ISLOM BANKLARINING XUSUSIYATLARI VA O’ZBEKISTONDA JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Abstract

Maqolada islom banklarining ayrim jixatlari oʼrganilgan, asosiy vositalarining xususiyatlari tavsiflangan, ularning afzalliklari va kamchiliklari aniqlangan. Turli mamalakatlarda islom banki faoliyatining tajribasi oʼrganilgan va Oʼzbekistonda islom banklarini joriy etish istiqbollari taxlil qilingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
67-75
42

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Bobakulov , J. (2025). ISLOM BANKLARINING XUSUSIYATLARI VA O’ZBEKISTONDA JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI. Science and Innovation in the Education System, 4(2), 67–75. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/67967
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada islom banklarining ayrim jixatlari oʼrganilgan, asosiy vositalarining xususiyatlari tavsiflangan, ularning afzalliklari va kamchiliklari aniqlangan. Turli mamalakatlarda islom banki faoliyatining tajribasi oʼrganilgan va Oʼzbekistonda islom banklarini joriy etish istiqbollari taxlil qilingan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

67

ISLOM BANKLARINING XUSUSIYATLARI VA O’ZBEKISTONDA

JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Bobakulov Jaxongir

O’zbekiston Respublikasi Bank – moliya

akademiyasining magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14880909

Аnnotаtsiya

Maqolada islom banklarining ayrim jixatlari oʼrganilgan, asosiy

vositalarining xususiyatlari tavsiflangan, ularning afzalliklari va kamchiliklari
aniqlangan. Turli mamalakatlarda islom banki faoliyatining tajribasi oʼrganilgan
va Oʼzbekistonda islom banklarini joriy etish istiqbollari taxlil qilingan.

Kalit suzlar:

islom banki, mudaraba, ijara, istisna, murabaha, salam,

(riba)foiz, depozit.

O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va barqarorligi islom banklarining

muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda
so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur'ati yuqori bo‘lib, turli sanoat va xizmatlar
sektorlari rivojlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, moliya xizmatlariga talabni oshiradi.
Islom banklari iqtisodiyotning turli sohalarida (masalan, qishloq xo‘jaligi, sanoat,
kichik va o‘rta biznes) sarmoya kiritish va kreditlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Islom banklarining faoliyatini ta'minlash uchun iqtisodiy barqarorlik,

inflyatsiyaning past darajasi va pul-kredit siyosatining samaradorligi muhimdir.
O‘zbekiston markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit
siyosatining samaradorligi islom banklarining operatsiyalarini muvofiqlashtirish
va ularning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonning so‘nggi yillarda
inflyatsiyani kamaytirish va valyuta kursini barqarorlashtirishga qaratilgan
siyosatlari islom banklarining faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi mumkin.

Islom banklarining muvaffaqiyatli ishlashi uchun yaxshi rivojlangan va

diversifikatsiya qilingan moliyaviy bozorlar zarur. O‘zbekistonda moliya sektori
rivojlanayotgan bo‘lsa-da, u hali to‘liq global standartlarga javob bermaydi.
Shunga qaramay, islom banklarining rivojlanishiga oid normativ va huquqiy
bazaning shakllanishi, shu jumladan, islomiy moliya bozorlarining rivojlanishi,
davlat tomonidan moliyaviy bozorlarni tartibga solish va ular uchun maxsus
qoidalar ishlab chiqilishi bu sektorga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-

sonli «O’zbekiston-2030» strategiyasi to’gʼrisida»gi Farmonida bank tizimida
islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada
raqobatni rivojlantirish maqsadida kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasi
meʼzon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

68

shakllantirish belgilangan

1

.

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yildagi hisobotiga

koʼra, Islom taraqqiyot banki bilan Oʼzbekistonda banklar tomonidan islomiy
moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʼrsatish tizimini joriy qilish yoʼnalishlarida
xam hamkorlik olib borilmokda. Xozirgi kunda, O‘zbekistonning 12 ta banki,
jumladan, “Agrobank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Mikrokreditbank”, “Ipak yo‘li”
banki va boshqalar xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi
kredit liniyalari orqali murobaha xizmatlarini ko‘rsatmoqda. “Trastbank"ning
Trast Muamalat shuba korxonasi islomiy lizing xizmatlarini taqdim etmoqda

2

.

