JADID MA’RIFATPARVARLARI: MILLIY MEROSI VA SIYOSIY QARASHLARNING UYG‘UNLIGI

Annotasiya

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo jadidchilik harakati jadal rivojlandi. Ushbu harakatning asosiy maqsadi ma’rifat orqali millatni uyg‘otish, isloh qilish va milliy ongni shakllantirish edi. Ammo jadidlar faqat ta’lim va madaniyat bilan cheklanib qolmay, siyosiy islohotlarni ham ilgari surgan. Ular chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi turib, Turkiston mustaqilligi, konstitutsion boshqaruv va milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar. Ushbu maqolada jadid ma’rifatparvarlarining siyosiy qarashlari va ularning milliy meros bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
46-53
37

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qosimova , E. ., & Gulchehra , A. (2025). JADID MA’RIFATPARVARLARI: MILLIY MEROSI VA SIYOSIY QARASHLARNING UYG‘UNLIGI. Наука и инновации в системе образования, 4(4), 46–53. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/79417
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo jadidchilik harakati jadal rivojlandi. Ushbu harakatning asosiy maqsadi ma’rifat orqali millatni uyg‘otish, isloh qilish va milliy ongni shakllantirish edi. Ammo jadidlar faqat ta’lim va madaniyat bilan cheklanib qolmay, siyosiy islohotlarni ham ilgari surgan. Ular chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi turib, Turkiston mustaqilligi, konstitutsion boshqaruv va milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar. Ushbu maqolada jadid ma’rifatparvarlarining siyosiy qarashlari va ularning milliy meros bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

46

JADID MA’RIFATPARVARLARI: MILLIY MEROSI VA SIYOSIY

QARASHLARNING UYG‘UNLIGI

Qosimova E’tibor G‘ayratovna

GulDU Tarix kafedrasi dotsenti

Gulchehra Abdulxay,

2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15211906

Annotatsiya

. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo jadidchilik

harakati jadal rivojlandi. Ushbu harakatning asosiy maqsadi ma’rifat orqali
millatni uyg‘otish, isloh qilish va milliy ongni shakllantirish edi. Ammo jadidlar
faqat ta’lim va madaniyat bilan cheklanib qolmay, siyosiy islohotlarni ham ilgari
surgan. Ular chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi turib,
Turkiston mustaqilligi, konstitutsion boshqaruv va milliy davlatchilik g‘oyalarini
ilgari surganlar. Ushbu maqolada jadid ma’rifatparvarlarining siyosiy qarashlari
va ularning milliy meros bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

jadid, ma’rifatparvarlik, Tanzimat , milliy mafkura, gazeta,

qurolli harakati, Behbudiy, Cho‘lpon, milliy maktablar, matbuot, sho‘ro tuzumi,
milliy g‘oya.

XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelgan jadidchilik harakati –

bu xalqni jaholat, mustamlakachilik va ijtimoiy qoloqlikdan qutqarishga
qaratilgan keng qamrovli ma’rifiy-siyosiy harakat edi. “Jadid” atamasi arabcha
“yangi” degan ma’noni anglatib, bu harakat vakillari o‘zlarini “usuli jadid” (ya’ni
yangi usulda ta’lim berish) tarafdorlari deb e’lon qilganlar. Jadidlar qatorida
Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Avloniy, Cho‘lpon kabi o‘z davrining ilg‘or ziyolilari faoliyat yuritgan.
Ular ilg‘or pedagogik g‘oyalar, modern milliy tafakkur va o‘ziga xos siyosiy
qarashlarni ilgari surganlar.Jadidlar an’anaviy maktab va madrasalarning
hayotdan ortda qolganligini tanqid qilgan holda, yangi maktablar ochib,
zamonaviy fanlar va dunyoviy bilimlarni o‘rgatishga harakat qilganlar. Bunday
maktablarda tabiiyot, geografiya, tarix, matematika kabi fanlar o‘qitilgan, bu esa
butun bir avlodning dunyoqarashini o‘zgartirgan. Shu bilan birga, ular milliy
adabiyot, tarix, til va madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan.
Fitratning “Milliy” risolasi, Behbudiyning “Padarkush” dramasi, Avloniyning
“Turkiy guliston yoxud axloq” asari – bular jadidlarning milliy o‘zlikni uyg‘otish
yo‘lidagi sa’y-harakatlariga misol bo‘la oladi.

