SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
59
SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT
SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI
Xakimova Go‘zal Akbar qizi
Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12903775
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
innovatsiyalar
samaradorligini
baholashning umumiy iqtisodiy tamoyili bo‘lib, undan olingan samara (natija) va
harajatlarni solishtirish hisoblanadi. Harajatlar bilan natijalarni solishtirishga
asoslangan innovatsiyalar samaradorligini hisoblash usuli innovatsiyalarning
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlarni qabul qilishni nazarda tutadi.
Kalit so‘zlar:
integral samara, innovatsiyalar rentabelligi, harajatlarni
qoplash, ishlab chiqarish, innovatsion faoliyat, korxonalar, moliyaviy
barqarorlik
.
Annotatsiya.
В данной статье общим экономическим принципом
оценки эффективности инновации является сравнение эффекта
(результата) и затрат, полученных от него. Метод расчета эффективности
инноваций, основанный на сравнении затрат и результатов, предполагает
принятие решения о целесообразности инноваций.
Ключевые слова:
комплексная эффективность, инновационная
рентабельность, окупаемость затрат, производство, инновационная
деятельность, предприятия, финансовая устойчивость.
Abstract.
In this article, the general economic principle of evaluating the
effectiveness of innovation is the comparison of the effect (result) and costs
obtained from it. The method of calculating the effectiveness of innovations,
based on the comparison of costs and results, involves making decisions about
the appropriateness of innovations.
Key words:
integrated efficiency, innovation profitability, cost recovery,
production, innovative activity, enterprises, financial stability.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda iqdisodiy rivojlanishning an’anaviy
resurslarga asoslangan modelining yagona muqobil varianti bo‘lib, insonlarning
intellektual salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsion
jarayonlar samaradorligini oshirish strategiyasi hisoblanadi. Bunda
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-
tadbirlarini belgilashda fan sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoqdarni rivojlantirish,
jahondagi globallashuv jarayonlar ta’sirini har tomonlama hisobga olish,
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan
shakllantirish va ularni izchil amalga oshirishni taqozo etmoqda.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
60
Hozirgi vaqtda jahonning yetakchi davlatlari taraqqiyoti uchun sanoat
rivojlanishidan keyingi bosqich xos bo‘lib, bu bosqichda iqtisodiy o‘sish
omillarining roli va o‘rni o‘zgarmoqda. An’anaviy hisoblangan uch omilga,
mehnat, yer va kapitalga fan-texnika taraqqiyoti omili ham qo‘shildi.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi muhim resurslari hisoblangan
axborotlar va bilimlar alohida ahamiyat kasb etib, bunda inson salohiyati hal
qiluvchi rolga ega bo‘ldi.
Jahonda globallashuv jarayonining chuqurlashuvi va ilmni ko‘p talab
qiluvchi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishning ustuvor rivojlanishi
har qanday mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va turmush sifati oshishining zaruriy
sharti innovatsion faollik bilan belgilanadi. Innovatsion faollik, o‘z navbatida,
davlatning iqtisodiy va ilmiy-texnik imkoniyatlari, uning innovatsiyaga oid
siyosati va salohiyati, shuningdek, jamiyatning ma’naviy holatiga bog‘liq.
Innovatsiya faoliyati umumiy boshqarishning mustaqil yo‘nalishi sifatida
XX asrning 10-20 yillarida ajralib chiqdi. Bu davr tovarlar ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishning texnologik va texnik bazasi vujudga kelishi bilan
tavsiflanadi. Dunyoda global umumjahon bozori vujudga keldi. Ishlab
chiqarilgan mahsulot tarkibida yangi ilmiy tadqiqotlar natijasida ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning ulushi oshib bordi. Texnik jihozlar ko‘pgina
modellarining (radio-telejihozlar, hisoblash mashinalari, avtomobillar va x.k)
hayot davri qisqardi.
Iqtisodiyotda innovatsion faoliyat fan-texnika taraqqiyot yo‘nalishlari,
ijodiy va amaliy ishlanmalar hamda tadqiqot natijalarini bevosita amaliyotga
joriy qilishga yo‘naltirilgan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Modomiki,
«innovatsiya» kategoriyasining mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv
va texnologik jihatdan ancha keng tushunchadir. Innovatsion faoliyat va
yo‘nalishlar sohasi keng ko‘lamli bo‘lib, nafaqat ilmiy-texnikaviy, texnologik
yangiliklar va ishlanmalardan amaliyotda foydalanishni o‘z ichiga olmasdan,
balki ishlab chiqarilgan tovar- mahsulot, mehnat jarayoni, marketing, ishlab
chiqarishni tashkil etish hamda boshqaruv jarayonidagi o‘zgarishlarni ham
qamrab oladi.
