ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
297
GULBEOR (PORTULACA GRANDIFLORA HOOK) NING REPRODUKTIV
BIOLOGIYASI
Qosimova Munira
DTPI Biologiya yo‘nalishi tadqiqotchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13845855
Annotatsiya. Gulbeor (Portulaca grandifl ora), beorgul-semizoʻtdoshlar (semizoʻtgullilar
oilasi)ga mansub bir yillik oʻt. Vatani -Janubiy Amerika. Poyasi nisbatan yoʻgʻon, sersuv, sershox,
bri 10- 15 sm. Barglari ensiz, tuksiz. Guli ikki jinsli, yirik, shoxchalarning uchida 2-4 tadan
joylashadi. Gultojbargi tuxumsimon, kosachasidan 3 barobar uzun, oq, qizil, sariq, binafsha
rangda. May-sentabr oylarida gullaydi. Koʻsakchasi bir chanoqli, koʻp urugʻli. Oʻzbekistonda
manzarali oʻsimlik sifatida eqiladi. Oʻzbekistonda semizoʻt deb atalgan bitta yovvoyi turi bor.
Kalit so‘zlar: Gulbeor, gultojbargi, manzarali oʻsimlik, gullash dinamikasi, changchi,
urug‘chi.
REPRODUCTIVE BIOLOGY OF GULBEOR
(PORTULACA GRANDIFLORA HOOK).
Abstract. Portulaca grandiflora (Portulaca grandiflora) is an annual herb belonging to
the Asteraceae family. Homeland - South America. The stem is relatively thick, thin, branched, 10-
15 cm long. The leaves are narrow, hairless. Flowers are bisexual, large, 2-4 at the ends of the
branches. Petals are ovate, 3 times longer than the calyx, white, red, yellow, purple. It blooms in
May-September. Pod is one-celled, many-seeded. It is cultivated as an ornamental plant in
Uzbekistan. In Uzbekistan, there is one wild species called fat.
Key words: Gulbeor, gultojbargi, decorative plant, flowering dynamics, pollinator, seed.
РЕПРОДУКТИВНАЯ БИОЛОГИЯ ГУЛЬБЕОРА
(PORTULACA GRANDIFLORA HOOK).
Аннотация. Портулак крупноцветковый (Portulaca grandiflora) — однолетнее
травянистое растение семейства Астровые. Родина – Южная Америка. Стебель
сравнительно толстый, тонкий, ветвистый, длиной 10-15 см. Листья узкие, безволосые.
Цветки обоеполые, крупные, по 2-4 на концах ветвей. Лепестки яйцевидные, в 3 раза
длиннее чашечки, белые, красные, желтые, пурпурные. Цветет в мае-сентябре. Боб
одноклеточный, многосемянный. В Узбекистане культивируется как декоративное
растение. В Узбекистане есть один дикий вид, который называется толстый.
Ключевые слова: Гульбеор, гултойбарги, декоративное растение, динамика
цветения, опылитель, семена.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
298
Kirish.
Gulbeor murakkab gulqo‘rg‘onga ega bo‘lgan o‘simlik. Gullarining turli to‘q rangda
bo‘lishi chetdan changlani uchun moslanganligidan darak beradi. Changchi gullari cheksiz.
Gultojibargining chetlari ajralgan bo‘lib, ularning soni 5 donani tashkil etadi. Urug‘chi
gullari 5 ta mevachi bargning qo‘shilishidan xosil bo‘lgan bitta urug‘chidir. Urug‘chi guli
markazda ya’ni changchi gullarining ichida joylashgan. Urug‘chi tugunchasi ostki va oval shaklda
bo‘ladi (rasm).
Tadqiqotlarimizda changchi guli changdonida yetilgan chang donachalarining fertilligi
(yetilganligi) aniqlandi. Buning uchun asetokarmin bo‘yog‘idan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra
95% chang donachalarining bo‘yaganligi aniqlandi.
Bunday natida gulbeorning Termiz shahri sharoitiga moslashganligidan dalolat beradi.
Tugunchada 70-80 dona yetilgan urug‘lar mavjudligini ko‘rish mumkin (rasm).
