ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
198
“DUNYONING ISHLARI” ASARIDAGI TOPONIMLARNING LEKSIK - SEMANTIK
XUSUSIYATLARI
Ismoilova Gulmira
NamDU Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi.
Email:
Havasxon Solixoʻjayeva
Ilmiy rahbar.
f.f.f.d (PhD)., dotsent v.b.
Email:
solihodjayevaxavasxon@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13371730
Annotatsiya.
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi joy nomlarining
leksik-semantik, funksional-stlistik xususiyatlari yoritib berildi.
Kalit soʻzlar:
Onomastika, toponimika, toponim, toponimik birlik, onomastik birlik, joy
nomlari, urbononim, xoronim, godonim, gidronim, agronim.
LEXICAL-SEMANTIC CHARACTERISTICS OF TOPONYMS IN THE WORK
OF "THE WORKS OF THE WORLD"
Abstract.
The lexical-semantic, functional-stylistic features of place names in O'tkir
Hashimov's short story "Works of the World" were highlighted.
Key words:
Onomastics, toponymy, toponym, toponymic unit, onomastic unit, place names,
urbononym, choronym, godonym, hydronym, agronym.
ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ТОПОНИМОВ В
ПРОИЗВЕДЕНИИ «ДЕЛА МИРА»
Аннотация.
Выделены лексико-семантические, функционально-стилистические
особенности топонимов в рассказе Откира Гашимова «Произведения мира».
Ключевые слова:
Ономастика, топонимия, топоним, топонимическая единица,
ономастическая единица, топонимы, урбоним, хороним, годоним, гидроним, агроним.
Badiiy asar tilining onomastik tadqiqi orqali – atoqli otlarning leksik-semantik
xususiyatlarini aniqlash, yozuvchining badiiy mahoratini ochib berish, onomastik birliklarning
linvostlistik, funksional xususiyatlarini belgilash imkoniyati yaratiladi. Bu esa onomastik birliklar
superko‘lamining boyishi uchun xizmat qiladi.
Badiiy asar qiymatini belgilashda toponimik birliklarning o‘rni beqiyosdir. Buni biz Oʻtkir
Hoshimovning
“Dunyoning ishlari”
asaridagi toponimlar tadqiqi misolida ham ko‘rishimiz
mumkin.
Toponimika
– tilshunoslikning onomastika tarkibiga kiruvchi sohasi sifatida joy
nomlarining kelib chiqishi, nomlarning saqlanib qolishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlarini
oʻrganadi. Toponimlarga (yunoncha topos – joy, oʻrin + onoma atoqli ot) – yer yuzasining quruqlik
qismida joylashgan tabiiy-jug‘rofiy va sun’iy (inson yaratgan) obyektlarning atoqli otlari kiradi.
Mazkur atoqli otlar qanday obyektning nomini ifodalashiga koʻra oʻz ichida quyidagi
turlarga boʻlinadi:
Urbononim
(lot. Urbanus – shaharga oid + onoma – atoqli ot ) – shahar ichida
joylashgan har qanday topografik obyektlar atoqli oti kiradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
199
Ular quyidagilar:
Agoronim
maydon, bozorlarning atoqli oti hisoblanadi.
Xoronim
har
qanday hududning, jumladan, viloyatlar, tumanlar, ma’muriy-hududiy birliklar, tarixiy
oʻrinlarning atoqli oti.
Godonim
– shahardagi koʻcha, shoh koʻcha, torkoʻcha, bulvar (Ikki
tomonlama harakatli koʻcha oʻrtasidagi keng xiyobon), xiyobon, suv qirg‘oqlari, sohillari va b.
“Dunyoning ishlari” qissasida toponimik birliklar salqmoqli o‘rin egallaydi. Mazkur asarda
ro‘y bergan voqealar rivoji tasvirlanayotgan hududga oid toponimlarda ma’lum bo‘ladi.
