Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Development of the intellect of preschool children
through logical computer games
–
a pressing pedagogical
problem
Mukhlisa OMONBOEVA
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
15 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
15 June 2024
The article presents current pedagogical problems and
theoretical views of developing the intelligence of preschool
children by means of logical computer games.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp7-14
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
computer,
game,
preschool age,
intellect,
tool,
pedagogue,
scientist,
logic.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mantiqiy kompyuter
o‘yinlari vositasida intellektini rivojlantirish –
dolzarb
pedagogik muammo
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kompyuter,
o‘yin,
maktabgacha yosh,
intellekt,
vosita,
pedagog,
olim,
mantiq.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni mantiqiy
kompyuter o‘yinlari vositasida intellektini rivojlantirishning
dolzarb pedagogik muammolari va nazariy qarashlari keltirilib
o‘tilgan.
1
Doctoral student, Andijan State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
8
Развитие интеллекта дошкольников посредством
логических
компьютерных
игр
–
актуальная
педагогическая проблема
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
компьютер,
игра,
дошкольный возраст,
интеллект,
средство,
педагог,
учёные,
логика.
В статье представлены актуальные педагогические
проблемы и теоретические взгляды развития интеллекта
дошкольников посредством логических компьютерных
игр.
Bola o‘yin va ijodkorlik dunyosida
yashasagina uning hayoti to‘laqonli bo‘ladi.
V.A. Suxomlinskiy
21-asr
insoniyat oldiga ko‘plab muammolarni qo‘ygan bo‘lib, ularning orasida
dolzarblaridan biri bolaning intellektini rivojlantirish. Inson intellekti va intellektning
imkoniyatlari uzoq vaqt davomida turli soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilib
kelinadi. Intellekt tug‘ma bo‘ladimi yoki atrof muhit ta’sirida shakllanadimi degan savol
pedagogika va psixologiya fanining dolzarb muammolaridan biri. Maktabgacha yoshdagi
bolaning intellektini rivojlantirish zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimining ham dolzarb
muammolaridan biridir.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti
–
maktabgacha
yoshdagi bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun, kattalar va tengdoshlar
munosabatlari ortidan shakllanuvchi hayotiy tajribalar maskanidir.
Maktabgacha yosh
–
intellekt va
ijodkorlikni rivojlantirish uchun qulay bo‘lgan yosh davri hisoblanadi. Aynan
shu yosh davrida
bolada ko‘plab yo‘nalishlarda o‘zgarishlar taraqqiy etadi. Diqqat, xotira,
fikrlash, nutq, tasavvur kabi psixik jarayonlar takomillashadi. Pedagog va psixologlarning
ta’kidlashicha, 4 yoshgacha intellektual rivojlanishning yarimi shakllangan bo‘lib,
8 yoshga kelganida chorak qismi to‘laqonli shakllanib ulguradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning intellektini rivojlantirish masalalari ko‘plab
pedagog olimlar tomonidan ko‘rib chiqilgan: P.A.
Galperin, A.V. Zaporojets, T.A. Markova.
Intellektual rivojlanishning nazariy aspektlarini
–
Yu.K. Babanskiy, L.S.Vigotskiy,
L.A. Venger, I.F. Xarlamov, V.P. Beskalko, S.L. Rubinshteyn, Ya.A. Komenskiy, D. Dyui,
J.
Piaje kabi bir qator olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Farzandini sog‘lom, intellektual, har tomonlama rivojlangan bo‘lishini
xohlamaydigan ota-
ona bu dunyoda bo‘lmasa kerak. Har bir bola alohida bir olam,
qiziquvchan, atrof olamni tanishdan to‘ymaydigandir. Bolaning bu kabi ehtiyojlarini
qondirmoq uchun ota-onalar va pedagoglar hamisha intellektini rivojlanishiga katta
e’tibor qaratishlari lozim. Bo‘lajak maktab o‘quvchisining intellektini rivojlanishida oila
va maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Intellektni
rivojlanishida bola uchun maxsus sharoit yaratilishi o‘rinli, bu jarayonni amalga
oshirishda mantiqiy kompyuter o‘yinlari yaxshi natija beradi. Mantiqiy kompyuter
o‘yinlari
bolaning ijtimoiy ko‘nikmalari takomillashtirishga yordam beradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
9
“Intellekt” tushunchasi, zamonaviy fanning
ko‘plab tushunchalari kabi o‘z tarixiga
ega. Intellekt lotin tilidan olingan bo‘lib “intellectus”
-
tushunish, anglash ma’nosini
bildiradi.
