2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
499
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH
MAZMUNI
Sidiqova Yulduz Sobirovna
Osiyo Xalqaro universiteti
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi.
Eshpo’latova Gulasal Nurpo’lot qizi
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14734556
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan
tanishtirishning ahamiyati, usullari va metodlari tahlil qilingan. Bolalarga tabiatni tushunish va
unga g’amxo’r munosabatda bo'lishga o'rgatish jarayonida, o'qituvchi va tarbiyachilarning roli
juda katta. Tabiat bilan tanishtirish faqatgina tabiat hodisalarini bilib olishni emas, balki
bolalarga uni saqlash va himoya qilishni ham o'rgatadi. Ushbu maqolada pedagogik usullar va
metodikalar hamda bolalarga tabiatni o'rgatishning samarali yondashuvlari taqdim etiladi.
Kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh, tabiat,ekologiya, ekologik ong, metodlar, didaktik o’yin,
tabiat hodisalari.
Tabiat, uning go'zalligi, xilma-xilligi va muhofazasi maktabgacha yoshdagi bolalarning
dunyoqarashini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Bugungi kunda yosh avlodni tabiat bilan
tanishtirish, ularga atrof-muhitning ahamiyatini tushuntirish, tabiatni asrash zarurligini o'rgatish
muhim pedagogik vazifalardan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiatni o'rganish orqali
nafaqat bilimga ega bo'ladilar, balki estetik his-tuyg'ulari ham rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni tabiat bilan tanishtirish - bu bolalarning tabiatni, uning turli hodisalarini, o'simliklar va
hayvonlar dunyosini o'rganish orqali ularni atrof-muhitga mehr atrof olam haqidagi
tushunchalarini shakllantirish jarayonidir. Tabiat bilan tanishtirish maktabgacha yoshdagi bolalar
uchun o'quv dasturlarining ajralmas qismi bo'lib, bu nafaqat bilim, balki hissiy va estetik
rivojlanishniga ijobiy ta’sir etuvchi jarayondir.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy maqsadi bolalarda tabiatga nisbatan
hamdardlik va ehtiyotkorlik hissini rivojlantirishdir. Tabiatni o'rganish bolalarning hissiy va
intellektual rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu jarayonda bolalar o'simliklar, hayvonlar, havo,
suv va yer kabi asosiy tabiiy elementlar haqida bilib olibgina qolmasdan tabiatdadagi barcha tabiiy
hodisalar, fasllar almashinuvi haqidagi tushunchalarga ham ega bo’ladilar.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
500
Bizga ma’liumki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyatlar o’yin tarzida olib boriladi.
Shu bilan birgalikda turli xil metodlardan ham foydalaniladiki bu metodlar bolalarda
tushunchalarning to’la va aniq shakllanishiga olib keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida
tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda,
kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi[1,B.38]
Tabiat bilan tanishtirishda qo'llaniladigan metodlar bolalarga tabiatni o'rgatishda muhim
o’rin tutadi. Tajriba va kuzatuvlar, interfaol o'yinlar, didaktik materiallar, sayohatlar va tabiiy
hodisalar haqida hikoyalar, tarbiyachining bolalar bilan olib boradigan tabiat haqidagi suhbati
kabilar orqali o'rgatish samarali hisoblanadi. Masalan kuzatish metodini qo’llaydigan bo’lsak,
tabiat bilan tanishtirishda bolalar bilan birgalikda uzoq va qisqa muddatli kuzatishlarni amalga
oshirish mumkin Bu bolalarda kuzatuvchanlik, sinchkovlik, tadqiqotchilik kabi sifatlarning
rivojlanishiga olib keladi. Bolalar bilan uzoq muddatli kuzatuvlarni tashkil qilish orqali
o’simliklarning daraxtlarning o’sish jarayonlarini kuzatish mumkin. Qisqa muddatli kuzatuvda
yomg’ir shamol, bulutlarni kuzatish orqali tabiat va tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini boyitish
mumkin. Bu metodlar bolalarning qiziqishlarini uyg'otadi va ularda tabiiy dunyo haqidagi
bilimlarni mustahkamlaydi. Bundan tashqari har bir o’tilgan mavzuni mustahkamlashda turli xil
didaktik o’yilar: Yerdami daraxtda, kuzdami qishdami, mevami sabzavotmi, kabi so’z o’yinlaridan
ham foydalanib bolalarning tabiat haqidagi tushunchalarini mustahkamlash bilan birga ularning
nutqi va tafakkurini oshradi[2, B,62-67]. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan
tanishtirishda didaktik o'yinlarning ahamiyati juda katta. Didaktik o'yinlar nafaqat bolalarga
bilimlarni o'zlashtirishga yordam beradi, balki ularda tabiatga bo'lgan qiziqish va sevgi tuyg'ularini
ham rivojlantiradi. Bu o'yinlar o'quvchilarning faolligini oshiradi, tushunish va muloqot qilish
ko'nikmalarini mustahkamlaydi, va bir vaqtning o'zida ular uchun o'rgatish jarayonini qiziqarli va
jonli qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tabiat bilan tanishtirishda didaktik o'yinlarning ba'zi
afzalliklari:
Tajriba va kuzatish: O'yinlar yordamida bolalar tabiatning turli hodisalarini o'rganib,
tajriba qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Misol uchun, o'simliklar yoki hayvonlar haqida o'yinlar
yordamida o'zaro bog'lanish va kuzatish ko'nikmalarini rivojlantirish mumkin.
