ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1438
O`ZBEKISTON SHAROITIDA DEMOKRATIK BOZOR IQTISODIYOTINI
LIBERALLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
Otajonova Mahliyo Qudrat qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11401454
Annotatsiya.
Vatanimiz mustaqilikni qo’lga kiritgach, taraqqiyotning qaysi yo’lidan
borish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda qanday tamoyillarga tayanish kabi bir qarashda jun
ko’rinadigan, lekin xiyla murakkab va ziddiyatli, mamlakatning taqdiri bilan bog’liq o’ta muhim
muammolarga duch keldi. Shundan keying O`zbekiston taraqqiyotining rivojanishi haqida ushbu
esse orqali bilib olishimiz mumkin.
Kalit so`zlar:
bozor, iqtisodiyot, munosabat, taraqqiyot, tamoyil.
LIBERALIZATION AND DEVELOPMENT OF DEMOCRATIC MARKET ECONOMY
IN THE CONDITIONS OF UZBEKISTAN
Abstract.
After gaining independence, our country faced very important problems related
to the fate of the country, such as which path of development to follow, which principles to rely on
in the development of the national economy. After that, we can learn about the development of
Uzbekistan through this essay.
Key words:
market, economy, attitude, development, principle.
ЛИБЕРАЛИЗАЦИЯ И РАЗВИТИЕ ДЕМОКРАТИЧЕСКОЙ РЫНОЧНОЙ
ЭКОНОМИКИ В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
После обретения независимости наша страна столкнулась с очень
важными проблемами, связанными с судьбой страны, например, по какому пути развития
идти, на какие принципы опираться в развитии национальной экономики. После этого мы
сможем узнать о развитии Узбекистана через это эссе.
Ключевые слова:
рынок, экономика, отношение, развитие, принцип.
Kirish. Bozor munosabatlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan xujjatlarning aksariyati
ushbu tamoyillarga asoslangan yoki ularni rivojlantirishga, yoxud ularni hayota tatbiq etishga
bag’ishlangan. Bu qoidalarning naqadar to’g’ri ekanini hayot to’la tasdiqlanadi, shu bois, ular
ho’zir ham, bundan keyin ham o’z ahamiyanini yo’qotmaydi. Zotan, besh tamoyil bozor
munosabatlariga tayangan mustaqil, milliy iqtisodiyotning asosiy shakl va shamoyillarini tarkib
toptirish va uni iqtisodiy yuksalish sari izchil harakatlantarish imkonini berdi. Chunki ular
mamlakatimizda yangi, oldingisidan tubdan farq qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qaror
toptirishning o’ziga xos dasturi edi. Bu qoidalar istiqlol va taraqqiyot yo’lni tanlagan
jamiyatimizning bu yo’ldan og’ishmay ilgarilab borishi uchun asos etib qabul qilindi. Bu
qoidalarning rivojlantirilishi va hayotga tobora dadilroq joriy etilishi ijtimoiy – siyosiy
barqarorlikni yanada mustahkamladi. Mana masalan, birinchi qoida – iqtisodiyotni siyosiy
qobiqlardan xolos qilishni tahlil qilib ko’raylik. Bu tamoyil mamlakatimizda demokratik bozor
o’zgarishlarini amalga oshirishning asosi deb e’tirof etildi. Iqtisodiyotni yana siyosatga,
mafkuraviy akidalarga qurbon qilmaslik uchun siyosiy maqsadlarga erishish vositasi deb
qaralmadi.Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining o’zi ijtimoiy ustqurmaning poydevorida
butun jamiyat miqyosida demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish uchun asos, shart – sharoit
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1439
hozirlaydi. Bozor iqtisodiyotining o’zi barchaga bir xil imkoniyat (imtiyoz) berish bilan iqtisodiy
demokratiyadir. Shu bois, endi mamlakat ichkarisida ham, uning tashqarisida ham, ishlab
chiqarish munosabatlarni bozor, bozor bo’lganda ham tartibli asosga qurilgan bozor belgilaydigan
bo’ldi. Endi kim bilan savdo – iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish, aksincha, kim bilan
esa bunday munosabatlarga kirimaslik yuqoridan belgilanmaydi. Shuning uchun ham hozirgi
iqtisodiy hamkorlarimiz orasida nafaqat hamdo’stlik mamlakatlari, balki yangi va eski dunyo ham,
rivojlangan Evropa va rivojlanayotan Afrika ham, demokratik Amerika va totalitar Xitoy ham,
o’zaro nizoli arab dunyosi va Isroil ham bor. Lekin, ular o’rtasidagi nisbat o’rni almashgan bo’lishi
mumkin. Agar ilgari mamlakatimiz asosan sobiq ittifoq respublikalari bilan tovar ayirboshlagan
bo’lsa, bugungi kunda 70 foiz savdo – sotiqni yuksak taraqqiy etgan – AQSh, Angliya, Belgiya,
Niderlandiya, Janubiy Koreya, Shveystariya, Finlandiya kabi davlatlar bilan amalga oshiryapti.