Intellekt so‘zining, individning aqliy qobiliyatining barqaror tuzilmasi sifatida
tushunish mumkin. Umumiy qilib aytganda, intellekt
–
aql so‘zining sinonimi bo‘lib, turli
vaziyatlarga moslashish, olingan tajribalarni hayotda qo‘llay olish tushuniladi.
Shu o‘rinda maktabgacha yoshdagi bolani
intellektini rivojlantirish qanday jarayonlarni
o‘z ichiga oladi degan savol paydo bo‘ladi.
Intellekti rivojlangan bola,
berilgan vazifalarni osongina o‘zlashtiradi, o‘z kuchiga
tayanadi va yangi muhitga osongina moslasha oladi. O‘zbek yozuvchisi Oybek (Musa
Toshmuxammedov), bolaning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun eng avvalo
intellektini rivojlantirish
lozim deya ta’kidlaydi. Buyuk ota
-bobomiz Abu Ali ibn Sino
intellektni rivojlanishi, shaxsni axloqini shakllanishi bilan bog‘liq degan fikrni keltirib
o‘tgan.
Yan Amon Komenskiy tomonidan tavsiya etilgan maktab o‘z ichiga 3 yoshdan
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim olishini qamrab olgan bo‘lib, erta ta’lim olishning
asosiy maqsadi esa bolaning intellektini rivojlantirishdan, ya’ni bolaning o‘qishni,
yozishni va mantiqiy fikrlashni bilishi ko‘zda tutilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolada har
bir ma’lumotni
eslab
qolish va o‘zlashtirish imkoniyati katta bo‘ladi deb ta’kidlaydi
Y.A. Komenski. Shu sababdan u bola tasavvurini boyitish, mantiqiy fikrlashini
shakllantirish va xotirasini mustahkamlash uchun yo‘naltirilgan
turli o‘yinlar va
mashg‘ulotlarni tavsiya qilgan, uning fikriga ko‘ra bu jarayon bolaning intellektini
rivojlanishida yordamchi vositasini o‘taydi.
Maktab
ta’limiga tayyorgarlik vaqtida bolaning
intellektini rivojlantirish,
birinchilardan bo‘lib L.S.
Vigotskiy tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, olimning
tadqiqotlari ortidan kelib chiqqan fikriga ko‘ra, bolaning intellektini rivojlanishi
egallangan bilimning hajmida emas, balki intellektual jarayonlarning rivojlanish
darajasidir deydi. Bola sanash, o‘qish, atrofni tanishdan tashqari, mantiqiy fikrlashni,
muhokama qilishni, taqqoslashni, voqealarni sababini topishni va xulosa chiqarishni
bilishi lozim. Bunday noodatiylik bola hayotiga asosan o‘yin orqali kirib boradi deb
ta’kidlaydi. Bolani intellektini rivojlantirish muammosi pedagogika tarixida ko‘plab
izlanishlarga sabab bo‘lgan.
Masalan, I.G.
Pestalotssi, elementar ta’lim nazariyasini
Intellektual
rivojlanish
Tasavvur
Mantiqiy
fikrlash
Idrok
hotira
Qiziquvchanlik
Diqqat (jalb qilish
va yo‘naltirish)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
10
yaratish jarayonida, tarkibiga bolalarning aqliy ta’limini ham keltirib o‘tadi. Ammo Jon
Dyui fikriga ko‘ra, bolani bo‘yini o‘sishini tezlashtirib bo‘lmagani kabi, bolani intellektini
rivojlantirish jarayonini ham shoshiltirib bo‘lmaydi.
