Размышления о научно-теоретических и практических направлениях узбекской фольклористики

Аннотация

В данной статье изучено научно – теоретическое и практическое развитие узбекского устного поэтического творчества и фольклористики, ставшее наукой в конце прошлого-начале XX века. В работе подчеркивается, что развитие узбекской фольклористики начала XX века проходило в два этапа: сначала практический, а затем научно-теоретический.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
  • доктор филосифии по филологическим наукам, доцент, Педагогический институт Бухарского государственного университета, Бухара, Узбекистан
CC BY f
18-23
66

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Амонов U. (2022). Размышления о научно-теоретических и практических направлениях узбекской фольклористики. Общество и инновации, 3(2), 18–23. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2-pp18-23
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изучено научно – теоретическое и практическое развитие узбекского устного поэтического творчества и фольклористики, ставшее наукой в конце прошлого-начале XX века. В работе подчеркивается, что развитие узбекской фольклористики начала XX века проходило в два этапа: сначала практический, а затем научно-теоретический.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Comments on scientific-theoretical, practical directions of
uzbek folklore

Ulugmurod AMONOV

1

Pedagogical Institute of Bukhara State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form

28 February 2022

Accepted 15 March 2022

Available online

25 April 2022

The scientific, theoretical and practical development of

Uzbek folklore and folklore, which was formed as a science in

the early twentieth century are examined in this article. The
research work suggests that the development of Uzbek folklore

in the early twentieth century developed in two stages: first in

the practical, then in the scientific-theoretical stage, and then

this scientific opinion is based on the following.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2-pp

18-23

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

folklore,

folklore,

history of folklore,

source studies,

epic,

fairy tale,

parable,

proverb,

song,

folk theater.

O

‘zbek

folklorshunosligining

ilmiy

-nazariy,

amaliy

yo‘nalishlari haqida mulohazalar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

folklor,

folklorshunoslik,

folklor tarixi,
manbashunoslik,

matnshunoslik,

doston,

ertak,

masal,

maqol,

qo

shiq,

xalq teatri.

Mazkur maqolada o‘tgan asr boshi –

XX asr boshida fan

sifatida shakllangan o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi hamda

folklorshunosligining ilmiy-

nazariy, amaliy taraqqiyoti o‘rganil

-

gan. Ishda XX asr boshlari o‘zbek folklorshunosligining taraq

-

qiyoti ikkita, ya’ni dastlab amaliy, keyin ilmiy

-nazariy bosqichda

kechgani haqida fikr bildirilgan.

1

Associate Professor of the Pedagogical Institute of Bukhara State University, Ph.D. in Philology.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

19

Размышления

о научно

-

теоретических и практических

направлениях узбекской фольклористики

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

фольклор,

фольклористика,

история фольклора,

источниковедение,

текстология,

эпос,

сказка,

притча,

пословица,

песня,

народный театр.

В данной статье изучено научно –

теоретическое и

практическое развитие узбекского устного поэтического

творчества и фольклористики, ставшее наукой в конце

прошлого

-

начале XX века. В работе подчеркивается, что

развитие узбекской фольклористики начала XX века

проходило в два этапа: сначала практический, а затем

научно

-

теоретический.

O‘zbek folklorshunosligining taraqqiyot bosqichlari orasida XX asr 20–

30-yillari

davri milliy folkloristikamiz tarixida eng og‘ir va muhim bosqich hisoblanadi. Negaki bu

bosqichda o‘zbek folklo

rshunosligi davr qiyinchiliklariga, ijtimoiy tuzum murak-

kabliklariga qaramay, alohida tadqiqot sohasi, fan tarmog‘i sifatida shakllanishga

muvaffaq bo‘ldi. O‘zbek ilmiy

-

madaniy hayotida folklorshunoslik fani paydo bo‘ldi.

Bunda

XX asr 20-30-

yillari o‘zbek folklorshunosligi mazkur

fan tarmog‘ining ilk bosqichi

sifatida tarixda muhrlanib qoldi. Faqat u

o‘zbek folklorshunosligining izlanish

bosqichi

sifatida namoyon bo‘ldi. Undan keyingi bosqichlarda esa fanning ilmiy

-amaliy

y

o‘nalishlari yanada taraqqiy topib, kengayib borishiga zamin yaratildi.

