Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Introducing inclusivity in education; manifestation of
inclusion in Eastern and Western countries
Nilufar ABIDOVA
Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
15 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
15 June 2024
The article discusses the introduction of the concept of
inclusive education into the education system and analyzes its
positive and negative aspects in practice. The authors also
explore the extent of the spread of inclusive education in
European and Eastern countries. The article notes the observed
changes in the application of inclusive education at all levels of
the education system of Uzbekistan, including higher education
institutions. Particular attention is paid to the idea of
eliminating social differentiation and ensuring the socialization
of persons with special educational needs together with healthy
peers through the integration of various population groups into
the educational process.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp44-47
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Inclusion,
integration,
racial segregation,
children with special needs,
discrimination,
differentiation,
resource teacher,
Finnish education system.
Inklyuziyani ta’lim sohasiga kirib kelishi; Sharq va G‘arb
davlatlaridagi inklyuzivlashishning namoyon bo‘lishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Inklyuziya,
integratsiya,
irqiy segregatsiya,
alohida yordamga muhtoj
bolalar,
diskriminatsiya,
differensiatsiya,
resurs o‘qituvchi,
Finlandiya ta’lim tizimi.
Maqolada Inklyuziv ta’lim tushunchasini ta’lim sohasiga
kirib kelishi hamda amaliyotda qanday ijobiy va salbiy jihatlarni
namoyon qilayotganligi, shu bilan birgalikda inklyuziyani
Yevropa va Sharq davlatlarida qay darajada qo‘llanilayotganligi
ko‘rsatilgan. Bu bilan inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim
tizimida, oliy ta’lim dargohlarigacha bo‘lgan tizimda qo‘llashda
kuzatilayotgan o‘zgarishlar qisman keltirib o‘tilgan. Shuningdek,
ijtimoiy differensiatsiyasiyani bartaraf qilish, turli jamoa
guruhlarini, xususan rivojlanishida ma’lum bir nuqsoni bor
bo‘lgan shaxslarni ta’lim tizimiga jalb qilish orqali, ularni
boshqa sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda sotsi
allashuvini
ta’minlash ilgari surilgan.
1
Associate Professor, PhD, Department of Speech Therapy, Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi.
2
Master, direction “Speech Therapy”, Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
45
Внедрение инклюзивности в сферу образования;
проявление инклюзии в странах Востока и Запада
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инклюзия,
интеграция,
расовая сегрегация,
дети с особыми
потребностями,
дискриминация,
дифференциация,
учитель
-
ресурс,
финская система
образования.
В статье рассматривается внедрение концепции
инклюзивного образования в систему образования и
анализируются её положительные и отрицательные
аспекты на практике. Авторы также исследуют степень
распространения инклюзивного образования в странах
Европы и Востока. В статье отмечаются наблюдаемые
изменения в применении инклюзивного образования на
всех уровнях системы образования Узбекистана, включая
высшие учебные заведения. Особое внимание уделяется
идее
устранения
социальной
дифференциации
и
обеспечения
социализации
лиц
с
особыми
образовательными потребностями вместе со здоровыми
сверстниками через интеграцию различных групп
населения в образовательный процесс.
Ijtimoiy tenglikni ta’minlash o‘ta muhim. Inklyuziv ta’lim tushunchasi ta’limiy
adabiyotlarda dastlab 1980-
yillarning oxirida paydo bo‘lgan. O‘zbekistonda inklyuziya
tushunchasi 1996-
yilda kirib kelgan. Inklyuziv ta’lim keng miqyosda tan olingan siyosiy
hamda pedagogik jarayondir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, uning paydo bo‘lishi va
tarqalishi birmuncha qiyin bo‘lgan. 1948
-
yilda “Inson huquqlari Umumjahon
deklaratsiyasi”da aynan inklyuziyani ta’lim sohasiga kiritish uchun o‘nlab yillar
mobaynida turli huquq-
erkinliklar to‘g‘risida bayonotlar kiritilgan
[3].
