Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Fungal diseases of cucumber (Cucumis sativus L.) and
strategies for their control (review)
Bakhrom SODIQOV
1
, Diyora NORMATOVA
2
Tashkent State Agrarian University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This article provides a scientific analysis of widespread
fungal diseases in cucumber (Cucumis sativus L.) plants - root
rot, powdery mildew, downy mildew, and anthracnose. The
causative
agent,
biological
characteristics,
symptoms
manifested in the plant, and diagnostic methods for each
disease are described. Recommendations are provided on the
use of agrotechnical, chemical, and biological means for disease
control, as well as the application of resistant varieties and
beneficial microorganisms. Furthermore, a comprehensive
analysis is presented based on the clinical signs necessary for
diagnosis, microscopic indicators, practical recommendations,
and illustrative diagrams and tables. This material is intended
for specialists in the fields of plant science and plant protection,
agronomists, and plant breeders.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp100-112
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
cucumber,
fungus,
disease,
root rot,
powdery mildew,
downy mildew,
anthracnose,
phytopathology,
plant protection,
biological control,
fungicides,
diagnostics,
agronomic practices.
1
Associate Professor, Tashkent State Agrarian University. E-mail: bakhrom-2019@mail.ru
2
Master degree student, Tashkent State Agrarian University. E-mail: diyoranormatova6@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
101
Bodring (Cucumis sativus L.) o‘simligining zamburug‘lar
qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularni
nazorat qilish
strategiyalari (sharh)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
bodring,
zamburug‘,
kasallik,
ildiz chirish,
un-shudring,
soxta un-shudring,
antraknoz,
fitopatologiya,
o‘simliklarni himoya qilish,
biologik kurash,
fungitsidlar,
diagnostika,
agrotexnika.
Ushbu maqolada bodring (Cucumis sativus L.) o‘simligida
keng tarqalgan zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklar –
ildiz
chirish, un-shudring, soxta un-shudring va antraknoz kasalliklari
ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Har bir kasallikning qo‘zg‘atuvchisi,
biologik
xususiyatlari,
o‘simlikda
namoyon
bo‘ladigan
simptomlari va diagnostika usullari yoritilgan. Kasalliklarni
nazorat qilishda agrotexnik, kimyoviy va biologik vositalardan
foydalanish,
shuningdek,
chidamli
navlar
va
foydali
mikroorganizmlarning qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Shuningdek, diagnostika uchun zarur klinik belgilar, mikroskopik
ko‘rsatkichlar, amaliy tavsiyalar va ko‘rga
zmali rasm-jadvallar
asosida keng tahlil keltirilgan. Ushbu material o‘simlikshunoslik
va o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishidagi mutaxassislar,
agronomlar va seleksionerlar uchun mo‘ljallangan
.
Грибковые заболевания растения огурца (Cucumis
sativus L
.) и стратегии их контроля (обзор)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
огурец,
грибок,
болезнь,
корневая гниль,
мучнистая роса,
ложная мучнистая роса,
антракноз,
фитопатология,
защита растений,
биологическая борьба,
фунгициды,
диагностика,
агротехника
.
В данной статье научно проанализированы широко
распространенные
грибковые
заболевания
огурца
(Cucumis sativus L.) -
корневая гниль, мучнистая роса,
ложная мучнистая роса и антракноз. Описаны возбудители
каждого заболевания, их биологические особенности,
симптомы, проявляющиеся на растении, и методы
диагностики. Даны рекомендации по использованию
агротехнических, химических и биологических средств в
борьбе с болезнями, а также применению устойчивых
сортов и полезных микроорганизмов. Кроме того,
представлен подробный анализ на основе необходимых
для
диагностики
клинических
признаков,
микроскопических
показателей,
практических
рекомендаций и наглядных иллюстраций и таблиц.
Данный материал предназначен для специалистов в
области растениеводства и защиты растений, агрономов и
селекционеров
.
KIRISH
Bodring (
Cucumis sativus L.
) dunyoning ko‘plab mintaqalarida yetishtiriladigan
muhim poliz
ekini bo‘lib, ushbu mahsulot ustida ko‘plab zamonaviy agronomik
tadqiqotlar o‘tkazilgan. Uning hosildorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri —
turli xil zamburug‘li kasalliklard
ir (Huang L. Q. et al.
–
2020). So‘nggi yillarda
mazkur
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
102
kasalliklar bilan bog‘liq biologik, ekologik va biotexnologik tadqiqotlar soni ortib
bormoqda.
Ko‘plab tadqiqotlarda bodringda uchraydigan ildiz chirish (
Fusarium spp.,
Rhizoctonia spp., Pythium spp.
