435
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
INSON HUQUQLARI BO‘YICHA XALQARO STANDARTLARNI BILASIZMI?
Ne’matjonova Mumtozbegim Baxromjon qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi.
+998-94 152-05-26.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15186068
Annotatsiya.
Ushbu ishda inson huquqlari tushunchasi, ularning tarixiy rivoji, xalqaro
huquqdagi o‘rni va milliy qonunchilik bilan uyg‘unligi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor inson
huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarning mohiyati, ularning "qattiq" va "yumshoq" huquq
shakllariga ajralishi, hamda xalqaro hujjatlarning (BMT deklaratsiyasi, paktlar, konvensiyalar)
O‘zbekiston qonunchiligida aks etishi masalalariga qaratilgan. Shuningdek, muammoli kazus
sifatida Adelaida Kimning tinch namoyishdagi ishtiroki sababli hibsga olinishi va uning xalqaro
tashkilotlarga murojaati orqali inson huquqlari buzilish holatlarini hamda bugungi kundagi
inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar faoliyativ astandartlarning ahamiyatini
huquq jihatdan tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar
: Inson huquqlari, xalqaro huquq, yumshoq huquq, qattiq huquq, inson
huquqlar, xalqaro standartlar, milliy qonunchilik, milliy institutlar, qonunchilik.
DO YOU KNOW INTERNATIONAL HUMAN RIGHTS STANDARDS?
Abstract.
This work analyzes the concept of human rights, their historical development,
their place in international law, and their harmonization with national legislation. The main
focus is on the essence of international human rights standards, their classification into “hard”
and “soft” law, and how international documents (such as UN declarations, covenants, and
conventions) are reflected in Uzbekistan's legislation. Furthermore, a problematic case
involving the detention of Adelaida Kim for participating in a peaceful protest and her appeal to
international organizations is examined to explore human rights violations. The paper also
assesses the legal role of national institutions and standards for the protection of human rights
in contemporary times.
Keywords:
Human rights, international law, soft law, hard law, human rights standards,
international standards, national legislation, national institutions, legislation.
ЗНАЕТЕ ЛИ ВЫ МЕЖДУНАРОДНЫЕ СТАНДАРТЫ В ОБЛАСТИ ПРАВ
ЧЕЛОВЕКА?
Аннотация.
В данной работе анализируются понятие прав человека, их
историческое развитие, место в международном праве и гармонизация с национальным
законодательством. Основное внимание уделено сущности международных стандартов
в области прав человека, их классификации на «жесткое» и «мягкое» право, а также
436
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
отражению международных документов (таких как декларации ООН, пакты,
конвенции) в законодательстве Узбекистана. Кроме того, рассматривается проблемный
случай с задержанием Аделаиды Ким за участие в мирной акции протеста и её
обращением в международные организации как пример нарушения прав человека.
Также проводится правовой анализ деятельности национальных институтов и
значимости стандартов по защите прав человека в современное время.
Ключевые слова:
Права человека, международное право, мягкое право, жесткое
право, стандарты прав человека, международные стандарты, национальное
законодательство, национальные институты, законодательство.
"Erkinlik va inson huquqlari – bu nafaqat yuridik tushunchalar, balki har bir
insonning hayoti va qadr-qimmati bilan bog‘liq tamoyillardir."
Barak Obama, AQShning sobiq prezidenti
Kirish.
Inson. U dunyoga kelganidan boshlab to vafot etgunga qadar bir qator huquq va
majburiyatlarga ega bo’ladi. Negaki, inson jamiyatda yashar ekan bir qator ijtimoiy
munosabatlarga kirishadi va huquqlardan foydalanib boradi.