Oʼzbekistonda moliyaviy banklarni joriy etish va bank-moliya tizimiga islomiy
moliyalash tamoyilining tatbiq etilishi moliyalashtirishni yanada kengaytirish,
ayniqsa, kichik va oʼrta biznesni rivojlantirish, real ishlab chiqarishni
ragʼbatlantirish, shuningdek ijtimoiy adolatni mustahkamlash, muqobil
moliyaviy mahsulotlar paydo boʼlishi hisobiga aholining moliyaviy xizmatlardan
foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

Islom bankining an'anaviy bank ishi o'rtasidagi asosiy farq shundaki, Islom

banki shariat tamoyillariga asoslangan bo'lsa, an'anaviy bank ishi faqat inson
tomonidan yaratilgan. Shunday qilib, mahsulotlarning xususiyatlari va biznes
yondashuvi kabi operatsiyalarning barcha jihatlari shariat qonunlaridan kelib
chiqqan bo'lib, bu an'anaviy banklarnikidan sezilarli farqga olib keladi.

Islom banki foyda ko'ruvchi tashkilot bo'lsa-da, Islom shariati qoidalariga

murosaga kelmaydi. Islomiy bank ishi odatdagi foizga asoslangan banklar
singari narx belgilash va pul ayirboshlash va foiz olishga asoslanmagan, balki u
tovar va xizmatlar sotiladigan va shariatga muvofiq foyda olish uchun tavakkal
qilib sarmoya kiritiladigan savdo tizimidir

3

.

Islom banki shariat printsiplariga asoslangan boʼlib, asosiy printsiplaridan

biri – foiz olishni taʼqiqlashdir. Bu esa, musulmon qonunlariga koʼra, ijtimoiy
adolat va tenglikni taʼminlashga qaratilgan.

Islomiy bank (riba)foiz shaklida mukofot olish, investitsiya depozitining

qaytarilishini yoki daromadini kafolatlash, tamaki, alkogol mahsulotlari, qurol-
yarog‘lar va o‘q-dorilar ishlab chiqarish savdosi, qimor o‘yinlari kabi
faoliyatlarni moliyalashtirish (kreditlash) huquqiga ega emas, shuningdek, Islom
moliya prinsiplari bo‘yicha kengash tomonidan moliyalashtirish (kreditlash)
taqiqlangan boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatini ham amalga oshira olmaydi.

1

https://lex.uz/ru/docs/6600413

2

https://cbu.uz/upload/medialibrary/c2e/jcu9sa4tbwawr6xfqqnyn4ivpbc7s2l1/Yillik-hisobot-2024.pdf

3

Akhmadjonov O. et al. Islom banki va an’anaviy banklar o ‘rtasidagi farqlar //Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences.

– 2022. – Т. 2. – №. 10-2. – С. 755-761.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

69

Islom foizni foyda olishning bir shakli sifatida qoralaydi, shuningdek Islom
bankining yana bir muhim printsipi – islom qonunlariga zid boʼlgan
faoliyatlarga, masalan, alkogol yeki chuchqa go’shti ishlab chiqarishga
investitsiya kiritishni taʼqiqlashdir.

Islom banki jismoniy va yuridik

shaxslarning mablagʼlarini jalb qilib, ularni biznes subʼyektlariga investitsiya
sifatida yo’naltiradi, bu esa aylanma yoki asosiy kapitalni moliyalashtirishga
qaratilgan. Yaʼni, Islom banki gʼarb banklarining moliyaviy vositachilik
vazifalarini bajaradi. Farqi shundaki, bu vazifalar qanday bajarilishi, mablagʼlar
qanday oshirilishi va ular qanday ishlatilishiga bogʼliq. Gʼarb banklaridan farqli
o’laroq, islom banki depozitlar bo’yicha foiz to’lamaydi

4

.

Islom

bankida

quyidagi asosiy vositalar ajratiladi:

• musharika,
• mudoraba,
• ijara,
• istisno,
• salam,
• murobaxa.
Umumlashtirilgan holda, islom banki vositalarining xususiyatlari,

afzalliklari va kamchiliklari 1-jadvalda keltirilgan

5

.