), un-shudring (
Podosphaera xanthii, Golovinomyces
cichoracearum
), soxta un-shudring (
Pseudoperonospora cubensis
) va antraknoz
(
Colletotrichum orbiculare
) kasalliklari asosiy fitopatologik muammolar qatoriga kiradi
(Zitter et al., 1996; Savory et al., 2011; Zhang et al., 2008). Bu patogenlar, ayniqsa, issiq va
nam iqlim sharoitida tez rivojlanadi va 50
–60 foizgacha hosil yo‘qotilishiga olib kelishi
mumkin (Thompson & Jenkins, 1985; Pan et al., 2018).
Bodring hosildorligining ham ochiq, ham himoyalangan tuproqlarda past
bo‘lishining sabablaridan biri uning kasallanishidir. O‘simliklarni kasalliklardan himoya
qilish tadbirlarini to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil etish uchun kasalliklarning tur tarkibi,
ularning tarqalishi, zarari, paydo bo‘lishi va rivojlanishining prognozi haqida ma’lumotga
ega bo‘lish kerak (Ханаева Д. К., Саакян М. Т.–
2023).
O‘zbekiston sharoitida ushbu kasalliklarning biologiyasi, tarqalish xususiyatlari va
ularga qarshi kurash choralari hali ham chuqur o‘rganilmoqda. Mahalliy va xorij
iy
olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu kasalliklar bilan samarali kurashish uchun
o‘simliklarning fiziologik himoya tizimlari, iqlim sharoiti bilan bog‘liq omillar,
patogenlarning ekologik moslashuvchanligi va yangi biologik vositalarning
samaradorligini chuqur tahlil qilish lozim (Zhou & Paulitz, 1994; Huang et al., 2020;
Ханаева ва Саакян, 2023).
So‘nggi yillarda biologik nazorat usullari keng qo‘llanila boshlandi.
Paenibacillus
polymyxa
,
Bacillus subtilis
kabi foydali mikroorganizmlar orqali kasalliklarni nazorat
qilish bo‘yicha qator natijalar olingan (Beatty & Jensen, 2002; Zhang et al., 2008).
Shuningdek, QTL xaritalash asosida un-shudringga chidamli genlar aniqlanib, seleksiya
dasturlariga kiritilmoqda (Sakata et al., 2006). Bularning barchasi biologik kurash,
genetik qarshilik va agrotexnik choralar kompleksini birlashtirgan integratsiyalashgan
yondashuvlarning samarali bo‘lishini ko‘rsatadi.
ASOSIY QISM
Ildiz chirish
kasalligi ko‘chat va yetuk o‘simliklarda keng tarqalgan bo‘lib, kasallik
bodring nihol
larini kuchli zararlaydi, ko‘pincha esa issiqxonalarda yetishtirilayotgan
o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Kasallik ochiq dalalarda kamroq uchraydi.
Kasallikning asosiy qo‘zg‘atuvchilari Fusarium turkumiga mansub zamburug‘lar
hisoblanadi. Bund
an tashqari, Rhizoctonia, Pythium turkumlariga mansub zamburug‘lar
va soxta zamburug‘lar (Oomitsetlar), kamroq hollarda esa Verticillium turkumi vakillari
ham kasallik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkin (
Шкаликов В. А. и др.
-2010
).
Kasallik ta’sirida poyaning pastki qismi yumshab, ingichka bo‘lib qoladi hamda
o‘simlikning to‘satdan yotib qolishiga sabab bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha o‘simlikning
urug‘barg fazasida namoyon bo‘ladi
(
Huang L. Q. et al.
–
2020), (1-rasm).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
103
1-rasm.
Rhizoctonia solani
zamburug‘i
bilan zararlangan bodring nihollari.
Voyaga yetgan o‘simliklarda kasallik pastki barglarning sarg‘ayishi va so‘lishi bilan
boshlanadi, dastlab bu kunning eng issiq paytlarida seziladi. Poya va ildizlarning bazal
qismi jigarrang tus oladi hamda yangi ildizlar hosil bo‘lmaydi. Kasallangan o‘simliklar
so‘liydi va quriydi. Ildiz chirish ta’sirida yo‘qotishlar ko‘p jihatdan ko‘chatlarning
zararlanish darajasiga bog‘liq va kuchsiz zararlangan ko‘chatlarda kasallik meva hosil
qilish davrigacha yashirin bo‘lib qolishi va noqulay sharoitda paydo bo‘lishi mumkin
(
Шкаликов
В
.
А
.
и
др
.-2010
).
Bodring nihollarida
R.solani
zamburug‘i keltirib chiqaradigan ildiz chirish
kasalligining diagnostik jihatlari va unga qarshi amaliy yondashuvlar tizimli tarzda 1-
jadvalda bayon etilgan. Jadval uch asosiy bo‘limga ajratilgan: asosiy klinik belgilari,
kasallikni aniqlash usullari va amaliy tavsiyalar. (1-jadval).
