YANGI TUĢILGAN CHAQALOQLARDA TUĢMA ZOTILJAMNINIG KLINIK VA LABORATOR XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada yangi tug’ilgan chaqaloqlarda zotiljamning klinik va laborator xususiyatlari haqida batafsil yoritilib beriladi va ularning da’vosi, sabablari va klinik xususiyatlariga alohida to’xtalib o’tiladi. Go`dak bolalar o`rtasida pnevmoniya birinchi o`rinni egallaydi 2 yoshgacha bo`lgan bolalarda bu kasalliklar barcha o`pka kasalliklarining 80% tashkil qiladi. Yosh bolalarda pnevmaniyalar og`ir kasallik bo`lib xisoblanadi undan tashqari keyinchalik xronik pnevmoniyalar paydo bo`lishi uchun sharoit tug`diradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shamsiev, F., Ismoilova, S., Musajanova, R., & Xudoynazarov, H. (2024). YANGI TUĢILGAN CHAQALOQLARDA TUĢMA ZOTILJAMNINIG KLINIK VA LABORATOR XUSUSIYATLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(6). Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34740
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada yangi tug’ilgan chaqaloqlarda zotiljamning klinik va laborator xususiyatlari haqida batafsil yoritilib beriladi va ularning da’vosi, sabablari va klinik xususiyatlariga alohida to’xtalib o’tiladi. Go`dak bolalar o`rtasida pnevmoniya birinchi o`rinni egallaydi 2 yoshgacha bo`lgan bolalarda bu kasalliklar barcha o`pka kasalliklarining 80% tashkil qiladi. Yosh bolalarda pnevmaniyalar og`ir kasallik bo`lib xisoblanadi undan tashqari keyinchalik xronik pnevmoniyalar paydo bo`lishi uchun sharoit tug`diradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

346

YANGI TUĢILGAN CHAQALOQLARDA TUĢMA ZOTILJAMNINIG KLINIK VA

LABORATOR XUSUSIYATLARI

Shamsiev Furqat Muxitdinovich

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya

ilmiy-amaliy tibbiyot markazi pulmonologiya bo‘limi mudiri, t.f.d., professor.

Ismoilova Shamsiya Soxibnazar qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz Filiali Bolalar kasalliklari propidevtikasi, bolalar

kasalliklari va oilaviy shifokorlikda Pediatriya kafedrasi.

Musajanova Ra’no Anvarbekovna

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya

ilmiy-amaliy tibbiyot markazi pulmonologiya bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d. (Phd)

Xudoynazarov Haydarqul Soxibnazar o’g’li

TMA Termiz filiali “Tibbiy biologiya va gistologiya“ kafedrasi assistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11624759

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yangi tug’ilgan chaqaloqlarda zotiljamning klinik va

laborator xususiyatlari haqida batafsil yoritilib beriladi va ularning da’vosi, sabablari va klinik
xususiyatlariga alohida to’xtalib o’tiladi. Go`dak bolalar o`rtasida pnevmoniya birinchi o`rinni
egallaydi 2 yoshgacha bo`lgan bolalarda bu kasalliklar barcha o`pka kasalliklarining 80% tashkil
qiladi. Yosh bolalarda pnevmaniyalar og`ir kasallik bo`lib xisoblanadi undan tashqari
keyinchalik xronik pnevmoniyalar paydo bo`lishi uchun sharoit tug`diradi.

Kalit so’zlar:

zotiljam, pnevmoniya, anatomik- fiziologik, mikroblar, asfiksiya, kataral

xodisalar.

CLINICAL AND LABORATORY CHARACTERISTICS OF CONGENITAL

ZOSTER IN NEWBORNS

Abstract.

This article describes in detail the clinical and laboratory characteristics of

zotiljam in newborns and focuses on their claim, causes and clinical characteristics. Pneumonia
takes the first place among infants. In children under 2 years of age, these diseases account for
80% of all lung diseases. Pneumonia in young children is considered a serious disease, besides,
it creates conditions for the appearance of chronic pneumonia later.

Key words:

zotiljam, pneumonia, anatomical-physiological, microbes, asphyxia, catarrhal

phenomena.