Bugungi kunda inklyuzivlik, talaba-
o‘quvchilarning huquq va erkinliklarini
ta’minlagan holda ularning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishi, shu sababli
ham
XXI asrning eng ma’qullangan va hozirda jadal ravishda keng targ‘ib etilayotgan ta’lim
yondashuvi ekanligi haqiqat.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1950
-
yillarda ko‘plab davlatlarda maxsus
ta’lim davlat dasturlari mavjud bo‘lgan va bu dasturlar aynan rivojlanishda ma’lum bir
orqada qolgan bolalarga bag‘ishlangan. Ammo, vaqt o‘tib maxsus ehtiyojga muhtoj
bolalarning talablari bu maxsus sinflarda, belgilangan ta’lim dasturlari orqali
ta’minlanmadi, aksincha ulardagi bor qobiliyatlarini ham so‘ndirdi. Birinchilardan bo‘lib
AQSHda “Fuqorolik huquqlari harakati” bu kabi diskriminatsiya va uning oqibatlarini
qoraladi. Ta’lim kengashi maktablar va shu orqali bolalarni ajratish, o‘quvchilarning teng
ta’lim olish imkoniyatlarini rad etish deya qaraldi. Bu qaror irqiy segregatsiyani nazarda
tutgan bo‘lsa
-
da, keyinchalik nogironligi bo‘lgan shaxslarda ham o‘z ifodasini topa
boshladi.[6] Fuqarolik huquqlari harakatining maqsadi alohida ehtiyojga muhtoj
shaxslarga nisbatan kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlarini ishlab
chiqish edi. Aynan 1970-yilda qabul qilingan qonun hujjatida alohida yordamga
muhtojlarni ommaviy maktablarda sog‘lom bolalar qatori bepul ta’lim olish imkoniyati
belgilab qo‘yildi.
Kanadada, 1800-
yillarda rivojlanishida ma’lum nuqsonli shaxslar ta’lim tizimidan
chetlashtirilgan.Ular ko‘pincha alohida muassasalarda o‘qitilib, ularga jamiyat tarafidan
ortiqcha yuk nazari bilan qarashgan [7].
Ba’zilar, bu yondashuvni ularning o‘z foydasiga
deyishiga qaramasdan, bu yondashuv ko‘p sohalarda ularning fikri e’tiborga olinmasligi
orqali, jamiyatdan chetlashtirib qo‘yayotganligini ko‘rsatgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
46
Shular qatorida, Yaponiyada ta’lim tizimi tezlik bilan inklyuzivlashib bormoqda.
2007-yildagi 45 240 nafardan 2013-yilda 77 822 nafarga, 2020-yilda esa 164 697 nafarga
ko‘paydi. Yaponiyada yengil darajadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar umumiy ommabop
maktablarga borishlari mumkin, shuningdek o‘rtacha darajadagi nogironligi bor shaxslar
uchun resurs o‘qituvchilar jalb etiladi
[2].
Inklyuziv ta’lim eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan davlatlardan biri bu
–
Finlandiya
sanalib, unda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, birgalikda o‘qish sog‘lom va alohida
ehtiyojga muhtoj bolalarning har ikkisi uchun ham samarali ta’sir ko‘rsatgaan.[8] Ayniqsa
oddiy maktablarda 3
–
15 yoshdagi alohida yordamga muhtoj bolalarga diqqatini yaxshi
jamlashga yordam beruvchi turli sensor, harakat va kognitiv mashqlar olib borilgan.
Bunday ta’lim tizimidagi islohotlar o‘quvchini o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada
yaxshilashga, hech qanday kamsitishlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishiga, ularni
boshqalar qatori harakat qilishiga turtki bo‘lgan. Barcha bolalar uchun muvaffaqiyatga
erishishga undaydigan keng ko‘lamli ta’lim islohotini kiritish orqali ta’lim sohasi yanada
isloh qilingan.
Indoneziyada Inklyuziya bo‘yicha 2009
-
yildagi qaroriga ko‘ra, har bir tumanda
nogiron bolalarni o‘qitilishini to‘laqonli ta’minlay oladigan kamida bitta inklyuziv maktab
va o‘qituvchi, shuningdek ularning o‘quv faoliyatida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari va
jihozlar bilan ta’minlanishi shart qilib qo‘yilgan.
