Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Expression of national traditions in the culture of the East and
West
Makhliyo SAIBNAZAROVA
1
National University of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
20 February 2021
Accepted 15 March 2021
Available online
15 April 2021
The article discusses the culture of the East and the West, the
importance of traditions, their value and contribution to the
development of the country, as well as the formation of each
person as an individual, only under the influence of social
relations in that time. It is also revealed that historical
experiences, cultural heritage created, collected and passed
down from generation to generation under the influence of
national values.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
culture,
value,
ancestors,
national treasure,
heritage,
experience,
individual.
Sharq va g‘arb badiyatida milliy urf odatlar ifodasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
madaniyat,
qadr-qimmat,
ajdodlar,
milliy qadriyat,
meros,
tajriba,
individ.
Maqolada sharq va g‘arb madaniyati, urf-odatlarning
ahamiyati, ularning qadr qimmati va mamlakat taraqqiyotiga
qo‘shgan hissasi, bundan tashqari xar bir kishining individ shaxs
sifatida shakllanishi, faqat o‘zi yashab turgan davrdagi ijtimoiy
munosabatlar ta’siri ostida bo‘lib qolmasdan, shuningdek,
tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan, to‘plangan va
avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy
qadriyatlar ta’siri ostida ham shakllanishi ochib berilagan.
1
lecturer, National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
181
Выражение национальных традиций в культуре Востока
и Запада
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
культура,
ценность,
предки,
национальное достояние,
наследство,
опыт,
индивид.
В статье рассматривается культура Востока и Запада,
значение традиций, их ценность и вклад в развитие страны, а
также становление каждого человека как личность только
под влиянием общественных отношений того времени.
Выявлено также, что исторический опыт, культурное
наследие создаются, собираются и передаются из поколения в
поколение под влиянием национальных ценностей.
Milliy urf – odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, axloq
normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda
mujassamlangan bo‘ladi. Ular xalqning faoliyati jarayonida tug`iladi, har bir xalq butun
tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum normada yo‘l-yo‘riqlarini yaratadi.
Bu norma va yo‘l-yo‘riqlar avloddan-avlodga o‘tish bilan takrorlanib, urf-odatlar va
an'analarga aylanib qoladi.
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qodiriy o‘zbek
romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan, hamda uni
zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklariga yaqinlashtirgan ijodkordir. Bu noyob iste’dod
sohibi XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida faxrli o‘rin egallaydi.
Abdulla Qodiriyning asarlari badiiy mahorat namunasidir. Bu asarlarda asosiy g‘oya
doimo yaqqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning hayot sharoiti xuddi ko‘z oldimizda
turgandek tasvir etiladi, bu asarlarning sujeti doimo qiziqarli, tili boy va shirali.
Bu asarlarning xalqqa manzur bo‘lgani bejiz emas. Abdulla Qodiriyning prozasi g‘oyatda
hayotiyligi bilan ajralib turadi. Qodiriyning tilidan xalqning boy va ajoyib tilini g‘oyatda
yaxshi bilganligi yaqqol seziladi; uning romanlari go‘zal til bilan yozilgan. U tug‘mа epik
yozuvchi, keng kо‘lamdagi realistik san’atkordir. Abdulla Qodiriy ning 44 yillik umri,
20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta’qibu tahdidlar ichida o‘tdi.
Rostgo‘y adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho‘ro voqeligiga
xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko‘rsatishga jazm etdi.
Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yilda “Mushtum”da
bosilgan “Yig‘indi gaplar” hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun “aksilinqilobiy
harakat qilganlik”da ayblanib qamoqqa olinadi, turli bo‘htonlar bilan sudlanadi.
Sudda u mardona turib o‘z sha’nini himoya qiladi. “Obid ketmon” qissasi ham sho‘ro
mafkurachilariga ma’qul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; “ideologik buzuqliklar va
xatolar”ga to‘la, “siyosiy tutruqsiz” asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy
romanlari esa asosiy ma’nosi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg‘usi, mustaqilligi, shaxs
erki, ijtimoiy adolat uchun kurash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi tufayli ham hukmron
mafkuraga zid asarlar bo‘lib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, kitobxonlarining
sevimli asarlariga aylangan bu romanlar sho‘ro davri siyosati uchun zararli kitoblar
sifatida keskin qoralandi. 30 yillar o‘rtalariga kelib, qatag‘on kampaniyasi avjiga chiqdi.