Inson huquqlari
- bu normativ
me’yorlardan tuzilgan va shaxsning huquq va erkinligini ifodalovchi, uning turmush sharoitida
jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan munosabatlarini belgilab beruvchi tushunchadir
1
. Inson
huquqlari tushunchasi tabiiy huquqlar majmui deb ham atataladi, chunki inson umri davomida
foydalanadi va ehtiyoj sezadi. Inson huquqlarining rivojlanishi uning payodo bo
‘
lish tarixi va
bosqichlariga bevosita bog’liqdir. Inson huquqlari paydo bo‘lishi to
‘
g’risidagi g’oyalar chet
davlatlarda XX asrning 70-80- yillarda, bizning mamlakatamizda esa 90-yillar asosan
mustaqillikka erishgandan so‘ng ro‘y berdi. Bu haqida ko‘plab olimlar o‘z fikr-mulohazalarini
berib o‘tishgan. 1995-yili rus olimi
B.L.Nazarov
inson huquqlari tog’risidagi fanni, ushbu
huquqlar paydo bo‘lishining nisbatan umumiy qonuniyatlari va tarixi nazariyasi va tarixi
to‘g’risidagi ta’limot sifatida e’tirof etishga chaqirdi
2
. Inson huquqlari o‘rganiladigan fan,
ijtimoiy institut, insonlarning jamiyatdagi huquqlari va voqealiklarni tizimlashtiruvchi faoliya
sohasidir. Inson huquqlarining obyekti esa davlat va uning fuqarolari o‘rtasidagi inson
huquqlariga oid ijtimoiy munosabatlarini o‘rganishdan iborat. Bu borada esa davlat fuqarolarga
inson huquq va erkinliklarini yaratish va ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini oladi va
kafolatlaydi.
Inson huquqlari fanining predmeti
esa ushbu fan doirasida vujudga keladigan va
olib boriladigan masalalarni tushunishimiz lozim.
1
Yusupova F. Inson huquqlari. O‘quv qo‘llanma.-T.:2024. -8b
2
Права человека. Пстория, теория и практика/Организатор авторского коллектива Б. Назаров.-М.: 1995.-C.
17.
437
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Ushbu tarkibga esa inson huquqlar mexanizmlarini ishlab chiqish, insonning qonuniy
manfaatlariga ta’sir qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa huquqlariga rioya etish bilan
bog’liq masalalar. O’zbekiston Respublikasi ham xalqaro huquqning subyekti sifatida xalqaro
tashkilotlarga a’zo bo‘lganligi va inson huquqlari bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni ratifikatsiya
qilganligi milliy qonunchilik tizimiz ham shu qoidalarga asoslanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Misol uchun
yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda
ham aynan ikkinchi bo‘lim inson va
fuqaroning asosiy huquqlari keltirib o‘tilgan. Bu borada inson huquqlari va erkinliklari oliy
qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilganligini, davlat esa ushbu huquqlarni ta’minlash bo‘yicha
majburiyatga egaligi, inson huquqlari hech qanday asoslarsiz cheklanmasligi, aybsiz hibsga olish
mumkinmasligini ta’kidlab o‘tilgan. Xalqaro munosabatalarda davlatlar va uning ishtirokchilari
bo‘lgan xalqaro tashkilotlar inson huquqlari borasida izchil islohotlar amalga oshirilishi va ular
o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar inson huquqlariga bevosita bog’liqligini aks ettiradi.
Insonparvarlik va inson huquqlari ustunligi prinsiplari esa inson va davlat o‘rtasidagi
tafovut bo‘lganda inson huquqlari ustun kelishi kabi xalqaro prinsiplar davlarlarning milliy
normativ-huquqiy hujjatlari ishlab chiqarilishida asos bo‘ladi. Inson huquqlari to‘plami (bandon
of human rights) global ahamiyati esa bugungi kunda amalga oshirilayotgan muammoli
vaziyatglarga yechimlarni ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, agar inson huquqlari mavjud bo‘lmasa,
qanday oqibatlar kelib chiqardi, agar inson huquqlari cheklansa, davlatlarning nafaqat ijtimoiy
siyosati, balki, iqtisodiy, ijtmoiy, madaniy hayotida inqirozga yuz tutgan bo‘lar edi. Inson
o‘rtasidagi tafovutlar, kamsitilishlarga, inson huquqlari buzilgan mamlakatlar ko‘pincha siyosiy
beqarorlik, isyonlar va to‘ntarishlarga duch keladi. Bunday holatlar ichki va tashqi siyosatni
qiyinlashtiradi.
