IMPROVING THE TRANSFORMATION PROCESS IN BANKS

Abstract

This article analyzes transformation processes in the banking system of Uzbekistan and studies ways to improve it. As a research methodology, literature analysis, statistical data analysis and the study of the experience of foreign countries were used. The results show that such areas as the introduction of digital technologies, improving the quality of services, improving risk management are important in increasing the competitiveness of Uzbekistan's banks. The article concludes with a series of proposals aimed at improving the transformation of banks.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Baynazarova, G. (2024). IMPROVING THE TRANSFORMATION PROCESS IN BANKS. Modern Science and Research, 3(9), 116–120. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/41180
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes transformation processes in the banking system of Uzbekistan and studies ways to improve it. As a research methodology, literature analysis, statistical data analysis and the study of the experience of foreign countries were used. The results show that such areas as the introduction of digital technologies, improving the quality of services, improving risk management are important in increasing the competitiveness of Uzbekistan's banks. The article concludes with a series of proposals aimed at improving the transformation of banks.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

116

BANKLARDA TRANSFORMATSIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

Baynazarova Gulmira Shakirjanovna

Bank Moliya akademiyasi MBA Banking yo’nalishi

Ipoteka bank OTP Group Toshkent viloyat filiali

Minibank va chakana amaliyotlar bo’limi boshlig’i.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13752797

Annotatsiya.

Ushbu maqola O'zbekiston bank tizimidagi transformatsiya jarayonlarini

tahlil qiladi va uni takomillashtirish yo'llarini o'rganadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida
adabiyotlar tahlili, statistik ma'lumotlar tahlili va xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish
qo'llanilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, raqamli texnologiyalarni joriy etish, xizmat ko'rsatish
sifatini oshirish, risk-menejmentni takomillashtirish kabi yo'nalishlar O'zbekiston banklarining
raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqola banklar transformatsiyasini
takomillashtirishga qaratilgan bir qator takliflar bilan yakunlanadi.

Kalit so'zlar:

bank tizimi, transformatsiya, raqamli texnologiyalar, raqobatbardoshlik, risk-

menejment.

IMPROVING THE TRANSFORMATION PROCESS IN BANKS

Abstract.

This article analyzes transformation processes in the banking system of Uzbekistan

and studies ways to improve it. As a research methodology, literature analysis, statistical data
analysis and the study of the experience of foreign countries were used. The results show that such
areas as the introduction of digital technologies, improving the quality of services, improving risk
management are important in increasing the competitiveness of Uzbekistan's banks. The article
concludes with a series of proposals aimed at improving the transformation of banks.

Keywords:

banking system, transformation, digital technology, competitiveness, risk

management.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОЦЕССА ТРАНСФОРМАЦИИ В БАНКАХ

Аннотация.

В данной статье анализируются процессы трансформации банковской

системы Узбекистана и исследуются пути ее совершенствования. В качестве
методологии исследования использовались анализ литературы, анализ статистических
данных, изучение опыта зарубежных стран. Результаты показывают, что такие
направления, как внедрение цифровых технологий, повышение качества обслуживания,
совершенствование риск-менеджмента, играют важную роль в повышении
конкурентоспособности банков Узбекистана. Статья завершается рядом предложений,
направленных на улучшение трансформации банков.

Ключевые слова:

банковская система, трансформация, цифровые технологии,

конкурентоспособность, риск-менеджмент.

KIRISH

O'zbekiston bank tizimi so'nggi yillarda jadal rivojlanish bosqichiga qadam qo'ydi. Banklar

faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi takomillashtirildi, xorijiy investitsiyalar jalb
qilindi, yangi bank mahsulotlari va xizmatlari joriy etildi. Shu bilan birga, globallashuv va raqamli
innovatsiyalar davrida O'zbekiston banklari oldida transformatsiyani yanada chuqurlashtirish va
raqobatbardoshlikni oshirish vazifasi turibdi [1].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

117

Ushbu maqolaning maqsadi O'zbekiston bank tizimidagi transformatsiya jarayonlarini

tahlil qilish, xorijiy tajribani o'rganish hamda sohani yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar
ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot natijalaridan bank tizimini isloh qilishda va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirishda foydalanish mumkin.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqolani yozishda adabiyotlar tahlili, statistik ma'lumotlar va xalqaro tajribani o'rganish

metodlaridan foydalanildi. Bank sohasidagi transformatsiya masalalari bo'yicha xorijlik
olimlardan J.Barberis [2], D.Arner [3], D.W.Arner [4] kabi mualliflarning ishlari o'rganildi.