Nihoyat, A. Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni hibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi so‘roq-
tergov, qiynoq, xo‘rlikdan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.
Qodiriy hibsga olingach, asarlari “zararli” sanalib o‘tda yoqildi, kutubxonalardan yo‘qotildi,
ularni o‘qish taqiqlandi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
182
Yozuvchining o‘zidan qo‘shishi (ruscha aytganda, вымысел) adabiy asarda katta rol
o‘ynaydi. Lekin men turmushda ko‘rmagan, bilmagan narsam haqida hech narsa
yozmayman. Har bir asarimning yozilishiga turmushda uchragan biror voqea sabab
bo‘ladi… Men materiallarni o‘rganish mahalida asarni qaysi xilda yozish haqida bosh
qotirib yuraman. Shuning natijasida men o‘zimcha asarimning juda ham taxminiy
sxemasini tuzib olib, keyin ishga tushaman. Shunday sxema bo‘lmasa, hech qachon
yozuvga o‘tira olmayman deydi u.
Barchamizga ma’lumki, ijodkor o‘zining “O‘tkan kunlar” asari bilan o‘zbek
romanchiligiga salmoqli hissa qo‘shdi va romanchilikka asos soldi. Milliy ruhni to‘laqonli
aks ettirish va uni saqlab qolishda boshqa biror bir vosita badiiy adabiyotga tenglasha
olmaydi. Buni chuqur anglab yetgan adib “O‘tkan kunlar” romanida mana shu milliy ruh
nafasini singdirdi. Va aynan shu milliy ruh asar qahramonlarining taqdirlarida ham o‘z
ifodasini topdi[1]. Davlatimiz rahbari ham adabiyot haqida gapirar ekan milliy adabiyot,
avallo milliy ruhni aks ettirmog‘i lozimligini bot-bot o‘z nutuqlarida takrorlab keladilar.
Hozirgi davr adabiblaridan ham o‘zi yaratayotgan asarlarida milliy ruh nafasini har bir
qahramonlar timsoli va taqdirlarida namoyon qilishlari lozimligini, milliy ruhini saqlab
qolgan millat esa abadiy yashashini alohida ta’kidlaydilar.
Xon zamonlari va mustabid shurolar hukmronligi davrida xalq butunlay qoloq va
achinarli ahvolga kelib qolgan edi. Buni teran anlagan buyuk ma’rifatparvar adiblarimiz
o‘z harakatlari va yozgan asarlari bilan mudrab yotgan xalqni uyg‘otishga da’vat etar
ekanlar, ularni mavjud mustabid tuzum amaldorlari tomonidan vatan xoini, xalq dushmani
degan tamg‘a bilan Sibrga va mehnat tuzatish lagerlariga yuborilganligini Xamza,
Behbudiy, Fitrat kabi buyuk adiblarimizning asarlarini o‘qib, ularning hayot yo‘llarini
o‘rganish davomida chuqur anglab yetayapmiz. Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari ham
aynan ilmga va ma’rifatga chorlovchi asar bo‘lganligi uchun shunday ta’ziqlar ostida qoldi.
Ya’ni, asar dastlab chop etilganda uni kamsitish va buzib talqin etish hollariga yo‘l qo‘yildi.
M. Sheverdin asar haqida qarashlarini: “Roman avvalo aholining quyi sinf tabaqasi
to‘g‘risida tasavvur bermaydi. Romanni o‘qir ekanmiz, o‘sha vaqtlarda mehnatkashlarning
qanday kun kechirganlari, ularning ahvoli, mafaatlari haqida biror xulosa chiqara-
olmaymiz. Aksincha Qo‘qon xonligining barcha fuqarolari savdogar bo‘lgan va badavlat
yashagan, deb o‘ylash mumkin” – desa, tanqidchi Sotti Husayn “O‘tkan kunlar” haqida
yozgan maqolalarida A. Qodiriyni novatorligini payqamay, uni arab yozuvchisi Jo‘rji
Zaydonning taqlidchisi deb asossiz ravishda ayblaydi. Professor Sobir Mirvaliyev esa adib
ijodini puxta o‘rganib, xaqiqatdan ham Qodiriy Jo‘rji Zaydonni o‘zining ustozi deb bilganini
alohida ta’kidlab o‘tadi ammo u: “A. Qodiriy iste’dodi, mahorati va tasvirlash uslubi
jihatidan ustozidan anch yuqorida edi. Agar J. Zaydon tarixni tavsif etish yo‘lidan borsa,
A. Qodiriy uni tasvirlash, ko‘rsatish yo‘lidan bordi. U J. Zaydon kabi tarixchi-xronikachi
emas, yozuvchi-san’atkor sifatida maydonga chiqdi. Bu yozuvchining novatorligi edi.
