YASHIL IQTISODIYOT: BARQAROR TARAQQIYOTNING ASOSIY YO‘NALISHI

Аннотация

Yashil iqtisodiyot barqaror taraqqiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ekologik muvozanatni saqlagan holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mohiyati, uning asosiy tamoyillari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek, yashil texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologik toza ishlab chiqarish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlari yoritiladi. Maqolada mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqaro tajriba asosida ilg‘or strategiyalar tahlil qilinadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ikramova, M., & Tozaboyeva, A. (2025). YASHIL IQTISODIYOT: BARQAROR TARAQQIYOTNING ASOSIY YO‘NALISHI. Современная наука и исследования, 4(3), 510–515. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/72124
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Yashil iqtisodiyot barqaror taraqqiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ekologik muvozanatni saqlagan holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mohiyati, uning asosiy tamoyillari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek, yashil texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologik toza ishlab chiqarish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlari yoritiladi. Maqolada mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqaro tajriba asosida ilg‘or strategiyalar tahlil qilinadi.


background image

510

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

YASHIL IQTISODIYOT: BARQAROR TARAQQIYOTNING ASOSIY YO‘NALISHI

Ikramova Mehribon Abdushukurovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti, kata o‘qituvchi.

ikramovamehribonu@gmail.com

Tozaboyeva Aziza Ollabergan qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti, ECO23-01 guruhi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15023244

Annotatsiya.

Yashil iqtisodiyot barqaror taraqqiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri

bo‘lib, ekologik muvozanatni saqlagan holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu

maqolada yashil iqtisodiyotning mohiyati, uning asosiy tamoyillari va rivojlanish istiqbollari

tahlil qilinadi. Shuningdek, yashil texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari,

ekologik toza ishlab chiqarish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlari yoritiladi.

Maqolada mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar

va xalqaro tajriba asosida ilg‘or strategiyalar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Yashil iqtisodiyot, barqaror taraqqiyot, ekologik muvozanat, yashil

texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya

samaradorligi, uglerod neytralligi, ekologik toza ishlab chiqarish, biomuhandislik, iqlim

o‘zgarishi, resurs tejash, innovatsion rivojlanish, ekologik siyosat, tabiiy kapital.

GREEN ECONOMY: THE MAIN DIRECTION OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT

Abstract.

Green economy is one of the important directions of sustainable development,

aimed at ensuring economic growth while maintaining ecological balance. This article analyzes

the essence of the green economy, its main principles and development prospects. It also covers

green technologies, renewable energy sources, environmentally friendly production and

environmental protection measures. The article analyzes the reforms being implemented in our

country to transition to a green economy and advanced strategies based on international

experience.

Keywords:

Green economy, sustainable development, ecological balance, green

technologies, renewable energy, environmental protection, energy efficiency, carbon neutrality,

environmentally friendly production, bioengineering, climate change, resource conservation,

innovative development, environmental policy, natural capital.

ЗЕЛЁНАЯ ЭКОНОМИКА: КЛЮЧЕВОЕ НАПРАВЛЕНИЕ УСТОЙЧИВОГО

РАЗВИТИЯ

Аннотация.

Зелёная экономика является одним из важных направлений

устойчивого развития и направлена на обеспечение экономического роста при сохранении

экологического равновесия. В статье анализируется сущность зеленой экономики, ее


background image

511

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

основные принципы и перспективы развития. Также будут рассмотрены зеленые

технологии, возобновляемые источники энергии, экологически чистое производство и

меры по защите окружающей среды. В статье анализируются реализуемые в нашей

стране реформы по переходу к зеленой экономике и передовые стратегии, основанные на

международном опыте.

Ключевые слова:

Зеленая экономика, устойчивое развитие, экологическое

равновесие, зеленые технологии, возобновляемая энергетика, охрана окружающей среды,

энергоэффективность, углеродная нейтральность, экологически чистое производство,

биоинженерия, изменение климата, ресурсосбережение, инновационное развитие,

экологическая политика, природный капитал.

Kirish

Hozirgi kunda barqaror rivojlanish konsepsiyasida yashil iqtisodiyot muhim o‘rin tutadi.

Globallashuv sharoitida ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning

kamayishi kabi muammolar iqtisodiy o‘sish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli dunyo

davlatlari yashil iqtisodiyotga o‘tish orqali iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlikni

ta’minlashga intilmoqda.

Yashil iqtisodiyot nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishni, balki yangi ish o‘rinlari

yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini

oshirishni ham o‘z ichiga oladi. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali

foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va resurslarni tejash kabi tamoyillar yashil iqtisodiyotning

muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.

Iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishining asosiy muammolaridan

biriga aylandi, dedi Shavkat Mirziyoyev Dubayda bo‘lib o‘tgan COP28 sammitida. U “yashil”

iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish “Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadi”

ekanini ta’kidladi.

Haqiqatda ham, hozirgi davrda iqlim muammolari jahondagi barqaror rivojlanish yo‘lida

eng asosiy tahdidga aylanib ulgurdi. Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari zamonamizning eng

ayanchli ekologik inqirozlaridan biri — Orol fojiasi tufayli Markaziy Osiyo va unga yondosh

mintaqalarda ayniqsa jiddiy sezilmoqda.

Tuproq yemirilishi, muntazam chang va qum bo‘ronlari, ichimlik suvi taqchilligi, havo

iflaslanishi, bioxilma-xillik qisqarishi, hosildorlikning keskin pasayishi va ko‘plab boshqa

muammolar mintaqada istiqomat qilayotgan millionlab odamlarning turmushi sifatiga salbiy

ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image

512

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Shuning uchun ham mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha keng

ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ekologik toza energiya manbalarini keng joriy etish,

chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish va innovatsion ekotexnologiyalarni

rivojlantirish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Bu jarayon nafaqat atrof-muhitni muhofaza

qilishga, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Asosiy qism

Yashil iqtisodiyot – bu ekologik barqarorlik va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan

iqtisodiy tizim bo‘lib, u tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya

manbalarini rivojlantirish va ekologik zarar yetkazmaydigan ishlab chiqarish usullarini

qo‘llashni nazarda tutadi. Ushbu konsepsiya iqtisodiy o‘sish va ekologik muvozanat o‘rtasidagi

uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan.

Yashil iqtisodiyot quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:

Resurslardan samarali foydalanish – tabiiy boyliklarni tejash va ulardan oqilona

foydalanish.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish – quyosh, shamol, biogaz va

gidroenergetikadan keng foydalanish.

Ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish – ishlab chiqarishda uglerod chiqindilarini

kamaytirish va chiqindilarni qayta ishlash.

Atrof-muhitni muhofaza qilish – ekologik barqarorlikni ta’minlash va tabiiy ekotizimlarni

asrab-avaylash.

Ijtimoiy adolat va aholi farovonligi – yashil iqtisodiyot jamiyatning barcha qatlamlari

uchun iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, global isish, tabiiy resurslarning kamayishi, biologik

xilma-xillikning yo‘qolishi, chiqindilarni qayta ishlash muammosi dunyo hamjamiyatini yashil

iqtisodiyotga o‘tishga undamoqda. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, yashil iqtisodiyotga

o‘tish nafaqat ekologik muammolarni hal qilish, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun

ham zarurdir.

Jahon banki va BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, yashil iqtisodiyotning rivojlanishi

iqtisodiy samaradorlikni oshirib, yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Misol uchun,

Germaniya, Janubiy Koreya, Daniya kabi davlatlar yashil iqtisodiyotni rivojlantirish orqali

iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga erishgan. Bu davlatlarda qayta tiklanuvchi energiya

manbalarining ulushi ortib, an’anaviy energetikaga qaramlik kamaymoqda.

Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qator islohotlar amalga

oshirilmoqda. Quyida ushbu jarayonning asosiy yo‘nalishlari keltirilgan:


background image

513

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. O‘zbekiston quyosh va shamol

energetikasi bo‘yicha katta salohiyatga ega. Shu sababli, davlat tomonidan quyosh panellari va

shamol turbinalarini joriy etish loyihalari faol amalga oshirilmoqda. Hozirda mamlakatda qayta

tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi

qariyb 10 foizni tashkil etmoqda. 2030-yilga qadar ushbu ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazish

maqsad qilingan. Bu har yili 25 milliard kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga zararli

tashlanmalarni 34 million tonnaga qisqartirish imkonini beradi.

2. Ekologik toza transportni rivojlantirish. Elektr transport vositalarini keng joriy etish va

jamoat transportini ekologik xavfsiz tizimga o‘tkazish dolzarb masalalardan biridir. Hozirda

O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, shahar transport tizimida gaz va

elektrobuslarning ulushi oshirilmoqda. Masalan, 2024-yil sentabr oyida energetika vaziri Jurabek

Mirzamahmudovning ma’lumotiga ko‘ra, qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy

ishlab chiqarishdagi ulushi 10 foizga yetgan, yil oxiriga qadar esa 15 foizga yetkazish

rejalashtirilgan.

3. Chiqindilarni qayta ishlash va resurslarni tejash. Chiqindilarni qayta ishlash yashil

iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda yiliga 10,2 million tonna

qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi (taxminan 1,05 million tonna) plastik

chiqindilarni tashkil etadi.

