ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
373
BOLA HUQUQLARINI XALQARO HUQUQIY HIMOYA QILISH
Muxtorov Ozodbek Otabek o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi.
ORCID: 0009-0006-4895-9829
https://doi.org/10.5281/zenodo.14165624
Annotatsiya. Maqolada bola manfaatlarini himoya qilishning xalqaro huquq tizimidagi
ahamiyati, uning istiqbolli rivojlanishi uchun ta’sir qiluvchi omillar muhokama qilinib, bola
huquqlariga oid xalqaro konvensiya va hujjarlar orqali faoliyat ko‘rsatayotgan huquqiy
mexanizimlarga asosiy urg‘u qaratiladi hamda bola himoyasiga oid xalqaro huquqiy
standardlarni shakllantirishning milliy qonunchilikka qo‘shadigan hissasi tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: bola huquqlari, huquqiy himoya, BMT, konvensiya, xalqaro standardlar,
huquqiy mexanizim, milly qonunchilik.
INTERNATIONAL LEGAL PROTECTION OF CHILDREN'S RIGHTS
Abstract. The article discusses the importance of protecting the interests of the child in the
international legal system, the factors affecting its future development, the main emphasis is
placed on the legal mechanisms operating through the international convention on the rights of
the child and documents, and the national role of the formation of international legal standards
on the protection of the child. its contribution to legislation is analyzed.
Key words: child rights, legal protection, UN, convention, international standards, legal
mechanism, national legislation.
МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВАЯ ЗАЩИТА ПРАВ ДЕТЕЙ
Аннотация. В статье рассматривается значение защиты интересов ребенка в
международно-правовой системе, факторы, влияющие на ее перспективное развитие,
акцентируется внимание на правовых механизмах, действующих посредством
международных конвенций о правах ребенка и документов, а также международно-
правовых норм. анализируется вклад образования в национальное законодательство.
Ключевые слова: права ребенка, правовая защита, ООН, конвенция,
международные стандарты, правовой механизм, национальное законодательство.
I.Kirish
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va
havfsizlikni ta’minlash, davlartlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
374
xalqaro tashkilot bo’lib, 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan.
BMTni barpo etish to‘g‘risidagi qaror
Sovet ittifoqi, AQSH, Xitoy, Angliya, tashqi ishlar vazirligining Moskvadagi kengashida 1943-
yil, Ustavi esa San Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilindi. BMT ustaviga dastlab 51
ta davlat imzo chekkan bo’lsa 2000-yilda ular soni 189 taga yetdi. Bugungi kunda 193 ta davlat
rasmiy a’zo bo‘lib, 2 ta davlat kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. BMT Ustavida koʻrsatilganidek,
u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi
belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini
taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib
turadigan markaz hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar
alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar deya takidlaydi. Qolaversa, jamiyatning asosiy
tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib-
ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z
zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan
ta’minlanishi lozim.
Bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamolotga yetishi uchun
u oila g‘amxo‘rligida baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi darkor. Bolani
mana shunday alohida himoya qilish zarurligi, bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni
milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va
farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga
nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda
holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya
qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan
bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya
qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari
muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan,
rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro
hamkorlik qilishning muhimligini inobatgaa olib BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil
20-noybr kuni Bola Huquqlari To‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi. Ushbu hujjatda
belgilanishicha 18 yoshga to’lmagan inson zoti bola hisoblanadi. Bundan tashqari,
bola
huquqlarini xalqaro himoya qilish, jahon miqyosida bolalar manfaatlarini ta’minlash va ularning
rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator xalqaro hujjatlar va konvensiyalar mavjud
bo'lib, ularning eng muhimlari quyidagilardir:
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
375
•
Bola huquqlari to'g'risidagi fakultativ protokollar
:
Bu protokollar konvensiyaning o'ziga
xos jihatlarini kengaytiradi, jumladan, bolalarning savdosi, ekspluatatsiyasi va harbiy harakatlarga
jalb qilinishi kabi masalalar. Bu hujjatlar bolalarning himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.
•
BMTning Bolalar fondi (UNICEF)
:
UNICEF bolalar huquqlarini himoya qilishda muhim
rol o'ynaydi, har yili turli hisobotlar, tadqiqotlar va dasturlar orqali bolalarning ahvolini
yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshiradi.
•
Regional konvensiyalar: Misol uchun, Evropa, Afrika va Amerikada bolalarning
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan o'ziga xos konvensiyalar mavjud bo'lib, ularning har biri
mintaqaviy muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Bola huquqlarini himoya qilish, nafaqat qonuniy jihatdan, balki ijtimoiy va madaniy
jihatdan ham muhimdir. Bolalar bizning kelajagimizdir, shuning uchun ularning huquqlari, sog'ligi
va xavfsizligi har qanday jamiyat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lishi kerak. Bolalar uchun
qulay muhit yaratish va ularning huquqlarini himoya qilish barchamizning burchimizdir.