Asarda qatnashgan joy nomlari oʻzining paydo bo‘lishi va baʼzi ichki xususiyatlari
jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va maʼnaviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va
intilishlariga aloqador bo‘lib, maʼlum darajada boshqa guruh soʻzlardan farq qiladi. Shuningdek,
toponimlarda milliy tilimizga xos boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar
koʻproq saqlanganligi bilan ahamiyatli boʻladi. Mazkur joy nomlarining tabiiy geografik sharoiti
(relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti, qazilma boyliklar, tarixiy
shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Dastlab “Dunyoning ishlari” asaridagi joy nomlarini ob’yektlarning katta va kichikligiga
ko‘ra mikro va makrotoponimlarga ajratishimiz mumkin:
Makrotoponimlar
– keng hududlar, katta ob’yektlar (
Moskva, Toshkent, Namangan,
Jizzax, Kavkaz, Ashxobot, Chirchiq
) ning atoqli otlari;
Mikrotoponimlar
– kichik obʼyektlar (
Doʻmbrobod, Beshyog‘och, Beshqoʻrg‘on,
Leninobod, Laylaktepa, Chilonzor, Qozirobod, Jinko‘cha, Qorasuv, Qonqus, Qaynama buloq,
Koʻkterak, Tezakob, Qizil maydon, Qaymoq bozor, Shirmoy bozor, Somon bozor
) kabilar.
Ushbu toponimlarni o‘z ichida qanday ob’yektning nomini ifodalashiga ko‘ra bir necha
turlarini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.
Urbononim
Moskva, Toshkent;
Xoronim
Namangan, Jizzax, Kavkaz, Ashxobot, Chirchiq, Asaka;
Godonim
Doʻmbrobod, Beshyog‘och, Beshqoʻrg‘on, Leninobod,
Laylaktepa, Chilonzor, Qozirobod, Qorasuv, Jiydazor;
Gidronim
Qonqus (anhor), Qaynama buloq, Darxon arig‘i;
Agoronim
Koʻkterak, Tezakob, Qizil maydon, Qaymoq bozor,
Shirmoy bozor, Somon bozor.
Demak, yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, asardagi toponimlar urbononim,
xoronim, gadonim, gidronim, agoronimlarni tashkil etadi. Mazkur toponimlarni leksik-semantik
tahlili asardagi ayrim izohga muhtoj toponimlarni ochib berishga yordam beradi.
Bunday toponimlar ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Asarda shunday toponimlar borki, ularni
biz kundalik hayotimizda qo‘llamaganmiz. Bunday toponimlar kitobxonda savol keltirib
chiqaradi. Asardagi onomastik birlikni leksik-semantik tahlili orqali voqealar rivojini ushbu joy
nomiga bog‘liq jihatlarini yoritib berishi va yashirin jihatlarini topishi uchun xizmat qiladi.
Masalan:
Qonqus
gidronimi hozirda ham mavjud bo‘lib, U Toshkent shahrini oralab
o‘tuvchi Anhor suvini ikkiga “Qonqus” va “Chala” ariqlariga bo‘lib beradi. Mazkur arig‘ nomi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
200
bilan ataluvchi qishloq hozirgi Zangiotada joylashgan hududni o‘z ichiga oladi.
1
Qishloqning
tarixi mazkur hikoya bilan boshlanadi: bir kambag‘al dehqon yigit mashaqqatlar bilan ariq qaziydi.
Mazkur ariqdagi loyqa suvdan ichib, qon qusgan holda jon beradi. Shuning uchun Qonqus
– qon qusib jon bergan yigitning voqeasidan so‘ng bu joyning nomi Qonqus bo‘lib qolgan. Mazkur
ariq nomi ikki mustaqil so‘zning birikuvidan hosil bo‘lib, o‘zining afsonaviy tarixiga ega ekanligi
bilan diqqatga sazovordir. Qonqus yozuvchining boshqa asarlarida ham kelganligi bilan
ahamiyatlidir. Ko‘rinadiki, mazkur toponim nominativ vazifadan tashqari joy nomining tarixi
haqida ham ma’lumot berish, ya’ni kummulyativ ( axborot berish ) xususiyatlari bilan ham
qimmatlidir.
Shunday nomlardan yana biri Chilonzor toponimidir.
