SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
15
Synapses:
Insights Across the Disciplines
“TUSHDA KECHGAN UMRLAR?”: XOTIRA, DARD VA VIJDONNING
ADABIY IFODASI
Toʻylieva Sevara Erkin qizi
Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi
ANNOTASIYA:
Oʻtkir Hoshimovning "Tushda kechgan umr" lar asarida ifodalangan
ijtimoiy - ma'naviy muammolar, insoniyatning ichki kechinmalari va oʻtmish
xotiralarining badiiy aks ettirilishi tahlil qilinadi.
Asardagi personajlar qalbi, ularning
darad - u hasrati orqali jamiyatdagi muhim masalalarga nazar tashlanadi.
Muallif
mahorati, uslubi va ruhiy - psixologik tasviri yoritiladi. Shuningdek, ushbu asar orqali
oʻquvchida qanday insoniylik saboqlari shakllanishi mumkinligi haqida mulohaza
yuritiladi.
KALIT SOʻZLAR:
Oʻtkir Hoshimov, tushda kechgan umrlar, xotira, adolatsizlik,
personaj, retrospeksiya.
Kirish:
Oʻzbek adabiyotida inson qalbi va jamiyat ruhiyatini oʻzizga xos tarzda tahlil qilgan
yozuvchilar orasida Oʻtkir Hoshimov alohida oʻrin egallaydi. Uning har bir asari oʻz
davrining oʻtkir ijtimoiy muammolarini koʻtarib chiqadi. Ayni paytda insoniylik, vijdon,
mehr, yurakdagi dard haqida teran falsafiy mushohadalarga boy boʻladi. Ana shunday
asarlardan biri - " Tushda. Kechgan umrlar" dir. Bu asar nafaqat oʻzbek xalqining
muayyan davrdagi ruhiy holatini, balki insoniyatning unutilgan ammo, yurakda hanuz
tirik boʻlgan iztiroblarini yodga soladi. Asarni oʻqiyotgan har bir inson oʻz hayolida asar
voqealarini gavdalantiradi. Oʻzi ham xuddi shu muhitga tushib qolganday mutolaa
qilishi asarning mukammal yozilganining isbotidir. Yozuvchimiz Said Ahmad " Tushda
kechgan umrlar" asariga quyidagicha taʼrif beradi.
“Romanni loqayd hayajonsiz oʻqib boʻlmaydi, u kitobxonni larzaga soladi. Xalq
boshiga kulfatdan boshqani solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil -
dilidan qargʻish yogʻdiradi.” Haqiqatan ham bu urush koʻp insonlarning boshiga yetdi.
Asosiy qism:
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
16
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Inson umrini oqar daryo deymiz. Kechagi kunimiz bir tushday oʻtib ketdi.
Bugun esa hayotimizning yangi bir sahifasi ochildi. Shu sababli yozuvchi asarni "
Tushda kechgan umrlar" deb nomlagan boʻlsa kerak. Asar voqealari markazida turgan
qahramonlar: Rustam, uning otasi, Komissar, Soat Gʻaniyev, Qurbonoy xolalarning
hayoti xuddi tushdagidek ma'nisiz va algʻov - dalgʻov oʻtdi. Muallif romanda
retrospeksiya usulidan - zamondan ortga qaytish imkoniyatlaridan keng foydalangan.
Bunga misol qilib asar bosh qahramoni Rustamning oxirgi kundaligidan boshlanadi va
Qurbonoy xolaning har kungi tashvishlariga ulanib ketadi. Asar voqealari shu tarzda
personajlarga bogʻlanib ketadi. Personaj - (Lot. persona - shaxs ) san'at va badiiy
adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs.
Ushbu asarda Afgʻon urushiga borgan Rustam va U singari insonlarning ayanchli
taqdiridan hikoya qiladi. Zulm va nohaqliklar qilgan Komissar Soat Gʻaniyev va shu
kabilar koʻplab insonlarning hayotiga nuqta qoʻydi. Yosh goʻdaklarni vahshiylarcha ota
- onasidan ayirdi. Qurbonoy xolaning ota - onasi Toʻlagan va Fotima kabilarning
hayotdan erta koʻz yumishi Komissar va shunga oʻxshagan adolatsiz insonlar sabablidir.
Rustam Afgʻon urushi xotiralaridan qutula olmadi.U oʻzi sevgan qiz Shahnozaga
uylangan boʻlsa ham, bir - birini sevsa ham ular baxtli boʻlisha olmadi. Bu
baxtsizlikning asosiy sababi urushning salbiy taʼsiri edi. Urush natijasida uning
sogʻligida muammo bor edi. Qolaversa urushdan uyga qaytganda koʻrgan
adolatsizliklarga guvoh boʻlishi, Shahnozaning baxtsizligiga oʻzini aybdor qilishi uning
fojiali oʻlimiga sabab boʻldi.
Har bir kitobxon ushbu asarni oʻqiganda inson umrini adolatsizligi bilan nihoyasiga
yetkazgan Komissar Soat Gʻaniyevga nisbatan nafrat alangasi uygʻonadi. U
mahalladoshi Toʻlagan va Husanlarning nohaq jazolanishiga sabab boʻlgan.
Toʻlaganning ayoli oʻz joniga qasd qilishi uchun Komissarning chirkin nafsi sabab
boʻlgan. Ushbu asar nafaqat xotira, balki saboq. Hozirgi yoshlar bu asarni oʻqib hech
bir narsaga osonlikcha erishilmaganini tushunadilar. Ochlik, urush , adolatsizlik,
jamiyatda inson qadrining yoʻqolishi - bu saboqlar asarda badiiy vosita bilan yurakka
yetkazildi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, “Tushda kechgan umrlar” - bu yurakka bitilgan
dardli xotiralar xazinasi. Oʻtkir Hoshimov bu asari orqali oʻz shaxsiy iztiroblari fonida
butun bir avlodning ogʻir tarixini yoritadi. U oʻtmish voqealarini, insonlarning boshiga
tushgan qiyinchiliklarni, adolatsizlik va nohaqliklarni shunchaki hikoya qilmaydi.
Ularni oʻquvchining yuragiga olib kirdi. Mazkur asar orqali bugungi avlod ham
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
17
Synapses:
Insights Across the Disciplines
oʻtmishni anglaydi. Sabir, shukr, mehr va vijdon kabi insoniy qadriyatlarni qayta
kashf etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Hoshimov, Oʻtkir. Tushda kechgan umrlar. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2001.
2. Said Ahmad. Adib haqida fikr. // “Oʻzbek adabiyoti” gazetasi, 2002-yil, 10-son.
3. Gʻaniyeva, N. Oʻzbek adabiyotida urush mavzusi. – Toshkent: Fan, 2005.
4. Karimov, Yoʻldosh. Adabiy tahlil asoslari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1998.
5. Qodirov, M. XX asr oʻzbek nasri: obraz va gʻoya. – Toshkent: Yozuvchi, 2004.
6. Qoʻchqorov, S. Oʻtkir Hoshimov ijodi poetikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2010.
7. Vohidova, M. Adabiyot nazariyasi va badiiy asarni tahlil qilish. – Toshkent:
Universitet, 2015.
