Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Specific characteristics of the media in increasing the
social activity of citizens in the New Uzbekistan
Bakhodir ESHBEKOV
Uzbekistan State University of World Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 20 January 2024
Available online
25 February 2024
In this article, the role of mass media in the life of the state
and society in the society of Uzbekistan, in its short years of
independence, in the history of independent and New
Uzbekistan, its development trends and legislative reforms in
this regard, as well as the development of a democratic society
and the period of rapid reforms and important aspects of
creating a competitive system are considered.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp80-88
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
independence,
Uzbek society,
democracy,
blogger,
freedom,
document,
Third Renaissance,
mass media,
press freedom,
"fourth power".
Yangi
О‘zbekistonda
fuqarolar
ijtimoiy
faolligini
oshirishda oavning о‘ziga xos xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
istiqlol,
О‘zbekiston jamiyati,
demokratiya,
bloger,
erkinlik,
hujjat,
Uchinchi Renessans,
OAV,
matbuot erkinligi,
“tо‘rtinchi hokimiyat”.
Mazkur maqolada
О‘zbekiston jamiyatida, uning qisqa
davrlik istiqlol yillarida, mustaqil va Yangi
О‘zbekiston tarixida
ommaviy axborot vositalarining davlat va jamiyat hayotida
tutgan
о‘rni, uning rivojlanish tendensiyalari va bu borada
qonunchilikdagi islohotlar hamda demokratik jamiyatni
rivojlantirish va jadal islohotlar davriga mos va raqobatbardosh
tizimni yaratishning muhim jihatlari k
о‘rib chiqilgan.
1
PhD, Head of the Department of Youth Work, Spirituality and Education, Uzbekistan State University of World
Languages.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
81
Особенности
СМИ
в
повышении
социальной
активности граждан в Новом Узбекистане
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
независимость,
узбекское общество,
демократия,
блоггер, свобода,
документ,
Третий Ренессанс,
средства массовой
информации,
свобода прессы,
«четвертая власть».
В данной статье рассматривается роль средств массовой
информации в жизни государства и общества, особенно в
Узбекистане
в
период
его
короткой
истории
независимости. Описываются тенденции развития страны
и законодательные реформы в этой сфере, а также
развитие демократического общества в период быстрых
реформ и важные аспекты создания конкурентоспособной
системы.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarini
liberallashtirish hamda rivojlantirish, “jamiyatda sо‘z erkinligini ta’minlashning ijtimoiy
-
siyosiy mohiyatiga qaratilgan, demokratik talab va standartlarga tо‘la javob beradigan
10 dan ziyod qonun va 150 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilinib”, bu borada
mustahkam huquqiy baza yaratildi. Jumladan, “axborot, matbuot va ommaviy axborot
vositalar faoliyatiga oid “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tо‘g‘risida”, “Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar tо‘g‘risida”, “Telekommunikatsiyalar tо‘g‘risida”, “Ommaviy
axborot vositalari tо‘g‘risida”, “Reklama tо‘g‘risida”gi va shu kabi 20 dan ortiq Qonunlar
va qonun osti hujjatlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari asosida mamlakatimizda
matbuot va OAV tizimidagi о‘zgarishlar, yangilanishlar yangi davrni boshlab berdi.
Bu orqali eng tezkor va muhim xabarlarini berib boruvchi ijtimoiy tarmoqlarning milliy
Internet portallar tizimi kengaymoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.
Mirziyoyev ta’kidlab о‘tganlaridek: “Keyingi
yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini xalq bilan muloqotning ishonchli
kо‘prigiga aylantirish, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini, sog‘lom
raqobatni
rivojlantirish, media tarmoqlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ustoz-
shogird an’analarini kuchaytirish, soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib
rag‘batlantirish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday yuksak e’tibor tufayli yurtimizda ommaviy axborot vositalari soni
2016-yilga nisbatan qariyb 30 foizga ortib, 1962 taga yetgani diqqatga sazovordir.
Ayniqsa, xususiy media vositalari hayotimizdan keng о‘rin egallab borayotgani
jamiyatimizda fikrlar xilma-
xilligini ta’minlashda, tub islohotlarni amalga oshirishda,
joylarda yо‘l qо‘yilayotgan kamchilik va muammolarni dadil kо‘tarib chiqishda muhim
omil bо‘lmoqda.
Bu haqda sо‘z yuritganda, televideniye va Internet tarmog‘ini integratsiya qilish
maqsadida zamonaviy internet platformasi va uning mobil ilovasi tashkil etilgani, milliy
axborot makonimizda internet nashrlarining soni sо‘nggi 6 yilda salkam ikki barobar
kо‘payib, 677 taga yetganini alohida ta’kidlash lozim”.
