MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH HAQIDA

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni, rivojlanish markazlarini tashkil etish tamoyillari, metodik asoslari aks etgan. Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda integratsiyalashgan rivojlantiruvchi muhitning o‘rni ochib berilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
f
106-109
93

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sanoqulova, F. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH HAQIDA. Modern Science and Research, 3(7), 106–109. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/35309
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni, rivojlanish markazlarini tashkil etish tamoyillari, metodik asoslari aks etgan. Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda integratsiyalashgan rivojlantiruvchi muhitning o‘rni ochib berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

106

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA

RIVOJLANTIRISH HAQIDA

Sanoqulova Fotima Faxriddin qizi

Karmana tumani 21-DMTT tarbiyachisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12681855

Annotatsiya.

Ushbu

maqolada

maktabgacha

ta’lim

tashkilotlarida

rivojlantiruvchi muhitni, rivojlanish markazlarini tashkil etish tamoyillari, metodik asoslari
aks etgan. Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda integratsiyalashgan rivojlantiruvchi
muhitning o‘rni ochib berilgan.

Kalit so'zlar:

maktabgacha ta'lim, pedagogik yondashuv, ta'lim muhiti, rivojlanish

muhiti, ta'lim, maktabga tayyorgarlik, integratsiya.

ON THE IMPROVEMENT AND DEVELOPMENT OF PRESCHOOL

EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Abstract.

This article reflects the principles and methodical foundations of the

development environment, development centers in pre-school educational organizations. The
role of the integrated developmental environment in the development of preschool education
is revealed.

Key words:

preschool education, pedagogical approach, educational environment,

developmental environment, education, school preparation, integration.

О СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ И РАЗВИТИИ ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ

Аннотация.

В статье отражены принципы и методические основы создания

развивающей среды, центров развития в дошкольных образовательных организациях.
Раскрыта роль интегрированной развивающей среды в развитии дошкольного
образования.

Ключевые

слова:

дошкольное

образование,

педагогический

подход,

образовательная среда, развивающая среда, образование, подготовка к школе,
интеграция.

Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan modernizasiyaviy o‘zgarishklar

maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning shakl va usullarini erkin
tanlash imkoniyatini yaratdi. Bugungi zamonaviy ta’lim sohasidagi asosiy natija
berilayotgan ma’lumotlarning bola tomonidan qay darajada o‘zlashtirib olingani va uning
rivojlanishiga, shaxsga oid sifatlarning shakllanishiga qanchalik xizmat qilayotgani bilan
belgilanadi. Pedagoglar tomonidan tanlab olingan ta’lim uslublari intellektual jarayonlarning
shakllanishiga, masalaning yechimiga ijodiy yondoshishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka
va bolalarni amaliy jarayonlar orqali o‘z faoliyatini boshqarishga o‘rgatadi.

Ta’limning rivojlantiruvchi pedagogik muhiti rivojlanishning turli shakllaridan

iborat ta’lim jarayonini amalga oshirishning ko‘p funksiyaliligi, ya’ni bolalarni
faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta’minlanishini xamda material va qo‘llanmalar
yetarli bo‘lishini talab etadi. Bu bolalarning mazmunli va mustaqil faoliyati uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

107

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini loyihalash va

metodik ta’minlash” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishini olib borishda hamda tadqiqot
yechimini topishda asosiy e’tiborimizni muammoning nazariy va amaliy jihatlarini
o‘rganishga qaratdik. Buning asosiy sababi mavzu doirasida ilgari surilayotgan
g‘oyalarning amaliyotda qay darajada qo‘llanilayotganini aniqlashdan iboratdir.

Mavzu doirasida belgilab olingan maqsadning natijalanganligi o‘rganilgan

nazariy g‘oyalarning amaliyotdagi isboti, qo‘llaniladigan metodlarning to‘g‘ri tanlanganligi,
qo‘yilgan vazifalarning aniqligi, ilmiy tadqiqot faoliyatining puxta rejalashtirilganligi,
tajriba-sinov ishlarining uzluksiz, izchil, va tizimli tarzda tashkil etilganligi bilan
belgilanadi. Shu sababli mavzu doirasida mavjud nazariy manbalar bilan tanishib chiqish
asosida mavzu doirasida “Tajriba-sinov ishlari dasturi”ni ishlab chiqildi. Tajriba- sinov ishlari
dasturi mavzu doirasida olib boriladigan tadqiqot ishining umumiy mohiyatini ochib beradi.

