ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
191
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZDIR.
Jumanazarova Yulduzxon Rustam qizi
Buxoro Davlat Universiteti
Yurisprudensiya yo’nalishi 5\4guruh.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14105486
Annotatsiya.
Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi, xalqning
adolatga bo’lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf, eng yomon illatlardan biri bo’lib,
kelmoqda. Hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan mustaqil O’zbekistondagi ayrim sohalarining
taraqqiy etishiga to’sqinlik qilayotgan korrupsiya sekin astalik bilan yo’qolib bormoqda desak
aslo mubolag’a bo’lmaydi. Lekin bu zararli illatni nafaqat ta’lim tizimi balki jamiyatning barcha
sohalaridan quvib chiqarishimiz uchun hamma birdek harakat qilmasa, korrupsiya holatlari
yuzaga chiqishi bilan o’z vaqtida chora tadbir ko’rmasa Yurtboshimiz tomonlaridan barcha
amalga oshirilayotgan islohatlar o’z natijasini ko’rsatmaydi.Zero, yurtimizda korrupsiyaga
qarshi kurashish uchun bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda, qonunlar va
farmoyishlar qabul qilinmoqda.Ularning ijrosi ta’minlanishida barchamiz birdek harakat
qilishimiz va ushbu zararli illatga qarshi tura olishimiz kerak.
Kalit so’zlar:
Yoshlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish, Shaffoflik, Adolat, Jamiyat,
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun, Davlatlararo integratsiya.
IT IS THE DUTY OF EACH OF US TO FIGHT AGAINST CORRUPTION.
Abstract.
Corruption is one of the worst vices, which has a negative impact on the
development of the state and society, and seriously undermines people's confidence in justice. It is
no exaggeration to say that corruption is slowly disappearing. If everyone does not act in the same
way, if they do not take measures in time when corruption occurs, all the reforms implemented by
our President will not show their results. Because in our country, a number of measures are being
implemented to fight corruption, laws and orders We all must work together to ensure their
implementation and fight against this harmful evil.
Key words:
Youth, Fight against corruption, Transparency, Justice, Society, Anti-
corruption law, Interstate integration.
ДОЛГ КАЖДОГО ИЗ НАС – БОРОТЬСЯ С КОРРУПЦИЕЙ.
Аннотация.
Коррупция является одним из самых страшных пороков, который
оказывает негативное влияние на развитие государства и общества, серьезно подрывает
веру людей в справедливость. Не будет преувеличением сказать, что коррупция, которая
мешает, постепенно исчезает. Если каждый не будет работать вместе над искоренением
коррупции, если он не примет вовремя меры, когда возникает коррупция, все реформы,
проводимые нашим Президентом, не принесут результатов. Мы все должны работать
вместе, чтобы обеспечить их соблюдение. и противостоять этому злу.
Ключевые слова:
Молодежь, Борьба с коррупцией, Прозрачность, Правосудие,
Общество, Антикоррупционное законодательство, Межгосударственная интеграция.
Kirish.
Korrupsiya bir necha yillik tarixga ega. Yozma manbalarda korrupsiya haqida
eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib o’tiladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
192
Korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar
kabi, uni ham tag tugi bilan yo’qotib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan arab davlatlari ham
korrupsiyadan butkul xalos bo’lolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning
oldini olish, unga qarshi kurashish yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma vaqt davom
etgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi XXIV
asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin taassufki, barcha
sayharakatlar zoye ketgan. Keyingi zamonlarda ham korrupsiyaga qancha-qancha kurashlar yuz
berdi, lekin ular besamar yakun topdi.
Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo’llari va huquqiy asoslari Hindistonda yaratildi.
Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi“ kitobi davlatni
boshqarish va xo’jalik yuritish mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, o’sha davrning siyosiy va
iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish va uni
rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman
Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra “ning 26-bo’limi
korrupsiyaga bag’ishlangan. Bo’limda korrupsiya “o’zlashtirish“ iborasi orqali izohlanadi:
“Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo’l cho’zish o’zlashtirishdir. “Artxashastra“ da
poraxo’rlikning qirqta turi tasnif etiladi. Korrupsiyani oldining oldini olishga javobgar mansabdor
shaxs vaxti-vaxti bilan xalq to’planadigan joylar va bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi
lozimligi aytiladi: “Biron bir boshliqdan zarar ko’rganlar bo’lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar“.
Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz
Koshifiy o’zining “Axloqi muhsiniy“ asarida shahzodaga nasihat tariqasida quydagi pandni bergan
edi:
“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo’lsin. Bilsinki, to bir
kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab bo’lsa,
pora olishga ruxsat bergan bo’ladi. Pora olish va pora berish haromdir va pora olgan pora
bergandan yomonroq bo’ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo’ladi “.