Buning ustiga jo‘rji zaydon romanlari qahramonlari o‘z tili muallif nutqida bir ovozda
harakterga keltirsa, Abdulla Qodiriy romanida realistik epik nasrga xos ko‘p ovozlik
ustivorlik qiladi”, – deydi[2].
1968-yilda Germaniyaning Berlin shahrida “O‘tkan kunlar’’ romani “Toshkentlik
sevishganlar” nomi bilan nemis tilida nashr etilgan o‘zbekning shoh asarida obrazlari
orqali taqdir mavzusi juda chiroyli yoritilgan. Aynan bosh qaxramonlarning emas, balki
epizoddagi har bir obrazlar ularning hayot yo‘llari va taqdirlari nihoyatta chiroyli va
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
183
ishonarli qilib tasvirlab berilgan. Bunga biz asarni o‘qish jarayonida amin bo‘lamiz. Yana
bu roman shunisi bilin ham ahamiyatliki, asarda milly tarovat ufurib turadi. Bu xususiyat
obrazlarning ichki va tashqi qiyofasida ham, peyzaj va sujet tasvirida ham yaqqol ko‘rinadi.
Romanda ifodalangan milliy tarovat asar ta’sirligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, kitobxonga xalqimizning urf – odatlari, rasm – rusumlari, mehmon kutish,
to‘y qilish kabi marosimlariga oid juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlar beradi Esimni
tanibmanki, har doim Kumushning guzal xislatlarini qizlarga o‘rnak qilib kelinadi. Agar
kimning uyida qiz farzand dunyoga kelsa unga albatta Kumushbibi erkalatib Kumushoy
deb ism qo‘yishadi. Bu ham bo‘lsa Kumushga bo‘lgan cheksiz muhabbatdan nishonadir.
Ammo meni bir narsa doimo qiynaydi nega hech birimiz Zaynabga havas qilmaymiz?
Zaynabni Kumushning achchiq qismatida birinchi galdagi aybdor shaxs sifatida bilamiz-u,
lekin hech o‘ylab ko‘rganmizmi aslida “achchiq qismat” kimning taqdiri? Zaynabning
emasmi!? Aslida u emasmi jabirdiyda!?
“O‘tkan kunlar” shunday sehrli asarki, uni har o‘qiganimizda xulosalarimiz o‘zgarib
boradi. Masalan, maktab yoshidagi bolalar o‘qisa bolalarcha tushunadi, uni sal ulg’ayib o‘z
shaxsiy fikriga ega bo‘lganda o‘qisa ya’ni, kasb- hunar kollej, akademik litsey va oliy uquv
yurtlari talabalari yoshiga yetganda yana bir marotaba mutolaaga kirishishsa, asar va
uning qahramonlari haqidagi qarashlari butunlay bo‘lmasada, qisman o‘garadi. Mening
o‘zimda ham shunday holat yuz bergan. Maktabda o‘qib yurga kezlarimda ko‘pgina
tengqurlarim qatori Kumushni sevib, Zaynabni mutloq qoralaganman. Kumushning yosh
umri uvol bo‘lishiga, uning taqdiri shu yusunda zavol topishida faqat va faqat Zaynabni
aybdor deb bilganman. O‘sha kezlarda mening bu fikrimni xech narsa, xech qachon
o‘zgartira olmasdi. Biroq yaqinda o‘qib, Zaynabni ham tushunish kerak, Kumushning
o‘limida faqatgina u aybdor emas, bunda tantiq qizning o‘zi va majnun oshiq Otabek ham
qaysidir ma’noda sababchidir degan xulosaga keldim va meni qiynayotgan savollarga
o‘zimcha javob topgandek bo‘ldim. Yo‘q, o‘zi aslida kimnidir qoralab, kimnidir yoqlay
olmaymiz chunki bu – taqdir. Taqdirni esa biz emas, uni eng qudratli zot – Olloh belgilaydi.
