ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
36
O‘ZBEK GRAFIKA SAN’ATIDA ANVAR MAMADJANOV IJODINING O‘RNI VA
AHAMIYATI
Turabekova Marjona Usubali qizi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi
1-kurs magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15149119
Annotatsiya.
Mavzuning qiyosiy taxlili shundan iboratki, unda o‘zbek grafika san’atining
yorqin vakili Anvar Mamadjanov hayoti va ijodi chuqur tahlil qilinadi. O‘zbekiston grafik
rassomi ijodiy assarlari va uning ishlash uslublari o‘rganib chiqilgan. Mazkur mavzuni to‘liq
yoritishga qaratilgan bu maqola bo‘lajak grafik rassomlar uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar
keltirlgan.
Kalit so‘zlar:
Grafika san’ati, kitob grafikasi, kompozitsiya, tasviriy uslub, zamonaviy va
klassik uyg‘unlik.
THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE WORK OF ANVAR MAMADJANOV IN
UZBEK GRAPHIC ART
Abstract.
The comparative analysis of the topic is such that a deep analysis of the life and
work of Anvar Mamadjanov, a bright representative of Uzbek graphic art, is carried out in it.
The creative assars of the graphic artist of Uzbekistan and the methods of its work are
studied. This article, aimed at fully covering this topic, provided the necessary information for
future graphic artists.
Keywords:
Graphic art, book graphics, composition, visual style, modern and classical
harmony.
МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА АНВАРА МАМАДЖАНОВА В
ГРАФИЧЕСКОМ ИСКУССТВЕ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
Сравнительный анализ темы заключается в том, что в ней дается
глубокий анализ жизни и творчества Анвара Мамаджанова, выдающегося
представителя узбекского графического искусства. Изучено творчество узбекского
художника-графика и методы его работы. Цель данной статьи — полностью раскрыть
эту тему и предоставить информацию, необходимую будущим художникам-графикам.
Ключевые слова:
Графика, книжная графика, композиция, живописный стиль,
современная и классическая гармония.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
37
Barchamizga ma’lumki, o‘zbek xalqi o‘zining san’atsevarligi, san’atning barcha turlarini
qadrlashi bilan nom chiqargan xalqdir. Ayniqsa, xalqimiz orasida musavvirlik san’ati yuksak
qadrlanib kelgan, musavvirlarga alohida hurmat va e’tibor ko‘rsatilgan. Asrlar osha insonlarga
go‘zallik hadya etib kelayotgan musavvirlik uzoq yillar davomida shakllangan, sayqallanib
kelgan ijod turi desak o‘rinli bo‘ladi. Ayniqsa, tasviriy san’at xazinasidan munosib o‘rin olgan
grafika san’ati Sharq xalqlarining mushtarak badiiy mеrosi hamdir. U nodir adabiy asarlarni
ziynatlash bilan birga, mazkur asarlarning mazmunini ochib berishga, ulardagi ilgor
insonparvarlik g‘oyalari, oliyjanoblikka bo‘lgan intilish, go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurni
ifodalashga ham xizmat qilgan.
Turli san’atkorlar - xattot, rassom, mo‘zaxxib, muqovasoz, jadvalkash va boshqalarning
ijodii hamkorligida yaratilgan nodir qo‘lyozmalar o‘sha davr madaniy, ijtimoiy hayotini badiiy-
estеtik qarashlarini o‘rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi.
O‘zbek rassomlarining grafik asarlarini badiiy tahlil qilishda kompozitsiya, ranglar,
detallar, ma’no va mavzular o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bu asarlar nafaqat tashqi dunyoni
tasvirlash, balki insonning ichki dunyosini, uning tarixiy, ijtimoiy va ma’naviy holatini aks
ettirishga qaratilgan.
O‘zbek grafikasi o‘zining estetik go‘zalligi va chuqur mazmuni bilan nafaqat O‘zbekiston,
balki butun dunyo san’ati tarixida o‘ziga alohida o‘rin tutadi. O‘zbekistonda ko‘plab grafika
rassomlari ijod qilishgan. Ular orasida Mamadjanov Anvar Alimjanovich ijodi alohida o‘rin
tutadi.
Mamadjanov Anvar Alimjanovich o‘zbek grafik san’ati sohasida o‘ziga xos o‘rin tutgan,
yurtimizda taniqli bo‘lgan ustoz rassomlardan biridir. U o‘zining ijodi bilan o‘zbek grafik
san’atining rivojiga katta hissa qo‘shgan va o‘z asarlari orqali yangi uslublarni yaratishga
muvaffaq bo‘lgan.