Endi sheriklarni bozorni o’zi tanlamoqda. Bu jarayonlar eksport va import tarkibida jiddiy
o’zgarishlar bilan sodir bo’lmoqda eksport tarkibida paxta tolasining xissasi jiddiy qisqardi.
Mashina va asbob uskunalar energiya tarqatgichlar, transport vositalarning xissasi esa ortmoqda.
Importda oziq- ovqat maxsulotlarning hajmi kamayib bormoqda.Ikkinchi tamoyilga muvofiq
bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi, islohot taqdiri uchun javob beradigan
asosiy qu – kudrat, kafolat bo’lishini ko’zda tutar edi. Bu borada boshqa yo’l ham bo’lishi
mumkinmidi? Yo’q bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatdan boshqa qudratli iqtisodiy kuch
yo’q. Yirik korxonalar eski kooperativ aloqalarning o’zilgan, bozor sharoitiga hali
moslashmaganligi tufayli kerakli mablag’ga ega emasdi. Chet el banklarida katta mablag’larimiz
yo’q, okean ortida puldor «tog’a» larimiz ham deyarli yo’q, aholining esa start imkoniyatlari
aytarli bir xil, kichik va o’rta biznesni, oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun etarli emasdi.
Davlat esa ilgaridan mustaqillikacha katta iqtisodiy mavqe va qudratga ega, barcha ishlab
chiqarish vositalarining 90 foizini birlashtirgan edi. Bunday uyushgan, bir joyda jamlangan o’lkan
salohiyatdan oqilona foydalanmaslik xato bo’lar edi, albatta. Buning ustiga ijtimoiy yo’naltirilgan
bugungi zamon bozor iqtisodiyotining asosiy unsurlarini tez va izchil qaror toptirish uchun,
bozorga o’tish tus – tupolonidan iqtisodiy, moliyaviy tizginlarni qo’ldan chiqarib yubormaslik,
aholi manfaatlari yo’lida milliy daromadni taqsimlashni iloji boricha odilona va oqilona amalga
oshirish uchun ham davlat mexanizimidan foydalanish zarur edi. Bozor munosabatlariga o’tishda,
ayniksa, uning dastlabki baosqichida davlat islohotlarda faol ishtirok etdi, islohotlarni kat’iylik va
izchillik bilan amalga oshirdi, ishbilarmon va tadbirkor kadrlarni tayyorlashga bosh – qosh ham
bo’ldi. Bo’lardan tashqari halq xo’jaligida amalga oshirilgan bugungi tub tarkibiy qayta qurishni,
kuchli va ko’p tarmoqli ishlab chiqarish infrato’zilmasini vujudga keltirilishni faqat davlatning
kuchi bilan uddalash mumkin edi.
Asosiy qism.O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishni yo’lga ko’yishda davlat o’zining
tarixiy vazifasini bajardi. Endi bundan keyin bozor munosabatari mustaxkamlanib borgani sari
davlatning iqtisodiy roli susayib boradi. Iqtisodiy vazifalarning aksariyati yirik milliy
korporastiyalar, korxonalar, chet el ishbilarmonlari va xususiy tadbirkorlik zimmasiga o’tadi.
