DAVLATNING INSON HUQUQLARINI TA’MINLASHDAGI MAJBURIYATI VA KONSTITUTSIYANING INSON MANFAATLARI UCHUN XIZMAT QILISHI

Abstract

Mazkur maqolada davlatning inson huquqlarini ta’minlashdagi asosiy majburiyatlari va Konstitutsiyaning inson manfaatlariga xizmat qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda konstitutsiyaviy tamoyillar, xalqaro majburiyatlar va davlatning ichki siyosatidagi inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Konstitutsiya inson manfaatlarini kafolatlovchi asosiy hujjat ekanligi, uning hayotga tatbiq etilishi jarayonlari misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, sud tizimi va huquqiy davlat tamoyillarining inson huquqlarini ta'minlashdagi o‘rni ham tahlil qilingan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yozilov , D. (2025). DAVLATNING INSON HUQUQLARINI TA’MINLASHDAGI MAJBURIYATI VA KONSTITUTSIYANING INSON MANFAATLARI UCHUN XIZMAT QILISHI. Modern Science and Research, 4(6), 620–623. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/107229
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada davlatning inson huquqlarini ta’minlashdagi asosiy majburiyatlari va Konstitutsiyaning inson manfaatlariga xizmat qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda konstitutsiyaviy tamoyillar, xalqaro majburiyatlar va davlatning ichki siyosatidagi inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Konstitutsiya inson manfaatlarini kafolatlovchi asosiy hujjat ekanligi, uning hayotga tatbiq etilishi jarayonlari misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, sud tizimi va huquqiy davlat tamoyillarining inson huquqlarini ta'minlashdagi o‘rni ham tahlil qilingan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

620

DAVLATNING INSON HUQUQLARINI TA’MINLASHDAGI MAJBURIYATI VA

KONSTITUTSIYANING INSON MANFAATLARI UCHUN XIZMAT QILISHI

Yozilov Dilshodbek Bahriddin o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti

1-bosqich B patok 2-guruh talabasi.

ydilshodbek2908@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15675919

Annotatsiya.

Mazkur maqolada davlatning inson huquqlarini ta’minlashdagi asosiy

majburiyatlari va Konstitutsiyaning inson manfaatlariga xizmat qilishdagi ahamiyati yoritilgan.

Tadqiqotda konstitutsiyaviy tamoyillar, xalqaro majburiyatlar va davlatning ichki

siyosatidagi inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Konstitutsiya inson
manfaatlarini kafolatlovchi asosiy hujjat ekanligi, uning hayotga tatbiq etilishi jarayonlari
misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, sud tizimi va huquqiy davlat tamoyillarining inson

huquqlarini ta'minlashdagi o‘rni ham tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

Inson huquqlari, Konstitutsiya, huquqiy davlat, sud tizimi, davlat siyosati,

jamiyat, fuqaro, huquqiy munosabat, xalqaro shartnoma, davlat siyosati, konstitutsiyaviy
islohotlar.

Kirish:

Inson huquqlarini himoya qilish zamonaviy davlatning eng muhim vazifalaridan biri

hisoblanadi. Davlat siyosati inson manfaatlariga xizmat qilishi uchun Konstitutsiyaning asosiy
tamoyillari real hayotda aks etishi zarur. Bugungi kunda davlat va jamiyat rivojlanishida huquqiy

asos sifatida Konstitutsiyaning roli beqiyosdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson
huquqlarining daxlsizligini ta’minlash uchun muhim hujjat sifatida maydonga chiqadi. Ushbu
maqolada davlatning inson huquqlarini ta’minlashdagi majburiyatlari va Konstitutsiyaning inson
manfaatlariga xizmat qilishi holati ko‘rib chiqiladi.

Davlatning inson huquqlarini ta'minlashdagi majburiyatlari:

1.

Konstitutsiyaviy asoslar:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat va fuqarolar

o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Uning asosiy tamoyillaridan biri inson va

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashdir. 13-moddada inson, uning hayoti, erkinligi,

sha’ni, qadr

-

qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilab qo’yilgan

1

.

Bu esa mamlakatda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga soslanishining yaqqol

namunasidir.19-

moddada esa O’zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari

xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga
muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi deb e’tirof etilgan.

