INSON HUQUQLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI

Abstract

Ushbu maqolada inson huuquqlari tushunchasi, uning jamiyatdagi ahamiyati, shakllanish tarixi va zamonaviy hayotda amalga oshirilayotgan tamoyillar haqida so’z boradi. Shuningdek, inson huquqlari butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o’ziga jamlagan keng qamrovli tushuncha ekanligi atroflicha yoritib o’tilgan. Maqola davomida inson huquqlari haqidagi sharq mutaffakir olimlarning qarashlari va fikirlari haqida alohida to’xtalib o’tilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
O’tashova, I. (2025). INSON HUQUQLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI. Modern Science and Research, 4(4). Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/83318
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada inson huuquqlari tushunchasi, uning jamiyatdagi ahamiyati, shakllanish tarixi va zamonaviy hayotda amalga oshirilayotgan tamoyillar haqida so’z boradi. Shuningdek, inson huquqlari butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o’ziga jamlagan keng qamrovli tushuncha ekanligi atroflicha yoritib o’tilgan. Maqola davomida inson huquqlari haqidagi sharq mutaffakir olimlarning qarashlari va fikirlari haqida alohida to’xtalib o’tilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1506

INSON HUQUQLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI

O’tashova Iroda Husnidin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi.

E-mail:

irodaotasheva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15305244

Annotatsiya.

Ushbu maqolada inson huuquqlari tushunchasi, uning jamiyatdagi

ahamiyati, shakllanish tarixi va zamonaviy hayotda amalga oshirilayotgan tamoyillar haqida

so’z boradi. Shuningdek, inson huquqlari butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o’ziga

jamlagan keng qamrovli tushuncha ekanligi atroflicha yoritib o’tilgan. Maqola davomida inson

huquqlari haqidagi sharq mutaffakir olimlarning qarashlari va fikirlari haqida alohida to’xtalib

o’tilgan.

Kalit so’zlar

: Inson huquqlari, xalqaro standartlar, harbiy demokratiya, patriarxat,

matriarxat, Cyrus-Cylinder, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, inson huquqlari

bo’yicha qo’mita.

ТЕНДЕНЦИЯ РАЗВИТИЯ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА

Аннотация.

В данной статье рассматривается понятие прав человека, его

обсуждается в обществе, история становления и принцпы реализуемые в современной

жизни. Также было подробно разбяснено что права человека – это комплексная

концепция, вкючаючающая в себя чаяния и надежды всего человечества. На протяжении

всей статьи обсуждаются взгляды и мнения восточных мыслителей о правах человека.

Ключевые слова:

права человека, международные стандарты, военная

демократия, патриархат, матриархат, Цилиндр Сайруса, всеобщая декларация прав

человека, комитет по правам человека.

DEVELOPMENT TREND OF HUMAN RIGHTS

Abstract.

In this article, the concept of human rights, its importance in society, history of

formation and principles implemented in modern life are discussed. Also, human rigts are the

aspirations of all mankind. It is explained in detail that it is a comprehensive concept that

includes dreams and hopes. Throughout the article, the views and opinions of Eastern thinkers

about human rights are discussed.

Key words:

Human rights, international standards, military democracy, patriarchy,

matriarchy, Cyrus Cylinder, universal declaration of human rights, human rights committee.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1507

Kirish

.

Ikkinchi jahon urishi yillariga kelib inson huquqlari bir davlat yuridiksiyasidan tashqariga

chiqa boshladi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urishininng daxshatli oqibatlari inson huquqlarini

himoya qilish sohasida maxsus xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va ularni himoya

qilishga qaratilgan xalqaro mexanizmlarni yaratishni xalqaro hamjamiyat oldiga asosiy vazifa

qilib qo’ydi. “Inson huquqlari” tushunchasining o’zi, avvaldanoq insonning mohiyatini ochib

beruvchi, uni inson sifatida o’zini tuta bilishini ko’rsatib beruvchi qadriyatlar bilan bog’liq

bo’lgan tabiiy huquqning paydo bo’lishi bilan vujudga keladi. Inson huquqlari tushunchasini

yuridik mazmunida “inson”, “shaxs”, “fuqaro” tushunchalaridan alohida ajratib bo’lmaydi.

