ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
QO’QONDA YORDAMGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALAR TA’LIMI
Ahmadova Nozima
3-kurs talabasi
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
Ilmiy rahbar: Tilyaxodjaeva Fazilya Muxamedjanovna
Fakultetlararo tillar kafedrasi dotsenti
fazilya_t@rambler.ru
https://orcid.org/0000-0002-4613-5213
https://doi.org/10.5281/zenodo.14028200
Annotatsiya
. Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo’lgan alohida
yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda va ta’lim berishda yangicha yondashuv bo’lgan
inklyuziv ta’lim to’g’risida so’z yuritiladi. Ma’lumki, psixologik jihatdan, alohida yordamga
muhtoj bolalar rivojlanishning turli bosqilarida o‘zgalarning ko‘magiga muhtojlik sezadi.
Bog’cha muhitida ularga ko‘maklashish har-xil hayotiy vaziyatlarda imkon qadar mustaqil
qaror qabul qilishi va ma’lum hatti-harakatlarni ongli amalga oshirishini rag‘batlantirish
(motivatsiyalash) hamda jamoaga moslashishini yengillashtirish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Kalit so’zlar:
ijtimoiy moslashuv, imkoniyati cheklanganlik, integratsiya, inklyuziv ta’lim,
bilim va ko’nikma, shaxs xususiyatlari, tizimlilik, yondashuv.
Yordamga muhtoj bolalarni bolalik davridanoq har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga
ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, umuman olganda, jamiyat hayotiga faol integratsiyalashuvi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Jumladan, “shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotida va mehnat
faoliyatida xulq-atvorning eng maqbul modelini shakllantirish orqali shaxsni tarbiyalash” va
“o‘quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari, hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun
zarur korreksion (tuzatuvchi) — rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish” yurtimizda faoliyat
ko‘rsatayotgаn ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalarini tashkil etadi.
Bugunga kelib, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya va defektologiyada “imkoniyati
cheklanganlik” tushunchasi shartli ravishda ikki jihatdan, ya’ni tibbiy va ijtimoiy nuqtai
nazarlardan talqin qilinmoqda. Tibbiyotda imkoniyati cheklanganlik bolada tashxis orqali
organik patologiya va disfunksiyani belgilash, pirovardida kasal maqomini berish, ularni
tuzatish va ba’zida ajratib qo‘yish zarurligi bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy yondashuvda esa ushbu
tushuncha mohiyati bevosita insonning jamiyatga integratsiyalashuvi va moslashuvi bilan
bog‘liq holda tushunilmoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “Ijtimoiy moslashuv – bir vaqtning o‘zida uchta darajada:
jamiyatda, oilada va shaxsiy-individual darajada yuz beradigan murakkab hodisadir...
Bolalarning zamonaviy voqelikka moslashuvi uning shaxsiy ijtimoiy-demografik xususiyatlari
(sog‘ligi holati, oilaviy ahvoli, ijtimoiy talab) bilan bir qatorda ijtimoiy institutlar: davlat, oila,
ijtimoiy xizmatlar va jamoat tashkilotlarining ko‘magiga ham bog‘liq”.
Maktabgacha ta’lim muassasi alohida yordamga muhtoj bolalarning jamiyat faol
integratsiyalashuvi va individdan boshqa shaxslar bilan teng maqomga ko‘tarilishi uchun
muhim omillardan biridir. Bugungi kunga kelib jamiyatimizda alohida yordamga muhtoj
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
bolalarga nisbatan ijtimoiy yondashuvning o‘rni olib borilayotgan turli targ‘ibot-tashviqot
tadbirlari natijasida asta – sekinlik bilan bo‘lsa-da, mustahkamlanib bormoqda. Lekin ularning
bog’chada tarbiyalanishi, umumta’lim muassasalarida o’qishi bilan bog‘liq huquq va ehtiyojlari
to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlar (“ular o’zlarini boshqara olishmaydi”, “o’zgalar yordamiga
muhtoj bolishadi”, “ularning ruhiyati o’zgaruvchan" va boshqalar) ham uchrab turishidan ko‘z
yumib bo‘lmaydi. O‘z navbatida mazkur toifadagi bolalar tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim
muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-tarbiyachilarning barchasi ham inklyuziv ta’lim
bo’yicha yetarli bilim va malakalarga ega deyish, biroz mushkul.
Yordamga muhtoj bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga tayyorlashning tizimli
yondashuv modeliga ko‘ra, inklyuziv ta’lim mikrotizimdan keyingi mezotizimni tashkil etuvchi
tarkibiy qismlardan biridir. Lekin yuqorida keltirilgan qator omillar inklyuziv ta’limning
alohida yordamga muhtoj bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga tayyorlab borishda bola
shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy ijtimoiy institutlardan biri sifatidagi o‘rni va
ahamiyatini yanada oshiradi.
