ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
78
QORAQALPOQ MUSIQA SAN’ATIDA ANVAR XUDOYBERGANOVNING
QOʻSHGAN HISSASI
Qodirova Zilola Rajabboyevna
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13797350
Annotatsiya. Ushbu maqolada Amudaryo tumanidan yetishib chiqqan ustoz san’atkor
Anvar Xudoyberganovning hayoti va ijodiy yo‘li, erishgan yutuqlari, tumanimiz sanatiga, madaniy
rivojlanishiga qo‘shgan hissalari hamda kiritgan yangilik-o‘zgarishlari, tarbiyalagan shogirdlari
va bugungi kundagi faoliyati va qoraqalpoq musiqa san’atida qoʻshgan hissasi haqidagi
ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
Kalit soʻzlar: Ansambl, baxshi, musiqa, san’at, ashula, raqs, doston, konsert, qoʻshiq,
truba, rubob, dutor,klarnet, tor, suvora.
KARAKALPAK IN THE ART OF MUSIC ADDITIONAL CONTRIBUTION OF ANVAR
KHUDOYBERGANOV
Abstract. In this article, the life and creative path of the master artist Anvar
Khudoyberganov, who grew up from Amudarya district, his achievements, his contributions to the
art and cultural development of our district, his innovations and changes, his students, his current
activities and Karakalpak music information about his contribution to art is covered in detail.
Key words: Ensemble, bakhshi, music, art, song, dance, epic, concert, song, trumpet,
rubob, dutor, clarinet, string, suvora.
КАРАКАЛПАК В МУЗЫКАЛЬНОМ ИСКУССТВЕ ДОПОЛНИТЕЛЬНЫЙ ВКЛАД
АНВАРА ХУДОЙБЕРГАНОВА
Аннотация. В данной статье рассказывается о жизни и творческом пути
мастера-художника Анвара Худойберганова, выросшего из Амударьинского района, его
достижениях, его вкладе в художественное и культурное развитие нашего района, его
новациях и изменениях, его учениках, его нынешнем подробно освещается деятельность и
каракалпакская музыка, о его вкладе в искусство.
Ключевые слова: Ансамбль, бахши, музыка, искусство, песня, танец, эпос, концерт,
песня, труба, рубоб, дутор, кларнет, струна, сувора.
Bizning xalqimiz necha-necha asrlardan beri o‘z buyukligini, o‘ziga hosligini,
madaniyatini saqlab, rivojlantirib kelgan. Ko‘hna o‘zbek zamini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
79
buyuk allomalari, fozil-u fuzalolari, dunyoga mashhur shoirlari va hofizlari bilan ma’lum va
taniqlidir. Yillar davomida ajdodlarimiz aqli ila ilm-fan, adabiyot bilan bir bir qatorda san’at va
tasviriy san’at ham taraqqiy etib kelgan.
Yurtimizda qo‘shiqchilik va raqs san’ati ajdodlarimizning hayotidan muhim o‘rin olganligi
haqida ilk ma’lumotlar Avestoda ham borligini inobatga olsa, san’atimizning ildizlari nechog‘lik
teran va chuqur ekanligini anglashimiz mumkin.
Insonning shaxs sifatida shakillanishi ko‘p jihatdan irsiy omillarga bog‘liq deyishadi.
Shu bois, ayrim insonlarning alohida iqtidoriga baho berishganida ko‘pincha: “qonida bor-
da”, degan e’tirofni eshitamiz. Ta’bir joiz bo‘lsa, xushovoz xonanda, “Uchqun” ashula va raqs
xalq ansambli badiiy rahbari Anvar Xudoyberganovning ijro mahorati hususida ham san’atkorning
muxlislari aynan shunday ta’rif berishadi.
Bu insonning san’atga ixlosi va qalbidagi jo‘shqinlik, xatto ovoz tebranishlari ham huddi
Alloh rahmat qilsin bobosi Murod baxshiga tortgan, - deya ta’riflagan edilar Anvar
Xudoyberganovning ustozi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat
xodimi Gulmirza Nurmatov.
Axir dono xalqimiz ham bejizga “oqqan daryo oqaveradi”, degan hikmatni yaratmaganlar.
Anvar aka Xudoyberganov ilk ashulasini aytib, ota- onasini xursand qilgnida hali juda
kichkina, 5-6 yoshli bola edilar. Alloh rahmat qilsin ota-onasi Kamol ota bilan Mariyamjon ona
tartib bergan oiladagi o‘ziga xos ma’naviy-tarbiyaviy muhitda 7 nafar o‘g‘il qiz voyaga yetishgan.
Oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan Anvar Xudoyberganov musiqa maktabida tahsil oluvchi
o‘zining katta akasi bo‘lmish Shomurod og‘aning rubob cholg‘uda ijro etayotgan kuylariga
shunchaki havas qilib emas, balki o‘ta qiziquvchanlik bilan ushbu cholg‘u asbobini chalish
sirlarini o‘zi mustaqil ravishda o‘rganadi. Undagi ixlos va intilishni ko‘rgan Shomurod akasi
musiqa maktabida o‘zi o‘rganib kelayotgan nimaiki dars-mashg‘ulotlari bo‘lsa erinmay o‘rgatib
borar edilar. Uning intilish va harakatlaridan quvongan ota-onasi: “bobosiga tortga, kimsan,
Murod baxshining chevarasi-da!” deya faxirlanar edilar.
O‘z davrining taniqli sozanda va doston kuylovchi baxshilaridan bo‘lgan Murod
baxshining munosib avlodi Anvar Xudoyberganov 1964-yilning 24-fevral sanasida Mang‘it
shahrida tavallud topgan. U o‘zining noyob iqtidori bilan o‘quvchilik davrlaridayoq umumiy o‘rta
ta’lim maktabida o‘tkaziladigan barcha bayram va tadbirlarning doimiy ishtirokchisiga aylangan.
Anvar Xudoyberganov umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatganidan keyin 1979-yilda Xorazm
viloyati Urganch shahrida joylashgan Matyusuf Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtining “Puflab
chalinuvchi cholg‘ular” bo‘limiga o‘qishga kiradi. O‘z qiziqishlari tufayli qashqar rubobi, afg‘on
rubobi, tor, dutor singari milliy va sharq xalqlari sozlarida kuylar ijro etishni qoyilmaqom
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
80
uddasidan chiqar edi. Anvar Xudoyberganov ushbu bilim yurtida puflab chalinadigan musiqa
asboblari turkumiga kiruvchi truba cholg‘usi sir-asrorlarini 3 yil davomida mukammal o‘rganadi.
U ushbu bilim dargohida o‘qib yurgan davrlaridayoq 1982-yil Samarqand shahrida
o‘tkazilgan “ O‘zbekiston Respublikasi ijodkor-yoshlari ko‘rik tanlovi”da ishtirok etib, o‘zining
klarnet asbobidagi ijrosi sababli faxrli 1-o‘rinni olishga muyassar bo‘lgan. Mazkur bilim yurtini
muvaffaqiyatli tamomlagach, 1983-yilda Toshkent Davlat madaniyat institutiga o‘qishga kiradi.
Institutdagi oliy ta’lim jarayoni, ustozlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlari asosidagi
talabchanligi, qolaversa, o‘zining kamdan-kam odamlardagina kuzatiladigan o‘tkir zehni va
qobiliyati uning o‘z mutaxasisligini puxta egallashi uchun imkon yaratdi. U ustozlarining
maslahati bilan o‘qish jarayonini bevosita o‘z sohasi bo‘yicha ish jarayoni bilan qo‘shib davom
ettirish maqsadida institut tahsilini sirtqi bo‘limiga o‘tkazadi.
Uning ushbu qarori institutta olgan bilimlarini ish jarayonida mustahkamlash, o‘z sohasi
bo‘yicha tajribasini oshirishga yordam berdi. Hatto 1984-1986 yillarda sobiq ittifoqning
Xabarovsk o‘lka harbiy okrugi harbiy orkestrida xizmat burchini o‘tagan Anvar Xudoyberganov
o‘z ijrolari bilan butun Xabarovsk o‘lkasi bo‘ylab harbiy orketrining ijodiy gastrollarida ishtirok
etdi.
Keyinchalik 1994-yildan buyon 8 yil davomida Amudaryo tuman Madaniyat uyi
huzuridagi “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli musiqa rahbari lavozimida faoliyat yuritadi.
O‘zining tashkilotchiligi, soha bo‘yicha yuqori bilim va mahoratga ega ekanligini mehnat
faoliyati jarayonida namoyon etgan Anvar Xudoyberganov 1994-yildan buyon hozirgi kunga
qadar Amudaryo tuman Madaniyat markazi huzuridagi “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli
badiiy rahbari sifatida xalqqa sidqidildan xizmat qilib kelmoqdalar.
Anvar Xudoyberganov repertuaridagi ashulalarning ko‘pchiligiusroz Nazir Rahimov
ijodiga mansub bo‘lgan san’at durdonalari bo‘lib, Anvar ularni o‘zining yuksak darajdagi
ijrochilik mahorati bilan muxlislari qalbiga to‘g‘ri yetkaza olish maqomiga ega san’atkorlardandir.
