MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZASIYALASHNING MUQOBIL SSENARIYLARI

Аннотация

Iqtisodiyotni rivojlantirishda milliy iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p jihatdan to‘g‘ri va asoslangan investitsiya siyosatiga va fiskal siyosatni takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda inflyatsiyani pasaytirish va pul-kredit (monetar) siyosatni yanada rivojlantirish iqtisodiy muhit shart-sharoitlariga muvofiq rivojlantirish, milliy ishlab chiqarish jarayonining intensivligini oshirish barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biri bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan har yili amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning kun tartibidagi asosiy masalalaridan biri bo'lib, iqtisodiyotni modernizasiyalash mamlakatning muhim masalasi bo‘lib turibdi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sadullayev, M. (2025). MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZASIYALASHNING MUQOBIL SSENARIYLARI. Современная наука и исследования, 4(2), 172–176. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/65686
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Iqtisodiyotni rivojlantirishda milliy iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p jihatdan to‘g‘ri va asoslangan investitsiya siyosatiga va fiskal siyosatni takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda inflyatsiyani pasaytirish va pul-kredit (monetar) siyosatni yanada rivojlantirish iqtisodiy muhit shart-sharoitlariga muvofiq rivojlantirish, milliy ishlab chiqarish jarayonining intensivligini oshirish barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biri bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan har yili amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning kun tartibidagi asosiy masalalaridan biri bo'lib, iqtisodiyotni modernizasiyalash mamlakatning muhim masalasi bo‘lib turibdi.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

172


MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZASIYALASHNING MUQOBIL

SSENARIYLARI

Sadullayev Muxammad Davronbekovich

TMCI instituti,

“Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi.

Tel: +99894-112-52-21 E pochta:

msadullayev351@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14850672

Annotatsiya.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda milliy iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va

jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p jihatdan to‘g‘ri va asoslangan investitsiya siyosatiga
va fiskal siyosatni takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda inflyatsiyani pasaytirish va
pul-kredit (monetar) siyosatni yanada rivojlantirish iqtisodiy muhit shart-sharoitlariga muvofiq
rivojlantirish, milliy ishlab chiqarish jarayonining intensivligini oshirish barqaror iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biri bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham hukumatimiz
tomonidan har yili amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning kun tartibidagi asosiy
masalalaridan biri bo'lib, iqtisodiyotni modernizasiyalash mamlakatning muhim masalasi bo‘lib
turibdi.

Аннотация.

В экономическом развитии модернизация национальной экономики и ее

интеграция в мировую экономику во многом связаны с правильной и разумной
инвестиционной политикой и совершенствованием бюджетно-налоговой политики.

Снижение инфляции и дальнейшее развитие денежно-кредитной политики в нашей

стране в соответствии с условиями экономической среды, повышение интенсивности
национального производственного процесса является одним из важных факторов
обеспечения стабильного экономического роста. Именно поэтому модернизация
экономики является одним из главных вопросов в повестке реформ, которые ежегодно
реализует наше правительство.

Annotation.

In the development of the economy, the modernization of the national economy

and its integration into the world economy are largely related to the correct and justified
investment policy and the improvement of fiscal policy. In our country, reducing inflation and
further developing monetary policy in accordance with the conditions of the economic
environment, increasing the intensity of the national production process are important factors in
ensuring sustainable economic growth. Therefore, one of the main issues on the agenda of reforms
implemented annually by our government, and modernization of the economy is an important issue
for the country.

Kalit so‘zlari:

modernizatsiya, investitsiya, innovatsiya, modernizatsiyalashuv, investitsion

faoliyat, Global innovatsion indeks, eksport, import, monetar siyosat, inflyatsiya, texnologik
rivojlantirish, YAIM.