“Inson” tushunchasi yaqindagina yuridik fanlarga kirgan bo’lib, u aynan inson

huquqlarini ham milliy, ham xalqaro darajada tan olish bilan bog’liqdir. “Bizning fikrimizcha

deydi,-professor A.X.Saidov,-“Umume’tirof etilgan inson huquqlari” atamasi xalqaro hujjatlar

ahamiyatini “xalqaro standartlar” kam bo’lmagan darajada aks ettiradi”, chunki ular davlatlararo

darajada ishlab chiqiladi, davlatlararo hamkorlikni tartibga solishga mo’ljallanadi, o’z

yuridiksiyasi doirasida inson huquqlariga hurmatni ta’minlab bera olmaydigan ahvolda qolgan,

o’z xalqi va xalqaro hamjamiyat oldida inson huquqlariga rioya etish yuzasidan javobgarlikka

tortiluvchi davlatga nisbatan yo’naltiradi

1

. Endigi navbatda inson huquqlariga aniqlik kiritadigan

bo’lsak, inson huquqlari-bu insonning tug’ilishidan to vafot etguniga qadar butun hayoti

davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklaridir.

Inson huquqlari yashash huquqi kabi eng asosiy huquqlardan tortib, munosib turmush

tarzini ta’minlashga xizmat qiladigan so’z erkinligi, vijdon erkinligi, ta’lim olish, mehnat qilish,

ijtimoiy ta’minot olish va shunga o’xshash iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqlarimizni misol qilib

keltirishimiz mumkin. Ushbu universal huquqlar millati, jinsi, tili, dini, irqi yoki etnik kelib

chiqishi, ijtimoiy holatidan qat’iy nazar barcha uchun xos.

Ilmiy-nazariy qism

Inson huquqlari to’g’risidagi g’oyalarning vujudga kelishi va inson qadrlanishiga doir

tasavvurlarning vujudga kelishi yillar davomida shakllanib, hozirgi zamonaviy dunyoning

taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Inson huquqlariga oid g’oyalar tarixiy rivojining uchta

asosiy yo’nalishini ajratib ko’rsatish mumkin:

1

Saidov A.X.Межнударадное право прав человека:Учебное пособие/Отв.ред.акад.Б.Н.Топорнин.М.2002.-

С.80.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1508

Birinchisi, urug’, jamoa, davlatdan ajralib chiqayotgan alohida shaxs sifatidagi,

huquqning mustaqil subyekti sifatidagi inson g’oyasining shakllanishi.

Ikkinchisi, qadimgi davrlarda va o’rta asrlarda o’z huquqiy tizimning rivojlanishi,

qonunlarning mujassamlashuvi va yuridik institutlarning qaror topishi.

Uchinchisi, huquqlar va qonunlarning universallik g’oyasi, ularning barcha odamlarga

nisbatan beistisno qo’llanish g’oyasining ishlab chiqilishi

2

.

Inson huquqlari masalasini tahlil qilib borishda shuni alohida qayd etib borishimiz kerak,

dastlab inson huquq va erkinliklarning asosiy manbalari tabiiy huquqdan paydo bo’lgan odat

huquqi (harbiy demokratiya, jamoa o’zini o’zi boshqarish) asosida shakllangan an’ana va

odatdan iborat bo’lib, u insonning biror urug’ga tegishliligi bilan bog’liq bo’lgan. Misol uchun

Patriarxat jamiyatida oilada ota hukmronlik qilgan bo’lsada, oila a’zolarining huquqiy vakolat va

imtiyozlarsiz oila mavjud bo’la olmagan. Matriarxat davridayoq ayol va erkaklar o’zlaridan nasl

qoldirish orqali juft bo’lib yashash orqali huquq va majburiyatga ega bo’lish kerakligini

tabiatning o’zi isbotlab bergan.