Bu holat Usmoniylar saltanatida ham istisno emas edi. Xususan, dehqonlardan turli
soliqlarni to’lashda harbiy xizmatchilar qing’irliklar sodir etardi. Bu suiiste’mol holatlarini hattoki
Usmoniylar saltanati shayxulislomlari chiqargan maxsus fatvolar ham bartaraf qila olmadi.
Sipohilar nimadir “uzatish” evaziga asta-sekinlik bilan harbiy yurishlarga bormay qo’ydi,
o’zlariga taqdim qilingan yerlarda muqim qolib, amalda davlat mulkini shaxsiy mulk qilib oldi.
Davlat esa, o’z navbatida, vazirlar timsolida ko’ngilsiz reaksiyadan xavfsiragan holda, harbiylar
bilan to’qnashuvga borishdan hadiksirardi. Usmoniylar saltanatida poraxo’rlik oqibati shu
bo’ldiki, qo’shinlar harbiy tayyorgarligini yo’qotdi, natijada XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida
qator mag’lubiyatlarga uchrab, davlatning qudratiga putur yetkazdi.
Xullas, qadim zamonlardayoq ushbu illatga qarshi qattiq jazolar belgilanganiga
qaramasdan, bu hamisha ham ko’ngildagidek natija bermagan
Oldin G’arb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda “kasallik”
hududi, ko’lami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq kerak, degan doimiy savol
paydo bo’ladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday
balo-qazoning ta’sir doirasi kamayadi?!
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
193
Korrupsiya keng qamrovli tushuncha bo’lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari,
guruhlari kundalik faoliyatiga aylanib, o’zaro bir-biriga bog’lanib, chirmashib ketganligidan ko’z
yumib bo’lmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari
birmuncha hushyor, ziyrak bo’lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar,
jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib
keladi. Siyosatchilar, satsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy
partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh
qotirishi lozim.
Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko’p. Ulardan biri
Payg’ambarimizning mana bu qarg’ishlaridir: “Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham
Allohning la’nati bo’lsin!”. Yana ul zot aytadilar: “Pora beruvchini ham pora oluvchini ham,
ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!”
Qur’oni karimda poraxo’rlik bevosita taqiqlanadi: ”Bir-birlaringizning mollaringizni botil
yo’l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni
hokimlarga gunohkorona tashlamang(Baqara surasi 188)
Asosiy qisim.
Pora faqat nohaqlig-u zolimlarga yordam beruvchidir (Mahmud
Zamaxshariy). Hozirgi davrdagi “korrupsiya“ tushunchasini sharhlaydigan bo’lsak, u asosan, “
shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish “ ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiya
yomon hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko’rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning
nokasligi oqibatida paydo bo’ladi.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermerlar
xo’jaliklari mulklariga ta’magirlik ko’zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi yo’liga sun’iy
to’siqlar qo’yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. Yoshlarning oliy ta’lim
muassasasi, tanlov yuqori bo’lgan kollej va litseyga o’qishga kirishiga, talaba bo’lgandan so’ng
esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo’yicha zarur ballarni to’plashida ayrim “ustoz“ larning
ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo’lgan
korxona-idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab darajasiga ko’tarilishda, turli tenderlarni
yuritishda, xomashyo va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb
ataluvchi ko’rinishi urchiy boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer maydoni
ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuriyish bo’yicha litsenziya olish kabi talab
ehtiyoji yuqori bo’lgan sohalar ham o’zini korrupsiya manbai o’laroq namoyon etgani hech kimga
sir emas.
BMT ma’kumotlariga ko’ra, hozirgi dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollori hajmida pora
beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollor mablag’dan ayriladi, bu
jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha, Korrupsiya
odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga solidi, tabiiy resurslar
talon-taroj bo’lishiga sabab bo’ladi.