XX asr boshlari o‘zbek folklorshunosligining taraqqiyoti ikkita, ya’ni dastlab

amaliy, keyin ilmiy-nazariy bosqichda kechdi.

Amaliy bosqichda xalq og‘zaki ijodi

namunalarini yaxshi bilgan, ijro eta olgan insonlarni aniqlab, ulardan bilganlarini yozib

olish, yozuvga tushirilgan folklor asarlarini nashrga tayyorlash va chop etish ishlari

amalga oshirilgan bo‘lsa, ilmiy

-nazariy bosqichda nashr qilingan xalq asarlarini jiddiy

o‘rganib, ular

ning janriy tabiati, poetik xususiyatlari haqida nazariy xulosalar berish

ishlari boshlab yuborildi.

XX asr boshlari o‘zbek folklorshunosligi taraqqiyotining yetakchi tamoyillari uning

asosiy nazariy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan. Ular quyidagilarda ko‘ri

nadi:

1. Xalq dostonchiligini kuzatib, xalq baxshilarining epik repertuarini aniqlash.

2.

Xalq qo‘shiqchiligi bilan bog‘liq janrlar tizimi va tarkibini tadqiq etish.

3. Xalq ertakchiligi, uning taraqqiyoti, rivojlanish manbalari, mavzuiy turlarini

tekshirish.

4.

Xalq paremikasiga aloqador maqol, topishmoq singari janrlar bo‘yicha izlanish.

5.

Xalq teatrini o‘rganish va hokazo.

1924-

yilda Sobiq Sho‘ro Ittifoqi tarkibiga kiritilgan O‘zbekistonda boshqa sohalar

qatori folkloristika va folklor ahvoli

“tepa”dan nazoratga olina boshlandi. Buning

natijasida, bir tomondan, o‘zbek folklorshunoslari mashhur sharqshunoslar, folklorist

-

akademiklardan S.F. Oldenburg, A.N. Samoylovich, professorlar Y.E. Bertels, S.E. Malov,

S.P. Tolstov, Y.M. Sokolov, M.K. Azado

vskiylar bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldilar.

Ular o‘zbek folklorshunoslari amalga oshirayotgan ishlarga katta qiziqish bilan qaradilar.

O‘rni kelganda o‘z ilmiy maslahatlarini bildirib, o‘zbek folklorshunosligining nazariy

taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oldilar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

20

Umuman aytganda, XX asr 20-30-

yillari o‘zbek folklorshunosligining eng muhim

tarixiy taraqqiyot bosqichlaridan biri bo‘lib, bu davrda uning fan sifatida shakllangani,
o‘ziga xos qator ilmiy

-

nazariy va amaliy yo‘nalishlarda taraqqiy top

gani kuzatiladi. U

o‘zbek folklorshunoslik fanining izlanish bosqichi sifatida o‘z belgilariga ega.

XX asr boshlarida yashagan Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, Vadud Mahmud,

G‘ozi Olim Yunusov, Elbek, G‘ulom Zafariy, Hasan Po‘lat, Otajon Hoshim, Olim

Sh

arafiddinov, Bekjon Rahmonov kabi ziyolilar o‘zbek folklori tabiati, janriy tizimi va

tarkibi, badiiyatiga oid dastlabki ilmiy qarashlarni bildirib, xalq og‘zaki ijodi
namunalarini to‘plab nashr etishda va omma orasida targ‘ib etish yo‘lida samarali

xizmatlar qilganlar. Shunisi bilan ular XX asrning 20-

yillarida o‘zbek folklorshunos

-

ligining fan sifatida shakllanishiga asos yaratganlar, deyish mumkin. Zero, ularning sa

y-

harakati tufayli xalq ijodini nafaqat ilmiy asosda to‘plash, nashr etish, balki ilmiy
o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Bevosita ularning tashabbusi hamda intilishi orqali yo‘qolib

ketish xavfi ostida qolgan folklor durdonalarini asrab qolish ishlari olib borildi. Albatta,

