OʻZBEKISTON UZUMCHILIK TARMOGʻI: IQTISODIY AHAMIYATI, HUDUDIY DINAMIKASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Аннотация

Maqolada Oʻzbekistonda uzumchilikning iqtisodiy ahamiyati, hududiy rivojlanishi va asosiy omillari tahlil qilingan. Intensiv agrotexnologiyalar, yuqori hosildor navlar va infratuzilma rivoji umumiy oʻsishga xizmat qilgan, ammo iqlim va suv taʼminoti muammolari ayrim hududlarda hosil hajmining oʻzgaruvchanligiga olib kelgan. Barqaror rivojlanish uchun suv tejamkor texnologiyalar, iqlimga chidamli navlar va eksport raqobatbardoshligini oshirish tavsiya etilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
50-56

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Tursunov , T. (2025). OʻZBEKISTON UZUMCHILIK TARMOGʻI: IQTISODIY AHAMIYATI, HUDUDIY DINAMIKASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 4(11), 50–56. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/134184
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Oʻzbekistonda uzumchilikning iqtisodiy ahamiyati, hududiy rivojlanishi va asosiy omillari tahlil qilingan. Intensiv agrotexnologiyalar, yuqori hosildor navlar va infratuzilma rivoji umumiy oʻsishga xizmat qilgan, ammo iqlim va suv taʼminoti muammolari ayrim hududlarda hosil hajmining oʻzgaruvchanligiga olib kelgan. Barqaror rivojlanish uchun suv tejamkor texnologiyalar, iqlimga chidamli navlar va eksport raqobatbardoshligini oshirish tavsiya etilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

50

OʻZBEKISTON UZUMCHILIK TARMOGʻI: IQTISODIY AHAMIYATI,

HUDUDIY DINAMIKASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Tursunov Toʻlqin Joʻraqulovich

Navoiy viloyati, Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi

boshliq oʻrinbosari

ORCID: 0009-0004-0775-8751

https://doi.org/10.5281/zenodo.16867476

Annotatsiya

: Maqolada Oʻzbekistonda uzumchilikning iqtisodiy ahamiyati,

hududiy rivojlanishi va asosiy omillari tahlil qilingan. Intensiv
agrotexnologiyalar, yuqori hosildor navlar va infratuzilma rivoji umumiy
oʻsishga xizmat qilgan, ammo iqlim va suv taʼminoti muammolari ayrim
hududlarda hosil hajmining oʻzgaruvchanligiga olib kelgan. Barqaror rivojlanish
uchun suv tejamkor texnologiyalar, iqlimga chidamli navlar va eksport
raqobatbardoshligini oshirish tavsiya etilgan.

Kalit soʻzlar:

Uzumchilik, agrotexnologiya, hududiy rivojlanish, suv

resurslari, eksport, qishloq xoʻjaligi, qayta ishlash infratuzilmasi, agrosanoat
klasteri, raqobatbardoshlik.

Аннотация:

В статье анализируются экономическое значение,

региональное

развитие

и

основные

факторы,

влияющие

на

виноградарство

в

Узбекистане.

Интенсивные

агротехнологии,

высокоурожайные сорта и развитие инфраструктуры способствовали
общему росту, однако климатические и водные проблемы в отдельных
регионах привели к колебаниям объемов урожая. Для устойчивого
развития предлагается внедрение водосберегающих технологий,
устойчивых к климату сортов и повышение конкурентоспособности
экспорта.

Ключевые слова:

виноградарство, агротехнология, региональное

развитие, водные ресурсы, экспорт, сельское хозяйство, инфраструктура
переработки, агропромышленный кластер, конкурентоспособность.

