ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
586
BOJXONA TO’G’RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH, IQTISODIYOT
SOHASIDAGI JINOYATLARDAN BIRI SIFATIDA
Boltayev Uktam Utkir o’g’li
E-mail:
Phone: +998 93 766-99-35
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
“Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10995519
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bojxona sohasidagi jinoyatlar tushunchasi, belgilari,
tasnifi va o‘ziga xos xususiyatlarining mazmuni va mohiyati, ushbu sohasidagi jinoyatlarni sodir
etilish usullari, sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlar, oldini olish choralari,
shuningdek, xorij mamlakatlari tajribasini o‘rgangan holda ushbu turdagi jinoyatlarni
malakalashni yanada takomillashtirish, ular bo‘yicha vujudga kelayotgan muammolar va
ularning yechimlari tadqiq qilingan holda bojxona sohasi va milliy qonunchilikni
takomillashtirish hamda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikni
liberallashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilgan.
Tayanch so’zlar:
bojxona sohasidagi jinoyatlar, bojxona to‘lovlari, berilgan imtiyozlar,
bojxona rejimlari, aksiz marka, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, javobgarlik.
VIOLATION OF CUSTOMS LEGISLATION AS ONE OF THE CRIMES IN THE
FIELD OF ECONOMY
Abstract.
The article describes the concept, signs, classification and characteristics of
customs crimes, the methods, causes, conditions and prevention measures for crimes in this
area, as well as the experience of foreign countries. Suggestions and recommendations were
made regarding the further improvement of qualification the problems that arise in relation to
them and their solutions, the improvement of the customs sphere and national legislation and
the liberalization of criminal liability for crimes of low social risk.
Base words:
customs crimes, customs payments, concessions, customs regimes, excise
stamp, pre investigation, investigation, responsibility.
НАРУШЕНИЕ ТАМОЖЕННОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА КАК ОДНО ИЗ
ПРЕСТУПЛЕНИЙ В СФЕРЕ ЭКОНОМИКИ
Аннотация.
В данной статье раскрыты понятие, признаки, классификация и
характеристика преступлений в таможенной сфере, способы, причины и условия
совершения преступлений в этой сфере, меры профилактики, а также опыт зарубежных
стран. Дальнейшее повышение квалификации, возникающие по ним проблемы и пути их
решения, совершенствование таможенной сферы и национального законодательства,
либерализация уголовной ответственности за преступления повышенного социального
риска.
Базовые слова:
преступления в сфере таможенного дела, таможенные сборы,
предоставленные льготы, таможенные режимы, марка беспошлинной торговли,
доследственная проверка, расследование, ответственность.
Kirish.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy sharoitlari murakkab tashqi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
587
siyosat va iqtisodiy vaziyat hamda ijtimoiy keskinlik bilan ajralib turadi, bu esa, o‘z navbatida,
o‘zgarishlar zarurligini talab qiladi. Masalan, diversifikatsiya va import o‘rnini bosishga o‘tish
maqsadida iqtisodiyotning strategik muhim sohalarini rivojlantirish zaruriyatini hisobga olib,
ishbilarmon doiralarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning tegishli
mexanizmlari mavjud davlat xavfsizlik tizimini mustahkamlash, shuningdek, davlat va xususiy
investitsiyalarni jalb qilish va himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish zarur. Hozirgi kunda
yurtimizda keng ko‘lamdagi islohotlar olib borilishiga qaramasdan tashqi iqtisodiy faoliyat
sohasidagi, shu jumladan bojxona qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar ko‘lami
va salmog‘i ko‘payib borishi kuzatilmoqda. Bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlari
huquqbuzarlarni noqonuniy yo‘llar bilan mo‘maygina daromad keltira olishi bilan qiziqtira olgan.
Bundan tashqari ushbu sohadagi jinoyatlar eng moslashuvchan va ijtimoiy munosabatlarga tez
kirishimlidir. Boshqa iqtisodiy jinoyatlar singari, ushbu sohadagi jinoyatlar mamlakatning
iqtisodiy xavfsizligi asoslariga tajovuz qiladi.
Zamonaviy sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash juda katta ahamiyatga ega, chunki
iqtisodiy globallashuv xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda va yagona iqtisodiy makonni
shakllantirishda sifat jihatidan yangi bosqichni anglatadi. Jinoyat qonunchiligi tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan bog‘liq bojxona qonunchiligi buzilishlariga qarshi kurashning asosiy vositalaridan
biridir. Ushbu sohadagi jinoiy qonunchilikni samarali ravishda takomillashtirish uchun, bojxona
sohasidagi jinoyatlar tushunchasini va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash muhim hisoblanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining maxsus qismi bojxona sohasidagi
jinoyatning alohida ob’ekti sifatida ajratib ko‘rsatmaydi. Huquqiy normalarda va sud tergov
amaliyotida ushbu masalani hal qilish bo‘yicha yagona yondashuv yo‘q. Mamlakatimizda olib
borilgan tadqiqotlarda bojxona sohalaridagi jinoyatlarning jinoiy-huquqiy va kriminologik
jihatlari kompleks ravishda o‘rganilmagan. Mazkur masalaning ayrim jihatlari M.X.Rustamboev,
K.Abdurasulova, Sh.Abdukodirov, M.Sobirov, E.Xojiev, A.Abdurahmonova, A.Axlimirzaev,
S.Shomirzaev, R.Kabulov, A.Otajonov, O.Mahkamov, F.Gafurov, B.Turdiev va boshqalarning
ilmiy va uslubiy ishlarida o‘z aksini topgan. Lekin, MDH olimlari tomonidan olib borilgan ko‘plab
tadqiqot ishlari bojxona sohasidagi jinoyatlarga taalluqli muammolarni o‘rganishga
bag‘ishlanganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bojxona sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy
munosabatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz qiladi va iqtisodiy manfaatlarga zarar yetkazadi. Bu
jinoyatlar bojxona sohasidagi o‘rnatilgan tartibni buzuvchi jinoiy harakatlardir. Bojxona
sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha tadqiqot olib borgan aksariyat mualliflar ushbu tushuncha tajovuz
obekti orqali shakllantirilishini ta’kidlaganlar. Yu.I.Suchkov bojxona sohasidagi jinoyatlar barcha
mulkchilik shakldagi jinoyatlarga ta’sir qo‘rsatishini aytadi.
1
Boshqa bir qator olimlar
o‘rganilayotgan sohadagi jinoyatlarni bir qancha xususiyatlar, jumladan, nafaqat ob’ekt, balki
ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha surishtiruv olib boruvchi sub’ektlar orqali aniqlashni taklif etadilar.
Masalan, G.A.Rusanov ko‘rib chiqilayotgan harakatlarni bojxona organlari vakolati bilan bog‘liq
bo‘lgan jinoyat sifatida talqin qiladi va “sof bojxona jinoyati” deb ataydi
2
. Ushbu mazmundagi
1
Suchkov Yu.I. Преступления в сфере внешнеекономической деятельности Rossiya Federatsiyasi. Moskva,
2007. S. 115.
2
Rusanov G.А. Преступления в сфере економической деятельности: учебное пособие. Moskva,2011. S. 76. 14.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
588
ta’rif bir necha sabablarga ko‘ra birmuncha cheklangandek ko‘rinadi: birinchidan, ushbu sohadagi
jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar
doirasi torayib, ikkinchidan, jinoiy ta’sir doirasi sifatida faqat bojxona sohasi belgilangan. Bunday
talqin, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi barcha noqonuniy harakatlar ushbu tushunchaga mos
kelmasligi mumkinligini ko‘rsatadi. Bojxona sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risida ayrim
huquqshunoslarning ta’rifiga ko‘ra, bojxona organlari davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini
amalga oshirganligi sababli bojxona organlarining faoliyatini jinoyatlar ob’ekti sifatida tan olish
noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki bojxona sohasidagi munosabatlar iqtisodiy faoliyat sohasidagi ijtimoiy
munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi
3
. Yuqoridagi ta’riflarning barchasi ma’lum darajada
bojxona sohasidagi jinoyatlarning mohiyatini ochib beruvchi xususiyatlarni o‘z ichiga olsada,
birinchi navbatda tajovuz ob’ektini belgilash bilan bog‘liq yondashuv, bizningcha, ushbu jinoiy
harakatlarni boshqalardan ajratib ko‘rsatish imkonini berganligi tufayli eng maqbulidir. Umuman
olganda MDH olimlarining bojxona sohasidagi jinoyatlar tushunchasi bo‘yicha uch xil
yondashuvlarini ajratishimiz mumkin. 1.
Ushbu harakatlarni aynan bojxona faoliyatiga tajovuz qilish deb ataydi (Yu.I.Suchkov,
I.V.Dmitrienko, A.V.Makarov, A.S.Jukova). Bojxona sohasidagi jinoyatlarni bojxona
qonunbuzilishi deb hisoblaydi. (S.Yu.Ivanova, A.I.Tulenev, G.A.Rusanov, V.M.Malinovskaya,
V.I.Kartavsev, A.V.Nesterov, A.D.Krasnov, D.A.Postnova). Bojxona sohasidagi jinoyatlarini
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlar turi sifatida ko‘rib chiqishni taklif qiladi.