Kreativlik va tasavvur: Tabiatni o'rganish bolalarda tasavvur qilish, yangicha fikrlash va
kreativlikni rivojlantiradi. Didaktik o'yinlar orqali ular o'zlarining fikrlash qobiliyatlarini yanada
oshiradi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
501
Muloqot va jamoada ishlash: Bolalar o'yinlar orqali birgalikda ishlashni, guruhda muloqot
qilishni va o'zaro yordam berishni o'rganadilar. Bu ularning ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir
ko'rsatadi.
E'tibor va xotira rivojlanishi: Didaktik o'yinlar bolalar uchun tabiatdagi xususiyatlar yoki
hodisalar haqida ma'lumotlarni yodda saqlashda yordam beradi. Bu xotira rivojlantiradi, diqqatni
jamlashga o’rgatadi.
Qiziqish va tabiatni sevishga o’rgatish: Tabiatni o'rganish jarayonida o'yinlar bolalarda
tabiatga bo'lgan mehr va qiziqishni shakllantiradi, bu esa ularning kelajakda ekologik ongini
rivojlantiradi[3,B,24].
Didaktik o'yinlar, shu tarzda, bolalar uchun tabiatni o'rganish jarayonini nafaqat qiziqarli,
balki samarali qiladi. Ular bolalarga tabiat haqidagi bilimlarni qulay va interaktiv tarzda
o'zlashtirish imkoniyatini beradi. Tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirish bilan birgalikda
tabiatni saqlash va himoya qilishni o'rgatish ham katta ahamiyatga ega. Bolalarga tabiatni saqlash,
ekologik muammolarni tushunish va ularga javobgarlikni his qilishni o'rgatish muhimdir. Bu
nafaqat ularga tabiatga zarar yetkazmaslikni, balki uni himoya qilish va asrashning ahamiyatini
o'rgatadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ekologik tarbiyalash atrof-muhitga, jonli va
jonsiz tabiat obyektlariga malakali, ehtiyotkor munosabatda bo‘lishga yordam beradi. Tabiiy
jarayonlarga e’tibor, atrof-muhit qonunlarini tushunish maktabgacha yoshdagi bolaning
shaxsiyatini shakllantirishning asosi bo‘lib, uning atrofdagi dunyoga mas’uliyatli munosabatda
bo‘lish muhimligini tushunadigan to‘laqonli fuqaro sifatida o‘sishiga imkon beradi. Vatanga
muhabbat, tabiiy boyliklarni asrab-avaylash uchun g‘amxo‘rlik zamonaviy jamiyatning fuqarolik
mas’uliyatini shakllantirishning asosi bo‘lib, uning vazifasi sayyoramizning hayvonot dunyosi
holatini normallashtirish va ekologik halokatning oldini olishdir[4,B,429]. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ekologik ta’limning maqsad va vazifalari yosh bolalaming o‘ziga xos xususiyati
ularning tashqi dunyo bilan organik o‘zaro ta’siridir. Bolalar tabiat bilan o‘zlarining umumiyligini
his qiladilar, unga iste’molchi munosabatidan mahrum bo‘lib, tabiat hodisalarining mohiyatiga
qiziqish bildiradilar. Ekologik ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: o‘simlik va hayvonot
dunyosiga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish; ona tabiatiga muhabbatni rivojlantirish;
go‘zallikni tushunish, his qilish va empatiya qilish qobiliyati; tabiat hodisalarining mohiyatini
tushunishni shakllantirish; bolalarda ekologik ongni shakllantirish kabilarni o`z ichiga
oladi[5,b,124].
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
502
Xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish nafaqat bilim, balki shaxsiy
rivojlanish va ekologik ongni shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Tabiat bilan tanishtirish
orqali bolalar nafaqat tabiatni o'rganadilar, balki unga mehr va hurmat bilan munosabatda bo'lishni
o'rganadilar. Tabiatni o'rgatishda samimiy va hissiy yondashuvlar, metodologik asoslarning to'g'ri
tanlanishi bolalar rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
REFERENCES
1.
Rajabova I.H. Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari: O‘quv qo‘llаnmа.
