Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Application of modern technologies in the formation of
professional competence in pre-service military education
teachers
Jamshid NAZAROV
1
Vocational School on youth work of Muzrabot District of Surkhandarya region
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2021
Received in revised form
20 June 2021
Accepted 15 July 2021
Available online
15 August 2021
Today, the prestige and position of any country on the world stage is
measured by its military and economic potential, as well as the level of
public awareness of information and communication systems and
modern technologies. Therefore, today it is important to systematically
transfer knowledge about modern technologies and information
communications in all areas, including pre-service military education. In
this article, the author discusses in detail the reforms and analysis of the
development of professional competencies of pre-service military
education teachers based on modern technologies.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
military training before the call,
modern technologies,
communications,
the army,
the Armed Forces,
the decision of the Cabinet of
Ministers, etc.k.
Chaqiriqqacha harbiy taʼlim oʻqituvchilarida kasbiy kompetentlikni
shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarning qoʻllanilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
chaqiriqqa qadar harbiy
tayyorlash,
zamonaviy texnologiyalar,
kommunikatsiyalar,
armiya,
Qurolli kuchlar,
Vazirlar Mahkamasi
qarori va h.k.
Bugun dunyo sahnida har bir davlatning obro‘ va mavqeyi uning
harbiy-iqtisodiy
salohiyati,
shuningdek
aholining
axborot
kommunikatsiya tizimlaridan hamda zamonaviy texnologiya-lardan
xabardorlik darajasi bilan o‘lchanadi. Shu boisdan bugun barcha
sohalarda, shu o‘rinda Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishida ham
zamonaviy texnologiyalar va axborot kommunikatsiyalari haqidagi
bilimlarni tizimli berib borish dolzarb masala kasb etadi. Ushbu
maqolada
muallif
Chaqiriqqacha
harbiy
ta’lim
yo‘nalishi
o‘qituvchilarining
zamonaviy
texnologiyalari
asosida
kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish borasidagi islohotlar va tahlillar
haqida batafsil to‘xtalib o‘tadi.
1
director of Vocational School on youth work of Muzrabot District of Surkhandarya region, Surkhandarya, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
76
Применение современных технологий в формировании
профессиональной компетентности у преподавателей
допризывного военного образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
допризывная военная
подготовка,
современные технологии,
коммуникации,
армия,
Вооруженные Силы,
постановление Кабинета
Министров и др.
Сегодня престиж и положение любой страны на мировой
арене
измеряется
ее
военным
и
экономическим
потенциалом, а также уровнем осведомленности населения
об информационных и коммуникационных системах и
современных
технологиях.
Поэтому
сегодня
важно
систематически
передавать
знания
о
современных
технологиях и информационных коммуникациях во всех
сферах, включая Допризывное военное образование. В
данной статье автор подробно рассматривает реформы и
анализ
развития
профессиональных
компетенций
преподавателей Допризывного военного образования на
основе современных технологий.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarga Vatan himoyasi borasida ularning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini
chuqur anglatish, o‘z yurtini, ona tuprog‘ini har qanday qurolli tajovuzdan himoya
qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin va imkoniyat yaratish, harbiy kasbga
bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va
boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy ne’matlarini asrab-
avaylash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va
vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iboratdir. Shu o‘rinda aytib o‘tish o‘rinliki,
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri bu,
albatta, o‘quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga
ishonib topshirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy texnik
ashyolardan to‘g‘ri va sifatli foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon
yaratish, shuningdek, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va
tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi
tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib,
olib boriladi. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv dasturi chaqiruvgacha va
chaqiruv yoshida bo‘lgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida
xizmatni o‘tashga yondashib, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik asoslari bo‘yicha
nazariy va amaliy bilimlarni beradi. O‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar
boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarga Vatan
himoyasida o‘zining konstitutsiyaviy burchlarini anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli
tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy
kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shunindek, favqulodda vaziyatlarda o‘zini
va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va modiy ne’matlarini saqlash
yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar
a’zolarini tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish va amalga oshirish uchun
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
77
quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy, ruhiy va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim
bo‘ladi. O‘quvchilarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga
biriktirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to‘g‘ri va
mohirona foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, jang
maydonida taktik jihatdan to‘g‘ri harakatlanish, shunindek, yuz berishi mumkin bo‘lgan
favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda
yon atrofdagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan
iborat. O‘quvchilarga harbiy ish asoslarini berishda ularga harbiy qismlarning jangavor
o‘quv faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi
bo‘linmalarining jangavor o‘quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda
o‘rgatish kuzda tutiladi.