Bolani intellektini rivojlanishini Jon Dyui 3 bosqichga bo‘ladi:
•
4 yoshdan 8 yoshgacha
–
fikrlash va
harakat o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘liqlik davri.
Ta’lim bosqichi bunda mashg‘ulot shaklida emas balki, turlicha faoliyat orqali tashkil
etiladi.
•
8 yoshdan 12 yoshgacha
–
bola turlicha savollarga javob qidira boshlaydi, shu
sababdan bolaning aqliy faoliyati
intellektual ozuqaga muhtoj bo‘ladi.
Bu vaqtda hisob-
kitob, o‘qish amallarini bajarishni, kitobga murojaat qilishni boshlaydi.
•
13 yosh
–
bu yoshda bolaning aniq qiziqishlari shakllanadi, fanga yoki san’atga
bo‘lgan iqtidorini namoyon etishni boshlaydilar.
Piajening fikricha, intellekt bu
–
psixikani rivojlanishining markaziy ildizi. Bola
shakllanadi, rivojlanadi, tashqi dunyoga moslashadi. Bola intellektining rivojlanishini
Piaje 4 davrga
bo‘ladi:
Har bir davrning o‘ziga xosliklari bo‘lib
ular quyidagilar:
–
Sensomotor intellekt davri (0
–
2 yosh), bu yosh vakillari
sezish o‘rganlari
yordamida va o‘zining harakatiga tayangan holda o‘zi uchun tashqi olamni ochadi;
–
Dooperatsional tasavvurlari davri (2
–
7 yosh), bu toifaga kiruvchi bolalar ichki
rejasini tuzishni boshlaydi. Bu yosh davrlarida tasavvuriga tayangan holda belgilardan
foydalanishni boshlaydi. Bolaning tasavvurida qalam
–
sehrli tayoqcha, kichik hajmga ega
bo‘lgan idishlar esa qayiq vazifasini o‘taydi.
–
Aniq tizim davri (7
–
11 yosh), bu yosh vakillari esa nafaqat belgilardan foydalana
oladilar, balkim ularni mantiqiy darajada boshqara oladilar. Masalan: plastilinni mayda
–
mayda holatga keltirsak u yopishib qolmaydi kabi fikrlarni mantiqan yurita oladilar.
Ammo umumiylashtirishni bilmaydilar.
4 yoshdan
8 yoshgacha
8 yoshdan
12 yoshgacha
13 yosh
Sensomator intellekt davri (0
–
2 yosh)
Dooperatsional tasavvurlari davri (2
–
7 yosh)
Aniq tizim davri (7
–
11 yosh)
Formal tizim davri (12 yoshdan so‘ng)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
11
–
Formal tizim davri (12 yoshdan so‘ng), ushbu davrda bolada aniq va abstrakt
mantiqiy fikrlash namoyon bo‘ladi.
Piajening fikr va tadqiqotlarini o‘rganib chiqqan
J. Brunerning izlanishlariga
ko‘ra bolaning intellektini rivojlanishi davrlarda emas, aksincha yo‘nalishlarga ko‘ra
shakllanadi.
HARAKAT
TASAVVUR
BELGI
Ta’lim va bola so‘zi birgalikda aytilganida aqlimizga birinchilardan –
o‘yin keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotini o‘yinlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Bolalarning mantiqiy o‘yinlar vositasida intellektini rivojlantirish muammolari ham
o‘rganilib chiqilgan. Ularning orasida L.A.
Venger, L.S. Vigotskiy, Z.A. Mixalova, J. Piaje
kabi pedagoglarni misol qilishimiz mumkin. Bolaning intellektini rivojlanishida mantiqiy
kompyuter o‘yinlarining ahamiyati
katta. Bola o‘yin jarayonida rivojlanadi, dunyoni
o‘rganadi, muloqotga kirishadi,
Zamonaviy pedagogikada ko‘plab mantiqiy o‘yinlar
mavjud bo‘lib. Maktabgacha yoshdagi bolaning
intellektini, harakatini,aqliy faoliyatini,
malakalarini yoshdagi bolaning intellektini
shakllantirishga yordam beradi. “O‘yin –
bolaning mehnati”
–
V.M.
