SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
41
EVIPPA ACULEATA (KRONEBERG, 1875) O‘RGIMCHAGINING
BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Baxromova Barno Xasanovna
(PhD) katta o‘qituvchi
G‘oziyeva Firuza Munavvarjon qizi
tayanch doktorant
Farg‘ona davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15734297
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Lycosidae oilasiga mansub Evippa aculeata
(Kroneberg, 1875) turining morfologik belgilari, yashash muhiti, ekologik
moslanishlari va bioekologik ahamiyati yoritilgan. Qurg‘oqchil ekotizimlarda
yashovchi ushbu tur o‘ziga xos yashash tarziga ega bo‘lib, biotsenozda yirtqich
sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Lycosidae oilasi o‘zining yerda yashovchi, faol yirtqich vakillari bilan ajralib
turadi. Mazkur oilaga mansub Evippa aculeata turi Markaziy Osiyo
mintaqasining qumli, dasht va sho‘rxok hududlarida keng tarqalgan. Farg‘ona
janubiy va g‘arbiy qismlarida, xususan, Yozyavon cho‘li va vodiy dashtliklarida
ko‘p uchraydi.
Evippa aculeata nisbatan mayda yoki o‘rta o‘lchamdagi o‘rgimchak bo‘lib,
uning tanasi qum tusli, jigarrang rangda bo‘ladi. Bu ranglar unga yashirinib ov
qilishda yordam beradi. Tana va oyoqlari mayda tukchalar hamda tikonchalarga
ega. Turning nomida uchraydigan “aculeata” termini ham bu morfologik
xususiyatni bildiradi (lotincha “tikonli” degani).
U to‘r to‘qimaydi va yer ostiga chuqurcha qazib yashaydi. Bu esa uni haddan
tashqari yuqori harorat va yirtqichlardan himoya qilishga yordam beradi.
Tur yirtqich hisoblanadi va tunda faol hayot tarziga ega. kunduz kunlari esa
tuproqdagi o‘ra yoki yoriqlarda yashirinib yotadi. U faqatgina qumli muhitda
emas, balki siyrak o‘simlik o‘sadigan biotoplarda ham uchrashi mumkin. Evippa
aculeata asosan kichik hasharotlar bilan oziqlanadi.
Evippa aculeata tanasi zich tuk bilan qoplangan bo‘lib, rangi odatda qumli
yoki qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi, bu esa yashash muhitiga moslashuvchanlikni
oshiradi. Erkaklarining tana uzunligi 6–8 mm, urg‘ochilari esa 9–12 mm atrofida
bo‘ladi. Ko‘zlari sakkizta bo‘lib, uch qatorda joylashgan: yuqori qatorda ikkita
yirik ko‘z, o‘rta qatorda to‘rtta kichikroq ko‘z va pastki qatorda yana ikkita
yirikroq ko‘z bo‘ladi.
Ko‘payish odatda bahor va erta yoz oylarida sodir bo‘ladi. Erkaklari
urg‘ochilarni murakkab xulqiy harakatlar bilan jalb qiladi. Urg‘ochilari odatda 40
dan 100 tagacha tuxum qo‘yadiva tuxumlarini ipakdan to‘qilgan maxsus pillaga
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
42
joylashtirib, uni tanasining orqa tomoniga biriktirib olib yuradi. Bu holat
tuxumlar yetilishi va xavfsizligini ta’minlaydi. Inkubatsiya davridan so‘ng, yangi
chiqqan o‘rgimchak bolalari onasining orqasida bir muddat yashab, keyinchalik
mustaqil hayotga o‘tadi. Bunday xatti-harakat naslni tashqi xavflardan
himoyalash va yosh o‘rgimchaklar omon qolishini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu
Lycosidae oilasining ko‘plab vakillariga xos bo‘lgan biologik xususiyatdir.
Mazkur tur yirtqich sifatida zararkunanda hasharotlar sonini nazorat
qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, qurg‘oqchil va yarim cho‘l
zonalarining ekologik holatini baholashda bioindikator sifatida xizmat qiladi.
Evippa aculeataning ekologik o‘rni va moslashuvchanligi uni fundamental va
amaliy tadqiqotlar uchun dolzarb ob’ektdir.
Evippa aculeata – Far‘ona vodiysining yarim cho‘l ekotizimlariga xos
bo‘lgan, ekologik moslashuvchanligi yuqori yirtqich o‘rgimchak turidir. Uning
morfologiyasi, yashash muhiti va ko‘payish uslubi uni alohida o‘rganishga
arzigulik ob’ektga aylantiradi. Bu tur ekologik barqarorlikni ta’minlovchi
bioindikator sifatida ham ilmiy ahamiyatga ega. Kelgusida bu turga oid ekologik
va genetika tadqiqotlarini kengaytirish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Baratov P., Mamatqo'lov M., Rafiqov A. O'rta Osiyo tabiiy gеografiyasi. -
Toshkеnt: O'qituvchi, 2002. - 439 b
2.
Knapp M., Řezáč M. Even the Smallest Non-Crop Habitat Islands Could Be
Beneficial: Distribution of Carabid Beetles and Spiders in Agricultural
Landscape. // PLOS ONE, 10 (4), (2015), e0123052.
3.
Meng K., Li S., Murphy R.W. Biogeographical patterns of Chinese spiders
(Arachnida: Araneae) based on a parsimony analysis of endemicity. // Journal of
Biogeography, 35 (7), (2008), 1241-1249.
4.
Utz R.M., Hilderbrand R.H., Boward D.M. Identifying regional differences in
threshold responses of aquatic invertebrates to land cover gradients. //
Ecological Indicators, 9 (3), (2009), 556-567.
5.
Xasanov I.A, G'ulomov P.N, Qayumov A.A. O'zbеkiston tabiiy gеografiyasi.
Toshkеnt, 2009. - 162 b.
6.
Кронеберг А. Пауки // А.П.Федченко Путешествие в Туркестан
Известия
императорского
общества
любителей
естествознания
антропологии и этнографии, Том ХIX, выпуск 3, С-Петербург, Москва, 1875
7.
Тыщенко В.П. Определитель пауков Европейской части СССР
Определители по фауне СССР, издав. Зоол. ин-том АН СССР. Л.: Наука, 1971.
- 281 с.
