ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1299
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHNING
IQTISODIY ASOSI
Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich
iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Nukus Innovatsion instituti Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligi,
Jusupova Anjim Tansiqbaevna
Nukus Innovatsion instituti “Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistent oʻqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11095991
Annotatsiya.
Maqolada tadbirkorlikning aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyotni
barqaror rivojlanishida tutgan oʻrni va ahamiyati oʻrganilgan. Respublikada soʻngi yillarda
iqtisodiyotning ushbu sektorini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasi tahlil
qilinib, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay biznes muhitini yaratishga qaratilgan
amaliy tavsiyalar taklif qilingan.
Tayanch soʻzlar:
xususiy tadbirkorlik, bandlik, yalpi ichki mahsulot, mehnat resurslari,
biznes yuritish, kichik korxona va mikrofirmalar.
ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT ECONOMIC BASIS FOR
PROVIDING EMPLOYMENT
Abstract.
The role and importance of entrepreneurship in ensuring population employment
and sustainable economic development is studied in the article. The results of the work carried out
on the development of this sector of the economy in the Republic in recent years were analyzed,
and practical recommendations aimed at creating a more favorable business environment for
entrepreneurship were proposed.
Key words:
private entrepreneurship, employment, gross domestic product, labor
resources, business management, small enterprise and micro-enterprises.
РАЗВИТИЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ОСНОВА
ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ
Аннотация.
В статье рассматривается роль и значение в обеспечении занятости
и устойчивого экономического развития. Проанализированы результаты осуществленных
работ по развитию этого сектора экономики за последние годы и предложены
практические рекомендации, направленные на создание более благоприятной бизнессреды
для деятельности.
Ключевые слова:
частное предпринимательство, занятость населения,
валовой внутренний продукт, трудовые ресурсы, бизнессреда, малые предприятия и
микрофирмы.
Kirish.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim omil sifatida iqtisodiyotning
samarali rivojlanishi va mehnatga layoqatli aholining bandligini ta’minlashda - Tadbirkorlik
muhim
ahamiyatga ega. Jahonda aksariyat korxonalar kichik hajmga ega boʻlib, Bugungi
kunda 164ta mamlakat Jahon savdo tashkilotiga aʻzo hisoblanadi. Jahon savdo tashkilotining
maʻlumotlariga koʻra rivojlangan mamlakatlarda kichik va oʻrta korxonalar biznesning 98%
dan ortigʻini, ish
bilan bandlarning 6575%i va YaIMning 55%ini tashkil etadi. Shundan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1300
kelib chiqib, aytish mumkinki kichik va oʻrta korxonalar nafaqat iqtisodiyotga salmoqli
hissa qoʻshmoqda, balki iqtisodiyot va aholini ish bilan taʻminlashning asosi hisoblanadi.
Demak tadbirkorlik mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga
ega, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni ishga tushiradigan mexanizm va generatori boʻlib,
uning barqaror faoliyat olib borishini ta’minlovchi, ilgʻor yangi mahsulot va innovatsion
texnologiyalarni tatbiq etuvchi hamda oʻrta sinfni shakllantiruvchi omil hisoblanadi.
