Noyabr, 2024-Yil
36
MAKTAB OʻQUVCHILARINI BILIMINI TEKSHIRISH VA MUSTAHKAMLASHDA
NOSTANDART TESLARDAN FOYDALANISH VA UNING AHAMIYATI
Miraxmedova Sarvinoz Xasan qizi
Toshkent viloyati Chinoz tumani 34-sonli umumta’lim maktabining
Tasviriy san’at va chizmachilik fani oʻqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14043691
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktab oʻquvchilarining bilimini tekshirish va uni
mustahkamlashda nostandart testlardan foydalanishga oid metodik tavsiyalar yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: chizmachilik, test, an’anaviy test, nostandart test, bilim, koʻnikma, baho.
USE OF NON-STANDARD TESTS AND ITS SIGNIFICANCE IN VERIFYING AND
STRENGTHENING THE KNOWLEDGE OF SCHOOL STUDENTS
Abstract. This article describes methodical recommendations regarding the use of non-
standard tests to check the knowledge of schoolchildren and strengthen it.
Key words: drawing, test, traditional test, non-standard test, knowledge, skill, assessment.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НЕСТАНДАРТНЫХ ТЕСТОВ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ В
ПРОВЕРКЕ И ЗАКРЕПЛЕНИИ ЗНАНИЙ ШКОЛЬНИКОВ
Аннотация. В данной статье изложены методические рекомендации по
использованию нестандартных тестов для проверки знаний школьников и их закрепления.
Ключевые слова: рисунок, тест, традиционный тест, нестандартный тест,
знания, умения, оценка.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil, 5-fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy oʻquv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish toʻgʻrisida”gi Qarori
Oʻzbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi boʻlib testdan foydalanishga keng yoʻl ochib berdi.
Maktab chizmachilik darslarida darajali testlardan foydalanish orqali oʻquvchilarning
oʻzlashtirgan bilimni mustahkamlash va rivojlantirishda zamon talabiga javob bera oladigan
darajali test ishlanmalarini tayyorlab, uslubiy tavsiyalarni o‘qituvchilar o‘z pеdagogik faoliyatida
qo‘llab, oʻquvchilarni bilimni tekshirishda maktab oʻquvchilarda nazariy va amaliy bilimni
mustahkamlashda yеtarli darajada shakllanganligi ularning chizmachilik fanini o‘zlashtirishlarida,
grafik topshiriqlarni bajarishlarida ijodiy yondashish va yangicha yеchim usullarini izlashga
undaydi.
Noyabr, 2024-Yil
37
Test
(inglizchadan “test” – sinash, tekshirish, o‘rganish) – aniq maqsad asosida muayyan
holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi
sanaladi.
Psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar; pedagogik testlar; muayyan kasbga
yaroqlilikni aniqlovchi testlar.
Ta’lim sohasidagi pedagoglarning faoliyatlari kuzatilgan ularning o‘quvchilar bilimini
baholashlarida yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari ko‘zga tashlanmoqda. Bahoni bekor qilish
pedagogik va psixologik jihatdan о‘zini oqlamaydi. Baholashning qator kamchliklari bо‘lsada,
besh ballik baho tizimiga muqobil xili topilgani yо‘q. Shuning uchun gap uni takomillashtirish,
о‘quvchilar bilimini baholashda xatoga yо‘l qо‘ymaslik haqida borishi kerak.
Bilimni tekshirishda o‘quvchilaming chizmachilik mashg‘ulotlaridagi bilim, ko‘nikma va
malakalarini hisobga olish usullari quyidagicha boʻlishi mumkin:
ish jarayonida o‘quvchilarni
kuzatish; og‘zaki so‘rov; test orqali; grafik ishlar va uy ish daftarlarini baholash; nazorat ishlari;
masalalar yechish; o‘quvchilarning amaliy ishlari (modellashtirish, konstruksiyalash va
hokazolar) va boshqalar.
A.A.Verbitskiy о‘quv jarayonida qо‘llaniladigan didaktik testlarni ilmiy asoslashni taklif
qiladi. “Bunda pedagogik test oʻquvchining kasbiy tayyorgarligini emas, о‘quv fanidan bilim va
kо‘nikmalarini aniqlashga xizmat qilishi kerak bo‘ladi. Demak, oʻquvchilarning bilim va
kо‘nikmalarini test yordamida aniqlash mumkin va zarur. Test sinovining natijalari sifati quyidagi
vositalar bilan yaxshilanadi:
tеst topshiriqlari sonining kо‘paytirilishi bilan; tеst topshiriqlari
mohiyatini tushunishning bir xilligi bilan; tеstlov sharoiti bir xilligini ta’minlash bilan.
An’anaviy test
- har xil javob variantli savollardan tashkil topgan. Har bir savol ma’lum
balga baholanadi. An’anaviy testning natijasi toʻgʻri berilgan javobli topshiriqlar miqdori bilan
belgilanadi. An’anaviy testning quyidagi koʻrinishlari mavjud: 1. Bitta tо‘g‘ri javobni tanlashga
oid topshiriq. 2. Ochiq testlar. 3. Yopiq testlar.
Nostandart testlar
mazmuni va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1.
Integrativ testlar (integral mazmun va shakldagi testlar). 2. Adaptiv testlar (avtomatlashtirilgan
test).3. Mezonli-mo‘ljal olish testlari (ta’lim oluvchining umumiy tayyorgarlik darajasini aniqlash
uchun oʻtkaziladigan testlar).
