INSON HUQUQLARI VA ULARNING HIMOYASI JAHONDA VA O’ZBEKISTONDA

Annotasiya

Maqola insonga tegishli bo’lgan va inson foydalana oladigan huquqlar haqida o‘rganadi. Ushbu huquqlarga egalik qilish paytida ularni qanday vositalar bilan himoya qilishi haqida xalqaro huquqqa murojaat qiladi va shu asnoda inson huquqlarini himoyasini tadqiq etadi.Maqolada milliy hamda xalqaro huquqiy me’yorlar doirasida insonlarga tegishli bo’lgan barcha huquqlar va ularning himoyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko’ra,xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan konvensiya va shartnomalarning milliy qonunchiligimizga qanday usullar yordamida tatbiq etilganligi haqida o‘rganildi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Usmonova, S. (2024). INSON HUQUQLARI VA ULARNING HIMOYASI JAHONDA VA O’ZBEKISTONDA. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(11), 244–251. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/47684
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqola insonga tegishli bo’lgan va inson foydalana oladigan huquqlar haqida o‘rganadi. Ushbu huquqlarga egalik qilish paytida ularni qanday vositalar bilan himoya qilishi haqida xalqaro huquqqa murojaat qiladi va shu asnoda inson huquqlarini himoyasini tadqiq etadi.Maqolada milliy hamda xalqaro huquqiy me’yorlar doirasida insonlarga tegishli bo’lgan barcha huquqlar va ularning himoyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko’ra,xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan konvensiya va shartnomalarning milliy qonunchiligimizga qanday usullar yordamida tatbiq etilganligi haqida o‘rganildi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


244

INSON HUQUQLARI VA ULARNING HIMOYASI JAHONDA VA O’ZBEKISTONDA

Samira Usmonova

Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy-odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi.

samirausmonova610@gmail.com

ORCID: 0009-0004-7569-0023

https://doi.org/10.5281/zenodo.14061983

Annotatsiya. Maqola insonga tegishli bo’lgan va inson foydalana oladigan huquqlar

haqida o‘rganadi. Ushbu huquqlarga egalik qilish paytida ularni qanday vositalar bilan himoya

qilishi haqida xalqaro huquqqa murojaat qiladi va shu asnoda inson huquqlarini himoyasini

tadqiq etadi.Maqolada milliy hamda xalqaro huquqiy me’yorlar doirasida insonlarga tegishli

bo’lgan barcha huquqlar va ularning himoyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko’ra,xalqaro

tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan konvensiya va shartnomalarning milliy qonunchiligimizga

qanday usullar yordamida tatbiq etilganligi haqida o‘rganildi.

Kalit so’zlar: xalqaro normalar, konvensiya, deklaratsiya, pakt, miranda qoidasi, habeous

korpus, tarixiy usul, gender tengligi.

HUMAN RIGHTS AND THEIR PROTECTION IN THE WORLD AND UZBEKISTAN

Abstract. The article examines the rights that belong to a person and can be used by a

person. It refers to international law about the means of protection of these rights while possessing

them and thus researches the protection of human rights. The article discusses the national and

international legal framework. All human rights and their protection are analyzed within the scope

of the law. According to the results of the research, it was studied how the conventions and

agreements developed by international organizations are applied to our national legislation.

Key words:international norms, convention, declaration, pact, Miranda rule, habeas

corpus, historical methodology , gender equality.

ПРАВА ЧЕЛОВЕКА И ИХ ЗАЩИТА В МИРЕ И В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В статье рассматриваются права, которые принадлежат человеку и

могут быть им использованы. Обращается к международному праву о способах защиты

этих прав при обладании ими, и таким образом исследуется защита прав человека.

Национальная и международная правовая база. Все права человека и их защита

анализируются в рамках закона. По результатам исследования изучено, как конвенции и

соглашения, разработанные международными организациями, применяются к нашему

национальному законодательству.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


245

Ключевые слова: международные нормы, конвенция, декларация, пакт, правило

Миранды, хабеас корпус, исторический метод, гендерное равенство.