Xususan, tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy rivojlanishida va aholi bandligini
taʻminlashda quyidagi ustunliklarga ega ekanligini taʻkidlash lozim:
-mavjud imkoniyatlardan foydalanish yoʻllarini topish orqali barqaror va muttasil
iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshishi;
–yer, ishchi kuchi va sarmoya kabi resurslardan foydalanib, ularni tovarlar va
xizmatlarga aylantirgan holda YaIM va jon boshiga daromadlarni koʻpaytirishi;
–toʻgʻridantoʻgʻri va bilvosita ish oʻrinlarini yaratishi;
–kichik boshlangʻich sarmoya bilan biznesni tashkil etishi, investitsiyalarni tez
oʻzlashtirishi va yuqori samaradorlik, koʻpchilikni tadbirkorlik safiga qoʻshilishga ruhlantirish
orqali biznesning yanada rivojlanishi va aholi bandligiga koʻmaklashishi;
– mamlakat iqtisodiyotining muvozanatli rivojlanishiga
hissa
qoʻshadi,
chekka
hududlarda korxonalar tashkil qilishi, cheklangan resurslardan oqilona foydalanib, foyda olishi,
ushbu hududlarga toʻgʻridantoʻgʻri yoki bilvosita investitsiya kiritishi va ushbu mintaqaning
yanada rivojlanishiga olib kelishi;
–arzon narxlarda asosiy iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish korxonalarni tashkil etishi,
ularning turlarini kengaytirishi, innovatsion texnologiyalarni joriy
etish
orqali mahsulot
sifatini yaxshilash hisobiga aholining turmush darajasini oshirishi;
–import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar va xizmatlarni keng
miqyosda eksport qilish, mamlakatga valyuta kirib kelishiga hissa qoʻshishi orqali mamlakatning
iqtisodiy mustaqilligini taʻminlaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
O‘zbekiston hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, nazariy tahlil va monografik kuzatuvlar
asosida aholi bandligini ta’minlashda tadbirkorlik sohasini rivojlantirishning nazariy asoslarining
ayrim masalalarini yoritishga qaratilgan.
Tahlil va natijalar.
Davlatlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasidan qat’iy nazar, ularning
asosiy vazifalaridan biri – mamlakatda ishsizlikni kamaytirish va aholining barcha qatlamlari uchun
turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni yuritish orqali uzoq
muddatli inklyuziv rivojlanishni ta’minlash hisoblanadi. Bu borada turli davlatlarda amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning amaliyotga tatbiq etilishi bir-biridan farqli boʻlganligi bois
iqtisodchilar va ekspertlar orasida ularning qanchalik samaradorligi qizgʻin bahs va munozaralarga
sabab boʻladi.
Oʻzbekiston aholining ehtiyojmand va yordamga muhtoj qatlamlariga moliyaviy koʻmak
berish tizimining yaratilishi va rivojlanish dajarasi Xalqaro tajribani oʻrgangan holda hamda
mamlakatning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekistonda ham soʻnggi yillarda
aholining ehtiyojmand va yordamga muhtoj qatlamlariga moliyaviy koʻmak berish, kasbga
tayyorlash hamda tadbirkorlikka jalb qilish kabi keng qamrovli chora-tadbirlar orqali ularning
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1301
turmush farovonligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yaqin oʻtmishda mamlakatda birinchi
marta kambagʻallik mavjudligining tan olinganligi, mazkur toifadagi aholiga manzilli yordam
koʻrsatish, ularning bandligini ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi muhim
qadamlardan biri boʻldi. Bunda aholining kambagʻal qatlamining bandligini ta’minlash borasidagi
ishlar mamlakatning har bir viloyati, tumani, qishloq hamda mahallasining oʻziga xos
xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy holatini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda. Ushbu
maqsadda har bir mahallaning «oʻsish nuqtalari»ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash,
mahallalardagi xonadonlarning yer uchastkalaridan foydalanish darajasini, oilalarning daromad
manbalarini, daromadli mehnat bilan shugʻullanishga boʻlgan qiziqish yoʻnalishlarini "xonadonbay"
oʻrganish orqali ularni tadbirkorlikka jalb qilishni nazarda tutuvchi hududlarda «mahallabay» ishlash
tizimi joriy etildi [1].
Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida iqtisodiyotni
rivojlantirishning innovatsion yoʻliga oʻtishini ragʻbatlantiruvchi raqobat bozorini shakllantirish
va resurslardan samarali foydalanish, biznes yaratish, soliq toʻlash, kredit olishning oddiyligi,
mahalliy raqobatning intensivligi va ilmfanga asoslangan sohalarda bandlikni oshirishga
erishish boʻyicha choratadbirlarning amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, respublikamiz
mehnat bozorida faol va sust choratadbirlarni amalga oshirish, xususiy mulkni muhofaza
qilish, kichik va yirik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash va tezkor
rivojlantirishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish orqali aholini, ayniqsa, yoshlar, nogironlarni
munosib ish bilan taʻminlash va samarali bandlikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan qulay
shartsharoit yaratish vazifasi qoʻyilgan [2]; [6]. Shu bilan birga, respublikada tadbirkorlik
faoliyati hamda qulay biznes muhitini shakllantirishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar
tajribasini oʻrganish va tatbiq etish katta ilmiyamaliy ahamiyatga ega.