2022-yilda plastik chiqindilar miqdori 249 241 tonnaga yetgan, bu 2013-yilga nisbatan

147 foizga ko‘pdir. Respublikada chiqindilarni qayta ishlash darajasi 32,4 foizni tashkil etadi.

4. Ekologik toza qishloq xo‘jaligini rivojlantirish. Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror

rivojlanish uchun ekologik qishloq xo‘jaligiga o‘tish zarur. Bu yo‘nalishda suvni tejovchi

texnologiyalar, organik dehqonchilik va agrobiznesni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.

Masalan, tomchilatib sug‘orish va tuzsizlantirish texnologiyalarining joriy etilishi qishloq

xo‘jaligi barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

5. Uglerod neytralligiga erishish. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev COP28

sammitida uglerod neytralligiga erishish mamlakatimizning strategik maqsadi ekanini ta’kidladi.

Bu borada sanoat korxonalarida uglerod chiqindilarini kamaytirish, ko‘mir va gazdan

foydalanishni qisqartirish, ekologik sertifikatlash tizimini rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.

Masalan, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni

muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlanib, unda atrof muhit obyektlarini antropogen ta’sirdan

saqlash va sifatini ta’minlash, ekologik xavfsiz materiallardan foydalanish, chiqindilar bilan

bog‘liq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish kabi chora-

tadbirlar nazarda tutilgan


background image

514

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Hozirgi kunda O‘zbekiston yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro

hamkorlikni kengaytirmoqda. Jahon banki, BMT, Yevropa Ittifoqi va Osiyo taraqqiyot banki

bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya, suv resurslarini boshqarish va ekologik siyosatni

takomillashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, mamlakatda yashil moliyalashtirish tizimi rivojlantirilmoqda. Xususan,

yashil obligatsiyalar chiqarish va ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus

moliyaviy dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Yashil iqtisodiyotning istiqboli kelgusi yillarda ekologik barqarorlikni ta’minlash,

iqtisodiy samaradorlikni oshirish va aholi farovonligini yaxshilash bilan bog‘liq. Yashil

texnologiyalarga sarmoya kiritish nafaqat ekologik muammolarni hal qilish, balki iqtisodiy

taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqishga yordam beradi.

Xulosa

Yashil iqtisodiyot nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki iqtisodiy rivojlanish va

barqarorlikni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi bu yo‘nalishda

qator islohotlarni amalga oshirib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, ekologik

transportni rivojlantirish, chiqindilarni qayta ishlash, resurslarni tejash hamda uglerod

neytralligiga erishish kabi muhim yo‘nalishlarni ilgari surmoqda.

2030-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya ulushini 40 foizga yetkazish, chiqindilarni

qayta ishlash tizimini takomillashtirish va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish

bo‘yicha aniq maqsadlar belgilangan. Ushbu islohotlar natijasida tabiiy resurslardan samarali

foydalanish, ekologik muammolarni kamaytirish hamda iqtisodiyotning innovatsion

rivojlanishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, yashil iqtisodiyotga o‘tish O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ekologik

majburiyatlarini bajarish va global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda faol ishtirok etishini

ta’minlaydi. Barcha sa’y-harakatlar natijasida mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik va ekologik

xavfsizlikni ta’minlashga erishiladi. Shu bois, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbolli

yo‘nalish bo‘lib, u nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar uchun ham muhim ahamiyat kasb

etadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning COP28 sammitidagi nutqi.

Dubay, 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “Yashil iqtisodiyotga o‘tish

strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4477-sonli Qarori.


background image

515

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-martdagi “2030-yilgacha

atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi Qarori.

4.

“O‘zbekiston 2030” strategiyasida yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha belgilangan

maqsadlar // Lex.uz rasmiy hujjatlar bazasi. Manba

5.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini

rivojlantirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar, 2024.

6.

Gazeta.uz - O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi bo‘yicha

statistik ma’lumotlar, 2024. Manba

7.

Uzreport.news - Yashil iqtisodiyot va ekologik barqarorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan

islohotlar, 2024. Manba

8.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi

vazirligi. “O‘zbekistonning ekologik rivojlanish strategiyasi” hisobot materiallari, 2023.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning COP28 sammitidagi nutqi. Dubay, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4477-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-martdagi “2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi Qarori.

“O‘zbekiston 2030” strategiyasida yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha belgilangan maqsadlar // Lex.uz rasmiy hujjatlar bazasi. Manba

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar, 2024.

Gazeta.uz - O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi bo‘yicha statistik ma’lumotlar, 2024. Manba

Uzreport.news - Yashil iqtisodiyot va ekologik barqarorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, 2024. Manba

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. “O‘zbekistonning ekologik rivojlanish strategiyasi” hisobot materiallari, 2023.