I.Kirish

Inson huquqlari-shaxsning hayotiy ehtiyoji,yashashi,qonun yo‘l qo’yadigan holatda

boshqa insonlar bilan aloqaga kirishish orqali shaxsiy,ijtimoiy,iqtisodiy,madaniy,ekologik va

boshqa turdagi xususiyatlarni yuzaga keltiradigan huquqlar majmuyi hisoblanadi.

Necha asrlardan buyon inson va uning huquqlari tushunchasi turli xalqlar orasida dolzarb

muammolardan bo‘lib kelayotgani yolg ‘on emas.Qanchadan-qancha urushlar va qurbonlar ana

shu inson va uning huquqlari uchun kelib chiqqan.Basharti,yaqin tarixga nazar solsak, insonning

chinakam unga tegishli bo’lgan huquqlarini muhofaza etish maqsadida 1948-yilda BMT bosh

assambleyasida deklaratsiya qabul qilingan bo‘lib u Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

deb nom olgan. Inson huquqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari bo‘lib,

qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli bo‘lmasada hamma ushun bir xildir.

Albatta inson va unga tegishli bo‘lgan huquqlar haqida gap borar ekan buning muhofazasi

asnosida yuqorida keltirgan deklaratsiyamiz turadi. Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak insonning o‘z

manfaati yo‘lida qilingan ko‘plab kurashlari asta-sekin o‘z natijalarini bera boshlagan va

quyidagilar bularning realligini tasdiqlaydi:

-Erkinlikning buyuk xartiyasi(1215-yil);

-Huquq to’g ‘risidagi pepitsiya(1628-yil);

-‘‘Habea Cozpus AKT ’’(1679-yil);

-Huquqlar to’g ‘risidagi bill(1689-yil)

-Fransuz inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi(1789-yil)[1].

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va haqiqatan ham inson huquqlari bo'yicha

yangi xalqaro huquqning asosiy omili bo'lib, xalqlar huquqi nazariyasi va amaliyotini tubdan

o'zgartirdi.

Ikkinchi jahon urushi davrida va undan oldingi ayrim davlatlar tomonidan. San-Fransisko

konferensiyasida irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, barcha uchun inson huquqlari va asosiy

erkinliklarini hurmat qilishni targ'ib qilishga imkon yaratgan bu vahshiyliklar dunyo fikri muhitini

yaratdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ustunlari va tashkilotning belgilangan maqsadi inson

huquqlari to’g’risida qabul qilingan xalqaro hujjatlarlarni qabul qishga asos bo‘ldi

1

.

1

John P Humphrey (1979)

The Universal Declaration of Human Rights: Its history, impact and juridical character

Human rights: Thirty years after the Universal Declaration

, p 21-37.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


246

Xalqaro maydonda insonning huquqlari yuqoridagi hujjatlar bilan kafolatlanib qo’yilgan.

O‘zbekiston Respublikasida esa konstitutsiyaning ikkinchi bo’limi ya’ni asosiy qonun

manbayimizning asosiy qismini inson va fuqaroning asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari

qismi aynan mana shu huquqlarning muhofazasi uchun asosni tashkil etadi.

Maqola inson huquqlarini himoya qilish uchun qay tartibda milliy hamda xalqaro

normalardan foydalanish va insonga huquqlarini tushuntirish bo’yicha o’rganish bo‘yicha tahlil

etadi.

II.Metodologiya

Ushbu amalga oshirgan tadqiqotlarimiz tarixiy metodga asoslangan ya’ni yaqin tarixda

insonning shaxsiy, iqtisodiy, protsessual, ijtimoiy va boshqa huquqlarini amalga oshirish uchun

poydevor bo’lgan asosan AQSh davlatining shtatlarida yuz bergan insonning o’z huquqlarini

amalga oshirish uchun, to’liq ta’minlashga qaratilgan harakatlari zoye ketmaganligini anglab

yetdik. Masalan, yuqorida ko’rsatib o’tilgan aktlar shular jumlasiga kiradi. Jahonda mashhur

insonning protsessual huquqlarini amalga oshirish uchun ‘‘Miranda’’ va ‘‘Habea Cozpuz” deb

ataluvchi qoidalar yaratilgan.

