BIOMORPHOLOGY OF THE MEDICINAL CALENDULA (CALENDULA OFFICINALIS) PLANT

Abstract

Calendula officinalis is used in the treatment of liver, stomach, bladder, cough, hypertension, rickets and other diseases. The introduction of medicinal plants in the conditions of Uzbekistan not only reduces the cost of raw materials imported, but also enriches the biodiversity in our local conditions and partially satisfies the population's demand for medicinal plants.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Qosimova , M. (2024). BIOMORPHOLOGY OF THE MEDICINAL CALENDULA (CALENDULA OFFICINALIS) PLANT. Modern Science and Research, 3(9), 301–304. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/42488
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Calendula officinalis is used in the treatment of liver, stomach, bladder, cough, hypertension, rickets and other diseases. The introduction of medicinal plants in the conditions of Uzbekistan not only reduces the cost of raw materials imported, but also enriches the biodiversity in our local conditions and partially satisfies the population's demand for medicinal plants.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


301

DORIVOR TIRNOQGUL (CALENDULA OFFICINALIS) O‘SIMLIGINING

BIOMORFOLOGIYASI

Qosimova Munira

DTPI Biologiya yo‘nalishi tadqiqotchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13845877

Annotatsiya. Tirnoqgul (Calendula officinalis) jigar, oshqozon, siydik qopi, yo‘tal,

gipertoniya, raxitni va boshqa kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. O‘zbekiston sharoitida

dorivor o‘simliklar introduksiyasi - import hisobiga keltirilayotgan xom ashyo sarf xarajatlarini

kamaytiribgina qolmay, mahalliy sharoitimizdagi bioxilma - xillikni boyitib, aholining dorivor

o‘simliklarga bo‘lgan talabini qisman qondiradi.

Kalit so‘zlar: Dorivor o‘simliklar, tirnoqgul, gultojbarglar, plantatsiya.

BIOMORPHOLOGY OF THE MEDICINAL CALENDULA (CALENDULA

OFFICINALIS) PLANT

Abstract. Calendula officinalis is used in the treatment of liver, stomach, bladder, cough,

hypertension, rickets and other diseases. The introduction of medicinal plants in the conditions of

Uzbekistan not only reduces the cost of raw materials imported, but also enriches the biodiversity

in our local conditions and partially satisfies the population's demand for medicinal plants.

Key words: Medicinal plants, marigolds, marigolds, plantation.

БИОМОРФОЛОГИЯ РАСТЕНИЯ КАЛЕНДУЛЫ ЛЕКАРСТВЕННОЙ

(CALENDULA OFFICINALIS).

Аннотация. Календула (Calendula officinalis) применяется при лечении заболеваний

печени, желудка, мочевого пузыря, кашля, гипертонии, рахита и других заболеваний.

Интродукция лекарственных растений в условиях Узбекистана не только снижает

стоимость импортируемого сырья, но и обогащает биоразнообразие в наших местных

условиях и частично удовлетворяет спрос населения на лекарственные растения.

Ключевые слова: Лекарственные растения, бархатцы, бархатцы, плантация.

Kirish.

Hozirgi paytda foydali xususiyatlarga ega o‘simliklarning introduksiyasi va ularni

yangi muhit sharoitida madaniylashtirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Jamiyatimizning jadal rivojlanish bosqichida aholi farovonligini oshirish uchun o‘simlik

xom-ashyolaridan oziq-ovqat, farmasevtika, tibbiyot sohalarida unumli foydalanish masalalarini

hal qilish dolzarbdir. Shu bois foydali xususiyatga ega bo‘lgan yovvoyi o‘simliklarni


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


302

madaniylashtirish, introduksiya qilish va yangi navlarini yaratish bo‘yicha respublikamiz olimlari

izchillik bilan ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Dorivor tirnoqgul (

Calendula officinalis

) ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, qoqio‘tdoshlar

(

Asteraceae

) oilasiga mansub. Bu o‘simlikning balandligi 30- 60 sm ga yetadi, vatani Janubiy

Yevropa xisoblanadi [ 1]. Oilaning 20 dan oshiq turlari ma’lum, asosan o‘rta yer dengizi, Iron va

Kanar orollarida keng tarqalgan. Yer yuzining ko‘pchilik davlatlarida manzarali va dorivor

o‘simlik sifatida parvarish qilinadi. Tirnoqgul-qisqa kunli o‘simlikdir. Tirnoqgulning yer ustki

novdalari tik bo‘lib shoxlangan, poya va barglari tuklar bilan qoplangan. Yorug‘sevar o‘simlik.

Tirnoqgulning juda ko‘p navlari yetishtirilgan.

Uning gullari sariq yoki och qizil rangda bo‘ladi.

Gullari savatda shakllanadi va xushbo‘y

xid taratadi. Savatchaning atrofini kalta tilsimon

gullar o‘rab turadi. Tilsimon gullarining rangi

sariq va ochiqroq rangda, bo‘lib ustki tomoni

yaltiroq va pastki tomoni to‘q rangli. Naysimon

gullari mayda, sariq yoki to‘q jigarrangli.

Vatanida

iyul

oyidan

xavo

xaroratining

sovishigacha (noyabr oyigacha) gullash davom etadi.