Bolalarga yo‘naltirilgan guruhda puxta o‘ylangan va havfsiz tashkil etilgan

rivojlanish muhiti eng muhim rol o‘ynaydi, bu pedagoglarga davlat o‘quv dasturining maqsad
va vazifalarini amalga oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash
imkonini beradi. Guruh xonasini rivojlanish markazlari deb ataladigan kichik-kichik joylarga
ajratish tavsiya etiladi. MTT pedagoglariga jadvalda guruhdagi rivojlanish markazlarining
minimal soni ko‘rsatilganligini tushunishlari tavsiya etiladi; hududning va MTTdagi ta’lim
va tarbiya jarayoni mazmunining imkoniyatlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda
guruhdagi boshqa rivojlanish markazlari tashkil etilishi mumkin.

Turli guruhlarda markazlar to‘plami har xil bo‘lishi mumkin, ammo davlat o‘quv

dasturi guruhdagi beshta asosiy rivojlanish markazlarini tavsiya qiladi: fan va tabiat; til va
nutq; syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish; san’at; qurish, konstruksiyalash va matematika.
Guruhda boshqa rivojlantiruvchi burchaklarni ham tashkil etish mumkin, ularni tashkil
etish

bolalarning manfaatlariga, guruhning bo‘sh makoniga va maktabgacha ta’lim

tashkilotining moddiy-texnik imkoniyatlariga bog‘liq. Bunday markazlar vaqtinchalik yoki
faqat bolalar faoliyatining maxsus turlari (qum va suv markazi; pazandachilik markazi;
musiqa markazi) uchun tashkil etilishi mumkin. Ta’lim muhitini yaratishda pedagoglar
bolalar faol bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylar mavjudligini ta'minlashi kerak.

Rivojlanish uchun mos jismoniy faollik uchun joylar.

Bolalar jismoniy faollik orqali

yanada samaraliroq o‘rganadilar va kun davomida yuqori darajadagi jismoniy faollik, turfa
xillik va stimulning o‘zgarishiga extiyoj sezadilar.

Bolalar faoliyatining muayyan amaliy turlari uchun imkoniyat.

Yosh bolalar suvda

o‘ynash, loydan pirog yasash, yog‘ochdan narsalar yasash, qo‘g‘irchoqlarni yotqizish va
hokazo kabi amaliy mashg‘ulotlarga muhtoj. Shuningdek, ularga syujetli-rolli o‘yin, rasm
chizish, rasmga olish, tildan foydalanish va qurilish bloklari kabi yangi tajribalarni mavjud
aqliy tuzilmalarga integratsiya qilish va amalda qo‘llash uchun turli usullar kerak.

O‘zgarish va xilma-xillik.

Bolalar doimo ularni qiziqtirishning turfa yo‘llarini

izlaydilar: manzara, tekstura, ranglar, ijtimoiy guruhlar, faoliyat, muhit, tovushlar va hidlar.
Bolalar ta’lim jarayonida MTTda qancha ko‘p vaqt sarflasa, ularga ko‘proq xilma-xillik va
rag‘batlantirish kerak bo‘ladi.

O‘quv muhiti xavfsiz bo‘lishi kerak.

Bolalar xavfsizligi pedagogning asosiy mas'uliyati


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

108

bo‘lib, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va nazorat qilishni talab qiladi. Guruh
xonasining maydoni

qanday

rejalashtirilganligi,

rivojlanish

markazlari

qanday

joylashganligi pedagogning bolalar salomatligi va xavfsizligini qanday ta'minlashi va
ularning ta’limini yaxshilashiga ta'sir qiladi. Pedagog barcha bolalarni uyda ham, tashqarida
ham

ko‘rishi va xona jihozlarining "ko‘rinmas joylar" yaratadigan tarzda

joylashtirilmasligini ta'minlashi kerak. Davlat o‘quv dasturini amalga oshirish SanPiNda
mustahkamlangan xavfsizlik qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Rivojlantiruvchi
muhitni tashkil etish maktabgacha yoshdagi bolalarda

ijodiy rivojlanishni maqsadli

yo‘naltirilganligi bilan belgilanib, bolalar hatti-harakatini rivojlanishiga zamin yaratadi.
Bolalar xulq-atvoriga, ularning tengdoshlari bilan o‘zaro munsabatlariga qo‘yiladigan
talablar murakkablashadi. Shu bilan birga irodaviy sifatlar shakllana boradi, xarakter
xislatlari barqarorlashadi, unda mustaqillika intilish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.