КЛИНИКО-ЛАБОРАТОРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ВРОЖДЕННОГО

ОПОЯСЫВАЮЩЕГО ЛИШАЯ У НОВОРОЖДЕННЫХ

Аннотация

. В статье подробно описаны клинико-лабораторные характеристики

зотильяма у новорожденных, подробно рассмотрены его показания, причины и
клиническая характеристика. Пневмония занимает первое место среди детей раннего
возраста. У детей до 2 лет эти заболевания составляют 80% всех заболеваний легких.
Пневмония у детей раннего возраста считается серьезным заболеванием, к тому же она
создает условия для возникновения в дальнейшем хронической пневмонии.

Ключевые слова:

зотилям, пневмония, анатомо-физиологические, микробы,

асфиксия, катаральные явления.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

347

ITugʼma intranatal zotiljam (pnevmoniya) tugʼruq jarayonida (qogʼonoq suvi yoki bola

tugʼruq yoʼllaridan oʼtayotganida) bola oʼpkasida yuzaga keladi. Bu kasallikni anaerob
bakteriyalar qoʼzgʼatishi ham mumkin. Postanal zotiljam esa koʼpincha tugʼruqxonada,
chaqaloqlar patologiyasi boʼlimlaridagi noqulay shart-sharoit oqibatida orttiriladi.

Homiladorlikning ogʼir kechishi, surunkali homila ichi gipoksiyasi, onada infektsion

jarayonlarning kuzatilishi, bosh miya ichi shikastlari va entsefalopatiya, koʼp bora oʼqchib qayt
qilish hamda homilaning chala rivojlanishi yoki oʼsishdan ortda qolishi kabi holatlar tugʼma
zotiljamga sabab boʼladi.

Onaning uzoq muddat surunkali dardlar bilan qayta-qayta kasalxonaga yotishi, bemor

yotadigan xonalarda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinmasligi, chaqaloqlar xonasida
malakali hamshira yordami yetishmasligi va boshqa bir qancha sabablar tufayli orttirilgan zotiljam
yuzaga keladi. Bolada zotiljam paydo boʼlishida onaning jismonan va ruhan toliqishi, tanasining
zaharlanishi, kasallikka qarshilik koʼrsatish qobiliyatining susayishi singari omillar sababchidir.

KEChIShI VА АSORАTLАRI. Tugʼma transplatsentar zotiljam bolaning jagʼ, miya va

buyraklarini zararlaydi. Bolaning tugʼilishi ogʼir kechadi, birinchi yigʼisidan soʼng hansirash,
holsizlik, apnoe (nafas olishning vaqtincha toʼxtab qolishi) xurujlari va shishlar kuzatiladi.

Tugʼilganidan bir oz muddat oʼtib jigar kattalashuvi seziladi, biroq talogʼi kattalashmasligi

mumkin. Intranatal zotiljamda esa bola tugʼilganidan bir necha kun oʼtib, bezovtalik, hansirash va
lanjlik kuzatiladi. Birinchi yoki ikkinchi kun oxiriga borib tana harorati koʼtariladi, diareya,
konьyuktivit, otit, ogʼizdan koʼpik kelishi hollari uchraydi. Zotiljamga chalingan bolaning tana
harorati koʼtariladi, emmay qoʼyadi, koʼp uxlaydi yoki aksincha, uxlolmay bezovtalanadi. Baʼzida
talvasa tutadi, yuragi tez uradi, onda-sonda yoʼtalishi mumkin.

DАVOLАSh. Zotiljamga duchor boʼlgan kichik yoshdagi bolalarni, albatta, bolalar

shifoxonalarining maxsus boʼlimlarida davolatish lozim. Katta yoshdagi bolalarga esa uy
sharoitida davolashga ruxsat beriladi. Lekin bunday hollarda poliklinika shifokori har kuni bemor
bolani kelib, nazoratdan oʼkazishi zarur. Bemorning taomlari yuqori kaloriyali, biroq yengil hazm
boʼladigan, tarkibi yetarlicha vitamin va minerallar bilan toʼyingan boʼlishi kerak. Yogʼsiz mol
goʼshti, jigar, tuxum, tvorog, sutli mahsulotlar, sabzavotlar, yashil salat bargi, oʼsimlik yogʼi, asal,
olma singarilar bolaning ovqatida boʼlishi tavsiya etiladi. Koʼpincha kasallik davrida bolaning
ishtahasi yoʼqoladi, bunday vaqtlarda uni majburlab emas, balki oz-ozdan tez-tez ovqatlantirish
kerak.