Qarama-qarshi qonunlar va repressiyalar ya’ni
inson huquqlarini inkor etish
repressiv hukumatlar va diktatorlik rejimlarining kuchayishiga olib keladi. Odamlarni qo‘rquvda
yashashga majbur qilib, ularni o‘z huquqlari uchun kurashishga undaydi. Shuning uchun ham
davlat tashkil topishida va rivojlanishi uchun ham inson huquqlar birlamchi prinsip
hisoblanarkan desak ham mubolag’a bo‘lmaydi.
Asosisy qism.
Xalqaro inson huquqlar va me’yorlarini tahlilini ko’rib o‘tamiz. Inson
huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga
Yuldasheva G
va
Gafuurova N
darsliklarida
keltirichicha xalqaro standartlar inson huquq va erkinliklari tamoyilini mustahkamlovchi va
rivojlantiruvchi xalqaro huquqiy normalar yig’indisi tushuniladi
3
. Bu esa agar davlatlar xalqaro
standartlarni ta’minlamasa ularga nisbatan javobgarlikni ham anglatadi. Inson huquqlari
bo‘yicha xalqaro huquq normalari ikki tusga ega, ya’ni majburiy (imperative), boshqacha qilib
aytganda, xalqaro qattiq huquq (International hard law) va majburiy (Declarative) xarakterga ega
bo‘lmagan, “xalqaro yumshoq huquq” (International soft law), soddaroq qilib aytganda universal
3
Yuldasheva G., Gafurova N, Inson huquqlari. O’quv qo’llanma.-T.: TDYU, 2023,44b.
438
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
va mintaqaviy tusdagi hujjatlar desak ham bo’ladi
4
. Universal ya’ni butun dunyo va xalqaro
subyektlar tomonidan tan olingan va ichki qonunchilikka ham implementatsiya qilingan
standarslar va mintaqaviy- bu esa muyaan hududda ya’ni aniq bir mintaqada amal qiladigan va
jiddiy javobgarlik choralari ham aniqligi bilan universal xalqaro standartlardan ajrlaib turadi.
Xalqaro standartlar deklaratsiya, pakt, xalqaro shartnomalar ko‘rishida mavjud.
Insonning huquqlar va erkinliklarini ta’minlab beruvchi aasosiy tashkilot sifatida 1945-
yilda tuzilgan Birlashgan Millatlar tashkilotidir. BMT Ustavi (1945) quyidagi asosiy organlarni
belgilaydi: Xavfsizlik Kengashi, Bosh Assambleya, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (ECOSOC),
Vasiylik Kengashi, Kotibiyat, Xalqaro Sud. Hozirda Vasiylik Kengashi deyarli faoliyat
yuritmaydi, chunki BMTning mustamlakalarga qarshi siyosati o‘z maqsadiga erishgan va
kengash 1994-yilda o‘z ishini to‘xtatgan
5
.
BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi inson huquqlari global muammo olib chiqilgan hujjat
sifatida e’tirof etilgan. Ushbu hujjat 30 ta moddadan iborat bo’lib davlatlarning tengligi, ta’lim
olish, va huquqlardaa erkinliklari mavjudligi haqida keltirib o‘tilgan. Hamma odamlar o‘z qadr-
qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug’iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan,
binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak. (1-modda).