Jamiyatda sо‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi qabul qilinayotgan
qonunlar va ularga kiritilayotgan о‘zgartirish, qо‘shimchalar fuqarolarning axborot olish
huquqini va davlatning ichki va tashqi siyosati ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga,
milliy axborot makoni rivojida tо‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlar berish, fuqarolarning о‘z
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
82
huquq-erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli qonunlar va qonun osti hujjatlari
bilan yaqindan tanishishga, jamiyatda jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini
takomillashuviga xizmat qilmoqda.
Davr bilan hamnafas bо‘lish uchun bugun ommaviy axborot vositalarining ham
moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, ularni sо‘ngi rusum zamonaviy axborot texnika
va texnologiyalari bilan jihozlanishini ta’minlash zarur. Bu borada juda insonning ongini
milliy ruhda dunyoviylashtirish borasida kо‘plab ishlar ijtimoiy
-
siyosiy g‘oyalar va
loyihalar qilinayotganligi ma’lum. Natijada matbuot nashrlari yangi formatga о‘tib,
tizimda qayta yozib chiqish amaliyotidan voz kechildi. Barcha jarayonlar elektron tizimda
amalga oshirilib, teleradio mahsulotlarini tayyorlash ham о‘ziga xos bosqichlarda, ya’ni,
tasvirga olish, matn yozish, intervyularni tozalash va montaj qilish ishlarini talab etgan
bо‘lsa, bugun zamonaviy texnologiyalar yordamida bevosita voqea joyida tо‘g‘ridan
-
tо‘g‘ri axborot berish imkoni yaratildi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa dunyoning istalgan
burchagidagi
voqea-
hodisalar
haqidagi
axborotni
о‘sha
vaqtning
о‘zida
yetkazilayotganligini barchamiz kо‘rib, kuzatib bormoqdamiz. Albatta, mazkur ijtimoiy
jarayonlarning bu tarzda shiddatlashuvi axborot tarqatuvchining u jurnalist yoki bloger
bо‘ladimi kuchli bilim va salohiyatli, madaniyatli va ma’rifatli bо‘lishini taqozo etadi. Eng
asosiysi, berilayotgan maqola, eshittirish, kо‘rsatuv va ijtimoiy tarmoqlardagi
axborotlarni xolis baholovchi о‘quvchi, tinglovchi, muxlis va kuzatuvchilarning ham kun
sayin siyosiy dunyoqarashi, dunyoviy bilim va malaka saviyasi ortib borayotganligidadir.
Shu bois matbuot, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq vakillari xolis,
chuqur tahliliy va mulohazali axborotlarni yozishi, tayyorlashi va tarqatishi zarur.
Aytish joizki, “2017–
2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da jamoatchilik bilan muloqot,
fuqarolarning davlat boshqaruvi ishidagi faol ishtirokini ta’minlash va jamoatchilik
nazoratini o‘rnatishda OAV rolini oshirishga alohida
to‘xtalib o‘tilgan. Darhaqiqat,
OAV o‘z vazifasi nuqtai nazaridan
jamiyatda umumiy kayfiyatni shakllantiruvchi eng
sog‘lom g‘oyalar atrofida fuqarolarni birlashtiruvchi, yo‘naltiruvchi kuch hisoblanadi.
Uning aholi qatlamining barcha yo‘nalishlariga kirib borishi, qamrab olishi muhim
ahamiyatga ega. Ikkinchi tomondan, so‘zning qudrati va jozibasi o‘zini to‘la namoyon
etmog‘i lozim. Bunda jurnalist mahorati, matbuot xodimlarining kasbiy, ijodiy mahorati
va mas’uliyati muhim ahamiyatga ega. Demakki, matbuotning hozirjavobligi,
prinsipialligi, islohotlar jarayonini butun mohiyati bilan tushunib targ‘ib eta olishi
odamlar siyosiy ongini yuksaltirishda eng muhim vositadir.
“Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va
ommaviy axborot vositalarini
qо‘llab
-quvvatlashni davom ettiramiz.
... Navbatdagi muhim masalaga e’tiboringizni
qaratmoqchiman.
Ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli
о‘zgarishlarni xolis yoritish bilan birga, joylardagi mavjud dolzarb muammolarga davlat
idoralari va jamoatchilik e’tiborini
qaratib, ularni bartaraf etishga barcha darajadagi
rahbarlarni da’vat etib, undab kelayotganini alohida ta’kidlab о‘tmoqchiman. Ular tom
ma’noda “tо‘rtinchi
hokimiyat
”
ga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, OAV to‘rtinchi hokimiyat sifatida fuqarolik jamiyatining asosini tashkil
qiladi. OAV erkinligini ta’minlash orqali ijtimoiy
-siyosiy hayotning zarur, muhim
muammolarini ilgari surish, jamiyat a’zolarini o‘ylantirayotgan, mavjud bo‘lgan
muammolarini keng xalq ommasiga havola qilish, jamiyatni boshqaruv tizimi faoliyati
hamda qabul qilayotgan qarorlariga xolisona baho berishga erishish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
83
Achchiq va tanqidiy materiallar joylardagi k
о‘plab amaldorlarga yoqmasligi,
ularning tinchini va halovatini buzayotgani ham bor gap. Lekin oshkoralik va s
о‘z
erkinligi bu
–
davr talabi, bu
–
О‘zbekistondagi islohotlarning talabi” ekanligini ta’kidlar
ekan, davlatimiz rahbari ommaviy axborot vositalarining erkin va xalqchil materiallarni
tayyorlab, ommaga yetkazib borishi muhim ahamiyat kasb etishiga urg‘u beradi.
Yurtboshimiz bugungi globallashuv davrida axborot makonidagi jiddiy kurashlar,
raqobat va axborot xurujlari avj olayotgan bir paytda xalqimizning ayniqsa,
yoshlarimizning tо‘g‘ri xolis fikrlaydigan, о‘zaro mehr
-oqibatli, ona-Vatanga, xalqiga
sadoqatli qilib tarbiyalashda jurnalist va blogerlarning о‘rni, mas’uliyati katta ekanligini,
ular ham zamonga hamohang faoliyat olib borishlari lozimligini ta’kidlaydi. Bu borada
Prezident Sh.Mirziyoyev fikr bildirar ekanlar: “Eng asosiysi ommaviy axborot vositalari
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli о‘zgarish va yangilanish
jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va
kamchiliklar davlat idoralari va jamoatchilik e’tiborini qaratayotganini alohida qayd etish
lozim”, deb ta’kidlaydi.
О‘zgarish, yangilanish va rivojlanishlar eng avvalo, odamlarning ongu
-shuurida
yuksak ma’naviyat, adolatli jamiyat, xalqparvar davlat tushunchalarini his qilishlari
uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bu о‘z navbatida, qishloq va ovullarimiz
qiyofasi tubdan о‘zgarib, ijtimoiy infratuzilma, xizmat kо‘rsatish va servis, ishlab
chiqarish tarmoqlari kirib bormoqdaki, bu о‘zgarishlarga hamohang ravishda
odamlarimizning turmush shart-sharoitlari yaxshilanib borishlari bilan bilan bir qatorda,
ularning tafakkur tarzi, dunyoqarashi ham о‘zgarayotganligiga guvoh bо‘layapmiz.
Albatta, jamiyat ijtimoiy siyosiy tafakkurini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari,
davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari va ijtimoiy tarmoqlarning о‘rni
beqiyosdir. “Biz jamiyatimizda demokratiya, ochiqlik, oshkoralik, erkinlik muhitini
yaratyapmiz va bu yо‘li qat’iy davom davom ettiramiz, sо‘z va ijod erkinligini ta’minlash,
ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish masalasi bundan buyon ham
doimo e’tiborimiz markazida bо‘ladi. Faqat axborot maydonida faoliyat kо‘rsatayotgan
jurnalist va blogerlarimizdan iltimosimiz shuki, bu borada qabul qilingan qonun talablari
hammaga birdek barobar ekanini esdan chiqarmaslik kerak”, deydi davlatimiz rahbari.
Jamiyatda barchamiz bо‘layotgan о‘zgarishlarga birdek mas’ul ekanligimizni,
yoshlarga ta’lim
-
tarbiya berishda zamon bilan hamnafas bо‘lish lozimligini
unutmasligimiz darkor.