Abstract:

The article analyzes the economic significance, regional

development, and key factors affecting viticulture in Uzbekistan. Intensive
agricultural technologies, high-yield varieties, and infrastructure development
have contributed to overall growth, while climate and water supply challenges
in certain regions have led to fluctuations in crop volumes. To ensure
sustainable development, it is recommended to introduce water-saving
technologies, climate-resilient varieties, and enhance export competitiveness.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

51

Keywords:

viticulture, agrotechnology, regional development, water

resources, export, agriculture, processing infrastructure, agro-industrial cluster,
competitiveness.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida uzumchilik tarmogʻi strategik ahamiyat kasb

etadigan yoʻnalishlardan biri sifatida mamlakatning agrar sektorida iqtisodiy va
ijtimoiy jihatdan muhim oʻrin egallaydi. Bu sohada amalga oshirilayotgan
faoliyat nafaqat ichki isteʼmol bozorini yuqori sifatli uzum va uzum mahsulotlari
bilan taʼminlashga xizmat qiladi, balki qayta ishlash sanoati, transport-logistika
xizmatlari va turizm kabi qoʻshimcha tarmoqlarning rivojlanishiga ham turtki
beradi. Shu bilan birga, uzumchilik Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida
ham alohida ahamiyatga ega boʻlib, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega eksport
mahsulotlari qatorida namoyon boʻladi.

2018–2024-yillar davomida respublika miqyosida uzum yetishtirish

hajmlarida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilgan. Umumiy tendensiya ijobiy boʻlib, bu
jarayonda bir qator iqtisodiy va agrotexnika omillari hal qiluvchi ahamiyat kasb
etgan: yangi va hosildor navlarni joriy etish, sugʻorish tizimlarini modernizatsiya
qilish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek agrar
sohada investitsiya faolligining oshishi.

Hududlar kesimida hosil hajmlarining dinamikasi bir xil emas. Masalan,

ayrim viloyatlarda yuqori oʻsish surʼatlari qayd etilgan boʻlsa-da, boshqa
hududlarda iqlim oʻzgarishi, suv resurslari tanqisligi, mehnat resurslari
yetishmasligi yoki agrotexnika talablariga rioya etilmasligi natijasida hosil hajmi
barqaror oʻzgarmas holatda qolgan yoki pasaygan.

Shu sababli, 2018–2024-yillarda uzumchilikning rivojlanishi nafaqat

iqtisodiy koʻrsatkichlar, balki hududiy taraqqiyot, resurslardan samarali
foydalanish va agrosanoat klasterlarini shakllantirish nuqtayi nazaridan ham
tahlil qilinishi lozim. Bu esa tarmoqning barqaror oʻsishini taʼminlash va xalqaro
raqobatbardoshligini oshirish uchun ilmiy asoslangan siyosat va samarali
boshqaruv qarorlarini qabul qilish zarurligini anglatadi. Buni biz quyidagi 1-
jadval maʼlumotlaridan ham koʻrishimiz mumkin.

1-jadval

Oʻzbekistonda 2018–2024-yillarda uzum hosili dinamikasi

(ming tonna)

