2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
366
ESKI O
‘
ZBEK ADABIY TILIDAGI VAQT KONSEPTINI IFODALOVCHI
LEKSEMALAR TARAQQIYOTI
Mamarajabova Iroda
ToshDO‘TAU mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11110841
Annotatsiya.
Maqolada vaqt konsepti kishilik jamiyati tarixidagi eng qadimgi
madaniy kodlardan biri sifatida qayd etilib, uning shakllanishidagi omillar
keltirilgan. Har bir tilda vaqt konseptini ifodalovchi lingvistik vositalarning
mavjudligi ta'kidlangan, o‘zbek tilidagi vaqt konseptli leksik vositalarning struktur-
semantik taraqqiyoti, hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati yoritilgan. Vaqt
konseptli ayrim leksemalar o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti davomida shakliy va
mazmun jihatidan o‘zgarishlarga uchragan. Eski o‘zbek adabiy tilida vaqt konseptli
o‘zlashma leksemalar faol qo‘llangan. Forscha-arabcha o‘zlashmalardan ichki
imkoniyatlar asosida vaqt konseptini ifodalovchi yasalmalar yuzaga kelgan. Eski
o‘zbek adabiy tili davridagi vaqt konsepli leksemalarning aksariyati hozirgi o‘zbe k
adabiy tilida qo‘llanadi.
Kalit so‘zlar:
kognitiv lingvistika, konsept, vaqt konsepti, madaniy kod, tarixiy
taraqqiyot, diniy omil, madaniy omil.
Abstract.
The article notes the concept of time as one of the oldest cultural
codes in the history of human society, and provides the factors of its formation. The
peculiarities of linguistic means expressing the concept of time in each language are
emphasized, the structural and semantic development of lexical means with the
concept of time in the Uzbek language, and their connection with the modern Uzbek
literary language are highlighted. During the historical development of the Uzbek
language, some lexemes with the concept of time have undergone changes in form
and content. In the old Uzbek literary language, borrowed lexemes with the concept
of time were actively used. As a result of Perso-Arabic assimilations based on
internal possibilities, derivative words were created representing the concept of
"time". Most lexemes with the concept of time from the period of the old Uzbek
literary language are used in the modern Uzbek literary language.
Key words:
cognitive linguistics, concept, concept time, cultural code,
historical development, religious factor, cultural factor.
Kognitiv lingvistikada vaqtning harakat metaforalari o‘rganilgan. Dastlabki
ishlar, shu jumladan Klark (1973), Lakoff va Jonson (1980) vaqtni harakatlanuvchi
obyekt metaforasi sifatida aniqlash uchun asos yaratdi, keyinchalik harakatlanuvchi
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
367
odamlarga (klassik misol, biz Rojdestvoga yaqinlashamiz) va harakat qilish vaqtiga
(Rojdestvo yaqinlashmoqda) bo‘lindi. Bu farq bizning vaqtni kelajakdan bizga
qarab, so‘ngra bizdan o‘tmishga (harakatlanuvchi vaqt) harakatlanuvchi obyekt
sifatida yoki biz o‘tmishdan kelajakka o‘tadigan narsa sifatida massa yoki yo‘l
sifatida idrok etish qobiliyatini aks ettiradi (o‘z-o‘zidan harakatlanadi) [Chugunova,
2009:23]. Tadqiqotlarda tilning makon va zamon tushunchalarini ifodalash
xususiyatlari yoritilgan [Karasik, 2013]. O‘zbek tilshunosligida vaqt semali birliklar
M.Hakimova tomonidan tahlil qilingan [Hakimova,2004]. Vaqt ma’noli abstrakt
nomlar o‘rganilgan [Hakimova, 2019].