Jadidlar nafaqat ma’rifiy, balki siyosiy sohada ham faol edilar. Ular Rossiya

imperiyasi mustamlakasida bo‘lgan Turkiston xalqining siyosiy huquqlarini
himoya qilish, madaniy avtonomiya, erkin matbuot, xalq vakilligi asosida


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

47

boshqaruv kabi g‘oyalarni ilgari surganlar. Xususan, 1917 yilda tashkil topgan
“Sho‘ro-i Islomiya” va “Turkiston Muxtoriyati” kabi siyosiy harakatlarda jadidlar
faol qatnashgan.

Mazkur maqolada jadid ma’rifatparvarlarining boy milliy merosi, ularning

ma’rifiy g‘oyalari bilan siyosiy qarashlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil
qilinadi. Bu uyg‘unlikni anglash, zamonaviy O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy
hayotida jadidlar merosining qanday davom etayotganini tushunish uchun
muhim ilmiy asos bo‘la oladi.Jadidlar siyosiy qarashlarida turli manbalarga
asoslanganlar. Ularning dunyoqarashi uch asosiy omil bilan shakllangan:

– Islomiy tafakkur - Jadidlar islomni faqat diniy tizim emas, balki ijtimoiy-

siyosiy tuzumni tartibga soluvchi omil sifatida ham ko‘rgan. Masalan,
Mahmudxo‘ja Behbudiy konstitutsiyaviy boshqaruv g‘oyasini shariat asoslari
bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilgan.

– G‘arb va Usmonli tajribasi - Usmonli davlatida amalga oshirilgan Tanzimat

islohotlari jadidlar uchun namunaviy model bo‘lib xizmat qilgan. Jadidlar
Turkiya va Yevropa mamlakatlarining taraqqiy etish sabablari ta’lim va siyosiy
islohotlarga bog‘liq deb bilishgan.

– Rossiya inqilobiy harakatlari ta’siri - XX asr boshlarida Rossiyada

kuchaygan inqilobiy harakatlar jadidlar tafakkuriga ham ta’sir ko‘rsatgan[1].
Ular konstitutsiyaviy monarxiya yoki parlament boshqaruviga o‘tish g‘oyalarini
o‘rganishgan. Jadidlarning ko‘pchiligi Turkiston avtonomiyasini tashkil etish
tarafdori edi. 1917-yilgi Fevral inqilobidan so‘ng ular Turkiston Muxtoriyatini
e’lon qilib, mustaqil davlat qurishga harakat qilishgan. Ammo bu harakat
bolsheviklar tomonidan shafqatsiz bostirilgan.

“So‘nggi 100 yillikda milliy vijdon uyg‘ongan yerlardan endi imperatorlik

saqlanib qola olmaydi, mustamlakachilik siyosati davom etmaydi” [1:59]. Ushbu
satrlarda olim “milliy vijdon” iborasi orqali milliy ma’naviyat tushunchasini ham
ifoda etayapdi. Chunki, ma’naviyat insonning o‘z-o‘zini yaratish va o‘zgartirish
faoliyati bo‘lsa, uning asosida mavjud bo‘lgan madaniyat insonning sifatiy
ta’riflanishidir.Avvalo, madaniyat hodisalarida insonning ongi ham, intilishlari
ham irodasi ham birlashadi. Va “milliy birdamlik”ni kuchaytirish uchun
dastavval milliy madaniyatni yuksaltirish zarur, mohir ziyolilarimiz bu ishni tez
bajarishi lozim” – degan ko‘rsatma “milliy birdamlik” uchun “madaniy
axloq”ning zaruriyligi vajidan yuzaga kelgan edi. Chunki milliy istiqlol uchun
kurashayotgan millatparvarlarning qarashlarida “Vatan milliy madaniyatdir” [2:
61-62] degan tushuncha ustuvor edi. O‘zining yuksak ma’naviyati va ma’rifati
bilan vaqtida ulkan madaniyat yaratgan turkiy xalqlar uchun milliy ma’naviy


