ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1573
O‘ZBEKISTONDA TURIZM INVESTITSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
Ikramova Mehribon Abdushukurovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti assistent o‘qituvchisi
Telefon:+(99833)9846252
https://doi.org/10.5281/zenodo.11402953
Annotatsiya.
Ushbu maqola O‘zbekistonda turizm sohasidagi investitsiya muhitini va
uning istiqbollarini tahlil qilishga qaratilgan holda, turizm sanoatining hozirgi holati va
rivojlanish tendentsiyalari, turizm sohasidagi investitsiya hajmi va tarkibi, turizm sektorida
ishtirok etayotgan xorijiy va mahalliy investorlar, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilishga
qaratilgan investitsiya loyihalari, O‘zbekistonda turizm sektori uchun investitsiya muhitini
yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar,investitsion muhitni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini
takomillashtirish, turizmga oid imtiyozlar va preferensiyalarni kengaytirish, turizm
infratuzilmasini isloh qilish uchun davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish kabi masalalar
atroflicha yoritilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekistonda turizm investitsiyalarini jalb qilish
uchun olib boriladigan chora tadbirlar, xorijiy investorlarni jalb qilish uchun targ‘ibotlar olib
borish, turizm loyihalarini moliyalashtirish uchun yangi manbalarni joriy etish, investorlar uchun
qulay va ochiq investitsion muhitni yaratish haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. .
Kalit so‘zlar:
Turizm investitsiyalari, investitsion muhit, turizm infratuzilmasi, investitsiya
loyihalari, investitsiya manbaalari, investitsiya strategiyasi, turizm sektori rivojlanishi, imtiyozlar
va preferensiyalar, turizm loyihalarini moliyalashtirish.
PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF TOURISM INVESTMENTS IN
UZBEKISTAN
Abstract.
This article is aimed at analyzing the investment environment in the tourism
sector in Uzbekistan and its prospects, the current state and development trends of the tourism
industry, the volume and structure of investment in the tourism sector, foreign and domestic
investors participating in the tourism sector, investment projects aimed at modernizing the tourism
infrastructure, O Issues such as measures to improve the investment environment for the tourism
sector in Uzbekistan, improvement of the legal framework regulating the investment environment,
expansion of tourism benefits and preferences, and development of public-private partnership for
the reform of tourism infrastructure are covered in detail. The article also provides information
on measures to attract tourism investments in Uzbekistan, campaigns to attract foreign investors,
introduction of new sources for financing tourism projects, creation of a favorable and open
investment environment for investors. . .
Key words:
Tourism investments, investment environment, tourism infrastructure,
investment projects, investment sources, investment strategy, tourism sector development, benefits
and preferences, financing of tourism projects.
ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ТУРИСТИЧЕСКИХ ИНВЕСТИЦИЙ В
УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
Целью данной статьи является анализ инвестиционной среды в сфере
туризма в Узбекистане и ее перспектив, современного состояния и тенденций развития
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1574
туристической отрасли, объемов и структуры инвестиций в сферу туризма, в которых
принимают участие иностранные и отечественные инвесторы. в сфере туризма
инвестиционные
проекты,
направленные
на
модернизацию
туристической
инфраструктуры, такие вопросы, как меры по улучшению инвестиционной среды для
туристической сферы Узбекистана, совершенствование законодательной базы,
регулирующей инвестиционную среду, расширение туристических льгот и преференций,
развитие. Подробно освещены вопросы государственно-частного партнерства по
реформированию туристической инфраструктуры. Также в статье представлена
информация о мерах по привлечению туристических инвестиций в Узбекистан, кампаниях
по привлечению иностранных инвесторов, внедрении новых источников финансирования
туристических проектов, создании благоприятной и открытой инвестиционной среды для
инвесторов. .
Ключевые слова:
Инвестиции в туризм, инвестиционная среда, туристическая
инфраструктура, инвестиционные проекты, источники инвестиций, инвестиционная
стратегия, развитие туристического сектора, льготы и преференции, финансирование
туристических проектов.
