SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
88
HALOLLIK, FIDOIYLIK, MEHNATSEVARLIK NAMUNASI BO‘LGAN
QASHQADARYOLIK IRRIGATOR
O‘roqova Dilnoza
Qarshi davlat universiteti III kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13822187
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasiga suv keltirishda
jonbozlik ko‘rsatgan, fidoiy, mehnatkash hamda halol irrigator haqida so‘z
boradi. Ish jarayonidagi vatanparvarlik yoshlarga namuna sifatida tarixning
bizga bertgan xulosasi yoshlarbni shunday bo‘lishga undashga chaqiradi
Kalit so‘zlar:
Irrigatsiya, cho‘l o‘zlashtirish, QMK, suv ombor, “Mehnat
shuhrati”, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator".
Аннотация:
Данная статья рассказывает о самоотверженном,
трудолюбивом и честном ирригаторе, проявившем мужество при доставке
воды в Кашкадарьинский оазис. Патриотизм в процессе работы как
пример для молодежи, завершение истории дает нам возможность
побудить молодежь быть
Ключевые
слова:
Орошение,
освоение
пустынь,
ХМК,
водохранилище, «Трудовая слава», «Обслуживаемый ирригатор в
Узбекистане»
Annotation:
This article tells about a selfless, hardworking and honest
irrigator who showed courage in delivering water to the Kashkadarya oasis.
Patriotism in the process of work as an example for young people, the end of the
story gives us the opportunity to encourage young people to be
Keywords:
Irrigation, desert development, KMK, reservoir, "Labor Glory",
"Serviced irrigator in Uzbekistan".
Vohamiz sug‘orilishi tarixida Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi rivojida
Qarshi magistral kanali hamda nasos stansiyalarining o‘rni beqiyos. Ushbu
kanalning qurilishi tarixida ko‘plab irrigator – suvchilar haqiqiy ma’noda
umrlarini baxshida qilganlar. Ular orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovor
shogirdlarga tom ma’noda ustoz bo‘la olgan, bu kishini bilganlarda chinakam
vatanparvarlik namunasi bo‘la olgan Irrigator – Toyir Ergashev hisoblanadi.
Toyir Ergashev 1933 yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani Dasht
qishlog‘ida ishchi dehqon oilasida tug‘ilgan. Otasi – Ergash Niyozov qishloqda
alohida hurmati qozongan inson edi. Onasi Salvar momo Ergashevaning hayoti
ham dala-yu dasht bilan bog‘liq. Bolalik yillari urush davrlariga to‘g‘ri keldi.
Uning otasi Ergash bobo 54 yoshida hayotdan ko‘z yumdi (Farhod GES
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
89
qurilishida ishtirok etib, og‘ir kasal bo‘lib qaytgan va oradan bir yilcha o‘tib vafot
etgan). Uning akasi Dashqul Ergashev urushga ketib qaytib kelmadi[1].
Bu orada Dehqonobod tumanidagi maktablarning birida ishlayotgan
to‘ng‘ich farzand Ubaydullo o‘z qishlog‘iga qaytishiga, onasi va ukalari oldida
kolxozda kotiblik qilib ishlashiga to‘g‘ri keldi. Ro‘zg‘orning og‘ir yukini yelkasiga
olgan akasi Ubaydulla Ergashevning turtkisi bilan Toyir Ergashev suv xo‘jaligi
bo‘yicha yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishib chiqdi. Toyir Ergashev 1943 yilda
Dasht qishlog‘idagi 7-o‘rta maktabining 1-sinfiga o‘qishga borib, 1953 yilda shu
maktabning 10-sinfini "Kumush" medali bilan tugatdi.
Dasht yerlarini sug‘orish, undan ekin yetishtirish juda katta mehnatni
talab qilardi. U paytlarda yerquduqlar orqali dehqonchilik qilinardi. Toyir
Ergashev bolaligidan mehnat qilib dehqonlarni og‘ir mashaqqatlarini his qilib
ulg‘ayganligi uchun suv bo‘yicha mutaxassis bo‘lib yetishishga harakat qildi.
Qishloqda akasi yonida yordam berib yurgan bo‘lajak irrigatorda mirob
bo‘lish istagi tobora mustahkamlanib borardi. Qahramonimiz akasi
Ubaydulloning so‘zlarini shunday xotirlaydi: “Toyirjon sen suv o‘qishiga borib,
shu sohaning suv mutaxassisi bo‘lmaguningcha hech birimiz b u mashaqqatdan
qochib qutulolmaymiz chog‘i. Qaragin birgina bizning tomorqamiz emas, huv
narigi tomonlardagi maydonlar, undan ham nariyoqdagi cho‘llar suvsizlikdan
qaqrab yotibdi”[2]. Suvsizlikni ko‘rib katta bo‘layotgan Toyirjon qishloqqa suv
keltirishni qat’iy maqsad qildi.
1953-1958 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalashgan muhandislik institutida tahsil oldi.
Ish faoliyatini 1958-1962 yillarda Qarshi Eskianhor kanali qurilishi
muhandisi sifatida boshladi. Keyin Viloyat suv xo‘jaligi tashkilotiga katta
muhandis, bo‘lim boshlig‘i lavozimiga ko‘tarildi.
1962-1968 illarda Qashqadaryo qurilish muhandis boshqarmasida bosh
muhandis, 1968-1970 yillarda suv qurilish trestining 2-qurilish montaj
boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 1970-1973 yillarda suv qurilish trestining 2-
qurilish montaj boshqarmasining boshlig‘i vazifalarida ishladi. Umuman
olgandabu yillar oralig‘ida "Qarshiqurilish" boshqarmasining SMU-9, SMU-2da
boshliq, "Gidrostroy" trestida bosh muhandis, "Vodstroy" tresti boshqaruvchisi
lavozimlarida ishlagan.
1973-1981 yillarda suv qurilish trestining bosh muhandis rahbari, 1981-
1994 yillarda Qarshi qurilish hududiy boshqarmasining bosh muhandisi, 1994-
2001 illar viloyat suv xo‘jaligining bo‘lim boshlig‘i, 2001-2006 yillar suv loyiha
MCHJ ning loyiha bo‘limiga boshliq vazifalarida ishlagan.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
90
Toyir Ergashevning mehnati munosib taqdirlanib "Mehnat shuhrati"
ordeni hamda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator" faxriy unvonini oldi.
2006 yilda nafaqaga chiqdi. 2006 yil 11 noyabrda hayotdan ko‘z yumdi.
Toyir Ergashev to‘grisida Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi
boshqarmasining sobiq boshlig‘i Ikromxon Yusupov quyidagicha ta’rif beradi:
"Men shunday muhandis inson bilan yelkama-yelka turib ishlaganimdan
g‘oyatda faxrlanaman. Toyir akada bo‘lgan ishchanlikni, mas’uliyatni, davlat
mulkiga bo‘lgan munosabatni, u kishidagi bosiqlikni ko‘rganman va bir umr u
kishidek bo‘lish orzusida yashab kelmoqdaman[4]. Darhaqiqat bu inson haqida
u kishini bilgan kimbilan suhbatga kirmang eng avvalo halolligi hamda
mehnatsevarligini tilga olishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nuriddinov R. Ziyo maskani. –Toshkent: “Musiqa”, 2013. –B. 70.
2.
Ashurov B. Pokiza iz. –Qarshi, “Nasaf”, 2004. –B. 15.
3.
Аму-Қашқадарё ирригация тизимлари ҳавза бошқармаси музейи
материаллари асосида
4.
Dala materiallari. Irrigator Ikrom Yusupov axboroti. 2024 yil 10 mart
