OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI VA ISTIQBOLLARI

Abstract

Ushbu maqola “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish strategiyasi va istiqbollari” mavzusini o‘z ichiga oladi. Turizm global iqtisodiyotda muhim soha bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish, madaniy almashinuv va mintaqaviy barqarorlikka katta hissa qo‘shadi. Ushbu ishda O‘zbekistonda turizm sohasining hozirgi holati, uning mamlakat barqaror rivojlanishi uchun strategik ahamiyati yoritilgan. Boy tarixiy va madaniy merosga ega bo‘lgan O‘zbekiston jahon turizm xaritasida muhim yo‘nalishlardan biriga aylanish uchun ulkan salohiyatga ega. Maqolada infratuzilmani modernizatsiya qilish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mahalliy va xalqaro sayyohlarni jalb etish uchun innovatsiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor hamkorligi hamda barqaror turizm amaliyotlari muhim omillar sifatida tahlil qilingan. Shu bilan birga, ekologik muhitni muhofaza qilish, madaniy merosni asrab-avaylash va mas’uliyatli turizm rivoji masalalari ko‘rib chiqilgan. Mazkur ish O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi turizm markaziga aylantirish uchun zarur bo‘lgan keng qamrovli strategiyalar haqida ma’lumot berib, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
23-28
27

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sodiqova , G. . (2025). OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI VA ISTIQBOLLARI. Science and Innovation in the Education System, 4(6), 23–28. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/106476
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish strategiyasi va istiqbollari” mavzusini o‘z ichiga oladi. Turizm global iqtisodiyotda muhim soha bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish, madaniy almashinuv va mintaqaviy barqarorlikka katta hissa qo‘shadi. Ushbu ishda O‘zbekistonda turizm sohasining hozirgi holati, uning mamlakat barqaror rivojlanishi uchun strategik ahamiyati yoritilgan. Boy tarixiy va madaniy merosga ega bo‘lgan O‘zbekiston jahon turizm xaritasida muhim yo‘nalishlardan biriga aylanish uchun ulkan salohiyatga ega. Maqolada infratuzilmani modernizatsiya qilish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mahalliy va xalqaro sayyohlarni jalb etish uchun innovatsiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor hamkorligi hamda barqaror turizm amaliyotlari muhim omillar sifatida tahlil qilingan. Shu bilan birga, ekologik muhitni muhofaza qilish, madaniy merosni asrab-avaylash va mas’uliyatli turizm rivoji masalalari ko‘rib chiqilgan. Mazkur ish O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi turizm markaziga aylantirish uchun zarur bo‘lgan keng qamrovli strategiyalar haqida ma’lumot berib, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

23

OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH

STRATEGIYASI VA ISTIQBOLLARI

Sodiqova Gavhar Xayrulla qizi

Toshkent davlat agrar universiteti huquq va turizm fakulteti

“turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi 1-bosqich

magistratura talabasi

g-mail manzil: gavharsodiqova2001@gmail.com

tel: +998 97 001 25 60

https://doi.org/10.5281/zenodo.15636635

Annotatsiya:

Ushbu maqola “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish

strategiyasi va istiqbollari” mavzusini o‘z ichiga oladi. Turizm global
iqtisodiyotda muhim soha bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish, madaniy almashinuv va
mintaqaviy barqarorlikka katta hissa qo‘shadi. Ushbu ishda O‘zbekistonda
turizm sohasining hozirgi holati, uning mamlakat barqaror rivojlanishi uchun
strategik ahamiyati yoritilgan. Boy tarixiy va madaniy merosga ega bo‘lgan
O‘zbekiston jahon turizm xaritasida muhim yo‘nalishlardan biriga aylanish
uchun ulkan salohiyatga ega. Maqolada infratuzilmani modernizatsiya qilish,
turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mahalliy va xalqaro sayyohlarni jalb
etish uchun innovatsiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor hamkorligi
hamda barqaror turizm amaliyotlari muhim omillar sifatida tahlil qilingan. Shu
bilan birga, ekologik muhitni muhofaza qilish, madaniy merosni asrab-avaylash
va mas’uliyatli turizm rivoji masalalari ko‘rib chiqilgan. Mazkur ish
O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi turizm markaziga aylantirish uchun
zarur bo‘lgan keng qamrovli strategiyalar haqida ma’lumot berib, iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yanada
mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Annotation:

This article covers the topic “Development Strategy and

Prospects of Tourism in Uzbekistan.” Tourism is a vital sector in the global
economy, contributing significantly to economic development, cultural
exchange, and regional stability. This study highlights the current state of the
tourism sector in Uzbekistan and its strategic importance for the country’s
sustainable development. With its rich historical and cultural heritage,
Uzbekistan possesses immense potential to become one of the key destinations
on the world tourism map. The article places special emphasis on modernizing
infrastructure, diversifying tourism products, and improving service quality. It
analyzes the importance of introducing innovations, fostering public-private
partnerships, and implementing sustainable tourism practices to attract both


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

24

domestic and international tourists. Moreover, it addresses the issues of
preserving the ecological environment, safeguarding cultural heritage, and
promoting responsible tourism. This work provides comprehensive strategies
necessary to transform Uzbekistan into a leading tourism hub in Central Asia
and includes recommendations aimed at stimulating economic growth and
enhancing the country’s international image.

Kalit so‘zlar: turizm, turizm infratuzilmasi, xalqaro hamkorlik, madaniy

almashinuv, turizm ovuli,Turizm qishlog’i, global iqtisodiyot, turistik
imkoniyatlar, infratuzilmani modernizatsiya qilish, turistlar xavfsizligi, ziyorat
turizmi, ekologik turizm, gastronomik turizm, Xalqaro standartlar, transport
logistika tizimi, xorijiy investitsiyalar, malakali kadrlar tayyorlash, madaniy
meros, siyosiy barqarorlik.

Keywords:

Tourism, tourism infrastructure, international cooperation,

cultural exchange, tourism village, tourist village, global economy, tourism
potential, modernization of infrastructure, tourist safety, pilgrimage tourism,
ecotourism, gastronomic tourism, international standards, transport and
logistics system, foreign investments, training of qualified personnel, cultural
heritage, political stability.

Turizm sohasi bugungi kunda dunyo bo‘ylab jadal rivojlanayotgan

sohalardan biri bo‘lib mamlakatlar bu sohaga alohida eʼtibor berishmoqda.
Turizmni barqaror rivojlantirish uchun puxta Turizm strategiyasini ishlab
chiqish lozim. Bunda strategik yondashuv turizm sohasini iqtisodiy
rivojlanishida ahamiyatlidir. Puxta va uzoq muddatli Turizm strategiyasini
ishlab chiqish asosida mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi, yangi ish
o‘rinlari yaratiladi, hududlarda kichik va o'rta biznes subyektlari faoliyati
rag‘batlantiriladi. Bu esa mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta'sir etadi.
Turizm strategiyasidan asosiy maqsadlardan yana bir bu O'zbekiston turizm
brendini va imijini dunyoga tanitish reklama va targ'ibot ishlari orqali
yurtimizning o'ziga xos madaniyati, tabiiy go'zalliklarini, tarixiy obidalarini keng
targ‘ib qilishdir. Bu esa o'z o'zidan sayyohlarning yurtimizga bo'lgan qiziqishini
ortishiga sabab boʻlib turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Turizm
infratuzilmasini yaxshilash bugungi kunda dolzarb masala bo'lib kelmoqda.
Yaxshi rejalashtirilgan turizm infratuzilmasi sayyohlar va mahalliy aholi uchun
qulay sharoit yaratadi. Bu jarayonda transport, mehmonxona, ovqatlanish,
sog'liqni saqlash, axborot xizmatlari kabi turizm uchun zarur bo‘lgan
infratuzilma tarmoqlari sezilarli darajada yaxshilandi. Yana bir muhim jihati
shuki, strategik rejalashtirish turizmda ekologik, madaniy va ijtimoiy


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

25

barqarorlikni ta’minlaydi. Masalan, yurtimizga tashrif buyurgan turistlar uchun
ekologik turizm turlarini taklif qilish, hamda ekologik toza turizm turlarini
rivojlantirish orqali tabiat resurslari saqlanadi. Bundan tashqari tarixiy
yodgorliklarga zarar yetkazilmasdan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasi va Turizm qo'mitasi

ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi yillarda turizm sohasining YAIM dagi ulushi yildan
yilga o'sib bormoqd. 2023-yil statistik ma’lumotlariga ko'ra O'zbekiston turizm
sohasining YAIM dagi ulushi taxminan 5% atrofida bo'lgan. Bu koʻrsatkich 2016-
yilda deyarli ikki baravarga oshib, atigi 2,5% ni tashkil etgan edi. 2023-yilda
O'zbekistonga 6,6 milliondan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurgani qayd
etilgan. Ularga ko'plab xizmatlar ko'rsatilgan. Jumladan, mehmonxonalar,
transport, ovqatlanish va boshqa xizmatlar ko'rsatilib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga
chet el valyutasini olib kirib, katta foyda keltirgan. Kelgusida YAIM hajmini
oshirish maqsadida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, infratuzilmani
yaxshilash va sarmoyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida
kutilayotgan ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston hukumati 2030-yilgacha
turizmning YAIM dagi ulushini 10% gacha yetkazishni rejalashtirmoqda.

