YASSAVIY VA XUDOYDOD HIKMATLARINING MAVZU VA OBRAZ XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Maqolada Ahmad Yassaviy va Xudoydod hikmatlarining mavzu va obraz xususiyatlari tahlil qilingan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
137-140
24

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Musayeva , M. . (2024). YASSAVIY VA XUDOYDOD HIKMATLARINING MAVZU VA OBRAZ XUSUSIYATLARI. Наука и инновации в системе образования, 3(11), 137–140. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51052
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada Ahmad Yassaviy va Xudoydod hikmatlarining mavzu va obraz xususiyatlari tahlil qilingan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

137

YASSAVIY VA XUDOYDOD HIKMATLARINING MAVZU VA OBRAZ

XUSUSIYATLARI

Musayeva Moxiraxon Shahobiddin qizi

Fargʻona tumani 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyoti fani

oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13879800

Annotasiya

Maqolada Ahmad Yassaviy va Xudoydod hikmatlarining mavzu va obraz

xususiyatlari tahlil qilingan.

Аннотация

В статье анализируется тематические и образные особенности

мудростей Ахмад Яссави и Худойдода.

Annotation

The article analyzes the thematic and image features of Ahmad Yassavi and

Khudoydod's wisdoms.

Tayanch soʻz va iboralar:

ishq, oshiq, yor, paygʻambar, visol.

Опорные слова и выражения:

любовь к Всевышному, влюблен в

Созидателья, госпожа, пророк, встреча.

Key words and expressions:

romance, lover, fiance, prophet, vizol.

Ma’lumki, tasavvufda Haqqa oshiqlik, Haqni yor bilib, uning visoliga
intilish soliklar uchun asosiy maqsad bo‘lgan. Ana shunday eytuk shaxslardan
biri shayx Xudoydod bo‘lgan. Botirxon Valixo‘jayevning yozishicha: ”Shayx
Xudoydod Valining g‘azallari ishq mavzusiga bag ‘ishlangan. Muallif talqinida
ishq – tariqat ahli va peshvosi tushunchasida bo‘lib, uning asosini Allloh taologa
nisbatan bo‘lgan ishq-muhabbat tashkil etadi. Shuning uchun g‘azallardagi “Sen,
yor” kabi iboralar zamirida Tangri, Xudo anglashiladi, “Men” esa, unga intiluvchi
banda – oshiqni ifoda etadi.[1] Shunday ekan u kishining she;rlari mavzuni
Yaratgangan bo‘lgan ishq mavzusi tashkil etgan.

Aslida, “Mavzu - badiiy mazmun komponenti, asarda qoʻyilgan ijtimoiy,

falsafiy, maʼnaviy-axloqiy va boshqa muammolarni badiiy idrok etish uchun
tanlab olingan va tasvirlangan hayot materiali”dir. [2,1]

Tariqat yo’liga kirganlarning yagona umidi Alloh taoloning rizoligiga

erishish va uning diydoriga muyassar bo‘lishdir. Bu yo‘lda solik har qanday
mashaqqatlarga mamnuniyat bilan peshvoz chiqadi. Shuning uchun Ahmad
Yassaviyda quyidaglarni yozgan:

Kecha-kunduz orzu qilsang oning diydorini,

Sof qilg‘il bu ko‘ngulni, bir kuni darbor etar.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

138

Ey qul Ahmad, sen yurub g‘amgin ko‘ngulni ovlagil,
Ahli dil bo‘lg‘an kishi g‘amgin ko‘ngilni shod etar.[3]
Bilamizki, insonning ko‘ngli Allohning nazargohidir. Ko‘ngilda nimalar
kechayotganini Haq taolo hamisha ko‘rib turadi. Faqat sof ko‘ngilli kishilargina
kun kelib kecha-kunduz orzu qilgani – Allohning diydoriga yetishadi. Chunki
solik uchun eng buyuk orzu Haq visoliga yetishish va Unga vahdat-ul vujud
bo‘lish hisoblangan. Lekin ungacha dil ahli qatori Haqning yodi bian yashash, har
lahzada uni zikr qilish, eslash bilan band kishilar holidan xabar ol, deya
ta’kidlangan. Alisher Navoiy hazratlari ham kimki bir ko‘ngli buzug‘ning
ko‘nglini shod aylasa, vayron bo‘lgan Ka’bani obod etganday bo‘ishini aytganlar.
Xoja Ahmad Yassaviy ham g‘amgin ko‘ngillarni shod etishga chaqiradi. Chunki,
ko‘ngli pok, qalb amri bilan ish tutadigan kishilar hamisha shunday qiladilar.
Hazrati Azizonda ham shunga yaqin bayt uchraydi:

Yo‘q edim bor aylading, yuz ming inoyat aylabon,

Ham taqi ko‘rguz O‘zungni, dilraboyim, qaydasen?!