Ammo shunday bo‘lsada, uni qay yo‘lga burilishida qaysidir ma’noda o‘zimiz sababchi
bo‘lamizda, keyin taqdirim shu ekan deb, ko‘nib qo‘ya qolamiz. Aslida taqdirimizdagi salbiy
o‘zgarishlarga sabab, o‘zimizning oxirini o‘ylamasdan qilgan xatti-harakatlarimizdir.
O‘z asarlarida mana shunday xalqining milliy urf – odatlarni aks ettirgan mashxur
ingliz yozuvchilaridan biri bu Jeyn Ostindir. Jeyn Ostin ingliz yozuvchisi, kundalik hayotda
oddiy odamlarga munosabati bilan birinchi marta romanga o‘zining aniq zamonaviy
xarakterini bergan. U hayoti davomida to‘rtta romanini nashr etgan:
Tuyg‘u va sezgirlik
(1811), G‘urur va Andisha (1813), Mansfild Park (1814) va Emma (1815).
Ularda va
“Ishontirish” va “Northanger Abbey”da u 19-asrning boshlarida inglizlarning o‘rta sinf
hayotini yorqin aks ettirgan. Uning romanlari davrning odob-axloq romanini belgilab
berdi, ammo ular o‘limidan ikki asr o‘tib tanqidiy va ommabop yutuqlar bo‘lib qoladigan
abadiy klassikaga aylandilar.
Jeyn Ostinning asarlari o‘ziga xos adabiy uslubi parodiya, burlesk, kinoya, erkin
bilvosita nutq va realizm darajasining kombinatsiyasiga asoslanadi. U asarlarida komediya
effekti va 18-asr sentimental va gotik romanlaridagi ayollar obrazini tanqid qilish uchun
parodiya va burleskdan foydalanadi[4].
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
184
Uning asarlari ham A. Qodiriy asarlaridagidek asosan ta’limga bag‘ishlangan. Ostin
19-asr boshlarida adabiyotda keng tarqalgan rasmiy axloqiy qoidalardan voz kechgan
bo‘lsa-da, uning asarlarining asosiy mavzusi odob-axloq, jamiyat oldidagi burch va diniy
jiddiylik bilan ajralib turadi. Romanlarida feministik mavzularni qay darajada aks
ettirganligi olimlar tomonidan keng muhokama qilingan. Ostinning deyarli barcha asarlari
18-asr oxiri va 19-asr boshlari ayollari duch kelgan xavfli iqtisodiy vaziyatni o'rganadi.
Jeyn Ostinning uchta dastlabki romani xarakterli va jamiyatning kulgili tasvirida
adabiy satiraning kuchli elementi bilan ajralib turadigan alohida guruhni tashkil etadi.
Ular “Sense and Sensibility” “Pride and Prejudice” va “Northanger Abbey”. “Sense and
Sensibility” qashshoq Dashvud opa-singillari haqida hikoya qiladi. Marianne – “sezgirlik”
ning qahramoni, ya'ni ochiqlik va g‘ayrat. U romantik oshiqga o‘xshab ko‘rinadigan, ammo
aslida vijdonsiz boylik ovchisi bo‘lgan jozibali Jon Uillobi bilan sevishib qoladi. “Pride and
Prejudice” qishloq janoblarining qizi Elizabeth Bennet va boy va aristokratik yer egasi
Fitsvilliam Darsi o'rtasidagi to‘qnashuvni tasvirlaydi. Ostin ularni bir-biriga qiziqishini
ko‘rsatsa-da, u “birinchi taassurotlar” konventsiyasini o‘zgartiradi. Oxir oqibat, ular sevgi
va o‘z-o‘zini anglashda birlashadilar. Aqlli va yuksak ruhiy Yelizaveta Jeyn Ostinning
barcha qahramonlari orasida eng sevimlisi edi va ingliz adabiyoti bilan eng ko‘p
shug‘ullanadiganlardan biri. “Northanger Abbey” odobli jamiyatning an’anaviy roman-
laridagi kinoyani gotik terror haqidagi ertaklarni tasvirlaydi.