Tarixiy taraqqiyot tendenstiyasining o’zi shuni taqozo etadi. Davlatning iqtisodiy qudrati naqadar
bo’lmasin, bu qudratdan qanchalik oqilona foydalanmaylik, baribir uchinchi tamoyil – bozor
iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tishi zarur edi. U asosiy qoidalardan biri sifatida ilgari surildi
bu borada shoshma – shosharlikka berilmaslik, «yangisini qurmay, eskisini buzmaslik» tarzida ish
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1440
to’tish yo’lidan borildi. Chunki luqmani birdaniga yutaman deb tiqilib qolish ham hech gap
emasdi. Bozor munosabatlari kishilarning yangicha dunyoqarashi, psixologiyasi, ko’nikma va
xulq – atvori, ta’bir joiz bo’lsa, hayot tarzi hamdir. Ularning qaror topishi va rivojlanishi uchun
esa ma’lum vaqt, sabr – toqat, izchillik darkor. Shuning uchun dastlab mulkni tasarrufdan chiqarish
va xususiylashtirish, mulkchilikning davlatga qarashli bo’lmagan shakllari – xususy, oila,
xissadorlik, jamoa va boshqa turlariga asoslanib yangidan tashqil etilayotgan xo’jalik yuritish
usullarini qo’llab – quvvatlash yo’li bilan aralash, ko’p qirrali (ukladi) iqtisodiyotni shakllantirish
yo’lidan borildi. Bu qadar zalvorli yumushlarni bir hamla bilan hal etilmaydi. Buning o’zi bir
jarayonidir, jarayonni esa, ma’lumki, sun’iy ravishda tezlashtirib bo’lmaydi. Bizda davlat
tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko’rsatish
shahobchalaridan boshlandi. Binobarin, avvalambor, kichik xususiylashtirish amalga oshirilib,
1994 yil ohiriga kelib amalda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi yakunlandi, keyini xiyla
ko’lami va murakkab bosqich sari yo’l ochildi.Ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy
negizini shakllantirish, hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligiga erishish muhim
vazifalardan bo’lib, munosabatlariga o’tish jarayonida tanlangan to’rtichi tamoyil edi. Ta’kidlash
joizki, mustaqillik yillarida amalda yangi huquqiy tizim yaratildi. Bozor munosabatlari o’zini –
o’zi boshqaradigan demokratik tizimdir. Bu jarayonga bilib – bilmay aralashish,
ma’muriyatchilikka, ayniqsa, ortiqcha markazlashtirishga urinish uning imkoniyatlarini cheklashi,
ohir – oqibatda esa obro’sizlantirishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining o’z qonuniyatlari bor, unga
aralashish valyutarizimga yo’l qo’yish, mensimaslik ko’ngilsiz oqibatlar keltirishi mumkin. Shu
bois qonunga bo’ysinish bozor munosabatlariga o’tishning etakchi tamoyillaridan biridir, huquqiy
davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Prezidentimiz kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni iqtisodiy
o’zgarishlarni amalga oshirishning ishonchli kafolati, O’zbekistonning yangilanish va taraqqiyot
yo’lini namoyon etuvchi eng muhim tamoyillardan biri deb bildilar. Bozor munosabatlariga o’tish
jarayonida aholini ijtimoiy ximoyalashning butun bir tizimi yaratildi. Kishilarning ijtimoiy
ximoyalash va kafolatlashlarning kuchli mexanizimi jamiyatda yaratilgan milliy daromadni
taqsimlash va qayta taqsimlashdangina iborat bo’lib qolmadi. Bu vazifani hal etishda davlat
manbalaridan tashqari mehnat jamoalari, jamoat tashqilotlari va xayriya jamg’armalarining
imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Bozor munosabatlariga o’tish davri O’zbekistonda siliq, qil
sug’urgandek kechadi, desak xato bo’lar edi, albatta. Bu jarayonning murakkabligi shundan iborat
bo’ldiki, bozor ta’siridan iloji boricha xoli bo’lgan mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish va
bozor munosabatlariga o’tish ham, makroiqtisodiy barqarorlashtirish va bozor qayta qurishlari
ham bir vaqtning o’ziga to’g’ri keldi. Natijada, makroiqtisodiy barqarorlashtirish bilan bog’liq
tadbirlar tizim bozor o’zgarishlariga ijobiyo ta’sir etibgina qolmay, shu bilan birga ba’i bir
halatlarda bu jarayon sur’atini pasaytirdi. Pul massasining cheklangan, ayniqsa naqd pulning, xom
ashyo bozori hali etarlicha muvozanatlashmagan bir sharoitda kichik biznisning ishlab chiqarish
imkoniyatlarini toraytirib qo’ydi. Tijorat banklari kredit imkoniyatlari cheklangani esa,
korxonalarga aylanma mablag’larni to’ldirish uchun qisqa muddatli qarz berish imkoniyatini
kamaytirdi. Pul massasining etarli bo’lmagani halq xo’jaligida korxonalar to’lov qobilyatining
pasayib ketishiga ham sabab bo’ldi. Bu jarayonlar bozorga o’tish va mikroiqtisodiy
barqarorlashtirish jarayonlariga biroz salbiy ta’sir ko’rsatsadi, ammo ularni to’htatib qola olmadi.