(I.V.Dmitrienko, Yu.P.Garmaev). Biz ushbu yondashuvlarning 3-guruhini ma’qullaymiz va buni
quyidagilar bilan asoslantirishga harakat qilamiz. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jinoyatlar
guruhini muayyan turga ajratishda ularning sodir etilishi natijasida qaysi munosabatlarga ko‘proq
zarar yetkazilishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. I.V.Dmitrienko ta’kidlaganidek, bojxona
organlari faoliyati jinoiy tajovuz ob’ektini tashkil qilmaydi, chunki ushbu harakatlar mazkur
faoliyatni tashkil etishni buzish maqsadida sodir etilmaydi
4
. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarni
sodir etish natijasida bojxona organlari faoliyati zarar ko‘rmaydi, lekin tajovuz ob’ekti hisoblangan
tashqi iqtisodiy munosabatlar elementlaridan biri bo‘lib qoladi. Shuningdek, muallifning bojxona
organlari tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning bir vositasi ekanligi sababli bojxona
organlari faoliyatini ushbu jinoyatlarning ob’ekti sifatida tan olmasligi to‘g‘risidagi fikriga ham
qo‘shilamiz. Yu.P.Garmaev o‘zining nuqtai nazarini iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi keng
tarmoq sohalari - bojxona, fuqarolik, valyuta, bank, ma’muriy qonunchilik, davlat xizmati
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqalarni qamrab oladi deb ta’rif beradi. Uning fikricha,
iqtisodiy soha, bojxonadan ancha kengroq ekanligidan dalolat beradi. Bojxona sohasidagi
jinoyatlar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatning turi deb hisoblaydi
5
. Yuqorida
ko‘rsatilganidek, ba’zi huquqshunoslarning fikriga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlar
“bojxona sohasidagi jinoyatlar” hisoblanadi.
Biroq, jinoyat huquqi ta’limotida va amaldagi qonun hujjatlarida “bojxona sohasidagi
jinoyatlar” tushunchasiga ta’rif berilmagan, bu esa iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlar
3
Dmitrienko I.V. Foreign economic activity as the object of criminal law protection //Russian
investigator.2008. №8.
4
Dmitrienko I.V. Внешнеекономическая деятельность как объект уголовноправовой охраны // Rossiyskiy
sledovatelь. 2008. № 8. С. 13–15. 15.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
589
tushunchasini anglashimizda noaniqliklarni yuzaga keltiradi. Ta’kidlash joizki, “Bojxona
sohasidagi jinoyatlar” mazmun mohiyatiga ko‘ra bojxona qonunchiligini buzishga qaratilgan
ijtimoiy xavfli qilmishlar hisoblanadi. Bojxona qonunchiligi buzilishi tushunchasiga to‘g‘ri tavsif
berish uchun dastlab aynan qaysi normativ-huquqiy hujjatlar bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
hisoblanishini aniqlab olish zarur. Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining bojxona
chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, bojxona to‘lovlarini undirish,
bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarini buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish tartibini
belgilash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bojxona
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022 yil 20 fevraldagi 2-sonli qaroriga
ko‘ra,
“...Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona
chegarasidan har qanday tarzda o‘tkazish qonunga xilof hisoblanadi va ma’muriy yoki jinoiy
javobgarlikka sabab bo‘ladi”
.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida bojxona sohasidagi jinoyatlar alohida guruhga
ajratilmagan. Bojxona qonunchiligi buzilishi uchun Jinoyat kodeksining 182-moddasida “Bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish”
5
, 184-moddasida “Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlash”, 246-moddasida “Kontrabanda” jinoyatlaridan tashqari,
dispozitsiyasida bojxona qonunchiligi buzilishi ham nazarda tutilgan JKning 130-moddasi
(“Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish”), 130
1
-
moddasi (“Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish,
tarqatish, reklama qilish, namoyish etish”), 244
3
-moddasi (“Diniy mazmundagi materiallarni
qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish”), 244
4
-moddasi
(“Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash
yoki ulardan foydalanish”) va 250
1
(“Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi”)
moddalari bo‘yicha ham javobgarlik belgilangan. Bojxona sohasidagi jinoyatlar haqida gap
ketganda, ko‘plab mualliflar bojxona chegarasini kesib o‘tish orqali muayyan harakatlarning
amalga oshirilishini ushbu jinoyatlarning asosiy xususiyatlardan biri sifatida ta’kidlashadi. Biroq
shuni hisobga olish kerakki, bunday jinoiy harakatlar bojxona chegaralarida sodir etilishi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirish tartibiga ham tajovuz qiladi va bu harakatlarni bojxona sohasidagi
jinoyatlar ekanligidan dalolat beradi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turli xil variantlar mavjudligiga qaramay, huquqiy normalar va
amaldagi qonun hujjatlarga asoslangan bojxona sohasidagi jinoyatlarni belgilaydigan ta’rifga
ehtiyoj sezilmoqda. Buning uchun ushbu harakatlar uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi
quyidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Birinchidan, bu, albatta, ushbu
harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat deb
topiladigan belgilarga ega bo‘lishi kerak, ya’ni qilmishning ijtimoiy xavfliligi, g‘ayriqonuniyligi,
jinoiy jazoga sazovorligi jinoyatning zaruriy belgilaridir. Bu xususiyat har qanday jinoyatlar
guruhi uchun birlamchi asos vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, shuni aytish kerakki, bojxona
5
Garmaev Yu.P. Преступления в сфере внешнеекономической деятельности и криминалистическая методика
расследования // SPS «Konsulьtant Plyus.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
590
sohasida jinoiy tajovuzlarning ob’ekti - bu ijtimoiy munosabatlarning muhofaza etiladigan alohida
sohasidir.
Bunday jinoyatlar iqtisodiy jinoyatlarning bir turi bo‘lib, albatta, ob’ektni aniqlash uchun
iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoiy tajovuzlarning ob’ektini o‘rganishdan boshlash kerak. Shu
bois, iqtisodiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi jinoyatlarning ob’ektini aniqlash orqali tashqi
iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning ob’ektini aniqlash maqsadida biz “iqtisodiy jinoyatlar”
tushunchasini chuqurroq o‘rganib chiqib, asosiy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Uchinchidan,
ushbu harakatlar uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi asosiy xususiyatlarini aniqlashda jinoyat
qonunchiligi, avvalo, tajovuz ob’ektiga asoslangan holda alohida boblarga ajratilib tuzilganligini
hisobga olsak, bojxona sohasidagi barcha jinoyatlar Jinoyat kodeksining «Iqtisodiyot asoslariga
qarshi jinoyatlar» deb nomlangan 12-bobida joylashgan bo‘lishi kerak. O‘rganilayotgan jinoyatlar
uchun javobgarlik normalarini boshqa boblarga joylashtirish me’yorlashning tizimli yondashuvi
buzilishi sifatida talqin qilinadi, bu esa jinoyatlarga, xususan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi
jinoyatlarga qarshi kurash mexanizmi samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, O‘zbekiston
Respublikasi jinoyat qonunchiligida bojxona qonunchiligini buzish jinoyatlari JKning turli
boblariga joylashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bizning fikrimizcha, yuqorida qayd etilgan
bojxona sohasidagi ayrim jinoyatlardan (JK 182 va 184 moddalari) tashqari, bir qator boshqa
jinoiy harakatlar (JK 130, 130
1
, 244
3
, 244
4
, 246 va 250
1
) bojxonaga oid munosabatlarga bilvosita
tajovuz qilsada, ular bevosita tajovuz ob’ektiga qarab Jinoyat kodeksining boshqa boblarida
joylashgan.
Demak, bojxona sohadagi jinoyatlarning aksariyati ko‘p ob’ektlilik xususiyatiga ega degan
xulosaga kelamiz. To‘rtinchidan, bojxona sohasidagi jinoyatlarning xarakterli xususiyati - bu
ushbu harakatlarni sodir etishning maxsus usuli bo‘lib, ushbu sohadagi jinoyatlarni sodir etish
usuli sifatida quyidagi harakatlar qo‘llanilishi mumkin: – tovarlar, ishlar (xizmatlar), sotish yoki
almashish ob’ekti bo‘lgan har qanday mulkni import (olib kirish) va eksport (olib chiqish) qilish
bo‘yicha operatsiyalar; – bojxona chegarasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kesib o‘tish, shuningdek, axborot
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda va valyuta operatsiyalarini o‘tkazish
orqali yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish. Beshinchidan, bojxona sohasidagi jinoyatlarning
xarakterli xususiyati - bu uni sodir etishdan asosiy maqsad iqtisodiy foyda olishdir. E’tirof etish
joizki, bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etishdan asosiy maqsad moddiy manfaatdorlik
hisoblanadi. Bunday moddiy manfaatdorlik turlicha bo‘lishi mumkin: - belgilangan soliq, boj va
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaslik; - davlat mulkini o‘zlashtirish; - kapitalni shu jumladan
milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqish; -
jinoiy daromadlarni legallashtirish; - boshqacha shakldagi moddiy manfaatdorlik. Bojxona bilan
bog‘liq jinoyatlar asosan soliq, boj va boshqa majburiy to‘lovlarni kamroq to‘lash yoki umuman
to‘lamaslik maqsadida sodir etiladigan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
jinoyatlaridir.