Kognitiv tilshunoslikda metafora va metonimiya nazariyasi asosan
odamlarning kundalik hayotda metafora va metonimiya haqidagi fikrlash tarzini
tahlil qiladi. Vaqt dunyo va hayotdagi turli hodisalar mavjudligining uzluksiz ketma-
ketligini, taraqqiyot va ketma-ketlikni ifodalovchi, o‘tmishdan kelib chiqib, hozirgi
zamondan o‘tib, zamonga yo‘naltirilgan qaytarilmas ketma-ketlikdir.
Turli o‘lchamdagi tarkibiy miqdor sifatida vaqt hodisalar ketma-ketligini,
davomiyligini va ular orasidagi intervallarni tasvirlash uchun ishlatiladi, ayniqsa,
vaqt tushunchasi material miqdorini o‘lchashda alohida ahamiyatga ega. Vaqt bu
uch o‘lchovli bo‘shliq, uzunlik, kenglik va balandlik, fazo esa to‘rtinchi o‘lchov deb
ataladi. Fizika va boshqa fanlarda vaqt asosiy o‘lchovdir, ya’ni u boshqa o‘lchovlar
bilan ifodalanmaydi, chunki boshqalar tezlik va kuch kabi fundamental o‘lchovlar
bilan ifodalanadi (xususan, bu holda, keyingi asosiy o‘lchovlar vaqt va makon deb
ataladi). Fanda zarur va mumkin bo‘lgan operativ ta'rifdan foydalaniladi o‘lchash
uchun ishlatiladigan va tanlangan o‘lchov birligiga ega bo‘lgan vaqt. Faylasuflar
orasida vaqt haqidagi ikki xil qarash mavjud.
Birinchisiga ko‘ra, vaqt koinot tuzilishining asosiy qismi, hodisalar ketma-
ketligining o‘lchovidir. Bu Isaak Nyuton realistik nuqtai nazari, shuning uchun u
Nyuton vaqti deb ham ataladi. Qarama-qarshi nuqtai nazarga ko‘ra, vaqt aqliy
tuzilmaning asosiy qismidir (fazo va raqamlar bilan birga), uning yordamida
odamlar hodisalarni tartibga soladi va taqqoslaydi. Gotfrid Leybnits va Immanuil
Kant an'anasi bo‘lgan bu ikkinchi qarashga ko‘ra, vaqt o‘tuvchi, oqayotgan
substansiyaga tegishli emas yoki hodisalar uchun idish bo‘la oladi va o‘zini o‘lchab
bo‘lmaydi. Texnologlar va olimlar davriy vaqtni o‘lchash bilan shug‘ullanishgan va
astronomiya asosiy tadqiqot obyekti bo‘lgan. Davriy hodisalar va davriy harakatlar
uzoq vaqtdan beri standart vaqt birliklari sifatida ishlatilgan.
Vaqt insoniyat tarixidagi madaniy kodlardan biri bo‘lib, uning shakllanishi,
kishilik jamiyati ongida yuzaga kelishi lisoniy ong shakllangan eng qadimgi
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
368
davrlarga borib taqaladi. Vaqt masalasiga doir tadqiqotlar, falsafa, mantiq ilmiga oid
izlanishlarni tahlil qilish natijasida vaqt konseptining shakllanishidagi quyidagi
omillarni ajratdik:
1.
Diniy omil.
Insoniyat tarixining ilk bosqichlaridayoq vaqtni yuzaga kelishi,
baholanishi, uning ko‘rinishlarini tahlil qilish ilohiylashtirilgan. Sharq ilmida vaqt
talqinlarining ilmiy asoslari va amaliy tahlillari Qur’on oyatlarida ko‘zga tashlanadi.
G‘arb ilmi vaqtni ilohiylashtirib, alohida ma'budlarga bog‘lagan.
2.
Dunyoviy omil.
