ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
48
AQLIY RIVOJLANISHDA MUAMMOSI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI SAVODGA
O‘RGATISHNING LINGIVISTIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA
METODIK TAVSIYALAR
Abdujabborova Mavjuda Baxtiyor qizi
JDPU. Maxsus pedagogika kafedrasi stajyor o’qituvchisi
Sunnatova Dinara
Surdopedagogika yo‘nalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14023105
Annotatsiya:
Ushbu maqola jahon ta’limining muhim vazifalaridan biri – funksional
savodli o‘quvchi shaxsini shakllantirish bo‘lib aqliy rivojlanishda muammosi bo‘lgan
o‘quvchilarni savodga o‘rgatishning lingivistik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha metodik
tavsiyalar.
Aqliy rivojlanishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni savodga o‘rgatishning ilmiy
adabiyotlarda yoritilishiga qaratilgan.
Kalit so’zlar:
O‘qish, nuqson, bibliopsixologiya, qo‘zg‘alish, tafakkuri, idroki, xotira,
diqqati, nutqi, tasavvur, bilish, san’at.
Yordamchi maktabda o‘qiydigan o‘quvchilarning ko‘pchiligida markaziy nerv
sistemasining organic jarohatlanishi natijasida bilish faoliyati turg‘un buzilgan bo‘ladi, ya’ni
ularning barcha psixik jarayonlari rivojlanmagan bo‘ladi. Natijada savodni o‘rgatish
jarayonida bilish faoliyatidagi kamchiliklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Korreksion ishlar
mobaynida o‘quvchilarning tafakkuri, idroki, xotira, diqqati, nutqi, tasavvuri, xissiyoti va
boshqa psixik jarayonlari rivojlantiriladi. Savod o‘rgatish ishlari korreksion ishlar bilan
birgalikda amalga oshirilishi lozimligi adabiyotlar tahlili va o‘qituvchining ish tajribalarini
o‘rganish natijasida aniqlandi. Psixologik va pedagogic adabiyotlarda aqli zaif bolaning bilish
faoliyatini korreksiyalash rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati keng tarzda
yoritilgan. Psixologlardan A.B.Kovaleva , A.A.Smirnova, A.V.Zaparojets, A.P.Usova,
V.A.Kutetskiy, G.U.Shukina va boshqalarning ta’kidlaganidek boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
didaktik o‘yin bolalarning ruhiy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
A.A.Smirnova, A.V.Kovalyovalarning “Psixologiya” darsligida ta’kidlanishicha, “O‘yin
bola uchun kattalar olamining aksi bo‘lib, u tevarak atrofdagi olamni o‘rganish yo‘lidir”.
V.A.Krutetskiy o‘z asarlarida o‘yin faoliyatining psixologik mexanizmlarini tahlil etib “To‘g‘ri
tashkil etilgan o‘yin bola shaxsiyatining ijobiy xislatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi,
jamoaning tarkib topishi, uning jipslashishiga ko‘maklashadi, do‘stlik, o‘rtoqlik xislatlarini
tarbiyalaydi. O‘yin faoliyatining tarkibiy qismini psixik jarayonlar tashkil etadi” deb
hisoblaydi. “O‘yin tevarak atrofni idrok etishga, his qilishga, idrok, nutq, tafakkurni o‘stirishga,
tashabbuskorlik, ijobiy his – tuyg‘ularni hosil qilishga xizmat qiladi” deb yozgan. O‘yin o‘quv
jarayonida aqliy faoliyatdan hordiq chiqarish vositalaridan biri ekan. O‘yin faoliyatida natija
hamda ishtirokchilarda hosil bo‘ladigan mamnuniyat muhimdir.
“O‘quvchilarning o‘quv jarayonida bilim olish faoliyatini faollashtirish”nomli kitobida
o‘quv jarayonidaijodiy faoliyatning muhimligini va o‘qituvchi ushbu muammolarni amalda
to‘g‘ri yechimini topa olishi lozimligini ta’kidlab o‘rdi. O‘qish davomida qiziqishning
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
49
mavjudligini bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqning rivojlantirilishiga bog‘liq. Didaktik o‘yin –
qiziqtirib o‘qitish va rivojlantirish maqsadlariga erishish vositalaridan biridir.
V.P.Groshenkov va I.A.Stepanovlarning ko‘rsatishlari bo‘yicha o‘yin faoliyati o‘quv
jarayonini faollashtirishga imkon yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlik, diqqat – e’tibor, xotira,
fikrlash qobiliyatlari rivojlanib boradi. O‘yin faoliyati ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat
qilib, takrorlash, mustahkamlash, chuqurlashtirish uchun ham xizmat qiladi.
Yordamchi maktabda savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish darslarida o‘qituvchi
darsning maqsadi, mazmuni, o‘quvchilarning bilim saviyasi, darsda ishlatiladigan usullarni
hisobga olgan holda didaktik o‘yin, topishmoq, viktorina, rebus va boshqalardan mosini tanlab
ishlatadi1.