Shu boisdan ham u 2006-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi”
ko‘krak nishoni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tuman
hokimligining bir necha “Faqxriy yorliq”lari, bilan taqdirlangan.
Har davrning o‘z hofizi, o‘z san’atkori bo‘lgani kabi, har bir maktabning yetakchi
ustozlari, yangi ijod uslublarini kashf qilayotgan umidli san’atkorlari ham bo‘ladi. Bizning
Amudaryo tumanimizning ham anashunday jonkuyar san’atkorlari qatorida Anvar
Xudoyberganovning ham o‘ziga yarasha mavqeyi va o‘rni bor desam adashmagan bo‘laman.
Anvar aka Xudoyberganov o‘z faoliyati davomida ansamblga yosh, iqtidorli ijrochilarni
jalb etish, ularning qobilyatlarini rivojlantiris, ansamblning turli mazmun va shakillardagi ko‘rik-
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
81
tanlovlarda muvaffaqiyatliishtirok etishi uchun tumanmadaniyat bo‘limi rahbariyati bilan samarali
faoliyat olib bordi. Natijada “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli nafaqat Amudaryo tumanida,
balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosidagi davlat tadbirlarining ham doimiy ishtirokchisiga
aylandi.
Xususan, Orol dengizining qurigan tubida yashil o‘rmonzorlarbarpo etayotgan ko‘ngillar,
mexanizatorlarning madaniy dam olishini ta’minlash maqsadida 2019-yilda tashkil etilgan “Orol
umidi” tadbirida badiiy jamoa o‘z kansert dasturi bilan ishtirok etib, Orol bo‘yi yashil makonini
yaratishga munosib hissa qo‘shdilar. Bundan tashqari, shu yili Chimboy va Mo‘ynoq tumanlarida
bo‘lib o‘tgan davlat tadbirlarida maxsus kansert dasturi bilan ishtirok etgan “Uchqun” ashula va
raqs xalq ansamblining badiiy chiqishlari, ijrochilarning mahorat va yuksak madaniyati tadbirlar
tashkilotchilari va xalqimiz e’tirofiga sazavor bo‘ldi.
Kata ijodiy jamoaga rahbarlik qilish, jamoaning har bir a’zosiga qobiliyati va ijro
mahoratiga ko‘ra talablar qo‘yish, iqtidorli yoshlar bilan tizimliish olib boorish, ayniqsa, san’at
sohasida anchayin murakkab jarayon. Ommaviy madaniyat unsurlari har qadamda xavf solib
turgan bugungi tezkor zamonda ansamblfaoliyatini bir maromda yo‘naltirib turish rahbar
zimmasiga kata ma’suliyat yuklaydi. Buni chuqur his qilgan Anvar Xudoyberganov ijodiy
jamoada ustoz-shogirt an’analari asosida 30 nafar yosh ijrochilar bilan alohida shug‘illanishga,
yoshlar o‘rtasida milliy-madaniy qadiryatlarni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratadi. Shu bois,
uning rahbarligidagi ijodiy jamoa Anvar Xudoyberganov rahbarligida o‘z faoliyati davomida
ko‘plab ijodiy yutuqlar dohibi bo‘lgan. Xususan, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati
bilan “Samarqand sadolari” shiori ostida o‘tkazilgan ashula va raqs jamoalarining O‘zbekiston
Respublikasi festivalida “Eng yaxshi xal cholg‘ulari jamoasi” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni
qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2011-yilda esa “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-
tanlovining hududiy bosqichi g‘olibi, ansamblning badiiy rahbari bo‘lmish Anvar
Xudoyberganovning o‘zi esa “Cholg‘u ansambli” yo‘nalishi bo‘yicha 2011-yilda bo‘lin o‘tgan
Respublika havaskor jamoalari festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘olibi
sovrindori bo‘ldi. O‘sha yili Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan yana bir nufuzli festivalning
qimmatbaho sovg‘alari hamda Diplomi bilan taqdirlangan.
A.
Xudoyberganov ham nufuzli ijodiy jamoa rahbari, ham el sevgan san’atkor sifatida
hamisha xalq bilan birga. O‘zi istiqomat qiladigan Arnabo‘yi mahallasida bo‘lib o‘tadigan xalq
sayillari, to‘y va marosimlarda, avvalo mahalla faoli, qolaversa, ijrolari xalqqa manzur
san’atkorlar oilasi sifatida hurmat va e’tibor qozongan. Bejizga mahalladoshlari Anvar
Xudoybergenov oilasini “Oila – jamiyat tayanchi” ko‘rik-tanlovida g‘olib sifatida tanlashmagan.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
82
“Ibratli san’atkorlar oilasi” yo‘nalishida g‘oliblikni egallagan Anvar Xudoyberganov oilasi
haqiqatdan ham ibratga, e’tiborga munosibdir.