II.
Metodologiya
Ushbu maqolada bola huquqlarini xalqaro huquqiy himoya qilish masalalari o‘rganildi.
Tadqiqot jarayonida quyidagi metodologik usullar qo‘llanildi:
•
Hujjatlarni tahlil qilish: Xalqaro konvensiyalar va hujjatlarni o‘rganish, ularning mazmuni
va qo‘llanishini tahlil qilish.
•
Statistik ma'lumotlar: UNICEF va boshqa tashkilotlarning hisobotlari asosida bolalar
huquqlari himoyasi bo‘yicha statistik ma'lumotlar tahlil qilindi.
•
Taqqoslash: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi bola huquqlari himoyasi
bo‘yicha qonunchilik taqqoslandi.
Ushbu metodologiya yordamida bola huquqlarini xalqaro huquqiy himoya qilishda mavjud
muammolar, rivojlanish yo‘nalishlari va takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari bolalarning
himoyasini kuchaytirishga va milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan strategiyalarni
ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
III.
Natijalar
Bola Huquqlari To‘g‘risidagi Konvensiyada belgilanishicha: Ushbu xalqaro hujjat
ishtirokchisi hisoblangan har bir davlat har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech
qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik
yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki
qonuniy vasiysi yoki biror bir boshqa holatlardan qat’iy nazar, hurmat qiladilar hamda shu
huquqlarni ta’minlab beradilar.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
376
Bolaning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki
e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha
shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar. Ushbu
davlatlar qatori O‘zbekiston ham konvensiyani 1992-yil 9-dekabr kuni ratifikatsiya qilgan. Bola
huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bola huquqlarining keng doirasini ko‘rib chiquvchi birinchi va
asosiy majburiy xalqaro huquqiy hujjatdir. Hujjat 54 ta moddadan iborat bo‘lib, 18 yoshga
to‘lmagan shaxslarning ochlik va muhtojlik, shafqatsizlik, ekspluatatsiya va boshqa holatlardan
xoli bo‘lgan sharoitlarda o‘z imkoniyatlarini to‘liq rivojlantirishga qaratilgan individual
huquqlarini batafsil bayon etadi.
1948 yilgi BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida
g‘amxo‘rlik va yordam obyekti bo‘lishi kerakligi taʼkidlangan. 1959 yilda BMT Bola huquqlari
deklaratsiyasini qabul qildi. Uning asosiy tezisi shundaki, insoniyat bolaga o‘zida mavjud bo‘lgan
narsalarning eng yaxshisini berishga majburdir. U milliy va xalqaro darajada bolalarni himoya
qilish va farovonligini taʼminlashning o‘nta ijtimoiy va huquqiy tamoyillarini eʼlon qiladi.
Deklaratsiya ota-onalar, jismoniy shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalliy davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarini unda belgilangan huquq va erkinliklarni tan olishga va
hurmat qilishga intilishga chaqirdi. Shuningdek, deklaratsiyada bolalarni alohida himoya qilish,
ularning erkinliklari va qadr-qimmatini hurmat qilish sharoitida sog‘lom va normal rivojlanishi
uchun imkoniyat va shart-sharoitlarni taʼminlash zarurligi qayd etilgan. Ushbu hujjat butun dunyo
bo‘ylab hukumatlar va shaxslarning siyosati va amaliyotiga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi.
IV.
Muhokama
Afsuski dunyo bo‘ylab bola huqulari huquqiy himoyasi bo‘yicha keng ko‘lamli islohatlar
natijasida turli tuman hujjatlar qabul qilingan bo‘lsada, bola huquqlari to‘liq ta’minlanganicha
yo‘q.
Zero, har qanday davlatning kelajagi hamisha yosh avlodga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.
Bunga misol qilib Falastin, Sudan kabi davlatlardagi vaziyatlarni keltirishimiz mumkin.
G‘azo sektoridagi urush bolalar uchun halokatli oqibatlarga olib kelmoqda. Falastin
Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, 14,000 dan ortiq bola halok
bo‘lgan; yana minglab bolalar jarohat olgan.
Xavfsiz joylar yo‘q. G‘azo bolalarining barchasi urushning travmatik tajribalariga duch
kelishdi, buning oqibatlari esa umr bo‘yi davom etadi.
Taxminan 1.9 million odam - G‘azo aholisining taxminan 9 foizi - ichki ko‘chmanchi deb
hisoblanadi. Ularning yarmidan ko‘pi bolalar. Ular suv, ovqat, yoqilg‘i va dori-darmon
yetishmovchiligidan azob chekmoqda.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
377
Ularning uylarini vayron qilingan; oilalari parchalangan.