Musavvir Anvar Mamadjanov 1950 yilning 22 may kuni Toshkent shahrida tavallud
topgan. 1968-1973 yillarda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr-rassomlik
institutining kulolchilik bo‘limida tahsil olib, talabalik yillari o‘z davrining buyuk rassomlari
E.Liyepene va B.Shupak ustaxonalarida mahorat sirlarini o‘rganadi. 1973 yilda o‘quv yurtini
tamomlab, o‘n yil amaliy san’at fabrikasida turli kulolchilik buyumlarini yasash bilan
shug‘ullangan bo‘lishga qaramay doim grafikaga qiziqib, ijod qilishdan to‘xtamagan. G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyiga ishga taklif qilinib, u yerda deyarli 20 yil
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
38
davomida asosan ertaklar, she’rlar to‘plamlari uchun illusstratsiyalar chizgan va bolalar
adabiyoti dizayni bilan shug‘ullangan.
Ijodiy faoliyati davomida Alisher Navoiy, Pirimqul Qodirov, Muhammad Ali, Azim
Suyun, Xurshid Davron, Yamin Qurbon, Muxtor Xudoyqulov asarlariga, shuningdek xalq
dostonlari, afandi latifalariga ilyustratsiyalar ishlagan. Shaxsiy ko‘rgazmalari AQSH, Bahrayn,
Belgiya, Liviya, Marokash, Tunis, Hindiston kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan. Yigirmadan
ortiq xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi va sovrindori hissoblanadi. Uning ijodi o‘ziga xos
yondashuv bilan ajralib turadi. Mamadjanovning san’ati nafaqat tasviriy san’at, balki o‘zbek
milliy madaniyati, an’analari va qadriyatlarini tasvirlashda ham muhim rol o‘ynaydi.
Mamadjanovning grafik asarlari, asosan, milliy motivlar va an’anaviy o‘zbek san’atining
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. U o‘zining rang-barang va mazmunli
ishlari orqali xalqimizning qadriyatlarini, tarixini, madaniyatini ifodalab kelayotgan rassom.
San’atkorning grafika asarlari, shu bilan birga, zamonaviy dizayn va kompozitsiya
elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan, shu bilan birga klassik grafik san’atning an’analarini
saqlagan. Shuningdek u, Davlatimiz gerbi va bayrog‘ining muallifidir. O‘zbekiston davlat
gerbini yaratish bo‘yicha tanlov 1991 yilda mamlakat mustaqillikka erishgandan so‘ng e’lon
qilingan. Unda respublikaning barcha hududlaridan ijodkorlar ishtirok etdi. Tanlovga taqdim
etilgan eskizlar Fanlar akademiyasi professor-o‘qituvchilari va Badiiy akademiya a’zolaridan
iborat bo‘lgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, unga turli janr
va texnikada ishlaydigan rassomlar ham kirgan. Ulardan biri grafik rassom Anvar Mamajonov
bo‘lib, u ham tanlovga o‘z ishini taqdim etadi. Rassom yangi gerb uchun O‘zbekiston SSR
gerbini asos qilib olgan va unga o‘zbek xalqi va o‘zbek zaminining timsollarini qo‘shgan. Anvar
Mamajonov taklif qilgan gerb O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyuldagi
sessiyasida Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun bilan qabul qilingan va tasdiqlangan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
39
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi
U an’anaviy grafikaga yangi ruh kiritib, milliy elementlarni zamonaviy shakllarda
ishlashni maqsad qilgan. Uning ijodida mashhur o‘zbek adabiyotining obrazlari, xalqning
kundalik turmushi, tarixiy voqealar va milliy urf-odatlar o‘z aksini topgan. Mamadjanov o‘zining
grafik ishlanmalarida klassik uslublardan foydalanish bilan birga, eksperimentlarga ham juda
ochiq edi.
U matbaa, linogravyura (taxta gravyurasi), ofort va boshqa grafik texnikalarda ishlagan va
ularning har birini o‘ziga xos shaklda rivojlantirgan. U grafikada kontrast, chiroyli kompozitsiya
va ma’naviy ma’nolarni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Anvar Mamadjanovning ijodi nafaqat o‘zbek grafik san’ati, balki jahonda ham tan olindi.
Uning san’ati o‘zbek grafikasi uchun yangi yo‘nalishlarni ochib berdi, xalq va tabiatni
chiroyli tarzda aks ettirishga qaratilgan ko‘plab ishlanmalarni yaratdi.