Bugungi kunda milliy iqtisodiyotlar global miqyosda kuchli o‘zgarishlarni boshdan

kechirmoqda. Tez o‘zgaruvchan texnologiyalar, ijtimoiy va siyosiy holatlar, shuningdek, atrof-
muhitga ta’sir qilish kabi omillar iqtisodiyotni modernizatsiyalash zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Milliy iqtisodiyotlarni modernizatsiya qilish nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, balki

xalqning hayot sifatini yaxshilash, jamiyatdagi tengsizlikni kamaytirish va ekologik muammolarni
hal qilishni ham o‘z ichiga oladi.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

173


Biroq, bu jarayonni amalga oshirishda bir nechta muqobil ssenariylar mavjud bo‘lib, har

bir ssenariyning o‘ziga xos yondashuvlari va natijalari bor. Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotni
modernizatsiyalashning muqobil ssenariylari qilib quyidagilarni olish mumkin:

-

Milliy iqtisodiyotni innovatsion va texnologik rivojlantirish;

-

Qishloq xo'jaligi va resurslarga asoslangan modernizatsiya;

-

Ijtimoiy rivojlanishga asoslangan ssenariy;

-

Ekologik va barqaror rivojlanishga asoslangan modernizatsiya ssenariysidan iborat.
2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish

strategiyasining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu
jumladan qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlashda innovatsion va
texnologik rivojlanishni ta’minlash va rag‘batlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi.

Xususan:

-

respublikamiz 81 ta indikator bo‘yicha baholanadigan Global innovatsion indeksi

reytingida 2015-yilga nisbatan 36 ta pog‘onaga ko‘tarildi;

-

innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat budjetidan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi

2018-yilga nisbatan 3 baravarga oshirildi va 1,5 trillion so‘mga yetkazildi;

-

yosh olimlar 2018-yilda 6,5 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda ularning soni 10,8 ming

nafarni tashkil etdi, ya’ni bir yarim baravarga o‘sdi;

-

oxirgi 4 yilda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar

(innovatsion jamg‘armalar, venchur tashkilotlar va boshqalar) soni 28 taga yetkazildi;

-

2018-yildan boshlab har yili o‘tkazilayotgan Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi —

“Innoweek.uz” xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar,
texnoparklar va biznes-inkubatorlarni bir maqsad yo‘lida jamlovchi innovatsion texnologiyalar
platformasiga aylanmoqda.

Shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni

tijoratlashtirish darajasi, ilm-fan, ta’lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past
bo‘lib qolmoqda.

Respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida

innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya
sohalarini rivojlantirish maqsadida:

1. 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi

(keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
- innovatsion infratuzilma subyektlari (innovatsion texnologik park, texnologiyalar

transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator,
inkubator) tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik
hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish;

-

innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional

mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;

-

kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-

iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash;


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

174


-

yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy

iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni
rag‘batlantirish;

-

yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yo‘naltirish tizimini

shakllantirish;

-

ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va

ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson
kapitalini yanada rivojlantirish.

Belgilansinki, Strategiya erishilgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishli

asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, 2024-yildan boshlab alohida-alohida tasdiqlanadigan
“Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

So‘nggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada ta’lim sifati va qamrovini oshirish

hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini
ta’minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish,
mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan normativ-
huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O‘zbekiston

Respublikasini 2019 — 2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
tasdiqlandi. Shuningdek, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi.

Strategiyaning asosiy maqsadi sanoat tarmogʻini mamlakatning jahon sahnasidagi

raqobatbardoshlik va innovasion taraqqiyoti darajasini aniqlab beruvchi asosiy omili sifatida
rivojlantirish hisoblanadi. 2030 yilga borib, Oʻzbekiston Global innovasion indeks reytingi
boʻyicha dunyoning eng ilgʻor 50 ta mamlakati tarkibiga kirishni rejalashtirmoqda. Taraqqiyot 81
ta koʻrsatkich boʻyicha baholanadi, ular xalqaro tashkilotlar reyting va tadqiqotlarida aks etadi. 34
ta koʻrsatkich boʻyicha strategiyani amalga oshirish davomida mamlakat oʻz holatini sezilarli
darajada yaxshilashni rejalashtirmoqda, 47 ta koʻrsatkich boʻyicha yutuqlarni baholash esa
umuman, birinchi marta oʻtkaziladi. Baholash davlat qurilishi, inson kapitali va tadqiqotchilik
faoliyati, infratuzilma, bozorlar biznes, ilm-fan va texnologiyalar, ijodiy natijalar boʻyicha amalga
oshiriladi.