Ammo bu ongli ravishda amalga oshmay barchga jonzotlar singari nasl qoldirish tuyg’usi

orqali amalga oshirilgan edi

3

. Inson huquqlarini tushinish uchun juda muhim bo’lgan

insonlarning tabiiy tengligi g’oyasi qadimgi grek sofistlari va xitoylik mutaffakirlar tomonidan

ko’p bora aytilgan. Fuqarolik erkinliklarining taraqqiyotiga ma’lum darajada rimliklar ham o’z

hissalarini qo’shdilar, ya’ni ular hokimiyati bo’linish tushunchasini kiritdilar, shuningdek, tabiiy

huquq g’oyasi va “huquq subyekti”, “qonun oldida barchaning tengligi “singari tushunchalar

ham rimliklar tomonidan ishlab chiqildi. Shuni alohida qayd etishimiz lozimki, falsafiy g’oyalar

qafimgi Gretsiya va Rim davlatlaridagi ijtimoiy sharoitlarga asoslangan qonunchilikda o’z aksini

topmadi. Inson huquqlari, qullarni istisno qilgan holda, faqat quldorlarning imtiyozi sifatidagi

qonun deb ko’rinar edi. Antik polisdagi insonning ajralmas huquqlari inson huquqlarining

birinchi yuridik shakllari bo’lib, keyinchalik ular rim huquqida mustahkamlangan.

Miloddan avvalgi 539- yilda Buyuk Kir Bobil shahrini zabt etgach, umuman kutilmagan

bir ish qiladi ya’ni uyiga qaytish uchun barcha qullarni ozod etadi. Bundan tashqari, u odamlarga

o’z dinlarini tanlash kerak ekanligini e’lon qiladi. Uning bayonotlarini o’z ichiga olgan loydan

yasalgan Cyrus-Cylinder -bu tarixdagi birinchi inson huquqlari deklaratsiyasi tuzilganligini

ko’rishimiz mumkin.

2

Saidov A. X. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq. Darslik- T.: Konsauditinform-Nashr,2006.-B.24.

3

Аристотелъ.Политика.Афиская политика.-М.1997.-С.36


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1509

Inson huqulari yer yuzining barcha mintaqasida birdek tarqalmagan va himoya

qilinmagan. Buning asosiy sababi sifatida har bir mintaqaning, davrning o’ziga yarasha odatlari

va kelib chiqishi, mentaliteti jihatdan ajralib turishi, mamlakatning iqtisodiy ijtimoiy, siyosiy

rivojlanishi kabi tuirli xil omillar sabab bo’lgan. Qadimgi dunyoda inson huquqlari go’yasining

vujudga kelishi, uyg’onish davrida inson huquqlarining rivojlanishi, yangi davrda inson

huquqlarining shakllanishi, Qadimgi Sharqda inson huquqlari va hattoki islom huquqida ham

inson huquqlarining g’oyasining shakllanganligini ko’rishimiz mumkin. Inson huquqlari

g’oyasini Ulug’bek, Navoiy, Bobur singari Sharqning buyuk mutafakkir olimlari, davlat va

jamoat arboblari qarashida ham o’z aksini topgan. Bu siymolar turli davr va sharoitlarda

yashagan bo’lishiga qaramay, insonning jamiyatdagi o’rni va roli masalalariga alohida e’tibor

berganlar. Ularning har uchalasi ham davlat ishlari bilan mashg’ul bo’lganlari uchun davlat bilan

fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni, inson va jamiyatga doir masalalarni o’zlari yashagan

davrlarning aniq shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda ifodalab berishga harakat qilganlar.

Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarida shoh Iskandarning mamlakatda amalga

oshirgan adolatli tadbirlari orasida insonga g’amxo’rlik, uning sha’ni, qadr-qimmati, haq-

huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlari masalasi muhim o’rin egallagan bo’lsa, “Vaqfiy”

asarida turli tabaqaga mansub kishilarning haq-huquqlarini himoya qilish, har bir insonning halol

mehnat bilan shug’ullanishi zarurligi g’oyasi ilgari suriladi

4

. Yuqorida nomlari tilga olingan

allomalarning asarlarida inson mehnatini ulug’lash bilan birga shug’ullanishi, uy-joyli bo’lishi

singari haq-huquqlari to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. Tarixdan ham ma’lumki,

ayrim mamlakatlar va mintaqalarda olib borilgan jang-u jadallar, bosqinchilik urishlari natijasida

fuqarolarning haq-huquqlari vahshiylarcha toptab kelingan. Bunday misollarni O’rta Osiyoda

yashagan xalqalar va millatlar hayotidan ham ko’plab keltirish mumkin. Birgina mo’g’illar

bosqini davrida O’rta Osiyoda yashagan xalqlarning huquqlari toptalganligini oddiy so’z bilan

ifodalash qiyin. Masalan, mo’g’illar 1220-yilda Buxoroni bosib olib, 30 mingdan ortiq

buxoroliklarning yostig’ini quritganlar, aholining qolgan qismini qullarga aylantirib, o’zlari

ishg’ol qilgan boshqa yerlarga olib ketganlar

5

.

Islom ta’limotida inson huquqlari g’oyasini Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda

insonning Alloh va shariatdagi haq-huquqlari inson foydalanishi zarur bo’lgan alohida huquqlar

misolida ko’rsatib berilgan.

4

Nazirov R “O’rta asr sharq allomalari” Navo.Toshkent:2011.-58 bet.

5

Odilqoriyev H. T,Muxamed O’. X Saidov B.A.va boshqa Konstitutsiyaviy huquq darslik: -T.: Konsauditinform

Nashr,2006.-76-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1510

Masalan, Qur’oni Karimning “Baqara surasi”dagi 220-oyatda yetimlarning haqlari

to’g’risida, 223-, 228-229-, 230-oyatlarida erkak va ayolning nikohga kirishi yoki nikohdan

chiqish huquqi, “Oli imron surasi”ning 20-oyatida islom diniga e’tiqod qilish huquqi va

insonning boshqa huquqlari shariat talablari asosida bayon qilingan. 256-oyatda islom dinining

adolatliligi quydagicha bayon etilgan: “Dinda zo’rlash yo’q, zero. To’g’ri yo’l yanglish yo’ldan

ajrim bo’ldi. Bas, kim shaytonni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani

ushlabdi. Alloh eshituvchi va bilguvchidir”

6

. Inson huquqlarini shariat talablari asosida ko’rsatib

berishga doir bunday yondashish hadislarda ham o’zining aniq ifodasini topgan. Har bir hadisda

jamiyat hayotining alohida bir masalasiga doir talablari ilgari surilganligi uchun ham, ularda

insonning xilma-xil haq-huquqlari ularning alohida huquqlari misolida bayon etilgan. Masalan,

Imom Buxoriyning “Al-adab, al-mufrad (Adab durdonalari) asarida ota-ona haqini ado qilish,

farzandiga ota-onasi oldidagi va ota-onaning farzandi oldidagi haq-huquqlari, ziyorat qilish, turar

joyga ega bo’lish va boshqa shular singari haq-huquqlarining har biri alohida hadislarda

berilganki, bunday holni hadislar to’g’risida yozilgan har bir asarda uchratish mumkin. Hadisi

Shariflarda insonning qadr-qimmatini kamsitishga yo’l qo’ymaslik, uning sha’ni va obro’siga

tajavuz qilmaslik, har kimning sir saqlashi, erkin fikr yuritishi, erkin so’zlashishi singari shaxsiy

huquqlari bilan birga, uning mulkka ega bo’lishi, turar joyli bo’lishi va uning daxlsizligi singari

turli xildagi ijtimoiy huquqlari ham shariat talablariga va qonunlariga muvofiq tarzda himoya

qilinishi zarurligi o’z ifodasini topgan

7

.

Akademik V.Nersesyans esa inson huquqlari tarixi mavzusini rivojlantira borib, bu haqida

shunday deydi.” Huquq va davlat tarixiy rivojlantirishining har bir bosqichi uchun huquq

subyekti bo’lmish inson konsepsiyasi va uning huquq hamda majburiyatlari, erkinligi va

erksizligi haqidagi tasavvurlar xosdir.