Dastlabki harbiy tayyorgarlik – bu bir necha hafta yoki oy davom etadigan intensiv
turar joy dasturi bo‘lib, u yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlarning
ijtimoiy me’yorlari va asosiy vazifalariga jalb qilishga qaratilgan. Umumiy xususiyatlarga
oyoq mashqlari, tekshiruvlar, jismoniy tarbiya, qurol tayyorlash va bitiruv paradi kiradi.
O‘quv jarayoni yangi qabul qilinganlarni harbiy hayotning ularga qo‘ygan talablariga
moslashtiradi. Xulq -atvor va xulq -atvorni shakllantirish uchun psixologik konditsionerlik
usullari qo‘llaniladi, shunda yollanganlar barcha buyruqlarga bo‘ysunadilar, o‘lim xavfiga
duch keladilar va raqiblarini jangda o‘ldiradilar. Qo‘shma Shtatlar harbiy tayyorgarlik
metodlari bo‘yicha mutaxassis Deyv Grossmanning so‘zlariga ko‘ra, ishga qabul qilish
mashg‘ulotlari to‘rt turdagi konditsionerlik usullaridan keng foydalanadi: rol modellari,
klassik konditsionerlik, operativ konditsionerlik va shafqatsizlik. Induktivlar o‘z harbiy
qismlari uchun individualliklarini qisman cho‘ktirishlari shart, bu oddiy fuqarolik hayotida
bo‘lmagan xatti -harakatlarni bajarish, shu jumladan o‘ldirish va uzoq vaqt xavf ostida
bo‘lish buyruqlariga bo‘ysunishni kuchaytiradi. Kanada-amerikalik sotsiolog Erving
Goffman ta’riflagan “umumiy institut” uslubida ishga qabul qilinganlarning kundalik ishi
juda qattiq nazorat qilinadi. Masalan, o‘qitish rejimi ishga qabul qiluvchilar qanday qilib
to‘shaklarini, etiklarini tozalashiva kiyimlarini bir -biriga bog‘lab qo‘yishi kerakligini
belgilaydi. O‘qish davomida harbiy me’yorlarga rioya qilishlari va jamoa bo‘lib ishlashlari
shart. Xususan, yollanganlarga 18-asr harbiy amaliyotidan kelib chiqqan va yollanuvchi-
larni hech ikkilanmasdan yoki savolsiz buyruqlarga bo‘ysunishga o‘rgatadigan piyodalar
mashqlari deb nomlanuvchi marosimda turish, yurish va buyruqlarga javob berish
buyrug‘i bir necha bor beriladi. Finlandiya armiyasi qoidalariga ko‘ra, masalan, oyoq
mashqlari korpus va birlashish uchun zarurdir, yollanganlarni instinktiv bo‘ysunishga
ko‘niktiradi, katta bo‘linmalarni tartibli yurish va ko‘chirish imkonini beradi va harakat
uchun asos yaratadi.