1-jadval
R.solani
bilan zararlangan bodring nihollarida kasallik belgilari, aniqlash
usullari va amaliy tavsiyalar
Bo‘lim
Tavsif
Asosiy klinik
belgilari
-
Nihol poyasining pastki qismi ingichkalashadi, yumshoq va sarg‘ish
-
jigarrang tus oladi;
- Nihol tik tura olmaydi, egiladi yoki yiqiladi;
-
Barglar sarg‘ayib, so‘lib qoladi;
-
O‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi, ildizlar chirigan ko‘rinishda bo‘ladi.
Kasallikni
aniqlash
Makroskopik aniqlash:
-
Poyaning yerga yaqin qismida cho‘kma va rangi o‘zgarishi;
-
Nihollarda tez so‘lish va yiqilish belgisi.
Mikroskopik aniqlash:
-
Septali (bo‘linmali) gifa tolalari;
-
“T” shaklidagi gifa birikmalari;
- Sklerotsiy (qalin devorli qora tuzilmalar) mavjudligi.
Amaliy
tavsiyalar
-
Ko‘chatlarni steril substratda yetishtirish;
-
Sug‘
orishda tuproq namligini nazorat qilish (haddan ortiq namlikdan
saqlanish);
- Biologik fungitsidlar:
Trichoderma harzianum
,
Bacillus subtilis
asosida
tayyorlangan vositalar bilan davolash;
- Yuqori haroratda issiqxona shamollatishini yaxshilash;
-
Kasallangan ko‘chatlarni yo‘q qilish va yerga chuqur ko‘mib
zararsizlantirish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
104
Un-shudring.
Podosphaera xanthii
(ilgari
Sphaerotheca fuliginea
Schlech ex Fr. Poll.
nomi bilan tanilgan) yoki
Golovinomyces cichoracearum
(ilgari
Erysiphe
cichoracearum
DC
ex Mérat nomi bilan tanilgan) zamburug‘lari keltirib chiqaradigan un
-shudring
bodringning eng xavfli kasalliklaridan biridir. Bu zamburug‘lar bir oila (
Erysiphaceae
) ga
tegishli va
ko‘pincha ularni ajratish qiyin. Bugungi kunga qadar bodringda yuqorida qayd
etilgan ikkita zamburug‘larning irqlari aniqlanmagan (Bardin M. et al. 1999). Bodringning
bir nechta navlari yozda dalada o‘stirilganda un
-
shudringga chidamli bo‘lsa
-da, bu
qarshi
lik faqat iliqroq haroratda paydo bo‘lishi ma’lum. Ushbu haroratga bog‘liq
barqarorlikning batafsil mexanizmi noma’lumligicha qolmoqda (Sakata Y. et al. –
2006).
Kasallik bilan bodring, qovoq, qovun va tarvuz zararlanadi. Kasallik tufayli
hosildorlik 40-50 foizgacha kamayishi mumkin. Barglarning yuqori va pastki
tomonlarida, shu jumladan urug‘barglarda oq mog‘orli qoplama paydo bo‘ladi. Dastlab,
mog‘or kichik dumaloq dog‘larda paydo bo‘lib, ular tez orada birlashadi va barg
plastinkasining butun yuzasini eg
allaydi. Ushbu bosqichda mog‘or qizg‘ish rangga ega
bo‘lishi mumkin. Kasallikning kuchli rivojlanishi natijasida barg plastinkasi sirti notekis
shakl oladi. Zararlangan barglar quriydi. Xuddi shu alomatlar barg bandi va poyalarida
ham namoyon bo‘lishi mumkin. Kuchli zararlangan o‘simliklarning mevalari kichik bo‘lib
qoladi, ammo kasallik belgilari namoyon bo‘lmasligi mumkin (
Шкаликов В. А. и др.
-
2010
).
2-
rasmda bodring o‘simligining barglarida un
-shudring kasalligining simptomlari
tasvirlangan. Kasallikning dastlabki bosqichlarida barglarning yuqori yoki pastki
tomonida mayda, oqish unsimon dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar tez orada kengayib,
bir-
biri bilan qo‘shiladi va butun barg plastinkasini qoplaydi. Kasallik rivojlangan sari
barglar deformatsiyalanadi
, sarg‘ayadi va quriydi. Issiq va quruq ob
-havo un-shudring
uchun ayni muddao bo‘lib, dalada yuqori yuqumli bo‘ladi (2
-rasm, 2 jadval).
2-rasm.
Un-shudring kasalligiga chalingan bodring bargi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
105
2-jadval
Un-shudring kasalligini belgilari, aniqlash usullari va amaliy tavsiyalar
Bo‘lim
Tavsif
Asosiy
klinik belgilari
- Barglarning yuqori yoki pastki tomonida unsimon oqish qoplama
paydo bo‘ladi;
-
Dog‘lar asta
-sekin butun barg plastinkasiga tarqaladi;
-
Barglar to‘q sariq tusga kiradi, jingalaklanadi va quriydi;
-
Mevalar kichik bo‘lib qoladi yoki shakli buziladi.