Birlashgan Arab mamlakatlarida esa, 2009-yil 14-sonli qarorida maktablarga
nogironligi bo‘lgan shaxslarni qamrab olishni ko‘zda tutib, ,,Maxsus ehtiyojga muhtoj
shaxslar davlat yoki xususiy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun to‘siq bo‘lmaydi” deya
ta’kidlangan
[5].
Hozirda bizning davlatimiz miqyosida ham aynan ko‘plab mamlakatlar targ‘ib
etayogan inklyuziyani keng miqyosda targ‘ib etish bo‘yicha ko‘plab ishlar olib
borilmoqda. Xususan, Prezident Baydenning BMT bosh Assambleyasining
C5+1 yig‘ilishida, undagi barcha davlatlaridagi ajratilgan ta’limni inklyuzivlashgan ta’lim
tizimiga o‘tkazishni, shu asnoda O‘zbekiston hukumatining 2025
-yilga qadar inklyuziv
ta’limga maktablarning kamida 51 foizini qamrab olish maqsadini qo‘lladi. Aytib o‘tish
joizki, 2019-
yildan buyon AQSH O‘zbekiston ta’lim imkoniyatlarini qo‘llab
-quvvatlash
uchun 40 million dollardan ortqi sarmoya kiritgan. AQSH Xalqaro rivojlaanish agentligi
bu orqali har bir o‘zbek fuqarosining birgalikda rivojlanishi hamda ularning
O‘zbekistonning kelajagi uchun o‘z hissalarini qo‘shishni nazarda tutadi
[4].
O‘zbekiston
hozirda maxsus alohidalashgan ta’limdan, inklyuziv birgalikdagi ta’lim tizimiga sekinlik
bilan o‘tmoqda. Shu bilan birgalikda, jamiyatimizda hali ham ko‘pchilik alohida yordamga
muhtoj bolalarni boshqalar qatori ommaviy maktablarda o‘qitilishiga salbiy fikr
bildirishadi. Shuni aytish joizki, 2014-
yilda rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda
101
000 nafar 16 yoshdan kichik bo‘lgan alohida ehtiyoj talab bolalar mavjudbo‘lgan
[1].
Yana ularning aksariyat qismi maxsuslashtirilgan ta’lim muassasalariga borishadi yoki uy
ta’limini olishadi. Hozirda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning umumiy yoki
maxsus maktablarga borishi bevosita ularning ixtiyoriga bog‘liq etib qo‘yilgan va
ularning huquqlari davlat tomonidan himoyalanadi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarini
olib qaraladigan bo‘lsa, ayni damda turli nuqsonlarga ega bo‘lgan (ko‘r,zaif
eshituvchi,tayanch-
harakat a’zolarida nuqsonli) shaxslar uchun ham
alohida o‘rinlar
ajratilgan bo‘lib, ular uchun ta’lim olish grand asosida belgilanadi. Bu kabi shaxslar
imkoniyati darajasida o‘zlari istagan yo‘nalishlarda o‘qishi hamda kelgusida shu sohda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
47
ish faoliyatlarini yuritishlari mumkin etib belgilandi. Bu esa jamiyatimizda alohida
yordamtalab shaxslarga nisbatan boshqacha ko‘z bilan qarash emas, balki ular bilan
birgalikda hayot tarzining turli jabhalarida faoliyat olib borishga, ularga ko‘mak berib,
ularni ijobiy qabul qilgan holda turli kamsitishlarni oldini olishga olib kelmoqda.Bu
jarayon to‘laqonli amalga kiritilishi albatta ma’lum bir uzoq muddat,mablag‘, mehnatni
talab etishi bilan birgalikda, jamiyatning har bir a’zolaridan mehr va faollikni talab etadi!
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Data of the State Committee on Statistics as of January 1, 2018.
2.
Developing an inclusive education system in Japan. 2016 Hiroko Furuta
3.
Inclusive education in action. Journal No7.2016 http://inclusive-education.uz
4.
U.S Agency for International Development https://pdf.usaid.gov
5.
Unicef.org
6.
www.frontiersin.org
7.
https://www.researchgate.net
8.
https://www.oxfordbibliographies.com