Xududlar

Yillar

2024-yilda
2018-yilga
nisbatan
oʻzgarishi

2018

2019

2020

2021

2022

2023

2024

%

+/ -

1

Qoraqalpogʻiston
Respublikasi

7,3

8,9

10,2

11,0

11,5

11,6

14,4

197,3 7,1


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

52

2

Andijon

76,8

77,6

88,2

80,9

81,7

82,2

83,8

109,1 7

3

Buxoro

191

202,2

208,3

205,5

218,7

221,4

232,4

121,7 41,4

4

Jizzax

30,5

28,8

28,0

29,8

30,3

29,8

33

108,2 2,5

5

Qashqadaryo

92,2

96,6

93,8

100,6

105,2

110

112,7

122,2 20,5

6

Navoiy

76,9

77,7

78,9

85,2

90,3

85,6

90,6

117,8 13,7

7

Namangan

107,8

121

130,9

137,2

142,2

151,7

160,8

149,2 53

8

Samarqand

562,7

564,3

555,0

601,9

625,4

639,2

666,1

118,4 103,4

9

Surxondaryo

102,4

94,8

95,5

102,6

104,9

74,5

91,1

89,0

-11,3

10

Sirdaryo

13,7

12,2

13,1

14,0

14,4

14,8

15,5

113,1 1,8

11

Toshkent

118,7

102

115,3

100,6

103,4

87,8

84,5

71,2

-34,2

12

Fargʻona

145,5

165,9

177,0

179,2

184

179,1

189,4

130,2 43,9

13

Xorazm

39

43,2

45,0

46,6

48,6

49,9

51,5

132,1 12,5

Respublika boʻyicha
jami:

1564,5 1595,2 1639,2 1695,1 1760,6 1737,6 1825,8 116,7 261,3

Manba:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining

2018-2024-yilgi hisobot maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi.


Agar 1-jadval maʼlumotlariga nazar tashlansa, 2018–2024-yillar davomida

Oʻzbekistonda uzum yetishtirish sohasida umumiy oʻsish tendensiyasi
kuzatilgani koʻrinadi. Jumladan, respublika miqyosida hosil hajmi 1 564,5 ming
tonnadәn 1 825,8 ming tonnagacha oshgan. Bu koʻrsatkich 7 yil davomida 261,3
ming tonna yoki 16,7 foizlik mutlaq oʻsishni anglatadi. Bunday ijobiy natija koʻp
omilli jarayon boʻlib, u iqtisodiy, agrotexnika va tashkiliy islohotlarning uygʻun
taʼsiri natijasida shakllangan.

Birinchi navbatda, rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida intensiv

agrotexnologiyalarning keng joriy etilishi qayd etiladi. Tomchilatib sugʻorish
tizimlarini qoʻllash, mexanizatsiya darajasini oshirish, hosildorlikni koʻtaruvchi
agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish hamda avtomatlashtirilgan suv
taqsimot tizimlaridan foydalanish fermer xoʻjaliklariga hosil sifatini va hajmini
oshirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, yangi va yuqori hosildor navlarning keng miqyosda ekilishi

qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish bilan birga, bozorda
talab yuqori boʻlgan eksportbop mahsulot yetishtirish imkoniyatlarini ham
kengaytirdi. Bu jarayon ilmiy-tadqiqot institutlari va mahalliy seleksionerlar
ishi, shuningdek xorijiy navlarni mahalliy iqlimga moslashtirish orqali amalga
oshirildi.

Bundan tashqari, qayta ishlash va saqlash infratuzilmasining rivojlanishi

ham muhim ahamiyat kasb etdi. Yangi muzlatkich omborlar, qiymat zanjirida
qoʻshilgan qiymatni oshiradigan qayta ishlash sexlari va logistika markazlarining


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

53

koʻpayishi hosilni yoʻqotishsiz bozorga yetkazish imkoniyatini yaratdi va
sohadagi barqarorlikka xizmat qildi.

Eksport imkoniyatlarining kengayishi ham tarmoq rivojiga katta taʼsir

koʻrsatdi. Yangi tashqi iqtisodiy aloqalarning yoʻlga qoʻyilishi, xalqaro talablarga
mos sertifikatlash tizimining rivojlanishi natijasida Oʻzbekiston uzum
mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshdi.

Shu bilan birga, tahlil davrida ayrim yillarda hosil hajmlarida pasayish

holatlari ham kuzatildi. Masalan, 2023-yilda umumiy hosil 2022-yilga nisbatan
1,3 foizga kamaygan. Bu pasayish asosan ikki omil bilan izohlanadi:

1.

Ob-havo sharoitlarining noqulayligi – ayrim hududlarda qurgʻoqchilik va

yuqori harorat tufayli hosildorlik pasaygan.

2.

Suv resurslari bilan bogʻliq muammolar – ayniqsa suv taʼminoti zaif

hududlarda sugʻorish suvi yetishmovchiligi fermerlar imkoniyatlarini cheklagan.