Nafaqaga chiqquniga qadar 27-sonli maktabda yoshlarga ta’lim-tarbiya bergan umr
yo‘ldoshi Dilbarxon Bobojonova bilan 4 nafar o‘g‘ilni tarbiyalab voyaga yetkazishdi. Biri-biridan
aqilli, o‘qimishli farzanlarningkattasi Sardorjon ham o‘z muxlislariga ega san’atkordir, Amudaryo
tuman madaniyat markazi huzuridagi “Ofarin” folklore etnografik xalq jamoasi musiqa rahbari
sifatida faoliyat yuritadi. Abrorjon esa fermer xo‘jaligida ishlash bilan birga mohir sozanda sifatida
ham hurmaTiga ega kishilardandir. Kata o‘g‘il bo‘lmish Sardorbek o‘z ashulalari orqali muxlislari
e’tiborini qozongan san’atkor bo‘lishi bilan bir qatorda tumanimizdagi 9-sonli Bolalar musiqa va
san’at maktabida san’atsevar yoshlarimizga musiqa ilmidan saboq berib kelmoqda. Oilaning kenja
farzandi Sanjarbek Xudoyberganov esa Shimoli-G‘arbiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy
orkestrda xizmat qilib kelmoqda.
Anvar Xudoyberganov tom ma’noda san’atkorlar oilasinng sardoridir. U ukase Shavkatjon
va 4 nafar san’atkor o‘g‘illari bilan nafaqat Amudaryo tumanimizda, balki qo‘shni Xorazm
viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa tumanlarida ham hamisha xalq
xizmatidadir. Uning shaxsiy repertuaridan joy olgan “Suvora” va “Savti Suvora”, “Feruz-1”,
“Feruz-2”, Noqisning “Dog‘man” kabi mumtoz-nasihatomuz ashulalari, xalq sevgan hofiz
Komiljon Otaniyozov, Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurovlar kuylagan badiiy yuksak
ashulalari bugungi kunda xalqimizning ma’naviy mulkiga aylanib ulgurgan desam ham
adashmagan bo‘laman.
Xalq xizmatlarida mendan “Onajon” qo‘shig‘ini ko‘p so‘rashdi, - shogirdi Murodjon
Ibragimov kuy bastalagan “Onajon” ashulasi bilan ko‘pgina tanlovlarda g‘olib bo‘lganligini
ko‘zlaridagi faxr tuyg‘usi bilan ifoda etadi Anvar aka Xudoybrganov.
Darvoqe, “Sog‘lom on ava bola yili” munosabati bilan “Otam – suyangan tog‘im, onam –
mehr bulog‘i” Respublika ko‘rik tanlovida ustozimiz faxrli 3-o‘rinni egallaganlar, ko‘eik-tanlov
yakunida oldingi o‘rinlar ijrochilari qolib, Anvar Xudoyberganovning “Onajon” ashulasi yana bir
bora yangragan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimiz miqyosida kata sahnalarda o‘z ijro
mahoratini muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan el sevgan san’atkor Anvar
Xudoyberganovning san’at-madaniyat sohasi rivojlanishiga qo‘shayotgan va qo‘shib kelayotgan
ulkan hissalari davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilgan. Ma’sul tashkilotlar tomonidan faxriy
yorliqlar, tashakkurnomalar va diplomlar taqdim qilinib, O‘zbekiston Respublikasi
Mustaqilligining 15 yilligi ko‘krak nishono bilan ham taqdirlangalar.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
83
Anvarjon bundan-da yuksakroq mukofotlarga munosib, -deydi ustozim, Qoraqalpog‘iston
Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat hodimi ustoz san’atkor Gulmirza Nurmatov.
Ustozning shogirdga bo‘lgan ishonchi - munosib e’tirof etilishida, deyishadi. Biz esa chin
ko‘ngildan yaxshi, yorug‘ niyatlar qilamiz; el sevgan xalqimiz ardog‘idagi san’atkor, salkam 40
yildan buyon o‘z qo‘shiqlari va kuy-navolari bilan Anudaryoliklar, shu bilan bir qatorda qo‘shni
Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa tumanlarida ham o‘zining
yuzlab muxlislariga ega san’atkor sifatida tanilgan Anvar Xudoyberganov bugungi kunda ham o‘z
ish va ijodiy faoliyatini davom qildirib xalqimizning olqish va hurmatiga sazovor bo‘lib
kelmoqdalar.