Ilmiy adabiyotlarda “innovatsiya” terminiga ko‘plab turlicha ta’riflar
keltirilgan va keng yoritilgan hamda ushbu hodisa bilan bog‘liq jarayonlarning
ko‘p xususiyatli turkumlanishi taklif etilgan bo‘lsa-da, lekin ushbu sohaning
umumiy atamashunosligi va tasniflanishida umumiy yondashuv mavjud emas.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
61
Mavjud adabiyotlarda “innovatsiya” kategoriyasining mohiyati ilmiy
nazariy jihatdan atroflicha talqin qilingan bo‘lib, bu jarayon bilan bog‘liq turli xil
tavsifdagi jarayonlar izohi keltirilgan. Ular quyidagilardan iborat (1-jadval).
1-jadval
“Innovatsiya” kategoriyasini aniqlash terminlari tavsifi
Mualliflar
“Innovatsiya” kategoriyasining aniqlanishi
I.Shumpeter
Innovatsiya - tadbirkorlik rudi bilan motivatsiyalashgan ishlab
chiqarish omillarining o‘zgarishi (yangi kombinatsiyalar). Maqsadi -
yangi ko‘rinishdagi tovarlarni joriy etish va foydalanish, ishlab
chiqarishning yangi usul va uslublari, xom ashyoning yangi
manbalari, yangi bozorlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil
etishning yangi shakllari.
B.Santo
Innovatsiya - ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. Bunda goyalar va
ixtirolardan amaliy foydalanish orqali o‘z xususiyatlari bo‘yicha eng
yaxshi mahsulotlar, texnologiyalar yaratishga olib keladi va agarda
innovatsiya iqtisodiy samara, foydaga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning
bozorda paydo bo‘lishi qo‘shimcha daromad olib kelishi mumkin.
K.Nayt
Innovatsiya - bu tashkilot yoki uni bevosita qamrab olgan muhitga
munosabat bo‘yicha u yoki bu yangisini joriy etishdir.
X.Barnet
Innovatsiyaga «har qanday goya, faoliyat yoki moddiy natija»
tegishli, u mavjud shakldan o‘zining sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha
farqida yangi hisoblanadi.
A.I.Prigojiy
Yangiliklar boshqa ob’ektlarda tug‘ilish, o‘zlashtirish, diffuziya
bosqichlariga texnologiyalar, texnika, boshqaruvning rivojlanishiga
olib keladi.
B.Tviss
Innovatsiya - jarayon bo‘lib, ixtirolar va yangi g‘oyalar iqtisodiy
mazmunga ega bo‘ladi.
P.N.Zavlin,
A.K.Kazantsev,
L.E.Mindeli
Innovatsiya
-
faoliyat
jarayoni
yoki
uning
natijalarini
takomillashtirishga yo‘naltirilgan u yoki bu ijtimoiy sohada
intellektual (ilmiy-texnik) natijalaridan foydalanish.
Fraskati
Radbariyati
Innovatsiya - bu amaliy faoliyat yoxud ijtimoiy xizmatlarga yangicha
yondashuv asosida foydalaniladigan yangi va takomillashgan
texnologik jarayon hamda yangi va takomillashgan ko‘rinishda
bozorda realizatsiya qilinadigan innovatsion faoliyatning yakuniy
natijasidir.
R.A.Fatxutdinov
Innovatsiya - iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqa
ko‘rinishda samara olish va boshqarish ob’ektini o‘zgartirish
maqsadida yangiliklarni joriy etishning yakuniy natijasidir.
F.F.Bezdudniy,
G.A.Smirnova,
O.D.Nechaeva
Innovatsiya - bozorda mavjud talabni qondirish imkonini beruvchi va
iqtisodiy samara keltiradigan har qanday hayot sohasi va inson
faoliyatida yangi g‘oyalarni realizatsiya qilish jarayonidir.
S.V.Ildemenov,
Innovatsiya - korxona faoliyatining samaradorligini oshirish
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
62
A.S.Ildemenov,
A.P.Vorobev
imkonini beruvchi yangi g‘oyalarni yaratish va ulardan foydalanishni
ommalashtirishning kompleks jarayoni rivojlanishidir.
A.I.Anish,
A.A.Dagaev
Innovatsiya - yangi ilmiy-texnik (texnologik), tashkiliy-iqtisodiy,
ishlab chiqarish yoki boshqa qarorlarni dastlab amaliy qo‘llashdir.
V.G.Zinov
Innovatsiya - yangi iste’mol qiymat ko‘rinishida ijodiy jarayonlar
natijasidir.