Har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini xalqqa
yetkazish, joylardagi mavjud muammolar va ularning yechimlari xususida ommaviy
axborot vositalari orqali berilayotgan materiallar bugun jamiyatda ijtimoiy-siyosiy fikrni
shakllantirishga xizmat qilishini kо‘rsatish lozim. Odamlar voqelikdagi bо‘layotgan
voqea-hodisalarning oddiy kuzatuvchisi emas, faol ishtirokchisiga aylandi. Inson qadrini
ulug‘lash, uning ijtimoiy muhitini yaxshilash uchun hududda maishiy ehtiyojlar, ta’lim
yoki tibbiy xizmatdagi muammolarni mas’ul shaxslar tomonidan vertikal ravishda hal
etishning ilmiy tizimi shakllanib, mahalliy hokimlik, vazirlik va idoralar, ijtimoiy
tarmoqlar saytlari, xalq qabulxonasi, Prezident virtual qabulxonalarigacha bо‘lgan
jarayonda izchillik va mantiqiylik vujudga keldi. Fuqarolarning murojaatlari belgilangan
tartib-
tamoyillar asosida о‘rganilib, ularga qonuniy choralar va yechimlar topish,
xalqning ehtiyojlarini о‘rganish yо‘lga qо‘yildi.
Keyingi yillarida mamlakatimizda yangi davlat va jamiyat qurish borasida asrlarga
tatigulik ishlar amalga oshirildi. Mehnatkash, tanti va mehmondо‘st xalqimizning
bukilmas irodasi va jasorati bilan e’tirofga molik ishlar amalga oshirildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
84
Mamlakatimizni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar sirasiga qо‘shish
obyektiv zarurat, eng muhim strategik vazifaga aylandi.
Biz jahonda sodir bо‘layotgan voqealarga ommaviy axborot vositalari orqali nazar
tashlaydigan bо‘lsak, kuniga yangidan
-yangi muammolar, qaysidir davlatda ixtirolar
bо‘layotganligiyu, qaysidir davlatda pandemiyaning insoniyatga tahdidi, yana qaysi
birida esa terrorizm va ekstremizmning avj olishini kо‘rishimiz mumkin. “Bugun
ommaviy axborot vositalarida “yovuzlik о‘qi” deb singdirilgan qator
-qator davlatlar
beqarorlik, yovuzlik, kambag‘allik, nochorlik о‘chog‘iga aylanayotganligi –
taassufki,
navbatdagi “antiterror” operatsiyalarning natijalaridan ravshanlashib bormoqda”.
Bulardan oqilona xulosa chiqarish, har bir mintaqa va qit’ada sodir bо‘layotgan
voqealarga ogohlik bilan yondashish bizning bosh maqsadimiz bо‘lishi lozim.
Biz barchamiz tevarak-
atrofimizda bо‘layotgan islohotlardan samarali
foydalanishimiz, turli buzg‘unchi g‘oyalardan ogoh va hushyor bо‘lib, ajdodlarimiz milliy
g‘oyasini kelajakka tо‘g‘ri yetkazishimiz lozim. Bugungi kunda “ommaviy axborot
vositalari, shu jumladan, global internet tarmog‘i orqali tarqalayotgan buzg‘unchi
g‘oyalar, g‘arazli axborotlar, odob
-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga
boshlovchi “jozibador” tasvirlar va media mahsulotlar tarqalishining oldini olishga
qaratilgan ishlarning natijadorligi sezilmayapti. Demak, biz barcha sohalardagi ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarimizga yana bir qayta tanqidiy yondashib, о‘z oldimizga yangi chora
-
tadbirlarni belgilab olishimiz, о‘z Vataniga mustahkam e’tiqodi bilan xizmat qiladigan
fidoyi fuqarolarimizni yanada ko‘paytirishimiz kerak.
Amalga oshirilayotgan islohotlarimiz о‘zining ijobiy samarasini berib, ma’lum
marralarni zabt etish barobarida, hali oldimizda bartaraf etilishi lozim bо‘lgan ayrim xato
va kamchiliklardan ham mantiqiy xulosalar chiqarish asosida demokratik jamiyat barpo
etishga e’tibor qaratildi. Tarixiy jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning turli
muammo va vazifalarini oldimizga kо‘ndalang qо‘ydi.
“О‘tgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz jadidchilik
harakati orqali yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-
ma’rifat va milliy о‘zlikni
anglash g‘oyalarini xalqning ongiga singdirishga kirishgan. Bu ulug‘ zotlarning maqsadi –
jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-
fan, ilg‘or
kasb-
hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yо‘liga olib chiqishdan
iborat edi”.
Ma’lumki, о‘sha davrlarda bolsheviklar, ya’ni chor Rossiyasi о‘z ta’sirini
kо‘rsatayotgan, Turkiston xalqini о‘ziga tobe qilish, ularni о‘zlarining g‘oyaviy qarashlari
bilan sug‘orish, madaniy
-
ma’naviy merosini yо‘qotishga harakat qilayotgan edi.