4

Chernoskutov F. А. Islamskiy banking: osobennosti i perspektivы vnedreniya v Rossii //Vesennie dni nauki: sbornik

dokladov Mejdunarodnoy konferentsii studentov i molodыx uchenыx.—Ekaterinburg, 2023. – Izdatelьstvo Izdatelьskiy
Dom «Аjur», 2023. – S. 1246-1249.

5

Широкова, К. С. Исламский банкинг: мировой опыт и перспективы распространения в России / К. С.

Широкова, А. В. Рыжова // Ислам в Сибири: вызовы времени: сборник докладов Международной научной
конференции, Омск, 12–13 мая 2016 года. – Омск: Омский государственный технический университет, 2016. –
С. 79-82.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

70

1-jadval – Islom bankiniing vositalarini tahlil qilish

Vosita

Tavsifi

Afzalliklari

Kamchiliklari

Musharaka

Tadbirkor va bank
qo’shma

korxona

tashkil qiladi, uning
foydasi va zararini
har bir tomonning
kiritgan

kapitaliga

nisbatan
proportsional boʼladi
(bu

izoh

shuni

anglatadiki,

ham

tadbirkor ham bank
o’zlarining
sarmoyalari
miqdoriga

koʼra

korxonaning
foydasidan

yoki

zararidan
manfaatdor bo’ladi).

Bu usul karvon savdosi
davridan

qoʼllanib

kelinadi, demak, uning
qoʼllanilishi “vaqt bilan
sinovdan oʼtgan”.
Xavf kapital egalari
urtasida

ularning

sarmoyalariga
proportsinal ravishda
taqsimlanadi

(bu

usulning uzoq tarixga
ega ekanligi va uning
ishonchliligi
taʼkidlanmoqda,
shuningdek

xavfning

adolatli taqsimlanishi
xaqida

soʼz

yuritilmoqda).

Tomonlarning hech
biriga foyda olish
kafolati mavjud emas,
yaʼni

sheriklari

urtasidagi shartnoma
yoki kelishuvda foyda
olish haqida hech
qanday

kafolat

berilmaydi.









Mudaraba

Bu islomiy moliya va
biznes

sohasida

ishlatiladigan
shartnoma turidir. U
ikki tomon o'rtasida
tuziladi: biri "rab al-
mal" (mablag' egasi),
boshqasi

esa

"mudarib"

(ishni

amalga oshiruvchi).
Shartnoma asosida,
mablag'

egasi

kapitalni

taqdim

etadi, mudarib esa
bu mablag'ni ishga
soladi va tadbirkorlik
faoliyatini

amalga

oshiradi.

Agar

loyiha

zarar

ko'rsatsa, zarar faqat
mablag' egasiga tegishli

bo'ladi, mudarib esa

o'zining

mehnatini

yo'qotadi,

lekin

moliyaviy

zarar

ko'rmaydi.

Foyda

oldindan

kelishilgan

nisbata

asosida bo'linadi, bu
esa ikki tomonning
manfaatlarini
muvozanatlashga
yordam beradi.
Mudoraba
shartnomasida foizlar
mavjud

emas.

Bu

islomiy

moliya

tizimining

asosiy

prinsipi bo'lib, barcha

Mudaribning

o'z

mehnatiga

e'tibor

bermaslik yoki kam
ishlash xavfi mavjud.
Agar mudarib o'z
ishiga

jiddiy

yondashmasa,
mablag' egasi zarar
ko'rishi

mumkin.

Bunday

holatlarda,

mablag'

egasining

foyda

olish

imkoniyati kamayadi.
Mablag' egasi o'z
kapitalini

ishga

solishga

rozi

bo'lishiga
qaramasdan, loyiha
muvaffaqiyatsiz
bo'lsa,

u

barcha


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

71

operatsiyalar

"riba"

(foiz olish) dan holi
bo'ladi

va

shuning

uchun halal (ruxsat
etilgan) hisoblanadi.

zararlarni

o'z

zimmasiga oladi. Bu
mablag'

egasining

katta

xavf

ostida

qolishiga olib kelishi
mumkin,

ayniqsa,

loyiha
muvaffaqiyatsiz
yakunlansa.