Tabiat fanlari, fizika, aniq fanlarning rivojlanishi vaqtning
analizi, sintezi, vaqt me'yorlari, vaqt o‘lchamlari va vaqtni bildiruvchi o‘lchov
so‘zlarining shakllanishiga zamin yaratdi. Vaqtni osmon jismlari harakatiga
bog‘lash astronomiya ilmining shakllanishiga zamin yaratdi. Burjlar, quyosh, oy
kalendarlari haqidagi qarashlar yuzaga keldi. Bu jarayon til birliklarida hozir ham
saqlanib qolgan bo‘lib, oy holatiga asoslangan nomlarda ham burjlar nomlanishida
ko‘zga tashlanadi. Vaqtning siklli, chiziqli ko‘rinishlariga doir fikrlar aynan shu
omilga asoslangan.
3.
Makon va vaqt birligi omili.
Makon hamda vaqt yaxlitlikda olib qaralgan
va hamma narsaning mavjudligi uchun asos sifatida tavsiflangan. Narsa-buyumlar
makonda o‘z shakl va sifatlarini namoyon qiladi, hodisalar esa vaqt ichida sodir
bo‘ladi, davom etadi. eng qadimgi falsafiy an'analarga ko‘ra makon va vaqt bir-
biriga uzviy bog‘liq ikki dunyo sifatida qaraladi. Tadqiqotlarda odamlarning
aksariyat hollarda vaqtni makon tajribasi orqali tushunishlari qayd etilgan.
4.
Madaniy omil.
Vaqt mavhum hodisa bo‘lib, uni xalqlar turlicha
reallashtirishga harakat qilganlar. Vaqtning aniq narsa-buyum, voqea-hodisa,
kuzatish mumkin bo‘lgan jarayonga qiyoslanishi barcha xalqlarda kuzatiladi va shu
jihatdan universallik hosil qiladi. Ammo qaysi narsa-buyum, tabiat hodisasi yoki
ashyoga qiyoslash, tasavvur qilish madaniyatlarning o‘ziga xos yondashuvini va
bahosini belgilaydi.
5.
Shaxs omili.
Inson vaqtni tasavvur qilar va baholar ekan, uni o‘ziga xos
tarzda idrok qiladi va baholaydi. Vaqt konsepti shakllanishidagi shaxs omili buyuk
mutafakkirlar ijodi, bahosi, hikmatli so‘zlarida o‘z ifodasini topadi. Bu omila
bevosita madaniyat omiliga bog‘liq, lekin shaxs idroki, tafakkur darajasi,
dunyoqarashi jihatidan farqli belgilarni hosil qiladi.
Vaqt konsepti har bir tilning o‘ziga xos lingvistik vositalari bilan ifoda etiladi.
Shulardan eng faoli leksik vositalardir. Xususan, ozbek tilida vaqt konseptini
ifodalovchi 300ga yaqin leksik birlik mavjud bolib, ular tilning taraqqiyot
bosqichlariga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
369
Eski o‘zbek adabiy tilidagi
vaqtsïz
“bevaqt, bemavrid”,
vaqtxüš “
xursandlik,
xushvaqt”,
dahr
“zamon, davr; dunyo, olam”,
zamonlıγ
“paytlik, fursatlik”,
čarx
“davr, zamon”,
abad “
cheksizlik, davomiylik, nihoyasizlik, so‘nggi yo‘q zamon,
yo‘qlik”
barmahal
“barvaqt, o‘z vaqtida, tez”,
čoq// čoğ “
davr, zamon; vaqt, fursat,
dam”,
abušqa
“qariya, keksa”,
sobiqan
“ilgari, burun”,
bargrez
“qarilik,
fartut
qari,
juda qari,
abob