P.N.Mashegov
innovatsiya keng ma’noda - maqsadga yo‘naltirilgan natija
hisoblanuvchi qandaydir ijobiy o‘zgarish;
innovatsiya nisbiy shakllanish darajasida tizim shakllanishining
ichki va tashqi samaradorligi oshishini ta’minlovchi alohida tizim-
o‘zgarishidir;
innovatsiya shaxs darajasida - jamiyat talab etadigan intellektual
faoliyat natijasidir.
Innovatsion
menejment
Innovatsiya (yangilik) yangi ilmiy-texnik (texnologik), tashkiliy-
iqtisodiy, amaliy va boshqa qarorlarni dastlab amaliy joriy etish
sifatida tasniflanadi.
“Innovatsiya” tushunchasini iqtisodiy kategoriya sifatida dastlabki
tadqiqotini amalga oshirgan iqtisodchi olim Yozef Aloiz Shumpeter bo‘lib, uning
yondashuviga ko‘ra, “innovatsion faoliyat - bu mahsulotni takomillashtirish yoki
yangisini tayyorlashga intilish, yangi texnologiyani joriy etish yoki sotishning
yangi bozorlarini o‘zlashtirish, ta’minotning yangi shakllari va yangi manbalarini
egallash hamda mehnat va ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishdir”.
Iqtisodiyotning transformatsiyalashishi sharoitida innovatsiya o‘zgarish
jarayoni va omilining muayyan funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Y.Shumpeter
yondashuviga ko‘ra, innovatsiya takomillashtirish jarayoni emas, balki ishlab
chiqarish funksiyasining sezilarli darajada almashtirilishi hisoblanib, mehnat va
ishlab chiqarish vositalarining o‘zaro yangicha birikishidir.
Aytish lozimki, Y.Shumpeterni avvalambor, innovatsiyalarni joriy etish
natijasida uning xo‘jalik faoliyatiga ta’siri qiziqtirgan va bu holat mavjud tayyor
mahsulotga yangicha funksiyani kiritish deb hisoblangan. Pirovardida foyda
o‘rtacha ko‘rsatkichdan nisbatan yuqori darajani tashkil etadi deyilgan.
Y.Shumpeterning fikricha, innovatsiyalar qo‘llanilishi, eng avvalo, mavjud ishlab
chiqarish omillarining oshishini emas, balki mavjud omillardan samarali
foydalanishning yangi shart-sharoitlariga moslashtirilishini nazarda tutadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni jamlab aytish mumkinki, innovatsion faoliyat
- innovatsion g‘oya va ishlanmalarni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasida
ularning qo‘llanilishi va amalga oshirilishini ta’minlovchi faoliyat.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
63
Hozirgi vaqtda yuqori texnologiyalarga quyidagi iqtisodiy faoliyat
ko‘rinishlari tegishli: elektron va radio elektron sanoat, ofis jihozlari ishlab
chiqarish va hisoblash texnikasi, hisoblash va nazorat vositalari, farmatsevtika
mahsulotlari va tibbiyot buyumlari, uchish apparatlari.
Bilimlarga asoslangan yangi iqtisodiyot shakllanishiga yuqori darajada ta’sir
ko‘rsatuvchi va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi fan sig‘imi yuqori iqtisodiy
faoliyat ko‘rinishlariga quyidagilar kiradi: ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilmiy
tadqiqotlar va ishlanmalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
“Ўзбекистон
–
2030”
Стратегияси
тўғрисида.
Ўзбекистон
Республикаси Президентининг Фармони. – Халқ сўзи, 2023 йил 12
сентябрь.
2.
Шумпетер Й. Теория экономического развития. Капитализм,
социализм и демократия [Текст] / Й.Шумпетер: пер. с англ.; предисл. В.С.
Автономова. - М.: ЭКСМО, 2007. - 864 с.
3.
Qutbiddinovich, S. I., & Abdulazizovich, X. U. B. (2023). GAAP ASOSIGA
QO’YILGAN MOLIYAVIY HISOB KONTSEPTSIYALARI. Interpretation and
researches, 1(3), 42-50.
4.
O'g'li, J. E. S., & Abdulazizovich, X. U. B. (2019). Profits of housekeeping and
its development. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 8(4), 419-
423.
5.
Xolmirzaev, U. B. A., & Madaliev, M. R. (2023). MOLIVIY HISOBOTLARNING
QAYTA KO ‘RIB CHIQILISHIDA XALQARO TALABLARGA RIOYA ETILISHI
ZARURLIGI. Educational research in universal sciences, 2(3), 424-432.
6.
Khakimov, B. J., AIimov, B. B., Kholmirzayev, U. A., & Polechov, A. X. (2013).
theory of Economic Analysis. Tashkent" economics-finance"—2013.
7.