‘‘Miranda’’ qoidasi haqida o’rganganimizda u dastlab Amerika Qo’shma Shtatlarida

yuzaga kelgan bo’lib, Arizonada istiqomat qilgan Ernest Arturo Miranda jinoyat sodir etib o‘z

aybiga iqrorlik sabab sud uni hibsga oladi va Mirandaning 73 yoshli advokati Alvin Mur bu inson

huquqlariga zid ya’ni shaxs ushlash chog‘ida unga sukut saqlash huquqidan foydalana olishi

tushuntirilishi lozimligi haqida o‘rganadi. 1966-yilda Miranda va AQSh Oliy sudi bilan bo‘lgan

jarayonda Oliy sud Mirandani oqlaydi va u ozodlikka chiqariladi. Ushbu voqeadan so‘ng butun

dunyo bo‘ylab ushbu qoida davlatlar ichki qonunchiligida insonlarning protsessual huquqlaridan

foydalanishning tajribasini qo‘llay boshlashdi. Endi ‘‘Habeas Korpus’’ haqida gapiradigan bo’lsak

ushbu atama lotin tilidan olingan bo‘lib ‘‘tanani shaxsni (sudga) keltirish degan ma’noni anglatadi.

U jinoiy ta’qibga uchragan har qanday insonning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan

huquqi hisoblanib, u 1679-yil 26-may kuni ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan akt ya’ni

qoida.

Bunga ko‘ra shaxs shaxsiy hayot daxlsizligi va asossiz bo’lgan holatlarda hibsga olinishga

yo’l qo’yilmasligi , ehtiyot chorasi sifatida. Keyingi misol esa, AQShdagi Yangi London shahrida

1990-yildan boshlab 2005-yilgacha va hali hamon mavjud bo’lgan ‘‘Kelo vs City of New London’’

keysi hisoblanadi. Bunda davlat Kelo ismli ayolning uyini iqtisodiy inqirozni oldini olish

maqsadida buzib tashlashga qaror qiladi, chunki ushbu Yangi London shaharchasida shu yillar

oralig’ida iqtisodiy jihatdan rivojlanish, xizmat ko’rsatish maskanlari deyarli kamayib ketadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


247

Ammo shu kabi fikrlar bahona aslida Fizer nomli kompaniyaning foydasi uchun Kelo ismli

ayolning shaxsiy ko’chmas mulkidan ayrilib qolayotganligi tushuniladi. 2001-2005 yillardan sud

bo’lib o’tadi va AQSh oliy sudi uyni buzib tashlashni qonuniylashtiradi[2].Xulosa qilish mumkinki

hukumat qonun subyektlariga oqilona o‘zini o‘zi belgilovchi vosita sifatida qaraganidagina, uning

buyruqlari rioya qilishni jalb qilish vas hu bilan qonuniylik madaniyatini tarbiyalash imkoniyatiga

ega bo ‘ladi

2

III.Natija

Yuqorida keltirgan metodga asoslangan natijalar shuni ko‘rsatadiki, Habeous korpus akti,

O’zbekiston milliy qonunchiligiga asosan ushbu qoida 2008-yildan amalga kiritilgan, chunki

mazkur yilda respublika hududida o‘lim jazosi bekor qilingani munosabati va jinoyatchilikka

qarshi kurashish mexanizmini rivojlantirish, insonlarda protsessual huqularni amalda ta’minlash

uchun ayblanyotgan, gumonlanuvchi shaxslarni 48 soatdan ortiq ushlab o’tirish mumkinmasligi

ushbu qoidada o‘z aksini topgan[3]. Shuningdek O’zbekiston Respublikasining Oliy sud

Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi ’’Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish

tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to’g‘risida’’gi qarori bu borada

yagona sud amaliyotini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kelo sud ishi