Bolaning

rivojlantiruvchi muhitdagi

faoliyati

ijtimoiy

munosabatlarga

kirishishida

uning

dunyoqarashini shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Rivojlantiruvchi muhitdagi
faoliyat bolada shaxs sifatlarining shakllanishi uning tirishqoqligi va qiyinchiliklarni
yenga olish, o‘zgalarga bo‘lgan ijobiy munosabatning paydo bo‘lishi bilan namoyon
bo‘ladi.

Shu o‘rinda rivojlanish markazidagi faoliyat mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga

olishi zarur:

Bilim olish uchun-rivojlanish markazi qo‘shimcha asosiy faoliyat ekanligi haqida

bolalarda tasavvur hosil qilishga erishish;

Bu tasavvur asosida bolaning mashg‘ulotga bo‘lgan munosabatini ijobiy o‘zgartirish

va faolligini ortishiga turtki berish;

Bola

faoliyatida

tirishqoqlik,

ma’suliyatlilik, mustaqillik, harakatchanlikni

rivojlanishiga e’tibor qaratish;

Bolalarni jamoaviy faoliyatga ko‘niktirish va tengdoshlariga ijobiy munosabatlarni

yuzaga keltirish (o‘zaro yordam berish, tengdoshlari ishini adolatli baholash, ularning
kamchiliklarini do‘stona tushuntira olish);

O‘quv faoliyati jarayonida bolada tashkilotchilik qobiliyatining shakllantirish.
Ma’lumki, maktabgacha yosh davri bola shaxsining rivojlanishida muhim davr

bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya ishini keng dasturi
amalga oshiriladi va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlashda ularning individual hususiyatlari aqliy, ruhiy va jismoniy tomondan nechog‘li
rivojlanganliklari inobatga olinadi.

Ta’limning rivojlantiruvchi tamoyilini amalga oshirishda tarbiyachining bolalar

faoliyatiga rahbarligi va uni to‘g‘ri baholab borishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, bunda
faqat ishning natijasigina baholanmay, balki bu ishni bajarishda bolalarning aqliy
faoliyati, mustaqilligi, ishtiyoq bilan, jon-dildan harakat qilganliklari ham e’tiborga olinadi.
Bolalikning rivojlantiruvchi pedagogik muhiti yosh navqiron avlodni shakllanuvi uchun
zarur bo‘lgan barcha axborot va ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, bola va uning shaxsini
to‘laqonli rivojlantirishni ta’minlovchi yaxlit bir tizim bo‘lib, unda bola hozirgi zamon
talablari darajasida jismoniy, estetik, aqliy va ijtimoiy tarzda to‘liq rivojlanadi. Bunda bola


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

109

faoliyat olib boradigan rivojlantiruvchi pedagogik muhit undagi bilim va ko‘nikmalarni
amaliyotda qo‘llash uchun bitmas-tuganmas axborot manbai bo‘lishi, bola ehtiyojini
qondiruvchi, yangilikka intiluvchi, undagi malakani takomillashtiruvchi manbaga aylanishi
zarur. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning
rivojlantiruvchi muhit negizida rivojlanish markazlarini tashkil etish borasidagi bilimlarini
aniqlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, rivojlanish markazlarida tashkil etilgan
mashg‘ulotlar hamda bolalarning mustaqil faoliyatini baholash, topshiriqlar berishda
bolalarning yosh va fiziologik imkoniyatlarini inobatga olish masalalariga alohida
ahamiyat berilishi maqsadga muvofiqligi asoslandi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
rivojlantiruvchi pedagogik muhitni tashkil etish tizimli ravishda turli texnologiyalardan
foydalangan holda olib borish ijobiy samaralar beradi.

REFERENCES

1.

Visangirieva Ye.D. Proektirovanie sotsiokulturnoy predmetno-prostranstvennoy
sredы razvitiya rebenka v usloviyax doshkolnogo obrazovatelnogo uchrejdeniya:
avtoref. dis kandidata pedagogicheskix nauk: 13.00.07. Rostov-na-Donu, 2003.

2.

Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-
Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social
Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue
4 November, 2021

3.

Valiyeva F.R.

To Develop Professional Training of Professional Education

Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and
Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and
Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN:
2456 – 6470 2021

4.

Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic
textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal
“Vestnik nauki” 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

References

Visangirieva Ye.D. Proektirovanie sotsiokulturnoy predmetno-prostranstvennoy sredы razvitiya rebenka v usloviyax doshkolnogo obrazovatelnogo uchrejdeniya: avtoref. dis kandidata pedagogicheskix nauk: 13.00.07. Rostov-na-Donu, 2003.

Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021

Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 – 6470 2021

Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal “Vestnik nauki” 2020-yil 23-fevral № 2 (23)