Ta’lim jarayoniga yangi axborot – kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni,
elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz
maktablarida kasb-hunar kollejlari litsey va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan
yaxshilash, ta’lim muassassalarining o‘quv- labarotoriya bazasini zamonaviy turidagi
o‘quv va labaratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek,
o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha
samarali tizimni yanada rivojlantirishdan iborat. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda
internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng
o‘zlashtirish bugungi kundagi eng dolzarb mavzulardan biriga aylanmoqda. Ta’lim
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
78
tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch
kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan.Chaqiruvga qadar boshlang‘ich
tayyorgarlik fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar
shakllantirilib boriladi.Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani mazmunidan kelib
chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan islohotlami
davom ettirib, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev: “Ko‘zlangan strategik maqsadlarga
yetishishda va ulami hayotga to‘liq tatbiq etishda har tomonlama va puxta tayyorlangan,
o‘z Vataniga sodiq, yuksak tajribali harbiy kadrlami tarbiyalash, davlat tomonidan ulaming
ijtimoiy himoyasini kafolatlash hal qiluvchi va asosiy omildir. Shu bois respublikaning
hamma o‘quv muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasi to‘g‘risidagi fanlami tatbiq qilish va
kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi” deya ta’kidlab o‘tdi. Yoshlaiga harbiy ta’lim
berishda ularga qo‘shinlarning o‘quv-jangovar faoliyatida bajariladigan mashqlar,
harakatlar va amallami harbiy qismlardagiga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda
o‘rgatish nazarda tutiladi. Bu mashqlami ko‘p marotaba takroriash natijasida yoshlarda
zamriy harbiy bilim va ko‘nikma yuzaga keladi. Tinchlik va harbiy davrda aholi va
hududlami favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlami ishlab chiqish va amalga oshirish; respublika
hududidagi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ulaming ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlarini baholash; favqulodda vaziyatlaming oldini olishga, odamlar
xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlaming tavakkalchiligini
pasaytirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining
barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab
chiqish va amalga oshirish; boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlaming oldini olish,
ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalaming doimiy tayyorligini
ta’minlash; aholi va hududlami favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
axborotlami yig‘ish, ishlab chiqish, ayirboshlash va berish; aholini, boshqaruv
organlarining mansabdor shaxslarini, FYDT kuchlari va vositalarini favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash; favqulodda vaziyatlami bartaraf etish uchun
moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish; aholi va hududlami favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshimvini
amalga oshirish; favqulodda vaziyatlami bartaraf etish harbiy sohaning birlamchi
vazifalaridan biridir.
O‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda davlat maxfiyligiga
oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda ona
Vatanga chuqur muhabbat va vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-ruhiy, faol hayotiy
pozitsiya, diniy ekstremizm va fundamentalizm g‘oyalariga qarshi immunitet hosil qilish,
shu jumladan, harbiy burchni ongli ravishda bajarishga bo‘lgan munosabatni
shakllantirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning aniq maqsadi va mohiyatini
anglab yetish, shuningdek yurt kelajagi va taqdiri uchun yuksak javobgarlik hissi kabi
fazilatlarni shakllantirishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi;
●
ta’lim muassasalari o‘quvchilarida yuksak fuqarolik pozitsiyasini, O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish maqsadida katta
hayotiy tajribaga ega bo‘lgan urush va mehnat faxriylari ishtirokida uchrashuvlar
o‘tkazadi;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
79
●
doimiy ravishda ta’lim muassasasi o‘quvchilarining muddatli harbiy xizmatni a’lo
darajada o‘tagan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
●
ta’lim muassasalari o‘quvchilarini sport turlari bo‘yicha joriy etilgan seksiyalarga
jalb etish ishlarini tashkil qiladi;
●
mamlakatimiz hududi va daxlsizligini himoya qilish har bir fuqaroning burchi
ekanligi, harbiy xizmat, uning ijobiy xususiyatlari, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun
joriy etilgan imtiyozlar tizimi to‘g‘risida ta’lim muassasalari o‘quvchilari va ularning ota-
onalari ishtirokida tushuntirish ishlarini olib boradi;
●
ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy ravishda tarbiyaviy, ma’naviy-
ma’rifiy va harbiy-sport tadbirlarini (yoshlar forumlari, tanlovlar, sport musobaqalari)
tashkil etadi va o‘tkazadi.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning asosiy yo‘nalishlari o‘sib
kelayotgan avlodni jismoniy, ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik va davlat mudofaasi hamda
mehnatiga shay holda turish ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Chaqiruvga qadar yoshlarni
tayyorlashning asosiy vazifalari boshlang‘ich harbiy bilimlar, jismoniy tayyorgarlik, o‘z
Vatanining harbiy tarixini, ramzlarini o‘rganish, jangchi va vatanparvar fuqaroni
shakllantirishni qamrab oladi. “Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi”
kursining vazifasi yoshlarga ta’lim jarayonida quyidagilarni o‘rgatishdan iborat:
●
O‘zining konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarini anglash,O‘zbekiston
Respublikasi konstitutsiyasini, Vatan himoyasi haqida va uni qurolli tajovuzdan himoya
qilish haqida bilish;
●
O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasining mudofaaga qaratilganligini;
●
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlarning vazifalarini;
●
O‘zbekiston Respublikasi “Mudofaa haqida” “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat to‘g‘risida”gi qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xizmatini tashkillash to‘g‘risida”gi qarorini,
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga kiritish va chiqarish, harbiy
jinoyat sodir etganligi uchun va harbiy xizmatdan bosh tortganligi uchun jinoiy hamda
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi asosiy qoidalarini;
●
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Nizomlari va harbiy qasamyodning
asosiy talablarini o‘rganishni va anglashni;
●
harbiy qismning qurol va harbiy texnikasi, shaxsiy tarkibning turmush tarzi va
joylashuvi bilan tanishishni;
●
harbiy ish asoslari, zaruriy harbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish,
shuningdek jismoniy chiniqish va ruhan hamda ma’nan mustahkam bo‘lishni;
●
fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilim asoslarini o‘zlashtirishni;
Yoshlarni Chaqiruvga qadar tayyorlash jarayoni yoshlar harbiy xizmatni o‘tashda
o‘zining konstitutsiyaviy burchini a’lo darajada bajarilishini va o‘ziga topshirilgan
zamonaviy jangovar qurol va harbiy texnikani qisqa muddatda o‘zlashtirib olishini
ta’minlashdan iborat. Yoshlarga harbiy ta’lim berishda ularga harbiy qismlarning jangovar
o‘quv-faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi
qo‘shinlarning jangovar o‘quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda
o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Yoshlarning chaqiriqqacha tayyorgarligiga umumiy rahbarlik va
nazorat O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga va Mudofaa Vazirining harbiy ta’lim
boshqarmasiga yuklatilgan. Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikning nazorati O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa Vazirligining Birlashgan shtabi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
80
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy
tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “Vatanparvar” tashkilotining Markaziy kengashi va
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rejalari asosida olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, bugungi kunda axborot
kommunikatsiyalari kirib bormagan soha har jihatdan oqsayotgan soha demakdir. Shu
jumladan harbiy sohada ham bu masala ustuvor sanaladi. Chaqiriqqa qadar yoshlarni
harbiy tayyorlash jarayonida, talalabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalar
bo‘yicha ta’lim-tarbiya berish, ularda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini
oshirish va zamonaviy kommunikatsiyalardan foydalangan holda harbiy islohotlarni
amalga oshirish kabi maqsadlarni o‘z oldimizga ustuvor qilib qo‘yamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Vatan himoyasi – muqaddas burch. – T., “O‘zbekiston”, 2001.
2.
Armiya davlat tayanchi, tinchlik kafolati. – T., Mudofaa vazirligi, 2004.
3.
H. Jo‘rayev. Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash. – T., “Sharq”, 2004.
4.
Tinglovchilar uchun fuqaro muhofazasi masalalari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi instituti. –
T., 2008.
5.
https://lex.uz/acts/-2523455?ONDATE=22.12.2014%2000.
6.
https://mudofaa.uz/uz/17955/.
7.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Recruit_training.
8.
https://www.military.com/military-fitness/fitness-test-prep/training-for-
military-career.
9.
https://www.researchgate.net/publication/220202813_Technology_Integratio
n_into_Pre-service_Teacher_Training.