Amerikaning 47ta shtati va dunyo bo’ylab bir muhim qoidani o’zgarishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni

shaxsga tegishli mulk huquqi asosida shaxsiy ko’chmas mulkini hech qanday kompensatsiyasiz

va egasining ruhsatisiz buzib tashlashga ruhsat etilmaydi va agar davlatda buzish uchun davlat

ijtimoiy iqtisodiy faoliyatini ta’minlashga qaratilgan sabab mavjud bo’lsagina xususiy shaxsiy

mulkini egallab olishi va faqatgina kompensatsiya evaziga buzib tashlashi mumkin bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan boshqa islohotlar natijasi quyidagilar:

1

. 2012-yil 18-sentyabrda qabul qilingan ‘‘Sud-huquq tizimi yanada isloh qilinishi

munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi qonunga muvofiq , sudga qadar ish yuritish bosqichida

prokuror va tergovchi tomonidan qoʻllanib kelingan ayblanuvchini lavozimidan chetlatish va

shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini faqat

sudyaning sanksiyasi asosida amalga oshirish tartibi joriy etildi[4].

2

. Gender tenglikni ta’minlash maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan,

2019 yilda qabul qilingan ‘‘Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar

kafolatlari to‘g‘risida’’gi, ‘‘Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g‘risida ‘‘gi

qonunlar shular jumlasidan.

2

THE INTERNAL MORALITY OF INTERNATIONAL LAW

, 63 McGill L.J. (p:765, 769-770)


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


248

Xotin-qizlar uchun 197 ta zo‘rlik ishlatishdan jabr ko’rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish

va moslashtirish, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari, yoshlarni oilaviy hayotga

tayyorlash bo‘yicha 200 dan ortiq innovatsion maktablar tashkil etildi. Erkaklar va ayollar uchun

nikoh tuzishning minimal yoshi o‘n sakkiz yosh etib belgilandi[5].

3

. Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining

Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019 yil 22 dekabrda ‘‘Yangi O’zbekiston – yangi

saylovlar’’ shiori ostida bo’lib o‘tgan saylovlarda ilk bor 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi.

Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish uchun

50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi

marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari

bo’yicha byurosining to’laqonli missiyasi ishtirok etdi[6].

4

. O‘zbekistonda vijdon erkinligi huquqini ta’minlash sohasida keng ko‘lamli chora-

tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2277 ta diniy

tashkilotlari o‘z faoliyatini olib bormoqda[7]. ‘‘Jaholatga qarshi ma’rifat’’ g‘oyasini amalga

oshirishga, diniy ta’lim va ma’rifat tizimini rivojlantirishga, diniy xodimlar tayyorlashga

alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan islohotlar, O‘zbekistonda insonning konstitutsiyada belgilab

qo‘yilgan tenglik,vijdon erkinligi,siyosiy va boshqa huquqlarini to‘laqonli ta’minlash va munosib

sharoitda yashashi va unga tegishli bo’lgan huquqlarni ma’lum bir doirada amalga oshirish va

qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan va oshirilmoqda.

IV.Muhokama

‘‘Inson huquqlari’’ atamasi nisbatan yangi bo'lib, birinchi marta urush yillarida Qo'shma

Shtatlarda ishlab chiqarilgan urushdan keyingi tashkilot haqidagi hujjatlarda paydo bo'lgan. Biroq,

konseptsiya terminologiyadan ancha eski bo'lib, u inson huquqlari va tabiiy huquqlar haqidagi

diniy tafakkur kabi dunyoviy siyosiy tushunchalarga qaytadi. Inson huquqlari uchun an'anaviyroq

atama ‘‘Qonun ustuvorligi’’ bo‘ladi. Biroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti davrida inson huquqlari

konsepsiyasi qonun ustuvorligining dastlabki tushunchasidan tashqariga chiqadigan elementlarga

ega bo'ldi

3

. O‘zbekistonda qabul qilinadigan qonunlar va normativ aktlar shuni ko‘rsatadiki,

bularning barchasi inson manfaatlari va huquqlarini ta’minlash uchun amalga oshirilmoqda. Biroq

ko‘plab rivojlanyotgan mamlakatlar qatori respublikamizda ham xalqaro miqyosga moslashuv

jarayonida muammolar yuzaga kelishi mumkin, xalqaro huquqning qoidalarini samarali tatbiq

3

Lan Brownlie:

The rights of peoples in modern international law

(1985)


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


249

etish uchun davlatlar nafaqat huquqiy bazani qabul qilishi, balki uni ijro etuvchi mexanizmlarni

ham kuchaytirishi kerakligi ta’kidlangan[8].