Kasallikni
aniqlash
Makroskopik aniqlash:
-
Barg yuzasida oqish unsimon qoplama (sporalar to‘plami);
-
Kasallik barg, poya va hatto urug‘barglarda ham namoyon bo‘ladi.
Mikroskopik aniqlash:
- Bir hujayrali, tuksimon konidiyalar;
- Zanjirsimon konidiyaforalar;
- Erysiphaceae oilasiga xos strukturalar.
Amaliy
tavsiyalar
- Un-shudringning birinchi belgilari bilan fungitsid purkash:
Bayleton (0,2
–
0,6 kg/ga), Topsin-M, Karatan LS, oltingugurtli vositalar;
- Issiqxona ventilyatsiyasini yaxshilash va ortiqcha namlikdan
saqlanish;
- Kasallikka chidamli navlarni ekish;
-
Ekishdan oldin urug‘larni mikroelement eritmalarida namlash.
Soxta un-shudring.
Soxta un-shudring (
Pseudoperonospora cubensis
) poliz
ekinlarining eng muhim barg kasalliklaridan biri boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlari,
Yevropa, Xitoy va Isroilda hosilning katta yoʻqotilishiga olib keladi. Patogen keng
geografik tarqalishga ega va 70 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, yarim qurg‘oqchildan
tropikgacha bo‘lgan mintaqalarda qayd etilgan (Savory E. A. et al. –
2011).
Soxta un-
shudring halokatli kasallikdir, ayniqsa dunyoning mo‘tadil mintaqalarida,
nam sharoitlar kasallikning tarqalishiga yordam beradi. Kasallikning bargdagi birinchi
alomatlari, ba
rgning ustki tomonida sarg‘ish dog‘lar shaklida namoyon bo‘ladi. Dog‘lar
vaqt o‘
tishi bilan kengayadi va xlorotik yoki sariq rangda qolishi yoki atrof-muhit
sharoitlariga qarab nekrotik va jigarrang bo‘lishi mumkin. Kasallikning keyingi
rivojlanishi bargning tobora kengayib borayotgan zararlangan joylarida nekrozlar hosil
bo‘lishi va
bir necha kundan keyin butun barg qurib qolishiga olib keladi (Savory E. A. et
al.
–
2011, Oerke E. C. et al.
–
2006).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
106
3-rasm.
Soxta un-shudringga chalingan bodring bargi.
3-rasmda bodring bargi soxta un-shudring kasalligi bilan zararlangani yaqqol
ko‘rinadi. Bargning ustki qismida sarg‘ish, geometrik shakldagi dog‘lar paydo bo‘lgan
bo‘lib, ular barg tomirlariga parallel tarzda joylashgan. Bargning pastki tomonida esa
kulrang yoki
binafsha rangdagi yengil mog‘or qatlam rivojlangan. Aynan ushbu
sporangial qatlam
P.cubensis
zamburug‘iga xos bo‘lib, yuqori namlikda faol rivojlanadi.
Rasmda bargning sog‘lom va zararlangan qismlari orasidagi farq aniq ko‘zga tashlanadi,
bu esa diagnostika uchun muhim.
4-rasm.
P.cubensis
zamburug‘ining morfologiyasi
.
(a) Sporangiy bandi (50 mkm). (b) Sporangiy bandiga birikkan sporangiy. (c)
Sitoplazmatik bo‘linish orqali unib chiqadigan sporangiy. (d) Zoosporalar. (e)
Xujayralararo bo‘liqda mitseliy va gifalarning rivojlanishi. (f, g) Sporangiy bandining
elektron mikrofotografiyasi (20
мкм
)
(Savory E. A. et al.
–
2011).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
107
Kasallik yomg‘ir tomchilari, shamol orqali hamda ishchilar kiyimlari va asbob
-
uskuna vositasida tarqaladi. Yuqori namlik va nisbatan past harorat kasallik uchun qulay
hisoblanadi
(Ҳасанов, 2009).
3-jadval
Soxta un-shudring kasalligini belgilari, aniqlash usullari va amaliy tavsiyalar
Bo‘lim
Tavsif
Asosiy klinik
belgilari
-
Barglarning ustki tomonida sarg‘ish, burchakli dog‘lar paydo
bo‘ladi;
-
Pastki tomonida kulrang yoki binafsha rangli mog‘or qatlam
rivojlanadi;
-
Barglar sarg‘ayadi, quriydi va to‘kilib ketadi;
-
Kasallik tez tarqaladi va o‘simlik nobud bo‘ladi.
Kasallikni
aniqlash
Makroskopik aniqlash:
-
Barg ustida burchakli sariq dog‘lar;
- Pastki yuzasida rangli sporangiy qoplami.
