KOMMUMIKATIV KOMPETENTLIKNI O`STIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Annotasiya

Mazkur maqolada shiddat bilan rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda yoshlarning o‘z o‘rnini topishida ta’lim jarayonini kommunikativ kompetensiya asosida tashkil etishning samarasi va yosh avlodning ijtimoiylashuviga ta’siri haqida so‘z yuritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xudoynazarova , Z. (2024). KOMMUMIKATIV KOMPETENTLIKNI O`STIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(9), 195–199. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/42233
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada shiddat bilan rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda yoshlarning o‘z o‘rnini topishida ta’lim jarayonini kommunikativ kompetensiya asosida tashkil etishning samarasi va yosh avlodning ijtimoiylashuviga ta’siri haqida so‘z yuritilgan.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


195

KOMMUMIKATIV KOMPETENTLIKNI O`STIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Xudoynazarova Zulayho Sohibnazarovna

Guliston davlat universiteti “Psixologiya va ijtimoiy fanlar” fakulteti o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13830279

Annotatsiya. Mazkur maqolada shiddat bilan rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda

yoshlarning o‘z o‘rnini topishida ta’lim jarayonini kommunikativ kompetensiya asosida tashkil

etishning samarasi va yosh avlodning ijtimoiylashuviga ta’siri haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: modernizatsiya, ijtimoiy hayot, kompetensiya, kommunikativ, boshlang‘ich

ta’lim, lug‘at boyligi.

DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE COMPETENCE: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

Abstract. This article talks about the effectiveness of organizing the educational process

on the basis of communicative competence and the impact on the socialization of the young

generation in finding their place in the rapidly developing social life.

Key words: modernization, social life, competence, communicative, primary education,

vocabulary.

РАЗВИТИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ: ПРОБЛЕМЫ И

РЕШЕНИЯ

Аннотация.

В

статье

говорится

об

эффективности

организации

образовательного процесса на основе коммуникативной компетентности и влиянии на

социализацию молодого поколения в поиске своего места в бурно развивающейся

общественной жизни.

Ключевые слова: модернизация, общественная жизнь, компетентность,

коммуникативность, начальное образование, словарный запас.

KIRISH

Bugungi globallashuv jarayonida, modernizatsiyalanayotgan, shiddat bilan rivojlanib

borayotgan ijtimoiy hayotda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish davr talabi bo‘lib qolmoqda.

Ta’limga innovatsion pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana olish bilan bir

qatorda ta’limda o‘quvchilarning fanga doir bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish yetarli

emasligi qayd etilmoqda. Hozirgi kunda o‘quvchilarda o‘quv predmetlari bo‘yicha

faqatgina

bilim, ko‘nikma va malakalarga

ega bo‘lishning o‘zi

yetarli emas

ligi ma’lum

bo‘lmoqda.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


196

ASOSIY QISM

Hozirda ta’lim kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan ekan,

kompetensiya so‘zining ma’nosini ko‘rib chiqamiz. “

Competence

” so‘zi

“to compete

” so‘zidan

kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, bellashmoq” degan ma’noni

bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi.

Kompetensiyalardan, ta’lim kompetensiyalarni farqlash lozim.Ta’lim kompetensiyasi

o‘quvchini kelajakdagi to‘la qonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum

bir yoshga yetgunga qadar ba’zibir kompetensiyalarni tatbiq eta olmaydi. Lekin, bu degani, ularni

o‘quvchida shakllantirilmaydi, degani emas. Bu holatda biz ta’lim kompetensiyasi haqida

gapiramiz.Masalan, o‘quvchi maktabda fuqorolik kompetensiyasini o‘zlashtirsada, uni to‘la qonli

ravishda maktabni tugatganidan so‘ng ishlatadi. Shunga ko‘ra bunday kompetensiyalar, o‘qish

davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tayanch kompetensiyalarning dunyo

bo‘yicha yagona ro‘yxati yo‘q. Chunki har bir mamlakatning yoki regionning o‘z an’analari,

mentaliteti va o‘ziga xos talablari bor. Kompetensiya –bu jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan

ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularning ro‘yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy

muhit bilan belgilanadi Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Masalan

Shveysariyaning va Amerika Qo‘shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti

hamda ta’lim statistikasi Milliy institutining “Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash”

nomli loyihasida tayanch kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati

bo‘lmagan.

Kommunikativ

kompetensiya jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va

birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib

chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,

jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni

ishontira bilish;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni

hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.

Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash

haqida gap borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malaka

va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan yosh o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish

mumkinligini ta’kidlash lozim.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


197

Pedagogik mahorat tug‘ma talant yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning

negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma

o‘qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o‘qituvchining

o‘z ustida izlanishi, ijodiy mehnati davomida shakllanadi va rivojlanadi.

Bu o‘rinda ilg‘or o‘qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o‘qituvchi

o‘rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o‘z faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan boyitishi zarur.

O‘qituvining pedagogik mahorati, asosan, sinfda, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol

ko‘rinadi. Chunki o‘quv mashg‘ulotlari o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra o‘qituvchining

o‘quv yurtidagi asosiy ishidir. Shuning uchun u ilmiy g‘oyaviy jihatdan yetuk va ommabop

bo‘lishi, turmush bilan, o‘quvchi yoki talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan uzviy aloqador

bo‘lishi zarur. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til muloqoti, fikr

almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim.

Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy so‘z, quruq

nasihatgo‘ylikdan iborat bo‘lgan, rasmiyat uchun yuzaki o‘tkaziladigan dars (ma’ruza) va boshqa

o‘quv mashg‘ulotlari o‘quvchi talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g‘oyaviy jihatdan yetarli

darajada oziqlantirmaydi. Shu sababli, darslarni shunday tashkil qilish kerakki, ularning ta’sirida

talabalarda shu fanga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e’tiqodlar vujudga kelishi va

shakllanishi kerak.

Inson o‘z oldiga qo‘ygan barcha vazifalarni til yordamida muloqot qilish orqali hal qiladi.

Hayotda duch kelinadigan muammolarni hal qilish ko‘proq ularni muhokama qilish,

boshqalarga tushuntirib bera olish bilan chambarchas bog‘liq.

Dunyo

taraqqiyotida

internatsionallashuv,

globallashuv

va

axborotlashtirish

tendensiyalarining kuchayib borishi kuzatilayotgan bugungi sharoitda uzluksiz ta’lim tizimi

ishtirokchilarini samarali muloqotga tayyorlash hamda ularning samarali muloqotga tayyorlashni

rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.

O‘quvchi va talabalarda tildan shunchaki foydalanuvchi shaxs sifatida emas, bu jarayonda

til orqali o‘z shaxsiy sifatlarini namoyon etuvchi, unga milliy- madaniy, etnik belgilarni

singdiruvchi, tilni saqlovchi va kelajak avlodlarga uzatuvchi lisoniy shaxs sifatida qarash

maqsadga muvofiqdir.

Ta’limning uzluksizligi sharoitida ushbu maqsadga erishish uchun har qanday ta’lim

muassasasi bitiruvchisi nafaqat kasbiy kompetensiyalarga, balki poydevorlari maktabda

shakllanadigan, so‘ngra oliy ta’limda talabaning kasbiy yo‘nalishiga mos ravishda rivojlanib

boradigan kommunikativ xususiyatlarga ham ega bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim bitiruvchisi

tomonidan kommunikativ kompetensiyani egallashi "uning mehnat bozoridagi raqobatdoshligiga,


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


198

kelajakda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi" [1].

O‘qituvchilarimiz kognitiv-pragmatik usulda ishlashni – talabaga bilim berishni emas, uni

yo‘naltirib, izlantirib, o‘ylantirib kuzatayotgan hodisalari asosida o‘z hukmini chiqarishini va uni

ifodalashi lozimligini – o‘zlari uchun asosiy me’yor sifatida belgilab olishlari shart. Biroq

kuzatgan darslarimizning ko‘pchiligida maktab o‘qituvchilarimiz o‘quvchini dars davomida,

odatda, ta’limiy o‘yinlar vaqtidagina mustaqil izlanishlariga yo‘l beradilar. Boshqa paytlarda esa,

«darsning asosi»ni o‘qituvchi tushuntiradi, o‘qituvchi dastur va darslikda belgilangan mavzuni

o‘quvchiga (og‘zaki bayon usulida) tayyor holda beradi.

Talabaning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar

- bu ijtimoiy buyurtma, Davlat standarti, muassasaning ta’lim maydoni, ta’limning uzluksizligi,

shuningdek, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni kommunikativ kompetensiyani

rivojlantirishga turtki (motiv) berish, integratsion aloqalar, o‘quv-uslubiy ta’minot, tashkiliy

shakllar va o‘qitish usullaridir.

Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda uzluksizlik prinsipidan foydalanish bu

"ta’lim dasturlarini moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, dastlabki tayyorgarlikdan oliy o‘quv

yurtidan keyingi ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Bir o‘quv

dasturidan "chiqish" tabiiy ravishda ikkinchisiga "kirish" bilan "bog‘lanish" kerak, deb taxmin

qilinadi.

Uzluksiz ta’lim sharoitida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun barcha

tizimlarning umumiy maqsadlari asosida barcha dasturlarni boshidan oxirigacha standartlashtirish

zarur». [5].

Oliy ta’limda talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish barcha fanlar

bo‘yicha (gumanitar, tabiatshunoslik, kasbiy, shuningdek, sinfdan tashqari ishlarda) amalga

oshiriladi.

Gumanitar fanlarning mazmuni o‘quvchilarning og‘zaki yoki yozma matn tuzish bo‘yicha

bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytiradi. Tabiatshunoslik fanlari yuqori darajadagi

umumlashtirishni, sabab-oqibat aloqalarining mavjudligini nazarda tutadi, bu esa kommunikativ

kompetensiyani rivojlantirishda bilimlarni oshirishga imkon beradi.

Oliy ta’limda didaktik materiallar kommunikativ faollik, o‘quvchilar faolligi, interaktiv

faollik, topshiriq va kompetensiyalar faolligini o‘z ichiga olgan didaktik prinsipga asoslangan

bo‘lishi kerak.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa, mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida joriy etilgan yangi ta’lim standartlari va fan

dasturlari o‘quvchilarda kommunikativ qobiliyatni shakllantirish va takomillashtirish bilan uzviy


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


199

bog‘liq ekanligi sababli istiqbolda katta o‘zgarishlarga olib keladi. Ularning amalga oshishi

esa, ta’lim tizimining asosiy shaxslari – o‘qituvchi va o‘quvchilarning oldilariga qo‘yilgan

vazifalarni qanchalik his etishlari, ularni sidqidildan bajarishga intilishlari hamda har bir fan

mutaxassisi o‘z fanining kommunikativ jihatini ochib bera olishi bilan uzviy bog‘liq.

REFERENCES

1.

Zimnyaya, I.A. Ta'limda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvning natija-maqsadli

asosi sifatida asosiy kompetensiyalar. Muallif versiyasi / I.A. Qish - M .: Tadqiqot.

Mutaxassislar tayyorlashda sifat muammolari markazi, 2014.–40 b.

2.

Safonova V.V. Madaniyatlar va tsivilizatsiyalar muloqoti kontekstida xalqaro muloqot

tillarini o'rganish [Matn] / V.V. Safonov. Voronej: Origins, 2016. - 237 p.

3.

Sedov, K.F. Nutq va shaxsiyat: kommunikativ kompetentsiya evolyutsiyasi / K.F.Sedov.-

M., 2014.

4.

Smorodinova M.V. Maktab ta’limi tizimida kompetensiyaviy yondashuvning o‘rni// Yosh

olim. -2010. - № 12. T.2. -C.110-112. — URL https://molouch.ru/archive/23/2353/ (kirish

sanasi: 26.02.2020)

5.

Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference

on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

6.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF

METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL

THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

7.

Ganiyeva, M. (2023). INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA,

O'QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O'RGATISHNING, SHAKL, METOD

VA VOSITALARI. Scienceweb academic papers collection.

Bibliografik manbalar

Zimnyaya, I.A. Ta'limda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvning natija-maqsadli asosi sifatida asosiy kompetensiyalar. Muallif versiyasi / I.A. Qish - M .: Tadqiqot. Mutaxassislar tayyorlashda sifat muammolari markazi, 2014.–40 b.

Safonova V.V. Madaniyatlar va tsivilizatsiyalar muloqoti kontekstida xalqaro muloqot tillarini o'rganish [Matn] / V.V. Safonov. Voronej: Origins, 2016. - 237 p.

Sedov, K.F. Nutq va shaxsiyat: kommunikativ kompetentsiya evolyutsiyasi / K.F.Sedov.- M., 2014.

Smorodinova M.V. Maktab ta’limi tizimida kompetensiyaviy yondashuvning o‘rni// Yosh olim. -2010. - № 12. T.2. -C.110-112. — URL https://molouch.ru/archive/23/2353/ (kirish sanasi: 26.02.2020)

Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

Ganiyeva, M. (2023). INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA, O'QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O'RGATISHNING, SHAKL, METOD VA VOSITALARI. Scienceweb academic papers collection.