Bolaning toʼliq sogʼayib ketishida jismoniy mashqlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlanishida bolaga ehtiyot boʼlib oyoqlar uchun oddiy boʼlgan gimnastik mashqlar –

bukish va yoyish, ohista aylantirish, shuningdek, nafas yoʼllari mashqi – nafas olganda qoʼllarni
keng yoyish va nafas chiqarganda qoʼllarni birlashtirish buyuriladi.

Zotiljam (pnevmoniya) o‘pkaning o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishi kasalligi sirasiga

kiradi. Nafas olish aʼzolari xastaliklari ichida tez-tez uchraydi, aksariyat hollarda o‘pka
to‘qimalaridagi alveola, oraliq to‘qima, mayda kapilyar qon tomirlari yallig‘lanadi. U burun,
tomoq, bronx kasalliklarining ikkilamchi asorati sifatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Xastalik
ko‘proq yosh bolalar va keksalarda uchraydi, ammo bu boshqa yoshdagilarda kuzatilmaydi, degani
emas. Bemor o‘z vaqtida, to‘g‘ri va samarali davolansa, undan asorat qolmaydi. Agar har xil


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

348

bahonalarni pesh qilib, davolanishdan qochsa yoki noto‘g‘ri davolansa, turli asoratlar yuzaga
keladi. Hatto nimjon va immun tizimi past odamlar vafot etishi ham mumkin.

Zotiljam kasalligini keltirib chiqaradigan sabablar talay. Uning birinchisi bakteriya, yaʼni

pnevmakokk (shuning uchun ham kasallik “pnevmoniya” deb ataladi), stafilakokk, strepkokk,
enterakokk, fridlender tayoqchasi, ko‘k tayoqcha, ichak tayoqchasi va boshqa infeksiyalardir.

Zotiljam: Go`dak bolalar o`rtasida pnevmoniya birinchi o`rinni egallaydi 2 yoshgacha

bo`lgan bolalarda bu kasalliklar barcha o`pka kasalliklarining 80% tashkil qiladi. Yosh
bolalarda pnevmaniyalar og`ir kasallik bo`lib xisoblanadi undan tashqari keyinchalik xronik
pnevmoniyalar paydo bo`lishi uchun sharoit tug`diradi. Go`daklarda pnevmoniyaning ko`p
uchrashi va nechog`lik o`tishi o`pkaning anatomik -fiziologik xususiyatlarga organizmning
immun xolatiga va atrof muxit omillariga bog`liq bo`ladi.

Kasallikni mikroblar toifasidan bo`lgan kuzatuvchilari jumlasiga pnevmakokklar,

steptakokklar, stafilakokklar, ichak tayoqchasi va boshqalar kiradi. Bundan tashqari
pnevmaniyalarni keyingi vaqtlarda viruslar xam kuzatishga aniqlangan. Ona qornida bo`lib
o`tgan asfiksiya, kalla ichi travmasi, ateliktaslar xayotning dastlabki oylarini yashab
kelayotgan bolalarda pnevmaniyalar paydo bo`lishida axamiyatga ega. Asosiy belgilari:

Kasallik birdan boshlanishi mumkin ammo ko`pincha asta sekin rivojlanib boradi.
Datlab yuqori nafas yo`llarida kataral xodisalar paydo bo`ladi, xarorat sal ko`tarilib,

yo`tal paydo bo`ladi, ishtaxasi pasayadi. Xarorat 38 C va undan yuqori bo`lishi mumkin
doimiy bo`ladi. Bola besaramjon yoki bo`shashgan, bemador bo`ladi og`ir xollarda klonik-
tonik talvasalar, menigial, ensefalitik simptomlar paydo bo`ladi. Yuqori nafas yo`llarida kataral
xodisalar kuchayib yo`tal zo`rayadi, xar xil darajada rivojlangan nafas qisilishi, xansirash,
nafas yetishmovchiligi kuzatildi. Yo`tal zo`rayib tez- tez tutib turadi, quruq, bolani uyqudan
maxrum qilinishi mumkin. Sianoz og`iz atrofida paydo bo`lib bola baqirganda, yig`laganda,
emayotganda mahalida sezilib turadi. Xansirash zo`rayib burun parraklarikerilib turadi.

