30-Sentabr, 2024-Yil
128
TALABALARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA
INNOVATSION YONDASHUVLAR
Xudoynazarova Zulayho Sohibnazarovna
Guliston davlat universiteti “Psixologiya va ijtimoiy fanlar” fakulteti o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13831594
Annotatsiya. Ushbu maqolada kompetentlik, talabalarni kommunikativ kompetentligini
rivojlantirish masalalari, kompetentlik turlari haqida fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: kommunikativ kompetentlik, bo’lajak o’qituvchi, muloqot, oliy ta’lim.
INNOVATIVE APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE
COMPETENCE IN STUDENTS
Abstract. This article presents ideas about competence, issues of developing students'
communicative competence, types of competence.
Key words: communicative competence, future teacher, communication, higher education.
ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ КОММУНИКАТИВНОЙ
КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ
Аннотация. В данной статье представлены представления о компетентности,
вопросах
развития
коммуникативной
компетентности
студентов,
видах
компетентности.
Ключевые слова: коммуникативная компетентность, будущий учитель, общение,
высшее образование.
Oliy ta’lim muassasasi talabalarini komunikativ kompetentligini shakllantirish
pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o’ziga xos o’rin tutadi. Ayniqsa
ta’limni modernizatsiyalash bilan bog’liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik
faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bo’lajak o’qituvchilarni
amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o’qituvchining kasbiy
kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda.
“Competentia” lotincha so’z bo’lib, o’zbek tilidagi lug’aviy ma’nosi “inson yaxshi
biladigan”, “tajribaga ega bo’lgan” kabi ma’nolarni bildiradi. Demak, biror bir sohada kompetentli
inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va unda samarali faoliyat olib borish uchun mos bilim va
qobiliyatga ega hisoblanadi. Ilmiy manbalarda kompetentlik va kompetensiyaning quyidagi
ta’riflarini uchratish mumkin: motivlashgan qobiliyat; shaxsning xususiyat va sifatlari, shaxsiy
chizgisi; faoliyatga tayyorgarlik mezoni; masalani hal etish va uning natijalarini olish uchun zarur
30-Sentabr, 2024-Yil
129
bo’lgan qobiliyat; faoliyatga bog’liq bilim, ko’nikma, malaka va tajriba (inson tomonidan
o’zlashtirilgan masalani yechish, usullar va yo’llarini bir butunga birlashtirish), shu bilan birga
shaxsning motivlashgan va hissiy-irodaviy sohasi. Kompetensiyalar tayanch va asosiy
kompetensiyalarga bo’linadi. Tayanch komepetensiya - bu o’z tavsifi va qo’llanilish darajasi
bo’yicha ommaviy, asosiy kompetensiya esa, o’z tavsifi va qo’llanish darajasi bo’yicha
qaralayotgan mutaxassislikka mos keluvchi kompetensiyadir. Uni kasbiy kompetensiya deb ham
atash mumkin. Tayanch kompetentlik oliy pedagogik ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim
bloklari va o’quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy
pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati,
ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko’nikmalarni egallashga
imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Talaba shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko’ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga
o’zida zamonaviy mutaxassisga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish, tafakkurini,
madaniyati va xulqini shakllantirishga yordam beradi. “Kommunikativ kompetentlik” tushunchasi
bilan yaqin aloqador bo’lgan – “shaxsning kommunikativ yadrosi” tushunchasi mavjud.
“Kommunikativ yadro” tushunchasi yaqinda paydo bo’lgan va ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy
psixolog A.A.Bodalev tomonidan birinchi marta qo’llanildi.
Shaxsning kommunikativ yadrosi psixologik hodisa sifatida ko’rib chiqilishi har bir
insonda muloqotni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi asos mavjud.
Bunday asos har qanday katta yoshli insonlarda, bolalar shaxsida ham mavjud bo’lib,
kommunikativ yadrosiga shaxsiy xususiyat va sifatlar kirishi mumkin. Oliy ta’lim talabalarini
kasbiy kompetentligining shakllanishi nafaqat o’quv predmetlari ro’yxati, balki, fanni o’zlashtirish
jarayonida shakllanadigan kasbiy ko’nikma va bilimlar, shuningdek, talabaning ijtimoiy, siyosiy
va madaniy hayotdagi faol o’rnidan iborat ta’lim mazmuni orqali amalga oshiriladi. Buning
barchasi majmuaviy holda, bo’lajak pedagog shaxsini shunday tarbiyalaydiki, u o’z-o’zini
rivojlantirish va o’z komilligi ustida ishlay olish usullariga ega bo’ladi, bu esa, o’z vaqtida
pedagogga “inson-inson” tizimida kasb ustasi - sub’yekti sifatida samarali faoliyatni ta’minlaydi.
Oliy ta’lim talabalarini kasbiy kompetentligini ta’riflashga turlicha yondoshuvlar mavjud.