Ushbu jinoyatlar bojxona to‘lovlari va yig‘imlar hisobidan budjetga pul tushishini cheklab,
valyuta zaxiralarining shakllanishiga va milliy valyutamizning barqarorligini ta’minlashga salbiy
ta’sir o‘tkazmoqda. Bu esa ijtimoiy rivojlanishning salbiy omili bo‘lib, uning keng ko‘lamda
yoyilishi iqtisodiy islohotlarga real tahdiddir. Sud-tergov amaliyoti misollarini tahlil qilish asosida
bojxona sohasidagi jinoyatlarning aksariyati g‘arazli motivlar asosida, ya’ni iqtisodiy daromad
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
591
olishni ko‘zlab sodir etiladi, degan xulosaga kelish mumkin. Bojxona sohasidagi jinoyatlarning
ushbu xususiyati huquqiy ta’limotning ko‘plab vakillari tomonidan e’tirof etilgan. Barcha bojxona
jinoyatlarining belgilarini hisobga olgan holda huquqbuzarlar tomonidan ob’ektlarga tajovuz
puxta o‘ylangan holda sodir etiladi. Shuning uchun bojxona sohasidagi jinoyatlarning sub’ektiv
tomoni belgilarini hisobga olgan holda barcha jinoiy qilmishlar aybning qasddan sodir etish
shaklida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda, ushbu jinoyatlarni tizimlashtirishda bojxona sohasidagi
jinoyatlarni tasniflashning o‘ziga xos xususiyatlarga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Jinoyatchilikka
qarshi kurashish muammolarini o‘rganuvchi huquqshunos olimlar ham jinoyatlarni tasniflashadi.
Aksariyat hollarda jinoyatlarni tasniflash kriminalistik yondashuvlardan kelib chiqadi.
M.X.Rustamboevning fikriga ko‘ra, jinoyatlarni tasniflash deganda, jinoyatlarni u yoki bu
belgilariga ko‘ra turkumlarga ajratish tushuniladi. Jinoyat huquqida jinoyatlarni tasniflashda
quyidagi ikki mezon nazarda tutilgan bo‘lib, jinoyat qonunchiligida jinoyatlar aynan ana shu
mezonlar asosida tasniflangan:
1. Jinoyatlarning ob’ekti (tajovuz qaratilgan ob’ekt)ga ko‘ra tasniflash;
2. Jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab tasniflash. Jinoyatlarni
ob’ektiga ko‘ra tasniflash usuli O‘zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismi bo‘lim va boblarining
jamiyatdagi ahamiyatiga qarab muayyan bo‘limlar va boblar tizimida joylashtirishda
foydalanilgan.
Jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab tasniflash mezonlari O‘zbekiston
Respublikasi Jkning 15-moddasida aniq belgilab qo‘yilgan. Chet el olimlarining qarashlarida,
jinoyatlarni tasniflash va guruhlarga bo‘lishning asosiy mezoni jinoyatlarning xususiyati va
ijtimoiy xavflilik darajasi hisoblanadi. Jinoyatlarni tasniflashning xususiyati va ijtimoiy xavflilik
darajasi mezoni ham ikki belgi: a) aybning shakllari (qasd yoki ehtiyotsizlik); b) Jinoyat kodeksida
nazarda tutilgan sanksiyalar (ularning og‘irlik darajasi)ga bog‘liq bo‘ladi
6
. Ushbu tasniflash
barcha jinoyatlarni, shu jumladan: ham umumjinoiy, ham iqtisodiy jinoyatlarni farqlash uchun
taklif etiladi. Shuning uchun ham uni tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarga to‘liq tatbiq
etib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, ushbu tasniflashdagi bir qator asoslar ko‘rib chiqilayotgan
jinoyatlarni guruhlash uchun foydali bo‘ladi. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, jinoyat
ko‘zlangan maqsadiga qarab turli asoslarda tasniflanadi degan xulosaga kelish mumkin. Masalan:
tajovuz ob’ektiga; ijtimoiy xavflilik darajasiga; qilmishning xususiyatiga (harakat, harakatsizlik);
aybdorlik shakliga (qasddan, ehtiyotsizlik oqibatida); kriminologik va kriminalistik xususiyatiga
ko‘ra va boshqalardan iborat. Bojxona sohasidagi jinoyatlarning tasnifi yuqoridagi muammolarni
hal qilish uchun bir-biriga ierarxik jihatdan bog‘langan, o‘zaro aloqada bo‘lishi lozim. Buning
uchun barcha tasnifiy bog‘lanishlarni shunday ajratish kerakki, har bir keyingi bog‘lanishlar
avvalgisining bir qismi bo‘lishi va to‘ldirishi kerak. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, bojxona
sohasidagi jinoiy huquqbuzarliklarni quyidagi asoslarga ko‘ra tasniflashimiz mumkin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, jinoiy harakatlarning jinoiy-
huquqiy tavsifi bo‘yicha tasniflash. Ushbu asos bo‘yicha barcha bojxona sohasidagi jinoyatlarni
ikkita kichik guruhga ajratishimiz mumkin bo‘ladi. Birinchi guruhga tovar va boshqa buyumlarni
6
Kadirov M.M. Ugolovnoe pravo Respubliki Uzbekistan. Osobennaya chastь. Uchebnik. / Pod redaktsiey d.yu.n.,
prof. U.Tadjixanova. - Tashkent: Аdolat. 1997. - S. 204. 20.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
592
bojxona chegarasidan bevosita o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi JKning
182-moddasida ko‘rsatilgan - “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish”, 246-modda
“Kontrabanda”, shu bilan birga, dispozitsiyasida bojxona chegarasidan o‘tkazish ham nazarda
tutilgan 130-modda “Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish,
namoyish etish”, 130
1
-modda “Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni
tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish”, 244
3
-modda “Diniy
mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish”,
244
4
-modda “Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish,
olish, saqlash yoki ulardan foydalanish” va 250
1
-modda “Pirotexnika buyumlarining qonunga
xilof muomalasi” jinoyatlarini kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga bojxona faoliyatini amalga
oshirish jarayonida sodir etiladigan iqtisodiy jinoyatlarning boshqa turlari kiradi. Ularning spektri,
doirasi (turi, ko‘rinishi) xilma-xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz faqat bojxona faoliyatining
o‘ziga xos xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan va amaliyotda ko‘p aniqlanadigan jinoyatlarni ajratib
ko‘rsatamiz. Xususan, Jinoyat kodeksining 175-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga
xilof ravishda bitimlar tuzish”; 177-moddasi – “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda
olish yoki o‘tkazish”; 178-moddasi – “Chet el valyutasini yashirish”; 184-moddasi – “Soliq va
boshqa to‘lovlardan bo‘yin tovlash” va jinoyat kodeksining ayrim tegishli moddalarida
ko‘rsatilgan iqtisodiyot asoslari, xo‘jalik faoliyati sohasidagi, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik
qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar (185
1
, 186
1
-186
3
, 188-190, 192
1
-192
11
-moddalari), boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (205-214, 223-224,
227, 228-228
1
-moddalari), shuningdek, JK 243-moddasidagi “Jinoiy yo‘l bilan kiritilgan
daromadlarni legalizatsiya qilish” kabi jinoyatlarni kiritish mumkin. Jinoyatlarni bunday tarzda
tasniflash bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashuvchi tuzilmalarni, shu jumladan bojxona
organlarini aniq turdagi jinoyatlarni fosh etish, aniqlashga yo‘naltiradi.
2. Tasniflash uchun yana bir asos bo‘lib, bojxona faoliyati turlari bo‘lishi mumkin.
a) tashqi savdo faoliyati;
b) chet el investitsiyalari;
v) erkin iqtisodiy zonalar;
g) ofshor zonalar bilan biznes aloqalar;
d) tovar va yuklarni tashish.
Bunday tarzda tasniflash xodimlarga faoliyat yo‘nalishlarini belgilab olish,
ixtisoslashishga va ularning hudud zonasini belgilashga hamda qarshi kurashish vositalarini
oqilona shakllantirishga imkon beradi.
3. Tasniflash uchun asos bojxona faoliyatining muayyan bosqichi bo‘lishi mumkin:
a) shartnomalarni tuzish bosqichi;
b) bojxona rasmiylashtiruvi bosqichi (
deklaratsiya qilishdan boshlab tovarlarni erkin
muomalaga chiqarishgacha
);
v) tovarlarni respublikamiz bojxona hududi bo‘yicha tashish (
tranzit, bojxona kuzatuvi
ostida yetkazib berish
);
g) kontraktlar bo‘yicha kontragentlar tomonidan o‘zaro hisob-kitob qilish. Bunday tarzda
tasniflash xodimlar qaysi bosqichda, qaysi yo‘nalishlarga e’tiborlarini kuchaytirishlari lozimligini
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
593
belgilashda muhim ahamiyatga ega.
4. Jinoyatlarni tasniflash bojxona faoliyati qatnashchilarining toifalariga muvofiq amalga
oshiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar alohida tasniflanadi. Shundan kelib chiqib,
jinoyatlar kimlar tomonidan qanday usullarda sodir etilganligini ham ajratib olish mumkin.
Alohida jinoyat sub’ektlari toifalariga qarab tasniflaganda, ularga turli bojxona faoliyati
qatnashchilarini – bojxona sohasining infrastrukturasi xodimlarini, bojxona brokerlarini, bojxona
rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarni, tashuvchilarni, bojxona omborlari, bojxona organlari
mansabdor shaxslari va boshqa nazorat qiluvchi organlarning xodimlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin.
5. Jinoyat sub’ektlarining tashkil etilganlik darajasiga ko‘ra (bir kishi, jinoiy guruh va
jinoiy uyushma tomonidan sodir etilgan jinoyat) tasniflash ushbu sohadagi jinoyatlarni
tasniflashning yana bir muhim asosi hisoblanadi. Bunday tarzda tasniflash xodimlarni aniq turdagi
jinoyatlarni hamda murakkab ko‘rinishdagi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida sodir etilayotgan
jinoyatlarni tez va oson ochilishiga yordam beradi.
