ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
34
BO‘LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MANTIQIY FIKRLASHGA
METODIK TAYYORLASHNING ZARURIYATI VA ISTIQBOLLARI
G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi
Guliston davlat pedagogika instituti stajyor-o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10830194
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bo’shlang’ich sinf o’quvchilarini mantiqiy fikrlashga
metodik tayyorlash, uning zaruriyati va istiqbollari muhokama qilinadi.
Kalit so’zlar:
mantiqiy fikr, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi, mantiqiy tafakkur,
dars, metod.
THE NECESSITY AND PROSPECTS OF METHODICAL TRAINING OF FUTURE
ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING
Abstract.
This article discusses methodical training of elementary school students for
logical thinking, its necessity and prospects.
Key words:
logical thinking, future elementary school teacher, logical thinking, lesson,
method.
НЕОБХОДИМОСТЬ И ПЕРСПЕКТИВЫ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ
БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ К ЛОГИЧЕСКОМУ
МЫШЛЕНИЮ
Аннотация.
В данной статье рассматривается методическая подготовка
учащихся младших классов к логическому мышлению, ее необходимость и перспективы.
Ключевые слова:
логическое мышление, будущий учитель начальных классов,
логическое мышление, урок, метод.
Yangi O’zbekistonni qurish va uchinchi renesans davri o’tayotgan bir vaqtda ta’lim
sohasidagi eng quyi va asosiy pog’onalardan biri bo’lgan maktab ta’limi tizimida yetarlicha
yangilanish va islohotga muhtoj yo’nalishlar mavjud. Ta’kidlash o’rinliki, boshlang‘ich ta’limda
bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalarining pastligi asosan boshlang‘ich ta’limda zamonaviy
o‘qitish shakl va usullarining mukammal emasligi bilan izohlanadi. Shu sababli o‘quv jarayonida
salohiyatli kadrlarni jalb etish haqida so’z borar ekan, avvalo aynan boshlang‘ich ta’lim tizimini
texnologiyalashtirish, maktabga axborot kompyuter texnologiyalari, elektron o‘quv vositalarini
tatbiq etish zarurligini yodda tutishimiz zarur.
1
Bo’lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi zamonaviy
talablarga javob bera oladigan pedagog bo’lishi uchun kompyuter bilan ishlash malakalarini
1
Мироненко С.Н. Интегрatsiя педагогического и технического знания как условие подготовки педагога
профессионального обучения к диагностической деятелтности: Дисс. ... канд. пед. наук. – Череповец, 2014.
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
35
egallashi va bu orqali o‘z ishida betakror ko‘makchiga ega bo‘lishini anglab yetishi lozim. O‘quv-
tarbiya jarayonida axborot kommunikativ texnologiyalarni qo‘llab, biz quyidagi vazifalarni hal
etamiz:
- o‘qishga qiziqish va motivatsiyani orttirish;
- o‘quv malakalarini shakllantirish;
- ta’limda individual va tabaqalashgan yondashuvni amalga oshirish.
- kompyuter bilan ishlashga oid dastlabki malakalarni shakllantirish.
Yuqorida ushbu texnologiyalar pedagogning hozirgi kundagi asosiy quroli ekanligini
ta’kidlab o’tildi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida mantiqiy tafakkurning shakllanishi
ko’p jihatdan zamon bilan hamnafas bo’lish va o’z tajribasida zamonaviy metodikadan
foydalanishda ham amaliy natija bera oladi.
An’anaviy darslarda o‘qituvchi o‘quvchilarga turli o‘yinlarni taklif qilgani holda, barcha
o‘quvchilarni o‘yinga jalb etish, ularning faoliyatlarini nazorat qilish va individual va
tabaqalashgan yondashuvni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bunday darslarga
tayyorlanish jarayonida o‘qituvchi ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash va yig‘ishda ham
qiynaladi. Bo’lajak pedagogning ilm-fan yutuqlaridan xabardorligi ushbu qiyinchiliklarni tez,
oson yengib o’tishiga yordam beradi.
2
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini mantiqiy fikrlashga metodik tayyorlash va bu
masalani amalga oshirish pedagogik sharoitlarini joriy etish uning mutaxassisligi doirasida
ma’lum fanlarni o‘zlashtirish doirasida darsda va darsdan tashqari vaqtda sodir bo‘lib, ular tartibga
soluvchi, bilishga oid va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish uchun ma’lum
imkoniyatlarni ochib berdi.