Bu davrda kishilik tamadduni taraqqiyotining rivojida ulkan hissasi bor xalqni о‘z
qarashlariga qaytarish oson emas edi. Mana shu davrda buyuk ajdodlarning munosib
vorisi sifatida yangi bir harakat yuzaga keldi. Jadidchilik harakati a’zolari о‘z davrining
odamlar ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirishga jiddiy kirishgan. Ular о‘z qarash va
g‘oyalarini endi shakllanayotgan dastlabki ommaviy axborot vositalaridan biri bо‘lgan
gazeta nashrlari orqali ommaga etkazishga harakat qilishgan. Jadidchilik harakatining
asoschisi Mahmudxо‘ja Behbudiy mana shunday og‘ir bir paytda, ya’ni 1913
-yil aprel
oyidan boshlab, “Samarqand” gazetasini chiqara boshladi. “Gazeta turkiy va forsiy
tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, sо‘ng tо‘rt sahifada chop etilgan. Gazetaning
45-
soni chiqib, moddiy tanqislik tufayli nashrdan chiqishdan tо‘xtagan edi. Biroq,
Mahmudxо‘ja Behbudiy о‘sha yilning 30
-
avgustidan “Oyna” jurnalini chiqara boshlaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
85
Haftalik, suratlik bu jurnal, asosan, о‘zbek tilida bо‘lib, unda ixcham forsiy she’r,
maqolalar, ruscha e’lonlar ham berib boriladi. Kavkaz, Tatariston, Yeron, Afg‘oniston,
Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi. Jadidlarning sevikli jurnallari edi…”, deb yozgan
edi taniqli jadidchi-olim Ziyo Said.
О‘zbekiston taraqqiyotining keyingi bosqichida bevosita ommaviy axborot
vositalarining ochiq, oshkora va shaffofligiga katta e’tibor qaratildi. Maqsad joylardagi
amalga oshirilayotgan ishlar, yangilanish va yaratuvchiliklarni, qilinishi lozim bо‘lgan,
yechimini kutayotgan muammolarni davlat boshqaruvi organi mutasaddilari oldiga
qо‘yish va о‘z vaqtida yechim topish munosabatini olish tizimi shakllandi. Mamlakatimiz
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Har safar men ommaviy axborot vositalari haqida
gapiraman. Ular ham mana shu zamonga munosib bо‘lib adolat nuqtai nazaridan
maqolalar chiqarayapti, adolat nuqtai nazaridan borib hokimlarga savol berayapti.
Hokimlar besh yil oldin ommaviy axborot vositalaridan yiroq bо‘lar edi. Umuman bizda
muhit yо‘q edi bunaqa, yо‘q edi muhit muloqot yо‘q edi. Hozir yopiq emas, hamma narsa
ochiq odamlar bilan ochiq siyosat yurgizishni davom ettirishimiz kerak”, deydi.
Haqiqatdan ham bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davr, axborot texnologiyalarining
rivojlanayotganligi, berilayotgan imkoniyatlar ochiqlik siyosatining olib borilayotganligi
fuqarolarning jamiyatdagi har qanday holatga nisbatan о‘z fikr va munosabatlarini ochiq
oshkora bildirishi uchun zamin yaratdi. Bevosita davlatimiz rahbarining “Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyili asosida
ishlar yо‘lga qо‘yildi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 2021-yil fevralida jurnalistlar bilan suhbatda
“adolatni yetkazishdan tо‘xtamaslik” lozimligini
aytgan
edi. Adolat mezonini о‘zining
asosiy dastagi
–
asosiy qoidasi qilib olgan har qanday turdagi ommaviy axborot vositaga
bugun davlat va jamiyat ijobiy fikr bildiradi, qо‘llab
-quvvatlaydi.
Davlatimiz rahbari aytganidek, bugun hech bir murojaat e’tibordan chetda
qolmaydi. Ochiqlik va oshkoralikning yaqqol kо‘rinishi sifatida fuqarolarimizning
joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar va о‘zgarishlarga, mavjud muammo va
kamchiliklarga nisbatan о‘z fikrini erkin bayon qilish imkoniyati yaratilganligi bilan
ifodalash mumkin. Endilikda ularda mavjud muammolar yechimi yuzasidan Qayerga?
Qanday tartibda? murojaat qilish kо‘nikmasi paydo bо‘ldi. Bu erkin va hurfikrlilik,
ochiqlik siyosatining bir kо‘rinishidir. Ochiqlik, tenglik, adolatlilik, ulug‘ ajdodlarga
hurmat tamoyillarini о‘z ichiga singdirgan “Yangi О‘zbekiston” g‘oyasi xalqimizning
qalbidan chuqur joy olib, umummilliy harakatga aylanib ulgurdi. Pirovardida ulug‘
ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish
davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-
intilishlari rо‘yobi sifatida “Yangi
uyg‘onish” davriga asos solinmoqda.