О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining uchinchi bо‘limi iqtisodiyot sohasidagi
jinoyatlar sifatida ajratilib, mazkur bо‘limning XII bobi Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar
sirasiga kiradigan jinoyatlar berilgan bо‘lib, aynan mazkur bobda 182-modda “Bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish”
7
normasi ham yotadi. Yuqoridagi kо‘rsatilgan ta’riflardan
farqli о‘laroq О‘zbekiston Respublikasi JKda Bojxona tо‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
dispozitsiyasi quyidagi tarzda berilgan, jumladan, Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona
nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga о‘xshatib yasalgan hujjatlardan
aldash yо‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan
deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni kо‘p miqdorda О‘zbekiston
Respublikasining bojxona chegarasidan о‘tkazish deb keltirib о‘tilgan. JKdagi mazkur norma о‘z
navbatida havolaki (blanket) norma sanaladi, ya’ni bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
nima ekanini anglash uchun albatta bojxona qonunchiligi nima ekanini bilishimiz lozim. Xо‘sh
ushbu dispozitsiyada berilgan bojxona nazorati nima ekanini bilish uchun О‘zbekiston
Respublikasi Bojxona kodeksining 21-moddasiga muvofiq, Bojxona nazorati О‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun
bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi
qо‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iborat
8
deb keltirib о‘tilganini
kо‘rishimiz mumkin.
О‘rganilgan ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlarda bojxona sohasasidagi jinoyatlar va tashqi
iqtisodiy faoliyat sohadagi jinoyatlar iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarda alohida tushuncha sifatida
qarash maqsadga muvofiq deyiladi.
9
Ba’zi huquqshunoslarning fikriga kо‘ra esa, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi
7
O’bekiston Respublikasi jinoyat kodeksi https://lex.uz/docs/111460
8
O’bekiston Respublikasi
bojxona kodeksi https://lex.uz/docs/2876354
9
А
.Т Achilov “Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq bojxona qonunchiligining buzilish jinoyatlarini jinoiy-huquqiy
tartibga solishni takomillashtirish” Bojxona inistituti 2020 y. 68 b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
594
jinoyatlarni ajratish shart bо‘lmasdan, balki ular “bojxona sohasidagi jinoyatlar” hisoblanadi.
10
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlar, boshqa iqtisodiy jinoyatlar singari,
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi asoslariga tajovuz qiladi. Zamonaviy sharoitda iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlash juda katta ahamiyatga ega,chunki iqtisodiy globallashuv xalqaro iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirishda va yagona iqtisodiy makonni shakllantirishda sifat jihatidan yangi
bosqichni anglatadi.
11
Yuqoridagi qarashlar va fikrlarni inobatga olgan holda bojxona tо‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarning quyidagi xususiyatlarni ajratishimiz mumkin:
- ushbu qilmishlar О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasida jinoyat
deb belgilangan;
- aynan bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalar va meyorlarga oid
munosabatlar;
- sodir etishning maxsus usuli;
- tovarlar, ishlar (xizmatlar), sotish yoki almashish obyekti bо‘lgan har qanday mulkni olib
kirish va olib chiqish bо‘yicha operatsiyalar, qonun hujjatlar bilan taqiqlangan hollar bundan
mustasno.
Barcha iqtisodiy jinoyatlarning belgilarini hisobga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyat
sohasidagi jinoyatlarda ham huquqbuzarlar tomonidan obyektlarga tajovuz puxta о‘ylangan holda
sodir etiladi. Shuning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning subyektiv tomoni
belgilarini hisobga olgan holda barcha jinoiy qilmishlar aybning qasddan sodir etish shaklida
namoyon bо‘ladi.
Bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlarning yana bir о‘ziga
xos jihati shundan iboratki, mazkur jinoyat bevosita bojxona chegarasida sodir etilishi bilan birga
ichki hududga ham daxldor bо‘ladi aynan shu nuqtai nazardan mamlakat g‘aznasiga tushishi lozim
bо‘lgan tushumlarning undirilmay qolishi ehtimoli nuqtai nazaridan mazkur jinoyat iqtisodiyot
sohasidagi jinoyatlardan biri sifatida talqin etilayotganini kо‘rishimiz mumkin.
Shu bilan birgalikda bu boradaki qarashlarda A.T Achilov о‘zining “Tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan bog‘liq bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlarini jinoiy-huquqiy tartibga solishni
takomillashtirish” nomli monografiyasida “О‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib
о‘tish orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish tartibiga tajovuz qiluvchi qasddan sodir
etiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlar TIF sohasidagi jinoyatlardir”
12
, deb tarif beradi.
Bizningcha esa, bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq jinoyatni
“Bojxona tо‘lovlarini tо‘lashdan bо‘yin tovlash” jinoyati sifatida alohida talqin qilish va iqtisodiy
jinoyatlar sirasiga kiritish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Chunki bojxona tо‘lovlari О‘zbekiston
Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib о‘tishda va
10 Jbankov V.A. Таможенные преступления: сущность и проблемы выявления // sibir yuridik xabarlari. 2004. №
4; Grachev O.V Понятие преступлений, посягающих на экономическую безопасность Российской Федерации
в сфере таможенной интеграции // Advokat tajribalari. 2012. № 6.
11
А
.Т Achilov “Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq bojxona qonunchiligining buzilish jinoyatlarini jinoiy-huquqiy
tartibga solishni takomillashtirish” Bojxona inistituti 2020 y. 68 b.
12
А
.Т Achilov “Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq bojxona qonunchiligining buzilish jinoyatlarini
jinoiy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” Bojxona inistituti 2020 y. 32 b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
595
ushbu kodeksda nazarda tutadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va boshqa
huquqbuzarliklar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlariga jiddiy xavf
tug‘diradi, bozor iqtisodiga xos bо‘lgan xususiy mulkchilikning, boshqa turdagi mulkiy
munosabatlarning shakllanishiga va rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi. Jumladan О‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk
tashkil etadi.
13
Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanadiki, u bu huquqni buzadigan har qanday
harakatlarni taqiqlashni taqozo qiladi.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar sifatida bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
jinoyatini faqatgina О‘z.Resp JKning 182-moddasi bilan belgilab olish maqsadga muvofiq emas.
Jumladan О‘z.Resp. JKning “Soliqlar yoki boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lashdan bо‘yin tovlash”
normasi ham bevosita bojxona tо‘lovlariga aloqador hisoblanadi.
Soliqlar yoki boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lashdan bо‘yin tovlash (
JKning 184-moddasi)
iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan eng xavfli jinoyatlardan hisoblanadi va bu har bir fuqaro
tomonidan qonun bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lashdek
konstitusiyaviy burchlarini qasddan bajarmaslikda ifodalanadi. Davlat soliq organlari va shaxslar
(
jismoniy va yuridik shaxslar
) о‘rtasida vujudga keladigan soliq sohasidagi huquqiy
munosabatlarning qonuniyligini mustahkamlashga kо‘maklashishi lozim. Ushbu huquqiy
munosabatlar О‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi.
Amaliyotda bojxona Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bojxona qonunchiligi buzilishi
jinoyatlari bо‘yicha xorijiy tajriba о‘rganilganda, tahlillar natijasida aksariyat davlatlar jinoyat
qonunchiligida bojxona tо‘lovlari va yig‘imlari tо‘lashdan bо‘yin tovlash uchun alohida jinoiy
javobgarlik belgilangan bо‘lib, milliy qonunchiligimizda esa bu borada alohida norma mavjud
emas va bu JK 184-moddasi talqinida bayon qilingan.
Soliq turlarini tо‘lashdan bо‘yin tovlash boshqa tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq
bojxona sohasiga doir jinoyatlarni sodir etish yashirin iqtisodiyot shakllanishi uchun zamin
yaratadi.
Qudratli iqtisodiy mustahkam davlatda yashirin iqtisodiyotning mavjudlik sharti davlat va
xalq manfaatlariga putur yetkazadi. Shu sababli mamlakatda yashirin iqtisodiy omillarni oldini
olish va ularni bartaraf etishga qarshi qaratilgan harakatlar amalga oshiriladi va bunga barham
berish choralari kо‘riladi.
Shu tariqa bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyati ham iqtisodiyot
sohasidagi jinoyatlardan birni sifatida qaralishi va uning о‘ziga xos bо‘lgan jihatlari
(bojxona
qonunchiligi bilan bog‘liq)
inobatga olinishi lozim.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bojxona tо‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq
tovarlarni olib kirish, yoki olib chiqishni taqiqlash davlat xavfsizligini ta’minlash jamoat tartibini,
axloq-odobni inson hayoti va sog‘lig‘ini atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, О‘zbekiston
Respublikasi va boshqa mamlakatlarning tarixiy arxeologik va san’at yodgorliklarini himoya
qilish maqsadida, shuningdek О‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
596
holda amalga oshiriladi. Tovarlarni bojxona chegarasidan о‘tkazishni cheklash esa xalqaro vaziyat
ichki bozorni himoya qilishdan kelib chiqib, shuningdek chet el davlatlari va ittifoqlarining
О‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini kamsituvchi yoki ularga ziyon yetkazuvchi harakatlariga
javoban choralar sifatida о‘rnatiladi.
Bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar bojxona chegarasi
orqali tovar va transport vositalarini olib о‘tish,boj tо‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi,
bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga
oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir. Jonatan Herrining ta’kidlashicha, “qonunchilik nuqtai
nazaridan bojxona ishi davlat iqtisodiy faoliyatining kontrabanda va boshqa bojxona sohasiga oid
sodir etilgan jinoyatlardan bir sifatida qaraladi”.