Shu ma’noda, huquq tarixi, ayni mahalda, inson huquqlari to’g’risidagi ibtidoiy,

cheklangan va rivojlanmagan tasavvurlardan tortib, hozirgi davrdagi tasavvurlarning shakllanishi

va evolutsiyasi tarixi desak ham xato bo’lmaydi. Inson huquqlari-bu, eng avvalo, insonning

ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasidagi huquq layoqatini va huquqiy subyekt ekanligini

e’tirof etishdir.

6

Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Abdulaziz Mansur tarjimasi va

izohlari-T.: Islom universiteti, 2001.

7

Inson huquqlari.O’quv qo’llanma./X.Boboyev tahriri ostida.-T.:O’zbeksiton, 1997.-B.46


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1511

Yoki, huquqshunos olim V.Nersesyansning ta’biri bilan aytganda, turli davrlardagi

huquqiy layoqatning hajmi tegishli huquqiy tizimda, mazkur huquq tizmi subyektlarining

qanchalik darajadagi huquqqa ega bo’lgan inson sifatida e’tirof etilishi bilan o’lchanib kelingan

8

.

Huquqiy asos

Har bir o’zini rivojlangan deb hisoblaydigan davlat birinchidan, inson huquqlarini

himoyasini to’laqonli ta’minlashni yo’lga qo’yishi lozim. Sababi ushbu davlatga tashrif

buyirayotgan, xalqaro shartnomalar tuzishni niyat qilgan yoki investitsiya kiritmoqchi bo’lgan

davlat birinchi navbatda uning qonunchiligiga nazar soladi va inson huquqlarining himoyasi qay

darajada himoyaga olinganligini e’tiborga oladi. Xalqaro sohada inson huquqlari himoyasi-inson

huquq va erkinliklarini davlatlar tomonidan amalda hayotga tadbiq etilishi bo’yicha

davlatlarning majburiyatlarini belgilab beruvchi va mustahkamlovchi huquqiy normalar

yig’indisi, shuningdek, ushbu huquq sohasi bo’yicha davlatlar o’z majburiyatlarini bajarishi

ustidan xalqaro mexanizmi va alohida shaxsning huquqlarini himoya qilishdir

9

. Zamonaviy

xalqaro hamjamiyat insonning tabiiy huquqlari g’oyasini huquqiy me’yoriy hujjatlar darajasida

mustahkamlagan. Ular ichida 1948-yil 10-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul

qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi alohida o’rinda turadi ommaviy himoya

qilinadigan asosiy inson huquqlarini belgilaydigan birinchi yuridik hujjat. Deklaratsiya 30

moddadan iborat bo’lishiga qaramay unda har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va

erkinliklari e’tirof etilgan. Bundan tashqari Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro

pakt (1966) va Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (1966) birgalikda

Inson huquqlari bo’yicha xalqaro billni tashkil qiladi. Bu xalqaro billda ham insoning asosiy

huquq va erkinliklari e’tirof etilgan. Tadqiqiqotlardan birida ta’kidlab o’tilganidek, “1948-yildan

so’ng qabul qilingan 90 dan ortiq milliy konstitutsiyalar o’zida deklaratsiya qoidalarini aks

ettiradi va mazkur qoidalar uning ta’siri ostiga kiritilgan”

10

.

Sud organlari amaliyoti

Fikirlarimizning isboti sifatida 1978-yilda tug’ilgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi

Rayhon Xudoyberganova ayan o’zining buzilgan inson huquqlariga oid huquqlari bo’yicha BMT

Inson huquqlari bo’yicha qo’mitaga murojaat qilgan. Muallifning ta’kidlashicha, u Fuqarolik va

siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 18 - va 19-moddalarida belgilangan huquqlari

O’zbekiston tomonidan buzilishilishidan jabr chekkan.

