ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
28
PSIXOLOGIYA FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
Yusufaliyeva Mushtariybegim Qosim qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16923911
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Psixologiya fanining tarixi, ushbu sohadagi olimlarning
qarashlari, psixologiya fani tarmoqlari, bugungi kundagi psixologiya fanining ahamiyati
borasida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Psixologiya, ruh, psixika, ong, fan tarmoqlari, psixologiya olimlari
qarashlari.
Kirish.
Psixologiya ruh haqidagi fan (er.av VI asr – eramizning XVI asr). Har bir olim ruh
haqidagi o‘z ta’limotlarini ilgari surishga harakat qilgan. Birlamchi tushunchalar animistik
xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni “har bir predmetning o‘z qalbi bor”-deb e’tirof etilgan. Ruhning
har bir predmetda mavjudligini harakat va ko‘rinishda aks ettirilganini kuzatganlar. Arastu
barcha organik jarayonlarda psixik jarayonlar aks etgan deb aytib o‘tgan. O‘simliklar dunyosi
va hayvonot olamiga ruh ta’limotini kiritgan.[6]
So‘ngra psixika haqida ikkita qarama-qarshi fikr paydo bo‘lgan: materialistik (Demokrit)
va idealistik (Aflotun). Demokritning fikriga ko‘ra psixika o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy
hisoblanadi, ruhning holati kichik atomlardan tashkil topgan, atomlar jismoniy tanada aks
etganlar. Dunyoni bilish psixika va organizmning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqalaridan tarkib
topgandir. Aflotunning fikriga ko‘ra ruh mukammal hisoblanadi. Dunyoni anglash esa
mukammal ruhdagi g‘oyalar dunyosini anglashdan iboratdir, ruh inson tanasiga tushmasdan
oldin ham rivojlanadi.
Psixologiya ong haqidagi ta’limotdir (XVII-XIX asrlar).
Psixologiya ong ta’limoti ortida
anchagina rivojlanishga ega bo‘lgan. Ayni psixologiya sohasidagi qarashlar eksperimental
psixologiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Uzoq vaqtlar davomida psixologiya tabiiy, ijtimoiy
fanlardan ajratilib o‘rganiladigan ilm sohasi sifatida qaralgan. Buning asosiy sababi shundaki,
o‘sha paytlarda psixologiya, inson ruhi idealistik nuqtai nazaridan talqin etilgan. Psixologiya
oldida turgan asosiy funksiya asosan inson ichki olamini o‘rganish bo‘lib, bu ichki olamga tashqi
dunyoga aloqasiz ravishda lrganizm ichida paydo bo‘ladigan ichkarida kechadigan jarayonlar,
holatlar sifatida talqin etilgan. R.Dekart hayvonlarning ruhi yo‘q degan fikrni aytib o‘tgan.
Hayvonlarning xatti-harakati reflekslar deb ataladi. Uning fikriga ko‘raongning paydo bo‘lishi
va tafakkurning rivojlanishi ichki nutq orqali shakllanar ekan. Dj.Lokkning fikriga ko‘ra ong
insonnning hissiyotlari orasiga yashiringandir, u ongni atomik tarzda tahlil qilish usulini
qo‘llagan, bunga ko‘ra psixik holatlar birlamchi holatlar sifatida e’tirof etilgan [7].
Psixologiyaning mustaqil fan sifati shakllanishi 1879-yillarga borib taqaladi. Negaki, ushbu
yilda olim Vilgelm Vundt tomonidan dunyoda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasi
tashkil etiladi. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga albatta shartli reflekslar
haqidagi ta’limotlar va psixik kasalliklarni davolash usullarining tadqiq etilishi va umuman,
fiziologiya fanining rivojlanishi asos bo‘ldi. Psixologik eksperimentlarning o‘tkazilishi albatta
mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos yaratildi.