14
Bizning fikrimizcha esa, bojxona tо‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyati davlat va
jamiyat manfaatlariga zarar keltiruvchi iqtisodiyot sohasidagi jinoyat sifatida qaraladi. Bu
sohadagi jinoyatlar turg‘un va jadal iqtisodiy munosabatlarga zarar yetkazishi bilan birgalikda
jamiyatdagi sog‘lom iqtisodiy raqobat jarayonlariga ham ta’sir о‘tkazadi.
Bojxona sohasidagi jinoyatchilik sabablari va shart-sharoitlari jinoyatning sodir etilishiga
imkon berayotganligini aniqlash, mazkur sohadagi jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Keng maʼnoda jinoyatchilik sabablari deganda, uning mavjudligini belgilovchi barcha
omillar hisoblanishi mumkin, ammo bu omillarning hammasi bir xil ahamiyat kasb etmaydi.
Ularning ayrimlari jinoiy motivlarning roʻyobga chiqarilishi uchun imkoniyat yaratadi,
ayrimlari esa bu imkoniyatni voqelikka aylantiradi. Ayni shu sababli birinchi turdagi omillar shart-
sharoitlar sifatida, ikkinchi turdagi holatlar esa sabablar sifatida qaralishi lozim.
Jinoyatchilikning sabablari bilan bir qatorda jinoyatlar sodir etilishiga imkoniyat
yaratuvchi shart-sharoitlar ham mavjuddir. Jinoyatlar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi shart-
sharoitlar deganda, real voqelikning oʻzi jinoyatchilik (oqibat)ni vujudga keltira olmaydigan, lekin
mavjudligi insonda jinoyat sodir etish niyati tugʻilishiga turtki berishi mumkin boʻlgan hodisalar
yigʻindisi tushuniladi. Bojxona sohasidagi jinoyatlar sodir etilishini belgilovchi maʼnaviy-axloqiy
omillar (sabab) tizimi turlichadir
. Birinchidan
, ayrim TIF subyektlarining bojxona sohasida
yetarli bilimlarga ega emasligi. Bunday sharoitda qonunga xilof yoʻllar bilan boʻlsa ham yengil
yoʻl bilan pul topib, boylik orttirishga intilish kuchayadi, fuqarolarning huquqiy ongi, madaniyati
va xulq-atvori kriminogen vaziyat taʼsiri ostida qoladi.
Ikkinchidan
, tadbirkorlik subyektlari
orasida huquqiy nigilizmning tarqalganligi tufayli ayrim fuqarolar qonunlarda, jumladan
Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash kabi burchlarini
bajarmaydilar. Huquqiy nigilizm nafaqat konstitutsiyaviy burchni bajarmaslik, balki mamlakatda
oʻrnatilgan soliq va bojxona qonunchiligini rad etishda ham namoyon boʻladi
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini
taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong
va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-
sonli Farmoni bilan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” tasdiqlangan
14
Jonatan Herring . Criminal Law: Text cases and materials/ Oxford United Kingdom; New York: Oxford
University press [2014]P 936
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
597
boʻlib, unda inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy
savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib
qolinganligi koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, hozirgi globallashuv, ilmiy texnik taraqqiyot davrida
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan,
targʻibotning ilgʻor va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy
tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi alohida taʼkidlab oʻtilgan
15
.
Bojxona sohasidagi jinoyatlar sodir etilishida imkoniyat yaratuvchi asosiy iqtisodiy omil
sifatida mamlakatda “yashirin iqtisodiyot”ning mavjudligini koʻrsatib oʻtishimiz mumkin.
“Yashirin iqtisodiyot” yoki ushbu noqonuniy (
jinoiy
) hodisa doimo huquqshunoslar, sotsiologlar,
kriminologlar,
siyosatshunoslar,
iqtisodchilar,
huquq-tartibot
idoralari
vakillari
va
jamoatchilikning eʼtiborini tortib keladi. Tovar va xizmatlarni noqonuniy ishlab chiqarish,
daromadni yashirish, hisobga olinmagan naqd pul aylanmasi, noqonuniy daromadlarni
legallashtirish, korrupsiya va xizmat lavozimlarini suiisteʼmol qilish va yashirin faoliyatning
boshqa koʻrinishlari rasmiy iqtisodiyotning doimiy taʼqibchilaridir. Bojxona sohasidagi jinoyatlar
ham “yashirin iqtisodiyot” koʻrinishlaridan biri hisoblanadi
16
.
Yashirin iqtisodiyot ulushi katta bo‘lgan sharoitda davlatning tartibga solish siyosati
samaradorligi pasayadi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning rasmiy sektorida samarasiz yuqori soliq
stavkalar va ortiqcha (byurokratik) tartibga solish mexanizmlari xo‘jalik sub’ektlarining rasmiy
sektorda qolish narxini oshiradi va yashirin sektorining o‘sishiga olib keladi
17
.
Xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot
ko‘rsatkichi 48 foizdan 62 foizgacha ekanligi aniqlangan.
Yashirin iqtisodiy faoliyat asosan latent, ya’ni yashirin xususiyatga ega bo‘lib, uni amalga
oshirish usullari doimiy o‘zgaruvchanlik, murakkablashib borish, turli sxemalar orqali sodir
etilishi kabi xususiyatlarga ega. Bu esa ularni aniqlash va fosh etish murakkab ekanligini
anglatadi
18
.
Bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etilishida imkoniyat yaratuvchi ijtimoiy omillar
doirasi ham ancha kengdir. Xususan, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatchilikning oʻsish surʼatlari
jadallashuviga aholining daromadlar darajasiga koʻra tabaqalanishi ayniqsa kuchli taʼsir koʻrsatdi.
Bunday tabaqalanish jamiyatda ijtimoiy keskinlikni kuchaytiradi.
Mazkur muammoning yana bir oʻziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlik subyektining
moddiy ahvoli qancha yomon boʻlsa, bojxona qonunchiligini buzish va bojxona toʻlovlarini
toʻlashdan boʻyin tovlashga turtki beruvchi omillarning taʼsiri shuncha kuchli boʻladi. Jumladan,
barcha bojxona majburiyatlarining bajarilishi jismoniy yoki yuridik shaxsning iqtisodiy holatini
yomonlashtirishi, hatto uning tugatilishiga ham sabab boʻlishi mumkin. Ayni shu sababli
tadbirkorlik subyekti bojxona qonunchiligini buzish va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin
15
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
9-yanvardagi
PF-5618-sonli
Farmoni,
https://lex.uz/docs/4149765
16
Achilov A.T. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlarini jinoiy-huquqiy
tartibga solishni takomillashtirish //Monografiya-Toshkent: BI,2020-y.–230 b.
17
Yashirin iqtisodiѐt. Oʼquv qoʼllanma: jamoa muallifligida. – T.: DBQ BI, 2020, 235 b.
18
Turdiev S.B. “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va unga qarshi samarali kurashish yoʼllari //URL:
http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/7_Turdiyev.pdf
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
598
tovlashni hayot kechirishning yagona yoʻli, deb hisoblashi mumkin.
Aholi daromadlarining kamligi mazkur jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardan
biridir. Aynan savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda hamda faoliyat bilan
litsenziyasiz shugʻullanish natijasining tannarxi qonuniy tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ish
natijasidan ancha past boʻladi, sababi, mazkur jinoyat bilan shugʻullanayotgan shaxs davlatga hech
qanday soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamaydi va ishlab chiqarayotgan mahsulot
sifatiga nisbatan masʼuliyat sezmaydi. Bu esa oʻz navbatida bunday shaxslarga ishlab chiqargan
mahsulotini arzon bahoda bozorga chiqarish imkoniyatini vujudga keltiradi. Aholining kam
daromadga ega boʻlishi bu holda ular uchun ayni muddaodir. Tabiiyki, kam daromadga ega
boʻlgan aholini mahsulotning sifati emas, balki uning bahosi qiziqtiradi
19
. Oʻzining moddiy
ahvolini bojxona qonunchiligini buzish va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash yoʻli
bilan boyitishga tayyor boʻlgan tadbirkorlar va fuqarolar soni koʻpayadi.
Tadbirkorlik subyektlariga bojxona qonunchiligini buzish va bojxona toʻlovlarni
toʻlashdan boʻyin tovlash yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlarni sodir etish imkoniyatini
beruvchi tashkiliy-boshqaruv sohasidagi kamchilik (omil)lar orasida tadbirkorlik subyekti sifatida
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish
tartib-taomillari bilan bogʻlik kamchiliklar alohida oʻrin egallaydi.
Jumladan, hozirga qadar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan har
qanday ruxsatnomalar berish va hisobga olish ishlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish asosida ularning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida
bevosita muloqot qilmaydigan shakllaridan toʻliq foydalanilmasdan kelinmoqda.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-aprel kunidagi
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada
qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PF-5409-sonli Farmonida tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishning
byurokratlashgan metodlari hali ham saqlanib qolinayotganligi, bu esa oʻz navbatida, mahalliy
biznesning raqobatdoshligini jadal rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitiga yangi texnologiyalar va
innovatsiyalarni tatbiq qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish boʻyicha
davlat siyosatining izchilligiga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga toʻsqinlik qilishi taʼkidlab
oʻtilgan
20
.
Iqtisodiy munosabat qatnashchilarining koʻplab maʼmuriy toʻsiqlarga uchrashi ham
mazkur jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 5-iyunda “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston
Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6005-
son Farmonida bojxona siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator
tizimli muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganligi taʼkidlangan
21
.
Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish uchun tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan
19
Abduqodirov Sh.Yo. Qonunga xilof tadbirkorlikka qarshi kurashning jinoyat- huquqiy va kriminologik
muammolari. Yurid. nomz. ... diss. - Toshkent: TDYUI, 2007. - B. 124.
20
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2018-yil
11-apreldagi
PF-5409-sonli
Farmoni,
https://lex.uz/docs/3676955.
21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni, https://lex.uz/docs/4844615.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
599
oʻtkazish tartibini yanada soddalashtirish, ruxsatnoma va litsenziyasiz faoliyat yuritishga qarshi
kurash mexanizmi kuchaytirilishi lozim. Shuningdek, bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish,
bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, “qogʻozsiz
va elektron bojxona”ning mantiqiy davomi va rivojlanishi boʻlgan “raqamli bojxonani”
shakllantirish, shu bilan birga bojxona ishi sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va
standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish lozim. Zero,
tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsatnomalar berishning soddalashtirilgan tartibi
va bojxona maʼmuriyatchiligining zamonaviy va sinovdan oʻtkazilgan usullarini qoʻllash kriminal
faollik, bojxona qonunchiligi buzilishi, ayniqsa soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni
toʻlashdan boʻyin tovlashning kamayishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlari miqdorining koʻpayishiga imkoniyat yaratuvchi
huquqiy omillardan biri amaldagi bojxonaga oid qonunchilikning kengligi, murakkabligi va
qonunchilikka doimiy ravishda kiritiluvchi oʻzgartirishlardir. Bojxona qonunchiligi juda keng
qamrovli munosabatlarni tartibga solishi va murakkabligi bilan ajralib turadi. Soliq va bojxona
sohasiga doir normativ-huquqiy baza yuzdan ortiq qonunlar, Prezident farmonlari, Hukumat
qarorlari, soliq va bojxona idoralarining yoʻriqnomalari va tushuntirishlarini oʻz ichiga oladi. Shu
bilan birga amaldagi bojxona qonunchiligiga doimiy ravishda kiritilayotgan oʻzgartirishlar
qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Ayrim tadqiqotchilar soliq va bojxona toʻlovlariga oid maʼlumotlarning aniq emasligi,
havolaki hujjatlarning koʻpligi, jinoyatchi shaxsining professionallik darajasi va huquqiy nigilizmi
mazkur sohadagi jinoyatlarni sodir etilishining asosiy sabablari deb hisoblaydilar
22
.
Bojxona sohasiga jinoyatlarining sodir etilishiga quyidagi sabablarni ham keltirib
oʻtishimiz mumkin:
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, shuningdek, bojxona organlari, banklar, birjalar,
ekspert tashkilotlari va boshqa sohalarda davlat tomonidan nazorat qilish funksiyalariga ega
amaldor shaxslar oʻrtasida nopok shaxslar mavjudligi va ularning xufiyona biznes vakillari bilan
birlashib ketganligi;
- bojxona organlarining zamonaviy texnika nazorati vositalari bilan yetarli darajada
taʼminlanmaganligi va chegaralarning texnik-muhandislik jihatdan mustahkam emasligi;
- huquqni muhofaza qiluvchi va davlat nazorat organlari oʻrtasida bojxona sohasida
huquqbuzarlikka qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻzaro mustahkam hamkorlik
oʻrnatilmaganligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi nazorat organlari bilan mavjud boʻlgan
hamkorlikni belgilovchi meʼyoriy hujjatlarning mukammal emasligi va mavhumligi;
- bojxona organlari tezkor (operativ) kuchlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun
kasbiy tayyorgarligining sayozligi, ushbu yoʻnalishda informatsiyaviy-operativ-iqtisodiy, tahliliy
ishlarning past darajada tashkil etilganligi va malakali tezkor xodimlar apparati
shakllantirilmaganligi va hokazolar
23
.
22
James Alm. Measuring, Explaining, and Controlling Tax Evasion: Lessons from Theory, Experiments, and Field
Studies // Working Paper 1213. July 2012.
23
Achilov A.T., Sheraliyev B.Yu., “Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarni oldini olish, fosh etish va ular
boʻyicha bojxona tekshiruvlarini oʻtkazish uslubiyati”. Oʻquv-uslubiy qoʻllanma Toshkent: 2015.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
600
Shuni taʼkidlash lozimki, bojxona sohasida ijtimoiy munosabatlarning kriminallashuvi
keng qamrovli boʻlib, u ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy sohalarni qamrab oladi.
Xususan, bularning barchasiga puxta oʻylanmagan bozor islohotlari, noqulay investitsiya
muhiti, kapitalning yetarli darajada himoyalanmaganligi, inflyatsiyaning yuqori darajasi,
meʼyoriy-huquqiy bazaning yetishmasligi (
birinchi navbatda, tashqi savdoni davlat tomonidan
tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, bojxona, soliq, valyuta qonunchiligi
), tashqi
iqtisodiy faoliyatda operatsiyalar ustidan davlat nazoratining past darajadagi nazorati, intellektual
faoliyat natijalarining himoyasizligi, milliy valyutani qadrsizlanishi va huquqiy ongning pastligini
koʻrsatishimiz mumkin.
Endilikda, bojxona chegarasi orqali tovar moddiy boyliklarini qonunga xilof ravishda olib
o‘tish bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, ular bo‘yicha javobgarlikni takomillashtirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi JKning 182-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikni xalqaro va
milliy qonunchilik talablariga moslashtirish lozim bo‘ladi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5 iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-181-sonli qarorida, Adliya Vazirligiga milliy
qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish yuklatilib, 2023 yil 1 iyuldan boshlab JST
qoidasiga va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish
taqiqlangan
24
.
Ma’lumki, Jahon savdo tashkilotining savdoni yengillashtirish va davlatlar o‘rtasidagi
tovarlar, xizmatlar savdosini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan talablari O‘zbekiston
Respublikasi tomonidan 2020 yil 21 dekabrda ratifikatsiya qilingan “Bojxona tartib-taomillarini
soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya (Kioto)sining talablari bilan
mos hisoblanadi.
Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlashga hissa qo‘shishi bilan bir qatorda bojxona to‘lovlarini undirish orqali fiskal vazifani
bajarishi bilan ajralib turadi.
Bojxona to‘lovlari tashqi savdo operatsiyalarini maqbul darajada tartibga solish maqsadida
davlat tomonidan foydalaniladigan asosiy dastaklardan biri hisoblanib, ichki bozorni rivojlantirish
hamda eksport imkoniyatlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Bojxona to‘lovlari asosan, import
tovarlardan undiriladigan majburiy to‘lovlar bo‘lib, uning tarkibiga bojxona boji, aksiz va
qo‘shilgan qiymat soliqlari hamda yig‘imlar kiradi. So‘nggi yillarda bojxona to‘lovlarining barcha
turlari bo‘yicha undirilgan mablag‘lar o‘sib kelmoqda
25
.
Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
jarayonida tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari tomonidan Davlat budjetiga bojxona
to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq holatlar yildan yilga ortib bormoqda.
Shu o’rinda, bojxona sohasidagi barcha tovarlarni olib kirish va ularni xududdan olib
chiqish quyidagi:
1) eksport;
24
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.06.2023 yildagi PQ-181-sonli Qarori.
25
Yashirin iqtisodiyot. Oʼquv qoʼllanma: jamoa muallifligida.– T.: DBQ BI, 2020, 77 b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
601
2) reeksport;
3) vaqtincha olib chiqish;
4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;
5) erkin muomalaga chiqarish (import);
6) reimport;
7) vaqtincha olib kirish;
8) bojxona hududida qayta ishlash;
9) vaqtincha saqlash;
10) bojxona ombori;
11) erkin ombor;
12) erkin bojxona zonasi;
13) boj olinmaydigan savdo;
14) bojxona tranziti;
15) yo‘q qilish;
16) davlat foydasiga voz kechish kabi bojxona rejimlari asosida amalga oshirilishini
takidlab o’tishimiz joizdir
26
.
Bojxona sohasidagi jinoyat qonunchiligini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan
biri bu – bojxona sohasiga oid xalqaro hujjatlar (konvensiyalar)ning talablarini va xorijiy davlatlar
tajribasini o‘rganish hamda ularning ijobiy xususiyatlarini milliy qonunchilikka joriy etish
hisoblanadi. Buning sababi shuki, milliy jinoyat qonunchiligini bojxona sohasiga oid xalqaro
hujjatlar (konvensiyalar)ning talablari hamda xorijiy mamlakatlarning jinoyat qonunchiligi bilan
qiyosiy o‘rganish uning afzalliklarini aniqlash va yurtimizda jinoiy qonunchilikni rivojlantirish
istiqbollarini chuqurroq anglab yetishga yordam beradi.
Shuningdek, qonun loyihalarini xorijiy huquqiy amaliyot bilan har tomonlama chuqur
qiyosiy tahlil qilish asosida ularni muhokama etish va sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga
ko‘tarishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik bilan bog‘liq masalalar ko‘pchilik
xorijiy mamlakatlar qonunchiligida dolzarbdir.