Hulosa o‘rnida shuni aytishni lozim topdimki Amudaryo tumanida iqtidorli san’atkorlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar
tufayli bugungi kunda nafaqat Anvar Xudoyberganovning o‘zi, bali u yetishtirgan shogirdlari
orasida ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston miqyosida taniqli musiqachilar va
iqtidorli yosh san’atkorlar talaygina. Hususan, “Nihol” mukofoti sovrindori Moxira Bobojanova,
“Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” Shuxrat Yusupov,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ikromjon Siytimov, hushovoz honanda
xalqimiz xizmatidagi san’atkor G‘ayratjon Yngiboyev, Shahnoza Matsafoyeva va Murodjon
Ibragimovlar bugungi kunda xalqimizni o‘z san’atlari bilan bahramand etib kelmoqdalar. Shu kabi
ustoz san’atkorlarimizning ijodiy faoliyatini va mehnatlarini qo‘llab quvatlash maqsadida
tumanimiz tomonidan ular ishtirokida san’at ahli va san’atsevar yoshlarimiz bilan musiqa va san’at
maktablarida ijodiy uchrashuvlar hamda uchrashuv-kechalar tashkillashtirilib ular rahbarligidagi
“Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli ishtirokida xalqimizga milliy- madaniy meroslarimizni
yetkazib berish, qadim xalq kuylarimizni saqlab qolish maqsadida tumanimiz, respublikamiz
bo‘ylab kansertlar tashkil qilinsa, xalqimizning madaniy va ma’naviy rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatib, san’atga bo‘lgan muhabbatlarini yoshlarimizning esa musiqaga bo‘lgan qiziqishlarining
ortishiga sabab bo‘lgan bo‘lar edi deb o‘ylayman.
REFERENCES
1.
Q.Z.Rajabboyevna, R.A.Allambergenovna “Amudaryo san’ati madaniyat tarixi va
tarqqiyoti” Scintific approach to the modern education system ps.8-14. Vol. 3 No 26(2024)
2.
Abatbaeva Rano Historical Image of" Alpamys" In Karakalpak Music (Example in the
Works of Nazhimaddin Muhammeddinov) 2023/6/13 Best Journal of Innovation in Science,
Research and Development 138-144 2-tom
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
84
3.
Abatbaeva, R. "QORAQALPOQ MUSIQA SAN’ATIDA SYUITA JANRINING
RIVOJI."
Вестник музыки и искусства
1.3 (2024): 28-37.
4.
GAIPOVA, Mohigul, and Rano ABATBAEVA. "BETAKROR OVOZ SOHIBASI BAG
‘DAGUL JAQSIMURATOVA."
Journal of Culture and Art
2.3 (2024): 130-134.
5.
Abatbaeva,
R.
"KOMPOZITOR
NAJIMADDIN
MUXAMMEDDINOV
DÓRETIWSHILIGINDE ERTEK JANRÍ (Toǵız tońqıldaq bir shińkildek ertegi
tiykarında)."
Вестник музыки и искусства
1.2 (2023): 46-51.
6.
YOʻLDASHEV, Abbos, and Rano ABATBAEVA. "USTOZIM NESIPBAY ALEKEEV
TURSINBAEVICHNING IJODIGA BIR NAZAR."
Journal of Culture and Art
1.3 (2023):
123-129.
7.
Gulbahor, YO‘LDOSHEVA, and Rano ABATBAEVA. "MUSIQA SAN’ATIDA DAMLI
CHOLGʻULARNING AHAMIYATI."
Journal of Culture and Art
2.3 (2024): 97-101.
8.
Yo‘ldosheva, Gulbahor, and Rano Abatbaeva. "QORAQALPOQ MUSIQA
MADANIYATIDA MUSIQALI DRAMA JANRINING SHAKLLANISHI."
Modern
Science and Research
3.6 (2024).
9.
Abatbaeva, R. "QORAQALPOQ MUSIQA SAN’ATIDA SYUITA JANRINING
RIVOJI."
Вестник музыки и искусства
1.3 (2024): 28-37.
10.
Matimuratov, S. "QARAQALPAQ KÓRKEM ÓNERINDE XOSH HAWAZ BÚLBÚL
TAMARA DOSHUMOVANÍŃ TUTQAN ORNÍ."
Вестник музыки и искусства
1.3
(2024): 95-99.