Ey Xudoydod, istagil har lahza oning dardini,

Ohu vovaylo bilan deykim: Xayolim qaydasen ?![4]

Alloh taolo insonni jamiki mahluqotlarning sarvari etib yaratdi va qolgan barcha
yaratiqlarni unga bo‘ysundirdi. Shu bilan birga birga unga zabon berdi,
ne’matlarning haddi a’losi – iymonni berdi. Inson mana shu komil iymoni bilan
Yaratganning rahmatiga sazovor bo‘lishi mumkin. Shayx Xudoydodda ham
Ahmad Yassaviyda ko‘rganimizdek Allohning diydorini ko‘rish istagi yuqori.
Buning uchun Uning dardini istab, o‘sha dard bilan yonib, bu dunyoning
o‘tkinchi ne’matlarini unutmoq kerak. Ohu vovaylo bilan O‘ziga nola qilmoq
kerak.
Ahmad Yassaviyda:

Yodi birlan bo‘lsalar, diydor orzu qilsalar,

Harchand xorliq ko‘rsalar ko‘ngli o‘zga bo‘lmasun.

Oshiqlarg‘a dunyoda xorliq-zorliq, malomat,

Malomatsiz, mehnatsiz oshiqmen deb aytmasun.

Yaratganni yod etib, diydorini orzu qilganlar har qancha xorlik ko‘rsa ham
ko‘nglini o‘zidan o‘zgaga bog‘lamasligi lozim. Bu dunyo hamisha ham Alloh
oshiqlarini tushunavermagan. Har bir oshiqning mashaqqat chekishi, tabiiy hol.
Bu mashaqqatlarga bardosh bermasa, oshiqman deb aytmasin, deydi Ahmad
Yassaviy.
Ko‘ngilni yolg‘iz Allohga bog‘lash, o‘zlikdan kechish masalasi Shayx Xudoydodda
ham chiroyli yoritilgan. Jumladan:


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

139

O‘zlugungdin uzmayin, anga bo‘la olmas ko‘ngil,

O‘zini mutlaq qo‘yolmay ham nishon bo‘lmas ko‘ngil.

O‘zlugumdin uzsam. Ango tamanno qilsa men,

G‘ayrdin to sof etmay, o‘zgadin sochmas ko‘ngil.

Oshiq o‘zligidan kechmas ekan, o‘z “men”ini yenga olmas ekan, chin ma’noda
Allohga bog‘lana olmaydi. O‘zini, taqdirini Yaratganga havola qilmas ekan,
Yaratganning rahmatiga nishon bo‘lolmaydi. Qachonki o‘zligidan kechsa,
shundagina Haq vaslini orzu qilishga haqli bo‘ladi. Bir ko‘ngilga ikki narsaning
ishqi sig‘maydi deganlaridek, Alloh ishqi bor qalbda ham o‘zga bir ishq, havasga
o‘rin yo‘q.

Hikmatlarda Muhammad Mustafo (s.a.v.) obrazi ham alohida o‘rin tutadi.

Zero, “Badiiy obraz deganda, borliqning sanʼatko koʻzi bilan koʻrilgan va ideal
asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Adabiyot va sanʼatning fikrlash
shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy
kategoriyasi” sanaladi.[2,2] Shu ma’noda hikmatlarda ikki olam sarvari (s.a.v.)
vasfi ham keltiriladi. Jumladan, Ahmad Yassaviyda quyidagicha:

O‘n sekkiz ming olamg‘a sarvar bo‘lg‘on Muhammad,
O‘ttuz uch ming as’hobg‘a rahbar bo‘lg‘on Muhammad.
Yalang‘ochu ochliqqqa qanoatlig‘ Muhammad,
Osiy, jofiy ummatg‘a shafoatlig‘ Muhammad.