Bozor munosabatlariga o’tishning ikkinchi bosqichida har ikki yo’nalishda ham keskin ijobiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1441
siljishlar yuz berdi. Yuqorida bayon qilingan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, ushbu besh
tamoyil yurtimizda barqarorlikni mustaxkamlabgina qolmasdan, io’tisodiy yuksalishimiz yo’lida
muhim omil ham bo’ldi, o’zbekona taraqqiyot yo’lining o’ziga xos xususiyatlarini ham belgiladi.
Kichik biznes – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mu’tadillashtirishga yordam
beradigan o’rta tadbirkorlar sinfining paydo bo’lishi demakdir. Bu – respublika bozorini zarur
iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishdir. Bu-yangi ish o’rinlaridir. Faqat kichik va xususiy
tadbirkorlikni keng, hamma joyda rivojlantirishgina g’oyat keskin muammoni – aholining
(ayniqsa ortiqcha mehnat zahiralari mavjud bo’lgan qishloq joylar va mintaqalarda) ish bilan
bandligini ta’minlash vazifasini hal qilishga qodir. Biz uchun ahamiyatga ega bo’lgan ushbu
siyosatni ruyobga chiqarishda aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari samaradorligi va
maxsuldorligini yanada oshirish, ularga davlat yordamini ko’rsatish muhimdir. Bunda kichik va
o’rta korxonalar ibtidoiy, eskirgan asosda emas, balki sifatli va zamonaviy texnika negizida barpo
etilishi kerakligi barchaga ma’lum. Buning uchun ularni rivojlantirishning yangi manbalari ham
chet el investistiyalarini keng jalb qilish hisobiga, ham kichik manbalar, bank kreditlar hisobiga
doimo rivojlantirilib borishi darkor.
Xulosa.O’zbekistonda islohot yillarida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga yordam
beradigan huquqiy shart-sharoitlar va institustional to’zilmalar vujudga keltirildi. Bo’lar – tovar
ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, «Madad» sug’urta agentligidir.
Shuningdek, konsalting, injiniring hamda lizing firma va kompaniyalar, biznes-inkubatorlar
tarmog’i mavjud. Eng asosiysi, kichik va o’rta korxonalar hozirning o’zidayok katta iqtisodiy
kuchga aylandi. Muhimi – kichik va o’rta korxonalar iqtisodiyotning hamma sohalarida tashqil
etilmokda. Qishloq xo’jaligi sohasiga ham uning keng kirib borayotganligi diqqatga sazovordir.
20 mingdan ortik dehkon (fermer) xo’jaligi tashqil etilganini aytib o’tishning o’zi kifoya.
Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish hisobiga aholining bo’sh turgan mablag’lari aylanishga
jalb etiladi. Bu ayni chog’da iqtisodiyotni hal qilishga barqarorlashtirish sohasidagi muhim
vazifani hal qilishga pul muomalasini, milliy valyutani mustahkamlashga yordam beradi. Eng
asosiysi – akstiyalashtirish, fond bozorida qatnashish orqali aholida qimmatli qog’ozlarning egasi
bo’lishiga kizikish, ular bilan muomala qilish ko’nikmalari va madaniyati paydo bo’ladi. Muhimi,
ular shunchaki akstiyalarning egasi bo’lganlik uchungina emas, balki molmulk bir qismining real
mulkdorlari hisoblanganliklari hamda mulkdorlar sifatida korxonaning ishlab chiqarish va
moliyaviy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish huquqiga ega bo’lganliklari uchun ham akstiyadorlar deb
atalishi darkor. Odamlar qimmatli qog’ozlarni sotib olishga qodir bo’lganlaridagina mulkdorlar
sinfi amalda vujudga keladi. Respublikada qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish buyicha
qo’yilgan maqsadlarga qimmatli qog’ozlar ikqilamchi bozorini jadal shakllantirgan, bizning
bozorimiz halqaro fond va valyuta bozorlariga chiqqan hamda qo’shilib ketgan taqdirdagina
chinakamiga erishish mumkin. Mulkdorlar qatlamini shakllantirishning ijtimoiy ahamiyati ham
bekiyosdir. Ma’lumki, iqtisodiy o’sish bozor munosabatlariga o’tishning muhim tamoyillaridan
biri - kuchli ijtimoiy siyosat yurg’izish imkoniyatini berdi. Natijada mamlakatimizda ommaviy
lyumpenlashuvning, ko’pchilikning pauperizm botkog’iga botib ketishining oldi olindi.
O’zbekiston Respublikasining hozirgi byudjet tizimi davlat byudjeti, Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti, shuningdek, viloyat, tuman, shahar, byudjetlarini o’z ichiga oladigan
mahalliy byudjetlarning majmuidan iborat. O’zb. Res byudjeti Oliy Majlisi tomonidan,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1442
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Jukorgi Kengesi tomonidan, qonun tarzida tasdiklanadi,
mahalliy byudjetlar halq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan tasdiklanadi. Soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha byudjet daromadlari qismining ijrosini nazorat qilishni davlat
soliq organlari ta’minlaydilar.Byudjetni bajarish jarayonida O’zb.Res. Vazirlar Mahkamasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xokimliklar o’zlariga berilgan vakolatlar
doirasida respublika va tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlar va harajatlar qismlariga
o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Barcha darajadagi byudjetlarning muvozanatlangan bo’lishi
byudjet-moliya siyosatining zarur sharti hisoblanadi. Mamlakatda hamma darajadagi
byudjetlarning kassa ijrosini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalari va tijorat
banklari orqali amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 13
dekabrdagi qaroriga ko’ra 1995 yildan respublikaning umumiy byudjetiga amaldagi qonunlarga
muvofiq tashqil etiladigan byudjetdan tashqari jamg’armalar: ijtimoiy sug’urta jamg’armasi,
bandlikka yordam jamg’armasi, kasaba uyushmalari Federastiyasi Kengashi jamg’armasi, yo’l
jamg’armasi, O’zbekiston Davlat jamgarmasi, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining
maxsus jamg’armalari ham qo’shiladi. O’zbekistonning barcha mintaqalarida 790dan ortiq
filiallarga ega bo’lgan 40 akstiyadorlik-tijorat, shuningdek xususiy kapital asosida tashqil etilgan
banklar faoliyat ko’rsatadi. Respublikada xususiy banklar ham paydo bo’ldi. Ularning faoliyati
uchun huquqiy bazani rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi «Xususiy
tijorat binklarini tashqil qilishni ragbatlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» Farmoni muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. 1998 yilda «Umarbank», «Olimbank», «Alp Jamol», «Turkiston»,
«Istiqlol», «O’ktambank» xususiy banklari ishladi. Chet el banklari, ularning shu’ba banklari va
filiallarini ochish O’zbekiston moliya tizimini rivojlantirishda juda muhim yo’nalish hisoblanadi.
Hozir Respublikada O’zbekiston – Gollandiya «O’zprivatbank», O’zbekiston – Turkiya
«O’Tbank», O’zbekiston-Koreya «O’zDEUbank» va boshqa qo’shma banklar faoliyat ko’rsatadi.