Deklaratsiyaning dastlabki moddasidayoq, insonlarning tengligini va ularning e’tirof
etilganini ko‘rishimiz mumkin. BMT tomonidan qabul qilingan yana bir qator hujjatlar mavjud
bo‘lib ular ham inson huquqlari sohasida yetakchi o‘ringa ega. Ular ko’pincha inson huquqlari
bo‘yicha xalqaro bill deb ham ataladi. Bu hujjatlar qatoriga Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g’risdagi pakt 1966-yil 16-dekabr va xuddi shu yilda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
to’g’risidagi xalqaro pakt mavjud. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g’risidagi xalqaro paktning
ikkita fakultativ ya’ni yordamchi protokollari bor: 1966-yil 16-dekabr kuni BMT Bosh
Assambleya tomonidan qabul qilingan va 1976-yilning 23-mart kuni kuchga kirgan. Ushbu
protokolda inson o’zining buzilayotgan huquqini himoya qilish uchun xalqaro tashkilotlarga
individual tarzda shikoyat berish mexanizimini belgilab beradi, misol uchun shikoyat beruvchi
shaxs ichki himoya vositalaridan foydalanib bo’lgan bo’lishi kerak, anonim ya’ni shaxsni
no’malum shaxs ism, familyasi, davlati ko’rsatilmagan shaxsninig murojaat qabul qilinmaydi.
Yuqoridagi hujjatlar inson huquqlarning global miqyosda amalga oshirish uchun
ishtirokchi davlatlar uchun majburiyat yuklasa, mintaqaviy inson huquqlar standartlari esa aniq
hudud doirasidagi majburiyatlarni belgilab beradi.
4
Saidov A.X va boshqalar. Xalqaro ommaviy huquq.-T.:TDYU nashriyoti, 2023, 409b.
5
Philip Alston. International human Rights. Text and materials. – New York,2024. 567b
439
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Misol uchun Yevropa Inson huquqlari Konsvensiyasi (1950), Amerika Inson huquqlari
konvensiyasi (1969), Afrika xalqalari va inson huquqlari xartiyasi (1981). Demak, bu hujjatlar
Yevropa, Amerika, Afrika mintaqalari uchun qonunchilihggida amal qiladi. Yana qo’shimcha
tarzda Inson huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan BMT ning xalqaro shartnomalari ham
e’tibordan qoldirmasligi kerak. Bularga Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga
barham berish to’g’risidagi konvensiya (1979), Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya
(1989), Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (2006), Qiynoqlarga qarshi konvensiya
(1984), Irqiy kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya
(1965). Xalqaro-huquqiy standartlar quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) Inson huquq va erkinliklari
borasida xalqaro huquq normalari taqlqini; 2) Davlatlararo munosabatlarda ishtirokchilarning
xulqiy me’yorlari; 3) “Prezentiv vazifani’ ya’ni mazkur standartlar xalqaro huquqiy prinsiplarini
chetlab oldini olish uchun
6
. Xalqaro huquqiy me’yorlar har bir davlatning inson huquqlariga
rioya qilishini ta’minlash uchun fundamental asosdir. Negaki, ular o’rtasidagi umumiy
qoidalarning
shakllanishiga
yordam
berib,
kamsitish,
qiynoqlar,
adolatsizlikka
va
huquqbuzarliklarning oldini olish imkonini yaratib beradi. Ushbu tahliliy material orqali xalqaro
standartlarning inson huquqlariga qanchalik zarurligini, inson huquqlarni buzilishida xalqaro
standartlarni amalga oshirilganligi bilan bog’liq hujjatlarni, vaziyatlarni ko’rib chiqamiz.