bu o‘sha davrda hukmronlik qilayotgan tuzum tepasida turganlarga yoqmadi. Ayniqsa,
mustabid sho‘ro tuzumi milliy qadriyat va an’analarimizni oyoqosti qilayotgan, eskilik
sarqiti deb qarayotgan bir davrda bu ulkan ma’naviy jasorat edi. Shuning uchun o‘zbek
folklorini o‘rganish yo‘lida jon kuydirgan Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Elbek,
G‘ulom Zafariy va boshqa ular kabi millat fidoyilari qatag‘on qilindi. To istiqlol

yillarigacha hozirgi avlod ularning nomini hatto eshitmay, bilmay keldi. Shuningdek,
ularning folklorshunoslik borasidagi xizmatlaridan ham bexabar edi. Endi esa mustaqillik

tuhfa etgan ijodiy erkinlik orqali ularning bu boradagi xizmatlarini xolislik bilan o‘rganib,
folklorshunoslikdagi nazariy va amaliy ahamiyatini, o‘rnini y

oritish imkoniyati mavjud.

Hatto, bu zarur masalalardan sanaladi. Negaki mamlakatimizning Birinchi Prezidenti
I.A.

Karimov ta’kidlab o‘tganidek: “Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad

-

muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib

borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni
tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha
muvaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonl

ari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va

haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi” [1. 97].

1931-yilning oxirida yurtimizda Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish instituti tashkil

etildi va uning tarkibidagi etnografiya, folklor va arxeologiya kabineti etnografiya
sektoriga aylantirildi va unga H.T. Zarifov mudir etib tayinlandi (1931

1933). Bu sektor

1925

1930-

yillarda to‘plangan etnografiya materiallari qatorida folklor materiallarini

ham Samarqanddan Toshkentga olib kelish ishlarini tashkil etdi.

Folklorshunos To‘ra Mirzaev ta’kidlaganidek: “Sho‘ro davriga xos bo‘lgan turli

-

tuman evrilishlar, beqarorlik, vaqti-

vaqti bilan bo‘lib turgan qatag‘onlar xalq ijodini

to‘plash va o‘rganish ishlariga ham salbiy ta’sir etdi. O‘tgan asrning 30

-yillaridan

boshlanib, 50-yillarning boshlarigacha davom etgan bu jarayon fan taraqqiyotini sekin-
lashtirdi. Masalan, 1932-

yilda Ohangaron va Chirchiq vodiylariga hamda Farg‘ona

vodiysiga folklor ekspedisiyalari uyushtirilar ekan, shu yillardan folklor to‘plash ish

lariga

asossiz aralashuvlar, ekspeditsiyalar oldiga siyosiy talablar qo‘yish boshlandi.

Shu sababli

Y.D.

Polivanov, G‘.O.

Yunusov, H.T. Zarifov, Q. Ramazonov, Sh. Abdullayeva kabilar

ishtirok etgan bu ekspeditsiyalarda asosiy e’tibor sun’iy ravishda sho‘ro

davri folklorini,

ayniqsa, kolxozchilar ijodini to‘plashga qaratildi, xalq ijodi bo‘lmagan to‘qima namunalar,
havaskorlarning folklorga aloqasi bo‘lmagan soxta she’rlari yozib olindi. Natijada,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

21

arxivlarda xalq orasida tarqalmagan, kimlardir tomonidan to‘qilgan qo‘shiqnamo
namunalar to‘planib qoldi, hatto asl nusxalari bo‘lmagan, go‘yo rus tiliga tarjima qilingan

folklor

asarlari

paydo bo‘ldi. Bunday “

namunalar

ning muayyan qismi nashrlarga ham

kirib qolganligini bugun afsus bilan qayd etish lozim”.

XX as

r boshlarida folklorshunos sifatida tanilgan, keyinchalik qatag‘on qilingan

olimlardan biri G‘ulom Zafariy edi. U 1921–

22-

yillarda Farg‘ona vodiysi folklorini,

hududga xos og‘zaki drama namunalarini, qo‘g‘irchoqboz va qiziqchilar haqidagi ma’lu

-

motlarni to

‘plashga alohida e’tibor bilan yondashgan. To‘plangan ana shu materiallar

asosida “Chig‘atoy

-

o‘zbek xalq teatrusi” (“Bilim o‘chog‘i”, 1923, 2

-3-

son) maqolasini e’lon

qilib, uning dastlabki tavsifini o‘quvchilar e’tiboriga havola qilgan.