Qalbimizda faxr-
iftixor tuyg‘ularini jо‘sh urdiruvchi tamaddunga asos solgan buyuk
ajdodlarimizga munosib voris sifatida yangi davr poydevori qо‘yilmoqda. Bu о‘zligimizni
anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi
bosqichga kо‘taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” –
uyg‘onish, qayta
tiklanish, yuksalish, deb atalishi barchamizga ayon.
Uchinchi Renessans sari ildamlashimizda ommaviy axborot vositalarining
jamiyatdagi rolini yanada kuchaytirish lozim. Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan davr
odamlar ong-shuurida faqat yaratuvchilik va bunyodkorlik, yurt taraqqiyoti uchun
daxldorlik hissi bilan yashashni ta’minlanishida bevosita ommaviy axborot vositalariga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
86
nihoyatda ulkan va mas’uliyatli vazifalarni qо‘ymoqda. Birgina ilm
-fan rivojida
insonlarning ijtimoiy-siyosiy tafakkurini zamonaviylik bilan boyitib borish, axborot
maydonidagi rolini yangilash, bu boradagi qilingan va qilinishi lozim bо‘lgan ishlarni
yanada oshirish muhimdir. Odamlarda ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojlanishi natijasida
“axborotlashgan jamiyatda nafaqat turmush tarzi, ma’naviy qadriyatlar tizimini
о‘rganadi, moddiy boyliklarga faqat jamg‘arma sifatida qarashlar о‘rniga madaniy hordiq
chiqarish, intellektual boylik orttirish vositasi sifatida yondashuvning ahamiyati ortadi”.
Albatta, kishilik jamiyati taraqqiyoti davridan ma’lumki, ajdodlarimizning boy ilmiy
-
ma’naviy merosini о‘rganish va yoshlarga о‘rgatish naqadar muhimdir.
Gazeta, jurnal, televideniye, radio yoki elektron ommaviy axborot vositalarida
dunyo ilm-
fani tamaddunida munosib hissasi bо‘lgan al
-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino,
Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk ajdodlarimizning boy va bebaho ilmiy,
ma’naviy, tarixiy merosi haqida turkum maqola, kо‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlab,
efirga uzatilmoqda. Yoshlarimizga buyuk ajdodlarning hayot yо‘llari, bizga qoldirgan boy
ma’naviy merosi haqida qancha kо‘p ma’lumot bersak, ularning ong
-
shuurida о‘tmish
ajdodlarga munosib qilib tarbiyalasak, bu о‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.
Darvoqe, bugun mamlakatimizda kelajak vorislari uchun barcha sharoit va
imkoniyatlar yaratilmoqda. Yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasigacha kо‘tarilganligi
bevosita ta’lim
-
tarbiya jarayonlaridagi keng kо‘lamli islohotlarning olib borilayotganligi
Uchinchi Renessans poydevoriga asos bо‘lishiga xizmat qiladi. Jumladan, “bugungi kunda
bog‘cha yoshidagi 2,7 mln. bolaning qariyb 69 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab
olingan. 2017-
yilda bu kо‘rsatkich 27,7 foiz bо‘lgan bо‘lsa, ayni paytda ular bilan esa jami
116
996 nafar pedagog shug‘ullanadi”.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni imkon qadar ta’limga qamrab olinishining
о‘ziyoq bolalar ruhiyatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatib, ular ongida ijtimoiy moslashuvchanlik,
fikrlash va о‘z qarashlarini erkin bayon etishini ta’minlashga zamin yaratadi. Bugungi
bog‘chaga borayotgan bola bilan bundan 10
-15 yil oldingi shu yoshdagi bola bilan
о‘rtasida anchagina farq borligini ijtimoiy hayot isbotlamoqda. Chunki, bugun ular ongiga
ta’sir qiluvchi birlamchi vosita olayotgan axborot makoni kengayib ketdi. Misol uchun
oddiygina mobil aloqa vositasini aksariyat yoshi ulug‘larimizdan kо‘ra 4
-7 yoshdagi
bolalarimiz yaxshi tushunishadi. Nima uchun deganda, bugun ularning о‘rganishi uchun
imkoniyat, ijtimoiy muhit mavjud. Biz falsafa ilmini о‘rganishimiz orqali tabiat va jamiyat
qonuniyatlarini eng umumiy tomonlarini yanada chuqurroq anglaymiz. О‘z navbatida
esa, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bо‘lish, inson
ruhiyatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatib, voqelikdagi ijtimoiy tajribani egallab, barkamol shaxs
bо‘lib etishida, tо‘g‘ri yо‘l topishida yordam beradi. Demak, “bolalarni yoshlikdan tarbiya
jarayoni ijtimoiy-siyosiy ong asosida tarix haqiqati va estetik qonuniyatlar ruhida kamol
toptirish muhim ahamiyat kasb etadi”.