Toshkent. 2021. B-38.
2.
D.Yo.Yormatova, X.S.Xushvaqtova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. – T.: «Fan va
texnolo-giya», 2018.B-62-67.
3.
Z. T.Nishanova, G.K.Alimova, A.G’.Turg’unboyeva, M.X.Asranboyeva. Bolalar
psixologiyasi va psixodiagnostikasi .Darslik.Toshkent 2017. B-24.
4.
Sobirovna, S. Y. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA NUTQ, MULOQOT OQISH VA
YOZISH MALAKALARINING SOHALARI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN
UZBEKISTAN, 2(1), 52-62.
5.
Sobirovna, S. Y. (2023). Creativity in the work of an educator. American Journal of Public
Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10), 361-367.
6.
Yulduz, S. (2024). SYUJETLI-ROLLI OYINLARNING BOLA FAOLIYATIDAGI
AHAMIYATI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(1), 44-51.
7.
Yulduz, S. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK TAʼLIM
BERISHNING OʻZIGA XOSLIGI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ, 21(3), 124-129.
8.
Sobirovna, S. Y. (2023). O ‘YIN ORQALI BOLA TAFAKKURI VA NUTQINI OSTIRISH.
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(3), 93-99.
9.
Sobirovna, S. Y. (2022). PEDAGOGNING KREATIVLIGI BOLALAR IJODIY
RIVOJLANISHINING ZARUR SHARTI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 219-220.
10.
Yulduz, S. (2023). KREATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA BOLALAR NUTQI VA
TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISH.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 23(2), 87-92.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
503
11.
Sobirovna, S. Y. (2022). KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O ‘QUVCHILAR BILISH
FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK
PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 158-160.
12.
Sobirovna, S. Y. (2023). METODIST FAOLIYATI ASOSLARI. SAMARALI TA’LIM VA
BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 1(5), 108-114.
13.
Sobirovna, S. Y. (2024). AESTHETIC EDUCATION AS A TOOL TO LEAD CHILDREN
TO PERFECTION. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И
ПРАКТИКА, 2(2), 354-367.
14.
Yulduz, S. (2024). Estetik tarbiya bolalarni komillikka yetaklovchi vosita sifatida.
TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(2), 95-106.
15.
Sobirovna, S. Y. (2023). Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya berish.
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 1(4), 160-166.
16.
Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALAR RIVOJLANISHIGA TA'SIR QILUVCHI OILAVIY
VA IJTIMOIY OMILLAR. Methods of applying innovative and digital technologies in the
educational system, 1(2), 199-204.
17.
Sobirovna,
S.
Y.
(2024).
BOLALARNI
NUTQINI
RIVOJLANTIRISHNING
NEYROPEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. Methods of applying innovative and digital
technologies in the educational system, 1(2), 253-258.
18.
Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALAR RIVOJLANISH NAZARIYASIDA PIAJENING
KOGNITIV RIVOJLANISH MODELI. Methods of applying innovative and digital
technologies in the educational system, 1(2), 193-198.
19.
Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALAR RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA ULARNING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Methods of applying innovative and digital
technologies in the educational system, 1(2), 259-264.
20.
Sobirovna, S. Y. (2024). MILLAT ERKI VA RUHI KUYCHISI. PEDAGOGIK
TADQIQOTLAR JURNALI, 2(1), 130-132.
21.
Sobirovna, S. Y. (2024). MAKTABGACHA TA'LIMIDA STEAM TA'LIM
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. WORLD OF SCIENCE, 7(5), 512-520.
22.
Sobirovna, S. Y. (2024). MAKTABGACHA TA'LIMIDA STEAM TA'LIM
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. WORLD OF SCIENCE, 7(5), 512-520.
23.
Sobirovna, S. Y. (2024). MAKTABGACHA TA'LIMIDA STEAM TA'LIM
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. WORLD OF SCIENCE, 7(5), 512-520.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
504
24.
Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA
O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 177-186.
25.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING
DIDAKTIK QARASHLARI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 985-993.
26.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 994-1003.
27.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR
BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
28.
Toshpo'latova
Shaxnoza
Shuhratovna.
(2024).
ILK
UYG'ONISH
DAVRI
NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996
29.
Toshpo’latova,
S.
(2024).
TARIX
FANINI
O’QITISHDA
SAMARALI
METODLAR.
Modern Science and Research
,
3
(11), 774-782.
30.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.
Журнал универсальных научных
исследований
,
2
(5), 453-462.
31.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.
Modern Science and
Research
,
3
(5), 522-529.
32.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR.
Modern Science and Research
,
3
(12), 353-361.
33.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot
District.
Modern Science And Research
,
3
(5), 148-151.
34.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.
Modern Science and Research
,
3
(2), 447-450.
35.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.
SPAST
Reports
,
1
(7).