Inklyuziv ta’lim doirasida yaratilgan dasturlar amalga oshiriladigan tadbirlar shakli va
mazmunini belgilashda ularni o‘quv jarayonida va darsdan tashqari paytlarda amalga
oshirilishida o‘zaro muvofiqligiga alohida ahamiyat qaratish lozim bo‘ladi. Ya’ni, yuqoridagi
ta’lim yo‘nalishda beriladigan bilimlar va ko‘nikmalar nazariy jihatdan o‘quv fanlari
mazmuniga singdirilishi bilan bir qatorda amaliy jihatdan darsdan tashqari tadbirlarda
mustahkamlanib borilishi zarur.
Ma’lumki, psixologik jihatdan, alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanishning turli
bosqilarida o‘zgalarning ko‘magiga muhtojlik sezadi. Bog’cha muhitida ularga ko‘maklashish
har-xil hayotiy vaziyatlarda imkon qadar mustaqil qaror qabul qilishi va ma’lum hatti-
harakatlarni ongli amalga oshirishini rag‘batlantirish (motivatsiyalash) orqaligina o‘zining
ijobiy natijalarini berishi zamonaviy ilm-fanda va amaliyotda o‘zining tasdig‘ini topmoqda.
Ta’lim muassasasining pedagogik salohiyati, metodik va moddiy-texnik bazasi va shu kabi
boshqa imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mazkur toifadagi bolalar
tarbiyalanayotgan oilalar (ota-onalari, ularning o‘rnini bosuvchilar, oilaning boshqa a’zolari)
bilan olib boriladigan ishlar ham o‘zining alohida ahamiyatiga ega. Buning uchun ta’lim
muassasasining inklyuziv ta’lim doirasida yaratilgan dasturi oilalar bilan hamkorlik bo‘yicha
ham tashkiliy-pedagogik chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi ijobiy natijalarni beradi.
Bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalar muammolari bilan jamoat va nodavlat
tashkilotlari ham shug‘ullanib, qator loyihalar va dasturlarni amalga oshirmoqda. Bizningcha,
“Alohida yordamga muhtoj bolalarni bog’cha sharoitiga tayyorlash – ijtimoiy
integratsiyalashuvning muhim omili” yo‘nalishidagi ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
jumladan, bu boradagi ta’lim dasturlarini samarali amalga oshirishda mavjud imkoniyatlarni
to‘g‘ri yo‘naltirishga zamin yaratgan bo‘lar edi.
Alohida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlardan biri alohida yordamga muhtoj
bolalarning o‘ziga xos xususiyalarini va muammolarini inobatga olgan holda sotsiologiya,
psixologiya, pedagogika, defektologiya, tibbiyot kabi fanlarning zamonaviy tadqiqot
metodlaridan samarali foydalangan holda o‘rganish yuqorida qo‘yilgan masalalarni hal
etishning yangi shartsharoitlari va imkoniyatlarini ochib beradi. Ilmiy tadqiqotlardan olingan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
natijalar, tabiiyki, alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanishning dastlabki bosqichlaridan
boshlab bog’chaga, maktabga va jamiyat muhitida oilaviy hayotga tayyorlab borishning ilmiy-
metodologik va amaliy-metodik asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xulosa sifatida aytish joizki, bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalarni
maktabgacha ta’lim muassasasiga inklyuziv ta’limning, xususan ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalarining imkoniyatlari boshqa ijtimoiy institutlarga qaraganda kengroq, lekin bu
jarayonning sifati va samaradorligi boshqa institutlar bilan faol hamkorlikda ishlab chiqilgan
alohida dastur asosidagi tizimli tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq.
References:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi 422-XII-sonli qonuni. // Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 78- modda.
2.
3.
«Инклюзивное образование детей с ограниченными возможностями» tezislar
toʻplami. – T., 2008. -S. 191-193.
4.
Kalbayeva X. Oʻzbekiston Respublikasi inklyuziv taʼlim konsepsiyasi.
5.
Moʻminova L.R Inklyuziv taʼlim. Dastur. T., 2014
6.
Shomaxmudova R.Sh. Maxsus va inklyuziv taʼlim. – T.: “Chashma print”, 2011.
7.
R.Sh.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv taʼlim” uslubiy qoʻllanma. Toshkent 2011-y.
8.
MUXAMEDJANOVNA T. F. Axborot va o'quv muhitida sirtqi bo'lim talabalarining mustaqil
ishi //ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY QARASHLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR.–
2023. – 2023.
9.
Tillyakhodzhaevа F. Features of the development of mathematical abilities of students in
English lessons //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2021. – Т. 2. – №. 11. – С.
226-232.
10.
Тиляходжаева Ф. М., Хамидова Н. Ш. Особенности обучения иностранным языкам
на раннем этапе //Ученый XXI века. – 2015. – №. 11 (12). – С. 41-47.