Osten o‘zining oltita yirik romanida o‘z davridagi Angliyada o‘rta sinf hayotining
odob-axloq komediyasini yaratib, “maishiy” imkoniyatlarini ochib berdi. Uning yosh
ayolning turmushga bo‘lgan muhabbat yo‘li orqali o‘zini o‘zi kashf etish uchun qilgan
sayohati haqidagi takroriy afsonasi hayotning osongina tanib bo'ladigan tomonlariga
qaratilgan.
Uning xarakterlari va shaxsiyati hamda uning qahramonlari va ularning jamiyati
o‘rtasidagi ziddiyatlarga bog‘liq bo‘lgan bu kontsentratsiya uning romanlarini XVIII asr
an’analariga qaraganda zamonaviy dunyoga ko‘proq bog‘laydi. Aynan mana shu
zamonaviylik, uning nasriy uslubidagi zukkolik, realizm va zamonsizligi bilan birga,
uning zukko, xushchaqchaq hamdardligi va shu qadar mohirlik bilan hikoyalarda, juda
chiroyli qurilgan romanlarni mamnuniyat bilan davom etishini tushuntirishga yordam
beradi. Har xil turdagi o‘quvchilar uchun. Zamonaviy tanqidchilar romanlarning
buyruqbozlik tuzilishi va tashkil etilishi, yozuvchiga voqealar va sozlamalar shunchaki
odatiy va shu qadar maxfiy bo‘lgan voqealarda mavjudlik tragikomediyasini ochib
berishga imkon beradigan texnikaning g‘alabalaridan hayratda qolmoqdalar.
Jeyn Ostinning yozgan asarlari ajoyib va betakror bo‘lgani bilan uning shaxsiy hayoti
havas qiladigan darajada emas agar biz unga chuqurroq nazar solsak. Hozirgi kunda
Jeynning asarlariga qanchalik darajada qiziqish kuchli bo‘lsa uning hayotiga bo‘lgan
qiziqish ham shunchalik darajada kuchli. Uning yashab faoliyat olib borgan zamoniga
nazar soladigan bo‘lsak uning yozuvchilik faoliyatidagi birinchi to‘rtta asari anonim tarzda
chop etilganligini ko‘ramiz, ushbu ma’lumotlar hali ham saqlanadi uning singlisi
Kassandraning yozgan xatlari hali ham mavjud va keyinroq uning jiyani J.E. Ostin Ley
tomonidan 1869-yilda yozilgan Jeyn Ostin Xotirasiga bag‘ishlangan xotira nomli
yodnomasida yozib o‘tilgan[3].
U o‘zining Ishonch nomli asarida ushbu jamiyat o‘zgarishlari to‘g’risida juda ajoyib
tarzda tasvirlab o‘tgan. Jeyn 1817-yilning 18-iyulida yoshida vafot etadi. U hechqachon
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
185
sevgi to‘g‘risida bitiklar yoki sevgining kutilmagan nohaqliklari haqida yozib o‘tmagan.
Uning hayoti haqidagi ma’lumotlar hechqachon Jeynning ichki dunyosi, betakror va tezkor
aqli to‘g‘risida ma’lumot beraolmasdi, lekin uning ushbu hususiyati Jeynning barcha
asarlarida aks etgandir.
Jeyn Ostin ijtimoiy hodisalarni yoqtirar edi, bunday hodisalarda uning ishtroki
to‘g’risida yozgan xatlaridan bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda badiiy asarda milliy urf – odatlarning berilishi to‘g‘risida har
xil tushuncha va konsepsiyalar mavjud. Ushbu nazariya va konsepsiyalar yordamida biz
tanlagan asarlarimizda ingliz va o‘zbek yozuvchilarining milliy urf odatlarni qanchalar
ochib berishkanini oz bo‘lsada ko‘rib chiqdik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Karimov B. 20 asr oʻzbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (Qodiriy-
shunoslik misolida). FFD dissertatsiyasi, T., 2002.
2.
Qoʻshjonov M. Abdulla Qodiriyning tasvirlash sanʼati. T.: Fan, 1966.
3.
Butler, Merilin. Jeyn Ostin va g‘oyalar urushi. 1975 va 1987. Oksford: Oxford
University Press.
4.
Devlin, D. D. Jeyn Ostin va Ta’lim. London: Makmillan 1975.