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

48

qiyofani tiklash, madaniyatni yuksaltirish millatni mustamlaka zanjiridan ozod
qilishning zaruriy talabi edi. Zotan faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson
qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash erkin va
ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga
munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin” ligini teran
anglagan jadidlar millatning ma’naviy qashshoqligidan or etdilar va yozdilar:
“Bizni qilaturg‘on aqlsizligimizni qaysi millat qilur? Nikoh, hatna, bu ikki balo
shundog‘ qattiq bir illatki,o‘lmaguncha qutulib bo‘lmaydur. Shaharlarda o‘rtahol
o‘tururga xona va bog‘i bor kishi nikoh uchun ikki ming so‘m va o‘g‘ul hatnasi
uchun hech bo‘lmaganda ming so‘m sarf etar... oxiri nima bo‘lur? Nima bo‘lur,
deysiz? Ota–bobosidan qolgan mulk va vatanni o‘z ixtiyori ila zo‘rakiboyni o‘zi
o‘lgandan so‘ngra bir yahudiy yo bir armani ajnabiyga sotib, to‘y va ta’ziya
qarzini berar ” [2: 147]. Jadidlar milliy davlatchilik tushunchasiga katta e’tibor
qaratganlar. Ularning fikricha:

1) Mustaqil yoki muxtoriyatga ega bo‘lgan davlat bo‘lmasa, milliy

madaniyat, til va din erkin rivojlana olmaydi.

2) Ta’lim va ilm-fan taraqqiy etmasa, mustaqil davlatni boshqarish

imkonsiz.

3) Turkiston xalqlari birlashmasa, mustamlakachilikdan xalos bo‘lish qiyin.
Bu g‘oyalar Muhammad Aminxo‘ja Vatan, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori

Abdurashidxonov Mahmudxo’ja Behbudiy kabi jadidlarning asarlarida ham aks
etgan. Ular mustaqil milliy davlat barpo qilish g‘oyalarini ilgari surishgan, biroq
bu qarashlar chor Rossiyasi va Sovet hokimiyati tomonidan tahdid sifatida qabul
qilingan.

Mahmudxo’ja Behbudiy “To‘y va ta’ziyaga sarf qilinadurg‘on oqchalamizni

biz, turoniylar ilm va din yo‘liga sarf etsak, qisqa fursatda ovrupoiylardek
taraqqiy etarmiz”. – deya milliy ma’naviyat va ma’rifat haqida qayg‘urushi
millatni jaholat botqog‘idan qutqazish yo‘lidagi urinishlaridan edi [3]. Ming
afsuski, millatning milliy xarakteridan chuqur o‘rin olgan bu soxta obro‘talablik
bugunga qadar muammo holida qolib kelmoqda. Yoki xuddi shu yo‘nalishda
yozilgan Cho‘lponning “Turkistonli qardoshlarimizga”, Avloniyning “Zamon
ahvolidan”, “Istiqbolimiz uchun bir jigarso‘z” she’rlari, “Yig‘la Turiston”, “Toru
mor etding”she’rlari millatimiz ma’naviyatining tuban ketayotganidan
tashvishga tushayotgan millatparvar ijodkorlarning qalb tebranishlari hosilasi
edi. Millatni ma’naviy kamolatga yetkazish, Vatanni jahonning ilg‘or madaniyatli
davlatlari qatorida ko‘rish umidi XX asr boshlarida matbuotning keng
tarqalishiga, yangi nashrlarga yo‘l ochdi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