8

Nersesyans V.S. Huquq falsafasi/Mas’ul moharrir A.X.Saidov.-T.: Adolat,2003.-B.113.

9

Междунарадное право. /Под.ред.Бекяшева К.А.: -М.Проспект.1999.-С.200

10

Jayawic Kagata N.Hong Kong and the intenatihnal prhtectihn hf human Rights//Human Hong Kong,1992. P. 160.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1512

Inson huquqlari bo’yicha qo’mita ishni ko’rib chiqish jarayonida, ushbu murojaatning

Inson huquqlari bo’yicha qo’mita tartibotining 87-qoidasiga ko’ra, maqbul yoki maqbul

emasligini tekshirib, uning barcha milliy sud instansiyalarida o’tganligini, ayni payta

R.Xudoyberganovaning murojaatida keltirilgan masala boshqa xalqaro tartibot asosida ko’rib

chiqilmayotganligi o’rganilgan. Qo’mita xulosasida ishtirokchi davlatga ya’ni O’zbekistonga

R.Xudoyberganovaning buzilgan huquqlarini tiklash majburiyatini yuklagan. Ko’rib

turganimizdek, bu xalqaro darjada inson huquqlarining qay darajada himoya qilinishining isboti

desak bo’ladi. Xalqaro huquqda inson huquqlari himoyasining ahamiyati nima? - degan savol

tug’ilishi mumkin. Ahamiyati shundaki, bir davlat hududida inson huquqlari lozim darajada

ta’minlanmasa yoki davlatlar o’rtasidagi fuqarolarning huquqlari bilan bog’liq ziddiyatlar kelib

chiqsa, xalqaro huquq doirasida hal qilinadi.

Inson huquqlarini himoya qilish va rag’batlamtirishda xalqaro hamkorlik katta

ahamiyatga ega hisoblanadi. Inson huquqlari bo’yicha II-Butunjahon konferensiyasi (Vena,

1993-y.) mamlakatlar uchun muhim voqelik va yo’l-yo’riq bo’ldi desak adashmagan bo’lamiz.

Sababi uning yakuniy hujjatlarida inson huquqini rag’batlantirish va himoyalsh ishida asosiy

mas’uliyat davlatlar zimmasida ekanligi, ya’ni xalqaro institutlar va mexanizmlar yordamchi ro’l

o’ynashi haqidagi qoida qayd etilgan. Har bir mamlakatdagi huquqni himoya qilish bilan bog’liq

vaziyat xalqaro hamjamiyatni so’zsiz tashvishga solishini e’tirof etib, O’zbekiston, ham unga

nisbatan inson huquqlari mavzusini siyosiylashtirishga intilishlar va “ikki tomonlama

standartlar” sityosatiga yo’l qo’ymasligi lozim, deb hisoblaydi va inson huquqlari bilan bog’liq

masalalarni muhokama qilishda universallik, beg’arazlik, xolislik va bir xillikni ta’minlashga

chaqiradi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, BMT Bosh Assamleyasining 61-sessiyasida qabul

qilingan “Inson huquqlari bo’yicha teng huquqlilik va o’zaro hurmat qilish munosabatlarini

rag’batlantirish” to’g’risidagi 61/166-sonli Rezolutsiyani qabul qilishda O’zbekiston

tashabbuskorlardan biri bo’ldi, unda “ayrim mamlakatlarda inson huquqlari sohasidagi holat

haqida siyosiy asoslanmagan va shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilishdan, bir-biriga

qarshilik qilish uslublari, inson huquqlaridan siyosiy maqsadlarda foydalanish hollaridan voz

kechish zarurligiga alohida urg’u berilgan hamda “inson huquqlari bo’yicha “ xalqaro

uchrashuvlarda siyosiy, iqtisodiy, va madaniy xilma-xillik mamlakatlar o’rtasida barqaror va

do’stona munosabatlarni rivojlantirish hamda xalqaro uchrashuvlarda teng huquqlilik va o’zaro

hurmat qilish” zarurligi e’tirof etilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1513

Insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro’yxati va mazmuni inson huquqlari

umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlab qo’yilgan bo’lib, mazkur hujjat odatda dunyoning

vijdoni, insoniyat ma’naviyatining etaloni deb nomlanadi.