Xalqaro standartlarni ta’minlashda ayrim davlatlar o’zining milliy qonunchiligida
implementatsiya qilmaganligi yoki o’zgacha talqin qilganligi tufayli inson huquqlari bo’yicha
xalqaro standartlarni qo’llashda muammoli vaziyatlar kelib chiqmoqda. Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida
mustahkamlab qo’yilgan normalar buzlishi inson va davlat o’rtasidagi ijtimouy-huquqiy
munosabatlarga putur yetkazilishi mumkin. Muammoli vaziyatlarni yaxshiroq tahlil qilish kazus
misolida ko’rib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo’lar edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti
tomonidan ro’yxatga olingan Inson huquqlari qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqilgan Murojaat
yuborgan shaxs Adelaida Kim Ishtirokchisi bo’lgan O’zbekiston respublikasini javobgar qilib
ko’rsatganlgini berib o’tilgan. Adelaida asosan muammolarini quyidagicha yoritib keltirlgan:
2008-yil 6-dekabr kuni Toshkent shahrida huquqni muhofaza qilish organlari ishlaridagi
adolatsizlikka qarshi tinch namoyishda qatnashgan. Ushbu ishtiroki uchun u hibsga olinib, sud
tomonidan jarimaga tortilgan. Adelaida Kim bu qarorga qarshi chiqib, O‘zbekiston
Respublikasining ichki sud tizimida o‘z huquqlarini himoya qilishga harakat qilgan, biroq
natijaga erisha olmagan. Shundan so‘ng, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari
qo‘mitasiga murojaat qilgan.
6
Mo’minov A. Inson huquqlari. Daeslik.-T.:Adolat,. 2013.445b.
440
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Muallif tomonidan keltrilgan faktlar Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqqaro
paktning 2 (1)-(3), 9 (1), 12 14(1), 18, 19 va 21-moddalari bo’yicha huquqlari buzilganligini,
shuningdek, u tinch namoyish o’tkazganligini va unga nisbatan nohaq MJTK ning 194(1), 195 va
201 (1)-moddalari bo’yicha ayblov qo’yilib, asossiz hibsga olishganini ta’kidlaydi. 2008-yil 6-
dekabr kuni sodir etilgandan keyin, Mirzo Ulug’bek tuman sudida unga 10 oylik ish haqi
miqdorda jarima tayinlangan. U keyinchalik apellyatsiya, kassatisya, nazorat tartibida berilgan.
Ammo shikoyatlar asossiz deb topilgan. U, shuningdek, unga nisbatan qonun emas, balki
sharh asosida hukm chiqarilganini qayd etadi. U ushbu sharh O‘zbekiston Konstitutsiyasining 29
va 33-moddalari hamda xalqaro standartlarga zid ekanligini, chunki unda yig‘ilish o‘tkazish
uchun oldindan yozma ruxsat olish talab etilishi ko‘zda tutilganini bildiradi. Muallif Paktning 2
(3)-moddasi bo‘yicha samarali huquqiy himoya huquqi buzilganligini da’vo qiladi. Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36 va 271-moddalariga tayanib, u ma’muriy javobgarlikka
tortish huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab ikki oy ichida amalga oshirilishi kerakligini
va agar ish yuritish shu vaqtga qadar boshlanmagan bo‘lsa, ish tugatilishi lozimligini
tushuntiradi. Kodeksning 320 (3)-moddasiga ko‘ra, ma’muriy ish bo‘yicha qaror kassatsiya sudi
hukm chiqargan zahoti kuchga kiradi. Muallifning ta’kidlashicha, 2008-yil 6-dekabr kuni sodir
bo‘lgan voqealardan ikki oy o‘tgach, ya’ni 2009-yil 6-fevralga kelib, ish yuritish tugatilishi
kerak edi. Biroq, tuman sudi 2009-yil 11-fevral kuni uning apellyatsiya shikoyatini rad etgan.
Sudlar ish yuritishni belgilangan muddatda tugatmaganligi tufayli, muallifning Paktning
2 (1) va 2 (3) (a)-moddalari bo‘yicha huquqlari buzilgan. Bunga qo’shimcha tarzda protsessual
qoidalar buzilganligi keltirib o’tilgan: uning iltimosnomalar sud bayonnomasida qayd
etilmaganligi, tarjimon yordamidan olish huquqi cheklanganligini, sud bayonnomalari
soxtalashtirilganligi va unga ularni ko’chirishga ruxsat berilmaganligini, muddatlarga amal
qilinmaganligi asos qilib ko’rsatildi
7
. Asoslarni normalar bo’yicha tahlil qilib amalga oshiramiz.