Masalan, N.F. Talizinaning nuqtai nazaricha, u uchta asosiy tarkibiy qismlarga (sifatlar,
bilimlar, ko’nikmalar) mos kelishi kerak. Ularga quyidagilar kiradi: Sifatlar: ishga munosabatni
ifodalovchi: mehnatsevarlik, e’tiborlilik, ijodiy yondoshuv; hatti-harakat va faoliyatning umumiy
ma’romini tavsiflovchi: ijrochilik, mustaqillik, so’ziga sodiqlik, obro’lilik, faollik va shijoatlilik;
aqliy qobiliyatlar: egiluvchanlik, zukkolik, uzoqni ko’ra bilishlik; ma’muriy-tashkiliy: ish muhitini
30-Sentabr, 2024-Yil
130
yaratish ko’nikmasi, insonlarga rahbarlik qilish ko’nikmasi, jamoani himoya qilish, insonlarni
farqlay olish, ularni ishontira olish ko’nikmasi; insonlarga munosabatni tavsiflovchi: rostgo’ylik,
tarbiyalilik; o’ziga munosabatni tavsiflovchi: talabchanlik, kamtarlik, dadillik, mukammallik.
Bilimlar: o’z mutaxassisligi bo’yicha kasbiy, umummadaniyat, kasbiy faoliyat haqida
ma’lumotlilik. Ko’nikmalar: qo’yilgan masalalarni yechish, adabiyotlar bilan ishlash, faoliyatni
rejalashtirish. Bu ro’yxat faoliyat turiga qarab to’ldirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining quyidagi asosiy kompetensiyalari ajratiladi: o’quv-
bilish, axborotli, kommunikativ, ijtimoiy-foydali, shaxsiy o’z-o’zini takomillashtirish.
Bularning barchasi bitiruvchiga kasbiy bilim, ko’nikma va keyingi hayotda faoliyat usullari
majmuasini ongli ravishda qo’llash imkonini beradi. Kompetentlik - insonning faoliyatli tavsifi,
shuning uchun uning tasniflanishi eng avvalo, faoliyat tasnifiga mos bo’lishi kerak.
Umumiy holda bular mehnat, o’quv, o’yin va kommunikativ kompetentliklar.
Bularga yana quyidagilarni qo’shimcha qilish mumkin:
- kompetentlikni faoliyatning yo’naltirilgan ob’yekti bo’yicha tasniflash, u «inson-inson»,
«inson-texnika», «inson-badiiy obraz», «inson-tabiat», «inson- belgili tizim» sohalarida
kompetentlikni beradi;
- kasblarning alohida sinflari va guruhlari sohasidagi kasbiy kompetentlik;
- aniq faoliyat (mutaxassislik) dagi predmetli kompetentlik.
Jamiyatning turli sohalarida esa quyidagi maxsus kompetentliklar ham talab etiladi:
maishiy xizmat sohasida, san’at sohasida, sport sohasida va boshqalar. Kasbiy kompetentlik
tizimini shakllantirish holati, sifat va miqdoriy jihatidan o’zgarishlar haqida yaxlit tasavvurga ega
bo’lish uchun axborot sharoitlarini yaratish sifatida pedagogik monitoring xizmat qilishi mumkin.
Pedagogik monitoring talabaning shaxsi haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish maqsadida
sosiologik, psixologik va bajaruvchilik monitoringini birlashtiradi. Talabaning shaxsini
o’rganishga bunday majmuali yondoshuv, avvalambor, mavjud real o’quv imkoniyatlarni, ya’ni
ta’lim olganlik darajasi, o’qitilishi, bilish va shaxsiy qiziqishlar, o’qish ma’nosi va sust
o’zlashtirishning didaktik sabablarini o’rganish, talabalar va pedagoglarning ta’lim jarayoni bilan
qoniqish darajasi, ta’lim oluvchilarning emotsional holati, o’zaro munosabatlar xarakteri va
boshqalarni amalga oshirishga yo’naltiriladi.
Xulosa o’rinda aytish kerakki kommunikativ o’zini o’zi takomillashtirish maqsadi aniq,
ammo motivlar turlicha bo’lishi mumkin. Insonparvar yo’nalgan o’qituvchi uchun kommunikativ
o’zini o’zi takomillashtirish nafaqat o’zi uchun o’zini o’zi yaxshilashda, balki samarali o’zaro
munosabatni amalga oshirishning asosiy sharti sifatida kechishi kerak bo’lib, bu bolalarning
30-Sentabr, 2024-Yil
131
rivojlanishiga, ularning individualliklari va o’ziga xosliklarini saqlashga yordam beradi. Shuning
uchun kommunikativ o’zini o’zi rivojlantirishda amaliy mashg’ulotlar katta ahamiyatga egadir.
Bo’lajak o’qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari
amaliy yondashuv orqali kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil qilishning metodik ta’minotini ishlab
chiqishni taqozo qildi. O’quv mashg’ulotini axborot, o’zini o’zi anglash va amaliy kabi uchta
blokda qurish maqsadga muvofiq.
REFERENCES
1.
L.V.Klimberi, N.V. Yadrova, R.M. Nurjanova, Talabalarning kognitiv faolligini
shakllantirishga zamonaviy yundashular // Fan va ta’limning zamonaviy muammolari. -
2017. - 6-son;
2.
Talabalarning kognitiv qiziqishlarini shakllantirishning pedagogik muammolari: darslik /
G.I. Shchukin. - M .: Pedagogika, 2008 .- 296 b.
3.
Ganiyeva, M. (2023). INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA,
O'QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O'RGATISHNING, SHAKL, METOD
VA VOSITALARI. Scienceweb academic papers collection.
4.
Ganiyeva, M. (2024). PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR METHODICAL
PREPARATION OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL
THINKING. Science and innovation, 3(B5), 178-182.
