SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
31
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA SO‘Z BOYLIGINI
OSHIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
G‘afurova Durdona Farhod qizi
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, Navoiy davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14383480
Anotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun so‘z
boyligini oshiruvchi o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning ahamiyati va dars
jarayonida o‘quv topshiriqlarining roli hamda o‘rni haqida fikrlar izohlangan.
Kalit so‘zlar:
o‘quv topshiriqlari, boshlang‘ich sinf, o‘quvchilar,
bilim, dars,
pedagog, maktab, mashqlar.
Аннотация:
В данной статье объясняется важность разработки
словарно-обогащающих учебных задач для учащихся начальных классов, а
также роль и место учебных задач в ходе урока.
Ключевые слова:
учебные задачи, начальный класс, учащиеся,
знания, урок, педагог, школа, упражнения.
Abstract:
This article explains the importance of developing vocabulary-
enhancing educational tasks for primary school students and the role and place
of educational tasks in the course of the lesson.
Key words:
educational tasks, primary class, students, knowledge, lesson,
pedagogue, school, exercises.
Hozirgi davrga kelib butun jahonda dunyo mamlakatlari ichida sivilizatsiya,
globallashuv juda tez sur’atlarda osib borayotgan bir davrda, bizning ona
vatanimiz jonajon O‘zbekistonimiz ham bunday rivojlanish, taraqqiy etib borish
borasida dunyo hamjamiyati bilan bir qatorda, taraqqiy etib borayapti. Albatta,
har bir ishda mashaqqat va qiyinchiliklar bo‘lganidek, bunday yutuqlarni,
marralarni zabt etishimizda inson omili, inson qadri birinchi o‘rinda turadigan
yurtimizda ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyos hisoblanadi.
Hurmatli yurtboshimiz tomonlaridan ayniqsa, ta’lim sohasiga berilayotgan
e’tiborni mam’nuniyat bilan ta’kidlanishimiz lozim, buning uchun kerak bo‘lsa,
rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi o‘rganilib, buni yurtimizga tadbiq
etishdagi malakali pedagoglarni yurtimizga jalb qilish borasidagi chiqargan
buyruq va farmoyishlari barchamizni juda ham mamnun qilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 23-avgust kuni xalq ta'limi
tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish,
yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor
yig‘ilishidagi nutqlaridan misollar keltirmoqchiman “Maktabni o‘zgartirmasdan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
32
turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta'lim va tarbiyaning asosi,
poydevori bu – maktab. Maktab – bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi.
Uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning
ishi, burchiga aylanishi kerak. Ta'lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona
tizim yaratish, o‘qitish metodlari, ta'lim standartlari, darslik va o‘quv
qo‘llanmalarini yangilash zarur”, -degan firklarini eshitib biz yoshlarda oldinga
bo‘lgan harakat kelajakka bo‘lgan umid yanada kuchaydi.
Bugungi kunda maktablarimizdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z
boyligini oshirishda nutqini ravon qilishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda,
bularga misol qilib yangilanayotgan darsliklar, turli xildagi o‘quv qo‘llanmalar,
yangicha yondoshilayotgan o‘quv lug‘atlarini misol qilib olishimiz mumkin. Bu
davrning yoshlari juda zukko, zehnli va keng fikr doirasiga ega hisoblanadi.
Ularni nutqini yanada ravon, tiniq qilishda pedagogdan katta bilim va mahoratni
talab etadi. Bunda turli xil o‘quv topshiriqlaridan foydalanish dars vaqtida va
darsdan tashqari har bir boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bilan individual va
jamoaviy tartibda shug‘ullanish juda yaxshi samara beradi, uyga berilgan
vazifalarni to‘g‘ri qo‘yish uni bajarilgani ustidan nazoratni o‘z vaqtida amalga
oshirish ham muhim rol o‘ynaydi.
Shu kabi yangidan-yangi dars o‘tish metodikasini ishlab chiqish
pedagogdan katta bilim va ko‘nikmani talab etadi. Lekin afsuski, hozizgi
maktablarimizda aksariyat pedagoglar dars jarayonida o‘quvchilar bilan
ishlashda hozirgi yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash madaniyati va
pedagogik mahoratlarini uyg‘unlashtira olmaydilar, odiygina o‘tgan dars
takrorlash bugungi darslariga taalluqli bir necha mashqlarni bajarish bilan
cheklanadilar. O‘qituvchi qanchalik o‘z ustida ko‘p ishlasa, bilim doirasini
kengaytirsa, unda yangidan-yangi g‘oyalar tug‘ila boshlaydi.
Boshlang‘ich ta’lim muammolariga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni va
internet manbalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
o‘quvchilarning nafaqat
nazariy bilimlari, balki ularni amaliyotda qo‘lay olish ko‘nikma va malakalari
ham shakllantirib borish kerak. O‘qituvchilar har bir boshlangich sinf
o‘quvchilarining o‘zlashtirishiga qarab o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishi va
dars jarayonida oqilona foydalanishi zarur. Boshlang‘ich sinf dars jarayonlarida
o‘quv topshiriqlaridan foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
uchun qulay
bo‘lgan fiziologik sharoitlarni va psixologik muhit yaratish imkoniyatini yuzaga
chiqaradi va bu boshlangʼich taʼlim tizimini sifatini va samaradorligini
oshirish uchun xizmat qiladi.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
33
O‘quv topshiriqlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini erkin fikrlashga,
stress holatlarini yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etishga, individual
yondashishga, ma’suliyatlilik hissini singdirib borishga o‘rgatiladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har
tomonlama barkamol boʼlib yetishishida ta’lim jarayonida o‘quv topshiriqlaridan
samarali foydalanish muhim oʼrinni egallaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Ta’lim tog‘risidagi qonun, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son, lex.uz
2. Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi, 24.10.2020 y, lex.uz
3. Karima Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. T.”
Noshir” nashriyoti 2009. 352 b.
4. G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. (Ona tili o‘qituvchilari
uchun metodik qo‘llanma). – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – 46 b.