Mamlakatimizdagi bojxona sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning jinoiy-huquqiy
normalarini har tomonlama o‘rganish (tadqiq qilish) uchun bojxona sohasiga oid xalqaro hujjatlar
(konvensiyalar)ning talablarini milliy bojxona qonunchiligiga kiritish, shuningdek, ushbu
sohadagi xorijiy mamlakatlar qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish orqali bojxona sohasiga oid
xalqaro hujjatlar (konvensiyalar)ning talablarining va xorijiy tajribaning afzalliklari va
kamchiliklarini aniqlash imkoniyatini beradi va kelgusida bojxona sohasiga oid xalqaro hujjatlar
(konvensiyalar)ning talablarini va ilg‘or xorijiy tajribani o‘zimizga moslashtirish asosida
qonunchiligimizni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Biroq, xorijiy tajribani qabul qilish ulardagi huquqiy normalarni qonunchiligimizga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirish degan ma’noni anglatmasligi kerak. Shunga asosan, biz bojxona
sohasidagi jinoyatlarni xorijiy jinoyat qonunchiligini tahlil qilishga va mamlakatimiz jinoyat
qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha asosli takliflar kiritishga harakat qilamiz.
26
O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
602
Shu jihatdan qaralganda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyati bo‘yicha
ayrim xorijiy davlatlar qonunchiligi tahlil etilganda ularni shartli ravishda ikkita guruhga ajratish
mumkin:
birinchi guruh – bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq qilmishlar
uchun bir nechta jinoyat tarkibi belgilangan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Moldova,
Armaniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Gruziya, Bolgariya, Mongoliya,
Belarus Respublikasi, Gresiya, Daniya, Finlyandiya, Qozog‘iston, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasi);
ikkinchi guruh – “bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish” deb nomlangan alohida
jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmagan, ammo uning ayrim shakllari uchun javobgarlik nazarda tutilgan
davlatlar (Fransiya, Polsha, Germaniya Federativ Respublikasi, Shvesiya, Ispaniya, AQSh,
Shveysariya, Angliya)
27
.
Dastlab MDH mamlakatlarda bojxona sohasidagi munosabatlarni jinoiy huquqiy tartibga
solishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganamiz. Ko‘rib chiqilayotgan davlatlarning jinoyat
qonunchiligi O‘zbekiston Respubliksi qonunchiligidan sezilarli darajada farq qilmaydi, ammo
shunga qaramay, tadqiqotimiz uchun qiziqarli bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi bilan bir xil huquqiy tizimdagi MDHga a’zo aksariyat
davlatlarda “bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish” deb nomlangan yagona jinoyat
tarkibi mavjud emas. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Rossiya Federatsiyasi, Moldova, Armaniston,
Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston jinoyat
qonunchiligida bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq qilmishlar uchun bir
nechta jinoyat tarkibi belgilangan. Mazkur holat MDHga a’zo mamlakatlar jinoyat qonunlarining
1996 yilgi MDH mamlakatlari uchun model Jinoyat kodeksiga asosan ishlab chiqilganligi bilan
bog‘liqdir.
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini tahlil qilishda Qozog‘iston
jinoyat qonuni ham o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini qayd etish lozim. Jumladan, Qozog‘iston
JKda uchta moddada bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq quyidagi
qilmishlar ko‘rsatilgan
bo’lib ular quyidagilardir:
a) Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 234-moddasida iqtisodiy kontrabanda
uchun javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra Bojxona ittifoqiga a’zo
davlatlar chegarasidan
o‘tkazilishi taqiqlangan yoki o‘tkazish uchun tegishli ruxsat talab etiladigan tovar yoki boshqa
predmetlarni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona
hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda
yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib ko‘p miqdorda
o‘tkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
b) Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasida esa ko‘p miqdordagi
bojxona to‘lovlari va yig‘imlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik o‘rnatilgan.
v) Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 286-moddasida muomaladan chiqarilgan
predmetlar hamda muomala qilish cheklangan predmetlar kontrabandasi uchun jinoiy javobgarlik
27
Achilov A.T. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlarini jinoiy-
huquqiy tartibga solishni takomillashtirish //Monografiya-Toshkent: BI,2020-y.–230 b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
603
belgilangan. Mazkur jinoyat ob’ektiv tomondan Bojxona ittifoqiga a’zo davlatlar chegarasidan
muomaladan chiqarilgan yoki muomala qilish cheklangan tovar yoxud boshqa predmetlarni
bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki
vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki
deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib o‘tkazganlikda
ifodalanadi
28
.
Moldova Respublikasi jinoyat qonunida ham bojxona to‘g‘risidagi i qonun hujjatlarini
buzish bilan bog‘liq jinoyatlar kontrabanda deb nomlanib, Moldova Respublikasi JKning 248-
moddasida o‘z aksini topgan. Mazkur moddaning birinchi qismida tovarlar, ashyolar va boshqa
boyliklarni, ikkinchi qismida dori vositalari, etnobotanikalar, kuchli taʼsir etuvchi, zaharli, zaharli,
radioaktiv va portlovchi moddalar, shuningdek xavfli chiqindilarni, uchinchi qismida qurol, qurol,
portlovchi qurilmalar, o‘q-dorilarni, to‘rtinchi qismida madaniy boyliklarni bojxona nazoratini
chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib
yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa
nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib ko‘p miqdorda o‘tkazganlik uchun javobgarlik
belgilangan.
Moldova Respublikasi Jinoyat kodeksining 249-moddasida esa ko‘p miqdordagi bojxona
to‘lovlari va yig‘imlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik belgilangan
29
.
Qirg‘iziston Respublikasi jinoyat qonunchiligi o‘rganilganda, mazkur qonunchilikda
bojxona sohasidagi jinoyatlar alohida turkumlashtirilgan. Ya’ni Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 231-moddasi “Iqtisodiy kontrabanda” deb nomlanib, Yevroosiyo iqtisodiy
ittifoqining bojxona chegarasi orqali tovarlar yoki boshqa narsalarni bojxona nazoratidan
qoʻshimcha ravishda yoki yashirish yoki hujjatlar yoki bojxona identifikatsiya vositalaridan
firibgarlik yoʻli bilan foydalanish yoʻli bilan olib oʻtish yoki deklaratsiya qilmaslik yoki noto‘g‘ri
deklaratsiyalash harakatlari uchun mazkur modda doirasida javobgarlikka tortilishi belgilangan.
Shu bilan birga, JKning 285-moddasi (Qirg'iziston Respublikasining bojxona chegarasi
orqali olib o'tishning maxsus qoidalari belgilangan ashyolarni kontrabanda qilish)da belgilangan
jinoyatning predmeti giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va
prekursorlari, kuchli, zaharli, radioaktiv yoki portlovchi moddalar; qurollar, portlovchi qurilmalar,
o'qotar qurollar yoki o'q dorilar; yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg'in qurollarining
boshqa turlari; ommaviy qirgʻin qurollarini yaratishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan va
Qirgʻiziston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning maxsus qoidalari
belgilangan materiallar, texnologiyalar, ilmiy-texnik maʼlumotlar va uskunalar; bojxona chegarasi
orqali maxsus qoidalarga muvofiq olib o‘tiladigan strategik ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar va
madaniy boyliklar hisoblanadi.
Bundan tashqari, JKning 241-moddasi “Bojxona to'lovlarini to'lashdan bo'yin tovlash” deb
nomlanib, bojxona to‘lovlarini kamaytirish uchun asos hisoblaniuvchi hujjatlarini
qalbakilashtirish yoki ularni yo‘qotishda ifodalangan
harkatlar uchun bizning qonunchiligimizdan
farqli ravishda, alohida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan
30
.
28
Qozogʼiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // URL: https://kodeksy-kz.com/ka/ugolovnyj_kodeks/234.htm.
29
Moldova Respublikasi Jinoyat Kodeksi // URL:http://lex.justice.md/ru/331268/ .
30
Qirgʼiziston Respublikasi Jinoyat Kodeksi // URL:http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ruru/568.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
604
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatining mohiyatan u yoki bu jihatlari
haqida so‘z yuritilgan davlatlar jinoyat qonunchiligida yuqoridagidek tavsiflangan. Yuqorida qayd
etilganidek, mazkur davlatlar jinoyat qonunlariga ko‘ra “bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzish” kabi o‘xshash jinoyat mavjud bo‘lmasada, kontrabanda, iqtisodiy kontrabanda, bojxona
to‘lovlari va yig‘imlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi jinoyatlarni tadqiq etilayotgan jinoyat
tarkibiga yaqin qilmishlar sifatida ko‘rish mumkin.
Tadqiq etilgan ikkinchi guruhga mansub ayrim xorijiy davlatlarda “bojxona to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarini buzish” deb nomlangan alohida jinoyat tarkibi mavjud emas.
O’ziga xosligi yanada shunda ham namoyon bo‘ladiki, agar shaxs bojxona to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarini buzayotib, ruxsat etilgan chegaradan chiqqan bo‘lsa, unda tegishli qonunlarga
binoan javobgarlik qo‘llaniladi.
Fransiyada “bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish” deb nomlangan alohida
jinoyat tarkibi mavjud emas. Lekin bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishning ayrim
shakllari uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Masalan, Fransiya jinoyat qonunining 226-
moddasida bojxonadan o‘ziga qonuniy asosda tegishli bo‘lmagan tovarlar yoki shaxsni
tasdiqlovchi hujjatlar bilan o‘tganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan
31
.
Shuningdek, Shveysariyada ham “bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish” deb
nomlangan alohida jinoyat tarkibi mavjud emas. Biroq bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzishning ayrim shakllari uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Masalan, Shveysariya jinoyat
qonunining 246-moddasida bojxonadan o‘tishda soxta hujjatlardan foydalanganlik, 264-moddada
esa Shveysariya tomonidan ratifikatsiya qilingan bojxonaga oid xalqaro hujjatlar qoidalarini
buzganlik, 321-moddada bojxonada yuk va pochta rasmiylashtiruvini buzganlik uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan
32
.