Vundt o‘yinga shunday tarif beradi. Uning fikriga ko‘ra, har bir
o‘yin qanday bo‘lishidan qat’iy nazar mehnatni, zukkolikni talab qiladi. Bolalarning o‘yin
jarayoni ham bu bir faoliyat, xuddi kattalarning faoliyati ish bo‘lgani kabi degan fikrlarni
rus pedagog va yozuvchisi A.S.
Makarenko keltirib o‘tgan bo‘lib, o‘yinning –
ishga
tenglashtiradi. Bola o‘yin jarayonida qanday bo‘lsa ulg‘ayganida ham ishda
xuddi
shunday bo‘ladi. O‘yin
kattalar tomonidan to‘g‘ri tanlanishi va tashkil etilishi lozim, aks
holda bolada o‘yinga nisbatan
zo‘riqish yoki qiziqishini yo‘qotish holatlari kuzatiladi kabi
fikrlarni oldiga suradi yozuvchi.
21-
asrning texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Har bir
sohada, har bir jabhada
informatsion-
axborot texnologiyalarining o‘rni beqiyos. Shu o‘rinda yangi asr bolalari ham
kompyuter texnologiyalari davrida o‘sib rivojlanishmoqda. Yildan –
yilga fan va texnika
taraqqiyoti rivojlanishi jadallik bilan oldinga harakatlanmoqda. O‘tgan asr bolalaridan,
kompyuter davrida o‘sayotgan bolalarning imkoniyatlari cheksiz bo‘lib, ularning fikrlashi,
dunyoqarashlari ham o‘zgacha tus olmoqda. Tabiiyki, bunday vaqtda bolaning kompyuter
yordamida intellektini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor ham yuqori bo‘ladi. Intellekti
rivojlangan maktabgacha yoshdagi bola mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘zining ishlarini
rejalashtirish, nuqtai nazarini isbotlab berish, mustaqil va faol bo‘lishga qodir bo‘ladilar.
Maktabgacha yoshdagi bolaning intellektini rivojlanishida mantiqiy kompyuter o‘yinlari
misolida ko‘radigan bo‘lsak bu o‘yinlar orqali psixik jarayonlar quriladi va shakllanadi. O‘yin
orqali bola ko‘plab so‘zlarni, harakatlarni eslab qolishi oson bo‘ladi.
Maktabgacha pedagogika fanida kompyuter o‘yinlari dolzarb muammolardan
hisoblanadi. Kompyuter o‘yinlari ichida o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi turlaridan biri
bu
–
mantiqiy o‘yinlar. Mantiqiy kompyuter o‘yinlari bolaning diqqatini jamlash, maqsad
sari intilish, g‘alaba qozonish tuyg‘ularini oshiradi. Barchamizga birdek ma’lumki qadim –
qadimdan o‘yinlar bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun ko‘makchi vazifasini
o‘tagan.
Mantiqiy kompyuter o‘yinlari
bolaning intellektini rivojlanishi uchun yaxshi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
12
sharoit yaratib beradi. Ushbu turdagi o‘yinlar aqliy faoliyatni ishga solishga,
noodatiy
yondashuvga, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri kabi fikrlashga, hattoki o‘z xatosini topish kabi
imkoniyatlarni yaratadi. Kompyuter bolalarning barmoqlar mayda motorikasini
rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ekranda kuzatayotgan hodisalarni qo‘l
harakati bilan bog‘laydi. Bolalar dunyosiga kompyuter olib kirishning asosi maqsadi –
motivatsiya yordamida intellektini rivojlantirishdan iborat. O‘yin bolalarni yashash va
harakatda bo‘lishi uchun asosiy motiv hisoblanadi. Kompyuter o‘yinlari bolalarning
orzularini amalga oshirishda yordam beradi. Misol uchun bolalar mashina haydashni
bilmaydilar, samolyotni boshqara olmaydilar, kasallarni davolay olmaydilar, kompyuter
o‘yinlari orqali bu amallarni bajarish mumkin bo‘ladi. A.N.