Mikroskopik aniqlash:
- Zoosporangiy bandlari tarmoqlangan;
- Sporangiyalari ellipssimon, ikki devorli;
- Plasmoparaceae oilasiga xos morfologiya.
Amaliy
tavsiyalar
-
Sug‘orishni ertalab yoki kunduzgi soatlarda amalga oshirish
(namlik kechasi qolmasligi uchun);
- Issiqxonada havo almashinuvini yaxshilash;
-
O‘z
vaqtida Skor, Ridomil Gold, Previkur kabi preparatlar bilan
ishlov berish;
-
Kasallangan barg va o‘simlik qismlarini yo‘q qilish;
- Dala gigiyenasiga rioya qilish va almashlab ekish tizimini joriy etish.
Antraknoz.
Bodringda antraknozni
Colletotrichum orbiculare
(Berk. & Mont.) Arx
zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Kasallik bilan bodring, tarvuz, qovun va qovoq zararlanadi
(Wasilwa et al. 1993). Zamburug‘ bodringning barglari, poyalari va mevalarini zararlaydi
va barglarda yum
aloq, och jigarrang yoki qizg‘ish yaralar hosil bo‘ladi. Poyalarda
jarohatlar sayoz, cho‘zilgan va sarg‘ish
-jigarrang, mevalarda esa yumaloq, botiq va suvli
bo‘ladi (Sitterly and Keinath 1996). Bodring antraknozi bodring yetishtirishga jiddiy
to‘sqinlik qiladi (Thompson and Jenkins 1985) va bu kasallikning og‘irligini aniq
baholash nazorat choralarini ishlab chiqishda birinchi qadamdir (Kwack M. S. et al.
–
2005).
Muayyan atrof-muhit sharoitida antraknoz epidemiyasi bodring hosilining 60 foizini
yo‘qotishig
a olib kelishi mumkin (Tompson and Jenkins 1985; Wehner and St. Amand
1995). Mevalarning bevosita zararlanishi ham mevalarning sifatini pasaytiradi. Bu
kasallik issiq va nam iqlim bo‘lgan hududlarda ayniqsa muhimdir. Zamburug‘ xo‘jayin
o‘simlik bo‘lmaganda
2 yil yashashi mumkin. Zamburug‘ urug‘lar orqali tarqalishi
mumkin, bu ko‘pincha asosiy infeksiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
C. orbiculare
sporalari
tarqalishi suvga bog‘liq. Patogen yomg‘ir, sug‘orish suvi yoki kultivatsiya uskunalari
orqali tarqalishi
ham mumkin. Antraknoz belgilari bodring o‘simliklarining barcha yer
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
108
usti qismlarida paydo bo‘ladi. Kasal barglardagi jarohatlar xlorotik (sariq) yoki nekrotik
(jigarrang) rangga ega bo‘lgan kichik va suvli dog‘lar sifatida boshlanadi. Kasallik
rivojlangan sayin, lezyonlar kattalashadi, birlashadi va dumaloq shakldagi jigarrang
dog‘larga aylanadi. Yangi barglarning shakli o‘zgaradi va kuchli dog‘lanish natijasida
qurib qolishi mumkin (Zitter va boshq. 1998, Pan J. et al.
–
2018).
Gud (1956) birinchi boʻlib
C. orbiculare
zamburug‘ining irqlari haqida maʼlumot
bergan. Mazkur zamburug‘ning kamida yettita irqi aniqlangan bo‘lsa
-da, 1 va 2 irqlari eng
keng tarqalgan hisoblanadi (Wasilwa et al. 1993). Birinchi irq bodring, qovun va baʼzi
tarvuz navlarida yuqori v
irulentlikka ega, ikkinchi irq esa koʻpchilik bodring navlarida
oʻrtacha va koʻpchilik tarvuz navlarida yuqori virulent hisoblanadi (Wasilwa et al. 1993,
Pan J. et al.
–
2018).
5-rasm.
Antraknoz bilan zararlangan bodring bargi
5-
rasmda bodring bargida antraknoz kasalligining alomatlari aniq ko‘rsatilgan. Barg
sirtida dumaloq shakldagi, markazi quyuq-
jigarrang va atrofi sariq halqaga o‘xshash
dog‘lar mavjud. Bu dog‘lar barg to‘qimasining cho‘kib tushgan, nekrotik (o‘lik) qismidir.
Shuningdek, ayrim hollarda bu joylarda patogenning spora to‘plami –
yostiqsimon
ko‘rinishda bo‘ladi. Kasallik rivojlangan sari barglar quriydi, mevalarda esa cho‘kkan,
chiriyotgan dog‘lar paydo bo‘ladi. Ushbu vizual belgilarning aniqligi kasallikni dalada e
rta
bosqichda tashxislash imkonini beradi.