49

“Jadidlar o‘zbek milliy demokratik matbuotining vujudga kelishi uchun

jonbozlik ko‘rsatdilar. Behbudiy, Munavvarqori, Obidjon Mahmudov, Ubaydulla
Xo‘jaev, Ashurali Zohiriy tirishqoqligi tufayli “Xurshid”, “Turon”, “Samarqand”,
“Oyna”, “O‘rta aziyaning umrguzarligi”, “Taraqqiy”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Kengash”,
“Turk so‘zi”, “Sur’at” kabi gazeta va jaridalar (to‘plam, almanax) birin-ketin
maydonga kelib mustamlakachiliklar qalbiga qutqu, xalqimiz qalbiga istiqlol, erk
tuyg‘usini solishga intildi”. Millatning ma’naviy va ma’rifiy ko‘zlarini ochish,
unga o‘zligini tanitish va milliy istiqlolga olib chiqishni o‘z oldiga vazifa qilib
qo‘ygan jadidchilik harakati asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy hodisa, to‘g‘rirog‘i,
o‘z maslak va qarashlari, matbuoti, o‘qitish va idora usuliga ega bo‘lgan Partiya
darajasiga ko‘tarildi. Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida idorai
mashrutachilik (konstitutsion monarxiya) dan jamhuriyatchilikkacha bor edi.
Jadidlarning siyosiy qarashlari chor Rossiyasi va keyinchalik Sovet davrida
qattiq tanqid ostiga olingan. Sovet mafkurasi ularni “millatchi”, “panturkist” va
“aksilinqilobiy kuch” sifatida qoraladi. Ayniqsa, 1937-1938-yillardagi
qatag‘onlar davrida ko‘plab jadidlar “xalq dushmani” sifatida qatl etildi yoki
surgun qilindi. Biroq, haqiqat shundaki, jadidlar nafaqat milliy mustaqillik, balki
Turkiston xalqlarining jahon tamaddunida o‘z o‘rnini topishini xohlagan
ma’rifatparvarlardir.

Ammo yuqoridagi fikrlardan “Turkiston xalqlari milliy zulmga butunlay

qarshi chiqmadilar va jadidlarning siyosat maydoniga chiqishini kutdilar” –
degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki milliy ozodlik kurashining turli
bosqichlarida yuz beradigan stixiyali xatti-harakatlar, milliy g‘urur ko‘rinishiga
oid ba’zi ijtimoiy hodisalar millat ruhiyatida ro‘y berayotgan ichki isyondan
darak beradi. Lekin bular aksariyati ong va aql bilan bog‘liq bo‘lavermaydi

Shu bois, dastavval millatning siyosiy ongini o‘stirish, uni milliy istiqlolga

tayyorlash uchun maktabdan boshlangan, so‘ng matbuot, teatr, siyosatga o‘tgan
va asosan matbuot kuchiga tayangan jadidlar ijodida “publitsistika shiddat bilan
rivojlandi.

Birigina Behbudiyning

matbuotda

bosilgan maqolalarini

mutaxassislar 300 dan ziyod chamalaydilar. Mirmuhsin Shermuhamedov 1914-
yilda yuzga yaqin maqola e’lon qilgan edi!” [4: 22]. Maqolalarda ko‘tarilgan
masalalar mavzu jihatdan turli-tuman bo‘lib, ularda millat bolalariga yangicha,
dunyoviy ilm-fan berishdan tortib teatr, til, adabiyot, siyosat, huquq va hatto
safar-sayohat taassurotlari, ya’ni boshqa xalqlar madaniyati bilan
tanishtirishgacha bor edi. Bu davrga kelib qanday qilib bo‘lmasin, millat ongini
uyg‘otish eng muhim vazifa ekanligi anglangan edi. Zero, eng avval ma’naviyatda


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

50

millat, milliy madaniyat, milliy turmush tarzi uning taraqqiyoti va kelajagi aks
etadi.Ayonki, millatning ma’naviy asoslaridan biri uning tilidir.

Chor Rossiyasi barcha mustamlakachi davlatlar singari millatni

manqurtlashtirishning eng oson yo‘li uni milliy tilidan ayirish – “ruslashtirish”
ekanini anglab yotgan va shu siyosatni amalga tadbiq eta boshlagan edi. Bunga
qarshi turish uchun millatning milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish lozim
edi.