KIRISH
Bugungi kunda turizm sektori O‘zbekiston iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda yurtimizda turizm sanoati jadal sur'atlarda o‘sib,
mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga katta hissa qo‘shmoqda. Mazkur
sohaga yanada ko‘proq investitsiyalarni jalb qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va xizmat
sifatini yaxshilash mamlakatimizning strategik vazifalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni
yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
1
gi PQ-238 sonli qarori turizm yo‘nalishiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish,
xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali turizm infratuzilmasini yanada
takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, transport qatnovi yo‘nalishlarini kengaytirish,
respublikaning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib qilishni jadallashtirish,
shuningdek,
sohani
davlat
tomonidan
boshqarishda
yangi
tartib-taomillarni
joriy
qilishning muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Haqiqatan ham O‘zbekistonda turizm sektoridagi investitsiya jarayonlari, investitsiya
muhitini yaxshilash va xorijiy investorlarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar hamda ushbu sohaning istiqbollari mamlakat turizm sektorini xalqaro maydondagi
nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
ASOSIY QISM
O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda turizm sohasi yangi taraqqiyot bosqichiga qadam
qo‘ydi. Mamlakatimizda qadimiy madaniy-tarixiy yodgorliklar, tabiat go‘zalliklari va zamonaviy
1
Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida// https://lex.uz/docs/-6549286
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1575
turizm infratuzilmasining tobora rivojlanishi natijasida turizm sektori jadal sur'atlarda o‘sib
bormoqda.
So‘nggi yillarda turizm sohasiga qilinayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga ortib
bormoqda. Jumladan, 2021-yilda O‘zbekistonda turizm sektoriga 2,2 mlrd. AQSh dollari
miqdorida investitsiyalar yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2,4 mlrd. AQSh
dollariga yetdi. Ushbu investitsiyalarning asosiy qismi mehmonxonalar, turistik obyektlar va
infratuzilmani rivojlantirishga sarflanmoqda.
2022 yilda turizm sohasida jami qiymati 22,1 trln. so‘mlik 735 ta loyihalar ishga tushirilib,
tarmoqda qo‘shimcha 23 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish,
investitsiya jalb qilish hamda raqobatbardosh xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga bergan e’tibor
natijasida turizm bozorimizga Radisson, Wyndham, Hilton, Hyatt Regency, Ramada, Mövenpick,
Mercure, Courtyard by Marriott, Minyoun, InterContinental Hotels Group va Accor kabi yetakchi
mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Ular nafaqat Toshkent, balki, Jizzax, Buxoro, Samarqand
va Xiva shaharlarida bozor talabi asosida o‘z faoliyatlarini tashkil qilmoqda.
2023-yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 4,9 million
nafarga yetdi. Shuni ta'kidlash lozimki, oxirgi uch yilda turistlar oqimi qariyb 3 barobar ko‘paydi,
ya'ni 2021-yilda xorijlik sayyohlar soni 1,8 million nafarni tashkil qilgandi.
2023-yilning 10 oyi davomida turizm xizmatlari eksporti 1 milliard 830 million dollarni
tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2018-yilda 1 milliard 041,1 million dollarni tashkil etgandi. 2023-
yilda sayyohlar sonining sezilarli darajada oshishi hisobiga turizm xizmatlari eksporti 2 milliard
dollarga etishi kutilmoqda.
2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 974,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik
maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri
bilan solishtirilganda 103,5 ming nafarga yoki 11,9% ga oshgan.
Dastlabki ikki oyda kelgan chet ellik fuqarolarning eng ko‘pi Tojikistonga to‘g‘ri keladi.
Bu davrda mamlakatdan jami 363,4 mingdan ortiq sayyoh kelgan.