4-jadval
Antraknoz kasalligini belgilari, aniqlash usullari va amaliy tavsiyalar
Bo‘lim
Tavsif
Asosiy klinik
belgilari
- Barglarda yumaloq, botiq va quyuq-
jigarrang dog‘lar paydo
bo‘ladi;
-
Dog‘lar atrofida sariq halqa ko‘rinadi (halo effekti);
-
Mevalarda cho‘kkan, suvli dog‘lar hosil bo‘ladi;
-
Zararlangan poya qismlarida chiriq sarg‘ish jarohatlar kuzatiladi.
Kasallikni
aniqlash
Makroskopik aniqlash:
-
Barg va mevalarda dumaloq, cho‘kkan dog‘lar mavjudligi;
-
Mevalar sirtida qora sporali massalar (yostiqchalari) ko‘zga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
109
Bo‘lim
Tavsif
tashlanadi.
Mikroskopik aniqlash:
-
O‘roqsimon konidiyalar;
- Cylindrsimon, septali;
- Glomerellaceae oilasiga mansub morfologik xususiyatlar.
Amaliy
tavsiyalar
-
Ekish uchun sog‘lom urug‘lardan foydalanish;
-
Ekishdan oldin urug‘larni dorilash (fungitsidlar bilan);
-
Kasallik alomatlari paydo bo‘lganda:
Abiga-Pik, Oksixom, Ridomil
Gold kabi preparatlar bilan ishlov berish;
- Almashlab ekish va dala tozaligini saqlash;
-
Kasallangan o‘simlik qismlarini daladan chiqarib yo‘qotish.
Bodring kasalliklarini nazorat qilish.
Fungitsidlar kasallikning ta’sirini
kamaytirishi mumkin, ammo ularning samaradorligi og‘ir epidemiyalarda cheklangan.
Bundan tashqari, organik sabzavot ishlab chiqarishda sintetik fungitsidlardan
foydalanish kabi kasalliklarni nazorat qilishning ba’zi usul
lari taqiqlanadi (Marine and
Everts 2016).
Metil bromid kabi kimyoviy moddalar tuproq orqali yuqadigan patogenlarni nazorat
qilish uchun keng qo‘llanilgan, ammo ulardan foydalanish ekologik muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin. Metil bromid ozon qatlamini yemiruvchi kimyoviy moddadir va uni
tuproqni qayta ishlashda ishlatish 2004-yil oxiriga kelib, Monreal protokoli bilan
taqiqlangan. Tuproq orqali yuqadigan o‘simlik kasalliklarini nazorat qilishning muqobil
yondashuvi sifatida o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi va antagonist
bakteriyalarning tuproq orqali yuqadigan patogenlarga qarshi samaradorligi keng
baholangan (Zhang S. et al.
–
2008).
Odatda, Fusarium spp. ga nisbatan antagonist bo‘lgan mikroorganizmlarning
aksariyat turlari
ildizlarda rivojlanuvchi mikroblar bo‘lib, ularning ta’sir usullari
antibiotik, ozuqa moddalari yoki infeksiya joylari uchun raqobat, hujayradan tashqari
fermentlar ishlab chiqarilishi va rezistentlik induksiyasini o‘z ichiga oladi (
Zhou va
Paulitz 1994, Zhang S. et al.
–
2008).
Ma’lumotlarga ko‘ra,
Paenibacillus polymyxa
va
Bacillus subtilis
antibakteriyalar
va/yoki zamburug‘larga qarshi faollikka ega bo‘lgan peptid metabolitlarining keng
spektrini ishlab chiqaradi (Beatty va Jensen 2002; Gong et al. 2006; Leifert et al. 1995;
Walker et al. 1998) va ham kimyoviy, ham jismoniy stresslarga yuqori chidamli
endosporalar hosil qiladi. Ushbu xususiyatlar tuproqda yashash qobiliyati bilan
birgalikda ularni biologik nazoratda qo‘llash uchun mos keladi (Zhang S. et
al.
–
2008).
Immuniteti kuchli va kasalliklarga chidamli navlar va duragaylarni yetishtirish,
urug‘larni sog‘lom o‘simliklardan olish va to‘g‘ri ekishni yo‘lga qo‘yish kerak. Eng yaxshi
o‘tmishdosh ekinlar dukkakli o‘simliklar, kartoshka, piyoz va ko‘p yillik o‘tlardir. Umumiy
kasalliklarga ega bo‘lgan ekinlar uchun fazoviy izolyatsiyani saqlash kerak. Urug‘larni
zamburug‘li va bakterial kasalliklar majmuasiga qarshi ekishdan 1
-3 oy oldin samarali
urug‘dorilagich fungitsidlar bilan dorilash. Ekishdan bir kun oldin o‘simliklarning
kasalliklarga chidamliligini oshirish uchun urug‘lar (0,02% ZnSO
4
yoki 0,5% CuSO
4
va
boshqalar) namlanadi (24 soat). Bodring tuproq 14 °C, poliz ekinlari esa 18 °C
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
110
haroratgacha qizdirilganda ekiladi. Ularni yetishtirish uchun optima
l tuproq harorati 32 °
C dir (
Шкаликов В. А. и др.