Allohning rasuli, o‘n sakkiz ming olam sarvari, Muhammad (s.a.v.)ning go‘zal
husni xulqi, yupunlik va ochlikka qanoatli ekanini barcha ummatga namuna
qilib ko‘rsatmoqda muallif.Aytishlaricha, payg‘ambarimiz (s.a.v.)boshqa yemak
yo‘qligidan kun bo‘yi faqat xurmo yeb, suv ichib yurgan ekanlar. Hatto bir-necha
kunlab tuz totmagan kunlari bo‘lgan ekan. Shunda ham Allohga shukr va
tavakkul qilib, o‘z yo‘lidan qaytmagani ul zotni musulmon deb atalgan ummatga
payg‘ambar qildi. Bir rivoyatda keltirilishicha, Nabiy alayhissalomning qizlari
Fotima roziyallohu anhu xasta ekanini aytib, otalariga odam yuboradilar.
Qizining uyiga kelgan marhamatli ota eshikni 3 marta taqillatadi. Ichkaridan
biroz kutib turishi iltimos qilinadi. Kutadilar, ammo ichkaridan darak bo‘lmaydi.
Shunda Rasuli akram (s.a.v.) eshikni ochmayotganlarining sababini so‘raydilar.
Qizlari esa boshlariga o‘rashga hech narsa topolmaganini aytgach:”Men sizning
otangizman, eshikni ochavering”,- degan javob bilan eshikni ochadilar. Shunda
qizlarining sarg‘ayib ketgan xastalikdan charchagan yuziga termulib qarab
turganlarida Fotima onamiz uylarida yeyishga hech vaqo qolmaganini, bolalari
ochlikdan yig‘lashgani sabab otalarini chaqirganini aytadilar. Ushbu hikmat
bugungi kunimiz uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boriga shukr, yo‘g‘iga


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

140

sabr qilishda payg‘ambarimiz (s.a.v.) ibrat namunasidirlar. Osiy ummatini o‘ylab,
ularni haq yo‘liga chorlashda har qanday tahqirlarga, mashaqqatlarga bardosh
bergan Rasulimiz (s.a.v.)ga durudu salomlar bo‘lsin.
Shayx Xudoydod Valida:

Ey xayolat, ham zi avval, ham z-oxir Mustafo,
Rahnamoi jumla olam shud vahmi Mujtabo.
Ey xayolat, Mustaforo karda Mahbub az azal,
Kulli olamro biyomad u rasuli beilal.

(Mazmuni: Ey xayoling, avvalda ham, oxirda ham Mustafo(s.a.v.) bo‘lgach, Ul zot
barcha olamning rahnamosi va mujtabosi(saralangan; saylab, tanlab olingan,
mumtoz) bo‘ldi. Ey xayoling, azaldan Mustafoni o‘zingga Mahbub – sevikli qilgan,
barcha olamlar uchun uni mukammal Rasul – payg‘ambar qilib yuborgan.)
Shayx Xudoydodda ham Allohning bandalari ichida eng oliy maqomga erishgan,
Haq taoloning sevikli Rasuli - Muhammad Mustafo (s.a.v.) ulug‘lanadi.

Muhammadni biza qildi payambar,
Aning shar’in biza xush qildi oson.
Aning dinin biza qildi saodat,
Aning shar’i biza xush bo‘ldi burhon.

Qur’oni karimning “(Ey Muhammad,) haqiqatan, Biz Sizni (qiyomat kuni

ummatlarga) guvohlik beruvchi, (mo‘minlarga) xushxabar eltuvchi va
(kofirlarni)

ogohlantiruvchi

qilib

yuborgandirmiz”(Fath,

8)

oyatida

Payg‘ambarimizning mo‘minlarga vasldan xushxabar beruvchi, kofirlarni
do‘zaxning azobidan ogohlantiruvchi etib yuborilgani aytiladi.

Xullas, hikmatlarda botiniy olam takomili orqali Haq visoliga erishishni

maqsad qilgan solik va uning ruhiy holati badiiy ifodasini topgan. Bunda
Xudoydod tasavvuf qoidasiga binoan Muhammad (s.a.v.) odoblari va Ahmad
yassaviy yo‘lidn borib, o‘tli misralar yozgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Valixo‘jayev B. Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Valining adabiy meroslari

haqida.//Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Vali – yassaviya tariqatining mashhur
namoyandasi. Samarqand. 2000. 19-bet.
2.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. T:.

Akademnashr. 2010. 44-bet.
3.

. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. T:.

Akademnashr. 2010. 157-bet.
4.

. Yassaviy A. Devoni hikmat. T:. G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa

birlashmasi. 1992. 60-bet.
5.

Ulug‘ avliyo Shayx Xudoydod Vali. T:. O‘zbekiston. 2017. 202-bet.

Bibliografik manbalar

Valixo‘jayev B. Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Valining adabiy meroslari haqida.//Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Vali – yassaviya tariqatining mashhur namoyandasi. Samarqand. 2000. 19-bet.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. T:. Akademnashr. 2010. 44-bet.

. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. T:. Akademnashr. 2010. 157-bet.

. Yassaviy A. Devoni hikmat. T:. G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi. 1992. 60-bet.

Ulug‘ avliyo Shayx Xudoydod Vali. T:. O‘zbekiston. 2017. 202-bet.