Shu sababli, davlatlar shu jumladan O‘zbekiston ham bosqichma-bosqich inson huquqlari

sohasi bo‘yicha o‘z faoliyatining markaziga olib chiqishi kerak.Inson huquqlari bevosita

davlatning olib borayotgan faoliyati bilan bog‘liq hisoblanadi. Inson huquqlarini himoya qilish

masalasi global miqyosda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayon bir qator muammolar va

qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ushbu muhokama qismida inson huquqlarini himoya qilishning asosiy

jihatlari, muammolari va yechimlari ko’rib chiqiladi.

1

. Inson Huquqlarining Asosiy Tamoyillari:

Inson huquqlarini himoya qilishda[9] birinchi navbatda, ularning asosiy tamoyillarini

tushunish zarur. Bular:

- Universallik: Inson huquqlari barcha insonlarga nisbatan bir xil qo’llaniladi. Har bir

insonning huquqlari tengdir va hech kim bu huquqlardan mahrum qilinishi mumkin emas

4

.

- Inson huquqlari hech qanday sharoitda olib qo‘yilmaydi. Ular tug ‘ilganidan boshlab har

bir insonga berilgan.

- Inson huquqlari bir-biriga bog ‘liqdir. Bir huquqning buzilishi boshqa huquqlarga ham

ta’sir ko’rsatishi mumkin.

2

. Muammolar va Qiyinchiliklar

- Siyosiy repressiya: Ko‘plab mamlakatlarda avtoritar rejimlar inson huquqlarini poymol

etmoqda. Jurnalistlar, faollar va inson huquqlari himoyachilari ko‘pincha ta’qibga uchraydi.

- Kamsitish: Irq, jins, diniy e‘tiqod yoki boshqa omillar asosida kamsitish holatlari keng

tarqalgan.

3

. Inson huquqlarini himoya qilishda bir qator yechimlar va takliflar mavjud:

- Ta’lim va xabardorlik: Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim berish va xabardorlikni oshirish

muhimdir. Bu, fuqarolarni o‘z huquqlari haqida bilishlariga va ularni himoya qilishga yordam

beradi.

- Qonuniy mexanizmlar: Davlatlar inson huquqlarini himoya qilish uchun kuchli qonuniy

mexanizmlar yaratishi kerak. Bu, sud tizimining mustaqilligini ta’minlash va inson huquqlari

bo‘yicha qonunlarni kuchaytirishni o’z ichiga oladi.

4

Bull. Austl. Soc. Leg. Phil 9, 104, https://home.heinonline.org


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


250

- Xalqaro hamkorlik: Inson huquqlarini himoya qilishda xalqaro hamkorlik muhim

ahamiyatga ega. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida tajriba almashish va qo‘shma

tashabbuslar orqali inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish mumkin.

V.Xulosa

Inson huquqlarining himoyasi-butun jahonda global hal qilinishi kerak bo’lgan vaziyat

hisoblanadi. Chunki, avvalo, davlat vujudga kelishi uchun unda insonlar ya’ni jamiyat mavjud

bo‘lishi kerak. Davlatlar xususan, o‘z farovonligini muntazam ta’minlash va rivojlanishi uchun

insonga ko’proq e’tibor berishi kerak. Biz bilamiz-ki dunyoda eng qimmat kapital bu-inson

kapitali. Insonga yaratilingan sharoit va uning huquqlari muhofazasi uchun davlat mas’ul

hisoblanadi. Mamlakatda qanchalik insonga bo‘lgan e’tibor kuchli bo‘lsa, o‘sha davlat o‘z

mavqeyini cho‘qqisiga chiqadi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston ham o‘z fuqarolarining hamda hududida yashovchi

barcha shaxslarning huquqlarini xalqaro andozalarga mos, konvensiya va paktlarning amalda

milliy qonunchilik bilan moslashtirgan holatda ta’minlashga erishmoqda.