Yordamchi mushaklar nafas olishda qatnashadi. Nafas olish tezlashadi 1 minutda 60-80

marta yetishi mumkin puls 1 minutda 140 tagacha bo`ladi. O`pkani eshitib ko`rganimizda nafas
olish susaygan quruq va nam xishillashlar, krepitatsiya eshitiladi. renginoskopiyada o`zgarishlar
topiladi.

Pnevmaniyaning bir nechta xil turlari mavjud.
1. Oddiy yoki local.
2. Toksik.
3. Toksikoseptik.
4. Septik formalari mavjud.
Pnevmaniyalar o`z vaqtida davollanmasa yoki noto`g`ri davollansa bir necha turdagi

asoratlar kelib chiqishi mumkin. Masalan karatal yoki yiringli otit, yiringli plevrit, o`pka
absesslari, ensefalit , meningit shular jumlasidandir.

Davolash: kasallarni parvarish qilish aloxida axamiyatga ega. Bola yotgan xolatda uy

xavosi xamisha sof toiza tempraturasi doimiy (18 –20 C) bo`lishi kerak, o`rin bosh qulay
toza va issiq bo`lishi zarur. Og`ir nafas etishmovchiligida bolaning boshi ochq karavotga qaddi
ko`tariliboq yotqizish qo`yish vaziyatlarini tez-tez o`zgartirib uni qo`lga olib turish kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

349

Bolaga beriladigan ovqat tarkibi xam sifatli yuqori kaloriyali bo`lishi, oqsillar yog`lar

uglevodlarning miqdori, vitaminlar bekami ko`st bo`lishi zarur. Agar bola bir yoshgacha
bo`lsa albatta ona suti bilan oziqlanishi shart. Bolaning axvoli bir muncha yaxshiroq bo`lsa
toza xavoda sayr qildirish yaxshi natija beradi va sianoz, xansirash, yo`tal kamayadi.

Bolaga antibiotiklardan pensillin, ampetsillin, oksallin, kefzol, gentamitsin qo`llaniladi.
Bularning dozasi bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Bundan tashqari bolaga tomchilab

glukoza, ringer eritmasi, natriy gidrokarbanad eritmasi yuboriladi. Plazma, eritrasit massa,
gamma- globulin, yo`talga qarshi vositalar, altey dimlamasi intalipt, libeksin, brontegsin berish
zarur. Fizioteraftik vositalar: vannalar, gorchchniklar, bankalar, UVCh qo`yish tavsiya etiladi.

Profilaktik maqsadlarga bolani to`g`ri parvarish qilish to`g`ri ovqatlantirish atrof muxit

sharoitlarini yaxshilash, toza xavodan ko`proq baxramand bo`lish, chiniqtirish muolajalari:
suv muolajalari, havo, quyosh vannalari, massaj, gimnastika o`tkazib turish lozim. Yuqori
nafas yo`larining yallig`lanish kasalliklarini o`z vaqtida davolash hamprofilatik maqsadlarga
kiradi.

REFERENCES

1.

V.P.Bisyarina “Bolalar kasalliklari bolalar parvarishi va go`daklarning anatomik -
fiziologik xususiyatlari “ Toshkent 1990 yil.

2.

V.A.Belousov, A.D. Pevzner “Bolalar kasalliklari “ Toshkent 1992 yil .

3.

J.Eshqobulov, A.Maxmudov “Bolalar kasalliklari “ Toshkent 1993 yil.

4.

www.ziyonet.uz

5.

“Onalik va bolalikni muxofaza qilish” bo`limidan ma`ruzalar matni

Bibliografik manbalar

V.P.Bisyarina “Bolalar kasalliklari bolalar parvarishi va go`daklarning anatomik - fiziologik xususiyatlari “ Toshkent 1990 yil.

V.A.Belousov, A.D. Pevzner “Bolalar kasalliklari “ Toshkent 1992 yil .

J.Eshqobulov, A.Maxmudov “Bolalar kasalliklari “ Toshkent 1993 yil.

www.ziyonet.uz

“Onalik va bolalikni muxofaza qilish” bo`limidan ma`ruzalar matni