yoshlik, yigitlik, abobiy yoshlikka xos,
š
ayba qarilik, keksalik,
ab
kecha, tun,
abiston
kecha qorong‘uligi, qorong‘u tun,
abona
kechasi, kechalik,
zuhr
kunning o‘rta vaqti,
zuhur
namoyon bo‘lish, paydo bo‘lish,
o
‘
liq vaqti
g‘alla (oshliq)
yig‘ini davri,
zavol vaqti
kunning botish payti,
arqun
chegarasi aniq zamon,
kelgu
kelasi zamon,
kelig
kelasi zamon,
tun aqom
kechqurun,
tunakun
o‘tgan kuni,
govgum
namozi digar va namozi shom orasidagi vaqt,
subh
tong, tong payti,
subhgah//subhgoh
subh payti, tong chog‘i, tongotar payti,
subh savbi
tong to‘ni,
tongning qoramtir pardasi, tong otish payti,
subh jöybari
tong daryosi; yorug‘liq:
subhhez
tong, yorug‘lik keltiruvchi; quyosh, oftob,
falaq
tong yorug‘ligi, subhidam,
abado
doimo, hamisha,
avvalan
“
birinchidan, dastlab, boshdan, avvalda, dastlabki
vaqtda:
, avvalin
oldingi, avvalin va oxirgi-oldingi va so‘nggi; boshlanish va
tugallanish
, avvaliyat
ilgarilik, birinchilik; azaliy borliq”:
, sobiqan
“ilgari, burun”:
,
bamdadan
“tong, ertalab, sahar”,
taηla
“toηda, ertalab; ertaga”
, taηlağı
“ertangi”
,
taηlalıq
“ertalik, ertangi kunga tegishli”,
odina
”juma kuni”
leksik birliklari hozirgi
kunga kelib arxaiklashgan.
“Vaqt”
konseptini ifodalovchi
avvalaqam
kechqurun, tun boshlanish payti,
zulhijja
hijriy yilning o‘n ikkinchi oyi,
a:bon
hijriy yilning sakkizinchi oyi,
zulqa:da
hijriy yil hisobidagi o‘n birinchi oy,
daha
bir daha-o‘n kun (dekada) kabi leksik
birliklar hozirda so‘zlashuv nutqi va ayrim shevalarda qo‘llanadi.
Doimği//doyimği,
“doimgi”,
haftaliq
“yetti kunlik muddat” kabi leksemalar
fonetik, morfonolik o‘zgarishlar bilan ishlatiladi.
Semantik: vaqt, vaqtlïğ
“muddatlik, paytlik, fursatlik, ko‘p yillik”
, kechalik
“bir
kunlik muddat”ni
Paškol
“yomg‘ir mavsumi”
pos
kechaning bir qismi kechaning sakkizdan biri
Pahr
bir kecha kunduzning sakkizdan biri, uch soatli vaqt,
Giriy/gari
22 minut 10
sekundga teng keladigan vaqt o‘lchovi
Davr, davron zamona
falak, taqdir”:
abadiy
“doimiy, hamishalik”:
doimiy
–
bardavom
“doimiy, doimo;
barqaror
“turg‘un, qat’iy, qaror topgan; doimiy”:
bevaqt
“bemahal, bemavrid”
chilla:
“qirq kunlik muddat”ni bildiradi:
sobit “
sobit,
barqaror”:
muhlat
“muhlat, fursat”,
avval
“birinchi, ilk, boshlang‘ich, ibtido, bosh”
,
avvalgi barvaqt
“erta”:
soat
arabcha “o‘lchovli, 60 daqiqalik vaqt”,
hafta
,
toη tun
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
370
“kecha”
ibtido
“boshlanish”,
lahza
“dam”, “qisqa muddat”
charx
“aylanish”,
“davr”:
kecha “
kechqurun, tun”,
azal, azaliy, qadim, qadimiy
leksemalari hozirda
aynan qo‘llanadi.