Gulbeorning manzaraliligini va tuproqda yuza qoplam xosil qilib o‘sishini shuningdek
ko‘p yetilgan urug‘ xosil qilishi, ularning unib chiqish ko‘rsatkichlarining yuqoriligini inobatga
olib bu dorivor va manzarali o‘simlikni Surxondaryo sharoitida keng miqyosida parvarish qilishni
tavsiya etiladi.
Gulbeor o‘simligining sutkalik gullash dinamikasini aniqlashda an’anaviy metodlardan
foydalanildi. Bu o‘simlik kunduzgi gullovchi o‘simiklar guruhiga mansub xisoblanadi. Model
o‘simlik sifatida 10 tup o‘simlik tanab olindi.
Yangi muhit sharoitida o‘simlik soat 7 da ochila boshlaydi. Bu paytda o‘rtacha 1 % gul
ochilgan bo‘lib, havo harorati 9 daraja va havo nisbiy namligi 87 % ni tashkil etdi. Soat 9 da
o‘simlikda gullarning ochiishi birmuncha ko‘paydi ya’ni bu vaqtda 5%, soat 11 da esa keskin
gullarning ochilishi ko‘paydi ya’ni 60%, soat 13 da 20%, soat 15 da 8%, soat 17 da 5% va soat 19
da esa 1% gullarning ochilganligi aniqlandi.
Tadqiqotlar natijasida o‘simlikda gullarning ochilishiga havo harorati to‘g‘ri va havo
nisbiy namligiga esa teskari proporsional ekanligini kuzatish mumkin.
Gulbeor o‘simligining mavsumiy gullash dinamikasini aniqlash maqsadida 30 kun
davomida (25 aprel va 20 maygacha) tekshirishlar olib borildi. Buning uchun har 5 kunda tanlab
olingan o‘simlikda kuzatish o‘tkazildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra 1 kunda 1%, 5 kunda 3%, 10 kunda 11%, 15 kunda 20%, 20
kunda eng ko‘p 40%, 25 kunda esa bir muncha past 20% va 30 kunda 5% gullarning ochilishi
aniqlandi hamda ayni shu kunlarda gullashning yakunlanishi aniqlandi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
299
A
B
1-rasm. A - Portulaca grandiflora bargining variatsion qatori
B-gultuvakda o‘simlikning ko‘rinishi (manzarali gullari va barglari)
Tadqiqotlarimizdan shuni aniqlash mumkinki tup miqyosida gullarning boshlanishi 1- 5
kunda, yalpi gullash esa 15-25 kunlarda, shuningdek gullashning yakuni esa 26-30 kunlanda
kuzatildi. Mavsumiy gullashda ham havo haroratining ko‘tarilishi bilan gullarning ochilishi ham
oshib bordi, aksincha havo haroratining pasayishi bilan ham gullarning ochilishi kamaydi (1-
rasm).
Xulosa.
Gulbeor o‘simligining urug‘ unuvchanligi.
Gulbeor o‘simligi kuz faslining past
harorati kuzatilgunga qadar kuzatiladi. Kuz faslida yetishtirilgan o‘simlik urug‘lari terib olindi.
Turli muddatlarda urug‘lar xona sharoitida qog‘oz xaltachalarda saqlanib, unuvchaligi
aniqlandi. Dekabr oyida 1 oy muddatda saqlangan urug‘ xona sharoitida Petri likopchasida ekildi.
Tadqiqot natijalarga ko‘ra urug‘ unuvchanigi 96% ni tashkil etdi. Ikki oy muddatda
saqlangan urug‘larda esa bu ko‘rsatkich 93% va uch oyda 90% unuvchanlikka ega bo‘di. Demak
gulbeor o‘simligining urug‘larida unuvchanlik ko‘rsatkichlari ancha yuqori ekanligi tasdiqlandi.
REFERENCES
1.
1.Тухтаев Б.Е. Интродукция и подбор солеустойчивых лекарственных растений на
засоленных землях
Узбекский биологический журнал. – Ташкент, 2007. – №2. – Б.
35-38.
2.
Хожиматов Қ. Ўзбекистоннинг хушбўй ва хуштаъм ўсимликлари. – Тошкент: Фан,
1992. – 82 б.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
300
3.
Тахтаджян А.Л. Систематика и филогения светковых растений. – М.- Л.: Наука, 1966.
– 611 с.
4.
Qalandarov M.M. Manzarali bog‘dorchilik. Toshkent: Sano-standart, 2014. – 232 b.