Ko‘rinyaptiki, o‘tgan asr boshidagi folklorshunoslikka oid tadqiqotlar ko‘proq

maqolalar, folklor majmualari yoki metodik tavsiya va qo‘llanmalar ko‘rinishida amalga

oshirilgan. Bunga Bekjon Rahmonovning Xorazm vohasidan 564 ta maqol va matalni

yig‘ib, “O‘zbekcha otalar so‘zi” (1933) majmuasini chop ettirgani, adabiyotshunos Otajon
Hoshimning “O‘zbek folklori to‘g‘risida”, o‘sha davrda shoir sifatida tanilgan Hasan
Po‘latning “Folklorni kabinetdan topa olmaysan”, Hodi Zarifovning “Og‘zaki adabiyot
haqida ba’zi mulohazalar”, Miyonbuzruk Solihovning o‘zbek xalq teatrining mohiyati,
xarakteri, turlari haqidagi “O‘zbek teatri tarixi uchun materiallar” hamda an’anaviy
folklor namunalari, jumladan, “Alpomish”ning Berdi baxshidan yozib olingan varianti
kiritilgan “Oktyabrgacha bo‘lgan o‘zbek og‘zaki adabiyoti (folklor)” nomli ikki kitobini
ham misol qilib ko‘rsatish mumkin. Shunday bo‘lsa

-

da, bularning bari o‘zbek

folklorshunosligi tarixida o‘ziga xos o‘ringa va qimmatga egadir.

XX asrning 30-

yillari ikkinchi yarmida o‘zbek folklorsh

unosligiga Mansur Afzalov,

Sharifa Abdullayeva, Yusuf Sultonov kabi yangi tadqiqotchilar kirib kelishdi. Atoqli shoir

va akademiklar G‘afur G‘ulom bilan Hamid Olimjon, shuningdek, shoir va olim Maqsud

Shayxzoda, Shokir Sulaymon, Sharif Rizolar ham folklor muammolari, xususan, xalq

dostonlarini nashrga tayyorlash va chop ettirish ishlari bilan shug‘ullanib,

folklor-

shunoslik fanining manbashunoslik (folklor tekstologiyasi) tarmog‘i

shakllanishi va

rivojlanishiga ulush qo‘shdilar. Xususan, XX asrning 30

-yillari oxirlarida xalq dostonlarini

o‘rganishga nisbatan e’tibor yanada ortdi. Natijada Hodi Zarif, Hamid Olimjon, Maqsud

Shayxzoda, Mansur Afzalov, Buyuk Karimov, Shokir Sulaymon, Zafar Diyor, Yusuf
Sultonov, Umarjon Ismoilov kabi olim va shoirlar tomonidan s

o‘zboshi bilan nashrga

tayyorlangan 13 doston 1939

1942-yillarda birin-ketin bosilib chiqdi.

Folklorshunoslar sonining yildan yilga ortishi tufayli Madaniy qurilish ilmiy-

tekshirish institutining filologik tuzilmalari asosida Til va adabiyot ilmiy-tekshirish
instituti tashkil etilishi bilan etnografiya sektori folklor seksiyasiga (keyinchalik
sektorga) aylantirildi. Unga turli yillarda H.T. Zarifov (1934-1938), M. Afzalov (1938

1940), B. Karimov (1940

1941) kabi olimlar rahbarlik qildilar. Xuddi shu paytdan

boshlab folklor materiallarini qaytadan hisobga olish va sistemalashtirish boshlandi.

Natijada, hozirgi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til, adabiyot,

folklor instituti huzuridagi Folklor arxiviga asos solindi (1934).

O‘shandan beri doimiy

ravishda boyib borayotgan bu arxiv juda boy va bebaho xazinadir

*

.

1935 va 1937-yillarda H.T.