Inson huquqlari bo’yicha deklaratsiya qabul qilinganiga 77 yil bo’lganiga qaramasdan,

bugungi kungacha u davlatlar, shaxslar va nodavlat tashkilotlarining inson huquqlari sohasidagi

faoliyatining asosi hisoblanadi. Mazkur hujjat dunyoning barcha davlatlari tomonidan

ratifikatsiya qilingan.

Boshqa hech qaysi hujjat bunday sharafga da’vo qila olmaydi. Bundan tashqari inson

huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqalar va davlatlar bajarishga intilishi lozim,

bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu deklaratsiyani

nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim yo’li bilan bu huquq va erkinliklarni hurmat qilishga

ko’maklashishi kerak.

Demokratik huquqiy davlat qurishning bosh sharti asosiy huquq va erkinliklarni

rag’batlantirish va himoya qilish hamda jamiyatda har bir insonning huquqlarini kafolatlashning

haqiqiy tizimini yaratish hisoblanadi, Inson huquqlari yer yuzida hayotning to’laqonligini

belgilaydi hamda millatlar madaniyatining ajralmas qismi, insoniyat ma’naviyati yuqori darajada

ko’rinishi bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham, hozirgi zamon dunyosining ma’naviy

qadriyatlari orasida umume’tirof etilgan inson huquqlari eng muhim o’rinlardan birini egallaydi.

REFERENCES

1.

Inson huquqlari: darslik. -T.: Adolat, 2013.

2.

Saidov A.X. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq: darslik. -T.: TDYU nashriyoti,2023.-

952 bet.

3.

SaidovA.X. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq: darslik-T.: Kondaudintiform-

Nashr,2006.

4.

Nazirov R. “O’rta asr sharq allomalari” Navo.Toshkent:2011.

5.

Odilqoriyev.H.T. Muxamed.O’.X.Saidov B.A.va boshqa Konstitutsiyaviy darslik: -T.:

Konsauditinform nashr, 2006.

6.

Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi, Abdulaziz

Mansur tarjimasi va izohlari.-T.:Islom universiteti.2001.

7.

International Human Rights, Rhona Smith Oxford,P. 440,2014B


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1514

8.

Jayawic Kagata N.Hong Kong and the intenathnal prhtectihn hf human Rights//Human

Hong Kong, 1992.P.160.

9.

Аристотел Политика Афиская политикаю-М.1997.

10.

Междунарадное право. Под.ред.Бекяшева К.А.-М.: Проспект.1999.-С 200.

11.

Nersesyans V.S. Huquq falsafasi/ Mas’ul moharrir A.X. Saidov -T.: Adolat, 2003.

12.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt.

13.

http://www/un/org

References

Inson huquqlari: darslik. -T.: Adolat, 2013.

Saidov A.X. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq: darslik. -T.: TDYU nashriyoti,2023.-952 bet.

SaidovA.X. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq: darslik-T.: Kondaudintiform-Nashr,2006.

Nazirov R. “O’rta asr sharq allomalari” Navo.Toshkent:2011.

Odilqoriyev.H.T. Muxamed.O’.X.Saidov B.A.va boshqa Konstitutsiyaviy darslik: -T.: Konsauditinform nashr, 2006.

Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi, Abdulaziz Mansur tarjimasi va izohlari.-T.:Islom universiteti.2001.

International Human Rights, Rhona Smith Oxford,P. 440,2014B

Jayawic Kagata N.Hong Kong and the intenathnal prhtectihn hf human Rights//Human Hong Kong, 1992.P.160.

Аристотел Политика Афиская политикаю-М.1997.

Междунарадное право. Под.ред.Бекяшева К.А.-М.: Проспект.1999.-С 200.

Nersesyans V.S. Huquq falsafasi/ Mas’ul moharrir A.X. Saidov -T.: Adolat, 2003.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt.

http://www/un/org