Eski o‘zbek adabiy tilidagi “vaqt” konseptli leksemalarning hozirgi o‘zbek tiliga
munosabati
Eski o‘zbek
tildagi
leksemalar
Arxaiklashg
an
leksemalar
Fonetik
o‘zgarishga
uchragan
Semantik
o‘zgarishga
uchragan
Ayni shakl va
ma’nolarda
qo‘llanadigan
83
53
3
3
24
Davr
falak, taqdir”:
abadiy
“doimiy, hamishalik”:
doimiy
–
bardavom
“doimiy,
doimo;
barqaror
“turg‘un, qat’iy, qaror topgan; doimiy”:
bevaqt
“bemahal,
bemavrid”
chilla:
“qirq kunlik muddat”ni bildiradi:
sobit “
sobit, barqaror”:
muhlat
“muhlat, fursat”,
avval
“birinchi, ilk, boshlang‘ich, ibtido, bosh”
, avvalgi barvaqt
“erta”:
soat
arabcha “o‘lchovli, 60 daqiqalik vaqt”,
hafta
,
toη tun
“kecha”
ibtido
“boshlanish”,
lahza
“dam”, “qisqa muddat”
charx
“aylanish, davr:
kecha
“
kechqurun, tun”,
azal, azaliy, qadim, qadimiy
leksemalari hozirda aynan
qo‘llanadi.
Eski o‘zbek tilidagi
avvalaqšam, daha
leksemalari Samarqand, Qashqadaryo
qipchoq guruhi shevalarida faoldir.
Eski o‘zbek adabiy tilida faol qo‘llangan “vaqt” konseptli leksemalar
XVII – XIX asr manbalarida ham kuzatiladi:
Čarx
“aylanish”, “davr”:
Rutbayi johi charxdin ötubon
,
öylakim, mehri sarbaland bölur
[Ogahiy, 2019:27].
Eski o‘zbek adabiy tilidagi “vaqt” konseptli ayrim leksemalar hozirgi o‘zbek
tilida semantik jihatdan farqli ravishda qo‘llanadi. Masalan,
vaqt
leksemasi
“zamon,
davr; payt, umr, fursat” ma'nolarida faol qo‘llangani kuzatildi. Bu leksema quyidagi
ma'nolarda qo‘llangan: 1) “muddat” ma'nosini ifodalagan:
Bir lahza ötgandin söηra
xud söz ayturning vaqti ötti
(Xamsatul-mutahayyirin, 155-24);
2) “umr” ma’nosida kelgan:
Navoiy, vaqtni toatqa yo išratqa sarf etkim,
Soğinsam örtanurman tiyra ötkargan zamonimdin
(Xazoyinul-maoniy, 1b-
511);
3) “muddat, muayyan vaqt” ma'nosini anglatgan:
Har kun iki vaqt edi yiğilmoq
(Layli va Majnun, 94b7); 4) “fasl, mavsum” ma'nosida kelgan:
To qišda sovuğ tabğa matlub bölğay,
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
371
To ayš sovuğ vaqtda marğub ölgay
(Hayratul-abror, 190-15) [Navoiy,
1983:368].
Eski o‘zbek adabiy tilidagi “vaqt” konseptli leksemalarning hozirgi o‘zbek
tiliga munosabati
Eski o‘zbek
tildagi
leksemalar
Arxaiklashg
an
leksemalar
Fonetik
o‘zgarishga
uchragan
Semantik
o‘zgarishga
uchragan
Ayni shakl va
ma’nolarda
qo‘llanadigan
83
53
3
3
24
Vaqt
hozirgi o‘zbek adabiy tilida quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi (O‘TIL, 1,
448).
Vaqt
temporal leksemasining semantik doirasi hozirgi o‘zbek adabiy tiliga
kelib kengaygani kuzatiladi. Bu esa leksemaning ma'lum muddatlardan so‘ng
lesemalarning, xususan, o‘zlashma leksemalarning yangi ma'no hosil qila borishini
ko‘rsatadi. O‘z navbatida ayrim semalarning iste'moldan chiqishi yoki kam
kuzatilishini ham ko‘rsatadi. Eski o‘zbek adabiy tili davrida
vaqt
leksemasining
“umr” semasi hozirda kam ishlatiladi.