Ijara

Bank aktivni sotib
olib, uni lizingga
beradi, baʼzida uni
sotib olish huquqi
bilan berishi ham
mumkin. Bu holatda
bank maʼlum bir
mulkni yoki aktivni
sotib oladi va uni
lizing asosida ijaraga
beradi.

Lizing

muddati

oxirida,

ijarachi

aktivni

belgilangan

narx

bo’yicha sotib olish
huquqiga ega bo’ladi.

Faoliyatning
mavsumiyligini
inobatga olgan holda,
to’lovlar

uchun

moslashuvchan jadval
tuziladi.
To’lovlar jadvali mijoz
faoliyatining mavsumiy
o’zgarishlarini hisobga
olib,
moslashtirilganligini
bildiradi. Masalan, agar
biznes faoliyati yilning
maʼlum

vaqtlarida

ko’proq

daromad

keltirsa, to’lovlar ham
shu

davrga

mos

ravishda

belgilanishi

mumkin.

Аgar

mulk

lizing

oluvchining

aybi

bilan bulmagan xolda
xalok bo’lsa, bank
zarar koʼradi. Bu
xolatda,

lizing

shartnomasi bo’yicha
mulkning

zarar

koʼrishi

yoki

yuqolishi

bankning

hisobidan

amalga

oshirilishi mumkin,
agar

bu

lizing

oluvchining

xatosi

yoki

beparvoligi

tufayli

boʼlmagan

boʼlsa

.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

72

Istisna

Bank

mijoz

va

ishlab chiqaruvchi
urtasida

loyixa

moliyalashtirish
doirasida vositachi
sifatida chiqadi. Bu
xolatda

bank

moliyalashtirish
jaraenida mijoz va
ishlab chiqaruvchi
urtasidagi
aloqalarni tashkil
etadi

va

ular

urtasida mablagʼlar
yeki

resurslar

almashinuvini
amalga oshiradi.

Ishlab

chikarishni

soddalashtirish

imkonini

beradi.

Tulovning

moslashuvchanligi:kelishuvga
binoan tulovlarni qismlar
bilan

amalga

oshirish

mumkin. Ishlab chiqarish
jaraenini osonlashtirish va
tulovlarni qismlarga boʼlib,
mos

keladigan

shartlar

asosida

amalga

oshirish

imkoniyati mavjud boʼladi.

Narx

shartnoma

tuzish

paytida

belgilanadi,

shu

sababli
narxlarning keskin
uzgarish

xavfi

yuzaga keladi. Bu
xolatda,

narx

shartnoma
tuzilgan

vaktga

bogʼliq

boʼlib,

kelajakda narxlar
oʼzgarishi mumkin,
bu esa moliyaviy
xavf tugʼdiradi.

Salam






Bank mijozi uchun
tovarni sotib oladi,
sungra uni mijozga
bank

xizmatlari

uchun tulovni uz
ichiga olgan narx
bilan qayta sotadi,
shu bilan birga
mijoz

tulovni

oldindan

amalga

oshiradi

.

Sotuvchi ishlab chikargan
tovarning tuliq xajmda sotib
olinishi kafolatini oladi, mijoz
esa

buyurtma

kilingan

tovarni belgilangan miqdorda
va yuqori sifatda olishi
kafolatlanadi. Bu xolatda
sotuvchi va xaridor oʼrtasida
tovar sotib olish va sotish
shartlari buyicha kafolatlar
mavjud, bu esa tomonlarning
oʼzaro ishonchini taʼminlaydi.

Shartnoma
buyicha tovarning
yetkazib

berish

vaktida

anik

narxini
belgilashning
imkonsizligi
mavjud.

Bu

xolatda, shartnoma
tuzilgan

paytda

tovarning

narxi

anik

boʼlmasligi

yeki

kelajakda

o’zgarishi
mumkun.

Murabaha

Mijoz

bankka

maʼlum tovarlarni
sotib olishni iltimos
kiladi, bank esa
sotib olish, saklash
va tashish ishlarini
uz zimmasiga oladi.
Keyinchalik bank
tovarni

mijozga

shartnomada

Shartnomaning

nisbatan

soddaligi shundaki, bunda
foyda

tovarning

narxiga

kushilgan kushimcha narxdan
iborat boʼladi. Bu xolatda
shartnoma

oddiy

boʼlib,

bankning daromadi tovarning
asl

narxiga

qushilgan

qoʼshimcha narxdan olinadi.