Dunyo miqyosida muvaffaqiyatli deya topilgan turizm strategiyalari ancha

yillardan beri o'z samarasini berib kelmoqda. Ushbu strategiyalar faqatgina
tashrif buyuruvchilar sonini oshirish bilan cheklanmay, balki davlat imidjini
shakllantirish, iqtisodiy ko'rsatkichlarni yanada yaxshilash va aholi farovonligini
oshirishga xizmat qiladi. Har bir mamlakat o‘zining turizm salohiyatiga
asoslanib, tabiiy iqlimi, geografik joylashuvi va rivojlanish imkoniyatlaridan
kelib chiqgan holda noyob strategiyalarni ishlab chiqgan. Misol uchun,
Italiyaning madaniy meros asosida ishlab chiqilgan strategiyasida o'zining boy
tarixiy va madaniy merosiga tayangan holda UNESCO ro'yxatiga kiritilgan
obyektlar soni bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinda turadi. Italiya mamlakatining
har bir shahri o'zining go'zalligi va arxitekturasidagi nodir bezaklari bilan
boshqa davlatlardan ajralib turadi. Italiya hukumati ushbu obyektlarni uzoq
muddatga saqlanib qolishi uchun xalqaro grantlar va texnik yordam, har bir
obyekt uchun individual boshqaruv rejasi (management plan) hamda "UNESCO
monitoring" tizimi orqali holatni muntazam nazorat qiladi.

Muvaffaqiyatli turizm strategiyalarini yo'lga qo'ygan davlatlardan yana bir

bu Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridir. Ushbu mamlakat yiliga
taxminan 16-18 million sayyoh qabul qiladi. Bu mamlakatda safari turizmi
mashhurdir. Hukumat tomonidan daromadli sayyohlarni jalb qilish, shaharning
xalqaro imidjini mustahkamlash va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

26

maqsadida "Luksus turizm" konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Dubayning diqqatga
sazovor binolarini misol qilsa, bunda dunyodagi eng baland bino deya topilgan
"Burj Khalifa" palma daraxti shaklida qurilgan sun'iy kurort orol, yirik savdo
markazi va ko'ngil ochar hamda boshqa shu kabi loyihalar shaharning turistik
salohiyatini oshirgan. Bu mamlakatda global brending va marketing
strategiyalari ham keng joriy qilingan. Misol uchun, " Visit Dubai" kompaniyasi
orqali shahar ijtimoiy tarmoqlar, xalqaro ommaviy axborot vositalari va
mashhur san'at ixlosmandlari ishtirokida keng reklama qilingan. Bugungi kunda
Dubay modeli barqaror va innovatsion turizm strategiyasining eng samarali
namunasi bo‘lib, mamlakat har yili turizm sohasidan 10 milliard AQSH
dollaridan ortiq daromad olmoqda.

Fransiyaning "Madaniy va gastronomik turizm" strategiyasi boshqa

mamlakatlar turizm strategik yondashuvidan ajralib turadi. Bu strategiyadan
ko'zlangan maqsad turizmni madaniyat, tarix va gastronomiya bilan
uyg'unlashtirilgan holda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni oshirishdir.
Fransiyaning o'ziga xos arxitekturasi va san'at merosi mamlakatga tashrif
buyurgan sayyohlar tomonidan katta qiziqish bildurilmoqda. Mamlakatda
turistik infratuzilma yaxshi rivojlangan bo'lib, Parijdagi Versal saroyi, Luvr
muzeyi, Avignon kabi tarixiy diqqatga sazovor joylar turistik markazga aylangan.
Fransiya gastranomiya sohasida ham mashhur hisoblanib, fransuz oshxonasi
UNESCO tomonidan munosib e’tirof etilib, madaniy meros sifatida tan olingan.
Mamlakda har yili turli xil madaniy festivallar, san'at ko'rgazmalari va
gastronomik tadbirlar (masalan, " Gastranomi haftaliklari" yoki "Vin festivals")
o'tqaziladi. Fransiyada turistik diqqatga sazovor joylar nafaqat katta
shaharlarida rivojlangan balki kichik shaharlar va qishloqlarda ham rivojlangan.
Turistlar asosan Burgundiya yoki provans mintaqalarida, ekologik turizmni va
miliy taomlarni sinab ko'rishni xohlashadi.