Pora o’nglanib ketgan ishlarni buzadi, bitayotgan ishlarni barbod qiladi (Yusuf Xos
Hojib). Aytish lozimki, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan
yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo’pol
ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun
o’ta xavfli bo’lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
194
Shuningdek, O’zbekiston dunyoga islohatlar mamlakati sifatida tanilib ulgurdi. Har
jabhada o’zgarishlar, yangilanishlar kechmoqda. Boshqaruv tizimi shaffof, ochiq siyosat yuritish
tamoyillari asosida yo’lga qo’yildi. Bu korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi. Gap
korrupsiyaga qarshi kurashish haqida borar ekan, bu borada jamoatchilikning nazorati juda muhim
ekanini alohida ta’kidlash kerak. Eng asosiysi, bu jarayonda yoshlarning faolligi sezilayotgani
e’tiborga molik. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida
korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida to’xtalib, bu illatga qarshi kurashishga barcha
davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vasitalari, umuman, har
bir fuqaro safarbar etilishi maqsadga muvofiq ekani takidladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etilib,
uning tarkibiga yoshlar, xususan, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari jalb
etilishi ham yaxshi natija berishi, shubhasiz. Chunki, yoshlarimiz vatanparvarligi, mamlakat
taraqqiyotiga befarq emasligi, fidoyiligi bilan ajralib turadi. Ularda hayotbaxsh g’oyalar,
tashabbuslar ham ko’p. Albatta, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning
oqibatlarini o’rganish va oldini olish masalasi eng dolzarb vazifalardan biri. Yoshlar uchun esa
eng muhim yo’nalishlardan biri, bu ta’lim sohasidagi va ishga kirish bosqichida yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan korrupsiya turlariga qarshi kurashish.Sababi, mamlakatimizning 18 milliondan
ziyod qismi, ya’ni qaryib 55foizini tashkil etuvchi yoshlar aynan shu jarayonlarda korrupsiya bilan
bog’liq vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Shu o’rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
“Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin,
xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo’lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o’rnatmas
ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni
muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir
davlat idorasiga korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha o’z ichki dasturlari bo’lishi shart” degan
so’zlari muhum ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Xalqaro va milliy huquq me’yorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashishning
Milliy rejasi ishlab chiqildi. Jinoyat – protsessual kodekslarida korrupsiyani sodir qilgan va unda
qatnashgan shaxslarga nisbatan tegishli jazolar belgilandi.
Shuningdek, JKning 210-moddasi pora olish, 211-moddasi pora berish, 212-moddasi pora
olish- berishda vositachilik qilish qonunga binoan jazolanadi.
Korrupsiyaga
qarshi
kurashishning
huquqiy
asoslarini
takomillashtirish
va
demokratlashtirish maqsadida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi qonun esa axborotdan erkin foydalanish va bu
borada xalqaro standartlar me’yorarini implementatsiya qilishda muhim qadam bo’ldi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-
tadbirlari to’g’risidagi qaroriga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika
idoralararo komissiya tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunning 3-
moddasi. Korrupsiya-shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfatlarini yoxud
o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga
xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
195
etish.Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik- korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi
uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.
O’zbekiston Respublikasining Korupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunning
maqsadi ham korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mohiyati.
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda to’g’onoq
bo’ladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi
kushondasi, davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya
rivojida shavqatsiz to’siq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili o’nlab qo’shma
korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “ko’rinmas qo’llar” yotadi. Korrupsiya
darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl
sabablarini ham shu xavfli illatlardan izlash lozimga o’xshaydi.
Keyingi yillarda xorij, jumladan MDH mamlakatlari matbuotida korrupsiyaga qarshi
kurashish yo’llari haqida maqolalar paydo bo’la boshladi. MDHga a’zo mamlakatlarda olib
borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz sho’ralar tuzumidan qutilganimizga o’ttiz
yil bo’lganiga qaramay, sud-huquq organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga
aylanganicha turibdi. Bu jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari har bir
chiqishida ta’kidlab o’tadi.
Holati.
Davlat va jamiyatda inson ongi, dunyoqarashi bilan bog’liq muammolar tahlilidan kelib
chiqsak, sobiq ittifoqdan meros qolgan korrupsiya illatiga qarshi kurashda hali ancha aziyat
chekishga to’g’ri keladi. Sababi, Xitoy va Singapurnikiga o’xshagan yuqoridan quyigacha qat’iy
ishlaydigan iyerarxiya tizimi hali to’liq ishga tushmagan. Aniqroq aytadigan bo’lsak, jinoyatchilar
“kirdikor”larini fosh etishga urunib, mustaqil surushturuv olib boradigan fidoyi jurnalistlar
himoyasi ishlamaydi. Bundan ham achinarlisi, hozirgi kunda birob-bir rahbarning yashirin boylik
orttirishini isbotlagan maqola matbuotda chop qilinsa-da, unga qat’iy choralar ko’rilmaydi, ahvol
ham o’zgarmaydi.
Jamiyatda ustuvor soha-ta’lim tizimida tahsil oladigan o’smirlar, yoshlar ongida
tolerantlikni uyg’otish muammosi oldimizda ko’ndalang turibdi. “Jamiyatda poraxo’rlik illatini
yengib bo’lmaydi”, degan fikr yoshlar ongida shakillanib qolgani (Xitoy yoki Yaponiya fuqarosi
ongida nega u shakllanmaganligi alohida mavzu) eng katta kamchiligimiz.
Korrupsiyani idrok etish indeksini-davlat sektoridagi korrupsiya darajasini ekspert va
biznes vakillari baholaydi. Avvalgi yillarda bo’lgani kabi, dunyo mamlakatlarining uchdan ikki
qismidan ko’prog’ining o’rtacha bali 43 dan 50 gacha ko’rsatkichda turibdi. Indeks
tuzuvchilarning fikricha, bu aksariyat mamlakatlarning korrupsiyani jiddiy nazorat qila
olmaganligi va demokratiyaning inqirozidan dalolat beradi.