Bo’lajak boshlangich sinf o’qituvchilari umumta’lim maktablarining matematika kurslari
mavzularini ham shu asosda o‘tishi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf matematika darsligi mavzularini
axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘rgatishi maqsadga muvofiqdir. Bo’lajak soha kadrlarini
o’rgatish jarayonida ularga quyidagilardan saboq berilishi lozim:
3
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanish;
- multimedia va uning texnik-dasturiy vositalarida ishlay olish;
- internet tarmog‘ining asosiy xizmatlari va resurslaridan foydalana olish;
- Matematika va boshqa fan darslarida elektron o‘quv qo‘llanmadan foydalanish istiqbolli
bo‘lib, quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
2
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. dokt.
– T.: 2007.
3
Nazarova B.A. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida tadqiqotchilik layoqatini tarbiyalash: Dis. … ped.
fan. dok. – T.: 2018.
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
36
- ta’limiy-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarni kompleks amalga oshirish;
- har bir o‘quvchi oldiga uning layoqati, motivatsiyasi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra (AKT
vositalari imkoniyatlariga bog‘liq holda) maxsus vazifa qo‘yish;
- o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi, o‘quv xarakteridagi elektron vosita tiplarini qo‘llash;
- o‘qituvchini axborot berish, mustahkamlovchi mashqlar o‘tkazish va nazorat
vazifalaridan qisman ozod qilish;
- o‘quvchida bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish malakalarini shakllantiradi; - Internet
tarmog‘idan ma’lumotlar to‘plash, izlash va qayta ishlash malakalarini o‘stirish;
- ko‘rgazmalilikning barcha turlari o‘zaro integratsiyalashishi sababli ijobiy o‘quv
motivatsiyalarini tarkib toptirish;
- rivojlantiruvchi mashqlar va amaliy mashg‘ulotlarni elektron o‘quv qo‘llanma vositasida
tashkil etish, o‘quvchilarda mantiqiy va mustaqil tafakkurni o‘stirish;
- ishlab chiqilgan test topshiriqlari yordamida o‘quvchilarga o‘z bilimlarini nazorat qilish,
kamchiliklarini tuzatib borish va o‘z ustida mustaqil ishlashga imkon yaratish;
- tezkor teskari aloqa va rivojlangan ko‘mak tizimi orqali o‘quv faoliyatini amalga oshirish
kabilar.
Ilmiy adabiyotlardan ma’lumki, idrok etish, tasavvur qilish va bilimlarni o‘zlashtirishga
qobiliyatlilik deganda fazoviy tasavvur etish va idrok qilish, abstraksiya, aqliy obrazlar va
fikrlashning maxsus ko‘rinishlaridan foydalanish tushuniladi.
4
Pedagogik shart-sharoit va metodik jihatdan bo’lajak pedagoglarga quyidagi asosiy
tushunchalarni mantiqiy fikrlash komponentlari sifatida chuqur singdirish lozim:
Ona tilidan noan’anaviy darslarda boshqotirma rebuslardan foydalanish va munosabatlar
o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashga qobiliyatlilik o‘rganilayotgan predmetga xos bo‘lgan barcha
xususiyatlarni, ularning eng muhimlarini va ularning boshqa hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqligini
aniqlash ko‘nikmasi hamda mantiqiy topshiriqlarni bajarishga qobiliyatlilikni qamrab oladi.
Obrazli tushunchalar va mulohazalarga tayanish deganda mantiqiy fikrlashni
rivojlantirishga y o‘naltirilgan amaliy va ijodiy topshiriqlar hamda mashqlar va materiallarni
formal qabul qilish, ona tiliga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan tez va chuqur egallash,
moslashuv fikriy amallarni takomillashtirishga qobiliyatlilik, aniq amaliy masalalarni tavsiflovchi
muammoli topshiriq va masalalarni yechish ko‘nikma va malakasi tushuniladi.
