2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
102
O’SMIRLARDA HISSIY - EMOTSIONAL HOLATLAR PSIXODIAGNOSTIKASI
Qahhorova Sayyora Bahodirovna
Xalqaro innovatsion universitet “Psixologiya va jismoniy ma’daniyat” kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14866184
Annotatsiya. O‘smirlik, jizzakilik, tirishqoqlik, cho’rtkesarlik, bolalar, O‘smirlik yillari,
motivatsiya, ta’lim - juda keng ma’noga ega.
Kalit so’zlar: Ota-onalar, kichkintoy, muammolar, “men”lik, mustaqil qaror, ko‘nikma va
malakalar.
Abstract. Adolescence, intelligence, diligence, perseverance, children, Adolescence,
motivation, education - has a very broad meaning.
Keywords: Parents, toddler, problems, "I", independent decision, skills and qualifications
Аннотация. Подростковый возраст, интеллект, трудолюбие, упорство, дети,
Подростковый возраст, мотивация, образование - имеют очень широкое значение.
Ключевые слова: Родители, малыш, проблемы, «Я», самостоятельное решение,
навыки и умения.
O‘smirlik yillari – ota-onalar uchun ham, bolalar uchun ham murakkab davr. Bu yoshda
farzandlar o‘z fikrini eng to‘g‘ri deb hisoblashadi. Ota-onalar ham kichkintoy deb hisoblab yurgan
bolasining endi o‘z fikrini, o‘z qarashlarini ayon qilishlarini qabul qilishlari qiyin bo‘ladi. Ayniqsa,
faqat bolasining g‘amida yashaydigan onalarda bu jarayon qiyin kechadi. Bunda ular o‘zlarini
xuddi endi bolasiga keraksiz bo‘lib qolganday his qilishlari mumkin. Ota-onalar uchun farzandlar
doimiy ravishda qarorlarini bajarib yurishlariga o’rganib qoladilar. Shu sababli ham ma’lum
vaqtga kelib, bolalarning ota yoki onaning qaroriga qarshi chiqishi ularda g’azab uyg’otishi
mumkin.
Bolalarda “men”lik shakllarining ilk uchqunlari, ulardagi jizzakilik, tirishqoqlik,
cho’rtkesarlik, o’z fikrlarini himoya qilish bilan baholandi. Bolalar ham o‘zlarini aqlan katta
bo‘lganday his qilishsa-da, moddiy va jismoniy jihatdan ota-onaga tobe bo‘lib qolaveradi. Barcha
tushunmovchiliklar shundan kelib chiqadi. Ota-ona hamma narsani muhayyo qilishi bolada hech
narsaga intilmaslikni keltirib chiqaradi. Barcha muammolarini ota-onasi hal qilib berishi –
kelajakda uning hayotini ham ular boshqarishiga zamin yaratadi. Oqibatda ular kelgusida
boshqalarning xohishlari bilan yashashga o‘rganib qolib, qachondir afsuslanishadi.
Bola o‘smirligida mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganmasa, katta hayotda ham uni
kimdir boshqarishi kerak bo‘ladi. O’smirlik bolada “o’z men”ligining shakllanishi
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
103
natijasida alohida s
huning uchun o‘smirlarda kelajak haqida o‘ylash, to‘g‘ri qaror qabul qilish
uchun imkon va tushuncha berishda yordam ko‘rsatish kerak. «Sen kelajakda nima qilmoqchisan?
Kim bo‘lmoqchisan?» kabi savollar bolani o‘ylashga majbur qiladi. Birdaniga javob
bermasligi mumkin, ammo vaqt o‘tib bu haqda o‘ylab ko‘radi.Ularga o‘zi yoqtirgan biror mashhur
shaxslarni namuna qilib ko‘rsatish ham unga motivatsiya berishi mumkin. Aslida ota-ona bolaga
hamma narsani yaratib bermasligi, u nimagadir intilishi, orzu qilishi uchun imkon qoldirishi kerak.
Nimagadir o‘z mehnati bilan erishsa, u uchun qadrli bo‘ladi.Ayniqsa o’smirlik davridagi
o’smirlarda ko’plab illatlar bilan birga o’z shaxsining qadr - qimmati uchun kurashishni boshlaydi.