Chilonzor
–
“Yo‘lning shundoqqina
bo‘yida oqish yaprog‘ini chang bosgan, tikanlari “tish qayrab” turgan chakalakzor – chilon
jiydalar (shuning uchun bu yerni Chilonzor deyiladi).”
Ushbu keltirilgan parchada joy nomini
yozuvchi tomonidan izohi berib ketiladi. Bu, albatta, kitobxondagi asar voqealariga qo‘shimcha
tarzdagi – joy nomi bilan bog‘liq tasavvurlarni hosil qilish, joyning geografik ko‘rinishi, areli
haqidagi axborotni kengaytirish uchun xizmat qiladi. Aynan bu kabi sharhlar yozuvchining
toponimik ma’lumot va axborotga ega ekanligidan darak beradi.
Asardagi toponimlar grammatik jihatdan ham qimmatlidir. Ularni tuzilishiga ko‘ra sodda
va murakkab toponimik tasnifiy guruhlarga ajratib tahlil etishimiz mumkin. Xususan, sodda
toponimlar o‘z ichida ikki: qo‘shimchali va qo‘shimchasiz toponimlarga ajraladi. Qoʻshimchali
toponimlar:
-kat, -kent
(
Toshkent,
Parkat
),
-obod
(
Doʻmbrobod, Qozirobod, Leninobod
),
-zor
(Jiydazor, Chilonzor).
Qo‘shimchasiz toponimlar:
Moskva, Kavkaz, Asaka.
Shuningdek, asardagi toponimlarni tarkibiy tuzilishiga ko‘ra:
1. Bir asosli
–
Namangan,
Moskva Toshkent, Qonqus, Chirchiq, Parkat, Chilonzor, Jizzax, Kislovodska, Jiydazor;
2. Ikki
asosli
(qo‘shma)–
Do‘mbirobod, Beshqo‘rg‘on, Beshyog‘och, Ashxobod (Aşgabat; arab. – oshiq
va fors – obod), Leninobod, Laylaktepa, Qozirobod, Qorasuv, Ko‘kterak
,
Jinko‘cha
kabi
guruhlarga ajratishimiz mumkin.
Asardagi ikki asosli (qo‘shma) toponimlarni morfologik jihatdan quyidagi tasnifiy
guruhlarga ajratish mumkin:
1.
OT – OT
Do‘mbirobod, Laylaktepa, Ashxobod, Qozirobod,
Jinko‘cha;
2.
SIFAT – OT
Ko‘kterak, Qorasuv;
3.
OT – SIFAT
Leninobod;
4.
SON – OT
Beshyog‘och,Beshqoʻrg‘on;
5.
OT – FE’L
Qonqus.
Xulosa qilib aytganda, yozuvchi nomlarning ma’nosida mazkur joyda yashovchi aholining
xarakteri, o‘ziga xos xususiyatlarini aks etishga harakat qilgan. Mazkur nomlarda aholining
qadriyatlari qarashlari, e’tiqodi yashiringan bo‘lib, ular badiiy matnda yozuvchining mahoratiga
1
www.fayllar.org.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
201
qarab namoyon bo‘ladi, ya’ni toponimlardagi bu xususiyatlarni ochilish yoki ochilmasligi
yozuvchining badiiy uslubi va mahorati bilan bog‘liqdir.
O‘tkir Hoshimovning badiiy mahorati shundaki, u asar mazmunini boyitish va yoritishda
onomastik birliklardan unumli va o‘rinli foydalana olgan. Bunga yozuvchining onomastik birliklar
xususan, toponimlarni qo‘llash stilistikasi orqali yana bir karra guvoh bo‘ldik.
Demak, asardagi toponimik birliklar (joy nomlari) o‘zining uslubiy funksiyasi, qo‘llanish
o‘rni, hududlar ketma-ketligi, reallligi bilan ahamiyatli va qimmatlidir.
REFERENCES
1.
Qorayev S. Toponimika. – Toshkent, 2006.
2.
O‘tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari qissasi – Toshkent, 2018.
3.
T.Nafasov. O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug‘ati – Toshkent, 2007.
4.
Begmatov E., N.Uluqov. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug’ati. –
5.
Namangan, 2006.
6.
7.