Natijada, umumiy respublika koʻrsatkichi ijobiy boʻlib qolganiga qaramay,

hududiy darajada hosil hajmlari oʻzgaruvchan boʻlgan. Bu esa agrosanoat
siyosatini rejalashtirishda hududiy ixtisoslashuv, resurs taqsimoti va xavflarni
boshqarishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini koʻrsatadi.

Alohida taʼkidlash joizki, Samarqand viloyati mamlakatda uzumchilik

sohasining yetakchisi hisoblanadi. Viloyatda yillar davomida hosil hajmi
barqaror oʻsib kelgan boʻlib, 2018-yilda 562,7 ming tonna boʻlgan hosil 2024-
yilga kelib 666,1 ming tonnaga yetdi, yaʼni 18,4 foizga oshdi. Bu yutuq, avvalo,
viloyatdagi uzumchilik anʼanalarining mustahkamligi, iqlim va tuproqning
yuqori mosligi hamda zamonaviy agrotexnika usullarining keng qoʻllanilishi
bilan izohlanadi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport
kanallariga chiqishi va ichki bozordagi talabning yuqoriligi ham ushbu oʻsishga
sezilarli hissa qoʻshgan.

Buxoro viloyatida ham ijobiy oʻsish tendensiyasi kuzatildi. Agar 2018-yilda

hosil hajmi 191 ming tonnani tashkil etgan boʻlsa, 2024-yilda bu koʻrsatkich
232,4 ming tonnaga yetgan. Bu 21,7 foizlik oʻsish boʻlib, viloyatda yetishtirilgan
uzumning katta qismi quritish va qayta ishlash uchun yoʻnaltirilgani mahsulot
qiymat zanjirini uzaytirish imkonini bergan. Shuningdek, zamonaviy suv
tejamkor texnologiyalarni joriy etish, intensiv bogʻlar tashkil etish va bozor
talabiga mos navlarni ekish orqali hosildorlik oshirilgan.

Fargʻona viloyati esa soʻnggi yetti yillikda respublikada eng yuqori oʻsish

surʼatlaridan birini namoyon etdi. 2018-yilda 145,5 ming tonna boʻlgan hosil
2024-yilda 189,4 ming tonnagacha oshgan, yaʼni 30,2 foizlik oʻsish qayd etilgan.
Bu natija, asosan, hosildor navlarni kengaytirish, iqlimga moslashgan


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

54

agrotexnika choralarini joriy etish va suv taʼminoti tizimini takomillashtirish
bilan izohlanadi. Shu bilan birga, Fargʻona vodiysida uzoq yillik bogʻdorchilik
anʼanalarining ilmiy-texnologik yutuqlar bilan uygʻunlashuvi ham muhim omil
boʻlgan.

Shunday qilib, Samarqand, Buxoro va Fargʻona viloyatlari respublika

uzumchilik sohasida yetakchi hududlar sifatida ajralib turib, umumiy hosilning
katta qismini taʼminlab kelmoqda. Ushbu ustunlikka erishishda tabiiy resurslar
bilan bir qatorda texnologik innovatsiyalar, investitsiya faolligi va bozor
infratuzilmasini rivojlantirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

Namangan viloyati ham soʻnggi yetti yilda eng tez rivojlanayotgan

uzumchilik hududlaridan biri sifatida namoyon boʻldi. 2018-yilda 107,8 ming
tonna boʻlgan hosil 2024-yilda 160,8 ming tonnagacha oshib, 49,1 foizlik
oʻsishga erishildi. Bu oʻsishga hosildor navlarni ekish, iqlim va tuproq
sharoitidan oqilona foydalanish, suv taʼminoti tizimini yaxshilash hamda
agrotexnika talablariga qatʼiy amal qilish katta taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek,
ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amaliyotga joriy etish mahsulot sifati va
raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirgan.