Ta’lim - juda keng ma’noga ega bo‘lib, u bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish,
o‘rganish, o‘rgatish jarayonidir. Bu ta’rif hozirgi zamon ta’limi uchun yetarli emas. Chunki hozir
mustaqillik davrida ta’lim o‘zining mazmuni bilan o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalar
berish bilan birga, o‘quvchilarni hozirgi zamon ruhida milliy kadrlar, jahon madaniyati va
maorifining ilg‘or g‘oyalaridan oqilona foydalanib tarbiya beruvchi, bola shaxsini rivojlantiruvchi,
uni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layoqatli qiluvchi ta’lim
hamdir.
O‘smirlik davrida ta’lim jarayoniga bo‘lgan layoqat va o‘quv motivatsiyasini oshirishda
shaxsning individual psixologik xususiyatlarni o‘rganishni tashxis qilish, u bilan xarakter
tipologiyasi va temperamentiga muvofiq tarzda ishlash bugungi kunda psixolog oldida turgan
asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. O‘qish jarayoni - o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga
ham, uning psixik rivojlanishining (aqlliy, irodaviy jihatdan) individual tavsifnomasiga, unda
o‘qishga nisbatan qaror topgan munosabatlariga, uning qiziqish-havaslariga bog‘liqdir.Yoshligida
yetarlicha mehr ko‘rmagan bolalar o‘smirlikda jinoyat qilishga ko‘proq moyil bo‘lishadi.
Ular buni xohlashmasa ham, o‘zlari sezmagan holda ota-onalari, atrofdagilar va umuman
dunyo bilan o‘chakishib jinoyat qiladi. Bunday holatlarda psixologlar bilan ishlash yordam berishi
mumkin. Bunday vaziyatda ota-onalar bolaga ta'sir o‘tkazmoqchi bo‘lishlari to‘g‘ri bo‘lmaydi,
chunki boladagi bu yaralar ularning xatosi tufayli yuzaga kelgan. Shunday tushunmovchilik holati
sodir bo‘lganda o‘qituvchi bilan vazmin gaplashish va farzandining ruhiyati haqida tushuntirish,
uning sinfdagi obro‘sini tiklash, o‘ziga ishonchini orttirish uchun maslahatlashish kerak bo‘ladi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatni yaxshilash uchun bolani o‘sha
o‘qituvchiga qo‘shimcha darslarga berish ham yaxshi natija berishi mumkin. Bu bilan bola
yoqtirmagan odamlari bilan ham munosabat qurish mumkinligi, hamma narsaga imkon topish
mumkinligini anglaydi.Xulosa shundan iboratki o’smirlarga katta odamlarga o’xshash muomila
qilinishi, fikrlarini hurmat bilan eshitish ularda g’urur tuyg’usini shakllanishiga sabab bo’ladi.
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
104
REFERENCES
1.
Abdilkhakimovna, Mamaradjabova Bogzoda. "Influence of self-consciousness of a person
on family relationships and its psycho-correction." (2022). 2. JUREVA, S., and B.
MAMARADJABOVA. "The degree to which a person feels happy in the family."
JOURNAL OF CRITICAL REVIEWS 7.5 (2020): 1873-1875.
2.
Климов Е.А. Психология профессионала. Москва-Воронеж,1996. Mamaradjabova
Bogzoda. "Psychological Mechanisms of the Influence of SelfAwareness Strategy on the
Development of Children's Emotions in the Family." Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science 2.3 (2024): 229-232.
3.
Mamaradjabova, B. A., and Allamov Jasur. "JАMОАNI SHАKLLАNTIRUVCHI
TRЕNING MАSHG ‘ULОTLАRINING NАZАRIY АSОSLАRI." E Conference Zone.
2023.
4.
Мамаражабова, Богзода Абдилхакимовна. "Роль сознания в деятельности человека."
Проблемы науки 6 (42) (2019): 106-107. 7. Mamaradjabova, Bogzoda. "Self-awareness
strategy." Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-19) 1.03
(2020): 145-147.
5.
Mamaradjabova, B. "SELF-AWARENESS STRATEGY."