O'zbekistonda bu borada A.Abduqodirov [5], N.Jumaev [6] kabi iqtisodchi olimlarning

tadqiqotlariga tayanildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta

jamg'armasi kabi tashkilotlarning ma'lumotlar bazasidan statistik ma'lumotlar olindi va tahlil
qilindi. Xorijiy mamlakatlar, jumladan, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarning bank
tizimidagi o'zgarishlar o'rganildi va O'zbekiston uchun foydali jihatlar ajratib olindi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, O'zbekiston bank tizimida transformatsiya jarayonlari jadal

kechmoqda. 2023-yil yakunlariga ko'ra, bank tizimidagi aktivlar hajmi 711 111 mlrd so'mni tashkil
etdi. Bu ko'rsatkich 2022-yilga nisbatan 67% ga o'sgan.

Aktivlar tarkibida eng katta ulushni davlat ulushi mavjud banklar egallaydi (67%).

Xususan, «O'zmillybank» aktivlari 133 147 mlrd so'mni (umumiy aktivlarning 19% i),
«O'zsanoatqurilishbank» aktivlari esa 82 618 mlrd so'mni (12%) tashkil etadi.

Xususiy banklar orasida «Agrobank» yetakchilik qilmoqda. Uning aktivlari 73 707 mlrd

so'mga yetib, umumiy aktivlarning 10% ini tashkil etdi. Shuningdek, «Aloqabank» (3%),
«Turonbank» (2%) va boshqa xususiy banklarning ulushi ham oshib bormoqda.

Kreditlar hajmi bo'yicha ham o'sish kuzatildi (70%). Eng ko'p kredit ajratgan banklar

qatoriga «O'zsanoatqurilishbank» (60 316 mlrd so'm), «O'zmillybank» (103 057 mlrd so'm) va
«Agrobank» (59 192 mlrd so'm) kiradi.

Depozitlar bo'yicha ham ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Jami depozitlar hajmi 275 422 mlrd

so'mga yetdi. Depozitlar bo'yicha ham davlat ulushi yuqori banklar yetakchilik qilmoqda.
Masalan, «Xalq banki» depozitlari 21 766 mlrd so'mni (8%), «Aloqabank» esa 11 071 mlrd so'mni
(4%) tashkil etdi.

Kapital ko'rsatkichlari tahlili shuni ko'rsatadiki, banklar kapitallashuvi 38% ga oshgan.
Kapital bankning 44 093 mlrd so'mni egallagan. Kapital boʻyicha koʻrsatkichlar shuni

koʻrsatadiki, eng yuqori kapitalga ega banklar "Kapital bank" va "Hamkorbank" hisoblanadi (mos
ravishda 6% va 4%).

Quyidagi jadvalda O'zbekiston bank tizimining 2023-yil yakunlari bo'yicha asosiy

ko'rsatkichlari keltirilgan [7]:

1-jadval. O'zbekiston bank tizimining 2023-yil yakunlari bo'yicha asosiy

ko'rsatkichlari

1

1

Bank tizimi daromadlilik ko‘rsatkichlari,

https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/1844929/


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

118

Bank nomi

Aktiv

Kredit

Kapital

Depozit

summa

ulus

hi

summa

ulushi

summa

ulushi

summa

ulushi

mlrd

so'm

foiz

da

mlrd
so'm

foizda

mlrd

so'm

foizda

mlrd

so'm

foizda

Jami

711 111

100

%

500
644

100%

105 162

100% 275 422 100%

Davlat ulushi

mavjud
banklar

475 284

67%

348
293

70%

65 544

62%

137 782

50%

1

O'zmillybank

133 147

19%

103
057

21%

18 428

15%

35 493

13%

2

O'zsanoatquri

lishbank

82 618

12%

60 316

12%

9 580

9%

16 491

6%

3

Agrobank

73 707

10%

59 192

12%

11 987

11%

17 279

6%

4

Asaka bank

54 420

8%

36 619

7%

6 743

6%

14 021

5%

5

Xalq banki

42 204

6%

27 913

6%

6 082

6%

21 766

8%

6

Birinchi

turdagi

banklar

30 657

4%

21 601

4%

4 027

4%

10 063

4%

7

Mikrokreditb

ank

22 308

3%

15 816

3%

3 936

4%

6 605

2%

8

Aloqa bank

18 942

3%

11 412

2%

2 686

3%

11 071

4%

9

Turon bank

17 026

2%

12 196

2%

1 908

2%

4 969

2%

10

Poytaxt bank

256

0%

172

0%

167

0%

83

0%

Boshqa
banklar

235 826

33%

152
351

30%

39 618

38%

137 641

50%

11

Ipoteka-bank

49 260

7%

35 680

7%

7 745

7%

21 006

8%

12

Kapital bank

44 093

6%

29 307

6%

5 055

5%

34 302

12%

13

Hamkorbank

25 749

4%

18 211

4%

4 533

4%

10 256

4%

14

Ipak yo'li

bank

20 260

3%

13 363

3%

3 202

3%

10 040

4%

15

Orient

Finance bank

15 035

2%

10 844

2%

2 676

3%

10 435

4%

Yuqoridagi jadvaldan ko'rinadiki, O'zbekiston bank tizimi jadal sur'atlar bilan rivojlanib

bormoqda. Davlat va xususiy banklar o'rtasidagi raqobat kuchayib, mijozlarga sifatli xizmat
ko'rsatish imkoniyatlari ortmoqda. Ayni paytda, banklar oldida transformatsiya jarayonlarini
yanada chuqurlashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va xalqaro moliya bozorlarida
faol ishtirok etish vazifalari turibdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

119

Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.

Bugungi kunda an'anaviy bank xizmatlari bilan

raqobatlasha oladigan yangi moliyaviy-texnologik kompaniyalar (FinTech) paydo bo'lmoqda.

Ular mijozlarga onlayn rejimda, qulay va tez xizmat ko'rsatish imkonini beradi [2, 15]. Shu

bois banklar ham o'z faoliyatini raqamli transformatsiya qilishi, masofaviy xizmatlar ulushini
oshirishi zarur.

Xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash.

Mijozlar talablari o'sib borishi bilan banklar

ko'rsatadigan xizmatlar sifati ham oshib borishi kerak. Buning uchun xodimlar malakasini
oshirish, mijozlar bilan ishlashning innovatsion usullarini qo'llash talab etiladi.

Risk-menejmentni kuchaytirish.

Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan operatsion va

kiber-xavfsizlik risklari ham ortib bormoqda [3]. Banklar faoliyatining barqarorligini ta'minlash
uchun risk-menejmentning ilg'or usullarini qo'llash, stress-testlar o'tkazish, riskni boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilish muhimdir.

Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish.

Banklar an'anaviy depozit va kreditlash xizmatlari

bilan cheklanib qolmasdan, mijozlarning o'zgarib borayotgan ehtiyojlariga mos yangi moliyaviy
mahsulotlarni taklif qilishi zarur [4]. Bunga misol qilib, mobil to'lov tizimlari, raqamli banking,
P2P kreditlash kabilarni keltirish mumkin.

Regulyativ muhitni takomillashtirish.

Bank tizimi rivojlanishi uchun qulay huquqiy-

me'yoriy bazani shakllantirish muhim. Buning uchun litsenziyalash tartibini soddalashtirish,
kapitallashuvga qo'yilgan talablarni optimallashtirish, raqamli bank xizmatlarini tartibga
solishning innovatsion yondashuvlarini qo'llash talab etiladi [5].

Yuqorida keltirilgan yo'nalishlar O'zbekiston bank tizimi transformatsiyasini yanada

takomillashtirishga xizmat qiladi. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, raqamli texnologiyalarni
joriy etish banklarning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Masalan,
Janubiy Koreya banklari 2015-yilda mobil banking tizimini ishga tushirgan bo'lsa, bugungi kunga
kelib foydalanuvchilar soni 40 milliondan oshdi [6, 42]. Bu esa an'anaviy bank xizmatlariga
bo'lgan talabni 30 foizga qisqartirdi.

Ipoteka bank O'zbekistonning yirik tijorat banklaridan biri sifatida xalqaro pul o'tkazmalari

sohasida faol ishtirok etmoqda. 2023-yil ma'lumotlariga ko'ra, bank orqali amalga oshirilgan
xalqaro pul o'tkazmalarining umumiy hajmi 1.2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan, bu esa
o'tgan yilga nisbatan 18% o'sishni ko'rsatadi [7]. Bu ko'rsatkich mamlakatdagi o'rtacha o'sish
sur'atidan (15%) yuqori bo'lib, Ipoteka bankning bu sohada yetakchi o'rinlardan birini egallaganini
ko'rsatadi.