-2010
).
Un-shudring boshlanishi bilan ekinga fungitsid, jumladan Bayleton 25% n. kuk. (0,2-
0,6 kg/ga), Karatan LS 50% em. k. (0,5-1,0 l/ga), Topsin-M 70% n. kuk. (0,8-1,0 kg/ga),
kolloid yoki n.kuk. shaklidagi oltingugurt (2,0-4,0 kg/ga), OOQ (0,5-1% li eritma) va
boshqalarni 1 yoki 2 marta purkash; issiqxona devorlari, shifti, jihozlari va tuproqni
zararsizlantirish, o‘simliklarni iliq suv bilan sug‘orish, shamollatib turish; issiqxona va
daladan o‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish, ularni begona o‘tlardan toza holda tutish; dalani
chuqur kuzgi shudgor qilish, almashlab ekish tavsiya qilinadi (Ҳасанов, 2009).
Antraknozga chidamli genlardan foydalanish ushbu kasallikni nazorat qilishning
eng amaliy, iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik xavfsiz strategiyasidir. Barnes va Epps
(1952, 1954) birinchi bo‘lib bodringda antraknozga chidamlilikning ikki turi mavjudligi
haqida xabar berishdi (Pan J. et al.
–
2018).
XULOSALAR
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bodring (
Cucumis sativus L.
)
o‘simligining vegetatsiya davrida uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklar –
ildiz
chirish, un-shudring, soxta un-shudring va antraknoz
–
nafaqat hosildorlikka, balki sifat
ko‘rsatkichlariga ham jiddiy darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu kasalliklarning
qo‘zg‘atuvchilari har xil turkumdagi patogenlar bo‘lib, ular ekologik moslashuvchanligi va
yuqori infeksion salohiyatga ega.
Kasalliklarning umumiy xususiyatlari
–
o‘simlikning o‘sishiga to‘sqinlik qilish,
bar
glarda yoki mevalarda nekrotik dog‘lar hosil qilish, ildiz tizimini zaiflashtirish va
nihoyat, o‘simlikning nobud bo‘lishiga olib kelishidir. Ayniqsa, issiq va nam iqlim
sharoitida bu patogenlar tez tarqalib, qisqa vaqt ichida epidemik ko‘rinish oladi.
Aniqlash usullarining ikki bosqichda (makroskopik va mikroskopik) amalga
oshirilishi, har bir kasallik uchun individual tashxis qo‘yishga imkon yaratadi. Buning
natijasida zamonaviy biologik vositalar, agrotexnik chora-tadbirlar va kimyoviy
fungitsidlar bilan integratsiyalashgan yondashuv asosida samarali nazorat mexanizmlari
ishlab chiqilishi mumkin.
Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
Paenibacillus polymyxa
,
Bacillus
subtilis
kabi foydali mikroorganizmlar, hamda
Trichoderma harzianum
kabi antagonist
z
amburug‘lar orqali biologik nazorat samarali yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Shuningdek,
bodringda kasallikka chidamli genetik resurslardan foydalanish (xususan, antraknoz va
un-shudringga qarshi QTLlar aniqlangan), dalada kasallik tarqalishini kamaytirishda
muh
im vosita bo‘lmoqda.
Xulosa qilib aytganda, bodringning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarini
samarali nazorat qilish uchun kasallikning etiologiyasini, ekologiyasini, o‘simlik va
patogenning o‘zaro munosabatini, shuningdek, iqlim va agrotexnik sharoi
tni chuqur
tahlil qilish zarur. Shu asosda ishlab chiqilgan kompleks himoya strategiyasi bodring
yetishtirishda yuqori hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlariga erishishda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Ханаева Д. К., Саакян М. Т. Болезни огурца и меры борьбы с ними
//Агрофорум. –
2023.
–
№. 3. –
С. 67
-68.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
111
2.
Ҳасанов
Б. А., Очилов Р.О., Гулмуродов Р.А. Сабзавот, картошка ҳамда полиз
экинларининг касалликлари ва уларга қарши кураш. Тошкент: “Виза Принт”, 2009
3.
Шкаликов В. А. и др. Защита растений от болезней. –
2010.
4.
Bardin M. et al. Genetic analysis of resistance of melon line PI 124112 to
Sphaerotheca fuliginea and Erysiphe cichoracearum studied in recombinant inbred lines
//I International Symposium on Cucurbits 492.
–
1997.
–
С
. 163-168.
5.
Chakraborty S., Newton A.C. Climate change, plant diseases and food security:
an overview // Plant Pathology.
–
2011.