Leontyev, o‘yin vaqtida
bolaning maqsadi yutish emas, bolaga natija ham muhim emas, bolaga o‘yin jarayonining
o‘zi qiziqarli deb ta’kidlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga kompyuter o‘yinlarini
ta’siri muammolarini bir qator pedagog, psixologlar o‘rganib chiqqan. A.V.
Zaporojets
nomidagi “Maktabgacha bolalik” markazining olim va mutaxassislari bu muammolarni
o‘rganib chiqib, bir qator izlanish ishlarini olib borganlar. Maktabgacha ta’lim tizimiga
kompyuterning didaktik vosita sifatida olib kirilishi bolaning intellektini rivojlantiruvchi
omil sifatida xizmat qiladi, deb ta’kidlaydi S.L.
Novoselova. G.P.
Petku kompyuter o‘yin
dasturlarining imkoniyatlari haqida tadqiqotlar olib borgan. I.Y. Pashilite kompyuter
o‘yinlari maktabgacha ta’lim tizimini samarali boyitib berib, bolalarning intellektini
rivojlantirishga yordam berishini isbotlab bergan. S.L. Novosyolova, S. Peyper, G. Petku,
B.
Xanter tadqiqotlarida keltirilishi bo‘yicha, kompyuter o‘yinlarini maktab ta’limiga
tayyorgarlik ko‘rish uchun yordam beradi, bolani o‘qishga bo‘lgan qiziqishini orttiradi,
intellektini rivojlantiradi,
kreativ fikrlashga o‘rgatadi,
umumiy qilib aytadigan bo‘lsak
bolani har tomonlama rivojlantiradi. Bola o‘yin davomida orttirilgan o‘zining tajriba,
bilim, tasavvurlariga tayanadi. Maktabgacha ta’lim tizimida kompyuterdan o‘quv vositasi
sifatida foydalanish bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi
bir qator rivojlangan davlatlar boy tajribaga ega. AQShda “Bolalar va ommaviy
madaniyat” dasturi yuritiladi. Ushbu dasturda kompyuter o‘yinlari yordamida bolaning
intellektini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar olib boriladi. Kompyuter o‘yinlarining
nafaqat o‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi xususiyatlari mavjud, balki tarbiyalovchi ahamiyati
ham bor.
Kompyuter o‘yinlaridan olingan malaka va tajribalar bolaning faqatgina hozirgi
emas, kelajakdagi faoliyati uchun ham foydali sanaladi.
O‘qish, yozish, sanashga o‘rgatish tushunchalaridan ko‘ra intellektual rivojlanish
tushunchasi chuqur va keng ma’noga ega. Maktabgacha yoshdagi bolaning intellektini
rivojlantirish uchun esa hech qachon “erta” hisoblanmaydi. Mantiqni, diqqatni, xotira,
tanqid va analizni rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Barcha sanab o‘tilgan
ko‘nikmalarni kompyuter o‘yinlari orqali amalga oshirish mumkin deb qayta
- qayta
ta’kidlab o‘tdik. Zamonaviy jamiyatda bola ulg‘aygani sari harakatli o‘yinlar, o‘yinchoqlar,
lego, qo‘g‘irchoq va mashinalarning o‘rnini sekin
–
astalik bilan kompyuter o‘yinlari
egallamoqda. Tabiiyki bitta ekranning o‘zi barcha o‘yinchoqlarning o‘zini jamlashi
mumkin. Kompyuter o‘yinlarining bolaning intellektini rivojlanishiga ta’sir o‘tkazishi
bo‘yicha bir qancha mamlakatlarda tadqiqot ishlari olib borilgan. Misol uchun, o‘tgan yili
bir qator Xitoy olimlari ekshen-
o‘yinlarining bolaning miyasiga bo‘lgan ta’siri ustida