Xorijiy davlatlarda kichik biznesning yirik korporatsiyalar bilan kooperatsiyada faoliyat
yuritishi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga asos boʻlmoqda. Shuningdek, mamlakatda malakali
mehnat resurslariga talabning oshib borayotganligi hamda mehnatga layoqatli aholining katta
qismini yoshlar tashkil etishini inobatga olib, ularni zamonaviy kasblarga mos malakasini
shakllantirish, qayta tayyorlash, tadbirkorlik gʻoyalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali
bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash,
har tomonlama
qoʻllabquvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish mamlakatning
investitsion muhitining jozibadorligi, jamiyatning barcha sohalarida olib borilayotgan keng
qamrovli islohotlarning samaradorligi va natijadorligini belgilab beradi. Shu bilan birga, soʻnggi
yillarda iqtisodiyotda xotin-qizlar rolini oshirish masalasi, ularning bandligini ta’minlash maqsadida
kompleks yondashuvlar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, tarixan Oʻrta Osiyo hududlarida ayollarning asosan bola parvarishi bilan
band boʻlib qolayotganligi, ularning toʻlaqonli mehnat faoliyatini amalga oshirishga asosiy
toʻsiqlardan boʻlib kelgan. Shu munosabat bilan, birinchi navbatda, hududlarda maktabgacha taʻlim
qamrovini oshirib borish orqali ayollarga toʻlaqonli mehnat qilishi uchun sharoit yaratishga zamin
yaratilmoqda. Shuningdek, ayollar bandligini ta’minlashda faqatgina tikuvchilik, pazandachilik kabi
an’anaviy kasblar bilan cheklanib qolmasdan, ularga axborot texnologiyalari kabi zamonaviy
kasblarni oʻrgatish va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish muhim
ahamiyat kasb etadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1302
Demak xulosa qilish mumkinki, bugungi kundagi aksariyat mamlakatlarning dolzarb
muammosi bu ishsizlikdir va keng aholi tomonidan ish bilan ta’minlash masalasi afsuski,
odatda hukumatning majburiyati deb hisoblashadi. Ammo, hukumatimiz tez oʻsib borayotgan
aholining barchasini oʻzi ish bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas, balki uning asosiy
vazifasi aholi uchun biznes yuritishga qulay, keng sharoitlar yaratish, ularni tadbirkorlikka
tayyorlash va qoʻllabquvvatlashdan iborat. Agar odamlar tabiatan tadbirkorlik qobiliyatiga ega
boʻlsalar, bunga malakalari yetarli boʻlsa, ular oʻzoʻzini ish bilan taʻminlashning turli dasturlarini
amalga oshirishlari, oʻz korxonalarini ochishlari mumkin boʻladi va natijada koʻproq ish joylari
yaratiladi. Sh bilan birga, respublikada kichik biznes va mehnat bozorining institutsional muhitini
faol rivojlantirish natijasida iqtisodiyotning dinamik barqaror oʻsishi, diversifikatsiyasi va
raqobatbardoshligini hamda
aholi
bandligini ta’minlash va turmush darajasining oʻsishiga
erishilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, bunga toʻlaqonli
erishishni yuksaltirish uchun, quyidagilarni amalga oshirishimiz zarur - deb belgilab berilgan,
jumladan:
Birinchidan, tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shu yil 20
avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot doirasida, 7 ta yoʻnalish boʻyicha 60 ga
yaqin yangi tashabbus va takliflarni amalga oshirish uchun alohida Dastur qabul qilindi. Yuqorida
qayd etilishicha, biznes sohasiga imkoniyatlarni kengaytirish, soliq turlari va uning yukini
kamaytirish boʻyicha tizimli ishlar izchil davom ettiriladi. 2020 yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi
stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi. Bu – 100 ming tadbirkor ixtiyorida 10 trillion soʻm
mablagʻ qoldirishiga imkon berdi. 2023 yildan boshlab ushbu soliq stavkasi 15 foizdan 12 foizga