Konstitutsiyamizning 29 va 33-moddalarda (eski tahrirdagi Konstitutsiyaga ko’ra) har
kim fikrlash so’z va e’tiqod erkinlikalariga egaligi, siyosiy huquqlardan iborat bo’lgan 33-
moddada Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq
mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat
organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki
taqiqlash huquqiga ega
8
. Siyosiy huquq O’zbekiston respublikasining fuqarolariga tegishli
bo’ladi. Adelaida Kim ham 1951-yilda tug’ilgan O’zbekiston fuqarosidir.
7
https://docstore.ohchr.org/SelfServices/FilesHandler.ashx?enc=UIpbsOFDEazQgX%2BDE4gFEhWvYmVK48au4
pfNTo%2BnDvLCrjy4lRlAr%2BKjcUmnoJwwXpo8fLm3y6vZKiz6Eu%2B8qL7iioarO%2FhrhF40yGGeZkI%3D
8
441
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Demak, siyosiy huquqlardan foydalana oladi, faqatgina qonunda miting, yig’ilish,
namoyishlar qonunchilikda belgilan tartibda amalga oshirish lozim. Kim ham tinch ya’ni ichki
ishlar xodimlarga bo’ysunganini, ixtiyoriy ravishda namoyishni tugatganligini ta’kidkab o’tadi.
Xalqaro hujjatda ham Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi paktning 21-moddasi va
Deklaratsiyaning 20-moddasida tinch yig’inlar o’tkazish huquqi tan olingan
9
. Faqatgina jamoat
tartibini saqlash, aholining sog’ligi va boshqa vaziyatda cheklanishi mumkin. Asossiz hibsga
olinishi bo’yicha esa ushbu paktning 9-moddasi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyaning
9-moddaida da hech kim asossiz hibsga olinmasligini va qamoqda saqlanishi mumkin emasligi
keltilgan. Paktning 14-modda 3-qismi e) agar u sudda ishlatiladigan tilni tushunmasa yoki ushbu
tilni bilmasa, tarjimonning bepul yordamidan foydalanish; protssesual qoidalarning buzilishini,
sud jarayoni nohaq ayblovlar va soxta hujjat bolganligini ta’kidlaydi
10
. Tarjimon yordamidan
foydalanish huquqiga ega. Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga
oshirish chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. (Konstitutsiya 29-modda).
Adelaida Kim bir tarafdan mushohada qiladigan bo’lsak, shikoyatlari o’rinli.
O’zbekiston Respublikasi yuqoridagi hujjatlarni ratifikatsiya qilganligi, ushbu
prinsiplarni ta’minlash va huquq ijodkorligida, sud amaliyotida qo’llashni anglatadi.
Inson huquqlari qo‘mitasi Adelaida Kimning ishini ko‘rib chiqib, 2018-yil 4-aprel kuni
o‘z qarashlarini e'lon qilgan. Qo‘mita O‘zbekiston hukumatining muallifning so‘z va yig‘ilish
erkinligi, adolatli sud jarayoni va asossiz hibsga olish bilan bog‘liq huquqlarini buzganligini
aniqlagan. Qo‘mita O‘zbekistonga Adelaida Kimga yetkazilgan zarar uchun samarali huquqiy
himoya choralarini ko‘rishni va bunday huquqbuzarliklarning qaytarilmasligini ta'minlash uchun
tegishli choralar ko‘rishni tavsiya qilgan.
Inson huquqlari xalqaro stadartlart me’yorlarini amalga oshirish vositasi sifatida
O’zbekiston Respublikasi bir qator institutlar va islohotlar amalga oshirib kelmoqda.
