSTONLARINING AHAMIYATI

Xudayberganova Dilafruz Usmonovna

NDPI akademik litsey o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13790143

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ma’naviy yuksaltirish,

axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularga ajdodlardan meros bo‘lib qolgan insoniy
fazilatlarni uqtirish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini barcha jabhalardagi o‘rni va
ularni ijro eta olish masalasi pedagogik muammo sifatida ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar:

folklor, xalq dostonlari, doston tushunchasi, afsonaviy

qahramon, she’riy va nasriy parcha, madaniy meros

Akademik litsey taʼlimi tizimida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi haqida alohida

mukammal maʼlumot berishdan bosh maqsad talabalarni o‘zbekona qadriyatlar
ruhida tarbiyalash bo‘lib sanaladi. Xalqimiz yaratgan dostonlar, ertaklar,
maqollar, qo‘shiqlar va boshqa shu kabi janrlar yuzasidan bilim hosil qilish, ular
haqida mustaqil fikrni shakllantirish o‘zbek xalq og‘zaki ijodi fanining mihim
vazifasi hisoblanadi.

Ayni damda xalq og‘zaki ijodidan tortib to zamonaviy adabiyot

namunalarigacha barcha asarlarni tushunish, mazmunini anglay olish ularning
badiiy sifatidagi qimmatni tasavvur qilishga olib keladi. Qadrlanmagan asar
o‘quvchi uchun ma’lum bir qiymatga ega bo‘lmaydi. O‘quvchi qachon kitobxonga
aylanadi, qachonki, asar mazmunidagi hikmat unga hayotida, eng qiyin va
muhim vaziyatlarda asqotsa.

Bu borada S. Matjonovning yozishicha, “Adabiyotga isteʼdodli kitobxonlar

zarur. Kitobxon isteʼdodi duch kelgan asarni o‘qib, u haqida fikr bildirish bilan
o‘lchanmaydi, balki tanlab o‘qish, o‘qiganlari yuzasidan ijodiy fikrlash, to‘g‘ri
xulosa chiqarish, zarurat tug‘ilganda undan amaliy foydalanish iqtidoriga egalik
bilan xarakterlanadi. Isteʼdodli kitobxon belgilangan mavzu bo‘yicha kitob tanlay
oladi. Kitob o‘qish uning uchun majburiyat emas, hayotiy zaruratga aylanadi”

1

O‘qituvchi belgilangan ma’lum vaqt mobaynida umuman xalq

dostonlariga xos xususiyatlar haqida maʼlumot berishi, darslikdagi dostondan
berilgan parcha bilan o‘quvchini to‘liq tanishtirishi, ayni vaqtda mazkur
parchani atroflicha tahlil etishi hamda dasturda talab qilinganiga muvofiq badiiy
obrazlar haqida o‘quvchilarda tushuncha shakllantirilishi lozim. Bu jarayonda
agar o‘qituvchi vaqtdan samarali foydalanish malakasi va ko‘nikmasiga ega
bo‘lmasa, bu tadbirlarni bajarishga ulgura olmaydi.

1

Матжон С. Мактабда адабиётдан мустақил ишлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 39-б.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

64

Xalq o‘z avlodiga insoniyat tarixidagi eng ibratli fazilatlar meros bo‘lishini

orzu qilgan. “Alpomish”, Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlarida shaxs g‘ururi, vatanga
muhabbat, elga xizmat qilish istagi yetakchi g‘oya darajasida ilgari suriladi. Bu
asarlarda vatanga xiyonat qilgandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rgan Ravshan, butun
harakatini parchalangan yurtni birlashtirishga bag‘ishlagan Alpomish, o‘z yurtini
ichki va tashqi dushmandan himoya qilgan Go‘ro‘g‘li kabi el botirlari madh
etiladi.

O‘qituvchi doston matni bilan o‘quvchilarni tanishtirishda, asar voqealari

rivojini taʼminlaydigan omillarni belgilashda juda sezgirlik bilan ish olib borishi,
matndagi barcha nozikliklarni o‘z vaqtida idrok eta olishi zarur. Aks holda,
doston o‘spirinlarda shunchaki ko‘ngilochar rivoyat, afsonaday taassurot
qoldirishi mumkin. Shuningdek, o‘qituvchi o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan
iboralarning tag ma’nosi bilan ham tanishtirishi, bu bolada ona tilining betakror
jozibasidan hayrat tuyg‘ularini uyg‘otishi lozim. Masalan, “Alpomish”
qahramonlik dostoni bo‘lib, uning syujetida el himoyasi motivi bilan bilan birga,
nikoh, do‘stlik, or-nomus kabi o‘zbek millatiga xos eng yuksak maʼnaviy-axloqiy
sifatlar, ayni vaqtda millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk
mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar xalqimizning maʼnaviy olami va ruhiyat
dunyosini ko‘rsatuvchi ko‘zgu ekanligini o‘spirinlar ongiga singdirish
o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi.