Xolmirzayev, U. A., & Xakimova, G. A. (2023). XO’JALIK YURITUVCHI
SUB’EKTLARDA DEBITOR QARZLARINING AYLANISHI TAHLILIGA ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR:
XO’JALIK
YURITUVCHI
SUB’EKTLARDA
DEBITOR
QARZLARINING AYLANISHI TAHLILIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR.
8.
Abdulazizovich, K. U. (2023). POSITIVE ASPECTS OF THE CASH METHOD
IN SMALL ENTERPRISES UNDER UNUSUAL CIRCUMSTANCES. ASIA PACIFIC
JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact
Factor: 8.071, 12(11), 38-47.
9.
Khakimov, J. B., & Kholmirzayev, A. U. (2021). Positive Aspects Of Cash
Method In Small Enterprises In The Context Of Pandemic. Turkish Online Journal
of Qualitative Inquiry, 12(7).
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
64
10.
Холмирзаев, У. А. (2023). ДЕБИТОР ҚАРЗЛАРИНИ АЙЛАНИШИ
ТАҲЛИЛИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
МАСАЛАЛАРИ:
ДЕБИТОР
ҚАРЗЛАРИНИ
АЙЛАНИШИ
ТАҲЛИЛИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
МАСАЛАЛАРИ.
11.
Холмирзаев, У. А., & Самижонова, Ш. С. (2022). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ
ОТРАЖЕНИЯ ДЕНЕГ В БУХГАЛТЕРСКОМ БАЛАНСЕ. Экономика и социум, (5-
2 (92)), 755-766.
12.
Холмирзаев, У. А., & Камолдинов, О. О. (2022). АСПЕКТЫ
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИИ О ДЕБИТОРСКОЙ
ЗАДОЛЖЕННОСТИ ПО ОБОРОТНЫМ СРЕДСТВАМ В БУХГАЛТЕРСКОМ
БАЛАНСЕ. Экономика и социум, (5-2 (92)), 767-779.
13.
Abdulazizovich, X. U. B. (2024). MOLIYAVIY AKTIVLAR TASNIFINI
TAKOMILLASHTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ, 41(2), 82-86.
14.
Xolmirzayev, U. B., & Ergashev, I. (2024). SANOAT KORXONALARIDA
INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISH TIZIMI. Theoretical aspects in the
formation of pedagogical sciences, 3(5), 109-115.
15.
Abdulazizovich, X. U. B., & Abdullajanovich, U. T. (2024). SANOAT ISHLAB
CHIQARISH KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT YO ‘NALISHLARI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(5), 17-21.
16.
Abdulazizovich, X. U. B. Moliyaviy aktivlar hisobini yuritishda xalqaro
standartlar qoidalarini qo’llash masalalari. Ilmiy monografiya. Toshkent–2023.
17.
Xolmirzayev, U. B., & Xakimova, G. Z. (2024). SANOAT KORXONALARIDA
INNOVATSION FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHNING MOLIYAVIY MEXANIZMI.
QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 10, 96-98.
18.
Abdulazizovich, X. U. B., & Muhabbat, N. (2024). INCREASING
COMPETITIVENESS IN THE COMMODITY MARKET IN INDUSTRIAL
ENTERPRISES. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,
42(1), 197-206.
19.
Gulshirin, J., & Abdulazizovich, X. U. B. (2022, March). INCREASING THE
EFFICIENCY OF INVESTMENT IN THE DEVELOPMENT OF EXPORT
DIVERSIFICATION IN THE REGION. In Conference Zone (pp. 277-281).
20.
Abdulazizovich, K. U. B. (2023). Improvement Of Information About
Accounts Receivable In Current Assets In The Balance Sheet Based On
International Standards. Journal of Survey in Fisheries Sciences, 10(2S), 2849-
2859.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
65
21.
Abdulazizovich, K. U. IMPROVING THE REFLECTION OF MONEY AND
CASH EQUIVALENT IN THE ACCOUNTING BALANCE. Dear Academicians &
Research Scholars, 55.
22.
Abdulazizovich, X. U. B. (2023). XALQARO QOIDALAR ASOSIDA QIMMATLI
QOG'OZLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH.
23.
Abdulazizovich, K. U. (2022). Improving Methodological Approaches to
Financial Asset Accounting. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN
COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact
Factor: 6.876, 16(4), 56-62.
24.
Холмирзаев, У. А. (2022). ҚИСҚА МУДДАТЛИ ҚИММАТЛИ
ҚОҒОЗЛАРНИ АНАЛИТИК ҲИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Архив
научных исследований, 2(1).
25.
Khakimov, B., & Kholmirzayev, U. (2020). Improving Cash Accounting And
Analysis On The Basis Of International Experiences. International Finance and
Accounting, 2020(1), 18.