izlanishlar olib bordilar. Natijada esa, ushbu turdagi o‘yinlar bosh miyadagi geymerlar
tashqi olamdan keluvchi signallarni tezlik bilan qayta ishlaydi, bu esa miyaga yaxshi
ta’sir o‘tkazib uning ko‘p funksiyaligini ta’minlaydi. Bu birinchi tadqiqot ishlari emas.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
13
2003-
yildagi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kompyuter o‘yinlaridan faol
foydalanuvchilar o‘zlarini diqqatini nazorat qila olishi yuqori darajada bo‘lishi aniqlandi,
o‘yinchilar bunday natija bilan bemalol maqtanishlari mumkin. Rossiyalik
tadqiqotchilarni izlanishlariga ko‘ra, ta’lim
-
tarbiya jarayoni uchun qo‘llanadigan
kompyuter o‘yinlari bolaning temperamenti va yosh xususiyatlariga ko‘ra tanlashini
lozim. Qaysidir bolaga sokin o‘yinlar to‘g‘ri kelsa,boshqa bolalar uchun esa tez
-tez, rang-
barang o‘yinlar yoqadi. Qaysi yoshdan boshlab bolani kompyuterga o‘rgatish kerak degan
savollar paydo bo‘ladi. Tibbiyot xodimlari, pedagog va psixologlarning zamonaviy
tadqiqotlariga ko‘ra 4,5
-
5 yoshli bolalar kompyuterni muvaffaqiyatli o‘rganmoqdalar.
Ularning kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki bolalar mashg‘ulotlarda hech qanday
qo‘rquvlarsiz, murakkab texnika hisoblangan kompyuterdan erkin foydalanishmoqda.
Kompyuter o‘yinlari
va undan foydalanish metodlaridan to‘g‘ri foydalanilsa
bolaning intellektini tez rivojlanishiga yordam beradi. Hattoki, zamonaviy olimlarning
fikricha, maktabgacha yoshidagi bolalarning muloqotini aynan kompyuter o‘yinlaridan
boshlashi lozim, chunki bu yoshda tasavvur shakllanib, mantiqiy fikrlashni rivojlanishiga
ham yordam beradi degan fikrlar keltirilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar orasida
kompyuter o‘yinidan foydalanishning asosiy vazifalari:
–
bolaning raqamli va informatsion jamiyatga tayyorlash;
–
elementar kompyuter savodxonligiga o‘rgatish;
–
bolaning intellektini rivojlanishi uchun o‘yinlardan foydalanish;
–
o‘qish, o‘yin faoliyatida o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini uyg‘otish.
Ko‘plab kompyuter o‘yinlari o‘qish, yozish, sanash malakalarini o‘rgatishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, maktabga tayyorlov uchun yordamchi vazifasini o‘taydi, bu
jarayonni maktabgacha yoshdagi bola va kichik maktab yoshidagi bolaning hamkorligi
sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Ko‘plab maktabgacha yoshdagi bolalarni uyida kompyuter mavjud bo‘lib, bolalar
kompyuterga o‘yinchoq sifatida qaraydilar. Shu sababdan, tarbiyachi
-pedagog, ota-onalar
mutaxassislarni fikriga quloq tutgan holda, kompyuterning o‘yinchoq emas,ta’lim olish,
o‘rganish uchun yordamchi sifatidagi vosita ekanligini tushuntirishlari lozim. Kompyuter
ma’lumotlarni bolaga qiziqarli, rangli shaklda yetkazib beradi. Bu mo‘jizalarga boy
ko‘rinishlar, o‘ziga tortadigan ovozli tovushlar bolaning eslab qolish malakasini orttiradi.