O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va targ‘ib qilish maqsadida bir nechta
muhim milliy institutlar mavjud. Ularning eng asosiylaridan biri
O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)
va
O‘zbekiston Respublikasi
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) haqida tahlil qilishdan oldin
ombudsman tushunchasini anglab olish zarur.
"Ombudsman"
— bu shvedcha so‘z bo‘lib,
"vakil" yoki "vositachi"
degan ma’noni anglatadi. Ombudsman – davlat organlari, mansabdor
shaxslar yoki boshqa tashkilotlar tomonidan inson huquqlarining buzilishiga qarshi kurashuvchi
hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil vakildir.
9
Inson huquqlari umujahon deklaratsiyasi.
https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
10
442
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
O‘zbekiston Respublikasida Ombudsman 1995-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Oliy
Majlisga hisobot beradigan mustaqil institut hisoblanadi. Ombudsmanning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat: a)inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat
siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish; b)tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson
huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini
amalga oshirish; c)jismoniy va yuridik shaxslarning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish; d)inson huquqlari va erkinliklari
to‘g‘risidagi qonunchilikning amalda ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish hamda ularni
takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashdan iborat
11
.
Konstitutsiyasimizga ko’ra qonunchilik tashabbusiga ega. Qonunchilik takliflarini
Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli. Bu esa fuqarolarning isnon huquqlari va erkinliklari
bo’yicha berilgan huquq ijodkorligini amaliy ifodasi desak ham bo’ladi. Fuqarolar
Ombudsmanga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi mumkin. Shuningdek, maxsus
qabulxonalarga borib shaxsan uchrashish imkoniyati ham mavjud. O‘zbekiston Respublikasi
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi
1996-yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan.
Milliy markaz inson huquqlari siyosatini amalga oshirish, xalqaro majburiyatlarni
bajarish va huquqlarga rioya etilishini nazorat qilishga ko‘maklashadi. Shuningdek,
qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlariga maslahat berish, huquqiy savodxonlikni
oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Milliy strategiyagini ishlab
chiqarish orqali Milliy markaz o’z faoliyatini belgilab olish bilan birga, yillik isnon huquqlari
bo’yicha seminarlar, huquqiy ongni oshirish bo’yicha ishlarni amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari faoliyati haqida ma'lumotlar
mavjud. Masalan, 2024-yilning birinchi yarmida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy markazi 712 ta murojaatni ko‘rib chiqdi va 350 nafardan ortiq fuqaro bilan
uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, telefon orqali 1 650 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy
maslahatlar berildi
12
.
Umumiy xulosaga keladigan bo’lsak, Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar dunyo
miqyosida huquq va erkinliklarni himoya qilish uchun ishlab chiqilgan huquqiy-me’yoriy asos
hisoblanadi. Ushbu standartlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar
tomonidan ishlab chiqilib, universal tamoyillarga asoslanadi. Assosan inson huquqlari me’yor va
standartlarni ta’minlash ishtirokchi davlatlarning inson huquqlari bo’yicha sodir etiladigan
huquqbuzarliklarni oldini olish va barham berishga yordam ko’rsatadi.
