O‘ZBEK TILI DARSLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI (TURKMAN TILLI MAKTABLAR MISOLIDA)

Аннотация

O‘zbek tili darslari oldiga qo‘yiladigan vazifalar va ularni amalga oshirish yo‘llari, har qanday mukammal dastur asosida yaratilgan takomillashgan darslik, samarador usullar bilan o‘quvchilar ongiga singdirilgandagina kutilgan natija beradi. Ayniqsa, o‘quvchilarning til imkoniyatlaridan vaziyatga qarab foydalanish malakasiga ega bo‘lishi, o‘z fikrini aniq ifodalashga, zarur bo‘lgan so‘z va gap shakllari, ibora va tasviriy ifodalarni tanlay va qo‘llay olishlarini shakillantirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati juda yuqori. Buning uchun o‘zbek  tili o‘qituvchisi o‘z sohasini puxta bilishi, ilg‘or pedagogik texnalogik hamda zamonaviy o‘quv texnik vositalardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
5-8
34

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Annayeva, M., & Allamuratova , G. (2024). O‘ZBEK TILI DARSLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI (TURKMAN TILLI MAKTABLAR MISOLIDA). Наука и инновации в системе образования, 3(9), 5–8. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/50995
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbek tili darslari oldiga qo‘yiladigan vazifalar va ularni amalga oshirish yo‘llari, har qanday mukammal dastur asosida yaratilgan takomillashgan darslik, samarador usullar bilan o‘quvchilar ongiga singdirilgandagina kutilgan natija beradi. Ayniqsa, o‘quvchilarning til imkoniyatlaridan vaziyatga qarab foydalanish malakasiga ega bo‘lishi, o‘z fikrini aniq ifodalashga, zarur bo‘lgan so‘z va gap shakllari, ibora va tasviriy ifodalarni tanlay va qo‘llay olishlarini shakillantirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati juda yuqori. Buning uchun o‘zbek  tili o‘qituvchisi o‘z sohasini puxta bilishi, ilg‘or pedagogik texnalogik hamda zamonaviy o‘quv texnik vositalardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

5

O‘ZBEK TILI DARSLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA

TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI

(TURKMAN TILLI MAKTABLAR MISOLIDA)

Annayeva Maya Radjapbayevna

Nukus davlat

pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim

kafedrasi o‘qituvchisi

Allamuratova Gulchinar Ilmuratovna

Nukus davlat

pedagogika institute Boshlang‘ich ta’lim fakulteti,

boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12663638

O‘zbek tili darslari oldiga qo‘yiladigan vazifalar va ularni amalga oshirish

yo‘llari, har qanday mukammal dastur asosida yaratilgan takomillashgan darslik,
samarador usullar bilan o‘quvchilar ongiga singdirilgandagina kutilgan natija
beradi. Ayniqsa, o‘quvchilarning til imkoniyatlaridan vaziyatga qarab
foydalanish malakasiga ega bo‘lishi, o‘z fikrini aniq ifodalashga, zarur bo‘lgan
so‘z va gap shakllari, ibora va tasviriy ifodalarni tanlay va qo‘llay olishlarini
shakillantirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati juda yuqori.
Buning uchun o‘zbek tili o‘qituvchisi o‘z sohasini puxta bilishi, ilg‘or pedagogik
texnalogik hamda zamonaviy o‘quv texnik vositalardan yaxshi xabardor bo‘lishi
lozim.

O‘quv mashg‘ulotlarini yangi zamonaviy shakl va usullarda tashkil etish,

o‘quvchilarning dars jarayonida maqsadli boshqara olish ayni kunda
o‘qituvchilik faoliyatining bosh mezoni hisoblandi.

An’anaviy yo‘nalishdagi dars didaktik maqsadiga quyidagi bosqichlardan

iborat edi:

-yangi bilimlarni o‘zlashtirish;

-o‘rganilgan bilimlarni amaliy tatbiq qilish orqali mustahkamlash;

-o‘tilganlarni takrorlash kabi turlarga ega ekanligi ma’lum [1.03].
Biz taklif qilayotgan innavatsion texnalogiyalardan foydalangan holda

ta’limiy o‘yinlardan fodalanish esa yuqordagi sanab o‘tgan mezonlar bilan birga
o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish, atrofidagi sodir
bo‘layotgan jarayonlarga nisbatan befarq bo‘lmaslik, shu bilan birga o‘zaro
hamjihatlik kabi insoniy fazilatlarga ega bo‘lishni ham ta’minlaydi, zero bugungi
zamonaviy ta’lim tizmimizning ham bosh maqsadi “o‘quvchilarga ta’lim bilan
birga tarbiya berish”ni ham o‘z ichiga oladi [5.07].


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

6

Ta’limiy o‘yinlarni dars jarayoniga tatbiq qilishda o‘quvchilar bilan

munozaralar, didaktik o‘yinlar maxsus ijodiy topshiriqlar o‘tkaziladi.
Innavatsion texnalogiyaga asoslangan zamonaviy dars turlari va shakllarini
qo‘llashdan boshlanadi: Masalan, hozirdagi amalda qo‘llanilayotgan “O‘zbek tili”
4-sinflar uchun mo‘ljallangan darsligida fe’l nisbatlariga doir mashqlar berilgan.
Ushbu mashqlarni o‘quvchiga o‘rgatishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanamiz va
har bir fe’l nisbatlariga quyidagi namunadagidek qilib rasmlar tayyorlab olamiz.