11 ta chet el banki Toshkentda o’z vakolatxonalarini ochgan. Bo’lar qatorida Hindiston Davlat
banki, Doyche Bank, Berliner Bank, Meybank, Kredit Suiss (Shveystariya), «Rossiyskiy kredit»
va «Sakurabank LTD» (Yaponiya) banklari bor. O’zbekistonda milliy moliya bozorining
shakllanishi iqtisodiyotning bozor munosabatlarisha o’tish zarurati bilan belgilanadi. Moliyaviy
mablag’larni tarmoklariaro yo’naltiruvchi tijorat banklari va boshqa moliyaviy vositalarni o’z
ichiga oluvchi moliya institutlari majmuasi respublika moliya bozorini tashqil etadi. Shu
munosabat bilan turli sug’urta kompaniyalari, fond birjalari va boshqa moliyaviy vositachilar
tashqil etilmoqda, tijorat banklarining soni ko’paymoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda
agrar munosabatlarning yangi tipi yaratildi. Agar munosabatlar davlatning erga mulkchilik
munosabatlar va erda xo’jalik yuritish usullarini takomillashtirishga qaratilgan chora – tadbirlari
majmuidir. O’zbekistonda bozor tizimini yaratishga qaratilgan yangi agrar munosabatlar davlat va
jamoat xo’jalik erining bir qismi (jami 500 ming) aholiga tomorqa tarzida foydalanish uchun
berildi. Natijada 1998 yilda aholining tomorq xo’jaligida er 640 mingdan oshib ketdi. Yangi agrar
munosabatlarning ikkichi yo’nalish – bu qishloqni fermerlashtirish, ya’ni davlat va jamoa
xo’jalikdari o’rniga dexqon va fermer xo’jaliklarini tashqil etishdan iborat. Erga davlat mulki
saqlangan holda er xo’jalik yuritish merosga o’tish sharti bilan dexqonlarga berildi. 1998 yilda
jami 20 mingdan ziyod dexqon va ferer xo’jaligi ishladi. Agrar munosabatlarning uchinchi
yo’nalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa xo’jaliklarda. Birinchidan, inson huquqlari sohasida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1443
Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, inson huquqlarini ximoya qiladigan muassasalarning yaxlit
tizimini barpo etish. Ikkinchidan inson huquqlari sohasidagi asosiy halqaro shartnomalarga
qo’shilishga doir ishlarni davom ettirish kerak. Uchinchidan, fuqarolarning ijroiya organlariga
murojaatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, fuqarolarning shikoyatlarini o’z vaqtida va
odilona qurib chiqish uchun, davlat organlari mas’uliyatini oshirish maqsadida «Davlat organlari
tomonidan fuqarolarning shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish tartibi to’g’risida» qonun qabul
qilish zarur.
REFERENCES
1.
George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill 2010. — P. 207
2.
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi-464. Toshkent-2022.
3.
Zaitov E.X., Jiyanmuratova G.Sh., Nurqulov B.G., Ilhomov U.U.
. – Toshkent: Zuxro baraka biznes, 2024. – 180 b. /
4.
ДЗИЯНМУРAТОВA Г. Ш. ИССЛЕДОВАНИЯ ИЗБИРАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ В
НАЧАЛЬНЫХ ЭТАПАХ СТАНОВЛЕНИЯ ЭЛЕКТОРАЛЬНОЙ СОЦИОЛОГИИ
//THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная
наука. – №. 12. – С. 670-672.
5.
Sherbutayevna J. G. YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGI DAVLAT SIYOSATINING
USTUVOR YO ‘NALISHI SIFATIDA //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY
MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т.
1. – №. 1.
6.
Jiyanmuratova G.Sh. Elektоrаl sоtsiоlоgiyа zаmоnаviy sоtsiоlоgiyаning yо‘nаlishi
sifаtidа.
Gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari. Xalqaro ilmiy-
amaliy onlayn konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2023-yil 27-aprel. – B. 549-552.
https:AAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:VaXvl8Fpj5c
C
7.
Jiyanmuratova G.Sh.
The Issue Of Youth Trust In Political Institutions In Sociology.
Sotsiologiya
va
huquq.
2024.
2-jild
№3/1/1.
–
B.
58-65.
8.
Gulnоz J., Bunyоd N. YОSHLАR IJTIMОIY-SIYОSIY FАОLLIGINI ОSHIRISH–
USTUVОR VАZIFА //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA
JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
9.
Sherbutayevna J. G. et al. YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH–
DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR VAZIFASI //ZAMONAVIY DUNYONING
IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. –
2024. – Т. 1. – №. 1.