“Jadidchilik Turkistonda o‘ttiz yil nari-berisi davom etdi. ... Biroq shu qisqa

davr katta bir xalqning millat sifatida shakllanishiga, ijtimoiy ongi uyg‘onib
dunyoqarashi o‘zgarib, estetik didi kamol topishiga imkon yaratdi” [5: 28].
Ko‘rinib turibdiki, bu harakat milliy ma’naviyatini kamol toptirishdan san’at va
adabiyotning kuchiga tayangan edi. Chunki, millatning o‘zligi anglash jarayonida
ilmiy merosning o‘rni beqiyosdir. Asrimiz boshlarida O‘zbekistonda ro‘y bergan
ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarda ham jadidlarimiz ilmiy merosi muhim o‘rin tutdi.
“Adabiyot hech qachon bu qadar keskin g‘oyaviy-siyosiy kurashlar maydoniga
aylanmagan edi” – degan, fikr XX asr boshlarida asarlarning tutgan mavqeini
aniq ko‘rsatib bera oladi. Milliy uyg‘onish haraktida adabiyotning yetakchilik
qilish hodisasi jahon taraqqiyoti uchun yangilik emas.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xududlarida O’zbekiston

SSSR (Turkiston), Buxoro va Xivada, shuningdek ayrim xorijiy Sharq
mamalakatlarida junbishga kelgan jadid ma’rifatparvarlig harakati katta
qarshliklarga uchradi. Bugun biz, qariyb 100 yil o’tganidan keyin, Turkistonda
M.Behbudiy rahbarligida yuzaga kelgan jadid ma’rifatparvarlik harakati tarixini
o’rganganimizda, ularning qanday murakkab sharoitda yangi maktablarni
ochgani, milliy matbuotga asos solgani, yangi badiy adabiyot va teatr san’atiga
beqiyos xissa qo’shganliklarini sog’lom fikr bilan o’ylasak, ularning bu
faoliyatlarini fidoiyilik va jasorat deb baholash maqsadga muofiq tarzda bo’ladi.
Lekin masalaning ajablanarli tamoni shundaki, bu tarixiy haqiqat uzoq davrlar
mobaynida qoralanib kelgnligini guvohi bo’lishimiz mumkin bo’ladi. Jadidlar
chor Rossiyasi davrida ham, sobiq sovet davrida ham qoralanib kelindi. Ular
faoliyati bilan bog’liq tarixiy adolatni ulug’ ma’rifatparvar ziyoliylarimizni
nomlarini tarixning qora ro’yhatidan olib chiqilishiga Prezidendimiz
Sh.Mirziyoyevning amaliy tashabuslarini etiborga olish lozim. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF4947-son “2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantrishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoning to‘rtinchi ustuvor
yo‘nalishidagi 4.4 bandini amalga oshirishga, shuningdek O‘zbekiston


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

51

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24-maydagi PQ-2995- son “Qadimiy yozma
manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizmini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi va 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-son “Ma’naviy
ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi
bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi [ 6]. Ma’lumki, “jadid” so‘zi yangi,
yanglik degan ma’nolarni anglatadi. Dunyo miqyosida yangidan yangi toliq
organilmagan ma’lumotlarda aylanma jarayonlar glaballashuv jarayonida
yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasida ta’sir ko‘rsatayotgan salbiy omillarni
bartaraf etishda o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni tadqiq etish va xalqqa
yetkazish dolzarb ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jadidchilik harakati Turkistonning

mustamlakachilikdan xalos bo‘lishi, milliy o‘zlikni anglash va jamiyatni
modernizatsiya qilish kabi yuksak maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan edi. Ularning
siyosiy qarashlari faqat mustaqillik yoki hokimiyat masalasigina bo‘lib qolmay,
balki xalqning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratiya
va adolat tamoyillarini qaror toptirishga qaratilgan edi. Bu g‘oyalar jadidlarning
siyosiy tafakkurida yaqqol namoyon bo‘lgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy: “Har bir
millatning saodati va taraqqiyoti uning siyosiy va huquqiy tafakkuriga bog‘liq”,
deb ta’kidlaydi [5].