Yuqoridagi izlanishlarni inobatga olgan xolda bojxona tо‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
jinoyati ham iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlardan birni sifatida qaralishi va uning о‘ziga xos
bо‘lgan jihatlari
(bojxona qonunchiligi bilan bog‘liq)
inobatga olinishi lozim.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bojxona tо‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq
tovarlarni olib kirish, yoki olib chiqishni taqiqlash davlat xavfsizligini ta’minlash jamoat tartibini,
axloq-odobni inson hayoti va sog‘lig‘ini atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, О‘zbekiston
Respublikasi va boshqa mamlakatlarning tarixiy arxeologik va san’at yodgorliklarini himoya
qilish maqsadida, shuningdek О‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan
holda amalga oshiriladi. Tovarlarni bojxona chegarasidan о‘tkazishni cheklash esa xalqaro vaziyat
ichki bozorni himoya qilishdan kelib chiqib, shuningdek chet el davlatlari va ittifoqlarining
О‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini kamsituvchi yoki ularga ziyon yetkazuvchi harakatlariga
javoban choralar sifatida о‘rnatiladi.
Bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar bojxona chegarasi
orqali tovar va transport vositalarini olib о‘tish,boj tо‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi,
bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga
31
www.legislationline.org/documents/section/criminalcodes/france_criminal_code.pdf.
32
www.legislationline.org/documents/section/criminal-codes/Swiss Criminal Code of 21 December 1937 (Status as
of 1January 2014) The Federal Assembly the Swiss Confederation, based on Article 123 paragraphs 1 and
3 of the Federal Constitution,and having considered a Federal Council Dispatch dated 23 July 1918.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
605
oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir. Jonatan Herrining ta’kidlashicha, “qonunchilik nuqtai
nazaridan bojxona ishi davlat iqtisodiy faoliyatining kontrabanda va boshqa bojxona sohasiga oid
sodir etilgan jinoyatlardan bir sifatida qaraladi”.
33
Bizning fikrimizcha esa, bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyati davlat va
jamiyat manfaatlariga zarar keltiruvchi iqtisodiyot sohasidagi jinoyat sifatida qaraladi. Bu
sohadagi jinoyatlar turg‘un va jadal iqtisodiy munosabatlarga zarar yetkazishi bilan birgalikda
jamiyatdagi sog‘lom iqtisodiy raqobat jarayonlariga ham ta’sir о‘tkazadi.
Amaldagi qonun hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar: O’zbekiston
Respublikasi JKning 182-moddasini quyidagi 3-qism bilan to‘ldirishni taklif sifatida
kiritamiz:
Yakka
tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik
sub’ektlarining nomiga kelgan tovarlarni chegara bojxona postida bojxona ko‘rigidan o‘tkazish
jarayonida yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida aniqlangan tafovutlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va
(yoki) yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan, mazkur tafovutlar aniqlangan
paytdan e’tiboran uch kunlik muddatda mustaqil tuzatilishi ularning ma’muriy va jinoiy
javobgarlikka tortilishini istisno etadi, bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxs
bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan deklaratsiyalanishi talab etiladigan tovarlarni
bojxona nazoratining “yashil” yo‘lagidan qasddan deklaratsiyalamasdan olib o‘tishi yoki
tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish maqsadida ularni bojxona yuk deklaratsiyasida
qasddan ko‘rsatmagan holda taqdim etilganlik holatlari hamda O‘zbekiston Respublikasiga olib
kirish va olib chiqishda alohida tartib belgilangan yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va
olib chiqish ta’qiqlangan tovarlarni olib o‘tish mustasno.
Taklif etilayotgan qoida bojxona to‘lovlarini o‘z xohishi bilan to‘lanilishiga, pul
mablag‘larini davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishiga hamda ishbilarmonlik muhitini
rivojlanishiga qo‘shimcha sharoitlar yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi JKga quyidagi nomdagi “Bojxona tо‘lovlarini tо‘lashdan
bо‘yin tovlash va bojxona sohasida berilgan imtiyozlardan maqsadsiz foydalanish” 184
1
-
modda bilan to’ldirish taklifini kiritamiz.
“Bojxona tо‘lovlarini tо‘lashdan qasddan bо‘yin tovlash shuningdek berilgan
imtiyozlardan maqsadsiz foydalanish, tovarning tarkibiy tuzilishi va texnik tavsifini о‘zgartirgan
holda undan boshqa maqsadlarda foydalanish shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo
qо‘llangandan keyin kо‘p miqdorda sodir etilgan bо‘lsa,-
Bazaviy hisoblash miqdoring bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima jazosi bilan
jazolanadi.
Ushbu qilmish:
a) juda kо‘p miqdorda
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini kо‘zlab sodir etilgan bо‘lsa
Bazaviy hisoblash miqdoring 300 baravaridan 500 baravarigacha jarima jazosi bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs (moddaning ikknchi qismi b bandi bundan
mustasno) bojxona organlari tekshiruvlari natijasi bо‘yicha bojxona organi qarorini olgan
33
Jonatan Herring . Criminal Law: Text cases and materials/ Oxford United Kingdom; New York: Oxford University
press [2014]P 936.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
606
sanadan boshlab о‘ttiz kalendar kundan yoxud о‘zaro kelishuvga binoan bо‘lib-bо‘lib yoki
kechiktirib tо‘lashning oxirgi muddatdan kechiktirmay bojxona tо‘lovlari tarzida yetkazilgan
zararning о‘rnini tо‘liq qoplasa javobgarlikdan ozod etiladi”.
Yuqoridagi moddaning O’zbekiston Respublikasi amaldagi JKga kiritilishi birinchi marta
jinoyat sodir etgan shaxsga yana bir bor imkon berish orqali, uning davlatga bo’lgan ishonchini
yanada oshirishga va kelgusida ushbu turdagi jinoyayatlar sodir etilishining kamayishiga olib
keladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.
4.
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.
5.
Suchkov Yu.I. Преступления в сфере внешнеекономической деятельности Rossiyskoy
Federatsii. Moskva, 2007. S. 115.
6.
Rusanov G.А. Преступления в сфере економической деятельности: учебное пособие.
Moskva,2011. S. 76. 14.
7.
Dmitrienko I.V. Foreign economic activity as the object of criminal law protection
//Russian investigator.2008. №8.
8.
Dmitrienko I.V. Внешнеекономическая деятельность как объект уголовноправовой
охраны // Rossiyskiy sledovatelь. 2008. № 8. С. 13–15. 15.
9.
Garmaev Yu.P. Преступления в сфере внешнеекономической деятельности и
криминалистическая методика расследования // SPS «Konsulьtant Plyus.
10.
Kadirov M.M. Ugolovnoe pravo Respubliki Uzbekistan. Osobennaya chastь. Uchebnik. /
Pod redaktsiey d.yu.n., prof. U.Tadjixanova. - Tashkent: Аdolat. 1997. - S. 204. 20.
11.
А.Т Achilov “Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq bojxona qonunchiligining buzilish
jinoyatlarini jinoiy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” Bojxona inistituti 2020 y.
68 b.
12.
Jbankov V.A. Таможенные преступления: сущность и проблемы выявления // sibir
yuridik xabarlari. 2004. № 4; Grachev O.V Понятие преступлений, посягающих на
экономическую безопасность Российской Федерации в сфере таможенной
интеграции // Advokat tajribalari. 2012. № 6.
13.
Jonatan Herring . Criminal Law: Text cases and materials/ Oxford United Kingdom; New
York: Oxford University press [2014]P 936.
14.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni,
https://lex.uz/docs/4149765.
15.
Yashirin iqtisodiѐt. Oʼquv qoʼllanma: jamoa muallifligida. – T.: DBQ BI, 2020, 235 b.
16.
Turdiev S.B. “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va unga qarshi samarali kurashish
yoʼllari // URL:http:// iqtisodiyot.tsue.uz/ sites/ default/ files/ maqolalar/ 7_Turdiyev.pdf.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
607
17.
Abduqodirov Sh.Yo. Qonunga xilof tadbirkorlikka qarshi kurashning jinoyat- huquqiy va
kriminologik muammolari. Yurid. nomz. ... diss. - Toshkent: TDYUI, 2007. - B. 124.
18.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-sonli Farmoni,
https://lex.uz/docs/3676955.
19.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni,
https://lex.uz/docs/4844615.
20.
James Alm. Measuring, Explaining, and Controlling Tax Evasion: Lessons from Theory,
Experiments, and Field Studies // Working Paper 1213. July 2012.
21.
www.legislationline.org/documents/section/criminal-codes/Swiss Criminal Code of 21
December 1937 (Status as of 1 January 2014) The Federal Assembly the Swiss
Confederation, based on Article 123 paragraphs 1 and 3 of the Federal Constitution,and
having considered a Federal Council Dispatch dated 23 July 1918.
22.
Jonatan Herring . Criminal Law: Text cases and materials/ Oxford United Kingdom; New
York: Oxford University press [2014]P 936.
23.
Qirgʼiziston Respublikasi Jinoyat Kodeksi // URL:http:// cbd.minjust.gov.kg / act/
view/ruru/568.
24.
Qozogʼiston
Respublikasi
Jinoyat
kodeksi
//
URL:
https://kodeksy-
kz.com/ka/ugolovnyj_kodeks/234.htm.
25.
Moldova Respublikasi Jinoyat Kodeksi // URL:http://lex.justice.md/ru/331268/.
26.
Yashirin iqtisodiyot. Oʼquv qoʼllanma: jamoa muallifligida.– T.: DBQ BI, 2020, 77 b.
27.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.06.2023 yildagi PQ-181-sonli Qarori.