2

Ushbu ikki modda misolida inson

huquqlarini ta’minlash davlatning muhim vazifasi ekanini anglab olishimiz mumkin. Bunday

normalarga yana bir qancha misollar keltirishimiz mumkin va ularning barchasi albatta inson
foydasiga xizmat qiladi.

2.

Xalqaro majburiyatlar:

O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlariga oid 70 dan ortiq

xalqaro shartnomalarning ishtirokchisidir. Masalan, 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yildagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar pakti, shuningdek,

1

O’zbekiston Respeblikasi Konstitutsiyasi 13

-moddasi

2

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1

9-moddasi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

621

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar pakti davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ushbu

xalqaro hujjatlar O‘zbekistonning inson huquqlarini ta'minlash borasidagi sa’y

-harakatlariga asos

bo‘lib xizmat qiladi.

3.

Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari:

Davlatning asosiy vazifasi fuqarolarning

xavfsizligini ta'minlash va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirishdir. O‘zbekistonda qabul

qilingan 2024-

yilgi "Aholini ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun jamiyatdagi zaif

qatlamlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, davlat tomonidan amalga
oshirilayotgan

konstitutsiyaviy

islohotlar

ham

inson

huquqlarining

kafolatlarini

mustahkamlashni maqsad qilgan.

Konstitutsiyaning inson manfaatlariga xizmat qilishi:

Inson huquqlari

konstitutsiyaning muhim tarkibiy qismidir. Konstitutsiyaga muvofiq

inson va davlat munosabatlarida ustuvorlik shaxsga beriladi. Konstitutsiya qoidalarini tahlil etib,
undan inson huquqlari mazmun va mohiyatini belgilab beruvchi quyidagi muhim xususiyatlarni

ajratib ko‘rsatish mumkin. Avvalombor inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya
qilish davlatning alohida majburiyati ekanligiga urg‘u berib o‘tish lozim. Ikkinchidan, Asosiy
qonunda o‘z tasdig‘ini topgan inson huquqlari va erkinliklari ro‘yxati asosiy xalqaro

-huquqiy

hujjatlar qoidlariga muvofiq keladi. Ushbu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, inson huquqlari

sohasida milliy qonunchilikka nisbatan xalqaro huquq normalarining ustuvorligi belgilab

qo‘yilgan. Uchinchidan, Konstitutsiya qoidalarida tabiiy huquq nazariyasi o‘z ifodasini topdi.

Har bir inson tug‘ilganidan muayyan huquqlarga ega bo‘lishi qoidasi mustahkamlab

qo‘yildi. To‘rtinchidan, barchaning qonun oldida tengligi va eng muhimi Konstitutsiyada
fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasiga ega bo‘lishlari qoidasi o‘z tasdig‘ini topdi.

Beshinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslarning

huquqlariga daxl qilmasligi qoidasi mustahkamlab qo‘yildi.

3

1.

Huquqiy kafolatlar tizimi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson manfaatlarini davlat siyosatining

markaziga qo‘yadi. 24

-moddada har bir shaxsning yashash huquqi daxlsiz ekanligi belgilangan.

27-moddada esa har bir insonning sha'ni, qadr-qimmati va shaxsiy hayoti himoya qilinishi
ta'kidlangan. Ushbu huquqlar davlatning barcha organlari faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega.

2.

Sud tizimi va qonun ustuvorligi

Davlatning inson manfaatlariga xizmat qilishida sud tizimining mustaqilligi muhim

ahamiyat kasb etadi. Sudlarning mustaqilligi fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga asos

bo‘ladi. Misol uchun, 2024

-

yil avgust oyida Navoiy shahar sudida ko‘rilgan jinoyat ishlari

natijalarida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari samarali himoya qilinganligi kuzatilgan.

3.

Fuqarolarni huquqiy xabardor qilish

Davlatning inson manfaatlariga xizmat qilishi uchun fuqarolar o‘z huquq va

majburiyatlarini bilishi zarur. O‘zbekistonda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha qabul

qilingan dasturlar fuqarolarni Konstitutsiya va boshqa huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati
bilan tanishtirishga qaratilgan.