Psixologiyaning predmeti psixika bo‘lganligi sababli uning asosiy funksiyasi ob’ektiv
dunyo haqidagi jarayonlarni aks ettirishni hisobga oladi. Psixologiya boshqa fanlar qatori
falsafa fanining negizida vujudga keldi. Falsafa aynan bilish nazariyalari psixika haqidagi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
29
tasavvurlarni tahlil qiladi. Bunda psixika birlamchi, ong ikkilamchi holatlar sifatida e’tirof
etiladi. Psixologiya inson faoliyatida psixikani va uning rivojlanishini o‘rganadi. Psixologiya
barcha fanlarni integratsiya qilib, ularga ta’sir ko‘rsatadi va ular insoniy bilimlarning umumiy
modeli sifatida talqin qilinadi. Psixologiya faoliyatni tadqiq qilish va insonning aqliy, amaliy
faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Psixologiya va falsafa.
Psixologiya falsafaning tarkibida shakllanib, 1879 yilda mustaqil
fan sifatida tarkib topdi. Psixologiyada falsafaning ikki yo‘nalishi saqlanib qolgan: materialistik
va idealistik. Idealizm (fransuzchadan idealisme) — idealizm: falsafaning bosh masalasida-
ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama - qarshi o‘laroq ong, ruh
birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, “ong, sezgi, tasavvur va tushunchalaring
mahsulidir”-deb da’vo qiluvchi g‘ayri ilmiy falsafiy oqim. Materializm (lotincha materialis —
moddiy) materialism falsafasidagi ikki asosiy oqimdan biri, ya’ni idealizmga qarama-qarshi
o‘laroq, birdan-bir ilmiy, tarixan progressiv dunyoqarashdir. Materializm, dunyo o‘z tabiatiga
ko‘ra moddiydir, materiya, tabiat, borliq, inson ongidan tashqari unga bog‘liq bo‘lmagan holda
mavjuddir, material birlamchi hamda sezgilarning manbai sifatida qaraydi.[9]
Pedagogika va psixologiya.
Pedagogika o‘qitish metodikalarini psixologiya
metodikalaridan o‘zlashtiradi, bundan tashqari qobiliyatlarga nisbatan yondashuvlar xam
psixologik jarayonlardan olingan. Boshqa fanlarning qo‘shilishi natijasida pedologiya fani
vujudga kelgan. Pedologiya 20 asrning birinchi yarmida mavjud bo‘lgan fanlardan biri
hisoblanib, hozirgi kunda bunday fan mavjud emas.
Akademik psixologiya
psixik ko‘rinishlarni, holatlarni va jarayonlarni o‘rganadi, u nafaqat
insonlarni, balki hayvonlardagi psixik o‘zgarishlarni ham o‘rganadi.
Tatbiqiy psixologiya
psixologik qonuniyatlarning umumlashmasini, ularning ma’lum bir sohadagi kasbiy faoliyatini
o‘rganadi.
Amaliy psixologiya
psixologik bilimlarning amaliy tomonlarini tahlil qiladi.
Xulosa:
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik insonlar psixologiyani bilishi va shu bilan birga ma’lum
darajada psixologik bilimlardan va psixologik o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishalari mumkin.
Masalan, ijtimoiy muhitdagi har bir inson psixologik ma’lumotlarni har xil internetdan, gazeta
va jurnallardan, psixologik kitoblardan olishi mumkin.Va shu bilan bir qatorda odamlar
psixologik faktlarga ko‘proq qiziqa boshlagani sari psixologiyani o‘rganishga ishtiyoq
ko‘tarilgan. Ushbu qiziqishlar insonda undagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini
o‘rganishga yo‘l ochadi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o’zini yaxshiroq tushunishga imkon
beradi. Xulosa qilib aytganda, bugunga kelib psixologiyaning fan doirasida tarmoqlarining
kengligi, pedagogika, sport, tibbiyot, laborotoriya va boshqa bir qator sohalardagi rivoji,
yondashuvlari fan rivojiga keng xissa qo‘shmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya
sohasida amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga
oshirildi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. Р. 563-572.
2.
MUXAMEDOVA D.G‘., MULLABOEVA N.M., RASULOV A.I. “Umumiy psixologiya” darslik.
2017
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
30
3.
Jo‘rayev N.S. J-96 Psixologiya tarixi [Mata]: o‘quv qo‘llanma / N.S. Jo‘raev; - Toshkent,
«Noshir» nashriyoti, 2019. 232-b.
4.
E.G’,G’oziyev “Psixologiya” darslik;