Fikrimizcha Behbudiy konstitutsiyaviy boshqaruv, erkin matbuot va

xalqning siyosiy faolligini muhim deb bilgan. Jadidlar xalqning davlat ishlari va
jamiyat hayotida faol ishtirok etishi kerakligini ta’kidlab, ularni siyosiy
savodxonlikka chaqirishgan. Behbudiyning bu fikrlari hozirgi demokratik
jamiyat qurish jarayonida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Munavvarqori Abdurashidxonov esa “Millat taraqqiyoti uchun avvalo

mustaqil tafakkur va milliy g‘urur zarur”, deb ta’kidlagan [ 7]. Unga ko‘ra,
Turkiston xalqlari o‘z taqdirini o‘zlari belgilashi, mustamlakachilikka qarshi
siyosiy kurash olib borishi kerak. Bu g‘oya aynan bugungi kunda milliy
suverenitet va davlat mustaqilligi tamoyillari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Abdurauf Fitrat esa shunday yozadi: “Haqiqatdan yiroqlashgan millat mahv

bo‘ladi” [8]. U xalqning o‘z haq-huquqini bilishi, mustaqil tafakkur qilishga
o‘rganishi va boshqaruv tizimida faol bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning bu
fikrlari siyosiy madaniyat va fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim
omillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jadidlarning ushbu qarashlari shuni
ko‘rsatadiki, ularning siyosiy faoliyati milliy manfaatlarni himoya qilish,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

52

mustamlakachilikka qarshi kurashish va Turkiston xalqlarining davlat qurilishi
jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan edi. Ular jamiyatni yangilash
uchun faqat ta’lim va madaniyat emas, balki siyosiy ong va huquqiy madaniyat
ham muhim rol o‘ynashini chuqur anglagan edilar.

Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston jadidlarning siyosiy merosini yangicha

yondashuv bilan o‘rganishi va ulardan saboq olishi zarur. Ularning ilg‘or
g‘oyalari zamonaviy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini
mustahkamlash va milliy manfaatlarni himoya qilish yo‘lida bebaho tajriba
bo‘lib xizmat qilishi lozim. Shu bois, jadidchilik harakati faqat tarixiy voqelik
emas, balki bugungi va kelajak avlodlar uchun milliy taraqqiyotning kuchli
tayanchlaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ziyo Kukalp. “Turkchilik asoslari” .Toshkent, 1998.

2.

Behbudiy M. Tanlangan asarlar. – T., Ma’naviyat, 1997.

3.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shahidlar xotirasi xiyoboni tashrifidagi

suhbatdan Gazeta.uz 31.08.2021).
4.

Qosimov B. “Jadidchilik”. “Milliy uyg‘onish” - T.: Universitet. 1993-yil.

5.

Qosimov B. “Izlay, izlay topganim...”. - Toshkent, 1997

6.

O’zbekiston Respublikasi qonunchlik ma’lumotlar milliy bazasi Lex.uz

sayiti
7.

Munavvarqori Abdurashidxonov. “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1907)

Tanlangan asarlar. –T., Ma’naviyat, 1999.
8.

Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” (1923). Tanlangan asarlar. –T.,

Ma’naviyat, 1997.
9.

Urazalievna, A. G., & Fotima, X. (2024). TURKISTON QO’RBOSHILAR

HARAKATI VA ULARNING FAOLIYATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 5-10.
10.

Urazalievna, A. G., & Aziza, P. (2024). FARG’ONA VODIYSIDAGI

ISTIQLOLCHILIK HARAKATLARI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. IJTIMOIY
FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 12-15.
11.

Абдулхай, Г. У. (2020). ТУРКИСТОН АССР: ҚАНДАЙ ДАВЛАТ БЎЛИШИ

КЕРАК ЭДИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(1).
12.

Мирзаева, Н. Д., & Расулова, М. А. К. (2016). К вопросу о религиозном

составе населения русских поселков в Голодной степи (начало XX века).
Проблемы современной науки и образования, (11 (53)), 44-45.
13.

Хамидова, Х., & Мирзаева, Н. (2022). Xx asr boshlarida mirzachol

vohasidagi agrar oʻzgarishlar (―Туркестанское селъское хозяйство jurnali


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

53

asosida). Современные инновационные исследования актуальные
проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 631-634.
14.

Мирзаева, Н. (2011). Русские поселения Мирзачульского оазиса и их

социально-экономическое положение в конце XIX–начале XX века. Каталог
авторефератов, 1(1), 1-30.
15.

Mavlyanov, U. (2022). ABOUT “THE ART ACADEMY OF BAYSUNKUR”.

European International Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 2(06), 133-138.
16.

Mavlyanov, U. N. (2020). Problems of Ontology in the Heritage of Ali Safi.