Eski o‘zbek adabiy tilida
vaqt
leksemasidan yasalgan
vaqtlïğ, vaqtsïz- vaqtxush
lug‘aviy
birliklari “vaqt” konseptining turli qirralarini ifodalashga xizmat qilgan:
Vaqtlïğ
“muddatlik, paytlik, fursatlik, ko‘p yillik” ma'nolarida qo‘llangan:
Bu
faqirning muncha vaqtlïğ sa’y va emgagini va uzun yillar tortgan riyozatingni nafsi
šum havosi va fe’li mazmum muqtazosi bila zoe qilding
(Munshaot, 155).
Vaqtsiz
“bevaqt, bemavrid” ma'nosini ifodalagan: [Riyokor mashoyixlar]
mahalsiz sayhasi bağoyat sovuq, andoqki vaqtsiz un tortqan tovuq
(Xamsatul-
mutahayyirin, 699).[Navoiy,1983:368].
“Xursandlik, vaqtixush, vaqtichog‘, xushvaqt” ma’nosi
vaqtxush
leksik
vositasi orqali ifodalangan:
Shayx bir bayt öquğach imomqa vaqtxush bölib, vajd
yuzlanib simo turdi
(Xamsatul-mutahayyirin, 699) [Navoiy, 1983: 368].
Eski turkiy til davrida “vaqt” ifodalovchi so‘zlarning aksariyati turkiy qatlamga
oid bo‘lib, bu davr manbalarida ayrim arabcha so‘zlarning uchrashi shu tilga doir
o‘zlashma qatlamning kirib kelish jarayoni haqida ma’lumot beradi.
“Vaqt” konseptini ifodalovchi forscha-tojikcha so‘zlarning eski turkiy til
davrida faol emasligi kuzatildi. Eroniy xalqlar turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi
bilan yonma-yon yashagan bo‘lsa-da, bu tilga oid xususiyatlar o‘zbek tilida ko‘p
uchrashiga qaramasdan, “vaqt” konseptini ifodalovchi forscha-tojikcha so‘zlar,
deyarli uchramaydi. Buni turkiy leksemalarning eski turkiy til davrida faolligi bilan
izohlash mumkin.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
372
Eski o‘zbek tili davrida forscha-tojikcha so‘zlar bilan bir qatorda arabcha
so‘zlarning faol qo‘llanishi, turkiy leksemalarning kam iste’molda bo‘lganligi
kuzatildi. Bu holat eski o‘zbek adabiy tili davriga kelib o‘zlashma so‘zlarning
o‘zbek tili lug‘at boyligidan keng o‘rin olganligini ko‘rsatadi.
Eski o‘zbek tili davrida “vaqt” bildiruvchi turkiy so‘zlar iste’moldan chiqa
boshlagan. Bu xususiyat XX asarlar boshlariga qadar bo‘lgan manbalarda aks etgan.
XX asr boshlarida rus tili orqali rus va rus-baynalmilal so‘zlari kirib kelgan.
Turkiy oy nomlari, ayrim arabcha nomlar shevalarda saqlanib qolgan.
“Vaqt” konsepti leksik-grammatik sathda otlar, olmoshlar, fe’llar, ravishlar,
modal so‘zlar, bog‘lovchilar, ko‘makchilar, yuklamalar orqali ifodalangan. Undov
va taqlid so‘zlar “vaqt” konseptini turli struktur-semantik xususiyatlar orqali aks
ettiradi.
Tarixiy “vaqt” semali birliklarning turkumlar aro tadqiqi dastlab, payt otlari,
ravish so‘z turkumi, keyin sifat va yordamchilar hamda fe’l so‘z turkumlarida faol
kuzatilishi aniqlandi.
“Vaqt” leksemasining semalarini “narsa”, “harakat”, “davomiylik”,
“o‘lchanuvchan”, “ketma-ketlik”, “fasl, kunlardagi almashinuv” kabilar tashkil
etadi.