REFERENCES

1.

Konstitutsiyaviy huquq

2024

darslik(p.48): darslik/Mualliflar jamoasi-TDYU nashriyoti.

2.

Kelo v. City of New London, 545 U.S. 469

(2005)JUSTIA.com USA Supreme court.

3.

O’zbekiston Respublikasining

Jinoyat-protsessual kodeksining

226-moddasi.

4.

Oliy sud Plenumining

‘‘Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish

tarzidagi

ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo’llanilishi’’

to’g ‘risidagi qarori.

5.

‘‘

Sud-huquq tizimi yanada isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

toʻgʻrisida’’gi

O’zbekiston Respublikasining qonuni.

6.

O’zbekiston Respublikasining

Oila kodeksi

15-modda.

7.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining

‘‘Inson huquqlari bo‘yicha O’zbekiston

Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’gi

farmoni

8.

’The Boundaries of International Law‘‘

by Hilary Charlesworth and Christine Chinkin.

9.

O‘zbekiston Respublikasining ‘‘

Oliy Majlisninng inson huquqlari bo’yicha vakili

to‘g‘risida’’gi qonuni

2004-yil 27-avgust 669-||-son

.

10.

John P Humphrey (1979)

The Universal Declaration of Human Rights: Its history, impact

and juridical characterHuman rights: Thirty years after the Universal Declaration

, p

21-37.

11.

Lan Brownlie:

The rights of peoples in modern international law

(1985)


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


251

12.

Bull. Austl

. Soc. Leg

. Phil 9, 104,

https://home.heinonline.org

13

.THE INTERNAL MORALITY OF INTERNATIONAL LAW

, 63 McGill L.J. (p:765, 769-

770)

https://advance.lexis.com/api/document?collection=analytical-

materials&id=urn%3AcontentItem%3A5XJB-R9F1-JSRM-611R-00000-

00&context=1519360&identityprofileid=CJQVWW63400

14.

Fudan

Journal

of

the

Humanities

and

Social

Sciences

https://link.springer.com/journals/journal-finder

Bibliografik manbalar

Konstitutsiyaviy huquq 2024 darslik(p.48): darslik/Mualliflar jamoasi-TDYU nashriyoti.

Kelo v. City of New London, 545 U.S. 469 (2005)JUSTIA.com USA Supreme court.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasi.

Oliy sud Plenumining ‘‘Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo’llanilishi’’ to’g ‘risidagi qarori.

‘‘Sud-huquq tizimi yanada isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi O’zbekiston Respublikasining qonuni.

O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 15-modda.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining ‘‘Inson huquqlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’gi farmoni

’The Boundaries of International Law‘‘ by Hilary Charlesworth and Christine Chinkin.

O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Oliy Majlisninng inson huquqlari bo’yicha vakili to‘g‘risida’’gi qonuni 2004-yil 27-avgust 669-||-son.

John P Humphrey (1979)The Universal Declaration of Human Rights: Its history, impact and juridical characterHuman rights: Thirty years after the Universal Declaration, p 21-37.

Lan Brownlie: The rights of peoples in modern international law (1985)

Bull. Austl. Soc. Leg. Phil 9, 104, https://home.heinonline.org

THE INTERNAL MORALITY OF INTERNATIONAL LAW, 63 McGill L.J. (p:765, 769-770)https://advance.lexis.com/api/document?collection=analytical-materials&id=urn%3AcontentItem%3A5XJB-R9F1-JSRM-611R-00000-00&context=1519360&identityprofileid=CJQVWW63400

Fudan Journal of the Humanities and Social Sciences https://link.springer.com/journals/journal-finder