Mijozning tovarni
sotib

olishdan

bosh tortish xavfi
mavjud.

Ushbu

vosida

koʼplab

mutaxassislar
tomonidan
yashirin foizlarni
xavfi tufayli tanqid
qilinadi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

73

belgilangan
qushimcha

narx

bilan sotadi. Bu
xolatda bank mijoz
uchun

tovarlarni

xarid qilish, saklash
va

tashish

jaraenlarini
boshqaradi, sungra
belgilangan narxga
asosolanib, ularni
mijozga sotadi.

Asosan Islom banklari Yaqin Sharq, Fors ko’rfazi mamlakatlari va

Malayziyadagi hududlarda joylashgan. 2020 yilda shariat qoidalari bo’yicha
boshqarilayotgan moliyaviy resurslar hajmi 3 trillion dollarga yetgan

6

. Batafsil

ma’lumot 2-jadvalda keltirilgan.

2 - jadval – 2022 yil davomida islom banklari aktivlarini eng katta oʼsishini

koʼrsatgan mamlakatlar reytingi

7

Davlat

2022-yil Islom banklari

aktivlarining xajmi, mil.

dollar.

2021 – yilga nisbatan

o’zgarish, %

1

Saudiya Аrabistoni

385,590

27,82

2

Iroq

80,850

27,46

3

Qatar

149,361

21,92

4

Pokiston

21,792

16,17

5

Ummon

13,314

13,26

6

Indoneziya

16,267

11,87

7

Bangladesh

55,186

10,44

8

Shri-Lanka

66,600

10,17

9

Bahrayn

76,357

5,95

10

Quvayt

107,584

4,99

6

Юсупов С. В России появится исламский банкинг. Что это такое, почему запрещен доход с процентов и какие

перспективы, banki.ru [Электронный ресурс] https://www.banki.ru/news/daytheme/?id=10971107 (Дата
обращения: 08.04.2023)

7

John Everington. The Banker’s Top Islamic Financial Institutions 2022, thebanker.com [Электронный ресурс]

https://www.thebanker.com/Marke.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

74

MDX mamlakatlarida islom moliya xizmatlari sektori boʼyicha Qozogʼiston

Respublikasi yetakchi hisoblanadi: 2025 yilga kelib, Islom banklari aktivlarining
bank sektori umumiy aktivlaridagi ulushi 3% ga oshirilishi rejalashtirilgan.
Qirgʼiziston Milliy banki 2025 yilga kelib islom moliyasining ulushini 5% ga
oshirishni maqsad qilgan

8

.

Islom banki joriy etilganda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan xavf –

fuqarolarning uning imkoniyatlari haqida yetarlicha maʼlumotga ega emasligi va
uning omma tomonidan notoʼgʼri qabul qilinishi, shuningdek, qonun loyihasining
qabul qilinishi bilan moliya bozoriga yangi ishtirokchilar kirib kelishi, bu esa
fuqarolarda maʼlum darajada ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Аyrim olimlarning fikriga qo’shilgan holda, taʼkidlash lozimki, tijorat

banklari oʼz xodimlarining islom banki xizmatlari tamoyillari va faoliyati
boʼyicha oʼqitilishini taʼminlashi shart. Bunga xodimlarni shariat moliya
qoidalariga oʼrgatish va tegishli mahsulotlarni sotish kiradi. Xodimlarni shariat
moliyalashtirish qoidalari va tegishli mahsulotlarni sotish tartibiga oʼrgatish
shariat moliyalashtirish bilan shugʼullanuvchi bank faoliyatining muhim
qismidir. Bu xodimlarga ushbu sohani tartibga soluvchi asosiy tamoyillar va
qoidalarni tushunish imkonini beradi.

Xulosa sifatida taʼkidlash lozimki, O’zbekistonda Islom banklarini joriy etish

va islom banki maxsulotlarini rivojlantirishning xuquqiy asoslarini yaratish,
Islom banklarini tashkil qilish uchun alohida litsenziya va tartibga solish
mexanizmlari joriy etilishi zarur. Islom banklari faqat shariatga mos faoliyat
ko‘rsatadigan banklar sifatida ro‘yxatga olinishi va faoliyatini shu asosda olib
borishi kerak.

Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаti:

1.

Akhmadjonov O. et al. Islom banki va an’anaviy banklar o ‘rtasidagi farqlar

//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. –
2022. – Т. 2. – №. 10-2. – С. 755-761.
2.

Абсаматов А. Э. ЎЗБЕКИСТОНДА ИСЛОМ БАНК ХИЗМАТЛАРИНИ

ЖОРИЙ ҚИЛИШ ИМКОНИЯТЛАРИ //Scientific Journal of Actuarial Finance
and Accounting. – 2024. – Т. 4. – №. 01. – С. 347-353.
3.

Юсупов С. В России появится исламский банкинг. Что это такое,

почему запрещен доход с процентов и какие перспективы, banki.ru

8

Широкова, К. С. Исламский банкинг: мировой опыт и перспективы распространения в России / К. С.

Широкова, А. В. Рыжова // Ислам в Сибири: вызовы времени: сборник докладов Международной научной
конференции, Омск, 12–13 мая 2016 года. – Омск: Омский государственный технический университет, 2016. –
С. 79-82.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

75

[Электронный ресурс] https://www.banki.ru/news/daytheme/?id=10971107
(Дата обращения: 08.04.2023)
4.

Широкова, К. С. Исламский банкинг: мировой опыт и перспективы

распространения в России / К. С. Широкова, А. В. Рыжова // Ислам в
Сибири: вызовы времени: сборник докладов Международной научной
конференции, Омск, 12–13 мая 2016 года. – Омск: Омский государственный
технический университет, 2016. – С. 79-82.
5.

Chernoskutov F. А. Islamskiy banking: osobennosti i perspektivы

vnedreniya v Rossii //Vesennie dni nauki: sbornik dokladov Mejdunarodnoy
konferentsii studentov i molodыx uchenыx.—Ekaterinburg, 2023. – Izdatelьstvo
Izdatelьskiy Dom «Аjur», 2023. – S. 1246-1249.
6.

John Everington. The Banker’s Top Islamic Financial Institutions 2022,

thebanker.com [Электронный ресурс] https://www.thebanker.com/Marke.
7.

https://lex.uz/ru/docs/6600413

8.

https://cbu.uz/upload/medialibrary/c2e/jcu9sa4tbwawr6xfqqnyn4ivpbc

7s2l1/Yillik-hisobot-2024.pdf.

References

Akhmadjonov O. et al. Islom banki va an’anaviy banklar o ‘rtasidagi farqlar //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 10-2. – С. 755-761.

Абсаматов А. Э. ЎЗБЕКИСТОНДА ИСЛОМ БАНК ХИЗМАТЛАРИНИ ЖОРИЙ ҚИЛИШ ИМКОНИЯТЛАРИ //Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting. – 2024. – Т. 4. – №. 01. – С. 347-353.

Юсупов С. В России появится исламский банкинг. Что это такое, почему запрещен доход с процентов и какие перспективы, banki.ru [Электронный ресурс] https://www.banki.ru/news/daytheme/?id=10971107 (Дата обращения: 08.04.2023)

Широкова, К. С. Исламский банкинг: мировой опыт и перспективы распространения в России / К. С. Широкова, А. В. Рыжова // Ислам в Сибири: вызовы времени: сборник докладов Международной научной конференции, Омск, 12–13 мая 2016 года. – Омск: Омский государственный технический университет, 2016. – С. 79-82.

Chernoskutov F. А. Islamskiy banking: osobennosti i perspektivы vnedreniya v Rossii //Vesennie dni nauki: sbornik dokladov Mejdunarodnoy konferentsii studentov i molodыx uchenыx.—Ekaterinburg, 2023. – Izdatelьstvo Izdatelьskiy Dom «Аjur», 2023. – S. 1246-1249.

John Everington. The Banker’s Top Islamic Financial Institutions 2022, thebanker.com [Электронный ресурс] https://www.thebanker.com/Marke.

https://lex.uz/ru/docs/6600413

https://cbu.uz/upload/medialibrary/c2e/jcu9sa4tbwawr6xfqqnyn4ivpbc7s2l1/Yillik-hisobot-2024.pdf.