Vaqt ma’noli temporal maydon birliklarining har biri turli darajalarda matn
shakllantirish imkoniyatlariga ega.
Payt-zamon ma’nosini ifodalovchi vositalar bir necha funksiyalari bilan matn
shakllanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Matndagi vaqt kontiniumi – voqea-
hodisalarning izchil, xronologik ketma-ketligini bildiradi; matndagi voqealarning
vaqtini bildiradi: fe’l zamon formalari voqea-hodisalarning umumiy o‘tgan, hozirgi,
kelasi zamonga tegishliligini anglatsa, “vaqt” ma’noli leksemalar aniq muddatni
belgilaydi. Fe’lning zamon shakllari ko‘chma ma’noda qo‘llanganda, atov gapli
matn turlarida “zamon” tushunchasi vaqt ifodalovchi leksik birliklar orqali
anglashiladi.
“Vaqt” semasining tarixiy ko‘rinishlarini o‘rganish orqali, turkiy til
taraqqiyotining turli davrlaridagi til aspektlarining bir -biriga munosabati, fonetik
farq va o‘zgaruvchanlik, leksemalarnig ma’no kengayishi va torayishi,
leksemalarning morfemik qayta tuzilishga ta’siri, “vaqt” semali birliklarning
paradigma hosil qilshi va morfemik bo‘linishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. I жилд. – Тошкент,
1983.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
373
Карасик В. И. Языковая матрица культуры / Науч. -исслед. лаб. «Аксиол.
лингвистика». – М.: Гнозис, 2013. – 319 с.
2.Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Гулшани давлат. –Тошкент,
2019.
3. Чугунова С.А. Экспериментальное исследование концептуализации
времени с позиций корпореального подхода. –М., 2009.
4.Ҳакимова М. Ўзбек тилида вақт маъноли луғавий бирликлар ва
уларнинг матн шакллантириш имкониятлари. Филол. фан. номз. …д и с с. –
Фарғона, 2004. – 136 б.
5.Ҳакимова М. Ўзбек тилида абстракт номлар семантикаси. Филол. фан.
док.-ри (DSc), д и с с. – Тошкент, 2019. – 230 б.
6. Ахтамова Х. Пайт муносабатини ифодаловчи кўмакчили формалар //
Ўзбек тили ва адабиёти. —Тошкент, 1988. — №. — Б. 47- 51; Ҳакимова М.
Ўзбек тилида вақт маъноли луғавий бирликлар ва уларнинг матн
шакллантириш имкониятлари. Филол. фан. номз...дисс.— Фарғона, 2004. —
136 б.
7.Sayfullayeva va b. Hozirgi ozbek adabiy tili. —Toshkent, 2010; Эрматов
Ф. Хронология ва метрология. —Термиз, 2017;Давлатова Р. Ўзбек тилининг
дейктик бирликлари. Филол. фан. д-ри (DSc) ...дисс. автореф. —Тошкент,
2020. —71 б.; Болтақулова Г. Инглиз ва ўзбек тилларида темпораллик ва унинг
дейктик хусусиятларининг қиёсий-функционал тадқиқи. Филол. фан. б.
фалс.д-ри (PhD)...дисс. автореф. —Тошкент, 2019. —22 б.
8. Аюпова С.Б. Категории пространства и времени в языковой
художественной картине мира (на материале художемтвенной прозы
И.С.Тургенева). Автореф. дисс…д-ра филол. наук.—Уфа, 2012. —С.34.
9. Морковкин В.В. Словарь структурных слов русского языка (в
соавторстве). — М., 1997.Словарь сочетаемости слов русского языка (в
соавторстве). 3 издания, 2002.
10. Кошевая Инна Георгиевна. Проблемы языкознания и теории
английского языка. Грамматический строй современного английского языка.
Теоретический курс. – М.: Либрокомг. 2019. – С. 178