Meva va urug‘lari pishib yetiladi, urug‘larining unuvchanligi 4-5 yil saqlanadi. Hozirgi

paytda o‘simlik urug‘idan ko‘paytiriladi. Manzarali o‘simlik sifatida XI asrgacha parvarish

qilingan. Manzara xosil qilish maqsadida tirnoqgul o‘simligining urug‘lari xosildor va yetarlicha

namlangan tuproqqa ekiladi. Agar bir to‘p o‘simlikdan xosil olish kerak bo‘lsa, 30x30 sm yoki

40x40 sm sxemada ekiladi [2]. Agar yo‘l chetlarida o‘simlikdan xar xil manzara (rabatka) xosil

qilish rejalashtirilsa, o‘simlik orasi 7-10 cm, egat oralig‘ini 30-50 cm bo‘lishi maqsadga muvofiq

xisoblanadi. Urug‘larning unib chiqishi 1-2 xaftadan so‘ng kuzatiladi, gullash 10 xaftadan keyin

kuzatiladi [3]. Tirnoqgul ko‘chatlarini parvarish qilish aprelda issiqxona yoki parnikda boshlanadi,

tayyor urug‘ko‘chatlari mayda egatlarga o‘tkaziladi . Kuz mavsumida mineral o‘g‘itlardan 1 m 2

maydonga 3-4 kg chirindi, 10-20 g superfosfat va 20-30 g kaliy xlorid ishlatiladi. Azotli o‘g‘itlarni

(mochevina) 30-35 g/m2 maydonda tirnoqgulni asosiy yerga o‘tkazishdan oldin berilishi

maqsadga muvofiq xisoblanadi[4]. Yoz mavsumining quruq va issiq paytlarida kechqurun

sug‘orish amalga oshiriladi. Nisbatan tuproqning unumdorligi past bo‘lganda xar 4 xaftada mineral

oziqlantirish amalga oshiriladi. Gullarining ochilish muddatlari uzaytirish uchun ochilib bo‘lgan

to‘pgullarini (savat) uzib olish tavsiya etiladi. Agar gullari uzib olinmasa poyadagi to‘pgullar

ketma-ket ma’lum qonuniyat asosida ochiladi va gullash yakunlanadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


303

Introduksiya qilinayotgan o‘simliklarning gullash jarayonini, gullarning changlanishini

o‘rganish ularni ekologik va biologik jihatdan tavsiflashga imkon beradi. Ko‘pchilik olimlarning

izlanishlari natijasida olingan ma’lumotlariga ko‘ra, hasharotlar, shamol yordamida yoki o‘zaro

changlangan o‘simliklardan sun’iy yo‘l bilan changlanishining afzalligi, gullarning

morfologiyasidagi va biologiyasidagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlik xususiyatlarini keltirib

chiqaradi. O‘simliklarning gul tuzilishi, gullash biologiyasi, changlanish usullari va

changdonlarning yetilish vaqtlarini o‘rganish - ulardagi seleksiya ishlarini olib borishda muhim

ahamiyatga ega.

Umumiy va foydali havo haroratni Calendula officinalis ning

o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri

O‘sish va rivojlanish

bosqichlari

2023 yil

Umumiy harorat,

S

Foydali harorat

yig‘indisi,

S, kun

Vegetatsiya boshlanishi 450,7

195,5

25.02.

G‘unchalash

542,4

265,4

19.03.

Gullash

665,2

343,1

25.03.

Urug‘ni pishib yetilishi 788,5

439,7

10.05.

Vegetatsiya yakuni

6302,5

5498,2

15.12.

Xulosa.

Demak, fenospektrdan ko‘rinib turibdiki, o‘simlik vegetatsiyasining boshlanishi

va davomiyligi, mavsumiy g‘unchalash, gullash, meva hosil qilishi fazalarining davomiyligi va

urug‘larning pishib yetilishi ob-havo sharoitiga bog‘liq.

REFERENCES

1.

Тахтаджян А.Л. Систематика и филогения светковых растений. – М.- Л.: Наука, 1966.

– 611 с.

2.

Тухтаев Б.Е. Интродуксия лекарственных растений на засоленных землях

Узбекистана: Автореф. дис. … докт. биол. наук. – Ташкент, 2009. – 38 с.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


304

3.

L.H. Yoziyev, Sh.A. Samatova. Manzarali o‘simliklar / Darslik / Qarshi: ―"Sharq"

nashriyoti, 2023. – 335 b.

4.

Qalandarov M.M. Manzarali bog‘dorchilik. Toshkent: Sano-standart, 2014. – 232 b.

References

Тахтаджян А.Л. Систематика и филогения светковых растений. – М.- Л.: Наука, 1966. – 611 с.

Тухтаев Б.Е. Интродуксия лекарственных растений на засоленных землях Узбекистана: Автореф. дис. … докт. биол. наук. – Ташкент, 2009. – 38 с.

L.H. Yoziyev, Sh.A. Samatova. Manzarali o‘simliklar / Darslik / Qarshi: ―"Sharq" nashriyoti, 2023. – 335 b.

Qalandarov M.M. Manzarali bog‘dorchilik. Toshkent: Sano-standart, 2014. – 232 b.