Nostandart test shakllarini uning qanday mazmunga ega ekanligiga ko‘ra quyidagilarga
bo‘lishimiz mumkin.
Noyabr, 2024-Yil
38
1. O‘quvchilarning bilishga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va
baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
2. O‘quvchilarning tushunishga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish
va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
3. O‘quvchilarning bilimlarni amalda qo‘llash o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini
nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
4. O‘quvchilarning tahlilga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va
baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
5. O‘quvchilarning bilimlarni sintezlash o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat
qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
6. O‘quvchilarning hulosa yasashga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat
qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
Nostandart test - birgina matnli turli topshiriq, testlar uchun ishlatish mumkin. Rasmli va
koʻp javobli nostandart test topshiriqlari oʻquvchilarning oʻzlashtirgan nafaqat bilimlarini, balki
obyekt va uning qismlarini tanish, oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash koʻnikmalarini nazorat qilish
baholash jarayonini haqqoniy va odilona amalga oshirish imkonini beradi. O‘quvchilarning
bilimlarni amalda qo‘llash o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda
foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari, nostandart testga misollar keltirilgan. Masalan,
nostandart testning 1-turini olaylik: o‘quvchilarning bilishga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik
darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
Test savoli sharti: rasmda berilgan detal ko‘rinishlariga mos raqamlarni aniqlang va
yozing.
1
2
3
4
Qirqim turlari nomi
Raqamlar
Noyabr, 2024-Yil
39
Yoki nostandart testing 2-turini olaylik: O‘quvchilarning tushunishga oid o‘quv maqsadiga
erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
Test savoli sharti: detal ko‘rinishlarini qaysi proyeksiyalar tekisligida bajarilishining
xususiyatlari bilan juftlang.
1.
Olddan ko‘rinish
A
Detalning proyeksiyasi gorizontal proyeksiyalar
tekisligida bajariladi.
2.
Ustdan ko‘rinish
B
Detalning
proyeksiyasi
profil
proyeksiyalar
tekisligida bajariladi, buning uchun detalga o‘ng
tomondan qaraladi.
3.
Chapdan ko‘rinish
C
Detalga uning old tomonidan qaraladi va
proyeksiyasi frontal proyeksiyalar tekisligida
bajariladi.
4.
O‘ngdan ko‘rinish
D
Detalning
proyeksiyasi
profil
proyeksiyalar
tekisligida bajariladi.
Javob;
1-
2-
3-
4-
Toʻgʻri javobi:
Javob;
1-C
2-A
3-D
4-B
Shu bilan birga tеst sinovlarini umuman kamchiliklardan holi, dеb bо‘lmaydi. Tеst
sinovlarining kо‘pgina shakllari o‘quvchini mustaqil ravishda javoblarni tayyorlash tajribasidan
mahrum etadi. Bu sinovlarda o‘quvchining psixologik faoliyati «erkin shakldagi» javoblardan
farqlanadi, o‘quvchining individual tomonlari, aql-zakovati namoyon bо‘lmaydi. Bilimi
sinalayotgan shaxs faqat tо‘g‘ri javobni tanlaydi, xolos. O‘quvchilarning bilimini test yordamida
tekshirish va bilimni mustahkamlash yaxshi natijalarni beradi. Biroq, o‘quvchilarning chizma
geometriya va chizmachilik fanlaridan egallagan bilimlarini aniqlash va uni baholashda
tekshirishning faqat test usulidan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Testdan ham o‘z o‘rnida
maqsadli foydalanish o‘qitishda samaradorlik va sifatga olib keladi.
Profil qirqim
3
Frontal qirqim
1
Ko‘rinishni yarmi bilan qirqimning
yarmini birlashtirish
2
Gorizontal qirqim
4
Noyabr, 2024-Yil
40
XULOSA
Xulosada aytishim mumkinki, maktab chizmachilik fanini yanada chuqurroq o’rganish
maqsadida o’quvchilarda fikrlash qobiliyatini va chizmani o’qiy olish ko’nikmasini rivojlantirish
uchun. Mazkur tadqiqot ishidan zamon talabiga javob bera oladigan darajali test ishlanmalarini
tayyorlab, elektronlashtirilgan testlardan foydalanish va uslubiy tavsiyalarni o‘qituvchilar o‘z
pеdagogik faoliyatida qo‘llab, o‘z maktab oʻquvchilarining chizmachilik darslarida darajali
testlardan foydalanish orqali oʻquvchilarni bilimni tekshirish va baholashdan tashqari oʻrgatishga
yoʻnaltirilgan test orqali berilgan savollardan javobini bilish imkoniyatini ishlab chiqib, bizning
tadqiqot ishimizda chiqarilgan xulosalar, maktab oʻquvchilarda nazariy va amaliy bilimni
mustahkamlashda yеtarli darajada shakllanganligi ularning chizmachilik fanini o‘zlashtirishlarida,
grafik topshiriqlarni bajarishlarida ijodiy yondashish va yangicha yеchim usullarini izlashga
undaydi.
REFERENCES
1.
A.Abdurahmonov. Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi, “Cho‘lpon” nomidagi nashriyot
matbaa ijodiy uyi, T. ,2005 y.
2.
Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Usmonboyeva M., Inog‘omova D. Pedagogika: 1000 ta
savolga 1000 ta javob. –T.: “TDPU rizografi”, 2012 y.
3.
Mavlonova R., To‘rayeva O., Xoliqberdiyeva K. Pedagogika. –T:. «O‘qituvchi”, 2010 y.
4.