Qashqadaryo viloyatida ham barqaror oʻsish qayd etildi. 2018-yilda 92,2

ming tonna boʻlgan hosil 2024-yilda 112,7 ming tonnaga yetdi, yaʼni 22 foizlik
oʻsish taʼminlandi. Bu koʻrsatkichga, asosan, intensiv bogʻlar tashkil etish,
agrotexnika ishlarini samarali yoʻlga qoʻyish va fermerlarni moddiy-texnika
resurslari bilan taʼminlash hisobiga erishildi. Viloyatning iqlim sharoiti ham
uzumchilikka qulay boʻlib, yuqori sifatli hosil yetishtirish uchun yaxshi
imkoniyat yaratgan.

Navoiy viloyatida esa 2018–2024-yillarda hosil 76,9 ming tonnadon 90,6

ming tonnagacha koʻpayib, 17,8 foizlik oʻsish qayd etildi. Bu natijada suv
resurslaridan tejamkor foydalanish, agrotexnologiyalarni takomillashtirish va
bozor talabiga mos navlarni ekish asosiy omillar sifatida namoyon boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, hosil hajmi jihatidan respublikadagi kichik

hududlardan biri boʻlishiga qaramay, yuqori oʻsish surʼatini namoyon etdi. 2018-
yilda 7,3 ming tonna boʻlgan hosil 2024-yilda 14,4 ming tonnaga yetdi, yaʼni
qariyb ikki barobar (+97%) koʻpaydi. Sirdaryo viloyatida esa oʻsish surʼati
nisbatan past boʻlib, 2018-yildagi 13,7 ming tonna hosil 2024-yilda 15,5 ming
tonnaga yetdi. Bu viloyatda hosildorlikni oshirish uchun suv taʼminoti va
agrotexnika jarayonlarini yaxshilash zarurligi namoyon boʻldi.

Ayrim hududlarda hosil hajmlarining barqaror emasligi kuzatilgan.

Masalan, Surxondaryo viloyatida 2022-yilda 104,9 ming tonna boʻlgan hosil


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

55

2023-yilda 74,5 ming tonnaga tushib ketdi. 2024-yilda maʼlum darajada tiklanib,
91,1 ming tonnaga yetgan boʻlsa-da, ilgarigi koʻrsatkichdan past darajada qoldi.
Bu holat, asosan, ob-havo sharoitlari va suv taʼminotidagi xavflar bilan
izohlanadi.

Toshkent viloyatida esa 2018–2024-yillarda hosil 118,7 ming tonnadan

84,5 ming tonnaga tushib ketdi. Bu sezilarli pasayish urbanizatsiya jarayonlari,
yer resurslarining qisqarishi va aholi migratsiyasi kabi omillar bilan bogʻliq
boʻlib, hududda uzumchilikni rivojlantirish uchun yerdan oqilona foydalanish,
intensiv texnologiyalarni joriy etish va qiymat zanjirini kengaytirish zarurligini
koʻrsatadi.

Umuman olganda, 2018–2024-yillar tahlili respublika uzumchilik sohasida

umumiy oʻsish tendensiyasini koʻrsatadi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Fargʻona
va Namangan viloyatlari yuqori salohiyatli hududlar sifatida ajralib turdi. Bu
salohiyatdan toʻliq foydalanish uchun suv resurslarini samarali boshqarish,
sugʻorish tizimlarini modernizatsiya qilish, iqlimga chidamli va yuqori hosildor
navlarni ekish, qayta ishlash va saqlash infratuzilmasini rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. Shu bilan birga, eksport bozorlariga chiqishda logistika va
marketingni takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda
agrotexnika innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish sohaning barqaror
rivojlanishiga xizmat qiladi.