Mamlakatimizda ilm-
fanga, uning rivojlanishiga katta e’tibor berilayotgan bugungi
kunda hech shubhasiz yoshlarimiz ertagi kelajak uchun о‘zlarini har tomonlama
namoyon etadilar. Xususan, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida jahonga tanilgan
ajdodlardek bо‘lish bu farzandlarimiz uchun xos xususiyatdir. Bugun davlatimizni
dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga olib chiqishning yagona yо‘li bu ilm
-fanni
yanada rivojlantirish, uning yutuqlarini hayotga tatbiq etishdir. Ayni shu maqsadda
bugun yangi О‘zbekistonda keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, tabiiyki
mamlakatimizda Uchinchi Renessansni amalga oshirish uchun zamin yaratmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
87
Yangi О‘zbekistonda ijtimoiy
-siyosiy muhitning mavjudligi, odamlarning taraqqiyot sari
harakat qilishlari, milliy g‘oya negizida birlashishi о‘zining samarasini bermoqda. Bugun
“har bir vatandoshimiz, millati, tili, dini, mavqei va mansabidan qat’i nazar, vatan menga
nima berdi deb emas, balki men vatanga nima berdim, uning ravnaqi yо‘lida nima ish
qildim, degan e’tiqod bilan yashashi lozim”. Albatta, bunda har kimning о‘z imkoniyati va
tafakkur tarzi, dunyoqarashi nuqtai nazaridan yondashishi lozim bо‘ladi. Oddiygina qilib
aytganda, oilada farzandlarni Vatanga sadoqat, о‘zaro mehr
-oqibatli qilib tarbiyalash,
ularning ilm olishiga e’tibor qaratish ham о‘ta muhim omil hisoblanadi. Misol uchun,
daraxtga о‘z vaqtida berilgan e’tibor, tо‘g‘ri agrotexnik tadbirlar mevasining totli va sifatli
bо‘lishini ta’minlagani kabi ta’lim
-
tarbiyaning farzand kamoli va istiqbolidagi о‘rnini hech
narsa bilan taqqoslab bо‘lmaydi.
Umuman olganda, Uchinchi Renessans milliy g‘oyaning ijtimoiy
-siyosiy va iqtisodiy
drayveriga aylanishi zarur. Milliy g‘oyani jonlantirish uchun uni ilm
-fanni yangi
bosqichga olib chiqish, ziyolilarning rolini jamiyatda yuksaltirish lozim. Ana shundagina
kо‘zlangan maqsadimiz uchinchi Renessansni tezroq amalga oshirib, Vatanimizni yanada
obod va kо‘rkam maskanga aylantirib, dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlari qatoridan munosib о‘rin olishiga erishamiz. Biz dunyoning e’tibori va
e’tirofidagi mamlakatga, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislariga aylanamiz. Bu
ulkan maqsad sari qilingan qadam xalq xohish irodasiga munosib tarzda amalga oshadi.
Milliy g‘oya joriy vazifalarni emas, balki strategik oliy maqsadni ifodalaydi. Bugun
oldimizga maqsad qilib qо‘ygan Uchinchi Renessans uchun mustahkam poydevorini
qurish, bu yо‘lda maqsadlar mushtarakligi va mafkuraviy salohiyatini ta’minlash
oldimizdagi eng ustuvor vazifalardan biridir. Bunda buyuk ajdodlarimizning bizga
qoldirgan boy tarixiy, moddiy va ma’naviy merosi ularga munosib voris ekanligimizni
kо‘rsatishda dasturi amal bо‘lib xizmat qilmog‘i lozim. Uchinchi Renessansni barpo etish
yо‘lida xalqimiz turli mayda masalalarga, guruhbozlik, mahalliychilik, ayirmachilik,
mafkuraviy mutaassiblikning har xil kо‘rinishlariga chalg‘imasligi kerak. tarix saboqlarini
unutishga haqqimiz yо‘q.