Mashg‘ulot, faoliyatlar vaqtida kompyuter o‘yinlaridan samarali darajada foydalanish
bolaning intellektini rivojlantirishdan tashqari, mayda va yirik motorikasini ham birdek
rivojlantiradi. Qanday o‘yin bo‘lishidan qat’iy nazar bola barmoqlari bilan sichqonchani
ushlaydi, belgilangan
yo‘nalish sari harakatlantiradi va natijada kichik qo‘l va barmoq
motorikasini rivojlantiradi. Bu hodisa esa yozish malakalarining oson kechishiga
poydevor bo‘ladi. Kompyuter o‘yinlari bolalarning qiyinchiliklarni yengib o‘tish, berilgan
vazifani to‘g‘ri bajarish, berilgan shartlarni eslab qolish kabi tajribalarni o‘rgatadi.
Kompyuter o‘yinlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilsa bolaning rivojlanishida oqsashlar
kuzatilmaydi. Bolaga o‘yinning tuzilishi qiziqarli bo‘lsa yangi ma’lumotlar o‘rganadi.
Bolaning intellektini rivojlanishida qachon natija bo‘ladi, qachonki o‘yin har tomonlama
o‘rganib chiqilib yosh xususiyatlariga mos kelsa.
Murakkab, yosh doirasidan tashqari
bo‘lgan o‘yinlar esa bolada o‘zidan qoniqmaslik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Kompyuter
o‘yinlarining yana bir o‘ziga xos xususiyati, bolaning o‘zini nazorat qilish va mustaqil
bo‘lish shijoatini ortishidir. Bu barcha omillar bolaning intellektini rivojlantirib, maktab
hayotiga tayyorlaydi. Noto‘g‘ri tanlangan kompyuter
o‘yin dasturlari bolaning o‘ziga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
14
tortishi, virtual olamga sho‘ng‘ib ketishi uchun kalit ham bo‘lishi mumkin. Yangi olib
borilgan tadqiqotlar natijasida, shuni aytishimiz mumkinki kompyuter o‘yinlari bola
hayoti uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi, qachonki gigiyenik qoidalar va belgilangan
talablarga rioya qilinsa.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
https://nsportal.ru/detskii-sad/vospitatelnaya-
rabota/2019/01/18/intellektualnoe-razvitie-detey-doshkolnogo-vozrasta
2.
Сидорчук Т. Технология обучения дошкольников умению решать
творческие задачи. Ульяновск: УПИ, 1996. 152
3.
https://fsnslnr.su/faq/v-kakom-vozraste-komenskii-predlagal-nacinat-
sistematiceskoe-obucenie-rebenka
4.
Выготский Л. С. Обучение и развитие в дошкольном возрасте. //
Выготский Л. С. Психология развития ребенка. –
М.: смысл, Эксмо, 2004. –
512 с.
5.
Белая, К.Ю. Инновационная деятельность в ДОУ [Текст] / К.Ю.
Белая /
Методическое пособие. –
М.: ТЦ Сфера, 2005
6.
https://mel.fm/vospitaniye/sovety/3061974-piaget
7.
https://www.iienstitu.com/blog/cocuk-gelisimi-ve-zeka-
8.
Шагреева О.А., Родина Е.В., Стародубова Н.
А
.
Интеллектуальное развитие и
воспитание дошкольников.
-
М: Академия, 2002
-
208с.
9.
Вундт В. Этика: Факты нравственной жизни. Философские системы
морали / В. 10.
Вундт. –
М.: Либроком, 2011. –
456 с
10.
Макаренко А.С. Игра: Соч.: в 7 т. / А.С. Макаренко –
М.: АПН РСФСР, 1957. –
Т. 4. –
с. 437.
11.
Шагреева О.А., Родина Е.В., Стародубова Н.
А
.
Интеллектуальное развитие
и воспитание дошкольников.
-
М: Академия, 2002
-
208с.
12.
Новоселова С.Л., Петку Г.П. Компьютерный мир дошкольника. –
М.: Новая
школа, 2007. –
128 с.
13.
Новоселова С.Л. В чем проблема информатизации дошкольного
образования? //Детский сад от А до Я. –
2018.
–
№1. –
С.6
-13.
14.
https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/446658-rol-
kompjuternyh-igr-v-razvitii-detej-doshkol