Undan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (291,1 ming) va Qozog‘iston (155,9 ming)
fuqarolari turibdi. Sayyohlar ko‘p tashrif buyurgan davlatlar beshligida Rossiya (77,9 ming)
va Turkmaniston (20,2 ming) joy oldi.
Shuningdek, mazkur davrda Turkiya (14,3 ming), Hindiston (7 ming), Xitoy (5,5 ming),
Janubiy Koreya (5,4 ming) hamda Belarusdan (2,2 ming) ham sayyohlar oqimi kuzatilgan.
Turizm sektoriga investitsiyalarning asosiy manbasi sifatida xorijiy investorlar va xususiy
tadbirkorlar faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Rossiya, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Janubiy
Koreya va boshqa davlatlardan kelgan investorlar tomonidan O‘zbekistonning turizm
infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yangi mehmonxonalar va turistik obyektlar qurish,
shuningdek, turistik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda turizm sektori uchun investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida
oxirgi yillarda bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. Jumladan, 2022-yilning oktabr oyida qabul
qilingan "Investitsiyalar to‘g'risida"gi yangi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni investorlar uchun
qulay va ochiq investitsion muhitni yaratishga qaratilgan. Ushbu qonun investitsiyalarni jalb
qilish, himoya qilish va ulardan samarali foydalanish borasidagi kafolatlarni mustahkamladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1576
Shuningdek, O‘zbekistonda turizm sektoriga investitsiyalar oqimini oshirish maqsadida bir
qator soliqlarga, bojlarga va boshqa to‘lovlarga nisbatan imtiyozlar va preferenciyalar joriy
etilgan. Jumladan, 2022-yilda qabul qilingan "Turizm to‘g'risida"gi qonunda mehmonxonalar,
muzeylar, restoranlarga soliq imtiyozlari berildi. Bundan tashqari, 2019-yildan boshlab chet ellik
turistlar uchun kassa cheklari olib kiriladigan 18% qo‘shilgan qiymat solig'i bekor qilindi.
O‘zbekistonda turizm sektori uchun xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida turli xalqaro
turizm va investitsiya forumlarida O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlari va investitsiya
loyihalarini targ'ib qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilmoqda.
XULOSA
Shunday qilib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sektori juda tez sur'atlarda rivojlanib,
mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, turizm sektori
uchun investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy investorlarni jalb qilish va turizm
infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yaqin
yillarda O‘zbekistonda turizm investitsiyalari hajmining sezlarli darajada oshishi va sohaning
yanada rivojlanishi kutilmoqda.
Turizm sektori uchun investitsiya muhitini yanada yaxshilash, shu jumladan, soliq, bojxona
va boshqa imtiyozlar taqdim etish, hamda investorlar uchun qulayliklar yaratish borasidagi
tadbirlar yaxshi natija bermoqda. Bundan tashqari, xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida olib
borilayotgan keng miqyosdagi reklama-targ'ibot ishlari va yangi moliyalashtirish manbalarini
yaratish borasidagi chora-tadbirlar ham samarali bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda turizm sektori uchun investitsiyalarning yanada ko‘payishi va sohaning
rivojlanishida turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangi turistik obyektlarni qurish
uchun investitsiyalarni yanada ko‘paytirish, turizm sektori uchun soliq, bojxona va boshqa
imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish, xorijiy investorlar uchun qulay va ochiq investitsion
muhitni yaratish, turli xalqaro turizm va investitsiya forumlarida O‘zbekistondagi turizm
imkoniyatlarini keng targ'ib qilish, turizm sektori uchun yangi moliyalashtirish manbalarini izlash
va yaratish muhim hisoblanadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18 –iyuldagi O‘RQ-549-son “Turizm to‘g‘risida” gi
qonuni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 iyuldagi 238-son “Turizm
yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini
samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori.
3.
I.S. Tuxliyev, R.Hayitboyev, B.Sh. Safarov, G.R.Tursunova. (2014) “Turizm asoslari”
4.
5.
6.
https://lex.uz/docs/-6759699