Zarifov rahbarligida Farg‘ona vodiysiga ikkita folklor

ekspeditsiyasi uyushtirildi. Respublikaning turli tumanlariga xodimlarni ilmiy safarga

* Unga 1998-

yilda sobiq Qo‘lyozmalar institutining folklor fondi ham kelib qo‘shildi. Bundan uning salmog‘i va

imkoniyatlari yanada kengaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

22

yuborish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Bu yillarda fanga ilgari ma’lum bo‘lmagan Islom shoir

Nazar o‘g‘li, Saidmurod Panoh o‘g‘li, Bo‘ri Sodiq o‘g‘li, Usmon Mamatqul o‘g‘li, Melash

Ermatov, Hasan Xudoyberdiev, Husanboy Rasulov, Qozoqhoji kabi dostonchi va

ertakchilar aniqlandi. Shuningdek, xalq ijodi namunalarnni ilmiy o‘rgannsh va nashr

etishda muayyan yutuklarga erishildi. H. Zarifov, M. Afzalov, B. Karimov, H. Olimjon,

M.Shayxzodalarning muhim ilmiy ma

qolalari e’lon qilindi. M.Solihov tuzgan

“Oktyabrgacha bo‘lgan o‘zbek og‘zaki adabiyoti” (1935), H.Zarifov va Sh.Rajabovlar

tayyorlagan “O‘zbek sovet folklori namunalari” (1935), B.Karimov tuzgan “O‘zbek xalq

ertaklari” (1939), M.

Afzalov va Y. Sultonovlar

tayyorlagan “O‘zbek sovet folkloridan

namunalar” (1938), Elbek tuzgan “Ashulalar” (1933, 1934, 1935) to‘plamlari bosilib

chiqdi.

Ayniqsa, oliy o‘quv yurtlari uchun Hodi Zarif tomonidan tayyorlangan ikki

kitobdan iborat “O‘zbek folklori” xrestomatiyasi (19

39, 1941) xalq ijodi asarlarini

davrlashtirish va sistemalashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Olim Sharafiddinov o‘tgan asrning birinchi yarmida (1903–

1943-yillarda) yashab

ijod etgan ko‘p qirrali adabiyotshunoslardan bo‘lib, uning ham adabiyotshunosl

ik va

folklorshunoslikka oid ilmiy-

tanqidiy merosi o‘ziga xos salmoqqa ega. Taniqli adabiyot

-

shunos Homil Yoqubov ta’kidlaganidek: “Lekin zahmatkash, izlanuvchan va talabchan

olim o‘z faoliyatining eng ko‘p qismini ulug‘ shoir va mutaffakkir Alisher Navoiy

hayoti va

ijodini tekshirishga bag‘ishladi” [2.

9.]. Bu borada u Navoiyning folklordan foydalanish

mahoratiga alohida e’tibor qaratib, shoir asarlari mazmuniga, obrazlarining mag‘ziga

umuminsoniy g‘oyalar chuqur singdirilishiga folklor o‘ziga xos yo‘l va vosita bo‘lganligini

e’tirof etadi.

Afsuski, qatag‘on siyosati uzoq davom etdi. Uning sovuq shamoli yurtimizda

folklorshunoslik fanining asoschisi sifatida tan olingan H.T. Zarifovni yanada chuqurroq

domiga torta boshladi. Negaki u Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, G‘ulom Zafariy, Elbek singari

folklorshunoslikda ancha tanilib qolgan olimlarning ishlarini sidqidildan davom

ettirmoqda edi. Hatto u turkiy xalqlar og‘zaki ijodi namunalarini yozib olish uchun

XIX asrning 2-yarmida akademik V.V. Radlov yaratgan lotin yozuvi asosidagi trans-

kripsiyaga asoslanib, 20-

yillarning ikkinchi yarmida arab yozuvi asosidagi o‘zbek folklori

materiallarini yozib olishga mo‘ljallangan shunday transkripsiyani ishlab chiqqan edi [3.

51.].

Qatag‘on siyosati nafaqat folklorshunoslik bilan shug‘ullanayotgan olimlarni, balki

xalqimizning bebaho qadriyatiga aylanib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga o‘tib

kelayotgan mashhur asarlarni ham domiga tortdi. Masalan, o‘tgan asrning 50

-yillari

boshlarida Folklor sektorining mudiri H.T.