Anvar Mamadjanovning ijodiy asarlari haqida gapirar ekanmiz uning asarlari ichida “101
o‘zbek” turkum asari o‘zbek grafik san’ati tarixida muhim o‘rin tutadi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Ayniqsa, bu asar Ikkinchi Jahon urushi voqealariga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek
xalqining urushdagi qatnashishi, jasorati, mehnati va qahramonligini ifodalovchi zamonaviy va
xalqiy bir asar sifatida e’tirof etiladi. Bu asarlar ilk 2022-yil P.Benkov nomidagi Respublika
ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida tashkil etilgan “101 o‘zbek” nomli ko‘rgazmada
tomoshabinlar nigohiga havola etildi.
“101 o‘zbek” seriyasidan.
Har bir asar urush davrida o‘z hayotini yo‘qotgan yoki frontda qatnashgan o‘zbeklarning
qahramonligini ko‘rsatadi. Bu asarlarning har birida o‘zbek millatining kuchi, fidoyiligi va
mardligini aks ettiruvchi obrazlar tasvirlanadi. U “101 o‘zbek” turkumidagi har bir asarida turli
xil voqealar va qahramonlarning hayotiga oid dramatik sahnalarni tasvirlaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
40
“101 o‘zbek” seriyasidan.
Grafik rassom urushning azob-uqubatlarini, og‘ir sharoitlarda kurashayotgan oddiy
odamlarning qahramonligini, shuningdek, urushda halok bo‘lganlar va frontdagi mardlar
obrazlarini o‘zining yuqori texnik uslubi bilan ko‘rsatgan. Asarlarda faqat frontda jang
qilayotgan askarlar emas, balki urushning barcha jabhalarida qatnashgan odamlarning
qahramonligi ham aks ettirilgan.
“101 o‘zbek” seriyasidan.
Rasom asarlarini yaratishda grafika san’atining turli uslublaridan foydalanganini
ko‘rishimiz ham mumkin. U matbaa, linogravyura, ofort kabi texnikalardan foydalanib,
sahnalarni juda dramatik va ta’sirli tarzda yaratdi. Tasvirlarda kontrastlar, chiroyli
kompozitsiyalar va simvollik elementlar asosida o‘zbek xalqining ruhiyatini ifodalashga harakat
qilgan. Asarlarning har birida jasorat, fidoyilik, ba’zan esa qayg‘u va qaytarilmas yo‘qotishlar
obrazlari yoritilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
41
“101 o‘zbek” seriyasidan.
Anvar Mamadjanovning “101 o‘zbek” asarlarida tasvirlangan obrazlari haqida tahlil
etadigan bo‘lsak, unda asosan, o‘zbek xalqining urushdagi turli qatlamlarini ko‘rsatishga
qaratilgan bo‘lib, ushbu turkumda: frontda jang qilayotgan o‘zbek askarlari, uyda urushning
og‘irligini yengayotgan ayollar va bolalar, urushga faqat jasoratini olib borgan, lekin halok
bo‘lgan o‘zbeklar, xalqning urushdan keyingi qayg‘u va qaytarilmas yo‘qotishlarga qarshi
kurashi kabi turli obrazlar aks ettirilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Anvar Mamadjanov ushbu asar orqali
faqatgina o‘zbek xalqining urushdagi qahramonligini ko‘rsatib qolmay, balki xalqning orzu-
umidlari, fidoyiligi va kurashi haqida chuqur ma’nolarni ham ilgari suradi. Mamadjanovning
grafikalari faqat san’at nuqtai nazaridan emas, balki tarixiy ahamiyatga ham ega, chunki ular
urush davrining eng og‘ir yillari, xalqning jasorati va mardligini eslatib turadi. Bu turkum asar
o‘zbek grafik san’ati tarixida alohida o‘rin tutadi va keyingi avlodlar uchun muhim madaniy
meros bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1.
Акбарходжаев Абдулазиз Ахмадходжаевич (2020). Штрихи к творчеству Анвара
Мамаджанова. Проблемы современной науки и образования, (6-1 (151)), 103-106.
doi: 10.24411/2304-2338-2020-10608
2.
Мамаджанов Анвар Алимджанович“ (ru). rosgrafik.blogspot.com. 2023-yil 24-
noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-aprel.
3.
Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF
THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.
4.
Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING
O‘RGANILISHI.
Innovative Development in Educational Activities
,
2
(9), 57–62.
Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259
5.
https://www.gazeta.uz/oz/2022/07/02/emblem/