Didaktik o‘yinlar darsning har qanday bosqichida ishlatilishi mumkin.
Ta’lim faoliyatida didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda ona tili darslarida bilimlarini anglash,
o‘zlashtirishning psixologik negizini shakllantirish, bilim olishga bo‘lgan ehtiyojning yangi
yo‘llarini topishga imkon yaratib, ularni yangi faoliyati o‘quv faoliyatiga chorlaydi, deb
hisoblaydi.
“O‘yin faoliyati o‘quv faoliyati bilan uzluksiz bo‘gliq bo‘lib, uning imkoniyatlarini
oshiradi aqlan zaif o‘quvchini bilish faoliyatini korreksiyalash, rivojlantirishning muhim
manbalaridan biriga ayalandi” deb ta’kidlaydi.
Har bir darsda o‘yin sharti tushuntirilgach, uni o‘quvchilar bilan birgalikda ko‘rsatib
turib bajarish, so‘ngra bolalarga bajartirish maqsadga muvofiqdir.
O‘yinning samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kayfiyati, munosabati, emotsional
holatiga, o‘yin natijalariga bo‘lgan qiziqishiga bog‘liq.
Savod o‘rgatish darslarida didaktik o‘yinlar bolada yangi bilimlarni egallashga qiziqish
uyg‘otadi, ularning mustaqilligini tarkib toptirib boradi.
Ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab birinchi sinfida o‘qish va yozuv darslarida savod
o‘rgatish ishlari amalga oshirilsa, ikkinchi sinfdan boshlab o‘qish darslarida birinchi sinfda
olgan bilimlar mustahkamlanadi va takomillashtiriladi. O‘qish darslarida o‘qish malakalarini
shakllantirish ishlari amalga oshirilsa, yozuv dasrlarida yozish malakalarini tarkib toptirish
ishlari olib boriladi.
Yordamchi maktabda savod o‘rgatish ishlarining xususiyatlarini o‘rganish natijalari
shuni ko‘rsatdiki, alifbegacha davrda va alifbe davrida o‘quvchilarning analiz va sintez qilish
qobiliyati, fonematik eshitishi, tovushlar talaffuzida bir – biriga o‘xshash tovushlarni bir – biri
bilan alamshtirish, harf elementlarini esda yaxshi saqlay olmasligi, harflarni unutib qo‘yish,
paronim so‘zlarni bir – biri bilan almashtirish, fazoviy idrokining talab darajasida
rivojlanmaganligi, tafakkur, diqqat, xotiralarning sustligi, lug‘atining kambag‘alligi kuzatiladi.
Yordamchi maktabda savod o‘rgatish ishlarining xususiyatlari aynan o‘quvchilarda
kuzatiladigan o‘ziga xos xususiyatlardan kelib chiqadi. Savod o‘rgatish davrida o‘qituvchi o‘z
faoliyatini aynan o‘quvchilarning yuqorida qayd etilgan xususiyatlarini hisobga olgan holda
tashkil etishi zarur.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yordamchi maktab o‘quvchilarida o‘qish va
yozish malakalarini o‘zlashtirishda diqqatning tarqoqligi, xotiraning sustligi, fazoviy idrok va
1
Gonobolin F.N. “Psixologiya” – M; 1998
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
50
fonematik eshitishning rivojlanmaganligi, tahlil va umumlashtirish qobiliyatining sustligi,
og‘zaki nutqning rivojlanmaganligi, jumladan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar, o‘xshash
tovushlarni almashtirib yoki noto‘g‘ri talaffuz qilish, lug‘atning kambag‘alligi va xakazolar
kuzatiladi. Ushbu qiyinchiliklar harf shaklini eslab qolishda, tovushlarni alamashtirib
yuborishda, harf elementlarini teskari ko‘rishda,bo‘g‘in va soi’z ichida harflarni tushurib
ketishda ifodalanadi.
Adabiyotlar tahlili hamda ta’kidlovchi eksperiment natijalari ixtisoslashtirilgan
maktabda aqli zaif o‘quvchilarga savod o‘rgatish ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha
ayrim metodik tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi..
References:
1.
Abdullayeva Q., Hidoyatova SH., Rahmonbekova S. O‘qish kitobi. Imkoniyati cheklangan
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlarning 2-sinf darsligi. T.:
Yangiyo‘l poligraf servis, 2022.
2.
Muzaffarova F., Nasriddinova D. O‘qish kitobi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning 3-sinf darsligi. T.: Niso poligraf servis,
2021.
3.
Nurkeldiyeva D.A. Pedagogik – psixologik diagnostika (rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarning pedagogik-psixologik diagnostikasi). Darslik. T.: Vneshinvestrom, 2023. 21-b.
4.
Rasulova M., Hikmatova Sh. O‘qish kitobi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning 5-sinf darsligi. T.: Cho‘lpon, 2023.