Haqiqatan, korrupsiya muammosi bugungi kunda dunyo miqyosida o’z yechimini talab
etayotgan birinchi masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, jahon hamjamiyati bu illatga
qarshi keskin kurashmoqda. Bu yo’nalishda bir qator xalqaro hujjatlar ham qabul qilingan bo’lib
BMT homiyligida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish rezolutsiyasi (1995 y.), Davlat
mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodekisi (1996 y), Xalqaro tijorat tashkilotlarida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
196
korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi kurashish deklaratsiyasi (1997 y.), Korrupsiyaga qarshi
konvensiya (2003 y) va boshqalar shular jumlasidan.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy pirinsiplari:
Qonuniylik;
Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
Ochiqlik va shaffoflik;
Tizimlilik;
Davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
Javobgarlikning muqarrarligi.
Davlat dasturi ijrosi doirasida:
1.
O’zbekiston Respublikasining 9 ta qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta
farmoni va 4 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori loyihalari ishlab chiqildi.
2.
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan
o’tkazish tartibi yana-da takomillashtirildi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-
bosqich korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o’tkazilmoqda.
3.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar faoliyati tartibga solinib, byudjet
qonunchiligini buzish xavfini tahlil qilish maqsadida “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy
majmuasi yaratildi.
Davlat xaridlari tizimida korrupsiyaning oldini olish choralari ko’rildi, davlat xaridlari
jarayonlari doimiy monitoring qilinib, natijalarini e’lon qilib borish amaliyoti yo’lga qo’yildi.
4.
Davlat organlari va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining
samaradorligini reyting baholash tizimi joriy qilindi
Ushbu tizim doirasida dastlab eksperimental tariqasida 24 ta davlat tashkilotining faoliyati
baholandi.
5.
Davlat organlari faoliyatida Korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimi ishga
tushirildi.
6.
Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxus dasturiy taminot,
shuningdek, 1253 qisqa raqamli “ Call markaz “ faoliyati yo’lga qo’yildi.
7.
”9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ munosabati bilan har yili keng
ko’lamli Aksilkorrupsiya haftaligini o’tkazish yo’lga qo’yildi.
Xususan, “Davlat fuqarolik xizmat to’g’risida” gi qonun qabul qilinib, davlat fuqarolik
xizmatchilarining huquqiy maqomi, majburiyatlari, cheklovlar hamda korrupsiyaning oldini
olishga doir chora tadbirlar belgilab berildi.
Xulosa.
Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir jamiyat uchun muhim masala bo’lib, uning
oldini olish va yo’qotish uchun tizimli, qat’iy va samarali choralar ko’rish zarur. Korrupsiya faqat
iqtisodiy va siyosiy tizimlarni zaiflashtirmay, balki jamiyatda adolatsizlikni kuchaytirib,
fuqarolarning ishonchini yo’qotishga olib keladi. Shu sababli, korrupsiyaga qarshi kurashishda
davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati birgalikda harakat qilishlari lozim. Korrupsiya-
taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug’duruvchi xavfli jinoyat. Yoshlar korrupsiyaga
qarshi kurashishda muhim rol o’ynaydi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
197
Ularning to’g’ri tarbiya olishi, axloqiy qadriyatlarni ongli ravishda o’zlashtirishi,
shuningdek, ta’lim va madaniyatning yuksalishi korrupsiyani kamaytirishga yordam beradi.
Yoshlarning faol ishtiroki, jamiyatda adolatni ta’minlash va davlat boshqaruvini shaffof
qilishga xizmat qiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’lim va tarbiya, shuningdek, yoshlarning
o’zaro hamkorligi va uyg’onishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali jamiyatda yanada adolatli
va barqaror rivojlanishning poydevori yaratiladi. Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni
oiladan boshlash darkor. Bu borada ayollarning roli katta, deb hisoblaymiz. Agar o’g’irlik yoki
pora hisobiga kelgan luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsalar, ochiq fikrini
aytolsalar, turmush o’rtoqlari halol rizqni izlashga tushib, ishi va oilasida fayz-baraka, sokinlik
hamda xotirjamlik qaror topishi, shubhasiz. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan bo’lamiz.
Yalpi yutuq shundaki, korrupsiyani yo’qotish orqali jamiyatda adolat, taraqqiyot va
ijtimoiy barqarorlikni taminlash mumkin.
Mamlakatimiz kelajagini va obro’- e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro
korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog’I va unga qarshi kurashmog’i kerak.
REFERENCES
1.
Toshken davlat sharqshunoslik universiteti.info@tsuos.uz
2.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun
3.
Karrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi.info@anticorruption.uz
4.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axbborot Texnalogiyalar Universiteti. E-
mail:info@tuit.uz