International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7),
540-545.
17.

Mavlyanov, U. N. (2023). Issues of Knowledge in the Legacy of Ali Safi.

Journal of Social Sciences and Humanities Research Fundamentals, 3(07), 41-43.
18.

Назаров, О., & Абдуматов, А. (2024). ҲАДИС ИЛМИ РИВОЖИДАГИ

ОЛТИН ДАВР. Ilm-fan va ta'lim, (3 (18)).
19.

Назаров, О., & Қосимова, Э. (2024). ҚЎҚОН ХОНЛИГИДА ТАЪЛИМ

ДАРГОҲЛАРИ ФАОЛИЯТИГА ОИД АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР. Talqin va
tadqiqotlar, 2(3 (40)).
20.

Ne’matov, R., & Tohirov, U. (2024). AMIR TEMURNING MOVAROUNNAHR

VA DUNYO XALQLARIDA TUTGAN O ‘RNI. Ilm-fan va ta'lim, (7 (22)).

Bibliografik manbalar

Ziyo Kukalp. “Turkchilik asoslari” .Toshkent, 1998.

Behbudiy M. Tanlangan asarlar. – T., Ma’naviyat, 1997.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shahidlar xotirasi xiyoboni tashrifidagi suhbatdan Gazeta.uz 31.08.2021).

Qosimov B. “Jadidchilik”. “Milliy uyg‘onish” - T.: Universitet. 1993-yil.

Qosimov B. “Izlay, izlay topganim...”. - Toshkent, 1997

O’zbekiston Respublikasi qonunchlik ma’lumotlar milliy bazasi Lex.uz sayiti

Munavvarqori Abdurashidxonov. “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1907) Tanlangan asarlar. –T., Ma’naviyat, 1999.

Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” (1923). Tanlangan asarlar. –T., Ma’naviyat, 1997.

Urazalievna, A. G., & Fotima, X. (2024). TURKISTON QO’RBOSHILAR HARAKATI VA ULARNING FAOLIYATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 5-10.

Urazalievna, A. G., & Aziza, P. (2024). FARG’ONA VODIYSIDAGI ISTIQLOLCHILIK HARAKATLARI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 12-15.

Абдулхай, Г. У. (2020). ТУРКИСТОН АССР: ҚАНДАЙ ДАВЛАТ БЎЛИШИ КЕРАК ЭДИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(1).

Мирзаева, Н. Д., & Расулова, М. А. К. (2016). К вопросу о религиозном составе населения русских поселков в Голодной степи (начало XX века). Проблемы современной науки и образования, (11 (53)), 44-45.

Хамидова, Х., & Мирзаева, Н. (2022). Xx asr boshlarida mirzachol vohasidagi agrar oʻzgarishlar (―Туркестанское селъское хозяйство jurnali asosida). Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 631-634.

Мирзаева, Н. (2011). Русские поселения Мирзачульского оазиса и их социально-экономическое положение в конце XIX–начале XX века. Каталог авторефератов, 1(1), 1-30.

Mavlyanov, U. (2022). ABOUT “THE ART ACADEMY OF BAYSUNKUR”. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(06), 133-138.

Mavlyanov, U. N. (2020). Problems of Ontology in the Heritage of Ali Safi. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7), 540-545.

Mavlyanov, U. N. (2023). Issues of Knowledge in the Legacy of Ali Safi. Journal of Social Sciences and Humanities Research Fundamentals, 3(07), 41-43.

Назаров, О., & Абдуматов, А. (2024). ҲАДИС ИЛМИ РИВОЖИДАГИ ОЛТИН ДАВР. Ilm-fan va ta'lim, (3 (18)).

Назаров, О., & Қосимова, Э. (2024). ҚЎҚОН ХОНЛИГИДА ТАЪЛИМ ДАРГОҲЛАРИ ФАОЛИЯТИГА ОИД АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР. Talqin va tadqiqotlar, 2(3 (40)).

Ne’matov, R., & Tohirov, U. (2024). AMIR TEMURNING MOVAROUNNAHR VA DUNYO XALQLARIDA TUTGAN O ‘RNI. Ilm-fan va ta'lim, (7 (22)).