–
Т
. 60(1).
–
С
. 2
–
14.
6.
Harman G.E. et al. Trichoderma species
–
opportunistic, avirulent plant
symbionts // Nature Reviews Microbiology.
–
2004.
–
Т
. 2.
–
С
. 43
–
56.
7.
Huang L. Q. et al. The potential of endophytic fungi isolated from cucurbit plants
for biocontrol of soilborne fungal diseases of cucumber //Microbiological research.
–
2020.
–
Т
. 231.
–
С
. 126369.
8.
Huang L. Q. et al. The potential of endophytic fungi isolated from cucurbit plants
for biocontrol of soilborne fungal diseases of cucumber //Microbiological research.
–
2020.
–
Т
. 231.
–
С
. 126369.
9.
Kwack M. S. et al. Digital image analysis to measure lesion area of cucumber
anthracnose by Colletotrichum orbiculare //Journal of General Plant Pathology.
–
2005.
–
Т
. 71.
–
С
. 418-421.
10.
Marine SC, Everts KL (2016) Evaluation of organically produced melon cultivars
for powdery and downy mildew severity in Maryland, U.S.A. In: Kozik U, Paris HS (eds)
Proc Cucurbitaceae 2016, the 11th EUCARPIA meeting on genetics and breeding of
Cucurbitaceae. 24
–
28 July 2016, Warsaw, Poland
11.
Nematov M., Karimov J. et al. Assessment of cucurbit diseases and yield losses
in Uzbekistan: A regional perspective // Uzbek Journal of Agriculture.
–
2021.
–
№2. –
С
.
22
–
28.
12.
Oerke E. C. et al. Thermal imaging of cucumber leaves affected by downy mildew
and environmental conditions //Journal of experimental botany.
–
2006.
–
Т
. 57.
–
№.
9.
–
С. 2121
-2132.
13.
Palaniyandi S.A. et al. Beneficial soil bacteria and their role in plant growth
promotion: a review // African Journal of Microbiology Research.
–
2013.
–
Т
. 7(20).
–
С
.
1803
–
1812.
14.
Pan J. et al. STAYGREEN (CsSGR) is a candidate for the anthracnose
(Colletotrichum orbiculare) resistance locus cla in Gy14 cucumber //Theoretical and
Applied Genetics.
–
2018.
–
Т
. 131.
–
С
. 1577-1587.
15.
Sakata Y. et al. QTL analysis of powdery mildew resistance in cucumber
(Cucumis sativus L.) //Theoretical and Applied Genetics.
–
2006.
–
Т
. 112.
–
№.
2.
–
С.
243-250.
16.
Savory E. A. et al. The cucurbit downy mildew pathogen Pseudoperonospora
cubensis //Molecular plant pathology.
–
2011.
–
Т
. 12.
–
№. 3. –
С
. 217-226.
17.
Sitterly WR, Keinath AP (1996) Anthracnose. In: Zitter TA, Hopkins DL, Thomas
CE (eds) Compendium of cucurbit diseases. APS Press, St. Paul, MN, pp 24
–
25
18.
Thompson DC, Jenkins SF (1985) Influence of cultivar resistance, initial disease,
environment, and fungicide concentration and timing on anthracnose development and
yield loss in pickling cucumbers. Phytopathology 75:1422
–
1427
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
112
19.
Wang H. et al. Genetic mapping and QTL analysis of resistance to anthracnose
in cucumber (Cucumis sativus L.) // PLoS One.
–
2018.
–
Т
. 13(1).
–
e0190053.
20.
Wasilwa LA, Correll JC, Morelock TE, McNew RE (1993) Reexamination of races
of the cucurbit anthracnose pathogen Colletotrichum orbiculare. Phytopathology
83:1190
–
1198
21.
Wehner T. C., St. Amand P. C. Anthracnose resistance of the cucumber
germplasm collection in North Carolina field tests //Crop science.
–
1995.
–
Т
. 35.
–
№. 1.
–
С
. 228-236.
22.
Zhang S. et al. Control of Fusarium wilt disease of cucumber plants with the
application of a bioorganic fertilizer //Biology and Fertility of Soils.
–
2008.
–
Т
. 44.
–
С
.
1073-1080.
23.
Zhang Y. et al. Identification of candidate genes involved in powdery mildew
resistance in cucumber via RNA-Seq analysis // Theoretical and Applied Genetics.
–
2020.
–
Т
. 133.
–
С
. 1951
–
1965.
24.
Zhou T., Paulitz T. C. Induced resistance in the biocontrol of Pythium
aphanidermatum by Pseudomonas spp. on cucumber //Journal of Phytopathology.
–
1994.
–
Т
. 142.
–
№. 1. –
С
. 51-63.
25.
Zitter T. A. Compendium of cucurbit diseases //American Phytopathological
Society.
–
1996.
–
Т
. 87.