Ipoteka bank xalqaro pul o'tkazmalarini hisobga olishda MHXS (IFRS) standartlarini to'liq

joriy etgan va bu jarayonni 90% darajada avtomatlashtirgan. Bu esa bankning 60%
avtomatlashtirish darajasiga ega bo'lgan boshqa banklardan ancha oldinda ekanligini ko'rsatadi.

Bank xalqaro pul o'tkazmalari auditini yiliga ikki marta o'tkazadi, bu esa o'rtacha

ko'rsatkichdan (yiliga bir marta) yuqori. Bunday yondashuv bankning operatsiyalar xavfsizligi va
shaffofligiga alohida e'tibor qaratayotganini ko'rsatadi.

Bu ma'lumotlar Ipoteka bankning xalqaro pul o'tkazmalari sohasida yetakchi o'rinlardan

birini egallaganini va innovatsion yechimlarni faol joriy etayotganini ko'rsatadi. Biroq, bank oldida
hali ham xavflarni boshqarish va xalqaro standartlarga to'liq moslashish kabi vazifalar turibdi.

XULOSA VA TAKLIFLAR


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

120

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston bank tizimini transformatsiya qilishda muhim vazifalar

turibdi. Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va banklar sa'y-harakatlari bilan quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:

Yangi texnologiyalarni, xususan, bulutli texnologiyalar, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar

tahlili (Big Data) kabi raqamli yechimlarni keng joriy etish;

Masofaviy bank xizmatlari, mobil ilovalar va onlayn platformalar taklif etish orqali

mijozlarga qulaylik yaratish;

Bank xizmatchilari malakasini oshirish, mijozlar bilan ishlashning zamonaviy usullarini

o'rgatish;

Xalqaro moliyaviy institutlar va rivojlangan davlatlar banklari bilan hamkorlikni

kengaytirish, ilg'or tajribalarni o'rganish;

Yangi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish, startaplarni qo'llab-

quvvatlash;

Bank nazoratini takomillashtirish, sohaga oid qonunchilikni xalqaro talablarga

muvofiqlashtirish.

Ko'rinib turibdiki, bank tizimini transformatsiya qilish ko'p qirrali jarayon bo'lib, barcha

ishtirokchilar sa'y-harakatlarini talab qiladi. Ushbu chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga
oshirish O'zbekiston bank sektorining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar
manfaatlarini to'laqonli ta'minlash imkonini beradi.


REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi "2020-2025-yillarga
mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi
PF-5992-son Farmoni.

2.

Barberis, J. (2018). Fintech Innovation: Disrupting the Financial Sector. In Handbook of
Blockchain, Digital Finance, and Inclusion, Volume 1 (pp. 15-38). Academic Press.

3.

Arner, D. (2017). Fintech: Evolution and regulation. Law and Financial Markets Review,
11(4), 234-240.

4.

Arner, D.W., Barberis, J., & Buckley, R.P. (2016). 150 years of Fintech: An evolutionary
analysis. JASSA, (3), 22-29.

5.

Abduqodirov, A. A. (2020). Problems and prospects of development of digital technologies
in the banking system of Uzbekistan. Архив научных исследований, (29).

6.

Jumaev, N. X., & Xajimuratov, S. A. (2022). Digital Transformation in the Banking System:
Challenges and Solutions. International Journal of Innovative Analyses and Emerging
Technology, 2(2), 40-45.

7.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari. Bank tizimi daromadlilik
ko‘rsatkichlari, https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/1844929/

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi "2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-son Farmoni.

Barberis, J. (2018). Fintech Innovation: Disrupting the Financial Sector. In Handbook of Blockchain, Digital Finance, and Inclusion, Volume 1 (pp. 15-38). Academic Press.

Arner, D. (2017). Fintech: Evolution and regulation. Law and Financial Markets Review, 11(4), 234-240.

Arner, D.W., Barberis, J., & Buckley, R.P. (2016). 150 years of Fintech: An evolutionary analysis. JASSA, (3), 22-29.

Abduqodirov, A. A. (2020). Problems and prospects of development of digital technologies in the banking system of Uzbekistan. Архив научных исследований, (29).

Jumaev, N. X., & Xajimuratov, S. A. (2022). Digital Transformation in the Banking System: Challenges and Solutions. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology, 2(2), 40-45.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari. Bank tizimi daromadlilik ko‘rsatkichlari, https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/1844929/