Zarifov kosmopolitizmda ayblangan bo‘lsa,

shu yillari “Alpomish” dostoni qatag‘on etilib, uni kuylovchilar va o‘rganuvchilar qattiq

ta’qib qilina boshlandi. Natijad,a 1952

-yilning aprelida Folklor sektori asossiz ravishda

Mumtoz adabiyot sektorig

a qo‘shib yuborildi. Ammo Hodi Zarifov, Mansur Afzalov,

Muzayyana Alaviya, Zubayda Husainova, Hojiya Shokirova, Zaytuna Karimovalardan

iborat kichik bir guruh xalq ijodini keragicha o‘rganish va to‘plash ishlarini davom

ettiraverdilar [4. 5].

Xulosa qilib

aytganda, qatag‘on qilingan o‘zbek ziyolilarining aksariyati folklor

-

shunoslik bilan ham shug‘ullangan edi.

Ularning bu boradagi faoliyati, ilmiy qarashlari

o‘zbek folklorshunosligining keyingi taraqqiyoti uchun eshik ochdi. Uning nazariy

-

metodologik asoslari yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Eng muhimi, ularning jonkuyarligi,

fidoyiligi, milliy fan va madaniyatimiz, jumladan, o‘zbek folklorshunosligi ravnaqi

yo‘lidagi jonbozligi, ma’naviy jasorati, serqirra faoliyati yosh folklorshunoslar uchun

hamisha ibra

t maktabi bo‘lib qolaveradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

23

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Karimov

I. Yuksak ma’naviyat –

yengilmas kuch.

Тoshkent: Ma’naviyat, 2008. –

B. 97.

2.

Yoqubov H. Adabiyotshunosligimizning zabardast pioneri /

О

. Sharifiddinov.

Tanlangan asarlar.

Toshkent: Fan, 1978.

B. 9.

3.

Мирзаев

Т

.

Абдурауф

Фитрат

//

Ҳоди

Зариф

суҳбатлари

.

Устозлар

,

ҳамкорлар

ва

сафдошлар

.

Тошкент: “SHAMS –

ASA” МЧЖ

босмахонаси

.

Б

. 51.

4.

Mirzayev T. Folklor bo

limi // O

zbek tili va adabiyoti.

Toshkent, 2003.

1-son. B. 5.

5.

Amonov Ulugmurod Sultonovich

Новые грани творческого наследия Элбека.

“Til va adabiyot ta’limi” 2020

.

6.

Sh.R. Safarova Ulug

‘’murod Sultonovich Amonov “Boshlangʼich ta’lim sifat va

samaradorligini oshirish:strategiya, innovatsiya va ilg

‘or tajribalar” 2021/8

.

7.

У.С.

Амонов Научный подход а. Фитрата к пословицам Современные

тенденции развития науки и …, 2016

.

8.

U.S. Amonov Folklore in the works of abdurauf Fitrat Theoretical & Applied

Science, 2016.

9.

Amonov Ulugmurod Sultanovich Scientific-Theoretical and Practical Directions

of Uzbek Folklore of the Twentieth Century European Journal of Life Safety and Stability

2022/2/24.

10.

Amonov

U.S. O‘qish darslarida maqol j

anridan foydalanish usullari va

ahamiyati: DOI: 10.53885/edinres. 2021.53. 34.124 US Amonov, BuxDU filologiya fanlari

bo ‘yicha falsafa doktori (PhD) MQ Salohiddinova, BuxDU boshlang ‘ich ta’lim 2

-bosqich

talabasi //

Научно

-

практическая

конференция

.

2022.

11.

Amonov U. S., and Sh.R. Saparova.

The mother tongue textbook of the primary

school in elbek's interpretation

. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary

Research Journal 11.6 (2021): 403

407.

12.

Amonov, Ulugmurod Sultonovich.

Folklore in the works of abdurauf Fitrat

.

Theoretical & Applied Science 10 (2016): 9

12.

13.

Nigora, Adizova, and Adizova Nodira.

Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari

.

Conferences. 2021.

14.

Bakhtiyorovna, Adizova Nigora, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna.

The role

of the fun genre in children

s spiritual development

. Middle European Scientific

Bulletin 4 (2020): 38

40.

15.

Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna.

"Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District." Middle European

Scientific Bulletin 10 (2021).

16.

O.R.