5
Refleksiyaga qobiliyatlilik deganda harakat va qonunlarni anglashga yo‘naltirilgan
nazariy faoliyat, o‘zini-o‘zi anglash, o‘zaro bir-biriga bog‘liq mantiqiy amallarga tayanish,
4
Rahmatova F.A Bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining matematik tafakkurini takomillashtirish Diss..ped.
fan(PhD) Chirchiq – 2019 31-b
5
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
37
mustaqillik va o‘z-o‘zini nazorat qilish, induksiya va deduksiya metodlarini tushunish va ularni
to‘g‘ri qo‘llashga qobiliyatlilik tushuniladi.
Nutqqa oid fikrlarni mustahkamlash deganda esa, bizning fikrimizcha, intuitiv
tasavvurlarni belgili konstruksiyalar bilan almashtirish, sonli va belgili sohada mantiqiy fikrlashga
qobiliyatlilik tushuniladi.
Metodik jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini mantiqiy fikrlashga
tayyorlashda maxsus tashkil etilgan didaktik shart-sharoitda matematik hisob-kitob va analitik
qobiliyatning qayd etilgan muhim tavsiflarini maqsadli va tizimli rivojlantirish mantiqiy
tafakkurni takomillashtirishga xizmat qiluvchi asos bo‘lib hisoblanadi. N.F. Talizinaning fikriga
ko‘ra maqsadlar, bilim, ko‘nikma va malakalar ta’limda ta’riflanadi, lekin har bir ko‘nikma aynan
shu ko‘nikma yordamida yechiladigan vazifalarni nazarda tutadi. Bilimlar muayyan faoliyat
elementi hisoblanadi va u bosqichma-bosqich shakllantiriladi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mantiqiy tafakkurni takomillashtirish uchun
pedagogik shart-sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyatning muhim jihati:
o‘quv motivlari uchun ehtiyoj;
mustaqil bilish faoliyatini tashkil etish;
hamkorlikda faoliyat va muloqotni tashkil etish;
o‘quv faoliyatda aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish tamoyilidan
foydalanishdan iboratdir.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mantiqiy fikrlashni takomillashtirish
pedagogik holatiga ko’ra murakkab jarayon bo‘lib, o‘z ichiga turli fan mazmunini qamrab
oladigan ta’limiy tushunchalarga tayanishni taqozo etadi, unda tushuncha va amaliy harakatlar
o‘rtasidagi uzviy aloqa muhim hisoblanadi. Ta’lim jarayonida foydalaniladigan ta’lim
texnologiyalarini ta’limni individuallashtirish, bilimlarni didaktik sintezlash, ta’limning
tizimliligi, ta’limni axborotlashtirish tamoyillariga asoslanib amalga oshirish mexanizmlarini
ishlab chiqish hozirgi pedagogika fanining ham asosiy maqsadiga aylaib bormoqda.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mantiqiy fikrlashga metodik tayyorlash va
ularning mantiqiy tafakkurini takomillashtirish aqliy amallar (tahlil, sintez, abstraksiya,
umumlashtirish va amaliyotga qo‘llash) bajarilishining yuqori darajasi, tafakkurning tejamliligi va
mustaqilligi, uning moslashuvchanligini ko‘zda tutadi.
REFERENCES
1.
Utemov V. V., Zinovkina M. M., Gorev P. M. Ijodkorlik pedagogikasi: ilmiy
ijodkorlikning amaliy kursi: darslik. - Kirov: ANOO "Hududlararo CITO", 2013. - 212 p.
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
38
2.
Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari.
Scienceweb academic papers collection.
3.
Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY
TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISHDA
DIDAKTIK
O'YINLARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.
4.
Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MATEMATIK
TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISHDA
MURAKKAB
MASALALARNING
AHAMIYATI. Scienceweb academic papers collection.
5.
Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda
o'quvchilarning mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika
universiteti ilmiy habarlari.
6.
Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF
METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL
THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.
7.
Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini mantiqiy fikrlashga
tayyorlashning
pedagogik
shart-sharoitlari.
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ
БИЛИМЛЕНДИРИЎ.
8.
Ganiyeva, M. (2018). Yuksak intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashning asosiy
yo'nalishlari. INTELLEKTUAL SALOHIYAT-TARAQQIYOT MEZONI.
9.
Ganiyeva, M. (2018). Uzluksiz ta'limda o'qitish samaradorligini oshirishga pedagogik-
psixologik yondashish. NamDU ilmiy axborotnomasi.
10.
Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda
o'quvchilarning mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika
universiteti ilmiy habarlari.