Ko‘plab bolalar bir necha marta ko‘chirilgan va uy, ota-onalar va yaqinlarini yo‘qotgan.
Ular himoya qilishni va tibbiy muassasalar hamda boshpana kabi qolgan xizmatlarga
kirishni talab qilmoqdalar. G‘azo bolalari tasavvurga sig‘maydigan dahshatli voqealarni boshdan
kechirdilar ular darhol o‘t ochishni to‘xtatishni va tinch kelajak uchun imkoniyatga ega bo‘lishni
haqiqatan ham loyiqdirlar.
Sudanda esa millionlab bolalar yordamga muhtoj. Sudanda oilalar omon qolish uchun o'tlar
bilan ovqatlanishga majbur bo‘lmoqda, ochlik inqirozi yanada kuchayib bormoqda va ochlik
darajasidagi malnutitsiya tez tarqalmoqda. 2023 yil aprel oyida to‘qnashuvlar boshlanganidan
buyon 12 milliondan ortiq odam o‘z uylarini tark etdi, bu esa Sudanni dunyodagi eng katta ichki
ko‘chish inqiroziga aylantirdi. 2023 yilda "Save the Children" tashkiloti Sudanda 2.4 milliondan
ortiq insonga, jumladan, favqulodda yordamimiz orqali 979,000 bolaga yordam ko‘rsatdi.
Xulosa
Dunyoda bolalrni huquq va erkinliklarini huquqiy himoyasini ta’minlash borasida qator
hujjarlar qabul qilingan. Hususan, Bola huquqlari to‘g‘risida xalqaro konvensiya,
Bola huquqlari
to'g'risidagi fakultativ protokollar
,
Regional konvensiyalar, Bola huqulari deklaratsiyasi shular
jumlasidan. Bolalrning kamsitilishiga, diskriminatsiya qilinishiga qanchalar harakat qilinmasin,
ayrim mamlakatlarda hali hanuz inson huquqlarining muhim qismi hisoblangan bola huquqlarini
ta’minlashda oqsoqlanish kuzatilmoqda. Ushbu masala yuzasidagi farq rivojlangan va qoloq
mamlakatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday vaziyatdan tezroq halos bo‘lish uchun mening
shaxsiy fikrim quyidagicha:
•
Ta’limga teng imkoniyatlar yaratish: Ta’lim sifatini yaxshilash va barcha bolalarga,
jumladan, qizlar, qishloq joylaridagi va nogiron bolalarga ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish
kerak. Buning uchun maktablar qurilishi, o‘quv darsliklarini modernizatsiyalash va o‘qituvchilarni
o‘qitishni rivojlantirish zarur.
•
Sog‘liqni saqlash xizmatlarini kengaytirish: Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish orqali
bolalarning tibbiy yordamga oson kirishini ta’minlash mumkin. Emizish, emlash dasturlari,
ovqatlanish va sanitariya bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish lozim.
•
Zo‘ravonlikka qarshi kurash: Bolalarni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish
uchun xalqaro hamjamiyat va hukumatlar zo‘ravonlikka qarshi samarali dasturlarni amalga
oshirishlari lozim. Bu ota-onalar va jamoatchilikni o‘rgatish, bolalarning xavfsizligini
ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
378
•
Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish: Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash
orqali bolalar farovonligini yaxshilash mumkin. Nafaqa tizimlarini rivojlantirish, oziq-ovqat
yordam dasturlari va ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish orqali bu maqsadga erishiladi.
•
Qizlar huquqlarini himoya qilish: Qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilish, ularni
erta turmushga chiqishdan saqlash va gender tengligini mustahkamlashga qaratilgan dasturlarni
kuchaytirish kerak.
REFERENCES
1.
United Nations. (1989).
Convention on the Rights of the Child: Preamble
. UN.
2.
United Nations. (1948). Universal Declaration of Human Rights. General Assembly
resolution 217 A (III).
3.
Goldstein, G. (2010).
Children’s rights: Education and development
. Routledge.
4.
Sandberg, K. (2012).
Children's rights: A historical and practical approach
. Oxford
University Press.
5.
Evans, T. (2005).
Children's rights: Theories and practices
. Palgrave Macmillan.
6.
Tobin, J. (2008).
International human rights law and children's rights
. Oxford University
Press.
7.
McLaren, P. J. (2010).
Children's rights and the child protection system
.
Journal of Social
Work and Social Welfare
, 45(3), 235-249.
8.
Freeman, M. (2007).
The convention on the rights of the child: A critical review
.
International Journal of Children's Rights
, 15(2), 130-145.
9.
OpenAI. (2024, November 11).
ChatGPT (version 4)
[Artificial intelligence model].
OpenAI.