Yuqoridagi tahliliy munosabatlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish

mumkinki, 2018–2024-yillar davomida Oʻzbekiston uzumchilik sohasi barqaror
oʻsish tendensiyasini namoyon etdi va mamlakat qishloq xoʻjaligida strategik
ahamiyatga ega yoʻnalish sifatida oʻz oʻrnini yanada mustahkamladi. Samarqand,
Buxoro, Fargʻona va Namangan viloyatlari umumiy hosilning katta qismini
taʼminlab, rivojlanishning asosiy lokomotivlari sifatida ajralib turdi. Intensiv
agrotexnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, yuqori
hosildor navlarni ekish, qayta ishlash va saqlash infratuzilmasini rivojlantirish
hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish sohaning ijobiy natijalariga xizmat
qildi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda iqlim oʻzgarishi, suv taʼminoti
muammolari va infratuzilma yetishmasligi hosil hajmining oʻzgaruvchanligiga
olib kelgani qayd etildi.

Uzumchilik sohasini barqaror rivojlantirish uchun, avvalo, suv

resurslaridan samarali foydalanish zarur. Buning uchun tomchilatib sugʻorish va
suv tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek irrigatsiya tizimlarini
modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, iqlim oʻzgarishiga


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

56

chidamli, kasalliklarga bardoshli va yuqori hosildor navlarni tanlab ekish orqali
hosildorlikni yanada oshirish mumkin.

Bundan tashqari, qayta ishlash va saqlash infratuzilmasini rivojlantirish

ham ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Yangi qayta ishlash korxonalari,
muzlatkich omborlar va logistika markazlari qurilishi mahsulot qiymat zanjirini
uzaytiradi va fermerlar daromadini koʻpaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek,
tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun xalqaro
standartlarga mos sertifikatlash tizimini takomillashtirish va samarali marketing
strategiyalarini ishlab chiqish zarur.

Sohadagi ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash ham alohida

ahamiyatga ega. Raqamli agromonitoring tizimlarini joriy etish, resurs tejamkor
agrotexnologiyalardan foydalanish va seleksiya ishlarini kuchaytirish orqali
mahsulot sifati va bozordagi raqobatbardoshlikni oshirish mumkin. Shu bilan
birga, mavsumiy terim davrida ishchi kuchi yetishmasligini bartaraf etish uchun
mehnat bozorini muvofiqlashtirish hamda mexanizatsiya darajasini oshirish
kerak boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Tursunov T.J. Oʻzbekistonda uzumchilikning oziq-ovqat xavfsizligiga

taʼsiri: muammolar va rivojlanish istiqbollari. / “Yashil iqtisodiyot va
taraqqiyot”. – Toshkent, 2025. - № 7. – B. 502-507.
2.

Tursunov T.J. Uzumchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarning iqtisodiy

samaradorligini oshirish yoʻllari. / «Muhandislik va iqtisodiyot». – Toshkent,
2025. - № 4. – B. 197-201.
3.

Tursunov T.J. Oʻzbekistonda uzumzorlar maydonining oʻsishi va sohadagi

transformatsiya jarayonlari. “Qishloq xoʻjaligida innovatsion texnika va
texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishning muammo va yechimlari»
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami. Toshkent.
2024. 560-563 betlar.
4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining

2018-2024-yilgi hisobot maʼlumotlari.

Библиографические ссылки

Tursunov T.J. Oʻzbekistonda uzumchilikning oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri: muammolar va rivojlanish istiqbollari. / “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot”. – Toshkent, 2025. - № 7. – B. 502-507.

Tursunov T.J. Uzumchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yoʻllari. / «Muhandislik va iqtisodiyot». – Toshkent, 2025. - № 4. – B. 197-201.

Tursunov T.J. Oʻzbekistonda uzumzorlar maydonining oʻsishi va sohadagi transformatsiya jarayonlari. “Qishloq xoʻjaligida innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishning muammo va yechimlari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami. Toshkent. 2024. 560-563 betlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2018-2024-yilgi hisobot maʼlumotlari.