Yangi mavzuni tushuntirishdan oldin. O‘quvchilar bilan birgalikda

rasmlarga qarab gap tuzib olamiz. Bu usuldan foydalanish o‘quvchilarda mavzu
haqida biroz bo‘lsada tushuncha hosil bo‘lishga yordam beradi. Shundan so‘ng
ta’limiy o‘yinlardan “Grafik test” o‘yin texnologiyasidan foydalangan holda
quyidagicha tashkil qilamiz:

Ish tartibi: Har bir ishtirokchiga maxsus jadvalli varaqlar tarqatiladi.
Vazifa: O‘qituvchi oldindan tayyorlangan savollarni o‘qiydi. Ishtirokchilar

har bir savolga javob variantlardan mosini tanlab shu katakchani bo‘yaydi.
Jarayon yakunida hosil bo‘lgan shakl na’munaviy shakl bilan solishtiriladi.

O‘zbek tili ta’limida bu kabi ta’limiy o‘yin darslarini o‘tkazishdan maqsad

o‘quvchining til darsda olingan bilimlarini sinab ko‘rish, o‘zaro munozara -
muloqot, jarayonida til imkonyatlaridan foydalana olish, nutqiy mahorat, tez va


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

7

aniq fikrlash darajasini muammoli vaziyatlardan chiqa olish malakasini
baholashdan iboratdir.

Ta’lim jarayonida ta’limiy o‘yinlar tехnоlоgiyasi - ta’limiy o‘yinli dars

shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim оlish jarayoni o‘yin
faоliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning bilim оlish faоliyati
bilan uyg‘unlashgan darslar ta’limiy o‘yinlar darsi dеb ataladi. Ta’limiy o‘yinlar
darslarining bilim оlish va o‘yin faоliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli - rоlli
o‘yinlar, ijоdiy o‘yinlar, ishbilarmоnlar o‘yini, kоnfеrеnsiyalar, o‘yin-mashqlariga
ajratish mumkin [3.27].

O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual, so‘ngra guruhli o‘yinlarga

tayyorlash va uni o‘tkazish, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng, оmmaviy
o‘yinlarga tayyorlashi lоzim. Chunki o‘quvchilar ta’limiy o‘yinlari darslarida faоl
ishtirоk etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari,
bundan tashqari, sinf jamоasi o‘rtasida hamkоrlik, o‘zarо yordam vujudga kеlishi
lоzim.

O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual, so‘ngra guruhli o‘yinlarga

tayyorlash va uni o‘tkazish, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng, оmmaviy
o‘yinlarga tayyorlashi lоzim. Chunki o‘quvchilar ta’limiy o‘yinlari darslarida faоl
ishtirоk etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari,
bundan tashqari, sinf jamоasi o‘rtasida hamkоrlik, o‘zarо yordam vujudga kеlishi
lоzim [6.04]. Shundan kelib chiqib fe’llarni o‘timli va o‘timsiz fe’llarga
ajratganimizda quyidagi “Venn diagrammasi” usulidan foydalanishimiz mumkin:

Bahs munozara darslarida yechib ulgirilmagan, biror to‘xtamga

kelinmagan masalalarni oydinlashtirish, to‘g‘ri, aniq hukm va muxtasar xulosalar
chiqarish bilan farqlanadi. Bahs-munozara o‘quvchilardan xushyorlikni talab
qiladi. U mustaqil va jadal fikrlashga, hozirjavoblikka, aytilgan fikrning to‘g‘ri
yoki noto‘g‘riligi haqida o‘ylashga o‘z fikrini mantqli va izchil o‘rganishga
o‘rgatadi
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsa yuqorida na’muna ko‘rsatib o‘tilgan usul va
metodlar nafaqat fanlararo intigratsiya, balki bo‘limlar orasidagi o‘zaro aloqani
ham ta’minlashga xizmat qiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

8

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi. Ona

tili. Adabiyot // Ta’lim taraqqiyoti, 1-maxsus son, 2021.
2.

Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T.,

1999.
3.

Mengliyev B., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Qarshi, 2005.

4.

Rafiyev A. O‘zbek tili (ta’lim rus va boshqa qardosh tillarda olib

boriladigan maktablarning 4-sinf sinfi uchun) darslik, -T.: “O‘qituvchi” NMIU,
2020.
5.

Ne’matov H.G‘. Fe’l, uning forma va kategoriyalari // O‘zbek tili va

adabiyoti, 2015.
6.

X.D Furqatovna. Bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik faoliyatiga kreativ

yondashuv. PEDAGOGS jurnali, Toshkent, 2022/4/15.

Библиографические ссылки

Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot // Ta’lim taraqqiyoti, 1-maxsus son, 2021.

Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T., 1999.

Mengliyev B., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Qarshi, 2005.

Rafiyev A. O‘zbek tili (ta’lim rus va boshqa qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 4-sinf sinfi uchun) darslik, -T.: “O‘qituvchi” NMIU, 2020.

Ne’matov H.G‘. Fe’l, uning forma va kategoriyalari // O‘zbek tili va adabiyoti, 2015.

X.D Furqatovna. Bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik faoliyatiga kreativ yondashuv. PEDAGOGS jurnali, Toshkent, 2022/4/15.