11
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida
12
443
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Fuqarolik va sisyosiy huquqlar to’g’risidagi pakt fuqarolarning fuqarolik va siyosiy
huquqlarini amalga oshirilishi, Iqtisodiy, itimoiy pakt orqali fuqarolarning jamiyatdagi
huquqlarini mustahkamlab beradi. Misol uchun mehnat qilish erkinligi, madaniy huquqlarga ega
bo’lishi, dam olish, ochlikdan himoyalanish kabi huquqlarni ifodalanadi
13
. Xalqaro standartlar
inson huquqlari bo‘yicha huquqiy asosni yaratadi, xalqaro tashkilotlar esa ularning bajarilishini
nazorat qiladi va amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqadi. Shu sababli, ushbu ikkisi bir-
biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson huquqlarining global miqyosda ta’minlanishida
muhim rol o‘ynaydi. Keys tahlilimizda ham Inson huquqlari qo’mitaga murojaat qilish kabi
holatni uchratishimiz mumkin. Barcha ichki vositalardan foydalanib bo’lgan
BMT Inson
huquqlari qo‘mitasi
(agar ichki sud muhokamalaridan keyin ham huquqlar tiklanmasa)ga
murojaat qildi. Adelaida Kimning faqatgina milliy qonunchilik bilan emas xalqaro
tashkilotlarning e’tiboridan ham chetda qomadi. Inson huquqlari bo’yicha qonun chiqaruvchi
hokimyat ham bu borada islohot olib bormoqda. Mustaqillik yillarida parlament tomonidan 600
dan ortiq qonun qabul qilindi, O‘zbekistonimizning qonunchilik bazasi doimiy ravishda
takomillashtirib borilmoqda. Amaldagi qonunlarimizning 120 dan ortig‘i bevosita inson
huquqlariga taalluqlidir. O‘zbekiston bugungi kunda inson huquqlariga oid 70 dan ortiq xalqaro
huquqiy hujjatlarga qo‘shilgan
14
. O‘zbekistonda Milliy instutlar bo’lganidek, xalqaro tajribaga
asoslanib boshqa chet el davlatlarda inson huquqi va manffatlarini himoya qiladigan instutlar
mavjud. Misol uchun
Inson Huquqlari Bo‘yicha Komissiya:
Buyuk Britaniya Inson Huquqlari Bo‘yicha
Komissiyasi (Equality and Human Rights Commission) inson huquqlari va tenglik masalalarini
nazorat qiladi hamda targ‘ib qiladi.
Yevropa davlatlari:
Fransiya:
Fransiyada "Défenseur des droits" (Huquqlar himoyachisi) instituti mavjud
bo‘lib, u fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qiladi.
Ispaniya:
Ispaniyada "El Defensor del Pueblo" (Xalq himoyachisi) ombudsmanlik
instituti mavjud bo‘lib, va fuqarolarning huquqlarini doir shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.
Shvetsiya:
Shvetsiyada Ombudsmanlik instituti uzoq tarixga ega bo‘lib, u inson
huquqlarini himoya qiladi.
REFERENCES
I.Asosiy adabiyotlar
1.
Yusupova F. Inson huquqlari. O‘quv qo‘llanma.-T.:2024.
13
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt.
14
G’afurov A., Mo‘minov A., Tillaboyev M. Inson huquqlari. O’quv qo‘llanma.-T.:Baktria Press, 2012, 14b.
444
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
2.
Yuldasheva G., Gafurova N, Inson huquqlari. O’quv qo’llanma.-T.: TDYU, 2023.
3.
Saidov A.X va boshqalar. Xalqaro ommaviy huquq.-T.:TDYU nashriyoti, 2023.
Qo‘shimcha adabiyotlar
4.
Mo’minov A. Inson huquqlari. Daeslik.-T.:Adolat,. 2013.
5.
G’afurov A., Mo‘minov A., Tillaboyev M. Inson huquqlari. O’quv qo‘llanma.-T.:Baktria
Press, 2012.
6.
Mualliflik jamoasi. Inson huquqi. Darslik.-T.: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat
xavfsizligi universiteti, 2021.
III.Xorijiy adabiiyotlar
7.
Права человека. Пстория, теория и практика/Организатор авторского коллектива Б.
Назаров.-М.: 1995.
8.
Philip Alston. International human Rights. Text and materials. – New York,2024.
Xalqaro hujjatlar
9.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
10.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g’risidagi xalqaro pakt .
11.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g’risidagi xalqaro pakt .
V.
Normativ-huquqiy hujjatlar
12.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
https://lex.uz/uz/docs/-6445145
13.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
14.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
https://lex.uz/ru/docs/-4098056