Uchinchi Renessans g‘oyasi milliy ruhiyatimizga, xalqimiz armon
-orzusiga yaqin.
Zotan, xalq ilgari oqqan daryosi yana oqishini astoydil istaydi. Avvalo, tushuncha
mazmunini aniq ochib berish, aholining barcha qatlamlari, avvalo, yoshlar ongiga
etkazish kerak. Uchinchi Renessans bizdan xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar,
axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yanada chuqurroq integratsiya bо‘lishini
talab etadi. Ammo о‘zligimizni, tilimizni, milliy xususiyatlarimizni, ma’naviyatimizni
saqlab qolishimiz shart. Bu esa, ta’lim
-
tarbiya tizimiga jiddiy e’tibor qaratishni bildiradi.
Ommaviy axborot vositalari haqida gap ketganda, bir muhim me’yoriy
-huquqiy
hujjatni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerakki, bu ham bо‘lsa, О‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-
iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qо‘llab
-
quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori
hisoblanadi. Mazkur Qarorda ommaviy axborot vositalari faoliyatini zamon talablari
asosida tashkil etishni har tomonlama qо‘llab
-quvvatlash; kadrlar salohiyati va
raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirish; jurnalistlar va
ommaviy axborot vositalari hamjamiyatlari faoliyatini qо‘llab
-quvvatlash; ommaviy
axborot vositalarining samarali faoliyat olib borishi uchun moddiy-texnika baza va
infratuzilmani yaxshilash borasidagi bir qator chora-tadbirlar belgilab beriladi. Bundan
shu narsa aniqlanadiki, ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlarini himoya
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
88
qilishni kuchaytirish, ular faoliyatini
har tomonlama qо‘llab
-quvvatlash, kadrlar
salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirish
davlat siyosatining muhim tarmog‘iga aylanib ulgurdi.
Umuman olganda, yurtimizda ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi barcha
sohalar uchun ijobiy ahamiyat kasb etib, joylardagi muammolarni о‘z vaqtida hal qilish
imkoniyatini bermoqda. Shu esa, har bir rahbar va xodimlarning mas’uliyat bilan о‘z
vazifalarini bajarishga undaydi. Bu vazifalarni bajarishda har bir shaxs о‘zining fuqarolik
burchi orqali о‘z siyosiy irodasini namoyon etib, odamlarni birlashtirishga, ezgulikka
intilsa ijobiy yutuqlarga erishib boriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг 27.06.2022 йилдаги Матбуот ва оммавий
ахборот
воситалари
ходимларига
байрам
табриги.
[Elektron
manba:]
https://president.uz/uz/lists/view/5294.
2.
Ҳаракатлар
стратегияси асосида жадал тараққиёт ва янгиланиш сари.
/Нашрга тайёрловчилар: М.Бекмуродов, Қ.Қуронбоев, Л.Тангриев. –Т.: Ғафур Ғулом
номидаги нашриёт
-
матбаа ижодий уйи, 2017.
-
Б.92.
3.
Маматов
Ғ.С. Ахборотлашган жамиятда жамоатчилик назорати ва давлат
ахборот сиёсатининг уйғунлиги (Ўзбекистон Республикаси мисолида)/ Сиёсий
фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) …дисс.
-
Т.: 2020. –Б. 17.
4.
Qarang: Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. –Т.: Маънавият,
2008. -
Б 413
-414.
5.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
мажлисга Мурожаатномаси (2020 йил 29 декабрь). [Elektron manba:]
https://nrm.uz/contentf?doc=646642_o‘zbekiston_respublikasi_prezidenti_shavkat_mirz
ieevning_oliy_majlisga_murojaatnomasi_(2020_yil_29_dekabr)&products=1_vse_zakonod
atelstvo_uzbekistana.
6.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
Мажлисга
Мурожаатномаси.
29.12.2020.
[Elektron
manba:]
https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-
oliy-mazhlisga-murozhaatnomasi_198650.
7.
Янги Ўзбекистон демократик ўзгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий
ишлар мамлакатига айланмоқда. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат
Мирзиёевнинг “Янги Ўзбекистон” газетаси бош муҳаррири Салим Дониёровнинг
саволларига жавоблари. [Elektron manba:] http//uza.uz/posts/293336.
8.
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятидаги сайловчилар билан
учрашувдан.
9.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 27 июндаги
“Оммавий ахборот воситаларини қўллаб
-
қувватлаш ва журналистика соҳасини
ривожлантириш чора
-
тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ
-
294 қарори. "Халқ
сўзи",
2022 йил 28 июнь.