Avezov. Ekstremal vaziyatlarda oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish

amaliyoti. Pedagogik mahorat 3 (No. 13), 145-150.

17.

Safarov F.S. et al. The effect of a tissue biostimulator on embryonic and post-

embryonic development of lambs // Uchen. Zap-azerb. Sel

.-khoz-Inst. Ser. zhivot.

1970.

№. 2. –

С. 38–

41.

18.

Hayitov H. A. Qushlarga ibrat-hazrati xizr! //

Интернаука. –

2020.

№. 12

-3.

С. 72–

73.

19.

Saidova M.J. Methods and Importance of Using Innovative Technologies in

Learning Concenter “Decimal” at Teaching Process of Math in Primary Schools //www.

auris-verlag. de.

2017.

20.

Saidova G.E, Roziyeva Z.S. Methods for improving the system of assessing

pupils 'knowledge based on the qualitological approach. Academicia: An International

Multidisciplinary Research Journal https: //saarj.com.2020. 321

326.

Библиографические ссылки

Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Тoshkent: Ma’naviyat, 2008. – B.97.

Yoqubov H. Adabiyotshunosligimizning zabardast pioneri / О.Sharifiddinov. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Fan, 1978. – B.9.

Мирзаев Т. Абдурауф Фитрат // Ҳоди Зариф суҳбатлари. Устозлар, ҳамкорлар ва сафдошлар. – Тошкент: “SHAMS – ASA” МЧЖ босмахонаси. – Б.51.

Mirzayev T. Folklor bo`limi //O`zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2003. – 1- son. B.5.

Amonov Ulugmurod Sultonovich Новые грани творческого наследия Элбека.“Til va adabiyot ta’limi” 2020

Sh.R.Safarova Ulug’murod Sultonovich Amonov “Boshlangʼich ta’lim sifat va samaradorligini oshirish:strategiya, innovatsiya va ilgʼor tajribalar” 2021/8

У.С. Амонов Научный подход а. Фитрата к пословицам Современные тенденции развития науки и …, 2016

U.S Amonov Folklore in the works of abdurauf Fitrat Theoretical & Applied Science, 2016

Amonov Ulugmurod Sultanovich Scientific-Theoretical and Practical Directions of Uzbek Folklore of the Twentieth Century European Journal of Life Safety and Stability 2022/2/24

AmonovU.S. O‘qish darslarida maqol janridan foydalanish usullari va ahamiyati: DOI: 10.53885/edinres. 2021.53. 34.124 US Amonov, BuxDU filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa doktori (PhD) MQ Salohiddinova, BuxDU boshlang ‘ich ta’lim 2-bosqich talabasi //Научно-практическая конференция. – 2022.

Amonov, U. S., and Sh R. Saparova. "The mother tongue textbook of the primary school in elbek's interpretation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.6 (2021): 403-407.

Amonov, Ulugmurod Sultonovich. "Folklore in the works of abdurauf Fitrat." Theoretical & Applied Science 10 (2016): 9-12.

Nigora, Adizova, and Adizova Nodira. "Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari." Conferences. 2021.

Bakhtiyorovna, Adizova Nigora, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna. "The role of the fun genre in children's spiritual development." Middle European Scientific Bulletin 4 (2020): 38-40.

Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna. "Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District." Middle European Scientific Bulletin 10 (2021).

O.R.Avezov. Ekstremal vaziyatlarda oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyoti. PEDAGOGIK MAHORAT 3 (No. 13), 145-150

Safarov F. S. et al. The effect of a tissue biostimulator on embryonic and post-embryonic development of lambs //Uchen. Zap-azerb. sel'.-khoz-Inst. Ser. zhivot. – 1970. – №. 2. – С. 38-41.

Hayitov H. A. Qushlarga ibrat-hazrati xizr! //Интернаука. – 2020. – №. 12-3. – С. 72-73.

Saidova M. J. Methods and Importance of Using Innovative Technologies in Learning Concenter “Decimal” at Teaching Process of Math in Primary Schools //www. auris-verlag. de. – 2017.

Saidova G.E, Roziyeva Z.S. Methods for improving the system of assessing pupils 'knowledge based on the qualitological approach. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal https: //saarj.com.2020. 321-326.