tushirildi. Kelgusi yili korxonalarning mol-mulk soligʻi stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytiriladi
va buning natijasida tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 500 milliard soʻm mablagʻ qoladi. Yana bir
yangilik – 2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona
koʻchmas mulk soligʻi joriy qilinishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda bank, moliya, telekommunikatsiya
kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda soligʻi stavkasi har xil boʻlib, ular amaldagi 20 foizdan 15
foizga tushiriladi va barcha tadbirkorlar uchun bir xil boʻladi [3]; [7]; [8]. Yoʻl qurilishi, issiqlik
ta’minoti, obodonlashtirish xizmatlari kabi 25 ta faoliyat turidagi monopoliyaga barham berilib, endi
bu sohalarda tadbirkorlik subyektlariga keng yoʻl ochiladi. Tuman va shaharlardagi mavjud bir
nechta tadbirkorlikka koʻmaklashadigan tuzilmalar negizida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi -
deb belgilab berdilar [4].
Fikrimizcha, mazkur chora tadbirlar samarasi oʻlaroq “yalpi ichki mahsulotga nisbatan
xizmatlar koʻrsatishning oʻsib borish tendensiyasi kuzatila boshlaydi, buning natijasida esa
tarmoqning mamlakatimiz hududlari iqtisodiyotiga qoʻshayotgan hissasini oshiradi. Bu holat,
bizningcha, respublikaning yirik sanoat tarmoqlari: savdo va umumiy ovqatlanish, transport va
aloqa, kommunal, moliya va boshqalarning hissasi bilan ham bevosita bogʻliq. Eng muhimi,
avvallari asosan davlat tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar asta-sekin xususiy bozor xarakteriga
ega boʻlmoqda” [5].
Xulosa.
Yuqorida keltirilgan tahliliy ma’lumotlar va ta’kidlab oʻtilga ilmiy nazariy
fikrlarimizdan kelib chiqib xulosa qilib aytganimizda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish
orqali aholining bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish imkoniyatlari yaratilishi
mumkin deb hisoblaymiz. Shuningdek, tadbirkorlik sohasida maxsulotlarining eksportini
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1303
koʻpaytirish orqali mamlakatimizni horijga tanitishni faollashtirish barobarida esa hududimizga chet
el sayyohlarida qiziqish uygʻonishi, bu esa oʻz navbatida, tadbirkorlik sohasining rivojlanishiga
muayyan xissa qoʻshadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2021 yilgi “Mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
31-son qarori.
2.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
12.06.2023
yildagi
“Aholini
hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-91-son farmoni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yilgi “
2022-yil uchun O‘zbekiston
Respublikasining davlat budjeti
to‘g‘risida
”gi Qonun ijrosini ta’minlash
chora-tadbirlari
to‘g‘risida PF-73-son qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
farmoni.
5.
Musagaliev A.J., and etc. General Analysis of Services in the Economic Development of
Regions in Uzbekistan / Asian Journal of Advances in Research. Volume 17. Issue 4.
2022. - Pages: 221-226.
6.
Jumagulovich M. A., Askarovna M. S. Aholi bandligini ta’minlashda hunarmandchilikni
rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati //"Conference on Universal Science Research
2023". – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 55-58.
7.
Jumagulovich M. A. et al. Forecast Guidelines for Investments in The Republic of
KARAKALPAKSTAN //International Journal of Religion. – 2024. – Т. 5. – №. 2. – С.
493-501.
8.
Jumagulovich M. A. et al. Procedure for Implementing Tax Control in Tax Risk
Management and Tax Audits //Partners Universal International Innovation Journal. –
2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 76-83.