Inson huquqlarini ta’minlashdagi islohotlar va ularninh ahamiyati:

3

Саидов

А

.,

Тожихонов

У

.

Давлат

ва

ҳуқуқ

назарияси

:

икки

жилдли

. 2-

жилд

.

Ҳуқуқ

назарияси

Т

.:

Ўзбекистон

Республикаси

ИИВ

академияси

, 2001.

447-

бет

.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

622

1.

Siyosiy islohotlar:

2023-

yil dekabrida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar inson

huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirdi. Masalan, sud tizimi faoliyatini

liberallashtirish va ayblanuvchilar huquqlarini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar

xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baholandi.

2.

Huquqiy islohotlar:

Konstitutsiyaviy islohotlar natijadorligini ta’minlash va xalqchil islohotlarni davom

ettirish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab

berildi:

birinchidan, “shaxs –

jamiyat

davlat” paradigmasini konstitutsiyaviy qonunchilik va

konstitutsiyaviy amaliyotda mustahkamlash;

ikkinchidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida shaxs manfaatlarini samarali ta’minlash

hamda uning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqish;

uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va mavqeini konstitutsiyaviy asosda

belgilash;

to‘rtinchidan,

oila, onalik va bolalik institutini rivojlantirish, millatlararo totuvlikni

mustahkamlashning konstitutsiyaviy asoslarini belgilash;

beshinchidan, Konstitutsiyada yoshlarga oid davlat siyosatini ustuvor yo‘nalish sifatida

kiritish;

oltinchidan, bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish

yo‘lidan dadil ketayotganini hisobga olib, “Yangi O‘zbekiston –

ijtimoiy davlat” tamoyilini

konstitutsiyaviy norma sifatida belgilash;

yettinchidan, inson huquqlarini himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini

oshirish, bolalar mehnatining oldini olish, nogironlar, keksa avlod vakillari huquqlarini ishonchli
himoya qilish;

sakkizinchidan, Konstitutsiyaga maxsus ekologik bo‘lim, global iqlim o‘zgarishi bilan

bog‘liq huquqiy normalarni kiritish;

to‘qqizinchidan, asosiy qadriyat sifatida inson kapitalini rivojlantirishni konstitutsiyaviy

darajaga ko‘tarish.

Xulosa

Davlatning inson huquqlarini ta'minlashdagi majburiyati konstitutsiyaviy asosga ega

bo‘lib, bu jarayonning samaradorligi huquqiy tizimning amalda ishlashiga bog‘liq. Konstitutsiya
inson manfaatlarini himoya qilish uchun kuchli huquqiy asos bo‘lsa

-da, uning hayotda tatbiq

etilishi davlat siyosati, sud tizimi va xalqaro huquqiy majburiyatlarga rioya qilish bilan

chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun davlatning bu boradagi harakatlari muntazam ravishda
rivojlantirilib, inson huquqlarini ta’minlashda innovatsion yondashuvlar qo‘llanilishi lozim.

Inson o’z huquqlari himoyasi ta’minlangan jamiyatdao’zini erkin his qiladi. Erkin inson

esa maqsad sari, jamiyat rivojiga hissa qo’shish sari kuch bilan, ishonch bilan olg’a intiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992 yil.

2.

BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1948 yil.

3.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar pakti, 1966 yil.

4.

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy himoya to‘g‘risidagi qonunlari, 2024 yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

623

5.

"Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro normalar va milliy qonunchilik" to‘plami, Toshkent,

2023 yil.

6.

Саидов А., Тожихонов У. Давлат ва ҳуқуқ назарияси: икки жилдли. 2

-

жилд.Ҳуқуқ

назарияси –

Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ академияси, 2001. –

447-

бет.





References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992 yil.

BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1948 yil.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar pakti, 1966 yil.

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy himoya to‘g‘risidagi qonunlari, 2024 yil.

"Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro normalar va milliy qonunchilik" to‘plami, Toshkent, 2023 yil.

Саидов А., Тожихонов У. Давлат ва ҳуқуқ назарияси: икки жилдли. 2-жилд.Ҳуқуқ назарияси – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ академияси, 2001. – 447-бет.