Xalq dostonlaridagi qahramonlarning safar oldidan ot egarlashi, ota-

onadan fotiha olishi, qahramon va otning uzoq safar yo‘lidagi holati, poygada
qatnashishi, dushman bilan jang olib borishi kabi lavhalar asardan asarga,
ijrodan ijroga (kichik o‘zgarishlar bilan) ko‘chib yuruvchi barqaror anʼanaviy
shakllar hisoblanadi.

Adabiyot darslarida xalq dostonlarini o‘qitishni boshlashdan oldin

o‘quvchiga doston haqida nazariy maʼlumot berish lozim. Shuni unutmaslik
kerakki, akademik litseylarda umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qaraganda
mashg‘ulot vaqti nisbatan ko‘proq, yaʼni 45 emas, balki 80 daqiqa ajratilgan.
Shunga qaramasdan, nazariy maʼlumot berishni meʼyordan oshirib yubormaslik
lozim. Imkon qadar nazariy maʼlumotlarni to‘ldirish va boyitish uchun
o‘quvchiga uyga maqsadli topshiriqlar berish lozim.

Darvoqe, xalq dostonlari uchun mushtarak syujetlardan biri-

qahramonlarning ko‘p qiyinchiliklar bilan sevgan qizining yurtiga yetib borgani
bilan ushbu podsholik, yaʼni qiz tomon qo‘ygan shartlar qahramon tomonidan
osonlikcha bajarilmagan. Ular qiz tomondan qo‘yilgan turfa xil shartlarga duch
kelgan. Masalan, “Alpomish” dostonida Barchinoy tomonidan to‘rt shartning


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

65

qo‘yilishi, “Ravshan” dostonida Ravshandan g‘ayri dinga kirish sharti qo‘yilishi,
“Kuntug‘mish”da Xolbekaning nard o‘yini, “Rustamxon”da ajdarni yengish kabi
shartlarning qo‘yilishi, bu shartlar doston qahramonlari tomonidan bajarilishi
o‘quvchi yoshlarda o‘z maqsadidan og‘ishmaslik, ahdida sobit turish kabi
fazilatlari tarbiyalaydi.

Har qanday dostonni o‘rganishda, avvalo, o‘qituvchi dostonda milliy

ruhning berilishiga o‘quvchilar eʼtiborini tortishi lozim. Negaki, xalq
dostonlarining barchasida qahramonlar dushmani qanchalik yovuz bo‘lmasin,
uning yurtini egallagach, shu yerda hukmronlik qilish daʼvosida bo‘lmaydilar,
balki biror insofli odamni hukmdor qilib, o‘zlari vatanga qaytadilar.
Doston xalqning qadimiy va boy tarixini, jangovar o‘tmishini, milliy-maʼnaviy
qadriyatlar mazmunini va mohiyatini yuksak badiiyat bilan ko‘rsatib bera
oladigan ajoyib badiiy-qomusiy yaratiqdir. Xalq dostonlarini mazmun-
mohiyatini chuqur tushuntirish orqali o‘quvchilarda milliy merosimizga katta
qiziqish va hurmat uyg‘otiladi.

References:

1.

Madayev Omonilla, Sobitova Tojixon. Xalq og‘zaki poetik ijodi:

Akad.litseylar uchun darslik / Taqrizchilar H. Boltaboyev va bosh. — T.:«Sharq»,
2010
2.

Мирзаев Т. «Алпомиш» достонининг ўзбек вариантлари. Т.: «Фан»,

1968
3.

О.Мадаев, Т.Собитова, Халқ оғзаки поэтик ижоди. Т.: «Шарқ», 2001

4.

Йўлдошев Қ. Адабиёт ўқитишнинг илмий-назарий асослари. – Т.:

Ўқитувчи, 1996 йил

Bibliografik manbalar

Madayev Omonilla, Sobitova Tojixon. Xalq og‘zaki poetik ijodi: Akad.litseylar uchun darslik / Taqrizchilar H. Boltaboyev va bosh. — T.:«Sharq», 2010

Мирзаев Т. «Алпомиш» достонининг ўзбек вариантлари. Т.: «Фан», 1968

О.Мадаев, Т.Собитова, Халқ оғзаки поэтик ижоди. Т.: «Шарқ», 2001

Йўлдошев Қ. Адабиёт ўқитишнинг илмий-назарий асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1996 йил