Xulosa va takliflar

Turizm ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotida muhim sektor bo‘lib, iqtisodiy

o‘sish, mаdаniy almashinuv va bаrqarorlikni rivojlаntirishda muhim rol
o‘ynaydi. O‘zbekistonda turizmning iqtisodiy rivojlanishga, mamlakatning
xalqaro mаydondagi obro‘sini oshirishga va uning boy madaniy merosini
sаqlashga katta salohiyati bor. Mamlakatning turizm strategiyasi iqtisodiy
bаrqarorlikni mustаhkamlash, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash va madaniy
merosni himoya qilishga qaratilgan. Asosiy tаshabbuslar infratuzilmani
yangilash, yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish va mahalliy hamda xorijiy
sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonning


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

27

tarixiy obidalari, mаdaniy boyliklari va tabiiy manzaralari xalqaro turizmni
rivojlantirishda katta imkoniyatlar taqdim etadi. An’аnaviy turizmni
rivojlantirish bilan birga, qishloq, gаstronomik, ekoturizm va madaniy turizmni
rivojlantirish sektorni diversifikаtsiya qilish va kengaytirish uchun juda
muhimdir. Hukumat xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, soliq imtiyozlarini
taqdim etish va mahalliy aholini turizm faoliyatiga jalb qilish orqali o‘sishni
rag‘batlantirishga intilmoqda. Turizm strategiyasi shuningdek, atrof-muhitni
himoya qilish va O‘zbekistonning madaniy merosini kelajak avlodlar uchun
saqlashga yo‘naltirilgan barqaror amaliyotlarni ustuvor qiladi. Bu turizm
xizmаtlarini sifatini oshirish, mаlakali mutaxаssislarni tayyorlash va
mamlakatning global turizm bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirishni o‘z
ichiga oladi. Uzoq muddatda, O‘zbekistonning turizm strategiyasi mamlakatning
iqtisodiy imkoniyatlarini, xalqaro obro‘sini oshirish va sayyohlarga betakror
tаjribalar taqdim etish maqsadiga yo‘naltirilgan. Ushbu asosiy maqsadlarga
e’tibor qaratish orqali O‘zbekiston mintаqаdagi yetаkchi turizm mаnzillaridan
biriga aylanishga tayyorlanmoqda. Turizm iqtisodiy o‘sishgа muhim hissа
qo‘shib, ish o‘rinlarini yaratish, xorijiy valyuta tushumlarini ta’minlash va
mintaqaviy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlаshga yordam berаdi. Turizmning
salohiyatidan to‘liq foydalanish uchun samarali strategiyalarni amalga oshirish
va barqarorlikni ta’minlash juda muhimdir. Ushbu bo‘limda turizmni
rivojlantirishning turli strategiyalari o‘rganilib, barqaror va mas’uliyatli turizm
o‘sishini qo‘llab-quvvаtlash uchun davlat, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan
qo‘llaniladigan asosiy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Atrof-
muhitga zarar keltirmаslik, mаhalliy madaniyat va merosni sаqlash va turistik
joylarning uzoq muddatli bаrqarorligini ta’minlash muhim ekanligi ta’kidlangan.
Bundan tаshqari, turizmni rivojlantirishda hamkorlik va sheriklikning roli
o‘rganilib, davlat va xususiy sektor hamkorligi, jamiyatni jalb qilish va xalqаro
hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, raqamli marketing, tajribaviy
turizm va ekoturizm kаbi yangi tendentsiyalar va innovаtsiyalar turizmni
rivojlantirish strategiyalariga qo‘shаyotgan hissаsi haqida ham so‘z yuritilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi / Sh.M. Mirziyoyev. –

Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. – 23 b.
2.

Farmon (2023). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-

sentabrdagi PF-158-son “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmoni.
3.

Toʻxliyev I. (2021). Markaziy Osiyodagi turizmning tarixiy ildizlari.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi UzA, 27.08.2021.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

28

4.

Eshtaev A. (2023). Oʻzbekistonning turizm salohiyati va uni rivojlantirish

istiqbollari. Monografiya.

References

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. – 23 b.

Farmon (2023). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmoni.

Toʻxliyev I. (2021). Markaziy Osiyodagi turizmning tarixiy ildizlari. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi UzA, 27.08.2021.

Eshtaev A. (2023). Oʻzbekistonning turizm salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari. Monografiya.