Pricewaterhouse Coopers (PwC) ning “Dunyo 2050 yilda” degan soʻnggi tadqiqotlariga

koʻra, iqtisodiy oʻsish jadal rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon siljishi kutilmoqda. Xarid
qobiliyati pariteti (XQP) asosida YaIMni baholashni hisobga olib, 2020 yilga qadar
rivojlanayotgan katta ettilik mamlakatlari (E7) (Xitoy, Hindiston, Braziliya, Rossiya, Meksika,
Indoneziya va Turkiya) rivojlangan katta ettilik mamlakatlarini (G7) (AQSh, Yaponiya,
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada) quvib oʻtishi kutilmoqda.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

175


Agar bozor almashuv kursi boʻyicha (BAK) YaIM ni baholash prognozidan foydalanilsa,

u holda jahon tartibi sekinroq oʻzgaradi, E7 mamlakatlari G7 mamlakatlarini taxminan 2032 yilda
quvib oʻtadilar.

1-jadvalda PwC prognozlari boʻyicha G7 mamlakatlari E7 mamlakatlarini quvib oʻtishi

mumkinligi haqidagi asosiy sanalar keltirilgan. Biroq hatto BAK asos qilib olingan vaziyatda ham
keyingi toʻrt yillar davomida yangi jahon tartibining eskisi oʻrniga kelishi jarayoni muqarrardir.

Kuchlarni bunday qayta taqsimlashning taxmin qilingan aniq sanalari koʻplab omillarga

bogʻliqligi va koʻplab jadal rivojlanayotgan mamlakatlar oʻzining oʻsish salohiyatini shunchaki
roʻyobga chiqarmasada, umuman, bunday rivojlanish modeli dunyoni iqtisodiy rivojlanishning
hozirgi yoʻnalishi boʻyicha muntazam siljitadigan siyosiy yoki ekologik xatarlar yoʻqligi
sharoitida toʻla asosli hisoblanadi.

1-jadval

Jahon iqtisodiyotining 2050 yilgacha rivojlanishi

Asosiy da'vogarlar

XQP boʻyicha YaIM ni

baholashga kuchlarni qayta

taqsimlashning taxmin

qilinayotgan sanalari, y.

BAK boʻyicha YaIMni

baholash asosida kuchlarni

qayta taqsimlashning taxmin

qilinayotgan sanalari, y.

G7 oʻrniga E7

2017

2032

AQSh oʻrniga Xitoy

2018

2032

Yaponiya oʻrniga Hindiston

2011

2028

Germaniya oʻrniga Rossiya

2014

2042

Buyuk Britaniya oʻrniga

Braziliya

2013

2023

Fransiya oʻrniga Meksika

2028

2046

Italiya oʻrniga Indoneziya

2030

2039


Shunday qilib, PwC prognozi boʻyicha Rossiya jahon reytingida ilgari Germaniya

egallagan uchinchi oʻrinni 2014 yilda (YaIM ni XQP boʻyicha baholash), yoki 2042 yilga kelib
(YaIM ni BAK boʻyicha baholash) olishi kerak. Prognoz yuzaga kelayotgan sharoitda qanchalik
haqiqatga toʻgʻri keladi. Jahon tarixiy, siyosiy va iqtisodiy maydonida Rossiyaning oʻrni alohida.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz taraqqiyot yoʻlidan bormoqda. “O‘zbekiston — 2030”

strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni 2024-
yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish
bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy
resurslardan unumli foydalanish standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga
yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ko‘plab ishlar amalga
oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.02.2024 yildagi PF-37-sonda o‘z
tasdig‘ini topdi.



background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

176


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son “O‘zbekiston —
2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid
davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2022 yil 6 iyuldadagi PF-165-son “2022
— 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.

3.

О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi.-T.:”О‘zbekiston” NMIU, 2019.

4.

Vahabov A.V., Razikov X. Modernizatsiya ekonomiki.

5.

Vahabov A., Xajibakiyev SH., Muminov N. Xorijiy investitsiyalar./ О‘quv qо‘llanma. –T.:
“Moliya” nashriyoti, 2010.



Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2022 yil 6 iyuldadagi PF-165-son “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.

О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi.-T.:”О‘zbekiston” NMIU, 2019.

Vahabov A.V., Razikov X. Modernizatsiya ekonomiki.

Vahabov A., Xajibakiyev SH., Muminov N. Xorijiy investitsiyalar./ О‘quv qо‘llanma. –T.: “Moliya” nashriyoti, 2010.